13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyO’tkan kunlarAbdulla Qodiruy(www.islom.uz - ma’rifat markazi kutubxonasi)Tayorlagan- Abu MuslimYozg‘uchidanModomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangidavrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq vahikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a,1 xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chordarvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizdamajburiyat his etamiz.Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilantanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishningham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllariningyetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuningdaldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardancho‘chib turmadim.Moziyg‘a2 qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqino‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xonzamonlari»dan belguladim.Birinchi bo‘lim1. OTABEK YUSUFBEK HOJI O‘G‘LIAbdulla Qodiriy (Julqunboy)1264-inchi hijriy, dalv1 oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan,tevarakdan shom azoni eshitiladir...Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand,Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilishbilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralarigaqaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgigaqarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlarisaroyni ko‘kka ko‘targudek.Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralargakiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda2 bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa,munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham’yona-dir, o‘zga hujralarda yengil tabi’atlik, serchaqchaq kishi-lar bo‘lg‘anida bu hujraningegasi boshqacha yaratilishda.Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ g‘avdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosibqora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan,1

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi buyigit Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li — Otabek.Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan biravi darboza yonidag‘i kimdandirso‘radi:— Otabek shu saroyga tushkanmi?Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar. Bu ikki kishiningbittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliqbir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq o‘g‘lidir,ikkinchisi: uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz beshyoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekinshuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan,kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni qo‘shib aytmasalar,yolg‘iz «Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar. Homidning Otabek bilan tanishlig‘ibo‘lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh— Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatningtog‘asi.Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug‘lab qarshiladi.— Bizni kechirasiz, bek aka, — deb Rahmat uzr aytdi, — vaqtsiz kelib siznitinchsizladik.Otabek ularga yuqoridan joy ko‘rsatar ekan, yoqim-liq bir vaziyatda:— Tinchsizlamadingizlar, bil’aks quvontirdingizlar,— dedi, — shahringizga birinchimartaba kelishim bo‘lg‘ani uchun tanishsizliq, yolg‘izliq meni juda zeriktirgan edi.Shu orada hujraga bir chol kirib ul ham mehmonlar bilan so‘rashib chiqdi. Bu cholHasanali otliq bo‘lib, oltmish yoshlar chamasida, cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik,sariqqa moyil, to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig‘igaqaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o‘zgarishyo‘q edi.Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tquzib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi:— Tuzukmisiz, ota?— Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyag‘idan bir oz yengilladim. Mazmuni istekkan ekan.— Ba’zi yumushlar buyursam...— Buyuringiz, o‘g‘lim.— Rahmat, ota, bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.— Xo‘b, begim.Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir qaytib sog‘liq so‘rashqandan keyinso‘radi:— Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradanuzoqlatib so‘ngra javob berdi:— Qulimiz.Bu so‘zdan nima uchundir Homid ajablangan edi.— Qulingiz?— Shundog‘.Hasanalini bolaliq vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab kelguchi bir turkman qo‘lidanOtabekning bobosi o‘n besh tillo barobariga sotib olgan edi. Hasanalining Otabeklaroilasida qulliqda bo‘lg‘anig‘a elli yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar oilasining chinbir a’zosi bo‘lib ketkan. Xo‘jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa, xo‘jazodasi Otabekka itoat vaixlosi tom1 bo‘lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. Hasanalio‘ttuz yoshliq vaqtida sotib olg‘an bir cho‘riga uylantirilgan bo‘lsa ham, ammo o‘g‘il-qizlaribo‘lmag‘an, bo‘lsalar ham yoshliqda o‘lib ketkanlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Otabekka2

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyixlos qo‘yib, unga o‘z bolasi kabi qarar: «O‘lganimdan keyin ruhimga bir kalima qur’ono‘qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi kifoya» deb qarorbergan va hozirdan boshlab Otabekka bu to‘g‘rida siporishlar2 berib, undan samimiyva’dalar olib yurg‘uchi oq ko‘ngil bir qul edi.Hasanali ustida bo‘lg‘an haligi gapdan keyin Rahmat so‘radi:— Toshkanddan nimalar keltirdingiz, bek aka?— Arzimagan narsalar: gazmol, qalapoy afzali va bir oz qozon.— Marg‘ilonda gazmol bilan qalapoy afzalining bozori chaqqon, — dedi Homid.Otabek miqrozi bilan sham’ so‘xtasini kesib tuzatdi. Orada yotsirashka o‘xshash bir holbor, nima uchundir bir so‘zlab ikki to‘xtar edilar. Bu o‘ng‘aysiz holatdan chiqish va, so‘zg‘aulab yuborish uchun Rahmat tirishkandek ko‘rinar edi.— Marg‘ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushlandingizmi, yo?..Bu savolning javobiga Otabek ikkilangandek va o‘ng‘aysizlang‘andek bo‘ldi.— Nima desam ekan... Marg‘ilonni har holda... xush ko‘rdim, Marg‘ilonTurkistonimizning to‘qug‘uchiliq hunarida birinchi shahridir.Ikkilanib berilgan bu javobdan Homid bilan Rahmat bir-birlariga qarashib oldilar.Otabek bu holatni sezdi va o‘zining so‘zini kulgulikka olib izoh berdi:— Kelgan kunimdan Marg‘iloning‘izni xushlamay boshlag‘an edim. Chunki tanishlarimyo‘q, musofirchilik bilinib qolayozg‘an edi. Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman,negaki, yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan.— Kechiringiz, bek aka, — dedi Rahmat, — men sizning Marg‘ilon kelganingizni bu kunotamdan eshit-dim. Yo‘qsa, albatta sizni zeriktirmas edim.— Aniqmi?— To‘g‘ri gap, — dedi Rahmat, — otam Toshkand borg‘anlarida to‘p-to‘g‘ri sizningeshikingizga tushsinlar-da, siz saroyga tushing. Bu taraf bilan sizdan o‘pkani biz qilsaqarziydir.— Haqqingiz bor, — dedi Otabek, — ammo birinchidan, sizning havlingizni so‘rog‘labtopish menga qiyinroq ko‘rindi, undan so‘ng molimizni ortg‘an tuyakashlar shu saroyg‘atayinlang‘an edilar.— Har holda bu uzr emas.Hasanali dasturxon yozib qumg‘on kirgizdi. Odatiy takalluflar bilan dasturxon vachoyga qaraldi. Homid nonni shinniga bulg‘ar ekan so‘radi:— Yoshingiz nechada, bek?Otabekning labi qimirlamasdan choy quyib o‘tirgan Hasanali javob berdi:— Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo‘lsa to‘ppa-to‘g‘ri yigirma to‘rt yoshgaqadam qo‘yadilar.— Yigirma to‘rt yoshga kirdimmi, ota? — dedi bek. — Chindan ham necha yoshgakirganimni o‘zim bilmayman.— Yigirma to‘rt yoshga kirdingiz, bek.Homid tag‘in so‘radi.— Uylanganmisiz?— Yo‘q.Hasanali Otabekning yolg‘iz «yo‘q» bilan to‘xtashiga qanoatlanmadi va bu to‘g‘rida o‘ztomonidan izohlar berishni lozim ko‘rdi:— Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bo‘lsa ham, — dedi, — avvaltaqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bo‘lg‘an qarshiliq-laridan bu kungachato‘y qilolmay kelamiz. Ulug‘ xo‘ja-mizning qat’iy niyatlari bu safardan qaytg‘ach bekniuylandirishdir.3

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir, — dedi Rahmat va Otabekkayuz o‘girdi. — Uylangach, xotining tab’ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo‘qsa,munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas.Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi.— So‘zingizning to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, — dedi,— ammo shuni ham qo‘shmoqkerakki, oladirg‘on xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xoting‘amuvofiquttab’1 bo‘lsin.— Xoting‘a muvofiq bo‘lish va bo‘lmasliqni uncha keragi yo‘q, — dedi Homide’tirozlanib, — xotinlarga «er» degan ismning o‘zi kifoya... ammo jiyan aytkandek, xotindegan erga muvofiq bo‘lsa bas.Rahmat kulib Otabekka qaradi. Otabek ham isteh-zolik tabassum orasi Homidgako‘z qirini tashladi.— Uylanishdagi ixtiyorimiz, — dedi Rahmat, — ota-onalarimizda bo‘lg‘anliqdan,oladirg‘an kelinlari o‘g‘illarig‘a yoqsa emas, balki uning ota-onalari o‘zlariga yoqsa bas. Buto‘g‘rida uylanguchi yigit bilan er qilg‘uchi qizning lom-mim deyishka haq va ixtiyorlaribo‘lmay, bu odatimiz ma’qul va mashru’ ishlardan emasdir. Masalan, men ota-onamningyoqdirishlari bilan uylandim... ammo xotinim ota-onamga muvofiq bo‘lsa ham mengamuvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimg‘a muvofiq emasdirman...So‘zingiz juda to‘g‘ri, bek aka.Otabek Rahmatning so‘zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek qilibHomidga qaradi.— Jiyan, — dedi Homid Rahmatka qarab, — boshlab uylanishing albatta ota-onanguchun bo‘lib ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmasekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. Xotinimmuvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishining ishi emas.Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog‘asig‘a javob berdi.— Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? — dedi. — Birxotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish. Masalan, ikkixotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa tinchlig‘ingiz yo‘q.— Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir, — deb kuldiHomid. — Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon tomsa,yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o‘rtasidaturib janjalg‘a to‘ygunimcha yo‘q, ammo xotinni uchta qilishg‘a ham o‘yim yo‘q emas.— Sizga taraf yo‘q, tog‘a.Homid mag‘rur bir tusda Otabekka qaradi. Otabek uning so‘zidan kulimsiragan edi.Hasanali palovg‘a urnash uchun tashqariga chiqdi. Otabek mehmonlarga choy quyibuzatdi. Homidning haligi so‘zidan keyin oradag‘i bahs kesilgan edi. Uchovlari ham birnarsaning xayolini surgandek ko‘rinar edilar. Bir necha vaqt shu holda qolishib Rahmattog‘asidan so‘radi:— Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?Bu savoldan nima uchundir Homidning chehrasi buzildi va tilar-tilamas javob berdi:— Bundan xabarim bo‘lmadi. Gumonimcha, bermagandir.Rahmat so‘zdan chetda qoldirmas uchun Otabekni ham orag‘a oldi:— Bizning Marg‘ilonda bir qiz bor, — dedi, — shundog‘ ko‘hlikki, bu o‘rtada uningo‘xshashi bo‘lmas, deb o‘ylayman.Homid bir turlik vaziyatda yer ostidan jiyaniga qaradi. Tog‘asining holidan xabarsizRahmat so‘zida davom etti:— Shahrimizda Mirzakarimboy otlig‘ bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki sizMirzakarim akani tanirsiz, u bir necha vaqt Toshkandda qutidorliq qilib turg‘an ekan?— Yo‘q... Tanimayman.4

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyHomidning yuzidagi boyag‘i holat yana ham kuchlanib go‘yo toqatsizlang‘andekko‘rinar edi, Rahmat davom etti:— Uning havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O‘zi davlatmand bir kishi;Toshkand ashroflarining1 ko‘blari bilan aloqador bo‘lg‘anliqdan balki otangiz bilan tanishchiqar.— Ehtimol, — dedi Otabek va nima uchundir g‘ayri-ixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzidabir o‘zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o‘zgarishdan Rahmat xabarsizbo‘lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta’qib etar edi. Bu ta’qib Otabekdagi haligio‘zgarishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to‘g‘rida bir mulohaza aytish, albatta mumkinemas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar.— Endi biznikiga qachon mehmon bo‘lasiz, bek aka?Rahmatning bu so‘zi bilan Otabek xayolidan bosh ko‘tardi:— Xudo xohlag‘an vaqtda bo‘larmiz...— Yo‘q, bek aka, — dedi Rahmat, — siz aniqlab bir kunni tayin qilingiz, biz bu yergasizni taklif qilg‘ali kelganmiz.— Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor?— Bunda ovora bo‘lish degan narsa yo‘q. Iloji bo‘lsa sizni bu saroydan havlig‘ako‘chiramiz. Hozirga bir kunni tayin qilib bizga mehmon bo‘ling-chi... Otam sizning bilano‘lturishib Toshkand ahvolotini so‘zlash-makka mushtoqdirlar.— Bu saroydan sizlarnikiga ko‘chishim og‘ir, — dedi Otabek, — ammo otangizningziyoratlariga borishg‘a har qachon hozirman.— Sog‘ bo‘ling, bek aka, boradirg‘an kuningizni ta-yin qila olasizmi?— Ma’lumingiz, kechalari bo‘sh bo‘laman, shuning bilan birga otangiz qaysi vaqtniixtiyor qilsalar ijobat etishdan o‘zga choram bo‘lmas.— Salomat bo‘lingiz, — dedi Rahmat, — shuni ham sizdan so‘rayin: o‘lturishka begonakishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chaqirilg‘anda ham o‘zimizga yaqin vaahl kishilar bo‘lur, masalan, Mirzakarim qutidor kabi.Bu vaqt Otabekning tusiga ham haligidek o‘zgarish chiqdi ersada, lekin sezdirmaslikkatirishib javob berdi:— Manim uchun farqsiz.Oshdan so‘ng mehmonlar bilan xayrlashib chiqdilar.2. XON QIZIG‘A LOYIQ BIR YIGITOtabek o‘zi bilan ko‘rishgan mundaki ikki yot kishini tanimaganliqdan bir-ikki qaytaularni ko‘z ostidan kechirdi. Buni payqag‘an Ziyo shohichi Otabekka tanitdi:— Amakilaringizni siz tanimag‘andirsiz albatta, — dedi. — Bu kishi otangizning yaqindo‘stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdog‘arlaridan Akram hoji.Mirzakarim ismlik qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz,yaxshig‘ina kiyingan bir kishi bo‘lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag‘i bir keksa edi.Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko‘zdan kechirdi.— Ota qadrdonlari bilan tanishdirg‘aningiz uchun rahmat, amak, — dedi va Akram hojibilan Mirzakarim akaga tavozu’landi. — Otam sizlardek yaqin do‘stlariga salom aytishnimenga amonat topshirg‘an edilar.— Rahmat, sog‘ bo‘lsinlar.Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning meh-mondorchilig‘i uchun yig‘ilg‘an,yuqorida ismlari o‘tkan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar.Tanishdirishdan so‘ng Otabek bilan qutidorning ko‘zlari bir-birlariga tez-tez uchrashaboshladilar. Qutidor nimanidir Otabekdan so‘ramoqqa og‘zini jo‘plab tursa ham Akram hoji5

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybilan Ziyo shohichining allanarsa to‘g‘risidag‘i gaplari keti uzilmay davom etar edi. Ularningko‘zi uchunchi to‘qnashishida qutidor kulimsirab qo‘yib so‘radi:— Meni eslay olasizmi, bek?Otabek diqqat va e’tibor bilan qutidorni kuzatib javob berdi:— Yo‘q, amak.— Necha yoshg‘a bordingiz?— Yigirma to‘rt yoshg‘a...Qutidor o‘zicha nima to‘g‘risidadir hisob yuritdi-da:— Voqi’an siz meni eslay olmassiz, — dedi. — Men Toshkandda qutidorlik qilg‘anvaqtimda siz taxminan besh-olti yoshliq bola edingiz... Go‘yoki, men Toshkanddakechagina turg‘andek va kechagina sizning havlingizda mehmon bo‘lg‘andekman... Ammo,haqiqatda, oradan o‘n besh-yigirma yil o‘tib, siz ham katta yigit bo‘lgansiz, umr — otilg‘ano‘q emish.— Siz bizning havlida bo‘lganmisiz?— Ko‘b martalab mehmon bo‘ldim, — dedi qutidor,— ul vaqtda bobongiz ham hayotdaedilar.Bu ikkisining so‘zlariga quloq solib chetda o‘lturgan Hasanali ham gapga aralashdi:— Amakingiz bizning havlig‘a kelib turadigan vaqtlarida siz yosh bola edingiz, bek, —dedi. — Amakingiz sizni saroylarga ham olib tushar edilar.Otabek uyaluv aralash kulimsirab qutidorg‘a qaradi:— Taassufki, eslay olmayman, — dedi. Qutidor tag‘in nimadir aytmoqchi bo‘lg‘an edi,Akram hoji unga yo‘l bermadi.— Hoji akamiz bu kunda qanday ish bilan mash-g‘ullar?Otabek:— Toshkand begi yonida mushovir1 sifati bilan turadilar.— Azizbek bu kunda ham Toshkandga hokimdir?— Shundog‘.— Sotqi bek ketsin, Aziz bachcha deng, — dedi Homid va Akram hojiga qarab kuldi. —Yaqindag‘ina Musulmon cho‘loqning bazimi shu Aziz bachcha bilan qizir edi, — dedi, ulug‘bir narsa kashf etgandek mag‘rur, majliska qarab chiqdi. Homidning zaruratsiz aybtekshirishi majliska yotroq tuyilgan bo‘lsa kerak bir-birlariga qarashib oldilar. Bu o‘rinsiztekshirish majlisni bir oz sukutga yubordi-da, so‘ngra Akram hoji savolida davom etti:— Hokimingiz juda zolim emish, bu to‘g‘ri so‘zmi?— To‘g‘ri so‘z, — dedi bek. — Azizbek zulmidan aholi juda to‘yg‘an.Otabekning bu javobidan yolg‘iz Akram hojigina emas balki, majlisning boshqa a’zolariham ajablandilar.Otasining valine’mati1 bo‘lg‘an bir bekning zulmini iqror etish haqiqatan ham taajjubkaloyiq edi. Azizbekning Turkiston xonlig‘ining eng zolim va mustabid sanalg‘an beklariningbiri va uning o‘z qa-ramog‘ida bo‘lg‘an Toshkand aholisiga qilg‘an zulmlari Farg‘onagadoston, ammo Akram hojining bu savoli Azizbekning eng yaqini bo‘lg‘an bir kishiningo‘g‘lini sinab ko‘rishlik uchun edi. Bu sinash natijasi Akram hojining taajjubini orttirdi vabuning sirrini bilishka qiziqsindi:— Otangiz Azizbekning mushoviri ekan, — dedi Akram hoji, — nima uchun uni bir ozbo‘lsa ham yo‘lg‘a solmaydir?— Kechiringiz, amak, — deb Otabek kulimsiradi,— siz otamning mushovirlig‘iniboshqacharoq ongla-g‘ang‘a o‘xshadingiz... Bizning beklarga hukm vaqtida ham mushovirbo‘lmoq imkonsiz narsadir. Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi2 sanalsa hamva lekin bu juz’iy ishlardaginadir, buning uchun sizga bir misol keltiray, bu ish shu yaqinoralardag‘ina bo‘ldi: Toshkanddagi jum’alik gap majlislaridan birida bir kishi Azizbeknimaxtar va bu maxtovg‘a qarshi ikkinchisi «nega munchalik maxtaysan, Azizbekning asli bir6

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan xufiyalardan biri buso‘zni Azizbekning qulog‘iga yetkazur. Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini o‘z huzurigaoldirib maxtovchig‘a ulug‘ mansab ato qilar va ikkinchisini o‘limga buyurar... Bu hukmmajlisida hozir turgan otam mahkumning gunohini so‘raganida Azizbek jallodga baqirar:«Tezroq olib chiq!» Otam tag‘in qulliq qilg‘anida jallodg‘a buyurar: «Qo‘ling-dag‘inibo‘shatib, o‘rniga hojini olib chiq!» — Mana ko‘rdingizmi, otamning qadru qiymatini.— Bo‘lmasa aholi xong‘a shikoyatnoma yozmaydirmi?— Nechanchi shikoyatnomani so‘raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafoko‘rganlar bilan birgalikda endi o‘ninchi shikoyatnomamizni yuborg‘andir-miz... Lekinxonning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an kishining o‘zi zulmda Azizbekdan bir necha zina balando‘rinni ishg‘ol etkuchi kimsa bo‘lsa, biz qandog‘ qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shukeyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi.«Itoatdan bosh tortmasin...» degan mulohazada yozg‘an shikoyatlarimizdan markazningko‘z yumishi ham ehtimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiqto‘yindi, kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir.Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hojiga onglashilib, bu to‘g‘ridaortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi.Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg‘anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsusturlangan edi. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxongaqistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishg‘a sabab bo‘lsa ham, ammo bizningOtabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o‘ltirar edi. Ul nima to‘g‘rida xayol surib, qaysito‘g‘rida o‘ylar edi — buni bi-lish qiyin bo‘lsa ham, biroq uning hozirgi ba’zi harakatlaridiqqatni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan, uning ko‘zlari ixtiyorsiz kabi qarshisidagiqutidorg‘a qaraydirlar, qutidorning ko‘zi o‘ziga tushdi deguncha ko‘zini undan olibdasturxondagi ko‘ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir... Otabekning bu holinimajlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta’qib etkandek edi.— Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so‘radi.— O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, — dedi bek, — o‘ris shahardanShamayga1 ham bordim.— Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo shohichi ajablandi.— O‘tkan yil borg‘on edim, — dedi bek, — borishim noqulay bir vaqtga to‘g‘ri kelibko‘b mashaqqatlar chekdim.— Chin savdogar siz emishsiz, — dedi qutidor, — biz shu yoshqa kelib hali o‘zimizningkattaroq shaharlarimizni ham ko‘ralmadik; siz o‘risning Shamayigacha borg‘ansiz.— Yurgan daryo, o‘lturgan bo‘ryo emish, — dedi Akram hoji.O‘ris shaharlariga borib savdo qilg‘uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib, chetellarni ko‘rgan Otabek majliska tansiqlandi. O‘rislar to‘g‘risida allaqanday xayoliy rivoyatlareshitib yurgan qutidor va Ziyo shohichilarning Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib,undan Shamayda ko‘rib, kechirganlarini so‘radilar. Otabek Shamay xotirotini so‘zlab berdi.O‘rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini eshitkuchilarni tongg‘a qoldirib,ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg‘ach:— Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘i-mizni ko‘rib; boshqalar hamshundaydir, deb o‘ylar edim, — dedi bek, — lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib,o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘zidoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim... Bizningidoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmayqoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanga uchsam, to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasigatushsam-da, o‘risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasada,barcha elga yorlig‘ yozib o‘risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, menham bir oy ichida o‘z elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam... ammo o‘z elimga qaytib7

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyko‘rdimki, Shamayda o‘ylag‘anlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish. Bu yerdaso‘zimni eshitkuchi birov ham bo‘lmadi, bo‘lsalar ham: “Sening orzungni shu xonlareshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularninggapiga bovar qilmay yursam, so‘ngg‘idan to‘g‘ri so‘zni aytkanlarini bildim. Darhaqiqat,mozoristonda «hayya alalfalah»1 xitobini kim eshitar edi.Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan eshitkan, shu kungacha hechkimdan eshitilmagan uning fikrlariga ajablangan edi. Istiqbol qayg‘usi tushiga hamkirmagan bu Turkiston otalari Otabekning daruni dildan chiqarib aytkan gaplaridan hissasizqolmadilar:— Amiri Umarxondek odil poshsho bo‘lsa, — dedi qutidor, — biz ham o‘risdan oshibketar edik.Ziyo shohichi:— Bizning bu holga tushishimiz o‘z fe’li xo‘yimiz-dan.Akram hoji:— To‘g‘ri.Homid ham boshqalardan qolishmas uchun: «Xudo kofirning dunyosini bergan» debqo‘ydi.— Manimcha, o‘risning bizdan yuqoridalig‘i uning ittifoqidan bo‘lsa kerak, — dediOtabek, — ammo bizning kundan-kunga orqag‘a ketishimizga o‘z ora nizo’imiz sababbo‘lmoqda, deb o‘ylayman, boshqa xil aytkanda Ziyo amakining fikrlari qisman to‘g‘ri.Oramizda bu qo‘rqunch holatka bahaqqi tushunadirg‘an yaxshi odamlar yo‘q, bil’aksbuzg‘uchi va nizo’chi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuqurig‘aqarab tortadilar. Bu kungi qora chopon1 va qipchoq nizo’larini sizga bir timsol o‘rnidako‘rsatayin: o‘ylab ko‘rilsin, bu nizo’lardan bizga qanchalik foyda va qipchoq og‘aynilarg‘anima manfaat hosil bo‘lmoq-da?— Faqat bundan foydalang‘uchilar ikki xalq orasig‘a adovaturug‘ini sochib yurg‘uchi bir necha e’vogar boshluqlarg‘inadir. Masalan, Musulmonqulni kimxolis odam, deb o‘ylaydir? — Uning yurt uchun qon to‘kishdan boshqa nimaga foydasitegdi? Musulmonqul o‘z g‘arazi yo‘lida orada yo‘q nizolarni qo‘zg‘ab, kuyavi Sheralixonni2o‘ldirdi, gunohsiz Murodxonni shahid etdi, qo‘y kabi yovvosh Toshkand hokimiSalimsoqbekni o‘ldirib, o‘rniga Azizbekdek zolimni belguladi va o‘zini mingboshi deb e’lonqilib, aqlsiz bir go‘dakni (Xudoyorni) xon ko‘tarib el yelkasiga mindi. Tuzuk, agarMusulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maqsadni kuzatib qilg‘anda, zolimlarni o‘rtadan ko‘tarib,yurtka osoyish berganda, unga kim nima deya olur edi? Holbuki, Toshkand tarixida misliko‘rilmagan Azizbek kabi vah-shiyni faqat shu Musulmonqul qo‘lidan oldi. Basharti,Musulmonqul chin inson bo‘lsa, insondan vahshiy tug‘ilganini hech kim eshitkan chiqmas.Modomiki, o‘z g‘arazi yo‘lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo‘lg‘unchilar yo‘qotilmasekanlar, bizga najot yo‘qdir, magar shunday g‘arazchilarni ular kim bo‘lsalar ham ishboshidan quvlash va ular o‘rniga yaxshi xolis odamlarni o‘tquzish najotimizning yagonayo‘lidir.Otabek majliska tamoman yangi va eshitilmagan fikrlarni so‘zlab ketdi, ular bekningog‘zig‘a anqayishib qolgan edilar. Darhaqiqat, o‘z ora bitmas nizo’larning asli mansha’ini1ul yaxshi onglab tahlil qilar va durust qiymat berar edi. Uning shu yo‘sun mulohaza vafikrlari majliska chuvalg‘an ipning uchini topib bergandek bo‘lib, lafzan bo‘lmasa hamma’nan ularning tahsin va olqishlarini oldi.Otabek xufton namozi uchun tahorat olishg‘a mehmonxonadan chiqg‘an edi, uningketicha:— Otaning bolasi-da, — deb Ziyo shohichi mehmon-larga qarab qo‘ydi.— Umri uzoq bo‘lsin, — dedi Akram hoji, — yigitlarimiz ichida eng aqllig‘i ekan...Agarda xon ko‘tarish manim qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim... O‘zio‘qug‘anmi?8

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyBu maxtovlar bilan terisiga sig‘may ketkan Hasanali javob berdi:— Toshkand Beklarbegi madrasasining2 peshqadam mullabachchalaridan edi, lekinuch yilcha bo‘ldi, xo‘jamiz madrasadan olib savdo ishiga qo‘ydilar.— Xudo har narsadan ham bergan yigit ekan, — dedi qutidor.Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maxtar edi, lekin Homid bu maxtashlarg‘aishtirok etmas va nimadandir g‘ijing‘andek ko‘rinar edi. Shu orada qutidorning«uylanganmi?» deb Hasanalidan so‘rashi Ho-midga yana boshqacha holat berdi.Hasanalining so‘ra-g‘uchig‘a bekning qiz yoqdirmaslig‘ini sabab ko‘rsatib, shu kungachauylanmay kelganligini tafsili bilan hikoya qilib berishidan so‘ng ul toqatsizlang‘andek bo‘ldi:— Balki begingizning tama’lari xon qizidadir, — dedi istehzo bilan Homid, — bundog‘yigitlar uylanganlarida ham kishi qizini umr bo‘yi azob ichida o‘tkazadirlar...Sababiga tushunish qiyin bo‘lg‘an bu istehzoga qar-shi Hasanali sukut qilmadi:— Men uning xon qizini olish maqsadi borlig‘ini bilmayman, — dedi kulimsirab, — biroqul xon qizini olsa arzimaydirgan yigit emas... hatto zarxarid1 quli bo‘lg‘anim holda mengaham qattig‘ so‘z aytishdan saq-lang‘an bir yigit o‘z nikohida bo‘lg‘an ozod bir qizg‘a albattazahmat bermas, deb o‘ylayman. Ba’zi xotin uradirgan va xotin ustiga xotin olib, xotinlarig‘azulm qiladirg‘an hayvonsifat kishilardan bo‘lib ketishi menimcha ehtimoldan juda uzoqdir,inim mulla Homid...Hasanali o‘tkan faslda Homidning o‘z og‘zidan xotinlarig‘a qarshi qamchi ishlatkaninieshitkan edi. Shunga binoan uning bu oxirg‘i jumlasi Homidni yerga qaratib, lom deyishkamajol bermay qo‘ydi. Ziyo shohichi qaynisi Homidga «Tuzlatildingmi»? degandek qilibqaradi va Hasanalidan afu so‘radi:— Kechirasiz, ota, — bizning Homidboy shunaqa qo‘lansa gaplar uchun yaratilg‘anodam.Qutidor ham Hasanalining ko‘nglini ko‘tarib tushdi:— Gapingiz to‘g‘ri, ota, — dedi, — Otabek xon qizig‘a loyiq bir yigit ekan.Bahslashish uchun Homidga yo‘l qolmag‘an edi. Bir turlik iljayib yer tegidan Hasanaligako‘z tashladi.Oshdan keyin boshlab Homid, so‘ngra boshqa meh-monlar tarqalishdilar. Otabek bilanqutidorning yo‘llari bir bo‘lg‘anliqdan birgalashib ketdilar. Qutidor havlisiga qayrilar ekan,bek bilan xayrlashdi:— Albatta, birisi kun biznikiga marhamat qilasiz, tuzikmi?— Xo‘b, amak.— Bizniki mana shu burchakdagi eshik... Qaytag‘a bu kun biznikida qolsangizbo‘lmasmi-a?— Rahmat... Xayr, salomat bo‘lingiz.Ular to‘xtab so‘zlashqan o‘rinlaridan xayrlashib uzoqlashg‘ach, shundagi birburchakdan choponig‘a burkangan bir kishi chiqib, haligilar kelgan tomong‘a qarab yurdi...3. BEK OSHIQSaroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochibichkariga sham’ yoqdi va bekning to‘shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. AmmoOtabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilg‘anidan, sham’ yoqilib, o‘rinyozilg‘anidan go‘yo xabarsiz kabi ustung‘a suyalg‘ancha qotib turar edi.— O‘rningizni yozdim, bek.Otabek bu so‘z bilan hujraga kirdi va borib to‘shagi yonig‘a o‘lturdi. Hasanali bekningyeshinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib yoqilg‘an sham’ni o‘zi bilan narigi hujragaolib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to‘shagi yonig‘a o‘lturdida, yana o‘ylab qoldi... Otabekbir necha kunlardan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi.9

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyHasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beriajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayolichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi.Hasanali bekning hozirg‘i ipidan-ninasigacha bo‘l-g‘an qiziq holini uzoq kuzatib turdi.Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishidan zerikdi.— Menda yumushingiz yo‘qmi?Otabek bu gapni onglamadi shekillik, Hasanalining yuziga ko‘tarilib qaradi-da, yanako‘zini bir nuqtag‘a tikib qoldi. Bu holatdan Hasanalining andishasi ortib, bekning bunchalikangravlanishig‘a qanday ma’no berishini ham bilmas edi. Otabek shu holda tag‘inqanchag‘achadir o‘lturdi, nihoyat uyqudan uyg‘ong‘an kishidek so‘chib o‘zini kuzatkuchigaqaradi:— Chiqib yotmaysizmi?— Menda yumushingiz yo‘qmi?— Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting.Hasanali sham’ni olib, o‘z hujrasiga chiqdi. Uning hujrasi Otabekning bilan bir qatordabo‘lib, gazmol, poyafzal va shuning singari mollar ila to‘lg‘an va Otabekdan boshqa, alohidahujrada turishi ham shu mollarni saqlab yotish uchun edi. Hasanali o‘rnini yozar ekan«tavba» deb qo‘ydi.Yuqorida so‘zlang‘anidek, Otabekdagi bu holatni biror haftalardan beri payqasa hamhozirgidek andishaga tushmagan va bunchalik diqqat etmagan edi. Xo‘ja-zodasidagi buholat uni har turlik mulohazalarga olib keta boshladi. To‘shagi ustiga o‘lturib, oq soqolinio‘ng qo‘li bilan tutamlab o‘ylar edi: savdo to‘g‘risida biror xato qildimi, Ziyo shohichinikidataomdan tuzukroq totinmadi, biror og‘rig‘i bormikan... Musofirchiliqda og‘risa... Ammo bumulohazalarining bittasiga ham o‘zi qanoatlanmadi. Zero savdo to‘g‘rilari undan yashirinemas, og‘rig‘anda ham albatta shikoyat eshitar edi.O‘ylab-o‘ylab bir narsaga ham aqli yetalmagach, o‘rnidan turib toqchada yonib turgansham’ni o‘chirdi. Hujra orqa-o‘ngni ajratib bo‘lmasliq qorong‘ilandi. Qo-rong‘ida turtinibhujra eshigiga keldi-da, avaylab g‘ijirlatmay eshikni ochdi va sekingina tashqarig‘a boshchi-qarib saroyni kuzatdi. Kishi yo‘qliqqa qanoat hosil etib, mahsichan oyog‘ini ohista qo‘yibOtabek hujrasining yonida to‘xtadi, saroyni yana qarab chiqdi. Saroy qop-qorong‘i, tinchuyquda, ammo bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xashak chaynashlari vaatrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarig‘ina buzar edilar. Hasanali sekingina daricha ostig‘ayotib hujra ichiga quloq soldi. Hujra ichi tinch edi. Oradan uch-to‘rt daqiqa fursat o‘tibhujradan ship etkan tovush eshitmadi. Tag‘in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so‘ngrao‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lg‘an edi, ichkaridan «ufff» degan ixrash eshitdi. Hasanaliningquloqlari tikkayib o‘rnidan turdi, ko‘zi olalang‘an edi.— Bek og‘riq, — dedi ko‘ngildan va jazmlanib hujra eshigiga yurib keldi. Eshikni ochibOtabek yonig‘a kirmoqchi edi. Eshikni itarishka borg‘an qo‘lini qoldirib «balki og‘riqemasdir» deb to‘xtaldi. Yana kiraymi, yo‘qmi, deb ikkilanib turg‘andan keyin yurib, o‘zininghujrasiga keldi. Ammo Otabek to‘g‘risidagi tashvishi boyag‘idan o‘n qayta ortqan edi.Yeshinib uxlarg‘a yotqan bo‘lsa ham bekning xususi uni ko‘z yumg‘ali qo‘ymadi. Bekto‘g‘risida har turlik xayollarga bormoqda edi. Yusufbek hojining «O‘g‘lim yosh, sendunyoning issiq-sovug‘ini tatig‘an va manim ishongan kishimsan. O‘g‘limning har birholidan xabar olib turish sening vazifangdir», deb ta’kidlashi, Otabekning onasi — O‘zbekoyimning yoshliq ko‘z bilan: «Seni xudoga, Otamni senga topshirdim!» — deb yolborishlari,zorillashlari uning quloqlari ostida takrorlang‘andek bo‘lar edilar. Uxlab ketalmadi.Ko‘ynakchan egniga choponini yopinib o‘rnidan turdi, hujradan chiqib Otabek darichasiostig‘a yana kelib o‘lturdi.Tun ayoz, izg‘iriq yel to‘rt tarafka yugurib jon achitmakchi bo‘lar edi. Hasanali yarimyalang‘och holda junjayib daricha ostida, izg‘iriq quchog‘ida o‘lturar erdi. Ul yegan10

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysovug‘ig‘a iltifot etmas, vujudini izg‘iriqqa topshirib, fikrini hujra ichiga yuborg‘an edi. Hujraichiga bir muncha quloq solib o‘lturgandan keyin, uzun tin olib boshini tirqishdan uzdi,Otabekning pishillab uxlag‘an tovshini eshitib bir darajada tinchlandi. Vasvasadanariyozg‘an bo‘lsa ham o‘rnidan qo‘zg‘almadi, nima uchundir tag‘in ham sovuqqa junjibo‘ltira berdi. Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib, Hasanali tamom tinchlandi, hamturib ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqusirash eshitdi:— «Qora ko‘zlari, kamon qoshlari...»— A-a-a, — dedi Hasanali va qaytadan qulog‘ini tirqishg‘a olib bordi. Endi uning butunborlig‘i quloq bo‘lib aylangan, o‘zini unutib barcha diqqati hujra ichiga oqg‘an edi. O‘rtadanko‘b fursat o‘tmadi, boyag‘i uyqusirash yana takrorlandi:— «Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar... Uff».Hasanali uchun birinchida onglashilmay qolg‘an ma’nolar bu keyingi gap bilan yeshildi.Hasanali endigi o‘lturishni ortiqcha topib o‘rnidan turdi, hujrasiga kirar ekan, boshinichayqab o‘zicha so‘zlandi:— Bek oshiq!O‘rni ustiga choponini yopdi-da, ko‘rpasi ichiga kirib o‘lturdi va «chindan oshiqmi?»degan savolni ko‘nglidan kechirdi. Tanish bo‘lmag‘an bir shaharda kimning bo‘lsa hamqizig‘a uchrashsin, besh-olti kun ichida bu yanglig‘ uyquda ham... masalaga bu jihat bilanqarab bekning ishqig‘a ishongusi kelmas edi. Ammo ikkinchi tomondan qulog‘i ostidabekning o‘z og‘zidan eshitilgan— «kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar...» jumlalaritakrorlang‘andek bo‘lib xo‘jazodasidagi bir necha kunlik o‘zgarishka muhabbatdan boshqahodisa, deb ma’no beralmas edi. Bu ikki turlik masalalarning o‘ng-tersini aylandiribmuhokama qildi va o‘lchadi. Hasanalining o‘zi tarozuning ishonmasliq pallasida bo‘lsa ham— «kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar» hamon quloqlari ostida takrorlanar edilar. Tuntong otarg‘a yaqinlashg‘an, uning uyquliq miyasi hech bir turlik bu muammoni yeshabilmas edi. Ko‘b o‘ylasa ham bir qarorg‘a kela olmadi. Ammo ertaga bekning o‘zini sinabko‘rmakchi bo‘lib ko‘zi uyqug‘a ketdi.4. MARG‘ILON HAVOSI YOQMADIErtalabki choy hozirlang‘an. Otabek xomush o‘lturub, Hasanali ersa uning holini ta’qibetmakda edi. Oradag‘i so‘zsizlik bir piyoladan choy ichkuncha buzilmadi. Oxirida HasanaliOtabekning tusiga bir necha qayta ko‘tarilib qo‘ydi.— Bir necha kundan beri xomushroq ko‘rinasizmi?Otabek savol tashlag‘uchig‘a qarab oldi va tasdiq ishorasini berib:— Bilmadim, — dedi va bir oz to‘xtab izoh berdi. — Xomushligim sizga ham sezildimi,bilmadim... Mar-g‘ilon havosi mizojimga to‘g‘ri kelmaganga o‘xshaydir...— Aytkaningizdek, — dedi Hasanali. — Marg‘ilonning havosi buziq ekan, bir-ikkikundan beri manim ham ahvolim o‘zgarib boshladi. Marg‘ilondan tez jo‘namasaq men hamishdan chiqadirg‘an o‘xshayman...Bu gapdan keyin Hasanalining ko‘zi bekka tikilgan edi, agar tundagi uyqusirashHasanalining o‘ylag‘an ehtimoliga to‘g‘ri kelsa, o‘zining haligi so‘zi Otabekka bir o‘zgarishberishida shubha qilmas edi.Otabek boshi berk ko‘chada qolg‘ondek bo‘ldi, javobg‘a qiynaldi:— Ketamiz, — dedi bir oz o‘ylang‘andan keyin, — mol baholari to‘g‘risida bitishaolmay turamiz — olg‘uchilar arzon so‘raydirlar. Shuning uchun tag‘in bir necha kunqolishimizg‘a to‘g‘ri kelarmikin. Bilmadim...Hasanalining sinashi nihoyatiga yetkandek bo‘ldi, hatto yuqoridag‘i javobni eshitkanvaqtida nima uchundir o‘zini bir turlik kulgidan arang to‘xtatib qolg‘an edi. Yana o‘rtadaxomushlik hukm surib, Hasanali ishni tuzikroq ochish va yo shu ko‘yi qoldirib ketaberish11

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriytalashida edi. Hasanali bekning har bir siriga o‘zini mahkam deb hisoblag‘anliqdan,darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishg‘a loyiq bir mehribonchiliqqa ega bo‘lg‘anliqdanxo‘jazodasi bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun rejaqurib o‘lturgandan so‘ng tilga keldi:— O‘g‘lim, Otabek.— So‘zlangiz.— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?Otabek, Hasanalining maqsadig‘a tushunolmay maj-hul unga nazar tashladi:— Sizmi? — deb kulimsiradi. — Otam bo‘lmasangiz ham meni otaliq muhabbati bilansuygan sodiq va mehribon bir kishimsiz — ya’ni ma’naviy otam.— Barakalla, o‘g‘lim, — dedi Hasanali, — javobingiz o‘z o‘ylag‘animchadir. Endi sizdanshuni ham so‘rayin: xo‘jasig‘a sodiq bir qul, sizning ta’biringizcha, ma’naviy bir padar o‘zo‘g‘lig‘a yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringiz-chi?Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:— So‘zingizga tushunolmadim, ota, — dedi, — shundog‘ bo‘lsa ham javob beraman:bu kungacha siz yolg‘iz meninggina emas, bizning oilamizga otaliq mavqi’ida turib,yaxshiliqdan boshqani sog‘inmay kelasiz.Hasanali tusini buzmadi:— Ilgariroq balki shundog‘ bo‘lg‘andir, ammo endi, ayniqsa siz...— Ayniqsa men... ochib so‘zlangiz.— Ayniqsa sizning menga saqlag‘an ishonchingiz tugalganga o‘xshab, o‘zimdanqandog‘ kamchilik o‘tkaniga hayratdaman.— Qiziq gaplar so‘zlaysiz, — dedi Otabek, taajjubi ortqan edi. — Menga qandog‘yomonlik sog‘indingiz-ki, sizga ishonchim bitsin? Vasvasalanishning o‘rni yo‘q, mundanso‘ng ham sizning xayrixohona kengashlaringizga, ham vujudingizga muhtojman,amonatim, boshqam mundan keyin ham ona qornida saqlang‘andek sizda saqlanishig‘aishonaman va bunga sizning ham amin bo‘lishingiz kerak, ota.— Lekin... til bilan ko‘ngil boshqa-boshqadir, o‘g‘-lim...Otabek bu ters va qo‘rs muqobaladan toqatsizlandi:— Yanglishasiz, ota.— Yanglishmayman, bil’aks bilib, qanoatlanib so‘z-layman.— Tilim bilan ko‘nglimning boshqalig‘ini isbot qilingiz.Hasanali ginalik qiyofada qoshlarini chimirdi va:— Mendan yashirib yurgan bir sirringiz bor, — dedi.— Sizdan yashirg‘on bir sirrim bor?— Bor o‘g‘lim, bor, — dedi Hasanali, — agar da’vongiz to‘g‘ri bo‘lsa, menga chindano‘z kishim deb qarasangiz o‘sha sirni yashirmangiz.Otabek to‘satdan o‘zgarib, boyag‘i asabiylik holatini yo‘qotti, shundog‘ bo‘lsa ham o‘ziniyig‘ib kulgan bo‘ldi:— Hali shunaqa sizdan yashirin sirrim bormi?— Bor.— Bo‘lmasa, marhamat qilib kashfingizni so‘zlangiz.Hasanali piyolani og‘ziga ko‘tarib, choyni ho‘pladi, kashfini ochti:— Marg‘ilong‘a kelgan kunlardan boshlab sizda qiziq bir holat bor, — dedi, — siz buholatni «Marg‘ilon havosi yoqmadi» deb ta’bir qilsangiz ham men mundan boshqa narsalarpayqayman...Otabek o‘ziga qattig‘ tikilib turg‘an Hasanalidan yuzini chetka burishka majbur bo‘ldi.Go‘yo bu sehrgar chol hamma sirrni betdan o‘qub olar edi. Hasanalini hamon o‘ziga tikilibturg‘anini bilib, manglayini qashig‘an bo‘ldi:— Xo‘sh, davom etingiz...12

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bu sirringizni mendan yashirmoqchi bo‘lasiz, — dedi tamom qanoat bilan Hasanali,chunki, endi o‘z kashfiga juda ishong‘an edi. — Xayr, yashirmoqqa ham balki haqqingizbordir... ammo shu ko‘yi sir saqlash bilan birar natijaga yetish mumkinmi?— ...Otabek qip-qizil qizarib gunohkorlardek yerga qara-g‘an edi. Hasanalining yuzigapadorona tarahhum1 tusi kirib, keksalarga maxsus ohangdor bir tovush bilan bekningustidagi og‘ir yukni ola boshladi:— Aybi yo‘q, o‘g‘lim, — dedi, — muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘anyurak javharidir. Shuning bilan birga ko‘b vaqtlar kishiga zararlik ham bo‘lib chiqadir.Shuning uchun kuch sarf qilib bo‘lsa ham unitish, ko‘b o‘ylamaslik kerakdir.Bu keyingi gap bilan Otabek ko‘tarilib Hasanaliga qaradi va uzoq tin olib yana yergaboqdi. Go‘yo buning ila «unitish mumkin emas» degan qat’iy so‘zni aytkan edi. Orag‘aso‘zsizlik kirdi. Ikkisi ham fikrga tolg‘an edi. Hasanalining ortiqcha berilib o‘ylag‘an kezdasoqolini qayirib tishlaydigan bir odati bo‘lib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashg‘ul edi.Uzoq o‘ylag‘andan so‘ng ishning ochilmay qolg‘an qismini yeshishni boshqa vaqtg‘aqoldirmoqchi bo‘ldi. Chunki Otabek shuning o‘ziga ham yaxshigina qizarinib, bo‘rtingan edi.5. KIROYI KUYAVING SHUNDOG‘ BO‘LSA!Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli... O‘qug‘uvchi albatta bu havlining egasibilan tanish chiqar. Ko‘rimsiz, chirk bosib qorayg‘an, juda ko‘b xizmat qilib keksaygan,ochib-yopqanda anvo’i — turlik dodi-faryod qiladirg‘an, bunda sanalg‘an sifatlarini bir yergajamlab natija chiqarg‘anda «sharti ketib, parti qolg‘an» bir darbozaning ostonasidan uchto‘rtqadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini his etilur va qorong‘u yo‘lakningnihoyatidagi yorug‘liqqa tomon oshiqilur. Qoqilib-suqilib yo‘lak zindonidan qutiling‘ach birulug‘ ariq yoqasig‘a, o‘rdadek havliga chiqilur va rohat tin olinur. Havlining kun chiqaridakun botishig‘a qaratib soling‘an, uncha maxtarliq bo‘lmasa ham ammo zamonasiningolding‘i binolaridan hisoblang‘an bir ayvon bilan bir uyga ko‘z tushadir. Sahn va binolarkishi zotidan bo‘sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig‘i qismi — mehmonxonaekanligi onglashilur. Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan o‘ralg‘an vabu hujralarning barcha eshiklari yopiq va qulflang‘an holda bo‘lib mollar bilan bandligi vauy egasining davlatlik kishi bo‘lg‘anlig‘i bilinur. Havlining janub tarafi do‘konlar orqasi,ammo katta tup gilos yog‘ochlari qoplab yotadirlar.Endi biz tashqari havlini qo‘yib mehmonxonaning yonidan ichkariga kiramiz. Ichkarihavlining yo‘lagi ham nargisidek usti va bag‘ri yopiq — qorong‘u, yo‘lakning nihoyatigaborib o‘ngga yurilsa axtaxonaga, chapka yurilsa birinchi martaba kirganimizdek ulug‘ birhavliga chiqarmiz. Havlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi binoning ikkibiqini katta uylar bilan o‘ralg‘an bo‘lib, shu ikki uyning orasig‘a o‘lturgan koshinkor vanaqshin chorxari ayvon bu havlining birinchi martaba ko‘zga chalinadirg‘anortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘antanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib birkishi o‘lturadir. Bu kishi bilan ikkinchi martaba tanishib o‘lturmaymiz, chunki, bu odamo‘qug‘uchi bilan tanishqan — Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki biqinida ikki xotin:bulardan bittasi ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oqdakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xush bichim bir xotin.Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin qutidorningrafiqasi — Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o‘tkan bir kampir. Oftob oyimning onasi —Oysha bibi. O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choyqaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi — To‘ybeka. Biz bular bilan tanishishni shu13

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyerda qoldirib ayvonning chap tarafidagi daricha orqalik uyga kiramiz, ham uyning to‘rigasoling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sababbilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni ko‘ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘atartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘atikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oqyuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayiribushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda ustaqo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupohatlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoqda edi. Turibo‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘ansoch tolalari o‘rab olib jonso‘z1 bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malakqutidorning qizi — Kumushbibi edi.Kumushbibi bir necha kundan beri sovuq havo tegdirib, bosh og‘rig‘i va ko‘z tinishkao‘xshash og‘rig‘lardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi «tinch uxlasin, ortiqurinmasin» deb bu kun namozga ham uyg‘otdirmag‘an edi.Kumush, kiyinib uydan chiqdi, To‘ybeka tomonidan hozirlanib berilgan issig‘ suv bilanyuzini yuvdi. Uyiga kirib artinib, tuzatingach ayvonga chiqdi. Ayvondagilarga salom beribotasining yonig‘a kelib o‘lturdi.Qutidor qizini kuzatdi:— Tuzikmisan, qizim?— Yo‘q, otajon, boshim hamon og‘rib turadir.Qutidor qizining peshonasini ushladi:— Ey-ha, Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi. — O‘zingni teja qizim, o‘rningni qalin qilibburkanib yot, terlasang yorisharsan, qizim. To‘ybeka, Kumushning choyini oqlab ber-chi.Oftob oyim erining so‘zini kuchlab tushdi:— Issig‘i bor, yuzi ham qizarib bo‘rtib turibdir.O‘zining ruhsiz tovushi bilan Oysha buvi ham gapka aralashdi.— Nax kechasi bilmapsiz, nax meni qo‘rqitib enka-tenkamni chiqardi. Isitmasi aralashallanuchka so‘zlarni aytib chiqdi...Kumushbibi yalt etib buvisiga qarab qo‘ydi.— O‘sha harorati g‘ariza1niki hammasi, — dedi qutidor. — Men bu kun birar hakimdanso‘rab qaraychi... Ol qizim, shu piyoladagi choyingni ich-chi, — dedi va tag‘in bir qaytaqizini kuzatdi.Choyni ichib bo‘lg‘andan keyin qutidor fotiha o‘qub o‘rnidan turdi:— Men senga aytib qo‘yay, Kumush, — dedi turar ekan qutidor Oftob oyimg‘a, — bukunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangiqoplag‘an ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. Katta gilamni ham chiqar, uyingdamevalaring bor edimi?— Bor.— Bor bo‘lsa yaxshi. Bir ozdan so‘ng et olib kirguzarman, varaqi pishirib qo‘yingiz.Oftob oyim varaqi pishirishdan u kungi mehmon-ning uncha-muncha kishibo‘lmag‘anlig‘ini bildi.— Qanaqa mehmon edi?— Sen tanimassan, toshkandlik bir yigit, tag‘i shu yerda-gi uch-to‘rtta og‘aynilar.Tuzikmi, aytkanlarimni uqdingmi?— Uqdim-uqdim.Kumushbibi otasining so‘ziga iltifot qilmadi. Qutidor do‘koniga jo‘nag‘andan keyinOftob oyim To‘ybekani mehmonxonag‘a buyurdi va o‘zi xamir qilishg‘a o‘lturdi. Kumushbibixomush edi. Bir narsa to‘g‘risida o‘ylarmidi yoki bosh og‘rig‘isi kuchlikmidi, har holda14

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriynamozshom gul kabi yopiq edi. Qarshisida o‘lturg‘an buvisining o‘tkan-ketkandan qilg‘anhikoyalariga erinibgina quloq berar va ko‘nglini ochish uchun aytilgan qiziq so‘zlargailjayish bilan javoblanar edi.Kumushbibi o‘zining bir soatcha vaqtini shu ko‘yi kechirdi, so‘ngra o‘rnidan turibkichkina latif oyoqla-rig‘a otasining yaqindag‘ina olib bergan qala kavshini kiydi va oshxonayumishi bilan qorishib yotqan onasining oldig‘a bordi.Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib o‘n sakkizga qadam bosqanliqdan bo‘yi hamonasig‘a yetayozg‘an, ammo jussasi onasig‘a ko‘ra to‘laroq edi. Onasining yumishig‘a bir ozqarab turg‘anidan keyin tashqarig‘a tomon ketdi. Ayvonning bir chetidan mehmonxonadagilam to‘shab uringan To‘ybekaga qarang‘an bo‘ldi-da, ayvonning o‘rta ustuniga kelibsuyandi. Endi boyag‘ig‘a qarag‘anda bir oz yengillangansumon, jon olg‘uchi qora ko‘zlariharakatlana boshlag‘an, bo‘g‘riqqan qizil yuzlari ochilinqirag‘an edilar. Ayvon ustunigasuyang‘ach, qora qiyig‘ qoshlarini chimirib ko‘cha yo‘lak tomong‘a qaradi, bir oz qarabturdi-da, ayvondan yerga tushib yo‘lak tomong‘a, ariq bo‘yig‘a ketdi. Suv bir do‘konningostidan chiqib, bu havlida uch-to‘rt quloch chamasi ochiq havoda oqar va ko‘prik-tomostig‘a ketar edi. Kumushbibi ariq bo‘yidan bir o‘rinni ko‘zladi-da, sakrab narigi yuziga o‘tdiva cho‘nqaydi. Uning ko‘zlari muloyimg‘ina suv ustiga og‘dilar. Ariqning musaffo tiniq suviyovoshg‘ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig‘a yetkanda go‘yoki, uning ta’zimi uchunsekingina bir charx urib qo‘yar, o‘z ustida o‘lturgan sohiraning1 sihriga musaxxar2 bo‘lg‘ankabi tag‘i bir kattaroq doirada aylangach, ohistag‘ina ko‘prik ostig‘a oqib ketar edi. Ariqsuvining nihoyatsiz bu harakatini uzoq ko‘zdan kechirib o‘lturg‘ach, qo‘l uzatib suvdan oldiva yuzini yuvdi. Uning yuzini o‘pib tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatka kelibchayqaldi, go‘yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi... Ikkinchi, uchinchi qaytalab yuzyuvishda bu fitna tag‘i ham kuchaydi...Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi, ariqbo‘yini va uning suvlarini tashlab ketdi.Boyag‘ig‘a qarag‘anda anchagina yengillanib ichkariga kirdi, harakatlari ham birmuncha o‘zgargan edi. Oysha buvi undagi bu o‘zgarishdan so‘yindi:— Yengil tortdingmi, qizim?— Shukur...— Endi ortiq urinma qizim, tinch o‘ltur.* * *Qish kunlari bir tutam, «ha, deguncha» kech bo‘ladir. Bu kun ham «ha deguncha»gaham qolmay kech bo‘lg‘an, mehmonlarning kelishkaniga yarim soatlab vaqt o‘tkan edi.Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan to‘lato‘kisdavom etar edi. To‘ybeka ichkari bilan tashqarig‘a1 yugurib dasturxon yangilar, choytashir edi. Xizmat tugalayozg‘andan keyin To‘ybeka o‘zining sovub qolg‘an oshini yemakuchun Oftob oyimlar yonig‘a o‘lturdi.So‘zdan so‘z chiqib Oftob oyim To‘ybekadan so‘radi:— Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi?— Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyog‘a kelmabsiz, — dedi To‘ybeka o‘nguters osh chaynab, — bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; haliyigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga kuyavbo‘ladigan yigit ekan, — dedi va Kumushka qarab kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan Oftob oyim hamkulimsirab qizig‘a qaradi:— Ana, Kumush, sen eshitdingmi, opangning so‘zini, To‘ybeka senga er topqan, senbo‘lsang boshim og‘riydir deb yotasan.15

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari1 ostidagi sadafdekoq tishlari ko‘rinib ketdi ersa-da, biroq uning bu holi tezlik bilan tundliqqa alishindi.— Qolg‘an xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi.To‘ybeka Kumushning tundlanishini elamadi:— Ey... singlim, hali sen bilmaysan, — dedi, — u yigitni bir ko‘rgin-da, hu, debketabergin... sen tugil, shu yoshim bilan menim ham unga tekkim keldi, — dedi va xaholabyubordi.Kumushbibi chirt etib yuzini To‘ybekadan o‘girdi.— Tezroq tegib qoling.— Koshki edi tegalsam, — dedi To‘ybeka, — men uning bir tukiga ham arzimayman.Ammo sen bo‘lsang uning bilan tenglashar eding. «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan». Xaxa-xa!..To‘ybekaning shuningdek hangomalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsaham hozir unga yotishib kelmadi shekillik, achchig‘lang‘an ko‘yi yotish uchun uyiga kiribketdi. Oftob oyim «bachcha-machchadir» deb o‘ylag‘an edi. Shuning uchun bu to‘g‘ridaso‘z ochmadi.— Tashqaridan xabar olingizchi, opa, — dedi Oftob oyim, — choy kerak bo‘ldimikin.To‘ybeka nari-beri oshini yeb tashqarig‘a chiqib ketdi. Oradan daqiqa vaqt o‘tkan yoo‘tmagan edi, hovliqib ayvonga keldi:— Tuf-e, qurib ketsin jonim chiqib ketdi-ya!Bir soatdan beri joynamozdan qo‘zg‘almay tasbih ag‘darib o‘lturgan Oysha buviTo‘ybekani boshdan-oyog‘ kuzatib yana ishiga mashg‘ul bo‘ldi. Oftob oyim iltifotsizginakulimsirab tanchadan so‘radi:— Nima bo‘ldi, nega muncha qo‘rqish?To‘ybeka damini rostlab ustunning tegiga o‘lturdi:— Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi, allakimbaloga turtinib ketdim. Qo‘rqqanimdan oz qoldiki, dodlab yuborsam... Chamasimehmonlarg‘a qarab turg‘an ekan.— Kimbalo ekan?— Qorong‘uda yaxshi ajratolmadim, tusini g‘ira-shira anovi qora Homidg‘a o‘xshatdim.Tag‘i umi-boshqami— xudo bilsin, shatir-shutir qildi-da, chiqib ketdi.* * *Qutidor mehmonlarni jo‘natib yotish uchun yeshinar ekan, Oftob oyim so‘radi:— Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy To‘ybekaning ichagi uzildi, u kim edi?— Mehmonimiz o‘sha edi, — dedi qutidor, — toshkandlik Yusufbek hoji otlig‘ yaqinoshnamning o‘g‘li.— To‘ybekaning maxtag‘anicha bormi, o‘zi?— Bor, — dedi qutidor va g‘italandi1, — xudo kishiga o‘g‘il bersa shundayini bersin-da.Oftob oyim kula-kula To‘ybekaning Otabek to‘g‘ri-sida so‘zlagan gaplarini va Kumushbilan bo‘lg‘an mojarosini so‘zlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan o‘zini to‘xtatolmas ekan:— Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa, — dedi.6. TOSHKAND USTIDA QONLIQ BULUTLARBu kunlarda Marg‘ilonda shunday xabar chiqib qoldi. «Toshkand hokimi bo‘lg‘anAzizbek Qo‘qong‘a qarshi bosh ko‘targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchunyuborilg‘an devon beklarini o‘ldirgan!» Ikkinchi kun bu xabar tag‘i ham boshqacha to‘n16

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo‘shib, Toshkandustiga jo‘natqan!»Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Buvoqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi,chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kunbo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa hambeklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» debqarar edi. Ammo biz Otabekni bu to‘g‘rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul buxabarga sovuqqonliq bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yebturgani og‘zida, yutkani bo‘g‘zida qoldi: bunday o‘zboshimchalik orqasidan o‘zining ochiqko‘zi, o‘tkir zehni orqaliq mudhish, falokatlik manzaralar ko‘rar, millatini — xalqini —musulmonini qo‘rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da,seskanib «o‘zing saqla tangrim!» der edi. Bu xabarni eshitkandan so‘ng gangib esiniyo‘qotdi. Yarasi yangilandi:— Oq bilan qorani ajratolmag‘an fuqaroning bir necha g‘arazgo‘ mustabidlar kayfiyo‘lida bir-birisining qonig‘a tashna bo‘lishlari va natijada istiqbolning vahim ko‘rinishlari!Shunday qayg‘ular ichida bo‘kib o‘lturar ekan, Hasanali qo‘lida bir maktub bilanhujraga kirdi. Maktubni Otabekka uzatib — «Toshkanddan emish, otangizdan bo‘lsa kerak»dedi. Otabek xatni ochdi: katta qog‘ozda, yo‘g‘on qalam bilan yozilg‘an uzun bir maktubedi. O‘qudi (aynan):«Huvalboriy1 ...ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o‘g‘limizmulla Otabekka yetib ma’lum va ravshan bo‘lg‘aykim, alhamdulilloh biz duogo‘y padaringiz,mushtipar onangiz va yaqin do‘stlaringiz munda Xaq taoloning hifzi himoyatida sihhat vasalomat bo‘lib ko‘z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki aladdavom2rabbulolamindan rajo3 va tamanno4 etmakdamiz. Janobi Haq bod fursatlarda5, yaqin vasa’id6 soatlarda to‘kis-tugallik birlan diydor ko‘rishmakka nasib va ro‘zi qilsin, ominyorabbulolamin. Ba’dab7 so‘zimiz: o‘g‘lim, Marg‘ilong‘a sihhat va salomat yetishmaktubingni olib haq taolog‘a shukurlar qildik. Bizning Toshkanddan ahvol so‘rasang, balkiMarg‘ilong‘a ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog‘dir bir kuchka tayanib Qo‘qong‘aisyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelg‘an devon beklarini o‘ldirib o‘rda darbozasigaosdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch yotmag‘an bo‘lsa kerak. Bu kun Kirovchidan8 beshming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga buyurilg‘anlig‘in eshitdik.Fuqaroning tag‘in qandog‘ ko‘rguliklari bor ekan, o‘g‘lim!Kechagina qonliq qilichini fuqaro ustida yurguzib turg‘an Azizbekka uning tig‘i zulmibilan qora qonig‘a belanilgan o‘g‘lining, otasining, onasining, og‘asining mazlum gavdasituproq ostida hali chirib bitmay turib bu kun xalq yana Azizbekka, o‘sha qonxo‘rg‘a o‘z qonibilan yamin1 etdi; Azizbekni to o‘zining bir tomchi qoni qolg‘unchaliq himoya qilmoqqa ondichdi. Azizbekning buyrug‘i bilan kecha o‘rda tegiga barcha Toshkand xalqi yig‘ilg‘an, buyig‘inda ulamolar ham bor, fuzalo ham bor; xulosa, shaharning har bir sinfidan ham hoziredi. Azizbek o‘rda qorovulxonasidan turib fuqarog‘a salom qildi. Azizbekning salomigamusharraf bo‘lg‘unchilarning ko‘z-laridan yoshlar oqmoqda edi. O‘g‘lim, sen bir qadar oqbilan qorani ajrata olasan, yozg‘anlarimni diqqat bilan o‘qi.Azizbek o‘rda darbozasig‘a osilg‘an ikki gavdani ko‘rsatib so‘radi:«Fuqaro! Ko‘rasizmi bu ikki gunohkorni, nima uchun bu jazog‘a mustahiq2 bo‘ldilar?»Xalq:«Bilmaymiz, taqsir».Azizbekning o‘zi javob berdi:«Bular Musulmon cho‘loqni sarkardalaridan, qip-choqlarning yo‘lboshchilaridan va qorachoponning dushmanlaridan bo‘lgan ikki to‘ng‘izning gavdalari! Men bularni siz qorachopon fuqarom tomonidan o‘ch uchun o‘ldirdim, siz qora chopon og‘aynilarning qipchoq17

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqo‘lida shahid bo‘lg‘an qarindoshlaringizning ruhlarini shodlandirmoq uchun o‘ldirdim! Yokibu harakatim adolatdan emasmi, fuqaro!»Xalq javob berdi:«Adolat! Xo‘b qilg‘ansiz, taqsir! Qipchoqlarning ja-zolari shunday bo‘lmog‘i kerak!»Azizbek maqsadg‘a ko‘chdi:«Siz qora choponliqlarg‘a xolisona qilg‘an bu xizmatimga qarshi albatta qipchoqlarqasdimg‘a tusharlar, meni Toshkand hokimligidan azl3 etmakchi va qo‘llaridan kelsa hattoo‘ldirmakchi bo‘lurlar! Siz bu ehtimolga qandog‘ qaraysizlar?!»Xalq o‘zining quyidag‘i javobi bilan ko‘kni ko‘tardi:«Bir tomchi qonimiz qolg‘uncha yo‘lingizda jon beramiz! Qipchoqlarda hadbo‘lg‘aymiki, biz tirik turg‘an joyda sizning bir tola mo‘yingizni xam qilsinlar!»Azizbek xalqqa tashakkur aytib yarasini yordi:«Rahmat fuqaro! Eshitamanki, qipchoqlar Normu-hammad qushbegi qo‘l ostidaToshkand ustiga harakat boshlag‘an emishlar. Bunga qarshi bizning hozirlanishimizkerakmi, yo‘qmi fuqaro?!»Xalq:«Kerak, albatta kerak, taqsir! Agar ruxsat bersangiz, bu kundan boshlab qo‘rg‘onlarnituzata beramiz!»Azizbek:«Rahmat fuqaro! Orqamda sizningdek fuqarom turg‘anda menga hech bir qayg‘uyo‘qdir!»Xalq:«Siz omon bo‘lib osoyish o‘ltirsangiz, qipchoqqa yo‘l bermaymiz, taqsir! Qo‘rg‘ontuzatishka fotiha beringiz, taqsir!»Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirlig‘ig‘a kirishdi. Ana, o‘g‘lim, bizning xalqningholiga yig‘lashni ham bilmaysan, kulishni ham! Har holda Toshkand ustiga yana qonliqbulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar— bu bir xudog‘ag‘ina ma’lumdir. Boshqaso‘zlardan ham ortiqroq esingga shuni solib o‘tayki, siyosat to‘g‘rila-rida o‘ylanibroq so‘zla!Arzimagan sabablar bilan talaf1 bo‘lgan jonlarni hamisha ko‘z oldingda tut! Sen bilanmanim ko‘ngillarimizdagi yaratg‘uchig‘ag‘ina ma’lum bo‘lib, ammo Farg‘onada meniAzizbekning sherikidir, deb o‘ylashlari va seni bir fitnachining o‘g‘li, deb tanishlariehtimoldan yiroq emasdir, shu jihatlarni mulohaza qilib oyog‘ bos! Bu tinchsizlik vaqtidasen bilan manim hayotimizning tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini unutma! Shuni ham aytibqo‘yayki, bu tinchliksiz bosilmag‘uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkandtinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuborurman. Munda barcha yorudo‘st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi2 otang Yusufbek hoji. Toshkand, 27-dalv oyida 1264-yilda yozildi».Otabek maktubni tugatib, tushunmay o‘tkan jumlalarini qayta ko‘zdan kechirar ekan,Azizbek voqi’asi ustiga kelganda ixtiyorsiz «tulki» deb yubordi.«...bosilmag‘uncha Toshkandka kelmasliging masla-hatdir!» — bu jumlani o‘qug‘anda,— undog‘ bo‘lsa sira tinchimangiz, — dedi-da, yovoshg‘ina iljayib qo‘ydi...7. MAJBURIYATQo‘qondan har kun deyarlik xabarlar kelib turar edi. «Qo‘qon sipohi tomonidanToshkand o‘raldi» degan xabarga endi o‘n besh kunlab vaqt o‘tgan edi. Ammo hanuz —«Toshkand olindi» degan gap yo‘q edi.18

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKechadan beri kishilar og‘zida: «Normuhammad qushbegi yaralangan, Qo‘qonyigitidan bir yarim mingi qirilgan» degan xabar yurib ketdi. Chamasi, Azizbek osonliq bilanjon beradigan ko‘rinmaydir.Anovi yarasining ustiga Toshkand foji’asi kelib qo‘shilg‘ach, Otabek tag‘in hamxayolchanlangan, tag‘in ham xomushligini ortdirgan edi. Hatto ba’zi kunlar hujrasidantashqarig‘a chiqmas, kishilar bilan so‘zlashmas, boshqacha aytkanda kundan-kungago‘shanishinlikka yaqinlashib borar edi.Bu kun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrini chinlab amalga oshirmoqchibo‘ldi. Chunki Otabekdagi o‘zgarish — kundan-kunga rangining siniqib borishi, hujradanchetka chiqmasligi, xomushligi va boshqalar Hasanalini yaxshig‘ina qo‘rquvg‘a solg‘an,o‘zining faqat tomoshachig‘ina bo‘lib yurishidan rizosizlangan edi. Durust, ul Otabekningmuhabbatiga voqif bo‘lg‘anidan beri bir daqiqa ham uni o‘zining ko‘z o‘ngidan uzoqtutmag‘an: mahbubasi kim, kimning qizi, birar ebini qilsa mumkinmi? — Mana shuningdekmasalalarni tekshirib, bilib ham o‘ylab kelgan edi. Ammo bu to‘g‘rida Otabekningko‘magiga chinlab bel bog‘lashdan uni ba’zi ehtimollar to‘xtatib: «Otabek yosh, yoshlarmuhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalardabo‘ling‘an edi. Nihoyat, Otabekdagi o‘ychanliq va o‘zgacha hollarning kundan-kungakuchayib borishi Hasanali haligi mulohazadan voz kechdirib, boshqa yo‘sunlarniqaratmoqqa majbur etdi.Garchi uning qarori bir nuqta ustida to‘xtag‘an bo‘lsa ham shu holda tinib turmadi,yana yuz turlik boshqacha yo‘sunlarni o‘yladi, ming turlik xayollarga borib qaytdi, ammoularning bittasini ham Otabek og‘rig‘ig‘a em deb topmadi va nihoyat:— Ko‘ray-chi, qadamim muborak bo‘larmikin, — deb qo‘ydi.Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a kirdi.Otabek «Boburnoma» mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi o‘ziningniyatini bildirmay:— Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? — deb so‘radi Hasanali. — Hammomga bormoqchiedim...Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi:— Yumishim yo‘q, boraveringiz.Hasanali chiqdi. Qosh qorayib, qorong‘u tushayozg‘an edi. Havo bulut, achchig‘, sovuqyel to‘rt to-mong‘a yugurar, onda-sonda qor uchqunlarini quvlab ziriqtirar edi. Eruv vaqtidayarim beldan loy kechishka to‘g‘ri keladigan ko‘chalarning loyi qatqaloqlang‘an, shuninguchun yurguchi qiynalmas, aksincha ola-chalpoq qor pag‘alarini bosishdan vujudga kelganoyoq ostidag‘i «g‘arch-g‘urch» tovushlari kishiga bir turlik kayf, musiqaviy yengillik beraredilar. Do‘konlar yopiq bo‘lsalar ham choyxonalar ochiq, kishilar o‘rtaga gulxan solib,choyxonachining bachchasini gohi o‘zlariga xon ko‘tarib va gohi «xon qizi» deb hamqo‘yadirlar. Xon saylag‘uchilar orasida yosh yigitlar bor bo‘lg‘anidek, katta sallalikmullanamolar, yetmish yoshliq keksalar ham ko‘rinadirlar... Qish kechalari juda uzun,shuning uchun choyxonalar obod; xalq lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyiniichadir, husniga tamosho qilib xudoning qudratiga hayron qoladilar...Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig‘a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasigaqaradi. Daricha tirqishidan ko‘rilgan yorug‘liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi.Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohichi namoz o‘qumoqda bo‘lib,mehmonxona chet kishidan xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so‘yindi va Ziyo akaningnamozni bitirishini kutib o‘lturdi. Ziyo shohichi yonig‘a salom berib joynamozdan orqasigaqarab qo‘ydi. Fotihaga qo‘l ko‘tardi. Fotihadan so‘ng kelib Hasanali bilan so‘rashdi:— Keling ota, tinchlikmi?— Shukur, tinchlik.19

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyTancha tevaragiga ulturishdilar. Bir muncha vaqt so‘zsiz edilar. Ziyo shohichi buvaqtsiz tashrifka tushuna olmay «nima qilib yurasan?» degandek etib, bir necha qaytaHasanaliga qarab oldi.— Ajablanmangiz, boy aka, kelishimda bir majburiyat bor.— Sizni Otabek yubordimi?— Yo‘q, o‘zim keldim, boy aka.Ziyo shohichi yana tushuna olmadi. To‘g‘risi ham Hasanalining bu kelishi Ziyo akauchun yot bir ish edi. Chunki, Hasanali Otabekning quli. Qullar bilan jiddiy muomaladabo‘linmoq, ayniqsa Ziyo shohichilardek odamlarg‘a favqulodda bir ish. Buning ustigamajburiyat ostida o‘zicha kelishi...Ziyo akaning boshi qotib oxirda so‘radi:— Majburiyatingiz?Hasanali kulimsirab oldi:— Majburiyatimni eshitsangiz, balki ishonmassiz.— Xo‘sh.— O‘zingizga ma’lumki, — dedi tuzuklanib Hasan-ali, — Marg‘ilon kelganimizgayigirma besh kun, bir oylar chamasi fursat o‘tdi. Shundan beri Otabek dard-mand.Ziyo aka ajablangan edi:— Qanday dardmandlik, Otabek sog‘-ku?— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Hasanali, — ammo men ham uning dardiga bir necha kunlabtushunmay yurgan edim.— Xo‘sh, dardi?— Muhabbat.— Muhabbat?— Muhabbat! — deb takrorladi Hasanali. — Shu yigirma besh kunlik bir muddatningichida ul butunlay odamgarchilikdan chiqayozdi. Bu o‘rtada qanday tashvishlargatushmadim, so‘rasangiz.— Kimga muhabbat qo‘yg‘an, xabaringiz bo‘ldimi?— Bo‘ldi. Qutidorning qizig‘a.— Ha, ha-a! — deb yubordi Ziyo aka va bir oz o‘ylang‘adan keyin so‘radi, — buni sizaniq bilasizmi?— Aniq bilaman.— O‘zi aytdimi?— O‘zi aytmasa ham shunga yaqinlashtirdi.— Otabek qizni qayerda ko‘rgan?— Afsuski, buni bila olmadim.Hasanalining kelish majburiyati va nima uchun kelganligi Ziyo akaga yaxshi onglashildiersa-da, yana shunday bo‘lsa ham so‘radi:— Endi nima qilmoqchisiz?— Huzuringizga kelishimning bosh sababi ham shundandir, — dedi Hasanali. — Buto‘g‘rig‘a siz qanday yo‘llar ko‘rsatasiz va nima kengashlar berasiz, albatta shunga qarabbir ish qilamiz, deb xizmatingizga keldim.Ziyo aka o‘ylab qoldi. Qiziq gap, deb bir-ikki qayta nos otib oldi. Bu orada Hasanaliboshdan-oyoq hikoyani so‘zlab chiqdi.— Nozik gap, — dedi oxirda Ziyo aka, — agar biz Otabekni bu yerdan uylandiribqo‘ysak, hoji bizdan xafa bo‘lmasmikin?— Ko‘b yashang, boy aka. Qulingiz ham bu to‘g‘rida ko‘b o‘yladim. Xafa bo‘lsa nimachorakim, biz shu ishka majbur bo‘lg‘an bo‘lsaq. Shuning bilan birga Yusufbek hoji hamunchalik aqlsiz kishilardan emaski, bu gapka xafa bo‘lsa. Ammo men qutidor ko‘nadimi,yo‘qmi, deb bu tomonni o‘ylab turibman?20

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyZiyo aka yana o‘ylanib bosh qashindi:— Aytkaningizdek masalaning bu tarafi ham nozik,— dedi, — ammo qutidorningOtabekka qarashini yaxshi bilsam ham o‘rtada yirog‘liq masalasi bor... Qizimni musofirgabermayman, deb qo‘yarmikin, bilmadim...— Menimcha qutidorning oldidan bir yo‘li o‘tilsin,— dedi Hasanali, — agarda ko‘nibxo‘b desaku xayr, ko‘nmagan taqdirda bu xabarni Otabekka yetkuzsak, zora, shuning bilanko‘ngli sovib tushsa.Hasanalining bu so‘zi Ziyo akaga ham ma’qul bo‘lib tushdi:— Bo‘lmasa, qutidornikiga qachon borilsin, deysiz?— Bundagi ixtiyor sizdadir.Ziyo aka o‘ylab turdi-da, yuziga kulgi chiqardi:— Hozir boramiz, — dedi, — biz ham umrda bir sovchiliq qilayliq.Ziyo aka kiyinish uchun qo‘zg‘algan edi. Hasanali undan so‘radi:— Manim ham birga borg‘anim ma’qulmi yoki yolg‘iz o‘zingiz?Ziyo aka qo‘l silkib:— Sizning borishingizdan zarar yo‘q, — dedi.8. QUTLUG‘ BO‘LSIN!...Ziyo shohichining kulib aytkan so‘zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmaganmehmonlarning kelish sababini so‘ramoqdan iymanar edi.— Olovni qo‘yaturib, qudalarga dasturxon olib chiqingiz.Ziyo shohichining bu kulguligidan so‘ng qutidor tanchaga olov qalashni qo‘yibdasturxon buyurish uchun ichkariga qo‘zg‘aldi. Uning ketidan Hasanali: «Taqdir bitkanbo‘lsin-da», — deb qo‘yg‘an edi, shohichi qat’iy qilib: «Inshooloh bitar, shundog‘ yigitnikuyavlikka qabul qilmag‘an bir kishini biz odamg‘a sanamaymiz» — dedi.Qutidor qaytib chiqdi... Ziyo aka bilan Hasanali ma’noliq qilib bir-birlariga qarashibolmoqda edilar. Qutidor, ayniqsa Ziyo akaning og‘zini poylab, ko‘ngli chaqirilmag‘anmehmonlardan tushunmog‘i qiyin bo‘lg‘an bir ma’noni sezmakda edi. Oradagi so‘zsizlikuzoqqa cho‘zilabergach, qutidor Hasanalidan so‘radi:— Bek salomatmi?Ziyo aka so‘z o‘nqovi kelganini payqab Hasanalining jim turishiga ishorat qildi va o‘zijavob berdi:— Bizning sizga chaqirilmag‘an mehmon bo‘lishimiz ham Otabekning sog‘lig‘i uchundir.Qutidor bu javobdan bir narsa tushunolmadi va shuning uchun qaytalab so‘radi:— Otabek sog‘mi?— Bu kungacha Otabek salomat, — dedi Ziyo aka salmoqlab, — ammo bekningmundan keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda qolg‘ang‘a o‘xshaydir.Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmon-larga qarab oldi.— Tushunolmadim...— Ya’ni Otabek bu kungacha salomat, — dedi Ziyo aka yana. — Ammo mundankeyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda...— Menim qo‘limda?— Sizning ixtiyoringizda.— Otabek kabi bir yigitning sog‘lig‘i har bir aqlli kishi uchun maqsad bo‘lsa ham, —dedi taajjub bilan qutidor,— lekin so‘zingizning shunisi qiziqdirkim, bir yigitning sog‘lig‘iikkinchi bir kishining ixtiyorida bo‘lsin.Ziyo aka boyag‘i vaziyatini buzmadi:— Ajablanmangiz, o‘rtoq, — dedi, — bekning mundan keyingi sog‘lig‘i sizningixtiyoringizda; bu o‘yin emas — to‘g‘ri gap.21

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyQutidor to‘sindan muddaoning kim va nima to‘g‘ri-sida bo‘lg‘anlig‘ini payqab qoldi vao‘zida bir turlik o‘ngg‘aysizlik sezdi. Ziyo aka To‘ybekaning yozgan dasturxonini tuzatib,kulchalarni sindirdi. Hasanali bilan qutidorni nong‘a taklif qilib o‘zi maqsadni ochiqroqonglatmoqchi bo‘ldi:— Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo‘ladirg‘an bir durri bebahodir, —dedi Ziyo aka. — Qadrdoningiz Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek — bir necha kunlardanbuyon pinhoniy bir dard bilan og‘rir edi. Ko‘rinishda uning quli, ammo haqiqatdaOtabekning ma’naviy padari bo‘lg‘an Hasanali ota uning maxfiy dardining asli omiliniizlaydir, bekning o‘zi bo‘lsa o‘z holi to‘g‘risida hech narsa sezdirmay dardin yashiradir.Shundog‘ qilib xo‘jasiga ixloslik Hasanalining tajribalik kuzatishidan bekning maxfiy dardiuzoqqa qocholmay natijada sir ochiladir... Shari’at ishiga sharm yo‘q, deydirlar o‘rtoq,agarchi siz bilan menga bir muncha og‘irroq bo‘lsa ham yana so‘zlab o‘tishga hojat bor:kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturganqizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga1 ro‘baro‘qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishqtug‘uladir...Ziyo shohichi o‘z tomonidan ham yana bir muncha gaplarni qo‘shib chatib, so‘zinitugatdi. Qutidor yaxshig‘ina o‘ng‘aysizlangan edi. Qutidorgina emas, sovchilar hamo‘ng‘aysizlangan edilar. Masalaning noziklig‘iga uchavlari ham tushunarlar va shuninguchun ittifoq qilgandek chuqur bir sukutka ketgan edilar.Garchi muddao kun kabi oshkora bo‘lgan bo‘lsa ham nima uchundir qutidor yana o‘zinitag‘ofilga solib so‘radi:— U kimning qizi emish?Ziyo shohichi qutidor tarafidan o‘ziga beriladirgan shu savolni kutib turg‘an edi.— Sizning karimangiz, — dedi.Qutidor o‘zining joysiz savolidan o‘kinib yerga qaradi. O‘rtada tag‘in so‘zsizlik,o‘ngg‘aysizlik boshlandi. Bir necha fursat shu yo‘sun jimgina o‘lturishkandan keyin yanaZiyo shohichining o‘ziga gapirishka to‘g‘ri keldi:— Biz, o‘zimizning bu kelishimizda sizning uchun dunyoga orzug‘uliq bir o‘g‘ul hadiyaetkanimizdek, inshoolloh, qaytishimizda ham Otabek uchun mujassamai iffat bo‘lg‘an birrafiqa tuhfa qilarmiz.Bu so‘zdan keyin Hasanalining yuragi bezillay boshladi. Chunki shu daqiqada qutidorog‘zidan yo rad va yo qabul javobi eshitar edi. Ikkinchi tomonda, kutilmagan busovchiliqqa ishonishnida, ishonmasnida bilmay shoshib o‘lturgan qutidor ham o‘ziningog‘zig‘a tikilib turg‘uchi ikki kishiga qanday javob aytish uchun garangsigan edi.— Otabek kabi bir yigitni o‘g‘ul qilish sharafiga noil bo‘la olsam o‘zimni eng baxtlikotalardan sanar edim, — dedi nihoyat qutidor, — ammo bu to‘g‘ridagi hamma ixtiyor o‘zqo‘limda bo‘lmay orada ko‘krak suti berib o‘sdirg‘an xotin ham bor... Bu ish uchun yolg‘izo‘zim qabul javobi bersam-da, onasi bir chekkada qoldirilsa, ehtimol, puxta ish qilmag‘anbo‘larmiz. Agar maslahat ko‘rsalaringiz bu to‘g‘rida uning bilan kengashib ko‘rar edim...Qutidorning javobidan samimiyat va ixlos ma’nolari tomib turar edi. Javobni eshitkansovchilarning tomiriga umid qonlari yugurib ketdi.— Bu ot savdosi emas, umr savdosi, birodar, — dedi Ziyo aka, — yangamiz bilankengashingiz, Otabek va otasi to‘g‘rilarida bilganlaringizni so‘zlangiz, shundan keyin xo‘bo‘ylashib bizga javob beringiz.Shu gapdan keyin qutidor mehmonlarni qoldirib ichkariga kirdi. Kumushbibi uxlashqayotqan edi. To‘ybeka bo‘lsa o‘zining o‘choq boshi yonidag‘i uychasini titratib hurrak otaredi. Qutidor uy eshigini ochar ekan ayvonda o‘zini kutib o‘lturgan Oftob oyimg‘a dedi:— Sham’ni olib kir-chi oldimga.22

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyUy jihozga g‘oyatda boy, go‘yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangdaatlas va shohilardan qoplang‘an ko‘rpalar, taxmon toqchalarig‘a uyilgan par yostiqlar,qator-qator xitoyi jononlar: kosalar, ko‘zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush qinlikxanjar va qilichlar, qalqon va siparlar, dorga soling‘an turlik-turlik er va xotin kiyimlari:po‘stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko‘rpachalar kishi ko‘ziniqamashdirar darajada edilar.Oshiqib og‘zini poylag‘an Oftob oyimg‘a qutidor bir iljayib qo‘ydi-da:— Xotin, sen hali eshikdagi sovchilardan xabarsizdirsan? — dedi.Oftob oyim erining «sovchi» xabarini oddiygina qarshiladi, chunki endi ikki-uch yildanberi uylariga kun sayin sovchilar jamoasi yog‘ilib yotqanliqdan bu sovchilar hamo‘shalarning birisidir, deb o‘ylag‘an edi:— Xayrlik bo‘lsin, kimlar sovchi?Qutidor yana bir kulib qo‘ydi:— Ziyo shohichi, tag‘in senga noma’lum bir kishi.Oftob oyim bu kungi sovchilarning qutidorg‘a boshqacharoq o‘zgarish berganlarinipayqadi va buni erining samimiyat ham oshiqishidan sezdi:— Kim uchun kelganlar?— Bundan o‘n besh kunlar ilgari biz bir toshkandlik savdogar yigitni mehmon qilg‘anedik, balki esingdadir?— Esimda bor, To‘ybekka maxtab kirgan yigit.— O‘lma, xotin, — dedi qutidor, — ana shu yigit uchun kelganlar.Bu so‘zdan Oftob oyim bezong‘lab tushti va eriga qarshi rizosizlik vaziyatini oldi:— Musofir-ku?Oftob oyimning bu so‘zi bilan qutidor bosh qashib oldi va umidsiz bir tovushda:— Men ham shunisiga hayron bo‘lib qoldim, — dedi.— Yo‘qsa o‘zi ayni biz qidirg‘an,har to‘g‘rida ham yetuk bir yigit edi.Oftob oyim boshqa xotinlarimizdek erining ra’yi va xohishini, umuman butun shaxsiniehtirom qilg‘uchi bir xotindir. Shuning uchun erining hozirg‘i ra’yini garchi o‘z tilagiga busbutunzid topsa ham yolg‘iz «musofirlik» masalasi bilangina gapka xotima bermay, boshqataraf-lardan ham kamchiliklar topib asoslik suratda qutidorning Otabekka tomonharoratlanayozg‘an yuragiga sovuq suv sepmakchi bo‘ldi:— O‘zi qanday kishining o‘g‘li, otasi sizga tanishmi?Oftob oyimning bu savoli o‘zi uchun zararlik bo‘lib chiqdi. Chunki qutidor, Yusufbekhojining qanday kishi bo‘lg‘anlig‘ini, bu kunda qaysi ishda ekanligini va o‘ziga bo‘lg‘anmunosabatini mayda-chuyda tafsilotlari bilan so‘zlab chiqib, so‘zi oxirida: «Yigitningnaslini ayb-sitib bo‘lmaydir, to‘g‘risiga ko‘chkanda bu yigit naslan bizdan allaqanchayuqorida turadir», deb qo‘ydi.Oftob oyim endi ikkinchi turlik yo‘l bilan ketdi:— Uylanganmi, yo‘qmi?— Uylanmagan. Buni qaysidir bir majlisda uning qulidan eshitkan edim.— Yoshi nechalarda bor?— Ko‘b bo‘lsa yigirma besh yoshlarda bo‘lur, bo‘lmasa yigirma ikki-yigirma uchlardanoshqan emas.— Nima majburiyatda bizga kuyav bo‘lmoqchi, Toshkanddan qiz topilmag‘anmi?— Topilsa ham yoqtirmas ekan, — dedi qutidor va o‘ngg‘aysiz holatda voqi’anishipshitib chiqdi. Masalaning bu yanglig‘ boshlanishiga va buning ustiga eriningmoyillanishiga Oftob oyim nima deyishni bilmay qoldi. Tuzik, erining maylini anchaginadalil va sabablarga suyanib bo‘lgan bir mayl ekanini onglag‘an, kuyav bo‘ladirg‘an yigitnio‘zlarig‘a o‘g‘ulliqqa loyiq bir kimsa ekanini ham yaxshi tushungan edi, ammo hozir bugaplardan ham ilgariroqda «musofirlik» masalasi turar; bir necha yillardan beri muvofiq23

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykuyav izlay-izlay nihoyat Toshkandlik bir musofirga berish xo‘rlig‘i Oftob oyim uchun og‘iredi.— Endi qanday kengash berasan, xotin?Oftob oyim o‘z fikrini ochiq aytishka yuraksina olmas, erining ko‘ngli olinishidanqo‘rqar, ammo — «musofir» masalasiga jonu dildan qarshi edi.— Siz muvofiq ko‘rgan bir ishqa qarshi tushib, ra’yingizni qaytaraolmayman, — dediko‘b o‘ylag‘andan keyin Oftob oyim, — chunki nima bo‘lg‘anda ham sizning otaliq ismingizbor, ham ko‘broq ixtiyor sizning qo‘lingizdadir. Men albatta ko‘zingizning oqu qorasibo‘lg‘an yolg‘iz qizingizni yaramas, bo‘lmag‘ur kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman. Bujihat bilan bu ishka rizolig‘im bilinsa ham biroq qarshilig‘im shundadirki, kuyav toshkandlikbo‘lg‘andan so‘ng qizingizni o‘zi bilan birga olib ketar va siz bilan meni yolg‘iz bolamizdanayirar... Bunga qolg‘anda sizni bilmasam-da, ammo mening bunday judoliqqa sira toqatimyo‘qdir... Mana shu ta-rafni yengilroq o‘ylag‘anga o‘xshadingiz, jonim.— So‘zlaring to‘g‘ri, xotin, — dedi o‘ylab qutidor, — lekin taqdir bitkandanmi, nimadanbo‘lsa ham bu yigitka qarshi ko‘nglim jizillab turadir. Bu fikrim senga ma’qul tushadimi,yo‘qmi, har holda biz endi uzoq o‘ylashib o‘lturmayliq-da, o‘z xohishimizcha qilib javobberaylik: masalan, sovchilarg‘a rizolig‘imizni bildirib, ammo Kumushni Marg‘ilondan olibketmaslikni shart qilaylik. Agar shartimizni qabul qilsalar yolg‘iz bolamiz ikki bo‘lib — aynibizning muddaomiz; yo‘q, qabul qilmasalar ul vaqtda kinalari o‘zlaridan bo‘lsin, mana bumaslahatka nima deysan, xotin?— Musofirlig‘i?— Biz ta’nani kuyav qilmaymiz, — dedi qutidor, — bizga chin yigit kerak, xalq«musofirga berdi» deb so‘z qilsa — qilsin.Oftob oyim eridagi maylni boshdayoq payqagan edi, shuning uchun tilar-tilamas«o‘zingiz bilasiz» javobini berdi. Javobni olib qutidor sovchilar oldig‘a chiqdi va ma’lumshartni ularga e’lon qildi. Bu shartni Otabek ismidan Ziyo shohichi qabul etib qutidorniOtabekdek bir yigitni kuyav qilishi bilan tabrikladi va shu takallufsiz sovchilik ila umrsavdosi bitkan hisoblandi. Ikki yosh-ning muhabbatlik, uvalik-juvalik bo‘lishlarig‘a duoqiling‘ach sovchilarg‘a zarrin to‘nlar kiydirildi. Hasanali qutidorga o‘zining minnatdorchiliginiaytib tugata olmas, so‘z oralarida uni duolar bilan g‘arq etmakda edi.— To‘nlar muborak bo‘lsin!— Sizga kuyav o‘g‘ul muborak bo‘lsin!Qutidor ixlos va samimiyat bilan:— Qutlug‘ bo‘lsin! — dedi.9. QARSHILASHBu kungi kutilmagan tun Hasanali otani gangitkan, uning keksa ko‘zlari uyqu bilantamom chaplashib olg‘an edilar. Ul bu xabarni ertaga ertalab qaysi yo‘sun bilan bekkabildirish yo‘llarini o‘ylar edi. Bu favqulodda so‘yinch xabarni bekning qaysi yo‘sundaqarshilashini o‘ylar edi. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni,hollarni, harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. Bu gapni eshitgach,haftalab hujra ichidan chiqmay yotqan bekni ko‘chalarda, bozorlarda, qutidor uylaridashodlanib, ruhlanib yurganini ko‘rar edi. Bu o‘ylarni tugatkandan keyin uning ko‘zlari uyqusari yumila boshlab, qarshisig‘a Otabek kelib to‘xtar edi: «Ota, men sizning bu qilg‘anyaxshilig‘ingizni sira unutmasman» deb minnatdorlik qilg‘andek bo‘lar edi. Hasanaliuyg‘onib ketar va qaytadan shu to‘g‘rida o‘ylab boshlar edi: «Bechora. Suyganingto‘g‘risida o‘ylay-o‘ylay boshlaring og‘rib, ohlar tortib yotadirgandirsan... Yordamchingyo‘qlig‘idan umiding kesilib, hasratingni kimga aytishni bilmay-dirg‘andirsan. Qayg‘irmabegim. Hasanali otang u to‘g‘rida ham seni yodidan chiqarmadi... Bu kecha sening24

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqayg‘uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham she’riyatlik tunlaringningarafasidir, begim».Hasanalining ko‘zlari tag‘in uyqug‘a ketar, qarshisig‘a Otabek bilan ko‘hlik, ko‘rkam birqiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» degandekbo‘lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi. Yoshim oltmish to‘rtka yetdi, o‘g‘ulqizimbo‘lmadi... Dunyodan charog‘chisiz boraman... Darvoqi’ Otabek menga o‘g‘ulliqqilmasmi, xotini menga qiz bo‘lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» deb ketimdanyugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt Hasanali otamizham bor edi», deb yodlasalar, yaxshiliq bilan eslasalar yetar menga shu».Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondi-rishg‘acha sabr chidamas, ko‘zyumishg‘a haligidek xayollar mone’ bo‘lar edilar. Shu yo‘sun yarim uyqu holatda tongniotdirib so‘yintirish soatlari ham yetdi.Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali qo‘ltug‘ida bir narsa bilan kirib bekqarshisig‘a o‘lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ularo‘rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali:— Endi muborak bo‘lsin sizga, — dedi.Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltug‘idag‘i zarrinchoponni olib sandal ustiga qo‘ydi.— Bu qanday chopon? — deb so‘radi bek.— Muborak bo‘lsin, dedim-ku.— Nima muborak bo‘lsin?— Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota, Hasanaliga kelin.Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko‘zlari qinidan chiqar darajaga yetdi.G‘ayri-ixtiyoriy qo‘zg‘alib o‘lturgandan keyin so‘radi:— Bu nima degan so‘zingiz?— Nima deganimni so‘ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali,— men sizni qutidorning qiziga uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasiZiyo shohichi bilan amalga oshirdim... ya’ni qutidorning qizig‘a sizning uchun unashibkeldik.Otabek gangib shoshib so‘radi:— Qaysi qizig‘a unashib keldingiz?— Qutidorning yolg‘iz qizig‘a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam’ bo‘lingiz, bek. Ziyoshohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to‘y kengashlariniqilamiz.Otabek tusida xursand va xafaligi majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga qarshitushmaganidek, so‘yinchini ham oshkor qilmadi...* * *Kumushbibi uyqudan turib, favqulodda bir holga uchraydir:— Bir kechada hammaning tushiga «to‘y» kirib chiqg‘an.To‘y uchun yangi ko‘rpalar qoplamoqchi bo‘ladilar, par to‘shaklar olmoqchi bo‘ladilar,kuyav uchun qanday kiyim yarashmog‘i ham bahs qilinadir. Oftob oyim eriga oltin kamarolmoqqa buyuradir... Tavba, demak chora yo‘q: Oftob oyimlarning kuyavlari kim, qaysiqizlarini erga beradirlar, ularning Kumushdan ham boshqa qizlari bormi? — Ularning qizlariyolg‘iz, demak Kumush erga beriladir... Tushunarlik gap emas:— Erga kim tegadir?— Kumush.— Kumushbibi kuyavni yoqtiradirmi, yo‘qmi? Bu to‘g‘rida uning fikrini bilish kerakemasmi?25

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— So‘zlash ham kerak emas, bildirish ham.— Nega?— Chunki odat shul! Kumush ota-ona yoqtirg‘an kishiga rozi bo‘lish uchun majbur!Kumushbibi kuyavning kim bo‘lg‘anlig‘ini To‘ybe-kaning shu so‘zlaridan so‘ng payqaboldi:— Mana, bekachim, — dedi kulib To‘ybeka. — To‘ybeka opangni sen hech narsagasanamaysan. Biroq uning nafsilamrda karomati bor. Opang bir narsani tiliga va yoko‘ngliga oldimi, darrav farishtalar «omin!» deydirlar. Anovi kungi yosh mehmonni sengamaxtasam achchig‘landing, ammo kelib-kelib bu kun seni o‘shanga berdilar... Endi mundankeyin To‘ybeka opangg‘a ixlos qo‘y, bekachim!Bu xabarni eshitkuchi Kumushbibining qora ko‘zlari jiq yoshg‘a to‘lib, kipraklari yoshbilan belandilar.— Yig‘lama bekachim, — dedi To‘ybeka, — biz bilamiz sizning ko‘z yoshlaringizningnimaga ekanin: erlar so‘yinganda kulsalar, sizga o‘xshash qizlar yig‘laydirlar; sizningyig‘lag‘aningiz — quvong‘aningiz... Meni erga berganlarida senga o‘xshash men hamyig‘lag‘an edim, ammo ichimdan nikoh kunining tezroq kelishini kuta-kuta o‘lgan edim.— Toqatim tugadi, opa, — dedi Kumush, — ortiq so‘zlamangiz.— So‘zlamayman, — dedi To‘ybeka, — lekin sirasini so‘zlayman... Oh, ko‘rsang edi birkuyavni. Qanday chiroylik, qanday aqllik ekanini bilar eding, bekachim. Yulduzingiz nax birbiringizgato‘g‘ri tushkan ekan, ik-kingizning ham bir-biravingizdan kamligingiz yo‘q.Kumushbibi ortiq chidalmadi, qo‘rqunch bir tovush bilan hayqirdi:— Oh, o‘laman, ko‘b so‘zlama!Kumushning bu tovshiga Oftob oyim bilan Oysha kampir uydan yugurishib chiqdilar:— Nima bo‘ldi, nima bo‘ldi?Kumushbibi onasi bilan bibisining uydan chiqishlari ila boshini sandalning ko‘rpasigaburkab, yotib oldi. To‘ybeka juda qo‘rqqan edi:— Qallig‘i to‘g‘risida so‘z ochqan edim, men bilan urishdi.Oftob oyim To‘ybekani qarg‘ab berdi:— Sen aqlsiz o‘lgur, Kumushni uyaltirg‘ansan! Tinch yursang seni birav bir nimaqiladimi? Bor, ishingga bor!Onalar Kumushning bu hayqirig‘ini uyalg‘anga yo‘ydilar-da, yana uyga kirib bisotkavlashka, to‘y hozirligini ko‘rishka mashg‘ul bo‘ldilar.Kumushbibi bir necha fursatkacha shu ko‘yi burkanib yotdi. So‘ngra o‘rnidan turibtashqari havliga qarab ketdi. Ko‘b yig‘lag‘anliqdan ko‘zlari qizarg‘an, qovoq-lari shishkan,yuzlar bo‘rtkan edi. Ammo bu o‘zgarishlar uning husnini, latofatini bir zarra ham kamitmaybalki, o‘n qayta oshirg‘an edilar. Tashqarig‘a chiqg‘andan keyin ayvonning tumshug‘igakelib o‘lturdi va o‘ng qo‘lining kaftiga yuzini olib fikrga toldi. Shu holda uzoq qoldi. Shundankeyin ul qo‘lini yuzidan bo‘shatdi-da, entikib dam oldi va kimnidir izlagandek, kimnidirkutgandek tevaragiga qarab qo‘ydi...— Ariq bo‘yi, sirlik ariq bo‘yi.Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar.Ul ariq bo‘yig‘a yetkach, ma’lum o‘ringa sakrab o‘tdi-da, cho‘nqaydi. Bir hovuch suv olibyuzidan to‘kib tushirdi va ohistagina yo‘lak tomong‘a qarab olg‘andan keyin suvningoqishig‘a ko‘zini tikdi. Kumushning dardini hech kim bilmas, uning xayoliga hech kimtushunmas, magar shu ariq bo‘yi tushungandek, bilgandek... Sirlik ariq bo‘yi unganimalarnidir so‘zlar, undan nimalarnidir tinglar, bunga chetdan hech kim voqif bo‘laolmaydir-da, bo‘lmog‘i ham mumkin emas.Ko‘zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan yuvdi, bir martabaginayuvdi emas — qaytalab-qaytalab yuvdi. Boyag‘i achchig‘idan bir muncha tinchlanib, ko‘zqizilliqlari ketkan holda bitta-bitta bosib ichkariga qaytdi.26

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy10. TO‘Y, QIZLAR MAJLISIQutidorning tashqarisig‘a er mehmonlar, ichkarisiga xotin mehmonlar to‘lg‘anlar, ularquyuq, suyuq oshlar, holva, nisholdalar bilan izzatlanadirlar. Tashqarida bir qo‘shasozandalar dutor, tanbur, g‘ijjak, rubob, nay va amsoli1 sozlar bilan dunyoga jon suvisepib shaharning mashhur hofizlari ashula aytadirlar. To‘y juda ham ruhlik...Ichkarida xotinlar majlisi: onalarcha aytkanda, ular qum-tuproqdek ko‘b, biroqmajlisning borishida tartib yo‘q, havli yuzi va uylar xotinlar bilan to‘lg‘an, qaysi havli yuzidabir tovoq oshni yeb o‘lturadir, kim yig‘lag‘an bolasini ovitish bilan ovora, birav yor-yoro‘qub, tag‘in bittasining quvonchi ichiga sig‘may xaxolab dunyoni buzadi, xullas bag‘-bug‘yetti qat ko‘kdan oshadir...Oftob oyim qayg‘uliroq, tusi bir oz siniqqansumon... Mehmon kutib charchag‘anidanmi,nimadan bo‘lsa ham juda kalavlagan, ba’zan qiladirg‘an ishidan ham yanglishib ketkani,masalan, uyga kirmakchi bo‘lib tavanxonaga kirib qolg‘ani ko‘riladir. To‘yga kelganxotinlarning «To‘ylar muborak, kuyav o‘g‘ul muborak!» deb so‘rashlarig‘a ham ishonchsizbir ohangda «Qutlug‘ bo‘lsin», deydir.Oftob oyim donxonaning eshigidan turib xotinlar orasidan kimnidir o‘z yonig‘a chaqirdi.Yoshi ellidan oshqan, kulgusi ichiga to‘lib toshqan bir xotinni duvurdan1chiqib, o‘ziga qarabyurganini ko‘rgandan keyin donxonag‘a kirdi. Xotin ham ichkariga kirgach, Oftob oyimeshikni qiya bekladi-da, qayg‘uliq bir boqish bilan xoting‘a qaradi.— Nega qayg‘uliq ko‘rinasan, Oftob?Oftob oyim uzoq tin olib eshikka qaradi va yarim tovush bilan:— Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi, — dedi va ko‘zigajiq yosh oldi.— Nega?— Qizim to‘g‘risidan...— Qizingga nima bo‘ldi?— Unashilg‘anig‘a bu kun yettinchi kun, — dedi Oftob oyim, — shundan beriKumushingiz tun ham yig‘laydi, kun ham, sababini so‘rasam sira javob bermaydir-da,do‘lonadek ko‘z yoshisini oqiza beradir. Bu kun tag‘in yig‘isi oshib tushdi. Haytovur yalinib,yalpog‘lanib arang hammomga yubordiq.Xotin Oftob oyimning bu gapidan hayron bo‘ldi va o‘ylab so‘radi:— Nimabalo, kuyaving ko‘rksizmi?— O‘zim ko‘rmadim, — dedi Oftob oyim, — ammo ko‘rguchilarning so‘zlarigaqarag‘anda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... Otasining o‘zi yigitni yaxshiko‘rib kuyav qilg‘an edi.— Kumushning o‘zi yigit to‘g‘risidan hech narsa bilmaydirmi?— Biladir, — dedi oyim, uning oldida biz jo‘rttaga kuyavni maxtashamiz, lekin bumaxtovlarni eshitgusi kelmay, qaytag‘a yig‘isinig‘ina ortdiradir.Xotinning ham bu gapdan hayrati ortdi va bundan qanday sir borlig‘iga aqli yetmadi.Oftob oyimni yupatish uchun o‘tkan-ketkandan va boshda yig‘lab erga tekkan qizlarningchimildiqda yigit bilan apoq-chapoq bo‘li-shib ketkanlaridan hikoya qildi:— Qayg‘irma, Oftob, — dedi, — kuyaving bunchalik suluv bo‘lsa, gap-so‘zda tenggibo‘lmasa, hali chimildiqda qizingning pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini ko‘rarmiz.— Oh, opajon, — dedi umidsizcha oyim, — manim bunga ko‘nglim chopmaydir.— Chopsin, Oftob. Men bunday yig‘loq qizlarning ko‘pini ko‘rdim, shunday qizlarninguyalmay-suyalmay chimildiqda hatto yigitdan ham ortdirib harakat qilganlarini hamko‘rdim, sening qizing ham shularning bittasi, qayg‘irma Oftob.— Ilohi shunday bo‘lsin-da.27

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bo‘ladi-bo‘ladi, — dedi kulib xotin, — shoshmachi, Oftob. Agar qizing menaytkandek o‘zgarib ketsa menga nima berar eding?— Sizga bosh-oyog‘ kiyim.— So‘zingdan qaytma, Oftob. Pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini ko‘rarmiz hali,xudo ko‘rsatsa, bor, o‘ynab-kulib mehmonlaringni kut!..Shundan keyin ikavi donxonadan chiqib xotinlar orasig‘a kirdi.* * *Qizlar majlisi — gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! Bu uyda — Kumushbibiningtog‘asining uyida qizlar majlisi, gullar majlisi!Bu uyga o‘ttuz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilg‘anlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlariningeng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoq-chidirlar. Bu uzatishmajlisini jonlik, ruhlik o‘tkazmak uchun barcha qizlar o‘zlarining eng asil, eng nafiskiyimlarini kiyib, favqulodda yasanib, husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bejabdirlar.Agar bu uyga kirib, bu majlis a’zolarini bir martaba ko‘zdan kechirsangiz, hozirdanoq aytibqo‘yish mumkin-ki, albatta esingiz chiqib ketar:— Bu gulmi, ko‘hlik? Yo‘q narigisi! Undan ko‘ra bunisi! Barisidan ham o‘ttasi!.. Anashunday qilib esdan ham ajrarsiz, gul tanlashda bir qarorg‘a kelalmay el ichida kulgiga hamqolursiz, rasvo ham bo‘lursiz.Mana, majlis a’zolari shunaqangg‘i bir-biravidan o‘toq malaklar, parilar edilar.Majlisning shoirlari, o‘yinchilari, childirma va dutorchilari — barchasi ham hozir bo‘lib faqatKumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. Shuning uchun majlis ochilmag‘an, ochilsaham ruhsizroq, Kumush kelgach, majliska ruh kirishiga barcha ishonadir va unito‘zimsizlanib kutadir.Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘auymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shuchoqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin edi:hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir... Boshdag‘ioq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po‘stin,baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qorajinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...Yangalar Kumushni havlidan turib qizlarg‘a topshirdilar:— Mana Kumushbibi — sizlarga, qizlar! Kumushning ko‘nglini yaxshilab ochinglar,qizlar!Ikki-uch qiz chopib havlig‘a tushdilar-da, Kumushbibidan paranjini olib uygaboshladilar. Yangalar Kumushni qizlarg‘a topshirib ketdilar. Havli er va xotindan bo‘sh,yolg‘iz qizlarg‘agina xoslanib qoldi.Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to‘ldi.Qizlar o‘zlarining bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha boshladilar:— Esonmisiz, sarupolar muborak?Kumushbibining qizlarg‘a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi:— Qutlug‘...Kumushbibi uyning to‘riga o‘tquzildi. Qizlar uyning tevaragiga o‘lturishib olg‘andankeyin orag‘a nima uchundir bir jimjitlik kirdi. Qizlar ma’nolik qilib yer ostidan Kumushkaqaraydirlar. Majlisda bir xil ma’yusiyat. Qizlar nimani o‘ylaydirlar va nima to‘g‘risidama’yuslanadirlar, bu ersa qizlarning bizga noma’lum bo‘lg‘an ichki sirlaridir.Qizlar ipka chizilg‘an guldek uy tevaragini olg‘anlar, buning ustiga yovoshliq, o‘ychanliqularning tuslariga ma’naviy bir husn va jiddiyat berib, birga yuz husn qo‘shqan edi. Agarbiz shu kezda zarshunosliq uchun yeng shimarsak, ya’ni gulni guldan ajratadurg‘an bo‘lsaq28

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyboyag‘idek esankirab, mutaraddid1 qolmaymiz, chunki Kumushbibi lolalar isidagi bir gul vayo yulduzlar orasidag‘i to‘lg‘an oy edi.Orada hamon boyag‘i jimjitlik hukm surar edi.Har bir majlisning jonlandirg‘uchi, idora qilg‘uchi bir-ikki qahramoni bor bo‘lganidek, buqizlar majlisi ham shunday qahramonlardan holi emas edi. Majlisni bunchalik ruhsizlanib,ma’yusiyat ichida qolishig‘a Gulsinbibi chidab turolmadi:— Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu yergaaza ochqali keldikmi?Gulsinning yonig‘a Xonimbibi qo‘shilishdi:— Ko‘b o‘ylashmang, o‘rtoqlar! — dedi, — baribir bu gap hammamizning hamboshimizda bor! Tur Savra! Havlig‘a olov yoqib childirmangni qizit! Anorgul, sen dutoringniol! Kumushbibi, siz uncha xayol surmang kulib o‘lturing. Baribir ertaga joysiz chekkanqayg‘in-gizdan o‘kinarsiz! — dedi-da, majlisni ost-ust kuldirib yubordi. Kumushbibi hamixtiyorlik, ixtiyorsiz bu kulgulikka tortilib, uning yovoshqina iljayishidan yoqutdek lablariostidagi sadaf kabi oq tishlari bir oz ko‘rinib qo‘ydilar.Shu gapdan keyin majliska kutilmagan bir ruh kirdi. Anorgulning qo‘lidag‘i dutor«O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. Xonimbibi qizlarg‘a qistatib o‘lturmayo‘rnidan sakrab turdi-da, o‘ynab ham ketdi. Dutor yonig‘a childirmaning chertmagi kelibqo‘shilg‘andan keyin bazm tag‘in ham jonlandi. Chapaklar ham ko‘tarildi. O‘yin qizib boraredi, uning daricha eshiklari beklanib toqchalarg‘a sham’ yoqil-g‘andan so‘ng, bazmning ruhiyana oshdi. Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni allaqanday ajib holatkaqo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyalaridagi «parilar» bazmini xotirlatmoqda edi.Dutor «Ifor» kuyini chalib, childirma ham nozik yo‘l bilan unga qo‘shilisha bordi. O‘yin hambir turlik nazokat kasb etib, Gulsinbibi yo‘rg‘alay ketdi. Dutor ko‘ngilning allaqandayingichka joyini qitiqlaydir, childirma yurakni nimagadir oshiqdirib, Gulsin qizningyo‘rg‘alashi borliq a’zoni zirillatadir. Bazm juda qiziq, juda ko‘ngillik edi.Kumushbibini ham bu qiziq bazmdan boshqalardek hissa oladir, so‘yinib quvonadir,deb o‘ylanmasin, chunki vujudi qizlar bazmi ichida bo‘lsa ham xayoli allaqayoqlarda uchibyurgandek, ko‘zlari o‘ynag‘uchi qizlarda bo‘lsa ham, ammo haqiqatda boshqa bir narsaniko‘rgandek... Ko‘rinishdan natija chiqarib aytkanda, bu qiziq majlis uning uchun bazmo‘rnini emas, aza joyini tutqandek...Ikki soatlik qiziq bir bazmdan so‘ng qizlar charchadilar-da, o‘yinni to‘xtatdilar. Gulsinbilan Xonimbibi endi dutor bilan qo‘shiqqa o‘lturdilar. Gulsin o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshibilan «Yig‘larman» kuyidan boshladi:O‘rtoqlarim, qo‘lg‘a olsam torimni,Beixtiyor yodlaydirman yorimni!Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qo‘shilishdi. Bir turlik, bir ohanglik nafis,musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga, qon tomirlarig‘a ajoyib bir o‘zgarish berganedilar. Shu choqqacha mo‘ltayib, xayol ichida sho‘ng‘ib o‘lturg‘an Kumushbibi bir seskandida,qo‘shiqchi qizlarg‘a qaradi.Qizlar ikkinchi baytka o‘tdilar:Bir ko‘rinib yag‘mo1 qilg‘an ko‘nglimni,Qaytib yana ko‘ralmadim norimni!Shu vaqt kutilmagan joyda Kumushning ikki ko‘zi jiq yoshga to‘lg‘an edi. Uchunchigao‘tdilar:29

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyAgar ko‘rsam edi yana yorimni,Bag‘ishlardim hama yo‘qu borimni!To‘rtinchi:Bilurmikin, bilmasmikin u zolim:Kunlar-tunlar tortqan ohu zorimni!Kumush toqatsizlang‘an edi...Beshinchi:Chindin ayting o‘rtoqlarim menga siz,Qayta boshdan ko‘rarmanmi yorimni?Keyingi:Ketdi toqat, ketdi sabrim... ketdilar...Sindirarman urib yerga torimni!Bu keyingi baytka quloq solg‘uchi qolmadi. Chunki yonidagi qizg‘a osilib yig‘layboshlag‘an Kumushbibiga har kim taajjubda, har kimning ko‘zi, qulog‘i shunda edi.— Nima bo‘ldi, Kumush?— Nega yig‘laysiz, Kumush opa?— Birar joying og‘riydirmi, Kumush?Kumushbibi o‘z ustiga duv yig‘ilg‘an qizlarga ko‘zini ochib qaradi-da, hushyortortqanlardek bir harakat qilib qo‘ydi va tez-tez cho‘ntagidan ro‘ymolini olib ko‘zyoshisiniquritdi.— Nega yig‘lading-a?Bu savolni berguchi Gulsinga Kumush kuch bilan iljayib qaradi-da:— O‘zim... — dedi.— Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! — dedi Gulsin, — men shunday ernitopib teksam boshim ko‘kka yetar edi!Gulsinning gapiga qizlar kulishdilar. Kumush juda xafa ko‘ringanlikdan uning ko‘ngliniochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Shuning uchun boshqa o‘yinlarni qo‘yaturib majlisning eng qiziqtarafi bo‘lib sanalg‘an lapar aytishka ko‘chdilar. Gulsin kuyav ro‘lini o‘ynar, XonimbibiKumush ro‘lida, ikkisining bir-birisiga qarab o‘qishqan laparlari barchani kuldirib, ichaklarniuzar darajada. Biroq Kumushning tishining oqini ko‘rish juda qiyin, uning hamma ishi faqatmungg‘ayib xayollanishqina...Qizlarg‘a to‘yxonadan oshlar, tavanlar kelib tortildi. Oshdan keyin yangalar kelib,qizlardan Kumushni so‘radilar. Qizlarning, «Yo‘q, biz Kumushbibini sizlarga bermaymiz!»deb o‘ynab aytkan so‘zlari Kumushbibiga chindek bo‘lib eshitilar, yangalar bilan uydanchiqar ekan, ko‘mak so‘rag‘andek qizlarg‘a termulib qarar edi. Shu yo‘sun qizlar o‘zlariningbir o‘rtoqlarini xotinliq dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar.11. KUTILMAGAN BAXTKumushbibidan vakolat olish ham juda qiyin bo‘ldi. Domlaning: Sizkim KumushbibiMirzakarim qizi, o‘zingizni toshkandlik, musulmon Otabek Yusufbek hoji o‘g‘ligabag‘ishlamoq vakolatini amakingiz Muhammadrahim Yo‘ldosh o‘g‘liga topshirdingizmi?degan so‘rog‘i olti, yetti qaytarilg‘andan keyin, shunda ham yangalar qistog‘i ostida aranguning rizolig‘i olindi.Kechki soat beshlarda qutidorning havlisi to‘rt ko‘z bilan kuyav kelishini kutadir. Kuyavuchun palovlar, quyuq-suyuq oshlar, necha turlik ne’matlar hozirlanib, bular ham30

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykuyavning intizorida turadirlar. Nihoyat, soat besh yarimlarda kuyav keldi. Yigirma-o‘ttizchog‘liq yosh yigitlar — Rahmatning o‘rtoqlari, ular orasida Otabek — kuyav ko‘rindi:boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘ziningShamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali,belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan,ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Oshlarini yeb bo‘lsalar ham jo‘rttaga kuyav ko‘rish uchuno‘lturg‘an mahalla kishilari bir-birlarini turtishib: «Tuzuk-tuzuk, kuyavlikka arzigundek,chakki chakkiga tushmapti, olmayu-anor» deyishdilar. Tomda kuyav kutib o‘lturg‘anxotinlar ichidan Oftob oyimning egachisi oshiqib singlisi yonig‘a tushdi-da: «Oftob, darravisiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» dedi. Qutidor eshik ostida qo‘lqovishtirib mehmonlarni kutib oladir, yer ostidan kuyaviga ko‘z qirini tashlab, kishigasezdirmay o‘zicha kulimsirab qo‘yadir. Mehmonxona ayvonida oq soqolliq, ko‘rkam siymova og‘ir tabi’atlik domla bilan Ziyo shohichi, Hasanali, qiz vakili va tag‘in bir necha kishilaro‘lturadilar. Yigitlar kuyavni domlalar qarshisig‘a kelturib to‘xtatqandan keyin Otabek vakilibo‘lg‘an Ziyo shohichi bilan Kumush qiz vakili Muhammadrahim oralarida mahr masalasiochiladir. Ko‘b tortishqandan so‘ng quyidag‘i mablag‘lar mahr qilib belgulanadirlar: uch yuzoltin pul, mundan keyin olib berish va’dasi bilan Marg‘ilondan o‘radek bir havli, sog‘ishuchun sigir, as-bobi ro‘zgor... Bunga Otabek ham o‘z rizolig‘ini bildiradir. Domla xutbaboshlaydir. Forsiycha o‘qulg‘an hamd, salovot va boshqalardan so‘ng xutba eng nozik biro‘ringa kelib to‘xtaydir: «Sizkim Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizinio‘zingizga shar’iy xotinliqqa qabul qilasizmi?» — fors tilida so‘ralg‘an bu savol Otabeknnigkulgusini qistatib, ko‘nglidan kechi-radir:— Qabul qilasizmi-ya?Ul birinchi so‘roqdayoq — «uchib, qo‘nib qabul qilamiz» deb javob bermakchi bo‘lsaham biroq xalqning— «o‘lib turg‘an ekan» deb qiladigan ta’nasidan cho‘chib, javobbermaydir. Yana bir qayta yuqoridagi «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidantakrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so‘roqda javob berish odat hukmida bo‘lsa ham,Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go‘yo uchinchi so‘roq o‘rnig‘a «Endi olmas ekansizKumushbibini...» deb majlis buziladirg‘andek seziladir-da, hamma tovshini qo‘yib,barchag‘a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir.Domla alhamdulilloh, alhamdulilloh... bilan nikoh-ni tugatib majlis tomonidan kelinbilan kuyavning haqlarig‘a duo boshlanadir, hamma duog‘a qo‘l ko‘tarib, hatto tomdag‘itomoshachi xotinlarg‘acha «omin»ga ko‘maklashadirlar va shundan keyin nikoh majlisiyopiladir. Yigitlar kuyavni mehmonxonag‘a olib kiradirlar, ziyofat boshlanadir.Otabekda bir daqiqag‘a bo‘lsin to‘zim bo‘lmag‘an bir vaqtda bir necha soatlarga qarabcho‘zilg‘an bu tomoq majlisi bilan albatta ul yaxshi chiqisha olmaydir. Xuftanga yaqinbana’ji1 bir ishtiho bilan yeyilib bo‘shatilg‘an lagan, tovoqlar olinib dasturxonlar yig‘ildi.Bizningcha bir yarim soat, Otabekcha allaqancha yil hisoblangan bir fursat o‘tib, nihoyat,yangalar kuyav so‘radilar. Ikki yoshg‘a muhabbatlik umr so‘rab fotiha o‘qilg‘andan so‘ngOtabek ichkariga uzatildi.Hasanali mehmonxona ayvonida bekni kutib turar edi:— Endi kuyavlik muborak bo‘lsin, begim?— Qutlug‘ bo‘lsin.Hasanali boshdan-oyoq bekni kuzatdi, otaliq muhab-bati bilan bekning orqasini siladiva yoshli ko‘zlari bilan duo qilib unga ruxsat berdi. Otabek yangalar kutib turg‘an tarafkayurdi. Ul hozir qiziq holatda edi: bu nima gap, tushimi, o‘ngimi, nima gaplar o‘tib, nimalarbo‘lmoqda, bo‘lib turg‘an ish haqiqatmi?Biz ichkariga kiramiz: havlining ikki tomoni to Kumushbibining uyigacha qator kuyavkutkan xotinlar, bola-chaqalar bilan to‘lg‘an. Ba’zan kutkuchi xotinlarning qo‘lida yonibturg‘an sham’, kuyav tushadirgan uy to‘y mollari bilan juda ham bejalgan. Yuqorida yozilib31

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyo‘tilgan qutidor uyining aksar jihozlari shu uyga, Kumush qiz uyiga ko‘chirilgan. Birbulargina emas xotin-qizlar qo‘li bilan chatib ishlangan turlik ziynat chodirlari bilan hambejalgan, shipda katta qandil, qandilda o‘ttuzlab sham’lar yonib uyni sirlik bir holatkaqo‘yadirlar. Burchakda qizlar majlisida ko‘rilgan oq kiyimlar bilan Kumushbibi turadir...Uning husni bejalgan uyning oqlari, ko‘klari, sariqlari va qizillari bilan tovlanib xayoliy birsiymoda... Ko‘z yoshlarini oquzib yangasining so‘ziga quloq osmaydir. Tashqaridaneshitilgan «kuyav! kuyav!» so‘zi bilan tag‘in ham uning ko‘z yoshisi ko‘payib tusi hamo‘zgardi. Yangasi Kumushni shu holda qoldirib o‘zi yugirganicha eshikka chiqdi. Kuyav kelaredi: ikki tomonni sirib olg‘an xotin-qizlar o‘rtasidan Otabek kelar edi. Uning ketidan Oftoboyimning egachisi isiriq tutatar edi. Xotinlar qo‘llarida sham’ bilan unga qarar va kuzatibqolur edilar. Kuyav uyning yonig‘a yetdi. Uning yuzi uyatidan juda qizarg‘an, qochqali joytopolmas edi. Shu kezda uyning eshigi ochildi-da, yanga tomonidan qarshilandi.— Kiringiz, bek.Otabekning yurak urishi ehtimol yangasiga ham eshitilar edi... Otabek uyga kirgandankeyin yangasi tashqari chiqib, eshikni o‘zi ko‘rarlik qiya qilib yopdi... Uyning to‘rida yoniniOtabekka berib ro‘ymolining uchini tugibmi, yirtibmi Kumushbibi turadir va kim keldi, debyonig‘a qaramaydir. Ro‘ymol tugish bilan mashg‘ul latif qo‘llarni chet qo‘l kelib siqdi:— Jonim!Kumushbibi begona qo‘ldan seskandi va qo‘llarini qutqazmoqqa tirishib:— Ushlamangiz, — dedi ham siquvchi qo‘ldan qutilish uchun orqag‘a tislandi.Titrag‘an va qovjirag‘an bir tovushda:— Nega qochasiz? Nega qaramaysiz? — dedi bek. Kumushbibi shu choqg‘achaqaramag‘an va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yov qarashi bilan sekinginadushmaniga qaradi... Shu qarashda bir muncha vaqt qotib qoldi. Shundan keyin bir nechaqadam bosib Otabekning pinjiga yaqin keldi va esankiragan, hayajonlang‘an bir tovushbilan so‘radi:— Siz o‘shami?— Men o‘sha, — dedi bek. Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulishib qoldilar.Kumushbibi og‘ir tin olib:— Ko‘zlarimga ishonmayman, — dedi.Otabek ko‘zlarini to‘ldirib qarab:— Men ham, — dedi.Shu vaqt ikki lab o‘z-o‘zidan bir-birisiga qovishdi... Kichkina nozik qo‘llar yelka ustiga,kuchlik qo‘llar qo‘ltiq ostig‘a yopishtilar.Kumushbibi Otabekning yuziga uzoq tikilib turdi-da:— Kutilmagan bir baxt, — dedi va o‘zining otidek bir narsaning tovshi kabi qilib kulibyubordi. Bu kulish havlilargacha eshitildi. Qiya ochilib turg‘an uy eshigi ham qattiqqinabeklandi. Kumushbibi Otabekning qo‘lidan ushlab quyida yozib qo‘yilgan dasturxon yonig‘aboshladi:— Siz bo‘lg‘anlig‘ingizni ilgaridan bilganimda boshqacha qarshilar edim, — dedi.— Boshqa deb o‘yladingizmi?— O‘ylash qayerda, siz bo‘lursiz, deb ko‘nglimga ham kelmagan edi, — dedi-da, tag‘inkulib yubordi.Dasturxon yonida Kumushbibining latif bilagiga Otabek oltin uzuk solur ekan, ul yergaqarag‘an holda edi.— Men sizga hech narsa ham hozirlamag‘an edim...— Hozirlamag‘aningiz uchun o‘kinasizmi?— ...— O‘kinmangiz, — dedi bek, — sizdan bir narsani so‘rasam ayamassiz?— Ayamayman.32

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabek Kumushbibining lablari ustidagi qora xolig‘a ishorat qilib:— Shu yerdan bir o‘pish bersangiz, siz ham katta esdalik hozirlag‘an bo‘lur edingiz, —dedi.Kumushbibi qizarindi.* * *Otabek Marg‘ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo‘lg‘an edi. Asrnamozning vaqti o‘tib borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olishuchun suv so‘radi. Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undanfoydalanish qulay emas edi. Do‘kondor unga suvning qulay o‘rnini ko‘rsatdi: «Mana shuburchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz, ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz»,dedi. Otabek do‘kondorning ko‘rsatishicha qutidorning tashqarisig‘a kirdi. Shu vaqttasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko‘zi tushdi.Kumush ham ariq yoqasig‘a kelib to‘xtag‘an chingilin1 yigitka beixtiyor qarab qoldi.Ixtiyoriy emas, g‘ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar.Oxirda Kumush nimadandir cho‘chig‘andek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini ichkariyo‘lak tomong‘a burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib yotqan qirq kokillarito‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo‘l ustidan ariq-bo‘yida qotib turg‘anyigitka yana bir qarab qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadyaqildi... Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqayerga mixlangandek qotib turdi... Oxirda ko‘zini katta ochib o‘tkan daqiqada uchrashkanixayoliy go‘zalni istab xayollandi. Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariqbo‘yig‘a o‘lturdi. Ammo ko‘zi xayol yashiring‘an yo‘lakda edi. Tahoratlanib bo‘ldi, yanako‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg‘andan keyin yana oyog‘ ustida to‘xtab qoldi.Yashiring‘an go‘zal ikkinchi qayta ko‘rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysiburchakdan bo‘lsa ham asirini tamosha qilar edi.Ko‘b kutdi, asr namozini qazo qilib kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadanboshlab unda muhabbat mojarosi tug‘ilg‘an edikim, bu yog‘i o‘qug‘uchimizga ma’lumdir.Kumushbibining yuqorida «Siz o‘shami!» deb so‘rashi shunga binoan bo‘lib, ammo ungamasalaning onglashilmay qolishi va chin baxtni bil’aks kutib olinishi qiziq edi. Shunday qilibikki yoshning birinchi ham sof muhabbatlari qovishish bilan natijalandi.12. CHAQIMCHILIQ— Bu kun yetti kun... Otabek qutidorning qizig‘a uylandi.Ul bu xabarni Qo‘qondan qaytishda eshitkan edi. O‘zining qiyofasiga yarashaqo‘rqunch yo‘llar izlar ekan, quloqlari tegida «...qizig‘a uylandi» jumlasi takrorlanibturg‘andek bo‘lar edi.Uning Qo‘qondan qaytishi ikkala xotini uchun ham ulug‘ bir falokat bo‘ldi. Chunkiarzimagan bir sabab bilan ikkalasi ham yaxshig‘ina tayoq yeb oldi. Shuning uchun ikkikundash uning oldig‘a kirishdan qo‘rqib, yana to‘g‘risi — uning sovuq aftini ko‘rishdanjirkanib havlining chet-chetida yurarlar, ikki kundash bilittifoq unga o‘lim so‘rarlar:«Qo‘qonda o‘lsa, o‘ligini itlar yesa biz achinarmi edi», deyarlar edi.Ul o‘lturgan ko‘yi nima to‘g‘risida bo‘lsa ham juda bosh og‘ritib o‘ylar edi. Shu choqdauning tusidan yirtqichliq, bir gunohsizning ustiga hujumga hozirlang‘an vahshiylik belgulariko‘rilur edi. Har holda ul yaxshiliqqa emas, qandog‘ ham bo‘lsa bir vahshiylikka yo‘llar,rejalar izlar edi. Oxiri uning yuzida istehzolik bir iljayish ko‘rildi-da, bir narsaga qarorqo‘yg‘andek bir harakat yasadi va o‘rnidan sakrab turib qoziqdag‘i kirlab ketkan sallasiniqo‘lig‘a oldi va havliga chiqdi. Tashqarisida besh do‘konlab ish to‘qib turg‘an xalfa33

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyshogirdlariga ba’zi ta’limotlarni bergach, bir ulug‘ darboza orqaliq ko‘chaga yurdi. O‘ralibbitmagan sallasini tuzata-tuzata tor, kirdi-chiqdilik ko‘chalar bilan shaharning kunbotartomonig‘a, beklar mahallasiga qarab ketdi.Beklar mahallasining boshlanishida, janubga qaratib qurilg‘an ulug‘ bir darbozaningyonida ikki nafar miltiq va qilichlik yigit so‘zlashib turar edilar. Bularning yonig‘a bizgama’lum kishi kelib to‘xtadi va ulardan so‘radi:— Bek uydamilar?So‘zning beliga tepkani uchun yigitning birisi o‘shshayib so‘rag‘uchig‘a qaradi,ikkinchisi qo‘llari ora-sidag‘i miltig‘i bilan ichkariga ishorat qilib javob berdi:— Bor!Darbozadan ichkariga kirilgach, saroy kabi bir havli, ayvonda o‘n beshka yaqinyarog‘liq yigitlar to‘nkalardan gulxan solib, isinib o‘lturmakda edilar. Ul to‘rdagi ayvonorqaliq yuriladirgan uyning eshigida turg‘uchi yigit og‘asining yonig‘a bordi va qo‘rboshibilan uchrashmak orzusida bo‘lg‘anlig‘ini aytib undan kirishka ijozat so‘radi. Yigit og‘asiningrahbarligi bilan ichkariga kirdi: boshig‘a ko‘k salla chulg‘ag‘an, egniga O‘ratepaningbosmasidan chakman, beliga kumush kamar bog‘lab kumush qinlik qilichini tizasigabosqan, qora tanlik bo‘lsa ham ko‘knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi sarg‘ayg‘an qirq-elliyoshlar chamaliq bir kishi yorliqsumon bir yozuvni o‘qub o‘lturmoqda edi. Qo‘rboshikelguchining salomiga e’tiborsizg‘ina javoblang‘an bo‘ldi-da, ruhsiz bir tovush bilan:— Nima qilib yuribsiz? — deb so‘radi.— Taqsir, sizga arz bor.Yigit og‘asi kelguchini qoldirib chiqdi. Kelguchi eshik yonida oyog‘ ustida qo‘l bog‘labturar edi.— Qanday arzing bor?— Taqsir... ijozat bersangiz o‘ltursam...— Xo‘b, o‘ltur.Kelguchi ko‘p tutulib tusi o‘ngg‘an gilam ustidan yurib borib, qo‘rboshi qarshisig‘atavozi’ bilan o‘lturdi. Qo‘rboshi qo‘lidag‘i yozuvni buklab qo‘ynig‘a tiqdi-da, kelguchini yerostidan kuzatdi:— Qayerliksan?— Taqsir... shu yerlik, marg‘ilonlik.— Oting nima?— Taqsir... Homid.— Nima kasb qilasan?— Ustakorlik.— Yaxshi, arzingni gapir?Homid o‘zining tovshig‘a yasama bir ohang berib arzini boshladi.— Janobi padari arus1 shahanshohi Musulmonqul bahodir zamoni adolatlarida ham, —dedi Homid, — qora choponliqlar hanuz tinch yotmay yurtni qipchoq og‘alarig‘a qarshioyog‘landirmoqchi bo‘ladirlar, ishni yana tadbirsiz qora choponlar qo‘lig‘a olib mamlakatnibuzg‘unliqqa solmoqchi bo‘ladirlar... Biz bunday buzu-qilar yolg‘iz Toshkanddagi Azizbekbilan uning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an Yusufbek hoji, deb bilgan edik. Biroq ularning urug‘ibizning Marg‘ilong‘a ham sochilg‘an ekan.Qo‘rboshining ko‘zi ola-kula keldi:— Nima deysan? U kim ekan Marg‘ilonda?!— Bittasi mashhur buzuqi toshkandlik Yusufbekning hozirda Marg‘ilonda turg‘uchi o‘g‘li— Otabek ismlik bir yigit, ikkinchisi uning hammaslaki va qayin otasi bo‘lg‘an Mirzakarimqutidor.— Hali-ya?34

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Shundog‘, taqsir.— Sen bu gapni qayog‘dan bilding?— Shu kunlarda ularning bir majlislarida bo‘lg‘an edim, taqsir...— Xo‘sh, xo‘sh, majlisda?— Majlisda ko‘b gaplar o‘tdi, taqsir, — dedi Homid,— majlisning boshlug‘i bo‘lg‘anOtabek qipchoqlarning zulm va ta’addisini2, qipchoqlaridan ishni olmoq uchun ToshkanddaAzizbek va o‘z otasi boshliq bilfe’l ish boshlag‘anlarini so‘zlab, Marg‘ilonning ham mundanso‘ng oyoqqa qalqishi kerakligini aytdi... Majlis ahli, ayniqsa Mirzakarim uning so‘zinikuchlab tushdi. Agar bu ishning oldini olinmasa, hukumat va mamlakat uchun natijaqo‘rqunchdir, taqsir.— Majlis kimnikida edi?Homid tarafidan kutilmagan bir savol. Homid o‘ziga berilgan bu savol qarshisidataraddudlanib qoldi. Chunki majlis o‘rnini aytsa pochchasi bilan jiyani Rahmatning hamqo‘lg‘a tushishlari aniq va buning bilan ul o‘z oyog‘iga bolta qo‘ygan bo‘lar edi. Shumulohaza yuzasidan ul tutiliqdi:— Majlis o‘rni yodimda yo‘q, taqsir.Mantiqsiz bu javobga qarshi qo‘rboshi achchig‘i bilan baqirdi:— Yodimda yo‘q?!Homid garangsidi va bir xil siniq tovushda:— Esimda bo‘lsa ham nozik bir joy edi, taqsir, — dedi.— Nozik bir joy edimi! — deb qo‘rboshi zaharxanda qildi. — Agar aytmasang o‘shamuttahamlar tiqiladir-g‘an chuqurg‘a sen ham tashlanasan.— Kechiringiz, taqsir.Qo‘rboshi yirtqichlardek bo‘kirdi:— Kechirish yo‘q!Homid uchun eng keyingi choradan boshqa iloj yo‘q edi — cho‘ntak kavlashka tutindiva yuz mashaqqat bilan yonchig‘ini chiqardi. Yonchiqdan o‘nga yaqin oltinlarni sanoqsizchaolib, qo‘rboshig‘a uzatdi:— Taqsir... sizga atag‘an nazrimiz edi...Homid kavlana boshlag‘andanoq qo‘rboshining ustidan sovuq suv sepilgan edi. Uloltinlarni yonig‘a solib joylag‘ach, tovush ham eski holiga qaytib, so‘zlar ham muloyimtortdi.— Demak, nozik joy edi, degin Homidboy.— Taqsir...— Badbaxtlar shunday maslahat qildilarmi hali?— Taqsir... Bu ishning oldini olinmasa natija yomon albatta.— Albatta, biz o‘sha buzuqilarning jazolarini berarmiz... Men hozir borib bekka arzqilay, shu kechadan qoldirmay qo‘lg‘a olamiz muttahamlarni, — dedi qo‘rboshi.Homidning chehrasi ochilib ketkan edi. Qo‘rboshi o‘zining imo va ishorasigao‘tkanlikdan uning ko‘zida o‘ch olish quvonchlari va undan keyingi Homidning o‘zigama’lum bo‘lg‘an bir baxt umidlari o‘ynar edilar. Qo‘rboshi tokchadan davot, qalam oliboldig‘a qo‘ydi-da, yozuvg‘a hozirlanib so‘radi:— Ayt-chi, Homidboy, muttahamlar kimlar edi?— Bittasi toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li — Otabek.Qo‘rboshi yozdi:— Ha-ha! Hali Yusufbek hojining o‘g‘li degin. Bizning Marg‘ilonni ham qong‘abotirmoqchi ekan-da, muttahamlar, ikkinchisi?— Shu kunlarda Otabekka qizini bergan marg‘ilonlik Mirzakarim.— Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan, uchinchisi?— Otabekning quli — Hasanali.35

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— To‘rtinchisi?Homid bir oz o‘ylab javob berdi:— Bilmadim... Hozir Marg‘ilondami, yo‘qmi, andijonlik Akram hoji.Qo‘rboshi yozdi:— Ish katta ekan, tag‘in?— Endi yo‘q, taqsir, — dedi Homid va so‘ziga shuni ham qo‘shdi, — Otabek bilanMirzakarim qo‘lg‘a olinsalar ilonning boshi yanchilgan hisoblanib, o‘zgalarning qo‘lidan ishkeladirgan odamlar emas, taqsir.Qo‘rboshi yozuvni bitirib qo‘yniga tiqdi — «Bo‘l-masa ish bitdi, ertaga erta bilanmojaroni eshitarsan», — dedi. Homid o‘rnidan turib qo‘rboshig‘a qulliq qilib chiqdi.13. QAMOQ«Yormozor» mavzi’ida shahar qo‘rg‘onig‘a tiralib so-ling‘an o‘rda. O‘rda darbozasiningsahni botmonlab hisoblang‘an mevazor bo‘lib, bunda olma, o‘rik, nok va tut yog‘ochlarixilig‘ina bor edilar. Darbozaning ikki biqinini o‘rab olg‘an loyig‘a gullar, naqshlar tushirilibishlangan sakkiz gazlar yuksaklikda o‘rda qo‘rg‘oni, darbozaning ikki burjida1 alachami,bo‘zdanmi uzun choponlar kiyib, boshlarig‘a quloqchin qo‘ndirg‘an, qayish kamar ustidanqilich tiqinib miltiqlarig‘a suyang‘an ikki yigit ko‘rinadirlar — bular navbatchi o‘rda qorovuli,qorong‘i tushishka yaqinlashqanliqdan qiya yopilib turg‘an darbozani kimdir, ichkaridanbittasi zichlab yopdi-da, kuch sarf qilib darbozaning zo‘r zanjirini sharaq-shuriq etibbog‘ladi. Hozir bizga o‘rda ichiga kirish mumkin bo‘lmag‘ani uchun qo‘rg‘onning tashqaritegrasida aylanib turayliq: darbozaning so‘l biqinig‘a qarab ikki yuz adim ketsak qo‘rg‘ondevori tugalab, burja yetiladir. Qo‘rg‘on burjiga qorovul turish uchun maxsus manorashakilli joy yasalg‘an bo‘lsa ham hozirda navbatchidan xolidir. Shundan keyin bir bo‘shliqyer bilan qo‘rg‘onning janubiga qarab ketiladir. To‘rt yuz adimlab borilg‘ach, qo‘rg‘onningsharqi-janubi burjiga yetilib, bu burjini ham anovisidek qorovulsiz topiladir. Bu burjdanqarag‘an kishiga qo‘rg‘onning g‘arbi-janubi burji ham ko‘rinib, shu yo‘sunda o‘rdaning to‘rtburjini aylanib chiqilsa bir ming olti yuz adim bosilg‘an bo‘lib o‘rdaning g‘arb tomonidan biztanishqan o‘rda darbozasig‘a kelinadir.Hozir qorong‘i ham o‘bdan tushkanliqdan kishi-kishini tanimasliq darajada edi. Boyag‘idarboza ustida ko‘ringan qorovullar hamon qora haykal kabi qotib turar edilar.Shahar ichidan o‘rda darbozasig‘a qarab kelmakda bo‘lg‘an bir necha ot oyog‘larinieshitib qorovullardan bittasi — «tuyoq tovshimi?» deb, ikkinchisiga savol tashlab qo‘ydi.Ikkinchi qorovul mo‘ralab-mo‘ralab yo‘lg‘a qaradi:— Uch otliq ko‘rinadir.— Vaqtsiz kelguchi kim ekan?— Bunday vaqtda qo‘rboshidan boshqa kishi kelmas edi, ehtimol, o‘shadir.Darvoqi’, qo‘rboshi o‘zining ikki yigiti bilan yetib keldi va otidan qo‘nib jilovini yigitiningqo‘lig‘a berar ekan, qorovullarg‘a buyurdi:— Darbozani ochsinlar!Qorovullar ichkariga xabar bergandan so‘ng darboza ochilib qo‘rboshi ichkariga kirdi.O‘rdaning tevarak masohatini1 biz chamalab ko‘rgan edik, shuning uchun o‘rdaning qaydaraja keng bo‘lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o‘rdaning ko‘proq qismi darbozatomonida qoldirilib, janubka tortilg‘an xatti mustaqim2 bir devor bilan bo‘lingan edi. Narigitomon o‘rdaning ichkari qismini tashkil etib, unda bek — hokim oilasi turar edi. O‘rdaningtashqarig‘i qismining uch tarafi (janub, sharq, g‘arb) binosiz, faqat qo‘rg‘on devorlariningzinalari edi. Ammo imorat qismi darboza bilan bir qatorda bo‘lib, so‘l biqinida devonxona,uning qatorida bo‘yiga qirq, eniga yigirma olchin joy olg‘an o‘n besh darichalik kattakon36

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriychorzari uy, ichida elli chog‘liq bek yigitlari gulxan solib o‘lturar edilar. Bu uyning qatorioshxona, otxona va shuningdek, hojat uylarini tashkil etar edilar.Qo‘rboshi darbozabon yonida to‘xtab, undan so‘radi:— Bek ichkaridamilar?Darbozabon darbozani kuchanib yopar ekan, javob berdi:— Bilmadim, taqsir.O‘rdaning charog‘chisi darboza yaqinidag‘i mash’ala yog‘ochig‘a o‘t berib, butun o‘rdaichi yorib ketdi. Qo‘rboshi darbozaning o‘ng tarafiga qarab yurdi. Bu tomonda nihoyatdaziynatlanib bino qiling‘an oliy imoratlar bo‘lib, shahar ustalarining hamma san’at vamahoratlari shu binolarda gavdalanur edi. Qo‘rboshi birinchi eshik yonida turg‘an yarog‘liqqorovuldan o‘tib, kichikrak, naqshliq bir uyga kirdi. Ikkinchi eshikdan o‘tib, ulug‘ bir zolgachiqdi. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan munaqqashdevorlarning oltin, kumush, ko‘k-qizil, oq-pushti, sariq-qora gullari yulduzlardekyashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. Uyning ostig‘a to‘shalgan qizil lola gullik gilamkishini go‘yo bir chamanda his etdirar edi. Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikchayonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkambir o‘g‘lon palov yeb turar edi.Qo‘rboshi eshikdan kirar ekan, o‘g‘long‘a qarab kulimsiradi:— Ha, Ahmadxon, siz shu yerda ekansiz, — dedi.Ahmadxon joyidan qo‘zg‘almadi:— Men hamisha shu yerda, qani, oshg‘a.— Rahmat. Qushbegi ichkaridadirlar?— Ichkaridalar, — dedi Ahmadxon, — men to‘yib qoldim, kelsangiz-chi.— Bo‘lmasa, tabarruk qo‘lingiz bilan bitta oshatsangiz.Ahmadxon qo‘lig‘a siqquncha osh olib qo‘rboshig‘a tutti, qo‘rboshi ixlos bilanAhmadxonning qo‘lidan oshadi. Ul oshnig‘ina emas, hatto Ahmadxonning qo‘lini hamoshaydirg‘an edi.Ko‘b fursat o‘tmadi. To‘rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to‘la yuzlik, o‘siq qoshliq,og‘ir qarag‘uchi ko‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yliq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilichosqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko‘rindi. Ahmadxon bilan qo‘rboshiningo‘rinlaridan turib ta’zim qilishlaridan bu zotning kim ekanligi bilinar edi. Bu kishi kelib atlasko‘rpacha ustiga o‘lturdi va o‘zining salmoq tovshi bilan:— Qalay, Xoliqbek, — dedi, — yurtlaringiz tinch-likmi, o‘lturing.— Xudog‘a shukur, davlatlari ko‘lankasida, — deb qo‘rboshi tavozi’landi va qo‘lqovushtirib qushbegining yaqinig‘a cho‘kkaladi. Ahmadxon bo‘sh laganni dasturxoni bilanko‘tarib qushbegi kirgan eshikdan chiqdi.— Kechagi o‘g‘rilar nima bo‘ldi, qo‘lg‘a tushirdingizmi?— Davlatlari ko‘lankasida... O‘g‘rilardan bittasi tutildi, davlatlari yori1 bersa qolg‘anlariham ushlanur, deb o‘ylayman.— Boshqa nima xabarlar bor?Qo‘rboshi yuziga jiddiylik holati berdi:— Davlatlari yori bersa hukumatimiz uchun qo‘rqunch bo‘lg‘an buzuqilar uyasinitopqandekman, — dedi.Qushbegi o‘ziga o‘ng‘aysizliq bermakda bo‘lg‘an qilichini tizasiga olib hamonsovuqqonliliq bilan so‘ra-di:— Qanday buzuqilar uyasi?— Qanday buzuqilar uyasi bo‘lsin, taqsir, — dedi qo‘rboshi, — dunyoda qorachoponliqlardan ham kuchlirak buzuqilar bo‘ladimi?Qushbegi ko‘tarilinqirab oldi va ko‘zlari bir oz kattaroq ochildi:— Xo‘sh?37

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Ma’lumingiz, ulardan Azizbek bilan Yusufbek Toshkandda bilfe’l isyon chiqaribyotadirlar. Biroq ular shuning o‘zigagina qoniqmay, Marg‘ilonni ham buzish fikrigatushkanlar va shu maqsadda bu yerga odam ham ko‘ndirganlar.— Odami kim, tanidingizmi?— Tanidim, taqsir, — dedi qo‘rboshi mag‘rur bir ohangda, — Yusufbek hojining o‘g‘liva o‘zimizning Marg‘ilondan ham yana bir necha buzuqilar.— Yusufbek hojining o‘g‘li?— Taqsir... ismi Otabek.Qushbegining ko‘zi yondi... Manglay etlari tirishib, so‘l qo‘l bilan soqolini tutamlabfikrga ketdi. Bu xabar unga boshqacha ta’sir bergan edi: Toshkandning Qo‘qong‘a qarshiisyon qilg‘an bir zamonida, isyonchi-lardan biri ham birinchisi bo‘lib tanilg‘an Yusufbekhojidek bir kimsaning o‘z o‘g‘lini Marg‘ilonga yuborib, bunda ham isyon chiqarish qasdidabo‘lmog‘i uningcha juda yaqin va shubhasiz edi.— Ul hozir qayerda turadir?— Mirzakarim qutidor ismlik bir kishinikida.— Mirzakarim bilan qanday aloqasi bor emish?— Barakalla, taqsir, — dedi qo‘rboshi, — Otabekning Marg‘ilondan topqan eng yaqinkishisi shu qutidordir. Mundan bir necha kun ilgari Otabekka o‘z qizini berib kuyav hamqilibdir. Aytishlaricha, Otabekning barcha rejalari shu qutidor bilan kengashib bo‘lar ekan.— Ularning tevaragiga kimlar yig‘ilg‘an?Qo‘rboshi qo‘ynidag‘i yozuvni olib qushbegiga uzatdi:— Hozircha menga ma’lum bo‘lg‘an buzuqilar shunda.Qushbegi yozuvg‘a ko‘z yugurtirib ro‘yxatdagi kishilarni darhol keltirishga buyurdi.Qo‘rboshi qulliq qilib chiqg‘ach, yana bir qayta yozuvni o‘qub fikrga toldi.* * *O‘tabboy qushbegi1 hozirgina ichkari o‘rdadan qaytib chiqg‘an edi. Shu oradaqo‘rboshi kirib unga qulliq qildi:— Keltirdim, taqsir. Biroq ikkisini topolmadim.Qushbegi chidamsizlik bilan:— Otabekni-chi? — deb so‘radi.Qo‘rboshi muzaffarona javob berdi:— Tutdim, taqsir, qutidorni ham.— Olib kiringiz.Qushbegi tinchlandi, qo‘rboshi dahlizdan tashqarig‘a ishorat berdi va qaytibqushbegiga ruxsat qullig‘i ado qildi va undan izn olib o‘lturdi. Eshikdan ikki qurollik yigitmuhofazatida Otabek va qutidor ko‘rinib bekka qulluq qildilar. Qushbegi yarog‘liq yigitlarniqaytishg‘a buyurib, gunohkorlarni yovoshg‘ina qilib o‘z oldig‘a chaqirdi. Otabekdatushunmaslikdan boshqa o‘zgarish sezilmasa ham qutidor juda qo‘rqqan, rangi o‘chkan edi.Ikkisi tenglikda qushbegiga qarshi cho‘kkaladilar. Otabekni ortiqcha bir diqqat bilan ko‘ztegidan o‘tkargach, qushbegi so‘radi:— Otabek degan sizmi?— Taqsir, man.— Toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘lisiz?— Taqsir.— Hozir Marg‘ilonda turasizmi?— Taqsir.— Marg‘ilon kelganingizga ko‘b bo‘ldimi?— Qirq kunlar chamasi.38

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Marg‘ilonga nima yumish bilan kelgan edingiz?— Savdogarchilik bilan, taqsir.— O‘zingiz yolg‘izmi?— Bir kishim bor edi.Qushbegi qo‘lidagi ro‘yxatka qarab oldi va davom etdi:— Hasanali kim bo‘ladir?Otabekdagi boyag‘i tushunmaslik bir shubhaga alishindi. Ammo parvosizcha javobiniberaverdi:— Qulimiz bo‘ladir, Toshkanddan kelgandagi yo‘l-doshim shu siz aytkan Hasanali edi.— Hasanali bu kunda qayerda?— Marg‘ilonda.— Siz bilan birga turadimi?— Yo‘q. Saroyda bir muncha mollarimiz bo‘lar edi, saroyda mollarg‘a qarab turadir.— Bu kishi kimingiz?— Qayin otamiz.— Ko‘bdan berimi?— Bu kun sakkizinchi kun...— Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi?— Yo‘q.— O‘zingiz toshkandlik bo‘laturib nima majburiyat ostida Marg‘ilondan uylandingiz?Bu savoldan Otabek bir oz o‘ng‘aysizlanib to‘xtadi. Ammo bu o‘ng‘aysizlanishdanqushbegining oldida boshqa bir haqiqat ochilg‘andek bo‘ldi:— Javob beringiz.— Taqdir, taqsir.Qushbegi bir oz o‘ylab olib yana savol berdi:— Marg‘ilonda kimlarni taniysiz?— Marg‘ilonda uch-to‘rt kishidan boshqa odamni tanimayman.— Akram hojini tanirsiz?— Taniyman. Uning bilan bir necha majlislarda o‘lturishkan edim.— Bu kunda Akram hoji oshnangiz qayerda?— Bilmadim, taqsir, — dedi va qayin otasig‘a qaradi.Qutidor javob berdi:— Akram hoji bu kunlarda Andijonda bo‘lsa kerak, taqsir.— Xo‘b. Otabek, siz javob beringiz: Akram hoji bilan bo‘lg‘an majlislaringiz kimnikidaedi?Otabek bunday so‘roqlarning bekorga emasligini payqab, buning tegida qanday bo‘lsaham bir gap borli-g‘ig‘a ishondi:— Birinchi majlisimiz mundan bir oy chamasi burun Ziyo aka deganning uyida,ikkinchisi (qutidorg‘a imo qilib) bu kishinikida bo‘lg‘an edi. Shu majlislarda Akram hoji hambor edi.— Ziyo akanikida bo‘lg‘an majlisingizga kimlar ishtirok qildi?— Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor), — dedi va bir oz o‘ylanib oldi, — Ziyoakaning o‘g‘li — Rahmat, Akram hoji, Hasanali, Homid ismlik yana bir kishi.Homid ismini eshitkan qo‘rboshi tasdiq qilg‘andek bir harakat yasab qo‘ydi. Qushbegiqo‘rboshig‘a yer tegidan ko‘z yuborib oldi-da, davom qildi:— Ikkinchi majlisingizda kimlar bo‘ldi?— Ikkinchi majlisimizda boyag‘i kishilargina bo‘ldi. Faqat Homid yo‘q edi.— Boya, Marg‘ilon kelganimga necha kun bo‘ldi, dedingiz?— Qirq kunlar chamasi.39

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yaxshi, — dedi qushbegi, — aytingiz-chi, qirq kunlab Marg‘ilonda qolishingizningsababi nima edi?— Ma’lumki, hozir Toshkand qamal (muhosara) holatidadir. Shunday vaqtdaToshkandga qaytish o‘zi aqlsizlik bo‘lar edi.— Qorachoponchi bo‘lg‘aningiz uchun, — dedi istehzo qilib qushbegi, — qipchoqog‘aynilardan qo‘rqdin-gizmi?— So‘zingizga tushunolmayman, — dedi kulib Otabek. Bu gapni oddiy kishigaaytkandek qilib so‘zladi. Qutidor uning bu aytkan gapidan emas, kulishidan nihoyatdarajada qo‘rquvg‘a tushib o‘zida issiqliq-sovug‘liq bir holat his etkan edi. Hokimlargagarchi to‘g‘ri bo‘lg‘anda ham dag‘alroq so‘z aytish o‘limni tilash bilan teng edi. O‘tabboyqushbegi zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ularning ta’siribunda ham bor edi. Otabekning bu gapidan qizishdi:— Qipchoq dushmani bo‘lg‘an otangiz Yusufbek hojini unutdingizmi? Otangizning sizgabergan vakolati qayerda qoldi?— Qipchoq dushmani kim, otam kimga qanday vakolat bergan, xudo haqqi uchunochib so‘zlangiz, yo‘qsa yorilaman, taqsir!— O‘zingizni tag‘ofulga1 solmangiz, bek yigit, — dedi qushbegi, — otangizning kimekanini, sizni Marg‘ilonga nima uchun yuborg‘anini, qutidor bilan munda qanday ishlarqilmoqda bo‘lg‘anlig‘ingizni, barchasini hujjatlari bilan bilamiz. Siz marg‘ilonlik og‘aynilarniqipchoqlarg‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lasiz, buni ham yaxshi bilamiz!..OtabekQutidorOtabek azbaroyi bo‘g‘ilib ketkanidan ko‘kimtil tovlang‘an, qutidor bezgaklardek titrayboshlag‘an edi. Otabek o‘zini kuch bilan yig‘ishtirdi:— Bunda zo‘r tuhmat bor, taqsir, — dedi, — otamni qipchoq dushmani va meniMarg‘ilon og‘aynilarini isyonga hozirlash uchun kelgan, deb o‘ylaysizmi?— O‘ylamaymiz, ammo yaxshi bilamiz. Qutidorning sizga nima uchun qizini berib,kuyav qilg‘anig‘a ham yaxshi tushunamiz.Qutidor suratdek qotib qoldi, Otabek bo‘lsa o‘zidagi hayajonni kuch hol bilantarqatishg‘a tirishar edi. Qushbegi bilan qo‘rboshi bu ikki gunohkorni ta’qib etar, ulardagihar bir harakatni o‘zlaricha bir narsaga yo‘yar edilar.Uch-to‘rt daqiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi:— Biz bu daqiqada sizning fikringizcha go‘yo bir ig‘vogar, go‘yo bir isyonchi bo‘libtanilib turibmiz, — dedi bek, — chindan ham shundog‘ kishilarmizmi, yo‘qmi, buni albattasizning tekshirishlaringiz, haqiqat-laringiz ko‘rsatar. Men sizning qilichingiz ostida o‘lim-danqo‘rqib yoki sizga xushomad uchun so‘zlamay hukumat kishilarimiz orasida tushunadirg‘anbir odam bo‘lg‘anlig‘ingiz vajidan otamning ham o‘zimning qanday fikr va maslak kishisiekanligimizni aytib o‘tmakchi bo‘laman: biz na qipchoqlarg‘a tarafdor bir kishi va nashaharlik og‘aynilarg‘a. Bu ikki firqa1 bizning nazarimizda bir-birisidan mumtoz, idora ishidabiri-biridan ortiqroq xalqlar emasdir. Shunga binoan Turkiston xalqlarining istiqbollarini buikki firqaning bittasiga havola qilish baayni qo‘yni bo‘riga topshirish qabilida bo‘ladir. Negadesangiz, har ikki tomonning ish boshig‘a intilgan kishilarining ko‘kragiga qo‘l solibko‘rsangiz, birisining faqat el talamoq, boyliq ortdirmoqqag‘ina bo‘lg‘an g‘arazini,ikkinchisining ko‘rkli xotinlar, yuqori turmishlar uchun bo‘lg‘an maqsadinig‘ina ko‘rib, ikkioradan «elni tinchitay, el ham rohat-tirikchilik qilsin» degan uchunchi bir oliy maqsadnicharog‘ yoqib axtarsangiz ham topolmassiz. Mana biz, taqsir, shu keyingi ishda ko‘rilmasaham faqat shirin xayollardagina yurgan oliy firqag‘a o‘zimizda tarafdorlik his etamiz.Otamning Azizbekka yaqin turishi qipchoq dushmani, qora chopon tarafdori bo‘lg‘anidanemas, balki boyag‘i maslakka bir xizmat qilmoq uchundir. Taassufki, otamning Azizbekdanbo‘lg‘an umidi bo‘shka ketdi: bu kun ul o‘zining yaramas xayoli yo‘lida xondan yuz o‘girdi40

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyva bu orada qancha gunohsizning qoni to‘kilishiga sabab bo‘lmoqdadir. Manim buso‘zlarimga ishoning-ishonmang, ixtiyor albatta sizdadir. Ammo bundog‘ eng jo‘n bo‘htonbilan qoralanishimg‘a vijdonim qarshisida so‘ng daraja muazzabman2, taqsir!Qushbegi Otabekning bu gaplaridan yaxshig‘ina taraddudga tushkan edi, ammo —«Azizbekning otalig‘i va kengashchisi» bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi uningmiyasini qotirg‘an, balki, bu gaplar shunday ehtimollarga qarshi dastur qilib berilganbo‘lmasin, degan fikrga kelgan edi. Otabekning yuqoridag‘i gaplaridan so‘ng bo‘lg‘anundagi o‘zgarish ham faqat bu ishni yaxshilab tekshirish va hozirdan bir hukmbermaslikkina bo‘ldi.— Har holda sizning yaxshi niyatlik kishilar bo‘lmag‘anlig‘ingiz ko‘zimiz o‘ngidadir, —dedi qushbegi,— shuning uchun to haqiqat oshkor bo‘lg‘unchalik har ikkingiz zindondaqolarsiz.Otabek bir so‘z aytmay sukut qildi. Qutidor «chora yo‘qmi?» degandek qilib kuyavigaqaradi. Qushbegining ishorati bilan yigitlar hozir bo‘lib, gunohkorlar zindonga jo‘natildilar.Qushbegining — «Ertaga uyida majlis qurilg‘anlarni va bu majlisda ishtirok qilg‘anboshqalarni ham qo‘lg‘a olib, huzurimga keltiringiz!» degan amridan so‘ng qo‘rboshi hamruxsat olib chiqdi.14. NAJOT ISTAB TOSHKANDGABu kun sakkiz kundan beriga — «kutilmagan bir baxt» egasi bo‘lib olg‘an Kumushbibiuchun bu hol kutilmagan bir baxtsizlik, kutilmagan bir falokat edi. Endigina «Bekniuylantirdim, suyganiga qo‘shib quvontirdim», deb bu uylantirishning husni va qubhini1tuzukrakkina o‘ylay olmag‘an Hasanali uchun ham bu voqi’a kichkina gap, ozg‘ina qayg‘uemas edi. Ko‘zining oqu qarosi, yolg‘iz qizini maxtovlik kuyavga berib, qizi bilan kuyaviningbir daqiqa ham bir-birlaridan ajrasha olmag‘anlarini ko‘rib ko‘ynagiga sig‘may yurgan Oftoboyim uchun kuyavigina emas, hatto erining ham bu vartaga2 tushmog‘i chiday olarliq birhol emas edi. Kumushbibi o‘zining «kutilmagan bir baxti» uchun ishonmag‘anday bo‘libyurar edi. Chindan ham mundan keyin qaytadan qovishmog‘iga ishonmay qo‘ydi. Hasanali«qutildim» degan edi, yana tog‘dek qayg‘ug‘a tutildi. Oftob oyimning so‘yingani ichigatushdi.Kumushbibi bilan Oftob oyimning bu falokatka qarshi topqan-tutqanlari yolg‘iz ko‘zyoshi to‘kishkina bo‘ldi. Bu falokatning og‘irlig‘i yana o‘zining tog‘dek kattaligi bilanHasanalining ustiga tushdi. Kumushbibi eri bilan otasining najotlarini kimdan kutishnibilmas edi-da, qora ko‘zlarini jiq yoshg‘a to‘latib — «endi nima qilamiz?» degandekHasanaliga termular edi. Qutidor oilasida boshqa er zoti bo‘lmag‘anliqdan Oftob oyimqarindoshlaridan «jonkuyar» deb tanilg‘an kishi Kumushning tog‘asi Ahmadbek bo‘lib, ulham umrining ko‘pini Qo‘qondami, Xo‘janddami o‘tkarar, shuning uchun undan ham yorikutish uzoq gap edi. Mana bu jihatdan ham Kumush va onasining birdan-bir ishon-g‘anlariyana Hasanalining o‘zi edi.Barcha og‘irliq Hasanalining ustida. O‘zingning tug‘ilib o‘sqan yeringda og‘a-inilaring,bilish-tanishlaring bo‘lib har nuchikda ulardan shuningdek og‘ir kunlarda so‘z bilan, ishbilan bir yordam ola bilasan. Ammo bizning Hasanali Toshkandda emas — Marg‘ilonda,musofaratda, kishilarini tanimag‘an bir shaharda. Boshda Hasanali Ziyo shohichi bilanuning o‘g‘li Rahmatdan yaxshig‘ina umid tutkan, har holda ulardan boshqa tayanarliqkishim yo‘q, deb o‘ylag‘an edi. Baxtka qarshi bu fikrdan ham tezda qo‘l yuvdi: Ziyo akabilan Rahmat ham qo‘lg‘a olindilar va Hasanalining o‘zi ham qidirila boshlandi. Hasanali vaKumushbibilarning qayg‘ulari yana bir qat oshti, qo‘rqunchi ustiga qo‘rqunch qo‘shildi.Hasanali ham Otabeklar bilan birlikda birinchi kun qo‘shilib qamalg‘an bo‘lar edi, biroquning saroyda bo‘lishi ulardan ajralib qolishig‘a sabab bo‘lg‘an edi. Qo‘rboshi yigitlari41

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriytomonidan Hasanali ham qidirilib boshlang‘ach, ulardagi «balki bu kun, erta bo‘shatibyuborarlar» degan umid ham bo‘shg‘a chiqdi. Boshda Hasanali o‘z erki bilan hukumatkatopshirilib, mahbuslarga jazo kelsa birlikda tortib, qutilish muyassar bo‘lsa birga qutilishg‘ao‘ylab qarag‘an edi. Uning bu fikriga Kumush bilan onasi qarshi tushdilar: «Sizning ozodyurishingiz mahbuslar uchun balki foydali bo‘lar», dedilar. Hasanalining o‘zi ham ularningra’yini muvofiq topdi. Biroq uning tashvishi ikki qat oshdi: har daqiqa hadukda, qo‘rboshiyigitlaridan qochib yashirinishg‘a, har soat joy yangilashka majbur edi.Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi: Otabeklar negaqamaldilar, qanday gunohlari bor ekan? Otabekning ipidan-ninasiga bo‘lg‘an sirri ungama’lum emasmidi? — Bu jihat bilan o‘ylag‘anda «Qutidorlarning birar ishlari balosiga qoldiyov»,deb fikr qilar edi. Bu falokatni umumiyroq tekshirib boshlasa, xalq og‘zida maqolo‘rnida iste’mol qiling‘an «Ajalingning yetishi qilg‘an yozig‘ingdan1 emas— bek akangningqonsirashi» degan gap ko‘ngliga tushar edida, beixtiyor uflab yuborar edi.Oradan besh kunlab o‘tdi, mahbuslar zindon balosidan qutila olmag‘anlaridek, ularningqamalish sirlari ham hech kimga bilinmadi. Hasanali shu besh kun ichida mahbuslarningnajotlari yo‘lida qora pullik ish chiqara olmag‘anidek, bundan keyin ham bir ish qilaolishig‘a ko‘zi yetmay qoldi. Chunki qo‘rboshi yigitlaridan saqlana olishning o‘zi ham ungakatta vazifa daraja-sida edi.Nihoyat, Marg‘ilonda turish fikridan qaytib, Toshkand jo‘nash xayoliga tushdi. Bukunlarda ham Toshkand tinchsizligi bir taraflik bo‘lmag‘an, hanuz Toshkand Qo‘qonsipohlari tomonidan muhosara holatida ekanligi to‘g‘risidagi xabarlar kelib turmoqda edi.Hasanali bu gaplardan xabarsiz emas, Toshkandga kirib olishning qay daraja qo‘rqunchbo‘lg‘anlig‘i ham uning ko‘z o‘ngida edi. Ish shundog‘ bo‘lsa ham ul Toshkand jo‘nashuchun o‘zida bir majburiyat his etar, najot yo‘llarini endi Toshkanddan izlamasa boshqachora yo‘q edi. Qarorni shunga berib, bu fikrini Kumush bilan Oftob oyimg‘a so‘zladi.Ularda epaqalik bir miya, Ha-sanaliga yo‘l ko‘rsatadirg‘an ixtiyor qolmag‘an, topqanlarifaqat yig‘i edi. Hasanalining «Siz bilan manim qo‘llarimizdan bir ish chiqadirg‘ano‘xshamaydir. Nima bo‘lsa ham men Toshkand borib, najotni o‘sha yerdan izlamasambo‘lmas», deyishiga qarshi Kumushbibi bir xil siniq tovushda:— Marg‘ilondan topilmag‘an najot Toshkanddan topilsinmi? — dedi.— Biz endi shunga majburmiz, qizim, — dedi Hasanali, — qayin otangiz ehtimolbuning birar chorasini topar.— Biz endi shunday qolaberamizmi, agar zolimlar...— dedi-da Kumush so‘zining oxiriniaytalmay o‘krab yubordi. Hasanali ham o‘zini kuch hol bilan yig‘idan bosar ekan, Kumushniyupatdi:— Unday bo‘lmag‘ir xayollarga tushmang, qizim, — dedi, — qushbegi boshqalarg‘aqarag‘anda insoflik hokimdir. Xudo xohlasa, men Toshkanddan qaytquncha ular hamzindondan qutilurlar.Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning samanyo‘rg‘asini belguladi. Ertasi ertalab Marg‘ilonning Qo‘qon darbozasidan birinchi galdachiqg‘uchi Hasanali bo‘ldi.15. TOSHKAND QAMALDABu kun Toshkand qamalining elli birinchi kuni. Sovuq bir oz yumshab tushkan, quyoshochiq havoda harakat etmakda edi. Yerlar erib, hamma yoq shilt-pilt loy, qo‘rg‘onkungiralaridagi qirovlar bo‘g‘qa aylanib ko‘kka ko‘tarilmakda edilar.Bu kun tongdan boshlab, Toshkandning Samarqand darbozasi tomonidan bo‘lg‘anqo‘qonlilarning hujum-lari o‘zlari uchun so‘ng darajada halokat bilan tugalgan. Qo‘qonsipohlari endigi hujumgacha shikastrextlarini tuzatish, yaralarini bog‘lash, damlarini olish42

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyuchun qo‘rg‘on yonidan qayoqqadir, qo‘shlariga1 ketkanlar. Qaramoqqag‘ina emas,so‘zlashka ham dahshat: Kamolon darbozasi bilan Samarqandg‘acha bo‘lg‘an qo‘rg‘onostlari (bu ikki darboza oralari besh yuz adim keladir) boshsiz va ishtondan boshqasitunalgan inson gavdalari bilan to‘libdir. Bu ochiq mozoristonni qo‘rg‘on kungiralari ustidamudofaadan so‘ng charchab, quyoshda jilinib2 o‘lturgan sallalik, qalpoqlik va popoqlikToshkand mudofi’lari ming turlik shodliqlar ichida tomosha qiladirlar. Bu ikki darbozaorasida ikki xil holat hukm suradir — qo‘rg‘on ostlarida jahannam dahshati bilanyalang‘och, boshi tanidan olinib qora qonig‘a belangan odam gavdalari yotib, qo‘rg‘onustida ikkinchi kishilar dunyo shodlig‘i ichida suzadirlar.Qo‘rg‘on ustidagi qahramonlardan bittasi kula-kula bir sarkardani otib o‘ldirganliginiso‘zlab: «Padar la’natini o‘zim xo‘bam otdim-da, otning ustidan uch gaz ko‘tarilib yiqildi!»deydir. Tag‘in bittasi o‘liklar ichidan kimnidir ko‘rsatib: «Ana, ana, hov ana! O‘shaqipchoqqa o‘q tegib o‘lib o‘lalmay, yurib yuralmay ingrab yotqan ekan. Qilichim bilanboshini shartta kesib, belidagi oltin kamari va ustidagi kimxob po‘stunini olib chiqdim!»deydir. Har kim bu kungi urushdagi o‘zining erliklari bilan, qo‘lg‘a tushirgan oltin kamari,yoqut ko‘zlik uzugi, sovsar po‘stuni, kumush qinli qilichi va boshqa o‘ljalari bilanmaxtanadir.Shu vaqtda qo‘rg‘on ustidan qo‘shiq tovshi eshiti-ladir:Zamoning zamon bo‘lsin — yor,Aziz beging omon bo‘lsin — yor.Dardiga davo topmay — do‘st,Normating yonib o‘lsin — yor!1Biz endi shu o‘liklar yoni bilan qo‘rg‘on bo‘ylab bir oz ilgariga yursak olti gazyuksaklikda, besh gaz kenglikda, ikki yoni sakkiz gazlik qo‘rg‘on devori bilan o‘ralg‘an,kunbotarg‘a qaratib qurilg‘an Samarqand darbozasi yonida to‘xtarmiz. Tevaragimizdandushmanning hujum qilish qo‘rqunchi bo‘lg‘anliqdan biz ortiqcha chidamsizlik bilandarbozani qoqa boshlarmiz:— Ochingiz bek aka, tezroq ochingiz!Darboza beklari bizga iltifot qilmay o‘ltura beradirlar. Bizning o‘n besh daqiqaliq jonachchig‘ida qaxshag‘animizdan keyin darbozabonlardan bittasi zerikib sekingina qo‘rg‘ondevoriga chiqadir-da, mo‘ralab bizga qaraydir. Ul bizni aniq toshkandlik bo‘lg‘animizgaishonsa darbozaga solingan nortuyaning boshidek qulfni ming mashaqqat bilan ochib,zanji-rini tushuradir. Biz o‘zimizni ichkariga olg‘ach, darbozabon o‘zining hazmi ko‘targanqadar bizga po‘ng‘illaydilar-da, darbozani berklash harakatiga tushadir. Endi bizdarbozaning hay’atiga qaraymiz: oshlangan qo‘y po‘stagidan po‘stun kiyib, beliga butun birbo‘zdan belbog‘ bog‘lag‘an va belbog‘ig‘a yarim gaz chamaliq kalid osqan, turkmanpopoqlik bir kishi. Shundan keyin biz darbozaning o‘ng tomoniga qarab yuruymiz.Darbozadan o‘n besh adimlar narida, shiyponga o‘xshash to‘rt tarafi ochiq bir binodadarboza beklari gulxan solib, chilim chakib o‘lturadirlar. Biz qo‘rg‘onning osti bilanilgarilashda davom etamiz. Endi biz boyagi mudofi’larni2 ichkaridan ko‘ramiz: mudofi’larqo‘rg‘onning eng yuqorig‘i pog‘onasida o‘zlarining turlik tus va bichiqdagi kiyimlari bilanqaysilari shashvar tutib, qaysilari miltiq ushlab, qo‘rg‘on kungirasiga suyanib, boshlariniquyoshg‘a berib o‘lturadirlar. Qo‘rg‘onning Kamolon darbozasigacha bo‘lg‘an qo‘ruq1o‘rinlari shuningdek mudofi’lar bilan to‘lg‘an bo‘lib, o‘ziga bir turlik ko‘rinish tashkil etadir.Kamolon va Samarqand darbozalarining o‘rta bir yeri bo‘lg‘an qo‘rg‘on ostida kimxobto‘n kiyib, simobi salla o‘rag‘an, beliga kumush bog‘lab, qilich taqing‘an bir bek oldidagi biruyum narsaga ishorat qilib yonidagi bir yigitka nimanidir uqdirmoqda edi. Biz yana ellioltmishadim yurib haligi so‘zlashib turg‘an beklar yaqinig‘a borsaq, qo‘rg‘on tashqarisidako‘rgan dahshatlarimizni o‘zining ko‘lagasida qoldiraturgan yana bir «dahshatlar tepasi»ga43

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyko‘zimiz tushadir-da, qo‘rquvimizdan soatlab hushimizni yo‘qotib qo‘yishga majburbo‘lamiz.Uch-to‘rt yuz inson boshidan turg‘uzilg‘an bir tepa.Qarichg‘a keladirgan uzun soqollar, boshdag‘i xun olud2 siyrak sochlar, bo‘zarg‘anyuzlar, qong‘a belanib, yarim ochiq holda qorachiq o‘rnini qo‘rqunch bir oqliq bosqanko‘zlar dunyoga va shu hayotka la’nat uqug‘andek qaraydirlar. Ayniqsa bir bosh, ehtimolki,hali yigirma yilni ham o‘tmagandir, murti ham chiqmag‘an. Xun olud quyuq qoshlariostidagi yarim ochiq ko‘zlari kimnidir izlagandek qaraydir... Yarim ochiq irinlari ichidagi oqtishlari bilan tilini g‘archcha tishlagan-da, go‘yo shu turmushda, shu besar3 xalq ichidatug‘ilg‘ani uchun «attang» o‘quydir.Bu boshlar uyumi ustida turg‘an qo‘rg‘on begisi yonidag‘i yigitka boshlar orasidan biriniko‘rsatib, o‘z tanishlaridan bir bekning boshi bo‘lganlig‘ini so‘zlaydir. Shu paytda Kamolondarbozasi tomonidan yarog‘lang‘an uchta otliqning ot choptirib kelganlari ko‘rilib, qo‘rg‘onustida o‘lturgan mudo’filar ichida olag‘ovur qo‘pti:— Hudaychi4, Sulaymon hudaychi! — deyishdilar.Hudaychi qo‘rg‘on begi qotig‘a5 yetib, bek hazratlarining hozir yetib kelishlarigabashorat berdi, yana otining boshini burib yigitlari bilan orqag‘a qaytdi. Hudaychiboshiningxabaridan bu kungi ulug‘ muzaffariyatni qutlag‘ali Azizbekning kelishi ma’lum bo‘lar edi.Hudaychi jo‘nag‘ach, qo‘rg‘on begining paytavasiga qurt tushib, tipirchilab qoldi va uyoqdan-bu yoqqa yugira boshladi:— Hoy qo‘rg‘on ustidagi azamatlar! Hozir bo‘lingiz, yasov tortingiz, bek keladirlar! HoyHusaynbek, darbozabonlarga yugir, hozir tursinlar! G‘anibek yuzboshi, siz yigitlaringiznitartiblangiz! Yasovulboshi, hozir bo‘lingiz!Qo‘rg‘onning qo‘ruq o‘rnidagi qahramonlar harakatka keldilar, yuqori qo‘ruqdan birpog‘ona quyig‘a tushib saf-yasov tortdilar. Shovqin-suron orasida qo‘rg‘on begi ot ustidaqo‘rg‘onning u boshidan-bu boshig‘a chopib:— Hozir bo‘l, yigitlar! Tartibingni tuzat, salomga tayyorlan! — deb qichqirib yurar edi.Qahramonlar qo‘llaridag‘i miltiq, shashvar, oybolta, qilich va nayzalari bilan tizilishib oldilar.Safning o‘rta yeridan yashil bayroq ko‘tarildi. Shuning bilan Aziz parvonachining istiqbolig‘alozim va vojib1 bo‘lg‘an barcha tartib va tantanaga hozirlanilg‘an bo‘lindi.16. AZIZBEKOradan uch-to‘rt daqiqa o‘tkandan keyin Kamolon tarafidan bir yuz chamaliq sarkardava yigitlari bilan Azizbek ko‘rindi. Tilla jabduqli qizil ayg‘irg‘a mingan, quyosh yog‘dusi bilanturlik tuska kirib tovlanadirg‘an, yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to‘n kiyib,belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osqan, boshig‘a oq shohidan salla o‘rab,oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak qoshlik, cho‘qqi soqol, bug‘doy ranglik, qirqbesh-elli yoshlar chamaliq bir kishi edi. Uning orqasidan qora otg‘a otlanib, zangorimovutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangchaqistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz, qoramtil yuzlik,ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora soqolliq, ko‘zlari ichigabotig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi kelar edi. Bu kishi Azizbekning amri lashkariva o‘ng qo‘li bo‘lg‘an Rayimbek dodxoh edi. Uning qatoridag‘i ikkinchi kishi kichikroq samanotka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matasidan chopon kiyib, kamar o‘rnigachoponini tugmalagan, boshig‘a katta salla o‘rab, qamchi sopi bilan egarning qoshig‘atakya qilg‘an; to‘la ko‘rkam yuzlik, katta malla ko‘zlik, uzun mosh-guruch soqollikmullanamo bir zot bo‘lib, bu kishi yaroqsiz edi. Azizbek orqasidan kelguchi bu ikki otliqdanso‘ng sipohlar turkumi boshlanib, zangor movutdan tizzagacha tushkan kalta kamzul, qizilmovutdan shim, oyog‘ida sag‘ri etik, boshda Rayimbek dodxohning boshidag‘idek popoq,44

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyammo ust tomoni qizil movutdan, oq qayishdan kamar, so‘lig‘a qilich osilib, o‘ng tomonigato‘fangcha qistirilg‘an har qatorda to‘rttadan otliq kelmakda edilar. Sipohlarning keksaliklarito‘g‘risidagi nuqsonni e’tiborga olinmasa, ko‘rinish muntazam edi.Qo‘rg‘on ustida yasov totqan qahramonlar qo‘l bog‘lab ikki bukilgansumon ta’zim bilanAzizbekni ilgariga o‘tkaza boshladilar. Azizbek ularga qarshi oltin soplik qamchisiniko‘kragiga ko‘ndalang qo‘yib boshi bilan ham javob ishorasi berib oldinlar edi. Shu kezdaboshlar uyumi yonida turg‘an qo‘rg‘on begisi otidan yerga tushib jilovini qovushtirilganqo‘llari orasig‘a oldi. Boshlar uyumi bilan Azizbek orasi qirq-elli ot adimi qolg‘an edi.Azizbek qahramonlarning salomlariga javob qaytarishni ham unutib, ko‘zini kesik boshlargatikdi. Azizbekning orqasidag‘i sarkarda va sipohlar ham bu dahshat uyumiga egarga qiyshiqo‘lturib tomosha qilib kelar edilar. Azizbek kishilari bilan boshlar yonig‘a kelib to‘xtadi.Azizbek bir muncha vaqt boshlarni tomosha qilib turdi-da, qarshida qo‘l bog‘lag‘anqo‘rg‘on begiga qarab iljaydi:— Barakalla g‘ayratlaringizga, — dedi Azizbek, — bu kun qipchoqlarg‘a rustamonajavob berib, o‘zlarini ham itdek qirg‘ansiz. Bunchalik g‘ayrat ko‘rsatkan fuqarolarga rahmat,dunyo turguncha tursinlar!Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo‘rg‘on ustidagi qahramonlarg‘a hammatovshini qo‘yib qich-qirdi.— Bek janoblari bu kungi rustamona g‘ayratlarin-gizga rahmat aytib, haqlaringizgaduo qiladirlar!Mudofi’lar dunyoni buzib javob berdilar:— Qulliq taqsir, qulliq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdankam bo‘lmasin!Azizbek qamchisini ko‘ndalang qo‘yib mudofi’larga qulliq qildi va hudaychiga buyurdi:— Qo‘rg‘on begiga kimxob to‘n, yuzboshilarg‘a atlas chopon, boshqa yigitlarga uchtangadan pul in’om beril-sin.Hudaychining xabaridan so‘ng mudofi’lar javob qaytardilar:— Davlatlari ziyoda bo‘lsin!Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib hudaychi yonig‘a yetdilar. Birotning ustiga choponlar ortilg‘an, ikkinchi otdag‘i katta xurjinning ikki ko‘zi liq tanga edi.Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi. Qo‘rg‘on begito‘nni kiyib Azizbek haqiga uzun duo qildi. So‘ngra hudaychi bir yigitka to‘n qo‘ltiqlatib,ikkinchi yigitka tangalardan oldirib qo‘rg‘on begi bilan birga qahramonlar yonig‘a chiqdi.Qo‘rg‘on begining ko‘rsatishicha kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulashilibboshlandi.Azizbek ot ustida boshlar uyumi tevaragida aylanib Rayimbek dodxoh va ola-bayroqto‘nlik kishiga o‘zining tanish sarkardalaridan bo‘lg‘an kimlarningdir boshlariniko‘rsatmakda, tirik vaqtlarida nima ishlarda bo‘linib va qora choponlilarg‘a qanday zulmlarqilg‘anlarini so‘zlamakda edi. Azizbekning bu gaplarini Rayimbek dodxoh samimiy eshitsaham olabayroq to‘nlik odam «taqsir, taqsir» bilan javob berib, boshlar uyumidanjirkangansumon egarining qoshig‘a ko‘zini tikib turmoqda edi.Yarim soatlik bir fursatdan keyin qo‘rg‘onning boshdan-oyoq yasov tortqanqahramonlariga in’omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o‘zining quruq xurjini bilan Azizbekqotig‘a kelib qulluq qildi. Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘an qo‘rg‘on begidan so‘radi:— Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi?— Davlatingiz soyasida, taqsir.— Qipchoqlarning bu kungi hujumi qay vaqtda bo‘ldi?— Tong yorir-yorimas Oq tepa1 tomonidan to‘p ota boshladilar, — dedi qo‘rg‘on begi,— o‘n besh daqiqa o‘tar-o‘tmas otliq qipchoq qo‘shinlari ko‘rinib Samar-qand darbozasigayugirdilar. Shungacha men ham davla-tingiz soyasida ikki darboza oralarig‘a merganlarni45

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyayratqan edim. Boshlab Samarqand darbozasi qo‘rug‘idan otishg‘a buyurdim. Merganlaro‘n besh daqiqa orqa-sini uzmay miltiqqa o‘t berib turdilar. Qipchoqlar bizning tomondanotilg‘an miltiq o‘qlarig‘a chidalmay, Samarqand darbozasini tashlab, Kamolon darbozasigayuzlandilar. So‘ngra davlatlari ko‘lankasida Kamolon qo‘rug‘idag‘i merganlarni ishkaqo‘ydim. Bir soat chamasi otishqandan so‘ng yov bizning o‘qimizg‘a chidalmay, ikki darbozaorasida uch-to‘rt yuz o‘lik qoldirib, qochishg‘a majbur bo‘ldi. Bizdan yolg‘iz besh kishi o‘lib,to‘qqiz kishi yaralandi.Azizbek juda zavqlang‘an edi, yana bir qayta barakalla o‘qub, so‘radi:— Normat qipchoq ko‘rindimi?— Yo‘q taqsir: qo‘rg‘on yaqinig‘a yo‘lamadi, yo‘la-g‘anda...— O‘shanga hozir bo‘lmoq kerak.— Davlatlari yori bersa, albatta bizning muddao ham shunda...Azizbek o‘z og‘zi bilan mudofi’larga «Men sizlardan rozi!» deb qichqirdi vamudofi’larning qiy-chuv duolari ostida sipohlari bilan Samarqand darbozasiga tomonharakat qildi.Bu kun Azizbek g‘olibiyat daldasida qo‘rg‘onlardan bir aylanib chiqmoqchi edi. Shuninguchun Samarqand darbozasidan o‘tib qo‘rg‘on osti bilan Chaqarg‘a qarab yurishdilar.Qo‘rg‘on Chaqarning chuqur jarlik arig‘ig‘a taqalib tugalar edi. Chaqar suvi ustiga qo‘rg‘ontiklash mumkin bo‘lmay, jarning usti qo‘rg‘ondan tabi’iy bo‘sh edi. Ammo jarning narigitomoni bir tepadan iborat bo‘lib, janub biqini ma’lum Chaqar suvi bilan, g‘arbi Bo‘z suv vaKo‘kcha arig‘i bilan o‘ralg‘an burun kabi bu tepa qo‘rg‘onsiz ham dushmanning hujumigao‘ngg‘aysiz edi. Tepa ustida sipoh turishi uchun bir necha binolar soling‘an, janubi-g‘arbig‘aqaratib bir, g‘arbg‘a qaratib bir va shimoli-g‘arbig‘a qaratib yana bir; barisi uchta to‘pqo‘yilg‘an edi. Bu tepa ustida doimiy to‘pchi va qorovullar turar edilar.Azizbek sipohlari ila jarga tushdi va suv kechib haligi tepaga yuzlandi. To‘pchi,qorovullar ko‘zdan kechirilib, ularga bir necha tangadan in’om berildi. Shundan keyintepaning kun chiqishig‘a qarab qaytdilar. Chunki tepaning boshqa tomonlari yuqoridaaytilgandek bir necha terak bo‘yi jarlik bo‘lg‘anliqdan Ko‘kcha darbozasiga o‘tish uchunSuzuk ota mozori yaqini bilan Ko‘kcha arig‘ig‘a tushilar va undan keyin Ko‘kchaqo‘rg‘onlarig‘a qaytib kelinur edi.Ko‘kcha qo‘rg‘onlari qo‘rug‘ida anovi qo‘rg‘onlarni-kidek mudofi’lar ko‘b bo‘lmasa ham,yo‘q ham emas edilar. Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qo‘riqchilarni ogohlantirib borar,miltiq, shashvar tutkan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar vaAzizbekning «Rahmat fuqarolarim!» so‘zini eshitib yaxshig‘ina taltayishib qolar edilar. Shuravishda Ko‘kcha, Chig‘atoy, Sag‘bon, Qorasaroy, Taxtapul, Labzax darbozalarini o‘tib, engkeyin Qashqar darbozasiga yetdilar.1 Qashqar darbozasi o‘rdaga yaqin bo‘lg‘ani uchunmunda muhofiz va sipohlar talayg‘ina bor edilar. Ularning salomlariga ko‘milib, AzizbekQashqar darbozasining muyushiga yetkan ham edi, tashqaridan kimningdir darbozanioshig‘ich taq-taq urgani eshitilib, Azizbekning oti hurkibmi, qo‘rqibmi ketiga burulibto‘xtadi. Boshqalar ham to‘xtashg‘a majbur bo‘ldilar. Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘andarboza begig‘a baqirdi:— Nega qarab turasan, darboza ustiga chiq, kim ekan u it?! Darboza begi yuguribqo‘rg‘on devoriga chiqdi:— Taqsir, bir chol!— Darbozangni ochib, ichkariga ol! — dedi Azizbek. Darboza ochildi. Tashqaridansaman otini yetaklab Hasanali kirdida, kutilmagan ish ustidan chiqg‘ani uchun qo‘rqib,Azizbekka salom berdi.17. YUSUFBEK HOJI46

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyRayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabay-roq to‘nlik kishi Hasanalini ko‘rishihamono:— Ha-a-a, bizning Hasanali-ku! — dedi, — kel, Hasan ko‘rishaylik, Otabek esonmi?Hasanali kelib ko‘rishdi, Yusufbek hoji ko‘rishar ekan, Azizbekka dedi:— Bu bizning kishimiz taqsir, Marg‘ilondan keladir.Azizbek labini tishlab qoldi. Chunki darboza taqillatib, otini hurkitkan Hasanalinijallodg‘a topshirish niyati, albatta yo‘q emas edi. Yusufbek hojining so‘ziga javob bermayyo‘lida davom etdi. Hasanali sipohlar orqasidan, Yusufbek hoji Azizbek ketidan o‘rdag‘aqarab yurdilar. O‘rda darbozasiga yetkandan keyin kutib turg‘an o‘rda begi Azizbekningqo‘ltig‘idan olib otdan tushirdi. Azizbek o‘rda ichiga kirmakda ekan, Yusufbek hoji otdanqo‘nib so‘radi:— Menga ruxsatmi, bek?Azizbek yo‘l ustidan hojiga qaradi:— Ruxsat, ertaga choyni o‘rdaga kelib iching.— Yaxshi, taqsir.Yusufbek hoji sipohlardan birining qo‘ltiqlashi bilan otig‘a minib, narida kutib turg‘anHasanaliga qarab yurdi. Sipohlar ham o‘rda ichig‘a ot yetaklashib kira boshladilar.Yusufbek hoji Hasanalining vaqtsiz ham Otabekka qaytishidan tashvishlangan vaqanday bo‘lsa ham bir falokat yuz berganiga ishongan edi:— Nega vaqtsiz kelding, Otabek sog‘mi? — deb so‘radi.Yusufbek hoji Hasanaliga yetmasdanoq bu savolni berdi, Hasanali eshitmadimi yoxudeshitsa ham eshit-maganga solindimi, har nuchuk javob bermadi.— Nega indamaysan?— Otabek salomat...— Bo‘lmasa, nega vaqtsiz kelding, Otabek qani?Otabekning qamalishidan xabar berish Hasanali uchun juda og‘ir tuyilgan edi. Nihoyatko‘zidagi yoshini artdi-da:— Otabek Marg‘ilon hokimi tarafidan qamaldi, — dedi.— Nega, nega? — dedi hoji, otidan sachrab yiqilishga yetkan edi. — Sababi nima?— Sababi ma’lum emas.— Astag‘firulloh, — deb qo‘ydi hoji, o‘zini bir oz to‘xtatqan edi.Hasanali Otabekning Marg‘ilon borg‘anidan tortib, qamalishig‘acha bo‘lg‘an hikoyalariniso‘zlab ketdi. Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib o‘tkardi.— Marg‘ilonda turib bir ish chiqarishg‘a ko‘zim yetmagandan keyin Toshkand kelishkamajbur bo‘ldim, — dedi Hasanali va shu gap bilan mojaroni so‘zlab tugatdi. Hoji vaqi’anieshitib, chuqur bir mulohaza ichida borar edi. Uning qanday kishi bo‘lg‘anini Toshkandningyetti yosharidan yetmish yosharig‘acha bilganlikdan guzar va mahallalarda unga duchkelgan kishilar joylaridan turib salom berarlar, hoji bo‘lsa javob qaytarishni bilmas, go‘yokishilarni ham ko‘rmas edi. Nihoyat shu holda ko‘b yurgach, orqasida kelmakda bo‘lg‘anHasanaliga qarab otining boshini burdi va:— Otabek bilan birga qamalg‘anlarni necha kishi deding? — deb so‘radi.— Uch kishi: biri Mirzakarim qutidor, ikkinchi Ziyo shohichi, uchunchi Rahmat.— Yaxshi, sen bu to‘rtavining o‘lturishlarida bo‘lg‘anmiding?— Bo‘lg‘an edim.— Nima va qaysi to‘g‘rilarda so‘zlashdilar, Otabek qipchoqlarg‘a qarshi so‘zlamadimi?— So‘zlamadi. Boshqalarning ham bu to‘g‘rida so‘zlari bo‘lmadi.— Ularning majlislarida bo‘lmagan vaqting ham bo‘ldimi?— Har bir o‘lturishlarida men hozir edim.— Yaxshi, sen ular bilan qay yerlarda o‘lturish-ding?— Birinchi martaba Ziyo akanikida bo‘ldiq, ikkin-chi...47

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— To‘xta, Ziyo akanikida mehmonlar necha kishi edilar?— Qutidor, Otabek, andijonlik Akram hoji, men, Ziyo akaning qaynisi — Homid deganbirav. Ziyo aka va uning o‘g‘li... Hammasi yetti kishi.Yusufbek hoji otining yolini qamchisi bilan tarar ekan, uch-to‘rt daqiqa o‘ylab qolib,so‘ngra so‘radi:— Ikkinchi o‘lturish qayerda bo‘ldi?— Ikkinchi o‘lturish Ziyo akanikidan ikki kun so‘ng qutidornikida bo‘ldi. Bu majlisdaham o‘sha birinchidagi kishilar edilar. Yolg‘iz Homid yo‘q edi.— Tag‘in qayerda o‘lturishdingiz?— Boshqa joyda o‘lturishmadik... Mundan yigirma kundan keyin to‘y bo‘ldi. To‘ydaalbatta bunday so‘zlar gapurishilmaydir.— Ikkinchi majlisingizda kim hali, Homid dedingmi, nega yo‘q edi?— Bilmadim, nega yo‘q edi... Qutidor aytmagan bo‘lsa kerak.— Qamalg‘uchilar: Otabek, qutidor, Ziyo aka, Rahmat, shundog‘mi?— Shundog‘, hoji.— Seni ham qo‘rboshi yigitlari qidirdilar?— Qidirdilar.— Akram hoji Andijon ketkan edi. Shuning uchun uni topolmadilar, shundog‘mi?— Shundog‘.— Homidni-chi?— Uni qidirmadilar shekillik... Otabek qamal-g‘andan so‘ng alla qayerda ko‘rgandekbo‘laman.— Bizga kelin bo‘lmishni, go‘zal, dedingmi?— Ilohi Otabek salomat qutilsin, muhabbat qo‘yg‘anicha bor...— Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekan-mi?— Ma’lum ekan, tillarda doston ekan.— Homid uylangan yigitmi, bildingmi?— Uylangan. Bizning hujraga kelganda, ikki xotini borlig‘ini o‘z og‘zidan eshitkan edik.— Homid sizning hujraga nima uchun kelgan edi? — deb so‘radi hoji, — nega buniboya so‘zlamagan eding?— Esimdan chiqibdir, — deb uzr aytdi Hasan, — Homid Rahmat bilan birga OtabekniZiyo akanikiga taklif qilg‘ali kelgan edi va biz ularga osh-suv qilib jo‘natqan edik. Ammoularning unday-bunday so‘zlari bo‘lmag‘an, to‘g‘rilikcha kelib ketkan edilar.— Yaxshi, o‘sha Homidni sen qanday odam, deb o‘ylaysan?— Qo‘lansa so‘zlik, ichi qoraroq bir yigit edi, — dedi Hasanali, bir oz borg‘ach so‘radi.— Otabekning ishini og‘ir, deb o‘ylamassiz?Hoji javob bermadi. Ul javob bergali ham qo‘rqar edi. Uningcha ish juda nozik,g‘oyatda qo‘rqunch edi. Chunki, Marg‘ilon zindonida yotguchi qipchoq dushmani bo‘lg‘anAzizbek otalig‘ining o‘g‘li edi. Toshkandning isyon chiqarg‘an bir zamonida Otabekdek biryigitning Marg‘ilonda qanday gunoh bilan bo‘lsa-bo‘lsin ushlanishi har jihatdan hammudhish edi.Ul o‘g‘lining qutilishi yo‘lida har bir mulohaza ko‘chasiga kirib chiqmoqda, ammo harbirisidan ham bo‘sh va umidsiz qaytmoqda edi. Eng so‘ng o‘g‘lig‘a hujum qilg‘an bufalokatning tadbiridan aqli ojiz qoldi, miyasi ishlashdan to‘xtadi va shundan so‘ng —«Parvar-digoro, keksaygan kunlarimda dog‘ini ko‘rsatma», dedi va ko‘z yoshlari bilansoqolini yuvdi.— Hasanali, zinhor uning qamalg‘anini onasi bilmasin.— Albatta.Shundan so‘ng otlarini yetaklashib ichkariga kir-dilar.48

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy18. JAR... Bu kun soat o‘n ikkida Otabek ila qutidorning isyonchiliq gunohi bilan dorg‘aosilishlarini jarchi shaharga xabarlab yurar va xalq og‘zida Otabeklarning emish-memishhikoyalari edi.Homid ila birgalashib kirgan mirshabni qo‘rboshi tashqarig‘a chiqmoqg‘a buyurdi-da,Homidni o‘lturishka imladi.Qo‘rboshi nimanidir so‘zlamoqchi bo‘lsa ham, negadir uning tili osonlik bilan harakatkakelmas va o‘zi ham bir turlik o‘ngg‘aysizliqda edi. Nihoyat qo‘rboshi o‘ziga bir turlik jasoratberdi:— Bobolar: «Dunyoniki miri kam ikki» deganlar, — dedi, — to‘g‘risi ham shundog‘:o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir...Tuyg‘un1 Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi:— To‘g‘ri so‘zlaysiz, taqsir, — dedi, — dunyoniki hamisha mirikam ikki, shuyetishmaslik balosidan to‘yib, ba’zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib ketkusi kelibqoladir. Yaxshikim, dunyoda oshna, og‘ayni degan kimsalar bor... Agar shular bo‘lmasachi,kishi allaqachon dunyodan chiqib ketadir. Shuning uchun men og‘aynilarni ko‘zlarimustida tutaman, ularni muhtojliq chog‘larida ko‘rsam, o‘zimni garav qo‘yib bo‘lsa hamehtiyojdan chiqarishg‘a tirishaman.Qo‘rboshi tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yg‘an qilichi-ning ikki tarafidan bosib, birqo‘zg‘alib qo‘ydi:— Bali, bali, mulla Homid, munday og‘aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — deditomoqlarini qirib qo‘ydi. — Shu kunlarda o‘g‘ilchalarning yoshi yetib, sunnati nabiyunani1bajo keltirish taqozo etadir... To‘y keraklaridan ko‘pini tadorik qilg‘an bo‘lsam ham,yetishmagan yerlari ham ko‘b. Shuni sizning kelishingiz oldida o‘ylab o‘ltirar edim...— Bek aka, — dedi Homid va tusiga yasama kulish chiqardi, — siz achchig‘lansangizham aytay: beklar zoti kishiga sira ham oshna bo‘lmas ekanlar. Ayniqsa siz hamono‘zingizning beklig‘ingizga borib, istig‘nongizni2 eskicha olib borasiz... Boshingizdashunchalik qayg‘ingiz bo‘lur emish-da, bir og‘iz menga aytmas emishsiz?Qo‘rboshi Homidning zakovatiga qoyil bo‘lib iljaydi:— Yo‘q, yo‘q, mulla Homid, — dedi, — bu yoqda gap bor: hukumat xizmatidaturg‘aningdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan...— Tuzik, bek aka, ammo manim oshnachilig‘im tamom boshqachadir, — dedi Homidva yonchig‘ini chiqarib bir qo‘lidan ikkinchi qo‘lig‘a oltinlarni sanab tushira berdi.Qo‘rboshining ko‘zi oltinlar ustida o‘ynab bular barakasida qiladirg‘an sunnat to‘yisini,Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasiajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Homid oltinlarniuzatdi, — mana, bek aka, bu arzimagan oltin xolis oshnalig‘imizning bog‘lanishidir, yanayetmagani bo‘lsa qarab turmasmiz.Qo‘rboshi titrab, qaxshab oltinlarni joyladi. Homiddan nihoyatda xursand edi:— Xo‘sh, mulla Homid, endi bu kungi hangamalardan so‘zlashayliq, — dedi bek. —Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg‘anlari yomon bo‘ldi-da.Bu so‘zdan Homidning yuziga qayg‘irish alomati chiqdi va e’tibor bilan qo‘rboshiningog‘zig‘a qaradi.Qo‘rboshi davom etdi:— Bu ikki begunohning qamalishlarig‘a ham o‘sha yaramas sabab bo‘ldi. Yo‘qsa ularniqamoqqa olishg‘a qushbegi buyurmas edi. Ammo kechagi qushbegiga so‘zlag‘an so‘zingizOtabek ila qayin otasini o‘limga mahkum qilganidek, pochchangiz ila jiyaningizni bir qadaroqlaydilar. Shuning uchun men borg‘an so‘ng bo‘ladirg‘an hukm majlisida ehtimolqarindoshlaringizni qutqazishg‘a muvaffaq bo‘lurman. Har holda qarindoshlaringizning49

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyHomid yana ham o‘ngg‘aysizlanib tushdi, o‘zining ichki sirriga shu choqg‘acha tushunaolmag‘an qo‘rboshig‘a la’natlar o‘qur ekan:— Ayblash, oqlash so‘zlarimning ruhini siz bir yoqqa qo‘yabering-da, ishning ichkitomonini mulohaza qiling, qo‘rboshi aka, — dedi.Xoin ila sotilg‘an ko‘zlar to‘qnashdilarda, bir-birisidan ma’no olishdilar va oraga birnecha daqiqa so‘zsizlik, jimjitlik kirdi. Qo‘rboshi chindan ham bu o‘ringacha Homidningichki sirriga muttali’1 bo‘lmag‘an, qo‘lig‘a kirgan oltinlarni ham yolg‘iz uningqarindoshlarining qutilishlari yo‘lidagi choychaqalar, deb bilar edi. Ammo endi ilgari vahozirda kissaga tushkan oltinlarni Otabek ila qutidorning qon baholari ekanligini sezibvijdoni to‘lqinlanayozdi va mutaraddid bo‘ldi. Qo‘rboshining bu holi Homidni ma’lum ikkiyo‘l ustida qoldirgan edi. Bu ikki yo‘l ustida qolgan Homid sarosima edi. O‘zini jahannamgayuborish va najotka chiqarish ixtiyori qarshisidag‘i bekning qo‘lida edi. Unga tez-tez qararva hol tili bilan unga yana ko‘b oltinlar va’da qilar edi. Bu va’dalarni Homidning yuzidano‘qug‘an qo‘rboshi — «ikki kishining xun baholari!» qichqirmoqqa bo‘lgan vijdon sadosinieshitib o‘lturmadi:— Endi bunga qarshi qanday yo‘llar ko‘zlaysiz?Homid o‘zining najot tomonig‘a og‘ishqanini sezib entikdi:— Qushbegiga qilg‘an ayblash, oqlash yo‘llarimni pochcham ila jiyanimga tushundirishkerak, deb o‘ylay-man.— Tushundirsak, tag‘in yaxshi.— Rahmat, bek aka, undog‘ bo‘lsa vaqt qochirmasdan ularning yonlarig‘a tushib, tohukm vaqtig‘acha uqdira olasizmi?— Mumkin, o‘zingiz tushsangiz yana yaxshi.Homid boshini chayqadi:— Otabek ila qutidorlarninggina emas, hatto pochcham ila jiyanimning ham manim buishlarda ishtirokim borlig‘ini bilmasliklari kerakdir.— Ma’qul. Ammo bunda sizning maqsadingizg‘a qarshi bir gap borkim, hukm chog‘idaqushbegi sizni yo‘qlasa nima bo‘ladir? Bu taqdirda ular sizning bu ishni omilibo‘lg‘anlig‘ingizni bilmaslarmi?Masalaning bu tomoni ham Homid uchun yomon edi. Farishtadek sof holda qolmoqchibo‘lg‘an Homidning bu hol sirrini ochar, yuzidagi niqobini olishg‘a, raqiblar ila yuzma-yuzkelishka majbur etar edi:— Hukm majlisida bo‘lmaslig‘imni uhdangizga ololmaysizmi?— Uhdaga olmoq qiyin, — deb bosh chayqadi qo‘rboshi, — ammo bu birehtimolginadir, chunki, qushbegining bir narsaga qaror bergach, ortiq tekshiribo‘lturadirgan odati yo‘qdir.Homid uzoq o‘ylab turmadi, yuzidagi sovuq bir o‘zgarish ichida:— Mayli, basharti yuzlashmoqqa to‘g‘ri kelganda ham men hozir, — dedi, shundanso‘ng ajralishdilar.19. HUKMNOMAO‘tkir, qonsirag‘an xanjarini beliga osib, oyboltasini ko‘targan jallod qushbegininghukmiga muntazir edi. Qushbegining o‘ng tomonida qo‘rboshidan tortib shahar a’yonlari,qarshisida Otabek, qutidor, Ziyo shohichi va uning o‘g‘li Rahmat — gunohkorlar va ularningorqasida muhofiz yigitlar.Otabek bilan qutidorning gunohlari ulug‘ bo‘lg‘an-liqdan qo‘llarida kishan, Ziyo akabilan Rahmatning qo‘llarida bu narsa yo‘q edi. Qutidorning yuziga o‘lik tusi kirgan, Otabekbo‘lsa garangsigan qiyofatda. Anovilar o‘zlarini bir muncha tetik tutmoqda edilar.51

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyQushbegi o‘zining yozilib qo‘yilgan hukmnomasini qo‘lig‘a olib o‘qishg‘a hozirlandi.Hamma tip-tinch, yerga qarag‘an edi:«Menkim Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi o‘z hukmimni xoqon ibni xoqon janobioliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman...»Xudoyor ismini eshitkuchi a’yon uning ta’zimi uchun o‘rinlaridan turib yana o‘lturdilar.Qushbegi hukmini o‘qudi: «E’timodlik1 bir kishining shahodatiga binoan toshkandlikYusufbek hojining o‘g‘li— Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Azizparvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni hamxon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an Otabekning bu harakati ululamir1 bo‘lg‘anjanobga bog‘iyliq2 bo‘lib, uni, ya’ni Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lini o‘lim jazosi bilan jazolashtaqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yo‘lda ko‘makchi bo‘lib yurgan Marg‘ilon fuqarosiMirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmat bubog‘iyliqdan xabardor bo‘laturib, vaqtida hukumatka ma’lum qilmag‘anlari uchun bir yildanzindon jazosiga mahkum bo‘lurlar!»— Haqsiz jazo, — deb Otabek kulimsirab qo‘ydi... Qutidor bo‘lsa chin o‘lik tusiga kirganedi.Ziyo aka bilan o‘g‘li zindong‘a jo‘natildilar va Otabek bilan qutidor jallod qo‘lig‘atopshirildilarda, shuning ila hukm majlisi tamom bo‘ldi.Oradan o‘n daqiqa chamasi fursat kechkan edi, qushbegining a’yonga so‘zlab o‘lturganhikoyasini tezroq bitishini kutmakda bo‘lgan qo‘rboshi nihoyat chidalmay o‘rnidan turdi va:— Dor ostig‘a borib hukm ijrosi vaqtida hozir turishimg‘a ijozatlari bo‘ladirmi? — debso‘radi. Ul bu so‘zni tugatar-tugatmas o‘rda qorovuli Pirmat ko‘rindi-da, qushbegiga qulluqqildi:— Bir xotin kishi arzim bor deydir, kirsinmi?Qushbegi qo‘rboshig‘a ruxsat ishorasini berib, Pirmatka dedi:— Kirsin.O‘xshamag‘an yerda bir xotinning arzga kelishi qo‘r-boshining ko‘ngliga shubha soldi.Majhula3 xotinning qanday arzi bo‘lg‘anlig‘ini bilib ketishka tilasa ham qushbegidan ruxsatolib qo‘yg‘ani uchun mahkamadan chiqishga majbur edi. Qo‘rboshi mahkama eshigidandahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o‘ralg‘an bir xotin qushbegi to‘g‘risig‘a to‘xtab,bukilib ta’zim qildi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchunqo‘rboshining boyag‘i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko‘zidan yo‘qolib turishmaqsadida o‘zini eshikning orqasiga olib ketmay to‘xtadi.Xotin shoshilib kavshini yeshdida, eshik ostida nimanidir paranji ichidan oxtarindi.Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:— Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, — dedi.Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib unga nimadir berdida, orqasig‘a qaytibeshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt buklangan bir qog‘oz edi.Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi...— Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunoh-sizning qonlarig‘a botarsiz!Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarash-dilar. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlariniochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi. Maktubnio‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan edi. Oxirda qushbegimaktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi:— Pirmat, Pirmat!Pirmat yugurib kirdi.— Labbay, taqsir!Qushbegining tovshida shu choqg‘acha eshitilmagan bir holat bor edi:— Darrov haligi osilish uchun yuborilg‘an gunoh-korlarning orqasidan ot bilan yugir!Dor ostidan bo‘lsa ham qaytarib kel! Buyrug‘imni qo‘rboshig‘a aytsang unar!52

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyPirmat qulliq qilib dahliz tomong‘a qaradi:— Qo‘rboshi ham shu yerdalar, — dedi.— Chaqir!Dahlizdan qo‘rboshi kirib qulliq qildi.— Xizmat, taqsir.— Yaxshi, siz ketmagan ekansiz, — dedi qushbegi, — Pirmat bilan borib, darholboyag‘i gunohkorlarni qaytarib kelingiz.Shubhasini bekorga bo‘lmag‘anini sezgan qo‘rboshi yonida tik turg‘uchi xoting‘a qaraboldi:— Sabab, taqsir?— Sababini surishtiradigan vaqt emas, chop dedim, chop!Qo‘rboshi qulliq qilib Pirmat bilan chiqdi. Uning keyinidan qushbegi «padar la’nat» debso‘kinib a’yonlarga qaradi. Endi xotinning hayajoni bir oz bosila tushkan edi. Qushbegiqo‘lidag‘i xatni yana o‘qushg‘a tutindi. A’yoni shahar bunchalik ishka yaragan qushbeginingqo‘lidagi maktubga va uni keltirguchi xotinga qarashmoqda edilar. Qushbegi maktubniikkinchi martaba o‘qub chiqib xotinga qaradi:— O‘lturingiz, singlim, — dedi.Xotin o‘ltirmakchi bo‘lg‘an edi paranji ichidan uning atlas ko‘ylaklari va nafis oq qo‘llariko‘rinib ketdi. Qushbegi yer ostidan xotinni kuzatdida, qo‘lidag‘i maktubning orqa, o‘nginitekshirib qaradi. Maktub anchagina uring‘an, qog‘ozi shaloqlang‘an edi. So‘ngra xotindanso‘radi:— Qutidor bilan Otabekning kimi bo‘lasiz, singlim?— Qutidorning qizi, Otabekning xotini.Bu so‘zni eshitkuchi a’yon bir-birlariga qarashib qo‘ydilar.— Buni nega ilgariroq olib kelmadingiz?Qushbegining bu savolidan Kumushbibi qo‘rqunch bir ma’noni ongladi. Go‘yo «isho‘tkan so‘ng kelibsan» degandek tushungan edi. Shuning uchun ul titroq bir ovoz bilanso‘radi:— Endi yaramaydimi?— Yo‘q, yo‘q, qizim, — dedi qushbegi, — men nega kecha va o‘tkan kunlarda olibkelmadingiz demakchiman.Kumushbibi bir entikib qo‘ydi va o‘zini to‘xtatib:— O‘zim ham bu maktubni shu bukun ko‘rdim, — dedi.— Maktubni ilgari ko‘rmagan edingizmi?— Ko‘rmagan edim.— Maktub qaerda ekan?— Uning eski kamzulining cho‘ntagida ekan1.Shu gapdan keyin qushbegi maktubni o‘ziga yaqin o‘lturg‘an Azim ponsad boshig‘auzatdi:— Siz ham o‘qub ko‘ring-chi, ponsad, — dedi va Kumushdan so‘radi, — o‘qug‘anmisiz?— O‘qug‘anman.— Eringizning hukumatka qarshi harakatini ilgari ham bilar edingizmi?— Qanaqa harakatini?— Masalan, biz otangiz bilan eringizni nima uchun osmoqchi bo‘ldiq?— Haqsiz, gunohsiz!— Bu maktub bilan eringizni o‘limdan qutila olishini sizga kim aytdi?— O‘zim bildim.— Bo‘lmasa ilgaridan eringizning o‘sha harakatini ham bilar ekansiz-da?— Yo‘q, taqsir, — dedi Kumush. Qushbegining maqsadig‘a endi tushunib olgan edi, —men onam bilan to shu kungacha ularning nima gunoh bilan qamalg‘an-larini bilalmay53

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyhasratda edik. Faqat bu kun kishilarning og‘zidan eshitib bildikki, siz uni Toshkanddanisyon chiqarg‘ali kelguchi, deb gunohkor qilur ekansiz. Onam bilan manim baxtimgakutmagan joydan mo‘’jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga yugirdim... —Kumush so‘zini tugata olmadi, chopishidan halloslagan Pirmat dahlizdan ko‘rinib, bekkaqulluq qildi:— Dor yonidan qaytishdilar!Kumushbibi sachrab Pirmatning yuziga qaradi va uzoq tin olib qo‘ydi. Shu choqg‘achaxat o‘qub o‘lturgan ponsadboshi maktubdan yaxshi asarlangan edi. Maktubni yonidag‘ig‘aberar ekan, qushbegiga dedi:— Bu xat toshkandlik Yusufbek to‘g‘risidagi fikri-mizni tamom o‘zgartadir, taqsir! UningAzizbek tomonliq bir kishi ekanligi Farg‘onaning har bir xos1 va omi og‘zida naql qilinsaham ammo hech bir kimsa uning ichiga kirib chiqmagandir. Har kimning ko‘nglidaginiyolg‘iz bir xudodan boshqa kim bilsin!«Yov qochsa botir ko‘payar» qabilidan shu choqg‘acha lom demay o‘lturgan shahara’yonlari ham masalani onglab, so‘zga aralasha ketdilar:— Xudo haqni nohaq qilmadi, bechora yosh yigitning haqsizga qoni to‘kilmadi.— Qutidordek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql hambovar qilmas edi.Go‘yo bu so‘zlar Kumushbibining o‘chkan charog‘ini qaytadan yoqarlar, umidosmonining yo‘qolib, yashi-rinib ketkan yulduzlari yana qaytadan o‘z o‘rinlariga kelibqo‘ng‘andek bo‘lurlar, uning ko‘z o‘ngida joy olgan qoraliqlar shu yoqila boshlag‘an najotsham’lari partavi bilan o‘z-o‘zlaridan yo‘qolg‘andek ko‘rinarlar edi.Dahliz eshigi ostida bir durkum oyoq tovushlari eshitilib qo‘rboshi ko‘rindi.— Kelishdilar, taqsir, kirsinlarmi?Qushbegi javob berish o‘rniga maktubni olib ko‘rpacha ostig‘a yashirdi vaKumushbibini tanbihladi: «Majlisda manim ruxsatimdan boshqa so‘zlashingiz otangiz bilaneringizning o‘limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini bergandanso‘ng qushbegi dahlizda qarab turg‘an qo‘rboshig‘a «Kirsinlar» dedi.Kumushbibi ularni boya yo‘l ustida, yigitlar orasida ko‘rgan bo‘lsa ham biroq dahshatichida faqat o‘rdaga qarab yugira bergan edi. Endi «Kirsinlar» jumlasini eshitgach, yuragiortiqcha sho-pirinib ketdi, uning istiqbolig‘a turishni va bo‘ynig‘a osilib yig‘lashni tilasa-da,qarshisidagi «olabo‘jilar» bunga moni’ edilar. Shu vaqt yigitlar oldida, qo‘llarida kishanbo‘lg‘ani holda Otabek bilan qutidor kirdilar.— Yigitlar, siz chiqingiz! Qo‘rboshi, siz kishanlarni yeshingiz! — deb buyurdi qushbegi.O‘zining mundan keyingi ko‘rguliklarini foji’alar vodiysida ko‘rgan qo‘rboshi boshlabkishan kalidini qutidor qo‘lig‘a soldi. Kalidni burar ekan, uning qo‘li dirdir qaltiramoqda edi.Homidning noma’lum bir g‘arazi yo‘lida qurbon qilinayozg‘an va bu g‘arazda o‘zining hamishtirokining borlig‘ig‘a qoyil1 bo‘lg‘an qo‘rboshi ishni bu yanglig‘ akslanishidan sirningochilg‘anini muqarrar bilib, o‘zini shu soat jallod qo‘lig‘a topshirilishini aniq kutmakda edi.Ming balo bilan qutidor qo‘lini bo‘shatib, gal Otabekka yetdi. Otabek qo‘llarini bo‘shatg‘uchiqo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan bittasi shu kishi bo‘lg‘aninio‘yladi. Garchi o‘zining najoti hali qorong‘u ersa-da, qo‘rboshini bir sinab ko‘rish uchunhamma kuchini ikki ko‘ziga yig‘dida, unga qaradi. Favqulodda dahshat kasb etkan uningko‘zlari qarshisida qo‘rboshining gunohkor ko‘zlari chiday olmadilar-da, yerga boqdilar,Otabekning bu sinashi o‘z fikrining to‘g‘ri bo‘lishi bilan natijalandi.Qushbegining buyrug‘i bilan ikki gunohkor tiz bukib o‘lturdilar. Qo‘rboshi hamto‘rbasini yo‘qotqan gadoydek qushbegining chap yonig‘a, Kumushbibining yuqorisig‘aborib o‘lturdi. Otabek va qutidorning ko‘zlari Kumushbibiga tushkan bo‘lsa ham o‘zqayg‘ulari bilan bo‘lib unga iltifot qilmag‘anlar, hokim mahkamasida paranjilik xotinningnima qilib yurganlig‘idagi favquloddalik ham eslariga kelmagan edi. Dor ostidan qaytish54

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysirri, qo‘ldan kishanlarni olinish sababi ularni juda shoshirg‘an, shuning uchunqushbegining og‘zig‘a qarag‘an edilar. Qushbegi bo‘lsa negadir uzoq o‘ylab o‘lturar, tezdagap ochmas edi. Bu holda butun majlis ahli qabziyatda1, qirq quloq bo‘lib uning og‘zig‘atikilgan edilar. Ammo bu holga qo‘rboshi jonu dildan tarafdor, shu holda bir necha kunlabemas, yillab so‘zsiz qolishni tilar edi.— Otabek, — dedi qushbegi so‘z boshlab, — qo‘lg‘a oling‘an kuningiz menga o‘zingizbilan otangizning qanday kishilar bo‘lg‘aningizni, ya’ni maslakingizni so‘zlag‘an edingiz.Ammo biz o‘shal so‘zlaringizga dalil va isbotsiz ishona olmaymiz. Sizni dor ostidan qaytaribkelishimiz ham o‘shal da’vonigizga birar isbotingiz bormi yoki quruq bir gapmi, debhukmning ijrosini bir oz fursatka to‘xtatishdir. Endi siz o‘shal da’vongizni isbot qila olasizmi?— O‘shal kungi manim so‘zlag‘anlarim, otam bilan manim ichki sirlarimiz edi, — dedibek, — albatta bunga guvoh va isbot topish qiyindir. Agarda otam kelib manim so‘zimniquvvatlag‘anda ham bari bir siz, o‘g‘lini qutqazish uchun so‘zlaydir, der edingiz-da,ig‘vogarlarning gapiga ishonib o‘z hukmingizni qila berar edingiz.Yashindek so‘qqan uning bu so‘zlaridan qushbegi o‘zini arang to‘xtatdi:— Demak, o‘sha so‘zlaringizni isbot qilish uchun hujjatingiz yo‘q?— Yo‘q... Isbot uchun vijdonimdan boshqa shohidim yo‘q.— Yaqin orada Toshkanddan birar narsa olg‘anmi-dingiz?— Ya’ni nima?— Masalan xat.Otabek ko‘b o‘ylay olmadi, butun borlig‘i bilan harakat qilib qichqirdi:— Oldim, oldim! Isbotim ham bor!A’yoni shahar uning bu holiga chidab turolmay ko‘zlariga yosh oldilar.Otabek yana dedi:— Odam qo‘shsangiz men keltiray guvohimni!— Tinchlaningiz, Otabek, — dedi qushbegi, Otabek bir oz o‘zini yig‘ib olg‘andan keyinso‘radi, — nima olg‘an edingiz?— Maktub.— Kimdan?— Otamdan.— Qachon?— Toshkandda isyon boshlanish oldidan.— Undan keyin-chi?— Olmadim.— Otangiz o‘sha xatida nimalardan bahs qilar edi?— Tushunmagan Toshkand xalqini Azizbekning makriga uchkanidan, eng oxirda... —asarlanib to‘xtab oldi, — manim shu holga tushmog‘imni karomat qabilidan so‘zlab, mengabir muncha nasihatlar ham qilgan edi.Otabekning bu so‘zidan keyin ponsadboshi — «endi bo‘lar» degandek qilib qushbegigaqaradi. Qo‘rboshi ersa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borlig‘i uchun o‘zini biroz to‘xtatib qoldi. Qushbegi ko‘rpacha ostidan xatni olib Otabekka ko‘rsatdi.— Bu qanaqa maktub, taniysizmi?Otabek ko‘rguchi ko‘zlariga ishonmag‘andek:— Taniyman, — dedi, — ta’rifini sizga so‘zlag‘a-nim, otam maktubi! Taajjub, bunisizga kim keltirdi, taqsir?Qushbegi yengilgina iljayib Kumushbibiga ishorat qildi:— Najot farishtasi, — dedi. Qutidor bilan bek yalt etib Kumushka qaradilar. EndiKumush ortiq chidab turolmadi:— Otajon, men qizingiz!55

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabekning qulog‘ig‘a eshitilgan bu tovush uning yuragini ingichka yeriga borib tekkanedi. Esini yo‘qotib turg‘an qayin otasig‘a qaramay:— Sizmi, Kumushmi? — deb so‘radi.— Men, men!Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasratlari, alamlari bir-birlariga onglashilg‘an,ikki tovushning bir-birisiga kelib qo‘shilishidan ikkisiga ham til bilan onglatib bo‘lmasliq birhol yuz bergan edi.— Bu senmi, qizim?— Men, otajon!Bu o‘ringacha boshqa bir mulohazada o‘lturgan qushbegi ularning so‘zlarini bo‘lib,Otabekdan so‘radi:— Qulingiz Hasanalini nega shu kungacha topib bo‘lmadi?— Qamalg‘an kunimdan beriga undan xabarim yo‘q, taqsir, — dedi-da, OtabekKumushka qaradi.— Bu kun o‘n ikki kun; Hasanali ota Toshkand ketmishdir, shundan beri undan darakbo‘lmadi, — dedi Kumush.— Toshkand ketishka uni nima majbur qildi? — deb o‘rinsiz bir savol bergan ediqushbegi, Kumushbibi uning nima uchun ketkanligini aytib qanoatlantirdi.Masala yana xat ustiga o‘tib, Otabek qushbegidan so‘radi:— Qo‘lingizdag‘i maktub bilan ehtimol biz oqlan-g‘an chiqarmiz? — Qushbegidantasdiq ishorasini olib davom etdi. — Hozir biz sizning adolatlik hukmingizdan bir narsaniso‘raymiz: ul shuldurkim, bizning to‘g‘rimizda yomon maqsad bilan sizga chaqimchiliqqilg‘uchi ig‘vogar va g‘arazgo‘lar bu majliska hozirlansinlarda, o‘zlarining mash’umkashflarini va yo ko‘rgan-eshitkanlarini isbot qilib bizni qayta boshdan dor ostig‘ayuborsinlar. Bil’aks isbot qilolmas ekanlar, bizga qazig‘an chuqurlarig‘a o‘zlari yiqitilsinlar!Adolatingizdan bizning talabimiz shul! — dedi va qo‘rboshig‘a qaradi. Uning yuzida qo‘rqishva iztirob alomatlari ko‘rdi.— Talabingiz o‘rinlik, — dedi qushbegi, — ammo xasmingizni1 bu majliska hozirlashuchun vaqtimiz ozdir va lekin bu kun uni qo‘lg‘a olarmiz va birisi kun beshovingizni biryerga jam’lab o‘z hukmimizni berar-miz, — dedi. Kumushbibiga yuzini o‘girdi. — Qizim,sizning bunchalik zakovat va jasoratingizga otangiz bilan eringiz har qancha tashakkuraytsalar va o‘zlarining mundan so‘ngg‘i umrlarini sizning baxshishingiz1, deb bilsalar arzir.Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga eringiz bilan otangizni hozirdan boshlab ozodqildim. Ammo Otabek ish bir taraflik bo‘lg‘uncha o‘zining qochmaslig‘i uchun kafil berishkamajburdir.Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil bo‘ldi va qushbegining haqig‘a duoqilib, uchavlari mahkamadan birgalashib chiqdilar.— Ziyo aka bilan o‘g‘li Rahmatni bo‘shatingiz, so‘ngra anovini qo‘lg‘a olingiz! — deganamrni olib, qo‘rboshi ham siljidi. Shuning ila bu kungi hukm majlisi tamom bo‘lib, shahara’yonlari taajjub ichida tarqala boshladilar.20. ISTIQLOL DARDIYetmish kunlik bir muhosaradan keyin uch ming sipohni bir yarim mingga tushurib, biryarim ming sipohni Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon berib, Normuhammad qushbegiquruq qaytishg‘a majbur bo‘ldi.Bu yetmish kunlik qamal vaqtida Azizbekning sodiq fuqarolari bo‘lg‘an toshkandliklaraztahidil unga xizmat qilib, jonbozliq ko‘rsatib, nihoyat qipchoqlarni umidsiz Qo‘qong‘aqaytarishg‘a noil bo‘ldilar. Noil bo‘ldilar, ammo o‘zlari ham yaxshig‘ina bo‘lib qoldilar.Yetmish kunlik bir qamal, yetmish kunlik chetdan va eng ozi qishloqlardan munosabatni56

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyuzib turish, albatta Toshkandni bo‘ldirib qo‘yg‘an edi. Bu yetmish kunlik bir qamalToshkandning hali yig‘ishtirib kira olmag‘an donlarini, ekinlarini yov qo‘lida qoldirdi. Savdoishlari butunlay to‘xtab, savdogarlar zo‘r falokatka uchradilar. Kosib, faqir xalqning holijuda yomon edi: nonsiz, donsiz, kiyimsiz, suvsiz,3 alohozalqiyos4siz bo‘lib eng oxirgichekka yetkandagina qamal balosidan «yaltirasin, qaltirasin» muzaffariyat bilan qutildilar.Xalq o‘zining bu yetmish kun ichida tortqan mashaqqat va azoblarini qipchoqlar ustidanchalg‘an g‘alabasi bilan bir daraja yuv-di-da, kasbiga, ekin-tikiniga urinib ko‘rishni o‘yladi,to‘g‘risi o‘ylay ham olmadi...Azizbek, mundan keyingi Toshkandning mustaqil hukmdori Azizbek! Qipchoqlarg‘achalg‘an g‘alabasi uchun ul terisiga sig‘maydir... Ul endi «Qipchoqlar Toshkandni olibqolsalar...» degan mudhish xavfdan qutilg‘an, ul endi Toshkand va atrofining xoni, xoqoni!Endi duxoba va atlaslar ustidagina o‘lturmoqqa qanoatlanmay o‘z sha’niga, o‘z qudratigamuvofiq tojlar, taxtlar yasamoqchi. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa biro‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilanyer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi!Azizbek endi juda xotirjam’ edi. Qipchoqlarning qaytadan Toshkand ustiga kelishlariniehtimol ham tutmas edi. Chunki o‘zining qipchoqlarg‘a bergan zarbasini ularga yuz yilsizo‘ngg‘alish bermas, deb bilar edi.Hamma ish joyida, lekin bir narsagina ko‘ngilning ingichka yerini jarohatlaydir. Azizbekko‘ziga hozir yorug‘ dunyo qorong‘u, bu qorong‘uliq ichida boyag‘i shirin xayollar,ishlatiladirgan toju taxtlar va boshqalar ko‘rinmay qoladirlar: yetmish kunlik qipchoq urushiming turlik yo‘llar bilan yig‘ilg‘an xazinani barbod bergan, xazina qipchoqlar ustidan g‘alabava istiqlol mastliklari yo‘lida qurig‘an, fuqaroning jon otib, qipchoqlarni qirib yo‘g‘ganlariuchun in’omlarga, ehsonlarga va oziq-ovqatlarg‘a qurbon qiling‘an.Mana shu edi Azizbekning ko‘z o‘nglarini qoron-g‘ulatadirg‘an jarohat!Bu ishning kengashiga emas, berilgan qarorni amalga oshirib berishlik uchun Yusufbekhojiga yigit yuborib, hozir uni to‘rt ko‘z bilan kutib o‘lturar edi. Nihoyat yarim soatlik birkutishdan so‘ng Yusufbek hoji eshik ostidan ko‘rindi. Azizbek odatiy qarshilash yonig‘a birnavozish1 ham ilova qilib, hojiga yuqoridan joy ko‘rsatdi. Bu favqulodda navozish sababinio‘ylamoqqa hojining vaqti yo‘q, chunki o‘zining qayg‘usi o‘ylashqa, fikrlashqa yetarlikdir.Ko‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Otabekning holi nima kechti, qorong‘i zindonlarda, rutubatlik,zax yer ostlarida ochlikdan, tashnalikdan, sovuqlikdan aziz ko‘kragini yerga berib jonberdimikin?— Zolim beklar, qonxo‘r hokimlar, rahmsiz jallodlar, mash’um dorlar va qo‘rqoqxalqlar orasida keksa otasini, mushtipar onasini ko‘ralmay dunyodan ketdimikin?— Mana shunday ming turlik vasvasalar ichida qarshisidag‘i Azizbekni ham unutmoqdaedi. Azizbek bo‘lsa «javohir qadalg‘an tojlar, oltin taxtlar, nozanin parivashlar, dong‘dormahramlar» haqidag‘ina o‘ylar edi.— Hoji, — dedi Azizbek so‘z ochib, — manim sizni o‘rdag‘a chaqirg‘anim sababinialbatta bilmagandirsiz?Yusufbek hoji xayolidan ko‘z ochdi:— Taqsir... chaqirishingiz albatta fuqaroning tinchlig‘i, raoyoning1 rohati,hukumatning barqaror turmog‘i uchundir.Hojining bu so‘zi Azizbekni yashindek urdi. Uning ko‘z o‘nglari qorong‘ilanib, haligishirin xayollar tag‘i qorong‘iliqda yashirindilar. Ul ortiqcha o‘ng‘aysizlandi va tilar-tilamas:— Shundog‘... — dedi va bir oz o‘ylanib qolgandan keyin: — yetmish kunlik qamalbilan xazinamiz juda g‘ariblandi, hatto shu keyingi kunlarda sipohlarning ozig‘i uchun hamqiynalib qoldiq. Mana shu to‘g‘rilarda sizni kengashka chaqirg‘an edim, — dedi.— Ma’qul, taqsir.— Men bu to‘g‘rida bir qarorg‘a ham kelib qo‘ydim.— Qarorlari muborak bo‘lg‘ay.57

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qarorim shundan iboratdirkim, ertadan boshlab yurtka o‘ttuz ikki tangadan soliqsochasiz.Yusufbek hoji yurt besaranjomlig‘i va o‘g‘ul qayg‘usi bilan asabiylashkan edi.Azizbekning bu ablahona qaroriga qarshi qizishdi. Azizbekning bu zolimona buyrug‘ig‘aqarshi qattig‘ so‘zlar aytishka o‘ylasa ham achchig‘ini qanday kishiga aytilishini o‘ylab, o‘zinibir oz yig‘di.— Taqsir, amringizga qarshi tushadirg‘an joyim yo‘q,— dedi, — lekin shunisini bir ozo‘ylamoq kerakki, yurt yetmish kun qamal kechirdi. Onadan tug‘ma azoblar, ochliqlaro‘tkardi va o‘tkarmakda. Menga qolsa bu kunlarda o‘ttuz ikki tanga emas, o‘ttuz ikki qorapul solish ham og‘irdir. Yurt besh-o‘n kun orqa-o‘ngini olsin, so‘ngra... — Hoji so‘zini tugataolmadi, hojining ters so‘ziga chidalmagan Azizbek vahshiylarcha hayqirdi:— Nima deysan?!Hoji ishning bunchalik yomong‘a ketishini o‘yla-mag‘an edi. Shu daqiqada ishningoldini olmasa, endi gap faqat Azizbekning jallod chaqirishig‘a kelib qoldi:— Taqsir, siz yig‘, der ekansiz ertaga emas, bu kundanoq yig‘a boshlayman. Yurt qanibermasinchi? Faqat menga sizning buyrug‘ingiz kifoyadir.Bu so‘z Azizbekka sihr kabi ta’sir qildi, dahlizda turg‘uchi yigit orqaliq jallodchaqirishg‘a jo‘blangan tili o‘z zarariga harakatlandi:— O‘rda begiga ayt, hojiga bir kimxob to‘n chiqarib kiydirsin! — dedi.* * *Yusufbek hoji egnida kimxob chopon bilan o‘rdadan chiqdi. O‘rdadagi «Choponmuborak bo‘lsin!» deb so‘rag‘uchilarg‘a istehzo iljayishi ostida bir turlik muhmal javobberar edi. Ul o‘rda ko‘prugidan o‘tar ekan, boyag‘idek qilib o‘zicha yana bir kulimsirabqo‘ydi va telbalarcha o‘z-o‘ziga so‘zlanib ketdi: «O‘ttuz ikki tangadan soliq yig‘, emish...Bir haftadan keyinga qolmasin emish... Soliq yig‘ishda qarshiliq qilg‘anni darraga yotqizish,muvofiq ko‘rilganda osdirish haqqi ham menga berilgan emish... Go‘yo Yusufbek hamo‘zidek bir qonxo‘rg‘a, bir zolimga aylansin emish... Men qonxo‘rliq uchun xudoning farzqilg‘an hajini ado qilmadim; oldimda o‘g‘lum bor, menda boshqalarning o‘g‘lini darragayotqizish chog‘ida ko‘ndalang keladirgan vijdon bor, din bor, diyonat bor. Bizning xalqniyer yutsin. Azizbekning tulkiligiga uchdida, uning kechagi zulmlarini unutdi, yetmish kunlabbir zamon jon berib, jon olib nihoyat xizmat haqqi uchun o‘ttuz ikki tanga mukofot, engkeyingi burda noningni ham ber!»21. INQILOBYusufbek hoji ustida boyag‘i kimxob to‘ni bilan Shayxantahurning Zanjirlig‘iga yetib,guzarda yig‘ilib o‘lturgan va o‘ziga salom berish uchun o‘rinlaridan turgan xalqqa xitobqildi:— Uying kuysin, musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek, bu kunsenlarga yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikkiyo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki esborida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar!— O‘ttuz ikki tanga!Xalq Yusufbek hojidan bir zarra yomonliq yoki bo‘lmag‘ir bir kengash eshitmagan vashuning uchun ul qayoqqa yursa, shu yoqqa borishqa hozir turar edi. Ayniqsa o‘ttuz ikkitanga dovrug‘i guzar ahlining yuraklarini uyushdirib, buni eshitish bilanoq isyonga qo‘lqo‘ydilar.58

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyBoshlab Zanjirliq xalqi ko‘chalarga chip1 tashlash, Azizbekka qarshi urush hozirligiko‘rish xayoliga tushdi. Yusufbek hoji to Eski Jo‘vaga yetkuncha o‘zining yuqoridag‘i so‘ziniko‘y, guzar xalqig‘a takrorlab kelmakda edi. Eski Jo‘vada azim bir jamoat yig‘ib, Azizbekbilan bo‘lgan mojarosini so‘zladi va ustidagi kimxobni ko‘rsatib istehzo tariqasida:— Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog‘ to‘nlarberar! — dedi.Xalq nihoyatda qizishdi. Go‘yo birisi quvrag‘an to‘qayg‘a o‘t turtdi. Ho‘lu quruqdeganlaridek katta-kichik barobar yonmoqqa oldi.— Yaxshilig‘imizni unutdi, do‘ng‘iz! O‘ttuz ikki tan-gani yaxshilab beraylik biz unga! Ozibir oy o‘tmas-danmi, andishasiz?! — degan so‘zlar eshitila boshladi. Darrov uch kishiniSebzor, Ko‘kcha va Beshyog‘och dahalariga xabar uchun jo‘natildi. Yo qirilib bitish va yoAzizbekni oradan ko‘tarishka fotiha o‘qildi.Orada bir soat ham o‘tmadi, butun do‘konlar yopilib, Toshkand ko‘chalari chiplar bilanto‘ldi. Barcha yarog‘langan, urushka hozir edi. Shaharning olalanish xabari o‘rdaga hameshitildi. Ishni kichkina deb o‘ylag‘an Azizbek shahardan ahvol olish uchun Rayimbekdotqoni elli chog‘liq yigit bilan buyurdi. Ahvol olg‘uchilar Zanjirliqqa yetish bilan naq ishningqay darajaga yetkanini payqadilar: ko‘chalar chip bilan to‘lg‘an, chip orqalari shashvar,miltiq, xanjar, nayza ushlagan olomon bilan liq edi. Rayimbek dotqoning «Chiplarniyig‘ishtiringiz, o‘zlaringiz tarqalishingiz!» deb aytkan yaxshi so‘ziga quloq solg‘uchibo‘lmadi. Dotqo dag‘allik qilgan edi, olomondan bittasi miltiq otib, ikki sipohni yiqib hamqo‘ydi.Kechki soat to‘rtlar, asrdan bir oz ertaroq hukumat askari bilan xalq orasida urushboshlandi. Yarim soatlik otish, chopishdan so‘ng sipohlar Zanjirliq olomonlarini qochirib,Baland masjid chipiga yetdilar. Jon achchig‘ig‘a uchragan Azizbek o‘rdaga bir munchasipoh qoldirib, butun kuchini yig‘ishtirg‘an holda Rayimbek dotqo ko‘magiga yetishdi.Buning ila sipohlar tag‘in ham kuchayib, olomonni Xadraga qarab surishka muvaffaqbo‘ldilar. Xadra chipida qonliq urushlar boshlandi. O‘ttuz ikki tanga soliq xavfida olomonham Beshyog‘och, Sebzor, Ko‘kcha dahalaridan o‘ziga har zamon yarog‘liq yordamlar olibturmoqda edi.Bu kun kechasi Toshkand qon ichida, mahallalarda bo‘lg‘an hukumat kishilari xalqtomonidan o‘ldi-riladirlar, uylariga o‘t qo‘yilib mollari talong‘a tushadir. Shaharning yuraklikyigitlari Xadra chipiga qarab chopadirlar, yuraksiz va keksalar guzar va mahallalargato‘nkalardan gulxan solib, «o‘ttuz ikki tanga» qayg‘usida olomong‘a muzaffariyat tilaydirlar.Yarim kechalar vaqti olomon Xadradan Eski Mis-karlikka qarab surilishka majbur bo‘ldi.Kutilmagan bu surilishlar Yusufbek hojini katta tashvishka solib qo‘ydi. Mundan so‘ngxalqning o‘ziga ishonib turolmay Toshkandni ololmay qaytqan Normuhammad qushbegigayordamga yetib kelish uchun chopar yugurtirdi.Eski miskarlikda ikki taraf ham tong otdirdilar. Ertalab yana qonli urushlar boshlandi.Ammo xalq endi o‘zini ancha tutib qolgan va har daqiqa to‘rt tarafdan yangi kuchlar olibturar edi. Shuning uchun sipohlar bir adim ilgari bosolmay qoldilar. Ammo xalq sipohlarnibossa bosqundek tovranar1 edi. Bu holdan nihoyatda bo‘g‘ilg‘an Rayimbek dotqo qilichyalanglab, sipohlar oldida olomong‘a qarab yugurdi. Biroq uning bu g‘ayrati o‘zi uchunhalokat bilan natijalanib, Usta Mo‘minjon ismlik bir miltiq ustasining otqan o‘qi bilanko‘kragidan yaralanib yiqildi.Rayimbek dotqo Azizbek hokimiyatining tiragi edi. Uning qatlidan so‘ng sipohlardanruh tushti. Hatto Azizbekning buyrug‘ig‘a ham quloq solmay to‘sto‘ska qochib boshladilar.Nihoyat Azizbek ham yonidag‘i qirq, ellik sodiq kishilari bilan qochib, o‘rdaga qamalishg‘amajbur bo‘ldi. Yusufbek hoji boshliq yer va ko‘kka sig‘mag‘an muzaffar xalq o‘rdatevaragini qurshab tushdi. Azizbek tezda berilmagani uchun minglab xalq o‘rda atrofidansiljimay, hatto oshsuvlarini ham shunda yeb xotirjam’ yotib oldilar.59

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyAzizbek uchun kutilmagan falokatlar yuz bergan edi. Qochib qutilish mumkin bo‘lg‘aniholda tuzoqqa tush—kandek o‘rdaga ham qamalib bergan edi. Nima qilsin, qanoti yo‘qkiuchib qutilsa... Qamalishining ikkinchi kuni o‘rda tomiga chiqti, eng keyingi, ham engpastarin chorani ko‘rmakchi edi bu xoqon. Boshlab fuqarog‘a salom berdi, so‘ngra siniq vaojiz qolgan bir tovush bilan xalqqa uzr aytdi:— Endi o‘zimning qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim... Men sizlarning qilg‘anyaxshiliqlaringizni unutqan ekanman... Sizlar o‘zlaringizning bu ishlaringiz bilan manimketkan aqlimni yana miyamga o‘rnatdingiz... Rahmat fuqaro... Gunohimni kechiringiz,qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim, fuqaro!Ammo xalq bunday yolborishlarg‘a, tavba-tazarru’-larga quloq solmadi, chunki isho‘tkan, g‘isht qolipdan ko‘chkan edi:— Endi esing kirdimi, o‘g‘ri? Burundan o‘ylab ish qilsang boshingda bu balolar yo‘q edi!Sen bizlarga nima ishlarni qilmading? Kun sayin necha gunohsizlarni osdirg‘an, kesdirgan,bolalarimizni yatim, onalarimizni qon yig‘latqan sen emasmisan? Xanjaringni xayf ko‘ribmahallarga1 chayon solig‘i solg‘an, og‘alarimizni chayon zahri bilan o‘ldirgan kim edi? Ketto‘ng‘iz, ket, tavba qilish zamoni o‘tdi, taqdiringga sen ham tan ber! — der edi xalq.Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan unga hujum qilib, hatto adabsiz so‘zlar bilanham so‘kar edi. Azizbek hamon «Tavba qildim, fuqaro!» jumlasi bilan uzrini aytib turar edi:— Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib, yanaqipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz!Azizbekning bu so‘zlaridan keyin olomon tag‘i qizishib, quyidagi so‘zlari bilan ko‘kniko‘tardi:— Ikki qayta aldanish yo‘q! Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi!Xalqning bu javobi ishning ne darajaga yetkanini onglatarliq edi. Shu gapdan keyinAzizbek tamom umidsizlanib, dunyolarcha ma’yusiyat ichida tomdan tushib ketdi.Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborg‘an chopari Kirovchi yaqinidaunga yetkan va qushbegini tamomi sipohlari bilan Toshkandga qaytarg‘an edi. Alamzadaqushbegi bu so‘yinch xabardan uchib-qo‘nib Azizbekning o‘rdaga qamalishining uchunchikuni karnay-surnay bilan yetib keldi. Olomon yonig‘a qipchoq sipohlari kelib qo‘shilg‘andankeyin o‘rdaga bosib kirdilarda, Azizbekni ushlab ham oldilar.Yetmish kun bir muddat ovora qilib, minglab kishi qonini to‘kishka sabab bo‘lg‘anAzizbekni Qo‘qong‘a olib borib topshirish Normuhammad qushbegi uchun qiymatli edi. Ulo‘rdada o‘lturar ekan, bunday ulug‘ dushmanni qo‘lg‘a tushirishning bosh omili bo‘lg‘anYusufbek hojiga o‘z minnatdorchilig‘ini aytib tugata olmas, uning bu xizmatini xon bilanMusulmonqulg‘a so‘zlab, unga katta bir martaba olib berishka va’dalar berar edi. AlbattaYusufbek hojiga bu va’dalarning hech ahamiyati yo‘q, faqat ul o‘g‘lining sog‘lig‘ini bilsa vaMarg‘ilon zindonidan uning qutqarilishig‘a va’da olsa, uning uchun dunyolarcha martaba vahurmat edi. Qushbegining va’dasiga iltifotsiz quloq berib turdi-da:— Iltifotingiz uchun rahmat, qushbegi, — dedi. — Men endi dunyodan o‘tayotgan birkishi; endigi mansablarg‘a uncha qiziqa olmayman. Agar manim qilg‘an xizmatim shundayiltifotlarga loyiq ko‘riladigan bo‘lsa, jon janobidan so‘raydirg‘an bir necha tilaklarim bor.— So‘rangiz hoji, xon bermaganda ham olib berishka men kafil.— Manim birinchi xolis tilagim, albatta mazlum xalq tilidan bo‘ladir: mundan so‘ngToshkand hokimlig‘iga har qanday bo‘lmag‘ir odam qo‘yilmasin.— Jon janobining hamma maqsadi ham shunda. Chunki, biz Azizbek kabilardanxalqnig‘ina emas, balki, o‘zimizni ham qiynatdirmoqdamiz.Toshkand bekligi to‘g‘risida ko‘b muzokara va mu-solahadan1 keyin Yusufbek hoji o‘zyarasi ustida to‘xtaldi. Ul birinchi martaba o‘laroq o‘zining ichki kasalini hoziq2 debNormuhammad qushbegiga ochdi. So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolningdahshatidan titrar, tili ham osonliq bilan harakatlanmas edi. Zero o‘zining bu o‘tinchini60

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqush uchkan so‘ng otilmoqchi bo‘lg‘an sopqon qabilidan hisoblar va foydasiz bir iltimos debcho‘chir edi.— Agar manim bu xizmatim jon janobining marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, — dedihoji, — menga eng manzur bo‘lg‘an mukofot — o‘g‘limning ozod qilinishidir. Dunyomojarosidan qo‘l yuvmoqchi bo‘lg‘an bir otag‘a keksaygan kunlarida farzand dog‘iniko‘rmas-likning o‘zi ham ulug‘ mukofotdir, — dedi va ko‘ziga yosh oldi. Bundan qushbegiham nasibasiz qolmay mu-taassir3 Yusufbek hojiga tasallo berdi:— Qo‘rqmangiz hoji, — dedi, — Marg‘ilon hokimi o‘rinsiz qon to‘kuvchi kishi emasdir.Qo‘qonga borg‘ach, birinchi ishim o‘g‘lingizni qutqarish bo‘lsin, joysiz qayg‘ulanmangiz,hoji.— Qulluq, qushbegi, agar bu xizmatni o‘z zimman-gizga olur ekansiz, ustimga kattaminnat qo‘yg‘an bo‘lasiz... Biroq men qo‘rqamankim, siz Qo‘qong‘a borib yetkuncha ishvaqtidan o‘tsin...Qushbegi ham bu to‘g‘rida o‘ylab qoldi va hojining ehtimolidan cho‘chib, shu soatda birmaktub bilan Qo‘qong‘a chopar yubormoqchi bo‘ldilar, bu ishning muvofiq kishisi albattaHasanali bo‘lg‘anliqdan chopar bo‘lib belgulandi. O‘n besh kunlardan beriga shundayxizmatni kutib yotqan Hasanali otning boshini Qo‘qon tomong‘a qarab qo‘ydi-da, daqiqaichida ko‘zlarga ko‘rinmas bo‘lib ketdi.Bir kun keyin Normuhammad qushbegi ham bir muncha sipohni Toshkandda qoldirib,Qo‘qong‘a jo‘nash harakatiga tushdi. Toshkand olomonining talablari bilan Azizbekning ikkioyog‘idan arqon bilan bog‘lab otning chovig‘a sudratma qildilar.Sipohlar Qo‘qong‘a qarab harakat qilar ekan, Qo‘qon darbozasiga to‘lg‘an xalqAzizbekning ot oyoqlari ostida sudralib ketishiga huzurlanib tomosha qilar edi.22. «BIR G‘ARIBI BECHORA»Bu tarixdagi xon o‘rdasi Qo‘qonning bu kunda Xoda bozor atalg‘an o‘rnida edi1.Ro‘monning o‘n uchunchi faslida Marg‘ilon o‘rdasining ta’rifi yozilg‘anliqdan va bu o‘rdaningham tashqarig‘i aylanasi o‘sha o‘rda qabilidan bir tusda, bir uslub va bir vus’atda2bo‘lg‘anliqdan bu o‘rinda yana qog‘oz qoralash ortiqchadir. O‘rda darbozasi, navbatchiqorovul, darboza sahnining kengligi — barchasi ham o‘shal o‘rda singari, ammo buningtashqarig‘i ko‘rinishidag‘i ortiqlig‘i to‘rt burchida qadalib turg‘an navbatchilari edi. O‘rdadarbozasidan ichkariga kirilgach, bundagi tuzilish Marg‘ilondag‘idan tamoman deyarlikboshqacha bo‘lib chiqar, shunga binoan bu yer bilan tanishmoq ehtiyoji tushar edi.O‘rdaning ichkarigi o‘ng, chap biqinlari sipoh turish uchun soling‘an binolar va sahnidabiz Toshkandda ko‘rib tanishqan ravishcha kiyimlik sipohlar (yigitlar) turkim-turkim bo‘lib,ponsad boshilar qaramog‘ida qilich urish mashqini ta’lim olmoqda edilar. O‘rdaning belidan,ya’ni shimoldan sharqqa qarab bir xatti mustaqim bilan devor va bul devorning ikki tarafinibarobar— ling3 tashlanib, o‘rdaning ichkari qismig‘a xon saroyiga kiriladirgan darbozaqurilg‘an edi. Bu darboza eskirgansumon ko‘rinsa ham asli yaratilishdag‘i nafislik, me’moriysan’atkorlik o‘chayozg‘an bo‘lsa ham, biroq undagi ivir-jivir sirlar, o‘yma naqshlar hali hamkishini hayron qoldirarlik edilar. Ayniqsa darbozaning ikki biqinidag‘i «o‘girmagul» tarzibilan ishlangan guldastalar, darboza ravoqidag‘i ganchdan qabartirilib yasalg‘an bo‘rtmanaqshlar, gullar hali o‘zlarining nafosatlarini unchalik yo‘qotmag‘an edilar. Quyosh g‘arbgaqarab og‘qan, uldastalar ustiga qo‘ndirilg‘an oltin hilol alomatlari quyosh nuri bilan ko‘znielitarlik darajada yashnar edilar. Darbozaning ikki yonidag‘i maxsus ishlangan qorovulxona— sufachalarda ikki nafar navbatchi turar edi. Navbatchidan o‘tib, darbozaga kirilsa gunbazravishida yo‘lak, o‘ngg‘a yurilsa devonxonag‘a, so‘lg‘a ketilsa xon mahkamasiga chiqiladirda,mahkama bo‘sag‘asida yana haligidek ikki nafar navbatchiga uchrashiladir. Marg‘ilono‘rdasida ko‘rganimizdek bir dahliz, ammo bu o‘zining naqshlari, gullari, anvo’i sirlari, oliyliq61

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyva ko‘rkamligi bilan Marg‘ilonnikini ko‘lagada qoldirarliq edi ersa-da, eskirganligi uningortiqlig‘ig‘a xalal bermakda edilar. Dahlizdan ichkariga qaralsa bir munaqqash va muzayyanzol, ikki tomonida xonning shog‘ovul boshilari, yasovul boshilari, dasturxonchi vaoftobachilari, tunqator va parvonachilari otaliq va mehtarboshilari va tag‘i alla qanchavazir-vuzarolari qator tizilishib o‘lturmakda edilar. Zolning uchunchi darichasidan narig‘itomon bir yupqa munaqqash devor bilan ajratilgan bo‘lib, ichkariga kiriladirgan eshiksiz biryo‘l, bu yo‘l bilan haligi devor ikkiga ajralib, har bir bo‘lim devorning o‘rtasida kishi boshisig‘arliq bir tuynuk, bu tuynuklar yonida qo‘lig‘a oybolta ushlagan ikki nafar jallod qotibturar edilar. Shu jallodlar orasidan o‘tib uchunchi bo‘limga kirilsa, qarshida yarim gazlaryuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltinsopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzulustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq,cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik xon o‘lturar edi. Bu Xudoyor edi. Xonning so‘ltomonidag‘i oltin hallik kursi kishidan bo‘sh, o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikchayonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilichtaqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatordadeyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz—Musulmonqul o‘lturar va hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza vamaktublardan ochib o‘qur edi. O‘qub turg‘an arizasi ahamiyatsiz bo‘lsa kerak qog‘ozniikkiga yirtdi-da, oyog‘ining ostig‘a tashladi va ikkinchi maktubni ochdi. Bunisi O‘sh hokimitarafidan yozilgan edi:«Davlatimiz stuni, padari arus1 shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga nomaihumoyun2 ba-robari O‘sh madorisotida tahsilda bo‘ling‘an faqir qirg‘iz tullobig‘a3marhamat buyurg‘anlari hadoyo4 tullobning darajai ilmiyalarini imtiyozan taqsim qilindilar.Ashaddu5 faqir va ehtiyojda avqoti6 talx7 mururiga8 majbur va masbur9 o‘lg‘an qirg‘izmullalari padari arus shahanshohining altofi10 shohonalaridan riqqatka11 kelib obidiyda12qildilar va Haq taolo dargohi vasi’asidan13 aduvi14 badkirdorlariga15 zafaryob16bo‘lmoqlarini va Zolona17 yashab Amir Temur Ko‘ragondek jahongir bo‘lmoqlarig‘a duo vaniyoz etdilar. Ba’da xotiri otir18 oliylarig‘a maxfiy qolmag‘aykim, shahar va atrof ellarimizdavlati azimai qaviyalari19 soyai himoyatida nobob bid’ahdlar xavotir va xavfidan tinchdir.Noma oxirida yosh shohimiz janobi xoqoni xavoqin, sultoni salotin hazratlariga padari arusshahanshohining panohi himoyatlarida ko‘b yillar davru davron, ofiyat20 va salomatlik tilabnavkarlari...»Musulmonqul Xudoyorga O‘sh ahvolini so‘zlab, uchunchi maktubni ochdi, bu maktubxususiy bir kishidan bo‘lsa kerak, muhr va o‘zga takalluflardan xoli edi:«Mazlumlar dodig‘a, maqhurlar21 faryodig‘a o‘zining adolatlik qilichi bilan yetishquchiMusulmonqul qipchoq xizmatlariga... ko‘zlarim zulm yoshi bilan jiq, ko‘nglim davlat xoinlariqo‘rqunchidan titragan bir holda qalam tebrataman. Davlatning sodiq bir fuqarosi, ixloslikbir yigiti davlat ustiga o‘zining mudhish zarbasini tashlab turg‘an bir bad’ahd o‘g‘linio‘shandog‘ki otasining vakolati birlan ikkinchi bir tinch, ulug‘larg‘a mute’, farmonbardor1bir shahar ahlini oyog‘landirmoq bo‘lg‘an edi. Uni isbotlari, shohidlari birlan dor ostig‘atortquchi sodiq bir qulni ko‘klarga ko‘tarish o‘rniga qamamoq va oyog‘ig‘a zulm zanjiriniurmoq bo‘ladirlar... Musulmonqul janobidek bir bahodirdan andisha qilmay uningdushmanlarini sarfaroz2 aylab do‘stlarini g‘amgin qiladirlar.Maktubning tumanlik ma’nosiga tushuna olmag‘an Musulmonqul bu o‘rinda to‘xtadida,maktubning oxirig‘a ko‘z tashlab oldi:«Bungacha manim hayajon va qayg‘u orasida yozg‘an yo‘llarima balkitushunmagandirsiz, buning uchun g‘azablanmay bu gunohimni sizga sodiq bir qullig‘imyo‘lig‘a kechirursiz. Bu kundagi Toshkand isyonining boshliqlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojiAzizbek nonko‘rning mashvarati3 birlan marg‘ilonliqlarni ham janobingizga qarshi62

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyoyoqlandirmoq maqsadida o‘z o‘g‘lini munda yuborg‘an ekan. Faqir sodiq qulingiz bue’vagar yigitning tevaragiga o‘z tarafdorlarini yig‘ib qurg‘an bir majlislariga rost kelib vauning Marg‘ilonga nima uchun kelganligini payqab, nihoyatsiz xavfka tushdim. Uningso‘zlari qipchoqlarni yo‘qotib, hukumatni shaharliklar qo‘lig‘a olish edi. Qipchoqlar xayrixohikamina qulingiz bu sirni ichimga yutolmay, bir necha vositalar birlan Marg‘ilon hokimiO‘tabboyga bildirdim. O‘tabboy qushbegi Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lg‘an mazkur Otabekbilan uning tarafdori va qayin otasi Mirzakarim otliq kishini qo‘lg‘a olib zindon qildi.Qushbegining chaqirishi bilan huzuriga hozir bo‘lib, Otabek og‘zidan nimaiki eshitkanbo‘lsam bir-bir so‘zlab berdim. Xolis shahodatim so‘ngida Otabek bilan qayin otasiMirzakarimni qushbegi osib o‘ldirishka buyurdi. Ammo O‘tabboyning kisai xiyonatigaMirzakarimning havlisidan kelib tushkan bir xalta oltinlar barobariga dor ostig‘a yetkane’vogarlarni o‘limdan ozod qildi, davlatning sodiq qullaridan bo‘lg‘an kaminai xolisnimuttahamlar yeriga zindon qilmoq va osib o‘ldirmoq bo‘ldi. Chunki kamina qulingizningsizga shikoyat qilishimdan benihoyat qo‘rqar erdi. Ammo davlatlari yori berib, sadoqatlikxizmatkorlaringizdan bo‘lg‘an Marg‘ilon qo‘rboshisining yordami birlan O‘ttaboyningchangalidan arang qutilishg‘a muvaffaq bo‘ldim...»Maktubning shu yeriga yetkanda Musulmonqul xatdan bosh ko‘tardi. Hozir uningkipriksiz qisiq ko‘zlariga o‘tlar yonmoqda edi. Qichqirdi:— Chilim!«Shundog‘ qilib sizning o‘z kishingiz bo‘lg‘an O‘tab-boy tuz haqingizni unutdi. Birhamyon oltin deb dushman-laringiz tarafiga o‘tdi. Sizning xayrixoh qullaringizdan bo‘lg‘anbiri o‘z shahrini tashlab Qo‘qon qochmoqqa va ulug‘ dargohingizga sig‘inmoqqa majburbo‘ldi. Men, xolis qulingiz o‘zimning sadoqatim evaziga bunday mukofot olg‘anim uchunqayg‘irmayman va lekin O‘tabboy va Otabek kabi xoinlarni kundan-kunga kuch olib davlatishahriyorig‘a dahshatlik bir falokat tug‘dirishlaridan qayg‘iraman. Bu maktub sodiq birqulning xolis sadoqatidan bir namunadir. Men shuning ila shoyad o‘z bo‘ynimdag‘i vazifaniado etkan bo‘lurman. Shoyad davlat dushmanlarini o‘z oyog‘laridan yitib1 ketishlarigasabab bo‘lg‘an bo‘lurman.O‘zimning bu xizmatim evaziga bir mukofot olish muddaosida bo‘lmag‘animdan vanimaiki janoblari yo‘lida mashaqqat chekkan bo‘lsam o‘zimning bir vijdoniy vazifam debbilib, bu maktubda o‘z otimni yozishg‘a ham tilamadim. Yosh xonimizga tinch va shavkatlikdavr, davlat xoinlariga o‘lim tilab bir g‘aribi bechora».Musulmonqul nihoyatda tutoqqan edi. Hozirgi borliq alamini tamakudan oladirg‘andekhudaychi keltirgan chilimga yopishdi-da, shig‘-g‘ etdirib, sarxonani sindirish darajasigayetkuzib tortdi. Og‘zidan pag‘a-pag‘a tutun chiqarar ekar, xatning mazmunini Xudoyorg‘aso‘zladi. Toshkand ustiga yuborg‘an sipohlari bilan Normuhammad qushbegini nihoyatToshkandni ololmay qaytish xabarini eshitib, so‘ng darajada ma’yusiyat ichida o‘lturganMusulmonqul uchun bu maktub yara ustiga tuz sepish qabilidan tag‘in ham alamlik bo‘libtushkan edi.— Xudaychi!— Labbay taqsir!— Mirzani chaqir! — dedi Musulmonqul, so‘ngra qo‘lidagi maktubni taxig‘a solar ekan,Xudoyorg‘a dedi:— Eshitdingizmi, o‘g‘lim! Azizbek bilan Yusufbek bizga nimalar qilmoqchibo‘ladirlar? O‘zimizning sodiq kishimiz, deb o‘g‘lag‘an O‘tabboy ham dushmanlarimiz bilanbirgalashib boshlag‘an... Xayr qo‘llaridan kelganni qilib ko‘rsinlarchi, biz ham mundan keyino‘shandoq ko‘rnamaklar bilan qiladirg‘an muomalamizni bilarmiz.O‘z saltanatiga raxna solishdan iborat bo‘lg‘an bu xabarlardan Xudoyorxonningmutaassir bo‘lg‘anlig‘i belgusiz, ul bu gapni eshitmasdan ilgari qanday bo‘lsa, hozirda hamshu holda o‘zgarishsiz edi. Musulmonqulning yonib turg‘an, o‘tdek tutoqib so‘zlag‘an gapinisukut bilan kechirmaslik uchungina bo‘lsa kerak quruq va shirasiz qilib:63

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Hammadan ham O‘ttaboyni aytingiz, ablah bir odam ekan, — dedi, — menisiylamag‘anda ham sizni rioya qilsa kerak edi.— Yaxshiliq qilg‘an kishingdan hech bir yaxshiliq qaytmas ekan, — dedi Musulmonqul.— Jumladan, bittasi ko‘z o‘ngimizda — Azizbek. Men uni yoshlig‘idan boshlab o‘z qo‘limdao‘stirdim, Toshkand hokimligidan Salimsoqbekni olib1 uning o‘rniga hokim tayinladiq. Biroqshunchalik yaxshiliqlarimizg‘a qarshi natijada bizga yog‘iy2 bo‘ldi, bo‘lsin; ul Toshkandningo‘zigagina qanoatlanmay Marg‘ilon bilan ham ish qilmoqchi bo‘lsa, bunisini ham bizko‘raylik.Mirzaboshi kirib xong‘a qulliq qildi va Musulmonqulg‘a qarab qo‘l bog‘ladi.Musulmonqul yana xumori bo‘lg‘an edi — «Chilim!» deb tashqarig‘a qichqirdi, so‘ngramirzoboshig‘a dedi:— Hozir Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatniolg‘an zamon Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin!Mirzobashi qulliq qilib orqasi bilan yurib chiqdi.23. MUSULMONQULArkoni davlat1 yig‘ilib, Xudoyor taxtiga mingan, Musulmonqul xon bo‘lmasa hamxonliqdan-da yuqori bir kuchka molik bo‘lg‘an siyosat kursisiga o‘ltirgan edi. Boshlab otaliqkirib xong‘a salom berdi va uning haqig‘a uzun duo qilib chiqdi. Otaliqdan so‘ng o‘zga a’yonbirma-bir kirib, duo qilib chiqa boshladilar. Duoxonlarning eng so‘ng‘ida xudaychi ko‘rindi,salom va duodan keyin yuzini Musulmonqulg‘a o‘girib:— Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi huzuri oliylarig‘a kirish uchun izn so‘raydir! —dedi.Hamma fikri zikri O‘tabboy ustidagina qolg‘an Musulmonqul bu xabarni eshitish bilankuchlik bir tin olib hudaychiga qaradi:— Yolg‘iz o‘zimi yoki yonida kishilari ham bormi? — deb so‘radi. Hudaychi yana birqulliq qildi:— O‘n chog‘liq yarog‘liq yigitlari ham bor.— Tag‘in-chi?Yarog‘siz yana bir yigit ham ko‘rindi.— O‘tabboyning o‘zini huzurimizga kirgiz, — dedi Musulmonqul, qulliq qilib chiqaboshlag‘an hudaychini yana to‘xtatib so‘radi: — O‘tabboyning yigitlari o‘rdaningtashqarisidami, ichkarisida?— Taqsir, ichkarisida.— Yaxshi, qushbegi bizning yong‘a kirgandan so‘ng o‘rda yigitlari ularga hozirbo‘lsinlar!Hudaychi qulliq qilib chiqdi. Uning ketidan Musulmonqul tovshig‘a muzaffariyat ohangiberib xong‘a dedi:— O‘g‘rilarning ikkisi qopqonga tushdi, xon!— Tole’imiz.Qushbegi kirdi. Xong‘a ikki bukilib ta’zim qilg‘ach, kelib uning qo‘lini o‘pdi.O‘tabboyning muloqoti2 uchun Musulmonqul ham go‘yo hech narsa ko‘rmagandek o‘rnidanturib uning bilan quchoqlashib ko‘rishdi. O‘taboy Musulmonqulning ko‘rsatishi bilan xonningchap tomonidag‘i kursiga o‘lturdi. Ul Musulmonqulning samimiy muloqotidan qo‘rquvliqyuragini bir qadar to‘xtatib olg‘an edi. Kursidan yana turib xong‘a qulliq qilib boz1 o‘lturdi.Musulmonqul qushbegini yer tegidan kuzatar ekan so‘radi:— Yurtlaringiz tinchliqmi, o‘zingiz ham sog‘-misiz?— Alhamdullilloh, yosh shohimizning davlatlari va husni tavajjuhlari2 soyasida yurtimiztinchliq, fuqaromiz javobi oliyning duoyi jonlari bilan mashg‘ullar.64

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyXudoyor ozg‘ina ishorat bilan unga tashakkur bil-dirdi. Bunga qarshi qushbegi kursidanqo‘zg‘alib qulliq qildi. Musulmonqul murtini silab nimaningdir mulohazasida edi. Uning buholi birar daqiqag‘a cho‘zilg‘anliqdan Xudoyor bilan qushbegi uning og‘zig‘a tikilgan edilar.— Sizning xabaringiz bo‘ldimi, yo‘qmi biz Tosh-kand ustiga yuborg‘an Normuhammadqushbegidan juda yaramas bir xabar oldiq, — deb Musulmonqul O‘tabboyga qaradi, undanxabarsizlik javobini olg‘ach, so‘zida davom etti; — Normuhammad qushbegi uch mingsipoh bilan yetmish kun Toshkandni qamab yotib, nihoyat bir ish chiqara olmay odamlaribilan qaytmoqqa majbur bo‘libdir. Azizbek bilan Yusufbek hojilarning aztahidil qarshiliqlaribizning kishilarni quruq qaytarishg‘a majbur qilibdir. Mana shuning uchun mundan keyinbizning boshqa bir yo‘l bilan ish ko‘rmagimiz taqozo qiladir... Kecha biz kimdandir Yusufbekhojining o‘g‘li bo‘lg‘an Otabek deganni sizning Marg‘ilonda deb eshitdik. Mundan so‘ngg‘iToshkand to‘g‘risida ko‘radirgan tadbirlarimiz uchun uning keragi bo‘lur, deb o‘ylab sizbilan birga uni huzurimizga chaqirg‘an edik... — Bu joyda qushbegi Musulmonqulnito‘xtatdi-da, kuldi, so‘ngra Xudoyorg‘a dedi:— Otabek ustida ancha mojarolar bo‘lib o‘tdi. Buning hikoyasi uzun, alholmingboshining ra’ylarini eshitaylik... davom qilingizchi.— Otabek o‘zingiz bilan birgami? — deb so‘radi Mu-sulmonqul, birgalik javobini olib,tamom xotirjam’ bo‘lg‘an holda davom etdi: — Yuqorida aytkanimdek minba’d3 tadbir yo‘libilan Azizbekni yo‘qotishdan boshqa choramiz yo‘qdir. Bizning bu keyingi rejamiz yo‘lida ishberadirgan kishi bo‘lsa ul ham menga qolsa shu Otabek bo‘lur. Chunki boshqalarg‘aqarag‘anda uning Toshkand borishi va Azizbekning yaqin odamining o‘g‘li bo‘lg‘ani uchununing bilan aloqada bo‘lishi, zahar berish va yo boshqacha bir yo‘l bilan uni oradan ko‘taraolishi, unga eng qulay bir ishdir. Og‘riqning tuzalasi kelsa emchi o‘z oyog‘i bilan kelur,deganlaridek, Otabekni Marg‘ilonda bo‘lish xabarini eshitib xon bilan men judaquvonishdiq... mana sizni chaqirishdan bo‘lg‘an maqsadimiz shudir. Yana sizning buhaqdag‘i ra’yingiz nima bo‘lsa eshitamiz.Musulmonqulning bu so‘zlariga O‘tabboy qushbegi tamom ishong‘an, ammo Xudoyorersa uning ilgarigi maqsadini yaxshi bilganlikdan bu so‘ngg‘i gaplar bilan nihoyatdataraddudga tushkan edi. To‘g‘risi ham Musul-monqulning bu keyingi gapi kishinimutaraddid1 qilmay qo‘ymas edi.— Bu fikringiz menimcha ham ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo bunda bir gap bor,ul ham: Otabek bu vazifani o‘z bo‘yniga oladimi, yo‘qmi masalasidir. Chunki OtabekningAzizbek tarafdori bo‘lg‘anlig‘iga shu o‘rtada o‘zim tegshirgan bir ish meni shubhagatushuradir. Shundog‘ki, mundan yigirma besh kunlar ilgari, qo‘rboshimning xabar berishibilan Azizbek tarafidan Marg‘ilonda to‘polon chiqarg‘ali kelgandir, deb o‘ylab, yonidag‘i birnecha kishilari bilan zindonga soldirdim. Uning Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi ham o‘shamulohazamning to‘g‘rilig‘iga meni ishontirar edi. Yana qo‘rboshig‘a Otabek ustidan shikoyatqilg‘uchining shahodati bilan bu shubhamga ishonib, mundan besh kun ilgari Otabek bilanuning qayin otasi Mirzakarim degan marg‘ilonlikni o‘lim jazosiga hukm qildim.Gunohkorlarni dor ostig‘a olib ketkanlariga bir muncha fursat o‘tkan edi, mahkamaga birxotin hozir bo‘lib, qo‘limga bir maktub berdi. O‘qub qarasam, Azizbek ToshkanddaQo‘qong‘a qarshi isyon chiqarmog‘i bo‘lib yurgan fursatda Yusufbek hoji tomonidan o‘g‘liOtabekka yozilg‘an bir maktub bo‘lib manim qo‘l, oyog‘imni bo‘shashdirdi. Chunki bumaktub Yusufbek hojining Azizbekka tamomdan qarshi bir kishi bo‘lg‘anlig‘ini onglatar edi.Gunohkorlarni dor ostidan qaytarishg‘a majbur bo‘ldim. Men faqat shu maktub dalolatigabovar qilib, gunohkorlarni bo‘shata bermay, qo‘limdan kelgancha yana tekshirib tergadim.Otabekning so‘zlari kishini tamom ishontirarliq darajada maktubga muvofiq edi. Shundog‘bo‘lsa ham faqat Mirzakarimni ozod qilib, keyingi tergashlar tamom bo‘lg‘unchaliq Otabeknikafilga berdim. O‘zining biror adovati uchun bunday gaplarni qo‘zg‘atib yurgan bo‘lmasin,deb haligi menga shahodat berganni ushlab Otabek va boshqalar bilan yuzlashdirmoqchi65

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybo‘lganimda nima sababdandir ul qochdi. Shu kungacha uni topib bo‘lmadi. Muningqochishi garchi bu shahodatning birar adovat yuzasidan bo‘lg‘an si’oyat1 ekanini onglataredi ersa ham men yana hanuz Otabekni kafolatda saqlar edimki, janobi oliydan bu xabaryetdi. Darhol Otabekni yigitlardan o‘ratib saodatxonai shahanshohiga jo‘nadim. OtabekningMarg‘ilon mojarosi shundan iborat bo‘lib, manimcha Otabek ustida hali shunday tergovlarborayotqan bir vaqtda unga bundog‘ javobgarlik vazifani topshirish qalay bo‘larikin,deyman...Musulmonquldek makkor tulkining o‘ylag‘anlarini qushbegining to‘g‘ri so‘zlari ost-ustqilib, uning O‘tabboy to‘g‘risidag‘i sui zanlari bir muncha ozayib tushdi. AmmoMusulmonqulning ikki kishi ustiga yo‘nalgan qahru g‘azabi o‘zining borliq dahshati bilanfaqat Oybek ustiga tikildi va Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon bo‘lg‘an sipohlariningqonini Azizbekning o‘ng qo‘li bo‘lg‘anning o‘g‘lidan olmoqchi bo‘ldi.— Yusufbek hojining maktubi yoningizdadir?— Taqsir, — dedi qushbegi, maktubni olib Musul-monqulg‘a uzatdi. Musulmonqulo‘nda-so‘nda maktubga ko‘z yugurtirib chiqdi-da, zaharxanda ichida O‘tabboyg‘a qaradi:— Yusufbek hojining qurg‘an hiylalariga tushun-maguchi ehtimol Marg‘ilondantopilmag‘andur! U tulki o‘z o‘g‘lini Marg‘ilonda to‘polon chiqarish uchun, debyuborishidayoq har bir ehtimolga qarshi bu maktubni yozib bergan, bunga Marg‘ilonkalvaklari tushunmasalar ham biz tushuna olamiz! — dedi va mag‘rur bir tusda Xudoyorg‘aqarab qo‘ydi. Qushbegi uning bu istehzosini yutishka majbur edi. Chunki ozg‘ina tildantoysa o‘zining ham Otabek qatoriga kiritilishini yaxshi onglar edi. Sukut qildi:— Hudaychi!— Qulingiz!— Haligi qushbegi bilan birga kelgan yigitni huzurimizg‘a hozirla!Musulmonqulning apti ortiq dahshatlik bir holga kirgan, taxt ustiga qo‘ndirilg‘an jonlikXudoyor haykal ham sukutda, o‘zining nima bo‘lishig‘a tushunmagan O‘tabboy ham borliq,yo‘qliq holatda...Otabek hudaychi orqasidan kirib xong‘a ta’zim qildi va qo‘l bog‘lab to‘xtadi. OtabekMusulmonqul otini, uning yirtqichlig‘ini yaxshi bilsa ham, ammo shaxsan o‘zini ko‘rmagan,shuning uchun xonning yonidag‘i xoqong‘a iltifot etmadi. Uning bu iltifotsizligiMusulmonqulg‘a asarsiz qolmadi-da, achchig‘i ustiga achchig‘, kek ustiga kek qo‘shildi vashular ichida yasalib chiqg‘an bir istehzo iljayishi va bir tovush bilan:— Manga qarang, bek yigit, — dedi. Otabek o‘ziga qarag‘ach: — Siz kim bo‘lasiz? —deb so‘radi. Ul hanuz boyag‘i masxara holatda edi.— Men Otabek.— Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek?— Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.— Ha-a-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizninggumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari?Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘iko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdansukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobniifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilarekan baqirdi:— Nega javob bermaysan?!— Siz meni qanday tanig‘an bo‘lsangiz-bo‘lingiz, men o‘shandog‘ kishining o‘g‘li, —dedi bek. — Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo‘lib tanilsaqla, o‘zvijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukmqilingizda, buyrug‘ingizni beraveringiz!66

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyMusulmonqulning yuzidagi boyag‘i achchig‘lar yerini bir zavqlanish vaziyati oldi.Kulimsirash ichida Otabekni kuzatar ekan:— Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo‘yningda1, — dedi va chaqirdi:— Jallod!Eshik yonida kutib turgan oyboltaliqlar harakatlandilar:— Xanjarimiz qonsirag‘an!Jallodlarning oldida kirgan hudaychi xong‘a arz qildi:— Toshkanddan bir chopar bor, huzuringizga kirish uchun izn so‘raydir!Xudoyor Musulmonqulg‘a qaradi. Musulmonqul ersa Otabekni jallodga topshirishuchun o‘nglang‘an tilini qisishg‘a majbur bo‘ldi. — Kirsin! — dedi va o‘zidan amr kutibturgan jallodlarga: — Bir ozdan so‘ng, — dedi, chiqib turmoqqa ishorat qildi. Negaki,choparning Toshkanddan bo‘lishi bu hukmda bir oz shoshmasliqni istar, chopar vositasibilan ham bu hukm ehtimol haqlik bir hukm bo‘lib chiqar va Musulmonqul ham loaqal o‘zumrida bir martaba bo‘lsa-da, o‘rinliq qon to‘kkan bo‘lar edi.Otabek garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqanday ma’nolarnionglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lushlar uning ko‘z o‘ngida qora pullik qadruqiymatsiz... To‘g‘risi ul ajib bir tabi’atka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz... Yo‘q, ulsezsa-da, bilsa-da, go‘yo oyog‘, qo‘li bog‘lanib bo‘g‘izlanishga hozir-langan bir qo‘y kabiqayralayotgan pichoqqa butunlay parvosiz, qo‘rquvsiz tomosha qilar edi. Bu turmish, buhokimiyat, cheki ko‘rinmagan bu qorong‘iliq... uning uchur sira qiziqarliq emaslar: ul yo‘qedi — tinch edi, ul keldi — tinchimadi, ul yana yo‘q bo‘lsa ehtimol yana tinchir edi. Manashuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uningko‘nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bundan ham qutilg‘andekbo‘ldi. Ammo... ammo so‘ng nafasida uning bilan vido’lashsa, bo‘g‘zig‘a xanjar botar ekan,uning yuziga qarabqina ko‘zi nursizlansa... Uning hamma orzusi shu edi hozir.Hudaychi choparni boshlab kirdi. Chopar nomani tiz bukib Xudoyorg‘a topshirg‘ach,orqasiga qaytib, ko‘zini devordagi bezrayganga tashlamasunmi... Ul o‘zining xon huzuridabo‘lg‘anini ham unutdi-da, o‘zini Otabek ustiga tashladi, Toshkand choparining bukutilmagan harakati xonni, Musulmonqulni, qushbegi ham hudaychini va olding‘i zoldao‘lturgan a’yonni bir hayratda qoldirg‘an edi. Otabekning tasallo berishi bilan Hasanaliundan qo‘l tortdi ersada, biroq undan hayajon, yig‘i hali arimagan edi.— Adab! — deb qichqirdi Musulmonqul, so‘ngra o‘ziga qarab qo‘l bog‘lag‘anHasanalidan so‘radi, — sen kimning chopari?— Normuhammad qushbegining.— Qayerdan?— Toshkanddan, taqsir.Musulmonqul taajjub ichida o‘ziga Xudoyor tomo-nidan uzatilg‘an nomani oldi. Ochibkishi eshitarlik qilib o‘qudi:«Yosh xonimizg‘a va padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga. Yoshshohimizning baxt va tole’lari ruhsiz tanlarimizga qayta boshdan ruh, ma’yusko‘ngillarimizga qaytib chiqmasliq umid bag‘ishladi. Faqir qullari mundan to‘rt kunlar ilgariToshkanddan sipohlar bilan umidsiz qaytishga majbur bo‘lib, ul to‘g‘rida huzurlariga xabarham yuborg‘an edim. Shu holda biz sipohlar bilan Kirovchi yaqinig‘a yetkan ham edik,orqamizdan bir chopar Toshkandda Azizbekka qarshi isyon boshlang‘anini, bizni ko‘makuchun Yusufbek hojining Toshkandga chaqirg‘anlig‘ini so‘zlab, uning ismidan bir maktubberdi. Men darhol sipohlarni Toshkand qaytishga buyurdim-da, xabar olg‘ani ikkinchi kuniToshkandga yetdim. Biz Toshkandga kirganda Yusufbek hoji boshliq olomon Azizbeknio‘rda ichiga qamab yotar ekanlar. Olomon, ayniqsa, Yusufbek hoji bizni juda yaxshiqarshiladilar. Biz borg‘andan keyin o‘rdaga bosib kirdik-da, Azizbekni ushlab oldiq. Boshdamen Yusufbek hojini balki, Toshkand bekligi uchun ta’malanur deb o‘ylag‘an edim. Ammo67

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyuning butun o‘rda va xazina, ashyo va yaroqlarini manim qo‘limg‘a topshirishi bu fikrimnibo‘shka chiqardi. Yusufbek hoji nihoyatda ta’masiz, xalq manfaatini kuzatkuchi bir odamekan. Binoan alayhi1 uning to‘risidag‘i bizning sui zanlarimiz2 xato bo‘lib chiqadir. UningAzizbekka qarshi xalqni oyoqlandirishi ham bizning Toshkanddan jo‘nashimizning ikkinchikuni Azizbekning nechog‘liq siqilg‘an xalq ustiga o‘ttuz ikki tangadan chochkan solig‘ibo‘libdur. Toshkand xalqi Azizbekning hiylasiga aldanib, bizga yog‘iyliq qilg‘ani uchunpushaymon va uning zulmidan qutilg‘ani vajdan xursanddir.Men Yusufbek hojining bunchalik katta xizmati evaziga xon hazratidan ulug‘ birmartaba olib berishka va’da bergan edim. Ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga insoflikbir bek belgulansa, manim uchun kifoya, dedi. Uning xon janobidan kutkan bir marhamatibor ekankim, shu yaqinda savdo bila Marg‘ilonda yurgan yolg‘iz o‘g‘lini nomalum bir sababila O‘tabboy qushbegining qamag‘anlig‘ini eshitibdir. Uning bu xizmatini birar mukofotkaarzigulik ko‘rsalar, o‘shal qamoqda bo‘lg‘an o‘g‘lini ozod etmas uchun xon hazratlariningiladirg‘an inoyatlari har bir narsadan ham unga azizroq bir mukofot bo‘lur. Faqatqulingizcha ham Yusufbek hojining davlatimiz ustiga qo‘yg‘an bu minnati kichkina gapemasdir. Binoan alayhi uning o‘g‘li garchi o‘lim jazosig‘a sazovor bo‘lsa ham, marhamatishohonaning jo‘shg‘a keltirilishi biz navqarlariga ham muvofiq ko‘riladir. VaqtinchaToshkand bekligiga Qo‘shdodqoni belgulab, yoniga bir muncha sipohlar berdim. O‘zimAzizbekni olib tezda xizmatlariga yursam kerak, Normuhammad qushbegi, muhr”.Musulmonqul maktubni tugatdi-da, uyatsiz ravishda Otabekka qarab iljaydi va hudaychigabuyurdi.— Ikkita zarrin to‘n keltir!Otabekning mo‘jiza qabilidan so‘ng daqiqalarida ikkinchi qayta qutilishni ko‘rganO‘tabboy qushbegi beixtiyor yoqasini ushladi. Xudoyorxon ham yirtqich qayinotasiningchangalidan qutilg‘anini tabrik qil-g‘andek Otabekka kulib boqdi.Musulmonqul oqsoqlanib, o‘z qo‘li bilan Otabekka zarrin to‘n kiyguzar ekan:— Otangizning katta xizmati soyasida o‘limdan qutilg‘aningizdek zarrin to‘nliq hambo‘ldingiz, — deb yana bir qayta uyatsizlandi.Tag‘in bir necha kun turib qaytmoq uchun Otabek Marg‘ilong‘a, Hasanali ota Yusufbekhojini tinchitish uchun Toshkandga jo‘nadilar.Birinchi bo‘limining so‘ngg‘iU Z RRo‘mon deb sizga taqdim qilingan bu narsa dunyog‘a kelishi bilanoq baxtsizlikkauchray boshlag‘an edi: besh yillab bosila olmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassarbo‘lg‘anida ham turlik zarbalarga uchradi; imlosi uch-to‘rtta imlochilarimiz tomonidantuzatilib (!) ajoyib bir quroq holiga keldi, musahhihlarimizning musohalalari2 orqasidatexnika jihati ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan bir yo‘sunda chiqdi. Bularning sababi bosilishchog‘ida o‘zimning hozir bo‘la olmag‘anlig‘im bo‘ldi. Ammo bu o‘rinda o‘zimning jaholatimto‘g‘risida aytib turishni lozim ko‘rmayman-da, faqat o‘qug‘uchilarning afvularini so‘rayman.Ro‘monning ikkinchi bo‘limini bunday xatolardan sof bo‘la olishig‘a va’da beraolmasam-da, ammo bosilish taqdiri noshir qo‘lida bo‘lg‘anlig‘ini bildirib qo‘yaman.Ikkinchi bo‘limAzizbek Toshkanddan jo‘natildi. Uning yeriga Qo‘qondan Normuhammad qushbegibelgulanib keldi.Azizbekni qo‘lg‘a tushurib berish bilan qipchoqlar nazdida ham Yusufbek hojiningqadru qiymati yuqorilang‘an edi. Ammo o‘zining mansab suymasligi vajhidan yana eskicha68

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy«Yusufbek hoji» bo‘lib qola berdi. Shuning bilan birga Azizbek yonida qanday mavqi’tutkan bo‘lsa, Nor-muhammad qushbegi oldida undan ham yuqoriroq va ma’noliroq e’tiborqozondi. Uning har bir ra’yiga Normuhammad qushbegi qonunan majbur bo‘lmasa-da,ammo ma’nan bir majburiyat his etar edi: o‘rinsizga kishi o‘ldirishlar, vaqtsiz ham o‘rinsizsoliq solishlar, behuda o‘rda usrofotlari, bo‘lmag‘ur taqiqlar va ortiqcha diniy takallufotlarbir muncha ebka olindilar.Uch yillab Azizbek istibdodida ezilgan Toshkand xalqi erkin nafas oldi: savdo-sotiq,ekin-tikin va kasbikor ko‘tarilib boshladi. Odamlar jonlang‘andek bo‘lib bu holni:«Zamon-zamon dorilamon,Normat to‘ram bo‘lsin eson!» —deb boshlag‘an ularning ashulalari ham ifoda qilar edi1.1. OTA-ONA ORZUSIO‘zbek oyim elli besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi’atlik bir xotin bo‘lsa ham,ammo eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi. Uning o‘tkirligi yolg‘iz erigagina emas, Toshkandxotinlarig‘a ham om edi. O‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib to‘ylarida, azalarida,qisqasi, tiq etgan yig‘inlaridag‘i uylarining to‘rini O‘zbek oyimg‘a atag‘an edilar. Bir buginaemas, qiz chiqaraturg‘an, o‘g‘ul uylantiradirg‘an, sunnat to‘yi qila-dirg‘an xotinlar o‘zto‘ylarini O‘zbek oyim kengashidan tashqari jo‘nata olmas edilar. O‘zbek oyim aralashqanto‘ylik xotinlarning ko‘ngillaridagi orzu havaslari ham erlari tomonidan kamchiliksizbajarilar, chunki «O‘zbek oyim shundog‘ buyurdilar» degan so‘z erlar uchun ham farz kabieshitilib, O‘zbek oyimning aytkanicha hozirlik ko‘rila boshlanar edi. Bu tomondanqarag‘anda O‘zbek oyimning o‘tkirligi erlar tomonidan ham tasdiq etilganligini iqrorqilishg‘a to‘g‘ri keladir.O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» debbormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar,o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llaribilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor o‘rnida so‘zlab yurar edilar. O‘zbekoyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtiromqilib o‘zlarining «onaxonlari» deb bilar edilar. Shunga ko‘ra qaysi bir vaqtlarda o‘rdayasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda begi oyim buyurdilar”,deb O‘zbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bilan qaysi bir majlislardaO‘zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: «Kecha o‘rda bek oyimdanmenga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan bo‘sh qaytardim...Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. Ikkinchi vaqtda: «O‘tkan kun o‘rdagaborg‘an edim; xonimlar yotib qolasiz deb qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, debso‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining qandog‘ birxotinning suhbatiga noil bo‘lg‘anlarini o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in hamkuchaytirar edilar.Ul o‘z uyida o‘lturg‘anida ham ustidagi atlas ko‘ynak bilan adras mursakni, oq shohidakana bilan kahrabo tasbihni qo‘ymay, qish kunlari tanchadan par yostiqqa suyalib, yozkunlari ayvonning to‘riga yoslanib Hasanalining xotini bo‘lg‘an Oybodoqqa, cho‘ri qizHanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina o‘lturar edi.Otabekning Marg‘ilondan uylanib qo‘yishi otasi uchun uncha rizosizlikka mujib1bo‘lmasa ham, ammo uning o‘g‘ul to‘yisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib u«buning qizi yaxshi bo‘lsa ham, uy-joylari yaramas ekan; buning uy-joylari tuzik bo‘lsaham, qizi ko‘rksiz ekan; buning qizida, uy-joylarida tuzik, biroq zoti pas ekan» deb qiz,quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg‘uchi O‘zbek oyimning Otabekni uylandiribbuning orqasidan ko‘raturgan orzu-havas, to‘yu tomoshalarini shartta kesib qo‘yg‘an bu69

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyuylanishka nima deyishi va qanday qarashi albatta ma’lum edi. Bittayu bitta o‘g‘li Marg‘ilondegan joyda, allakimlarning qo‘lida, asli noma’lum kishilarning qizig‘a uylansin-da, bu kunertao‘g‘lumning orzu-havasini ko‘raman, deb entikib o‘ltirg‘an va o‘g‘ul boqib katta qilg‘anona — O‘zbek oyim ikki qo‘lini burniga tiqib qarab qolabersin...Bu xabarni Hasanalidan eshitkan kunlari ul bu ishka chidab turolmadi: «Endi mengamundog‘ o‘g‘ul kerak emas... Oq sutimni oqqa, ko‘k sutimni ko‘kka sog‘dim... EndiToshkandga kelmasin ul o‘zboshimcha betiyuq!” deb baqirib-chaqirib, yig‘lab-sixtab, darduhasratni boshig‘a kiyib oldi. Oradan o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan Otabek keldi.Uch oylab ko‘rmagan o‘g‘lini quchog‘ig‘a olib ko‘rishmak o‘rniga undan yuzini o‘gurib, sankimsan, keldingmi, deb so‘ramadi va salomiga alik ham olmadi. Go‘yo uxlamoqchi bo‘lg‘antovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga al-laqachon tushungan, ham shu holniMarg‘ilondayoq kutkan edi. Bir-ikki qayta uzr aytib ko‘rgandan so‘ng O‘zbek oyimningepaqag‘a kelishiga ishonmay qoldi va shuning uchun ul ham go‘yo bilmagan, tushunmagankishidek yuriy berdi.Turg‘an gap, Otabekning Marg‘ilong‘a uzoq bormay turishi mumkin emas edi. O‘rtadanikki hafta o‘tar-o‘tmas otasig‘a allaqanday bahona ko‘rsatib, yo‘l hozir-lig‘ini ko‘raboshlaydir va onasig‘a bildirmayoq Mar-g‘ilon jo‘naydir. O‘zbek oyim o‘g‘lining «o‘lganniustiga chiqib tepish» qabilidan bo‘lg‘an bu harakatidan tutuni ko‘kka chiqib, borliq qahrug‘azabini eri ustiga to‘kadir: «Siz qarib esingizni yeb qolibsiz, o‘g‘lingizni marg‘ilonliqqatopshirib qo‘yib, yana el ichida boshingizni ko‘tarib yurmakchi bo‘lasizmi?..» deydir.Yusufbek hojining qiziq bir tabi’ati bor: xotin bilangina emas, umuman uy ichisi bilanhar qanday masala ustida bo‘lsa bo‘lsin uzoq so‘zlashib o‘lturmaydir. Otabekmi, onasimi,Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining so‘zlari va yo kengashlari bo‘lsa, kelib hojiningyuziga qaramasdan so‘zlab beradilar; maqsad aytib bitkandan so‘ng sekingina ko‘tarilibuning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltiribo‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa «xo‘b» deydir, gapka tushunmagan bo‘lsa «xo‘sh»deydir, noma’qul bo‘lsa «durust emas» deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa biriljayib qo‘yish bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir va aytsa ham uch-to‘rtkalimadan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe’liga juda yaxshi tushunganliklaridanko‘pincha bir og‘iz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Ammo Otabek bilan birar to‘g‘ridaso‘zlashmakchi bo‘lsa, uni aksar mehmonxonaga chaqirib yoki chaqirtirib oladir. O‘zbekoyim yuqoridag‘i o‘zining itob1 va xitobiga eridan bir iljayib qo‘yish javobini olib dami ichigatushadilar va chor-nochor o‘ttuz kunlab bir zamonni o‘zicha marg‘ilonliqni qarg‘ash bilankechiradir. Otabek Toshkandga qaytib kelib, «endi araz bitkandir» degan o‘yda onasig‘asalom beradir. Araz bitish qayerda, O‘zbek oyimning o‘g‘lig‘a qarshi kinasi tag‘in bir nechaqat ortqan, ammo bu gal salom berguchiga bir qaraydir-da, «O‘g‘lim, menga salom beribnima qilasan, marg‘ilonliq onangning duosini ol!» deb yuzini chetka o‘guradir. Ul onasiningbu kinoyasini kulgulik bilan kechirib, yana eskicha arazda qolaveradirlar. Otabek yana o‘nbesh kunni o‘tkazib, tag‘in bir nozik sababni o‘rtag‘a tashlab onasining ruxsatisizMarg‘ilong‘a jo‘nab soladir. Tag‘in O‘zbek oyimning rangi o‘chkan, qoni qochqan: tovoqnikosaga, cho‘michni piyolaga urib dodi faryod: «Siz otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyibolish sira esingizga keladimi? O‘g‘lingizning bu ishi bechiz emas: marg‘ilonliq sihr qildimi,jodu qildimi, haytovur siz shu yo‘sunda yuruy bersangiz, erta-indin o‘g‘uldan ajralasiz. Bukalvak o‘g‘lingiz marg‘ilonliqning eshigida qul bo‘lib yotib oladir...» Ammo Yusufbek hojixotinning so‘zini bu gal ham elamaydir, faqat: «Qo‘yaber, xotin, o‘zi sog‘ bo‘lsa, bir kunesini topar», deb qo‘yadir. Bir yarim oylar vaqtni Marg‘ilonda o‘tkazib, tag‘in OtabekToshkandga keladir. Tag‘in ona-bola oralarida kina-kudurat... Tag‘in araz... O‘n besh kuno‘tmasdan yana Andijon safari, yana O‘zbek oyimning fig‘oni falakka... Marg‘ilonliqningsihrchi-joduchisiga o‘lim tilash; meni o‘g‘limdan ajratsa o‘zi ham suyganidan ajrasin,qarg‘ish...70

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyNihoyat oradan bir yil chamasi vaqt o‘tib Marg‘i-long‘a qatnash yetti-sakkizga yetkach,O‘zbek oyimning g‘idi-g‘idisi bilan bo‘lsa kerak Yusufbek hojida ham bir o‘zgarish ko‘rilaboshlaydir. Xotinining: «O‘g‘ul o‘sdirishni, o‘g‘ul tiyishni bilmaysiz» deb shiltalashiga:«Nima qil, deysan endi?» deb so‘raydir.— Biz Otabekni Toshkanddan uylandirib boshini bog‘lamasaq, kun sayin uningMarg‘ilon yugirishidan qutila olmasmiz. Toshkanddan uylansa suv quyg‘andek tinar-qolar;Marg‘ilon balosini esidan ham chiqarar... — deydir O‘zbek oyim. Ya’ni hamisha yuraginishopirtirib, miyasini mashg‘ul qilg‘an muddaoni aytib solish fursatini qochirmaydir.— O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa...Erining bu so‘ziga O‘zbek oyim ortiqcha qizishadir, labi-labiga tegmay bobillab beradir:— Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o‘g‘lingizga topshirib, bolani bola qilmadingiz, birxudbin qildingiz... O‘g‘ul o‘sdirish bu turda bo‘lmas; ul tilasin-tilamasin shartta-sharttatilaganingizcha qilingizda, qarab turaberingiz. Siz o‘zingizning shu «o‘g‘ling bilar» degangapingiz bilan qancha yaxshi joylardan qolib, nihoyat marg‘ilonliq balosig‘a yo‘liqdingiz...Endiki ixtiyor manda: ul kelguncha bir yaxshi joyga unashayin-da, kelgandan so‘ng to‘yniham jo‘natib yuborayliq!— Turatur-chi...Hojining bunchalik bo‘sh kelishi O‘zbek oyimg‘a qanot-quyruq bergandek bo‘ldi vamundan so‘ng tinib-tinchib turolmadi. Shu gapning ikkinchi kuni Hasanalini qo‘yardaqo‘ymayarava qo‘shdirib shaharning to‘rt tomonig‘a qiz ko‘rish uchun yurib ketdi.Marg‘ilonliq kelinning ta’rifini Hasanalidan ko‘b eshitkan edi. Otabekning ko‘nglini o‘shago‘zal marg‘ilonliqdan sovitish yo‘lida undan ham ko‘hlik, undan ham suluk qiz topishko‘yiga tushdi. Shunga ko‘ra unga uncha-muncha qiz yoqmay, shahardagi ko‘b eshiklarnisanashg‘a to‘g‘ri keldi. Yettinchi martaba ko‘chaga chiqishda Olim ponsad deganning qiziyoqa tushib hojiga arz qilindi. Hoji boshda xotinining bu gapiga kuldi, undan keyin«turatur, o‘g‘ling kelsin», dedi. O‘zbek oyimning bobillashi kuchayabergach: «Nima qilsango‘zing bil, basharti o‘g‘ling ko‘nmasa men zo‘rlamayman!» dedi. O‘zbek oyim eriga yalinibboshladi:— Bir so‘zlig‘ingizni qo‘ying, er; o‘zi aslzoda, loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishkava’da bering-chi,— dedi.— Yaxshi. Va’da ham berayin, ammo san unashmay tur.— Unashmayman, lekin o‘g‘lingizga unashdiq, deb eshitdirarmiz... Tuzikmi?— Ma’qul.Shu o‘lturishdan so‘ng O‘zbek oyim juda ham jonlanib ketdi va ertasiga Olimponsadnikiga qarab yana arava qo‘shdirdi. Bu ikkinchi sovchiliqda go‘yo qudachalardekqarshi olindi. Olim ponsadboshilar: Yusufbek hojig‘a quda bo‘lar ekanmiz, deb juda hamtipirlashib qolg‘an va izzat-ikromni haddan oshirg‘an edilar. Yegan og‘iz uyalar qabilidanO‘zbek oyim ham muomalani qudalarcha qildi, hatto: «Bek otangiz bilan men so‘zni birjoyiga qo‘ydiq. Faqat ish Otabekning kelishiga qoldi» deb qo‘ydi. Kechqurun uyga qaytibbu aytkan so‘zini hikoya qilg‘an edi, hoji labini tishlab qoldi va: «Sanga sira aql bitmayketar ekan-da», dedi.Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vijdon azobi vatilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun bo‘lg‘anlig‘inipayqadi. Ul bu gapni onasining ilgarigi achimsiq so‘zlarini va arazlarini tugalganidan vao‘rniga chuchuk so‘zlar, silliq muomalalar bitib «eson-sog‘ keldingmi, bolam»laridanoqsezgan edi. Bunday bo‘lmag‘ur taklifni eshitmas uchun o‘zini chetka olib, otasi, ayniqsaonasig‘a yo‘liqishdan qochib yurishka majbur bo‘ldi. Ikki oradag‘i bu qochish-quvish ishiuzoqqa cho‘zilmay, bir kun mehmonxonada ota-o‘g‘ul so‘zlashib o‘lturganning ustigaO‘zbek oyim kelib kirdi va o‘lturmasdanoq hojiga imlab qo‘ydi. Bu imqo‘qni Otabekpayqamag‘an bo‘lsa ham lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig‘a ko‘zi yetib, chiqib71

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyketishning ilojini qilolmadi. O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng Yusufbek hoji bir necha vaqto‘ylab qoldi. O‘zbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina so‘zsizo‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi.— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilibqo‘ydiq...Otabek ma’lumki, ularning «qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an ishlarini» albatta bilaredi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi:— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas, — dedi.Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi.Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi. Yana orag‘a jimjitlik kirdi. Bu so‘zsizlik ma’nosig‘aO‘zbek oyim tushuna olmag‘an edi. Bir oz qarab o‘lturg‘ach, yuragi qaynab ketkandekbo‘ldi:— Biz saning uchun Olim ponsadboshining qizig‘a unashib qo‘ydiq... Endi san bilan to‘ymaslahatini qilishmoqchi edik...Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hojiuyatliksumon «shundog‘» deb qo‘ydi.— Sizlarni ranjitib bo‘lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi...— San uylansang biz ranjirmidik? — dedi kulib hoji.— Ranjimasalaringiz...Hoji tuzuklanib o‘lturib oldi:— Bu ranjishdan emas, hojatdan o‘g‘lim.— Nima hojat?—Hasanalining so‘ziga qarag‘anda, qayin otang qizini Toshkandga yubormas ekan.O‘g‘il o‘sdirib katta qilg‘an onangning bo‘lsa oldig‘a kelin qo‘yg‘usi keladir...Otabek onasig‘a qaradi:— Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib bo‘lardiku,— dedi.O‘zbek oyim marg‘ilonliq tomonidan sihrlangan o‘g‘lig‘a qarshi qizishib ketdi. Biryillardan beri ichiga yig‘ib kelgan kinasini to‘kib berdi:— Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag‘an edim... San bizning naslimizniko‘tarish o‘rniga, yerga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga bunchalik mukkadanketishingni o‘ylamag‘an edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblabketaberar ekansan-da, uyatsiz!..Otabek ham qizishdi:— Xotin bo‘lmasa nima, axir?!— Qoshliq, ko‘zlik bir andi!— Andi deganingiz nima o‘zi?Yusufbek hoji o‘g‘lini bosish o‘rniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda xotinigaqaradi. O‘zbek oyim «andi» ma’nosini bildirib, andilarning sihrini rad qilish uchun bir oztutiliqib qiynaldi:— Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir...Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi...Bu javobga Yusufbek hoji o‘zini xaxolab kulishdan to‘xtata olmag‘anidek, Otabek hamkulib yubordi. Xotinining tirnoq ostidan kir izlab va da’vosining isboti uchun g‘o‘ldirashidanortiqcha kulib kayflangan Yusufbek hoji ko‘ziga chiqg‘an yoshlarni artar ekan, jiddiyat bilano‘g‘lig‘a dedi:— O‘g‘lim, san onangning gapiga achchig‘lanma. Ul har narsa desa faqat Marg‘ilondanuylanganingga qarshilig‘idan aytadir. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondag‘i na qudamizva na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quda bo‘lmoqqa engmuvofiq kishilar edi, balli o‘g‘lim, deyman. Saning tinib-tinchishing, o‘sib-unishing uchun72

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyquvonmag‘an ota-ona sog‘qa hisoblanmaydir. San bunga yaxshi ishon. Ammo bizninghozirgi ba’zi bir ra’ylarimiz sanga yotishib kelmas ekan, bunga haqqing ham bor, lekinikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qo‘yma. O‘g‘lim, bizning sandan boshqa umidnishonimiz, hayot quvonchimiz yo‘q. Dunyoda ko‘rib o‘taturg‘an barcha orzumiz, havasimizfaqat sangagina qarab qolg‘an. Biz xudoi taolog‘a minglab shukur aytamizkim, sanboshqalarning farzandidek eslik-hushlik bo‘lding; kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaqda,san orqalik xijolat chekmasimizga ishondik. Ayniqsa onangning saning tufaylikechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun onang saning oldingg‘a tiz cho‘kib vaonang ko‘ngli uchun men ham orag‘a tushib sandan so‘raymiz: san o‘z xohishing yo‘lidauylangan ekansan, rafiqang sanga muborak bo‘lsin. Eslilik da’vosida yurgan ota-onangtilagi albatta shundan boshqa bo‘lmas. Shu bilan birga saning sababi vujuding bo‘lg‘an birkishi o‘z hayoti ichida bolasi orqaliq bir orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusig‘a haqberasanmi, yo‘qmi yana ixtiyor o‘zingda...Hojining bu so‘zi O‘zbek oyimg‘a nechog‘liq yoqqan bo‘lsa, Otabekni shu qadar yergaqaratqan edi. Hoji o‘zidan oshirib so‘zlag‘an bu so‘zlarini shu gap bilan tamomladi:— Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qopib, deganlaridek, onangning aytmakchi bo‘lg‘anso‘zi faqat shu edi. Boyag‘i gaplari bo‘lsa o‘z haqqini himoya yo‘lida uning popisalariginabo‘lib, mendan ham ko‘ra onangning fe’lini o‘zing yaxshi bilasan...Otabek hamon sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan «shundog‘» ishorasini beraredi. Yusufbek hoji yuqorida o‘tkan gaplarni quruq va asossiz so‘zlamag‘an, balki shuturmushning rukn va asosini bir daraja aytib o‘tkan, Otabek esa buni shu muhitning biro‘g‘li bo‘lib eshitkan edi. To‘g‘risi ham ul dadasi tomonidan so‘zlangan haligi qonung‘aqarshi chiqish uchun lozim bo‘lg‘an kuchka molik emas; bas, kuchsizlikning natijasi esasukut edi. Ul bir tomondan shunday orzu-havas uchun bola o‘sdirg‘an ota-onanimukofotlandirmakchi va otasi aytkan xijolat chekdirmayturg‘an o‘g‘ullardan bo‘lmoqchi ediersa ham, ikkinchi yoqdan o‘zini asir etkan shahlo ko‘zlar unga nafratlanib qarag‘andekbo‘lurlar, go‘yoki vafosiz, va’dasiz, deb qichqirarlar edi. To‘g‘risi ham uni ota-onamukofotiga qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an narsa haligi ko‘zlargina, ammo uning buisyonnamo harakatidan boshqa unsurlar qidirish va chiqarish o‘rinsiz tushar edi. Ota-onaorzusini ifo etishdan1 bir soniya ham o‘zining ko‘z o‘ngidan xayoli ketmagan anuv ilohiymuhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning yuraginiboshqa bir haqiqat tirnay boshlag‘an va vijdonini faqat shu masalagina o‘rab olg‘an edi.Otabekcha eng nozik sanalg‘an bu masala qaroshidag‘i javob kutib o‘lturg‘uchilarni nihoyatzeriktirdi.— Bizni kutdirma, o‘g‘lim.Otabek mag‘lub bir boqish bilan bu so‘zni aytkuchi otasig‘a qaradi va yalinchoq birohangda javob berdi:— Men sizlarning orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig‘ingiz shu bilan bo‘lsa— har vaqt hozirman. Ammo bir bechoraga ko‘ra-bila turib jabr ham xiyonat...Hoji o‘g‘lining maqsadig‘a darrov tushuna olmadi va so‘radi:— Kimga, xotiningg‘ami?— Yo‘q, sizning oladirg‘an keliningizga. O‘g‘lingizning vujudi bilan orzuingizni qondirishoson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz.Yusufbek hoji yalt etib xotinig‘a qaradi. O‘zbek oyimning bo‘lsa oladirg‘an kelinigae’timodi yuqo-rilig‘idan o‘ylab-netib turmadi:— Mayli, bolam; buyoqni hozir san o‘ylamay qo‘y,— dedi.Otabek bir og‘iz so‘z aytmay sukut qildi, Yusufbek hojining esa o‘g‘lining so‘zinito‘g‘rilig‘ig‘a, keyindan yuz ko‘rsataturg‘an ko‘ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, ammo birmulohaza yuzasidan istiqbolning qorong‘i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko‘rmadi:73

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Juda to‘g‘ri aytasan, o‘g‘lim; biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq menlabimni tishlab qolg‘an edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman, — dedi va: —Biz hozir andi-shaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo‘yg‘an: bizningoiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir.Otabek ota-ona orzusig‘a o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizoliq berdi. Ammo o‘zrizolig‘ining sharti qilib to‘ydan ilgari Marg‘ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytibo‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko‘chishiga so‘yingan onaOtabek-ning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi va orzuliq to‘yni tez boshlash uchun o‘g‘liniMarg‘ilon ketmakka qistay boshladi.2. UNUTMAYSIZMI?..Uning bu galgi Marg‘ilon yo‘liga qo‘zg‘alishi ortiqcha bir og‘irliq bilan, ikkilanish bilano‘ralg‘an edi. Kumushbibi uchun dunyoga sig‘masliq bir shodliqning, ko‘rguchi ko‘zlarigaishona olmasliq bir baxtning bu gal ko‘tarib bo‘lmayturg‘an bir qayg‘u, chidabbo‘lmayturg‘an bir hasrat bo‘lib borishini ul yaxshi tushunar edi. Har bir gal Marg‘ilonborg‘anida olib boraturg‘an nafis sovg‘alari bu gal juda zaharlik, ortiqcha alamlik birsovg‘ag‘a aylangan, Kumushbibi bu sovuq kundash sov-g‘asini ko‘rganda ehtimol... nimalarbo‘lar va qandog‘ hollarga tushar edi. Bu mudhish sovg‘ani ehtimolki, uning ota-onalariham qabul qilmaslar: birdan-bir yolg‘iz qizlari uchun bunday gapning yarashmasini aytib:«Sovg‘ang ham kerak emas, o‘zing ham» degan javob bilan yuziga ham urarlar. Mana,uning bu galgi og‘ir harakati va qo‘zg‘alishig‘a nimalar sabab edi.Bu og‘riqqa orzu egalarining qistoqlari nihoyat berdi. Ya’ni chor-nochor bu tuturiqsizsovg‘ani ko‘tarib yo‘lg‘a tushishka majbur bo‘ldi.Otning boshini o‘z ixtiyoriga qo‘yg‘an, ilgarigidek yurak oshiqishlari ichida otni tezyurishka qistamay suvga tushkan nondek bo‘kib-bo‘shashib, yuz xil sovuq, yaramasxayollar qo‘lida ezilib, o‘zining dunyoda bormi-yo‘qmilig‘ig‘a ham tushunmay keta beradir.Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushtigo‘lasva tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib1arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘rostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar vaboshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrabkuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar,sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku».Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularningdimog‘larg‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandog‘ ishdanchiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu chechakqirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. Uning fikrianuv qorong‘uliqlar ichida suzma ham ko‘zi chechak va sabzalar tomoshasida, dimog‘ihidlar istishmomida2, qulog‘i qushlar nag‘masida bo‘ladir. Nima bo‘lsa ham tevaragidagiko‘klam bejaklarini ko‘zdan kechira boradir. Bora-bora fikri ham shu ko‘rinishlardan hissaolmoqqa boshlaydir.— Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijirvijirsayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq yetishuchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir... Baxtlikqaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-havaslariyo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni oladirlar-datog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar. Men ham shu qaldirg‘ochdek uning sariotilib, vijir-vijir sayrab uchar edim.74

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyUning qaldirg‘ochliq qanoti ota-ona mukofoti bilan qayrilg‘an. Unga uchkali erkbermaydir-lar. Lekin hayvon uning qayrilg‘an qanotig‘a qaramasdan o‘zining eski adimtashlashida qirlar, tog‘lar oshib suvlar kechadir; yetti-sakkiz qayta borib kelgan tanishshahariga intilgandan intila beradir. Bu oshishlar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabekuchun huzur va oshiqish bag‘ishlag‘an bo‘lsalar, bu gal uni nafratlandiradirlar, bormayqaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir.Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bufalakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqg‘an bu ashula tevarakni zir-r etdiribyuborg‘andek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uningistiqbolidan hikoya qilg‘andek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib tag‘intevarakni yong‘iratadir.1 Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorniajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosig‘aOtabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuziorqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir...* * *Marg‘ilong‘a to‘rt qo‘nib kirar edi, bu gal oltinchi qo‘nishda yetdi. Tevarakdan asr azonieshitilgan vaqtda otdan qo‘ndi. Otini qutidorning yo‘lagiga yetaklar ekan, negadir yuragio‘ynab ketdi. Bu gal o‘z odatidan o‘n kunlar chamasi kechikkani uchun «balki kutib o‘lturg‘andir»deb o‘ylab haligi yurak o‘ynog‘isi tag‘in ham kuchaydi va yo‘lakdan mehmonxonahavlisig‘a chiqg‘ach, ixtiyorsiz otining bo‘ynig‘a suyalib to‘xtamoqqa majbur bo‘ldi.Chindan ham ul ayvonning oldida kutib o‘lturgan edi. Xayolot ichida Otabekning kelibkirganini sezmay ham qoldi. Nihoyat, qora ohu ko‘zlarni to‘ldirib bunga qaratib olg‘ach,o‘rnidan turdi-da, ichkari havlisig‘a burilib keta berdi. Bu burilish ma’nosig‘a Otabek allaqachontushunib qolg‘an, bu o‘zining kechikib uni zoriqdirg‘ani uchun... Kechikish uchunbunchalik araz qilg‘an bu go‘zalning kundash uchun qandog‘ holga tushmog‘i ma’lum edi.Otabek tamom bir esankirashda qoldi. Otini axtaxonag‘a bog‘lab, sovg‘a-salom to‘ldiribkelgan ipak xurjinni ko‘tarib ichkariga kirdi. Suyukli kuyavni yo‘lakda ko‘rgan Oftob oyimqilib turg‘an yumishini uloqtirib Otabekning oldig‘a yugurdi, jonini ming tasadduq qilibko‘rishkach, kechikkani uchun nechog‘liq tashvishlar tortib va qandog‘ tushlar ko‘rganinilabi-labiga tegmay so‘zlay ketdi. Allaqayoqlarda yurgan To‘ybeka ham yugura kelibso‘rashmoqqa uyalsa ham, ammo «chiroylik yigit»ning qo‘lidag‘i xurjinni oldi.Oftob oyim yugura-yugura qat-qat ko‘rpachalar solib, kuyavni o‘lturishka taklif qildi vaqarshilashni har galgidan ham oshirib yubordi. Lekin Otabek bu qarshi olinishlarg‘a judaishonchsiz qarar, bu kun bo‘lmasa ertaga «ota-ona orzusi» bilan bu siylanishlarni birdano‘zgarib ketmagiga imon kelturib, qaysi yo‘sunda o‘lturib olg‘anini ham payqamas edi.Oftob oyimning bir qancha yaxshi tilaklar bilan bo‘lg‘an duosiga ham ishonchsiz qo‘lko‘tardi va mash’um «orzu»ning bundog‘ yaxshi duolarni ost-ust qilishini o‘yladi. Fotihadankeyin Oftob oyim tovoqni xurmaga, xurmani tovoqqa urushdirib kuyavga qatiq olib chiqdiva Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay «ichingiz, yo‘l g‘uborini oladir» deb qistayboshladi. So‘ngra To‘ybekani choy qaynatishg‘a buyurib o‘zi kuyavi bilan so‘rashdi:— Otangiz, onangiz salomatlarmi?— Shukur, sizga salom aytdilar.— Hasanali otam sog‘mi, nega siz bilan kelmadi?— Shukur, sog‘, ba’zi ishlar bilan bo‘lib kelolmadi,— bu javobni berish homonoko‘nglidan kechdi: «Nega yolg‘on gapirasan, Hasanali to‘y harakatlari bilan mashg‘ulemasmi...»75

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabekning kirib o‘lturganiga bir necha daqiqa fursat o‘tkan bo‘lsa ham hamonKumush uydan chiqmadida, arazini qattig‘ ushlagancha o‘lturib oldi. Oftob oyim kuyaviyuzida ko‘rilgan o‘ychanliqni Kumushning uydan chiqmag‘anlig‘ig‘a yo‘yib qizini chaqirdi:— Kumush! Qallig‘ing keldila-ya, chiqib so‘rashishni ham bilmaysan!Oftob oyimning shu yo‘sun chaqirishi uch-to‘rt qaytalab bo‘lsa-da, Kumusheshitmaganga solinib arzimagan narsalar bilan shug‘ullang‘an bo‘lib chiqa bermadi.Otabekning yuzidagi o‘ychanliqqa razm qo‘yg‘an sayin Oftob oyimning haligi shubhasiulg‘aya bordi, kuyavning ko‘zini shamg‘alat qilib qizining oldig‘a kirdi va shivirlab Kumushniurisha boshladi: «Esingni yedingmi qizim, ering sani deb Toshkand degan shahardankelsayu, san kim keldi deb oldig‘a chiqmasang. Tur, chiqib so‘rash, arazlab ketib qolsanima qilasan?» Oftob oyimning bu keyingi so‘zi chindan ham Kumushni o‘ylatib qo‘ydi:«...Ketib qolsa nima qilaman?» degan jumlani ko‘nglidan kechirdi-da, onasidan ilgariroqgo‘yoki, ayvon toqchasidan bir narsa oladirg‘andek bo‘lib, o‘ziga termulib turg‘an Otabekkayer ostidan sekingina bir kulib boqdi va toqchadag‘i keraksiz bo‘lg‘an bir piyolani olib, yanauyga kirib ketdi.O‘zbek oyimning sihirchi-joduchi deb qarg‘ashi ham hikmatsiz bir gap emas.Kumushbibining bu kulib qarashi Otabekka ajib bir inqilob yasag‘an edi. Undagi oniy buo‘zgarish juda qiziq va sira ishonmasliq edi. Ul bu yer tegidan bir kulib boqish ta’siri bilanustidagi tog‘dek bosib yotqan «orzu»ni ag‘darib solg‘an va qushdek yengil tortqan edi.Uning oniy bu o‘zgarishi shundan iborat edi: «Ularning orzu va rizoliqlari, bu rizoliqsharofati bilan topiladirg‘an savob, yurtning yuqori-quyi gaplari — barchasi hamKumushning yolg‘iz shu birgina kulib qarashi oldidan o‘tabersin!»Oniy bu o‘zgarishdan so‘ng taraddudsiz shu qarorni ko‘nglidan kechirdi: «Ularningorzularini bularga so‘zlamayman-da, Toshkandlariga ham bormayman».Undagi bu o‘zgarish oniy bo‘lg‘anidek juda jiddiy ham edi. Ko‘ngliga necha kunlardanberi uzala tushib yotqan bu chigil «bir kulib boqish» sihri bilan yeshilgan va Marg‘ilondadoimiy turg‘unliqqa deb tugilgan edi... Bu o‘zgarishdan keyin onadan tug‘ma bo‘lib yengiltortdi, go‘yoki mundan so‘ng o‘ziniki bo‘lg‘andek qilib ishonch va sokit1 ko‘zlari bilan uygaqaradi. Shu vaqt uy ichidagi sitamgar pari o‘zining sihirlik ko‘zlari bilan Otabekka yana kulibqarab turar edi-da, go‘yoki shu kulish bilan o‘z sihrining qaysi darajalarda kuchlikbo‘lg‘anini so‘zlab faxrlanar edi.* * *O‘rtadan o‘n besh kunlar vaqt o‘tdi. Kumushning qaytalab so‘rashig‘a:— Chindan-chindan: mundan so‘ng Toshkand bormayman, — degan javobni berar edi.Kumush bu gapka ajablanar, to‘g‘risi, shodlanar edi.* * *Marg‘ilon kelganning yigirmanchi kuni. Otabek hozirg‘ina qayoqqadir chiqib ketkan edi.Qutidor odatig‘a qarshi bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldida, Otabekni so‘radi,yo‘qlig‘ini bilgandan so‘ng xotinini mehmonxonag‘a boshlab chiqdi.— Tinchlikmi? — deb so‘rag‘uchi Oftob oyimg‘a so‘yinch va yo quvonchlig‘i bilinmaganbir vaziyat bilan javob berdi:— Tinchlik.Mehmonxonada eru xotin yonma-yon o‘lturishdilar. Oftob oyim bu boshi-oyog‘i yo‘qishdan yorilar darajasiga yetayozgan edi.— Otabekdan hech bir so‘z eshitdingmi? — deb so‘radi qutidor.— Qanday so‘z eshitay, har qachon so‘zlaydir, albatta men eshitaman.76

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Toshkand to‘g‘risida hech gap aytmaydimi?— Toshkandga bir gap bo‘lg‘anmi?— Toshkandga hech gap bo‘lmag‘an, — deb kulimsiradi qutidor. — Manim muddaomboshqa to‘g‘rilarda. Qizingdan ham hech gap eshitmadingmi?— Hech gap... Ha, aytkandek kecha, erining mundan keyin Toshkand bormaslig‘iniso‘zlag‘andek bo‘lg‘an edi.Qutidor bir ishka tushungandek ko‘zini o‘ynatib oldi va so‘radi:— Endi Toshkand bormas emishmi?— Bilmadim; chinmi, chin emasmi, haytovur qizingizdan eshitkandek bo‘lg‘an edim.Nima, ota-onasi bilan urishib kelganmi?— Yo‘q, — dedi qutidor va cho‘ntagidan bir narsani ola-ola aytdi, — men bu kunToshkanddan qiziq bir xat oldim.— Kimdan?— Qudangdan, — dedi qutidor va xatni ocha-ocha,— shuni sanga o‘qubbermakchiman, — dedi.— Axir o‘zi nima gap? — deb so‘radi Oftob oyim.— Eshitsang bilasan.«Qudamiz Mirzakarim qutidorg‘a va qudachamiz xonimg‘a yetub ma’lum bo‘lg‘aykim,bizlar munda sog‘-salomatdirmiz va ul jonibdagi1 siz hurmatlik va izzatliklarni parvardigoriolamdin sihhatlaringizni saloti xamsa2 oldida so‘rab turmoqdamiz. Ba’da maxfiyqolmag‘aykim, kuyav o‘g‘lingiz xizmatlariga yuborilg‘an edi. Inshoolloh, salomat yetkanbo‘lsa kerak. Ammo siz hurmatlularga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimizbo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz,umid hadafimiz3 faqat shul Otabekdir. Muhtaram siz burodarimizning shul yagonao‘g‘limizni farzandlikka qabul qilib, ammo bizning kelin bolamizni Toshkandgayubormag‘anlari bizning janoblaridin bo‘lg‘an minnatdorlig‘imizni va yana o‘g‘limizg‘abo‘lg‘an marhamatlarini bir oz tugallay olmadilar. Ammo kaminalari bu xususdagi aybnisizning ustingizga butunlay yuklay olmaymiz, zeroki, bizning boshimizda bo‘lg‘an «yolg‘iztuyoqliq» savdosi sizning ham boshingizda bordir. Nachukkim, Otabekning ko‘p umriMarg‘ilonda o‘tib, bizlarni ham siz o‘ylag‘an og‘irliqqa solmoqdadir. Birodari aziz, siz manimbu so‘zlarimdin xafa bo‘la ko‘rmangiz, zeroki, faqiringiz bu so‘zlarni bir yo‘sin kelish vajhidinyozib o‘tdimiz. Dunyo orzu-havas uyi derlar. Yuqorida bayon qiling‘anidek va o‘zlaribilganlaridek, ayniqsa qudachalarining dunyoga kelib kutkani shu yolg‘iz o‘g‘ulning orzuhavasidir.Janoblari bul ishka haq berurlarmi, yo‘qmi, ammo azizlarning ruxsatlariniolmasdanoq Otabekni Toshkanddan ham taalluqdor qilmoqchi bo‘lib, bul ma’niga ba’ziharakatlarini qilib qo‘ygan erdik. Ammo bizlarning bul ra’yimizga o‘g‘lingiz qarshi tushibharchand rad qilsa ham nihoyatida onasining so‘zini yerda qoldirmasliq uchun qabul qilg‘anerdi. Ammo bul to‘g‘risidag‘i siz janoblarining ruxsatlaringiz ba’dida javob bermakchi bo‘lib,xizmatlariga ketkan erdi. Siz hurmatlular bul ma’nini savob toparsizlarmi-yo‘qmi, bu jihatiyana marhamatlaringizga bog‘liqdir. Bu maktubni yozishdan qasdimiz1 shulkim,Otabekning u ikkinchi taalluqqa aslo ra’yi bo‘lmay va yana sizlarga aytmay bul tarafdabizlarni xijolat chekdirib qo‘yarmi, deb o‘yladiq. Burodari kiromi, siz dunyo ko‘rgan birkishisiz, onasining bu talabini xo‘b mulohaza qilib ko‘ringiz, bu to‘g‘ridag‘i ra’yi o‘g‘lingizgaqarag‘anda ham faqirlaricha sizlarda bo‘lg‘ani vajhidin albatta ko‘ndirishka sa’y va ko‘shish2qilursiz, deb ishonamiz. Otabekning ikkinchi taalluqi to‘g‘risida kelin bolamizg‘a bildirilmasaxo‘b erdi. Bizlarning xursandchiliklarimiz yo‘lida Otabek bilan birga Toshkand tushib, o‘zqo‘llari bilan to‘yimizni o‘tkazishingizga ishonib Yusufbek hoji va qudachalari. 17-nchi savr3oyida 1265-inchi hijriyada yozildi».Qutidor xatni o‘qub bitirdida, xotinig‘a qaradi. Oftob oyimg‘a bu xat muzlik suvgasho‘ng‘utib olish ta’sirini bergan va o‘lturgan yerida sirra bo‘lib qotib qolg‘an edi. Otalar77

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyuchun bundog‘ gaplar unchalik yomon ta’sir bermasa-da, xotinlarg‘a qanday asar qilishibilgulukdir. Oftob oyim uchun go‘yoki qizining birar aybi uchun bu ishka majburbo‘ling‘andek, Kumush esa endi eriga suyumsiz, ishdan chiqg‘an va burchakka tiqilg‘anuvadadek bo‘lib ko‘rina boshlag‘an edi. Maktubni eshit-kan quloqlari yanglish eshitkandekbo‘lar edi.— Tag‘in o‘qub ko‘ringiz-chi...Qutidor xotinining so‘zidan kuldi:— Qaytarib o‘qishning foydasi yo‘q, xatning maqsadi san onglag‘andek, — dedi.Oftob oyim boshi yanchilg‘an ilondek to‘lg‘andi:— Qizim ustiga kundash?!Qutidor qafaska yangi soling‘an qushdek urinmakka olg‘an xotinini bosmoq bo‘ldi:— Ortiqcha urinma, ilgari haqiqatka tushun-chi...— Haqiqati nimasi?— Bunda gap bor.— Nima gap bor?— Agar bu ishda kuyavingning ham izi sezilganda edi, san emas man ham bu gapkachidamas va qizim ustiga tushkan bu og‘ir masalani tinchlik bilan qarshi olmas edim.Ammo bunda kuyavingning ishtiroki ko‘rilmay, shuning ila manim damim kesilib qoldi. Haliuning qizingg‘a: «Mundan keyin Toshkand bormayman», deb aytkanini so‘zlab eding-a?— Yolg‘onmi, chinmi, — dedi Oftob oyim tilar-tilamas, — eshitkandek bo‘lg‘an edim.— Eshitkandek bo‘lg‘an bo‘lsang ham bu so‘z chindir, — dedi qutidor, — nega desang,xatining mazmunidan ham onglashiladirkim, bu ikkinchi uylanishka Otabek butunlay qarshibo‘lib, faqat bu gap qudalaringninggina ishlaridir. Shuning uchun kuyavingning uylanishiniqizing ustiga chin ma’nosi bilan kundash deb bo‘lmaydir.Oftob oyim kutmagan joyda qutidor tamoman Otabekni ikkinchi uylantirish tarafidaturib so‘zlar va o‘lganning ustiga chiqib tepar edi.— Agar Otabek bu ikkinchi uylanishka rizo bo‘lsa edi, birinchidan ruxsat olish uchunMarg‘ilong‘a kelib yurmas...— Shoshmang-chi, — dedi Oftob oyim, — o‘zingizcha nimani so‘zlay yotibsiz?— Bu ikkinchi uylanishda Otabekning rizosizligini.— Kuyavingizning rizolig‘i bo‘lmasa xudo xayrini bersin, vassalom.— Gap unda emas-da, — dedi kulib qutidor.— Nimada? — dedi qizishib Oftob oyim. — Qizingiz ustiga kundash balosini o‘zqo‘lingiz bilan yuklamakchi bo‘lasiz shekillik!Qutidor sovuqina qilib kulib qo‘ydi:— Tushunmay yotibsan, xotin.— Hamma gapka tushunib turibman.— Tushungan bo‘lsang bu xatka nima deb javob beramiz?— Bizga ma’qul emas, deng.— Ma’qul emas, deyish bilan ish bitmaydir, birarta dalil ko‘rsatish kerak.— Toparsiz, axir dalilni.Qutidor tamoman to‘nni teskari kiyib olg‘an xotinig‘a qarab boshini qashib oldi:— Xatda ikkinchi uylantirish uchun bo‘lg‘an sababni qizimizni Toshkandyubormag‘anlig‘imizda ko‘rsatila-dir, — dedi qutidor. — San aytkancha kuyavingToshkanddan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldig‘a turg‘un qilib yuborayliq,tuzikmi?— Nega men yolg‘iz qizimni Toshkandga yuboray, — dedi ko‘zini olalandirib, — bizqizimizni berishda Marg‘ilondan tashqarig‘a olib ketmas va’dasi bilan berganmiz.78

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bu gaping to‘g‘ri-ya, — dedi qutidor, — men ham Kumushni Toshkand yubormoqqaqarshiman. Gap bu yerda: biz Otabekdan bu va’dani olg‘an choqda, «Ota-onang‘dankechasan, ikkinchi uylanmaysan» degan va’dani ham olg‘anmi edik?— Bunday va’dani bergan bo‘lsin-bo‘lmasin, — dedi entikib, — suyub olg‘andan so‘ngikkinchi uylanish so‘zini ham og‘zig‘a olmasin.— Kim aytdi sanga, og‘zig‘a oldi, deb?— Hech kim aytmagan bo‘lsa ham siz orag‘a tushmang deyman, o‘z oyog‘ingizgao‘zingiz bolta qo‘ymang, deyman.— Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a, degan bir gap bor, — dedi jiddiyvaziyatda, — mendan ham san yaxshiroq tushunib turibsanki, agarda bizning rizoligimizbo‘lmas ekan, Otabek sira ham ikkinchi uylanmaydir. Masalan, biz ikav — qudalarningo‘rnida bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limiz boshqa bir shaharda, biz tanimag‘an bir qizg‘a uylanibqolg‘anda — o‘ylab qara, chiday olurmi edik. O‘g‘limiz ko‘nmaganda ham o‘z shahrimizdanikkinchi uylantirishka kirishmasmi edik. Bu tilagimizga qarshi tushib o‘g‘limizni o‘z shahri vao‘z uyida olib o‘lturg‘uchi qudalarimizg‘a la’nat o‘qub o‘lim tilamasmi edik?Bu so‘z Oftob oyimni bir oz o‘ylatib qo‘ydi. Lekin hali ham oyoq uzatmag‘an edi.— Endi nima qilmoqchisiz?— Nima qilar edim, — dedi qutidor, endi hamma ixtiyorni o‘z qo‘lig‘a olib qo‘yg‘an edi,— Otabek ko‘nmaganda ham ko‘ndirib, o‘zim birgalashib Toshkand tushaman...— Qizingiz bechoraga...— Qizimga hech gap yo‘q. Hali ham izzati, hurmati o‘z qo‘lida.— Qurib ketsin shu dunyoning ishlari!— Qizingni Toshkand jo‘natishka ko‘n bo‘lmasa.Oftob oyim javob berish o‘rniga o‘krab-o‘krab yig‘ladi.* * *Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida nechaturluk shubha tug‘ilmoqda edi. Bu odatdan tashqari chaqiriq nega me-hmonxonag‘a bo‘ldi?Nega Kumush bu o‘lturishka chaqirilmadi? Qayin onasi nega unga termulib boqadir?Qutidor tomonidan shu orada ul kutmagan bir savol ham tashlanib qo‘yildi.— Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz; bu gal Toshkanddan chiqishingizdagiasl maqsadingiz nimaga edi?Otabek tarafidan kutilmagan bu savol uni shoshirdi va nima deb javob berishni bilmayqoldi.— O‘zim... sizlarni ko‘rish uchun.— To‘g‘risini so‘zlangiz, bek, — qutidor bu gapni yarim jiddiy qilib kulib aytdi. ChunkiOtabekni shu yo‘sun ba’zi yoqlardan ta’min etmakchi va unga bu to‘g‘rida jasoratbermakchi edi.— Aytdim-ku.— To‘g‘ri aytmadingiz...Otabek shoshqan holda edi:— Toshkanddan chiqg‘animdagi maqsadni so‘zlash sizlarga bir behuzurlik berganideko‘zimga ham og‘ir... U to‘g‘rida qat’iy bir qarorg‘a kelganim uchun sizlarga so‘zlab o‘lturishham foydasiz, — dedi.Oftob oyim eriga qarab oldi, qutidor yovoshqina bir tovush bilan so‘radi:— So‘zlash og‘irmi?— Mengagina emas, hammamizga ham og‘ir...— Agarda biz rizoliq bersamiz-chi?79

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyErining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga rizosizliq belgusi chiqdi. Otabekersa seskanib uyqudan uyg‘ong‘andek bo‘ldi va ikkilanib so‘radi:— Siz nimaga rizoliq berasiz?— Bu gal Toshkanddan nima maqsadda chiqg‘an bo‘lsangiz — o‘shanga.Otabek xijolat bilan ter chiqardi:— Toshkanddan nima maqsadda kelganimni bilasizmi?— Bilamiz, — deb kuldi qutidor.— Sizni bunday ishka rizoliq uchun kim va nima majbur etadir?— Hech kim majbur qilmaydir, — dedi kulib qutidor,— majbur qilg‘an narsa: shundaykunlar uchun o‘g‘ul o‘sdirg‘an ota-onaning rizoliqlarig‘ina, balki sizni ham shu gap majburqilar.— Otam bilan onamning rizoliqlari uchun shundan boshqa sabab qurib qolg‘anig‘anima deyishimni ham bilmayman. Garchi Toshkandda ekan chog‘imda bu rizoliq yo‘lig‘a belbog‘lang‘an bo‘lsam ham, endi bu bel bog‘lashni butunlay o‘rinsiz bo‘lg‘anig‘a tushundim...Oftob oyim oz qoldiki, «to‘g‘ri!» deb qichqirsin. Ammo qutidor xotinig‘a xo‘mrayibqaradi.— Qisqaroq o‘ylaysiz, Otabek, — dedi, — otangiz bizga murojaat qilmag‘anda edi, bizbu ishda betaraf qolsaq bo‘lar edi. Hozirda biz ham sizning so‘zingizga qo‘shilsaq siz emas,yomon otliq biz bo‘lamiz.— Uning mulohazasini qilmang.— Nega qilmayliq?— Hamma aybni manim ustimga yuklab javob yozingiz.Qutidor kuldi va so‘radi:— Toshkandda ekan chog‘ingizda otangizning taklifini qabul qilg‘an edingizmi?— Qabul qilg‘an edim.— Bizning ruxsatimizni olg‘ali Marg‘ilong‘a ham kelgan edingiz, shundog‘mi?— Shundog‘...— Barakalla, Marg‘ilong‘a kelib bu gapdan aynadingiz-a?— Aynadim...— Endi Toshkandga Marg‘ilondan aynab borasiz?— ...— Mana ko‘rdingizmi, faqat bu ishda bizgina yomon otliq bo‘lamiz. O‘zingizning shuxatongiz uchun ham bu gapni qabul qilmoqqa majbursiz.Otabek nima deb aytishdan ojiz qoldi va o‘zining bolaliq harakatidan seskandi vaxijolat orasida so‘radi:— Otam sizga qachon xat yozg‘an edi?— Kecha oldim. Demak, ko‘ndingiz?— Men bu gapka durustlab o‘ylamasdan javob beralmayman.— Qancha o‘ylasangiz ham javobingiz birgina bo‘lishi kerak; ya’ni rizoliq.Qutidorning bu so‘zi juda ham qat’iy edi. Bu qat’iyatni onglag‘uchi ko‘ngildanchiqarayozg‘an bu masalani chinlab o‘ylamoqqa majbur edi. Nima bo‘lg‘anda hamko‘nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu «ota-ona orzusi» bir tomondan qaralg‘andajuda yengil ko‘chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o‘rinlari hambor edi.— Yaxshi, — dedi, — men sizning taklifingizga ko‘nayin, ammo ko‘nishning varizoliqning zaruri qizingizda emasmi?Shu choqqacha mungg‘ayib o‘lturgan Oftob oyim yalt etib eriga boqdi, yana cheksiz birmehribonchiliq nazari bilan Otabekka qaradi.80

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Siz qizimizning andishasini qilib o‘lturmangiz, bek, — dedi qutidor, — bu ishni engyaxshisi unga bildirmaslikdir, keyinroq o‘zi ko‘nikib ketar, bu taraflardan tashvish lozimemas.— Yo‘q, — dedi bek, — men bu ishka basharti ko‘nganimda ham qizingizdanyashirmayman.— Nega?— Negaki uning rizolig‘ini olmasdan turib, bu ishka oyog‘ qo‘yishim mumkin emas.— Agar ko‘nmasa-chi?— Ko‘nmasa, men ham ko‘nmaslikka majburman.Bu uzil-kesil so‘zdan qutidor o‘ylab qoldi. Oftob oyim bo‘lsa, qizining qadrini bunchalikarshlargacha ko‘tarmakda bo‘lg‘an yigitka o‘zida cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtiromsezmakda va nima uchundir yig‘lag‘usi va kuyavi yuzidan o‘pkusi kelmakda edi.— Tuzik, — dedi qutidor, — uning rizolig‘ini o‘zingiz olmoqchimisiz?— Yo‘q, negaki qizingiz uchun haqorat bo‘lg‘an bu so‘zni aytish manim qo‘limdankeladirgan ish emas, — dedi. Eru xotin bir-birlariga qarashib qo‘ydilar. Keyingi so‘zni aytibbitirgach, Otabekning ko‘ziga yosh kelgan edi. O‘zining holidan uyaldi shekillik, ularningoldidan turib tashqarig‘a chiqdi. Ul chiqg‘andan so‘ng eru xotin yana yarim soatchajanjallashib o‘lturdilar.* * *Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila poychirog‘yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlariustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Shoirning nafis she’rlarihozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas edilar. Ul shuvaqt to‘sindan kitobni yopdi-da, ayvong‘a quloq soldi. Chunki hozirgina so‘zlashib o‘lturganKumush bilan onasining tovushlari o‘chkan edi. Ul bu holdan shakllandi. Ayvondan onabolaningqayoqqadir yo‘qolg‘anlarini payqag‘ach, tusida o‘zgarish bo‘lg‘ani holda qaytibkelib o‘lturdi. Nima uchundir hozir unda birar foji’aga tushkuchining holati bor edi. Kishiiztirobka tushkan kezlarda tilab emas, ixtiyorsiz ba’zi bir yo‘sunsiz ishlarga urinadir.Shuningdek, ul ham jiddiy bir ravishda Fuzuliy mutolaasiga berildi.Ul o‘zining shubhasidagi gapka qoni’1, oradan yarim soatlab emas, bir soatlab vaqto‘tib borg‘an bo‘lsa ham bu unga zerikarlik emas, tez kelgandan kelmagani yaxshi;yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirg‘an ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... Fuzuliyniyaxshilab o‘qush kerak. Shuning uchun ham ma’nolik she’rlardan boshini ko‘tarmaydir-da,go‘yoki aytarsiz kitobka mixlangan...Kumushning uyga kelib kirgani ham unga sezilmay qoldi. Ul qushlar kabi latif tovushchiqarmasliq qilib gilam ustidan yurib keldi-da, sekingina sham’ yonig‘a — Otabekqarshisig‘a o‘lturdi. Uning ko‘ynagining chiqarg‘an yengilgina shamoli bilan yonib turg‘ansham’ «lop» etdi-da, ko‘rishkandek, o‘ynashqandek bo‘ldi. Bu holdan kitob ustigamukkadan ketib o‘lturg‘uchi cho‘chib ko‘tarilib qaradi. Qarshisida: Fuzuliy ta’biricha sebizanaxdoni2 negadir qizarib, novaki mijgoni ko‘z yoshlari bilan juftlangan haligi pari edi...Birinchi qarashdayoq kutkan ishining to‘g‘rilig‘ig‘a inondi va osiylar1 kabi ko‘zini yerga tikdi.Ul Kumushdan itobomiz so‘zlar, achchig‘ xitoblar kutar; birinchi itobdayoq ota-onagunohiga tavba qilishg‘a hozirlanar edi. Ammo ish ul kutkuncha chiqmadi. Kutilmaganjoyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan qutqarmoqchi bo‘lg‘andek:— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bukitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:— Kim yig‘latdi sizni?81

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yig‘labmanmi?— Ko‘zingiz, kiprakingiz...— O‘zi shunaqa...— Yig‘latg‘an men emasmi?— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi?— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandirqo‘rqg‘andek shoshib aytdi.— Ko‘ndingiz... nega, a?Otabek hayrat va taajjub ichida edi.— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman...— Shuning uchun...— Shuning uchun ko‘ndim...— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek.— Sizning ham ko‘nglingiz...Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edishu vaqt.— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz?Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan:— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’ibo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘ztopolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javobberish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi:«Ota-ona orzusi...»— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush.— Manim orzumni ham bilasizmi?Kumush Otabek yaqinig‘a surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlaberkalandi...* * *Qutidor tarafidan ertaga Toshkand jo‘nash e’loni berildi. Ikkisining hamma vaqtlarisham’ yonida so‘zlashib kechdi...3. QOVOQ DEVONANING BELBOG‘IOch qoring‘a salimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonaga Qovoqdevonaning kirishi bilan unga so‘z qota qoldilar:— Keling-keling, devona!— Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari?— Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilan sizniki.Qovoq devona deganimiz o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshio‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppichopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilimqovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osqan; qovoqlarningog‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi. Budevona Toshkandning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan; qisqasi, shaharningkatta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar ortdirg‘an va ko‘blarning tarafidan qilg‘an karomatlaririvoyat etilgan bir majnun edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo82

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybo‘lg‘anlar ham uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilarham shu keyingi sinfdan edilar.Birarta ixlosmand qo‘lidan boplab tomoq yegan bo‘lsa kerak, hozir o‘shaningchanqovini bosmoq fikrida edi.— Bachchang kim, bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an...Choyingdan ber, choyingdan!— Onangiz sizni nima uchun tuqqan?— Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun; choyingdan berchi,xo‘vari!Devonaga bir piyola choyni ichishka ham tinchlik bermadilar. Ulardan bittasi ko‘znishamg‘alat qildida, belidagi qovoqdan bittasini yulib ham qochdi. Ish yomonga aylandi.Quvlab tutolmadi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichdi va unga-bunga qovog‘ito‘g‘risida iltimos qilib qaradi. Bo‘lmag‘ach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqaoldi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘ig‘a, mishig‘i tupugiga qo‘shilibyig‘lashi edi.Qovoqni yulib qochqan tomdan kelib sufaning ustidagi so‘riga qovoqni osdi va o‘zitushib devonaning yonig‘a keldi:— Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona?— Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi!Birav Eski Jo‘vada ko‘rganligini va qovoqqa minib ketayotqanini so‘zladi. Ikkinchisi«zap qovoq edi-da» degan edi, uchinchisi «attanga» deb qo‘ydi. Devonaning o‘pkasishishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal o‘t yoqar edilar.— Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edida,— dedi birav. Devona qovog‘iningtarjumai holini so‘zlab berdi:— Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq... — dedi. Kulishdilar.Ermakchilardan bittasi yuqorida osilg‘an qovoqni ko‘rsatib ajablandi:— Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?Devona suyukli qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvona ketdi:— Voy xo‘varingni... jinnilar, voy esi yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber jinnilar!— Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima berasiz?— So‘rag‘aningni ol, jinni... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min,jinni...— Men Oyim qishlog‘ining bekligi uhdasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbiniaytib bersangiz bo‘ladi manga. Devona bu shartka ko‘ndi, qovoq tushirilib, devonaningqo‘lig‘a eson-omon tegdi. Mahbuba ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga — boshqayo‘ldoshlari yonig‘a tugildi.— Qani, endi bo‘lsin, devona!Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: — ManovMusulmon cho‘loq, — dedi, uning yonidag‘i kichkina tomosha qovoqni turtib: bunov,Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi, suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla»(Normuhammad qushbegi), — dedi. Qolg‘an ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, yupqatomoq», deb qo‘ydi. Ermakchilar kulishdilar. Bu qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochibqutilish uchun ketishka intilgan edi, biravi ushlab qoldi.— To‘xtang hali, gap bor! — devona so‘kinib to‘xta-di.— Manavi belingizdagi belboqniqayerdan o‘g‘irlab oldingiz?— Qo‘y, juvonmarg bo‘g‘ur!— O‘tkan kuni o‘g‘irlatqan belbog‘ing shu emasmi, Karimqul? — deb yonidag‘ig‘aqaradi ermakchi.— Ha, ha, xudda o‘g‘irlatqan belbog‘im, tutdik o‘g‘-rini!Qovoq devona xudda belbog‘idan ajrayturg‘andek ikki qo‘li bilan beliga yopishdi.83

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Saniki bu emas, tentak!— Yo‘q, xudda maniki shu, yesh, bo‘lmasa mirshab chaqiraman.— Xo‘varingni... nima deydi, bu!— To‘g‘ri ayt, buni qayerdan o‘g‘irlading?!Devona belbog‘ining tuguniga aztahidil yopishqani holda:— O‘g‘irlamadim, tentak, hoji pochchangni to‘yidan oldim, jinni! — dedi.— Hoji pochchang kim? Yolg‘on so‘zlama, o‘g‘ri!— Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak?— Toshkandda hoji pochchadan ko‘pi bormi, o‘g‘ri?— Esing ketibdi, jinni... Yusufbe hojing-chi. Axir; to‘y bo‘ldi, bazm bo‘ldi, o‘g‘uluylandi... qo‘y, juvonmarg, bo‘g‘ur!Devona ermakchilar qo‘lidan arang qutilib chiqdi. Ammo ularning ichidagi ko‘zinibog‘lag‘an bir kishi nima uchundir devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadananchagina uzoqlashqan edilar.— Devona! — deb chaqirdi haligi ergashuvchi.Devona o‘ziga qarab kelguchi bu ko‘z og‘rig‘ini tanidi. Suyukli qovoqlar ustiga kelganbalo bo‘lmasin uchun, ketar ekan, qovoqlarini ehtiyotlab ushladi:— Nima deysan, ko‘z og‘rig‘i?— Qo‘rqmangiz, devona! — dedi ko‘z og‘rig‘i va adimlarini tezlatdi.— Nima ishing bor?— To‘xtang.Devona arang to‘xtadi. Ko‘z og‘rig‘i uni cho‘chitmas uchun naridan turib yonchig‘inikavliy berdi.— Sizga nazrim bor.Bu so‘zni eshitib, devona yo‘lg‘a tushdi. Ko‘z og‘rig‘i uning ketidan yugirdi va:— Mang! — deb pul ko‘rsatdi. Devona iltifotsiz ketabergan edi: — To‘xta deyman! —deb do‘q urdi. Devona narida to‘xtadi:— Kelma, kelma, ko‘z og‘rig‘i!Ko‘z og‘rig‘i o‘n adimcha narida turdi:— Hali, kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?..— Kim uylantirdi, deding?— Aytding-ku choyxonada!..— Aytding-ku choyxonada...— Belboqni qayerdan olding?— Buving berdi.— To‘g‘ri ayt!— To‘yga keldingmi?— To‘yga keldim...— Yusufbenikigami?— Yusufbenikiga.— Belbog‘ing yo‘qmi?— Yo‘q.— To‘y o‘tkanda kelibsan.— Yusufbe qaysi o‘g‘lini uylantirdi?— Nechta o‘g‘li bor?— Nechta o‘g‘li bor!— Bitta... Qorategindan keldingmi, opang omanmi?— Omon... qachon uylantirdi?— O‘zing uylanganmisan?.. Qorategindan necha kunda kelding?— Besh kunda. Qachon uylantirdi?84

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Eshakka minibmi, yayov?— Eshakka minib.— Nashang bormi?— Bor.— Qitta ber-chi.— Beraman, oldin ayt; qachon uylantirdi?— To‘y o‘tkanda kelibsan, tentak... Manga-chi, bir tog‘ora osh tegdi.— Bozordan osh olib bersam yeysanmi?— Yuzingga qachon chechak chiqdi?Ko‘z og‘rig‘i bu tutal so‘zlardan asabiylashib ketdi:— Qachon uylantirdi deyman?— To‘y o‘tkanda kelibsan dedim-ku... Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy bo‘ldi. Ha,ha, charlari endi bo‘lar emish... charlarga bor. Qorategin.— Toshkanddan uylantirdimi?— Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi?Shundan keyin ko‘z og‘rig‘i choyxonaga qaytdi...4. JODUGAR HINDIQayin otasining og‘rig‘an kasalidan tuzala olmay va yo tezroq o‘lib tiriklarni qutultirmay«charlar» balosi bilan o‘zini ipsiz bog‘lang‘ani uchun so‘ng chekda si-qilg‘an, shunga ko‘raonasig‘a achitib so‘zlamakda edi:— O‘ylab-boqing onajon! Bir bechora sizning orzuingizni deb, qizi ustiga kundashyukladi va birgalashib to‘yingizni o‘tquzishdi. Ish kuchidan qolib, o‘n kunlab Toshkanddayurdi. Nima bo‘lg‘anda ham biravning yaxshilig‘ini bilish kerak edi.O‘zbek oyim o‘zining bir haftalik so‘zini takrorlar edi:— Endi nima qil deysan bolam, o‘tquzmay ketishing uyat.— Uyat deysiz-da, uyatka o‘zingiz tushunmaysiz.O‘zbek oyim o‘g‘lining ters so‘zidan qizishdi.— Juda hovliqa berma, o‘g‘lim. Charlar ham o‘tar, andining yuzini ham ko‘rarsan!..— Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharlik so‘zlaringizga nima deyishka hamhayronman... Billoki, maning hovliqishim siz aytkancha bo‘lsa... xoti-nimnig‘ina emas,uning ota-onalarini andishasida shoshaman. Ularning ko‘ngillariga gap kelmasin deganmulohazada hovliqaman. Men sizning orzungizga butunlay qarshi tushib, Toshkandingiznitilga olmasliqqacha borg‘animda o‘sha bechoralar sizning rioyangiz bilan meni bu yergasudrag‘andek qilib olib keldilar... Uyatni bilsangiz, eng ozi shuning andishasi kerakemasmi?— Bo‘lmasa charlarni kutmagin-da, yugira qol, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliqningo‘kchangdan1 urg‘anlig‘i aniq ekan.Otabek kamoli bo‘g‘ilg‘anidan sukut qilishg‘a majbur bo‘ldi, chunki bu orzu havas onasiyarani har zamon kattaroq ocha borishg‘a juda ham usta va bu ustaliq uning barchakutkanlarining kundan-kunga bo‘shka chiqa borg‘anlig‘idan edi. Ayniqsa unga hozir butunma’nosi bilan sir onglashilib, marg‘ilonliqning jodusini juda ham kuchlik ekaniga imonkeltirdi. O‘g‘lining orzu-havasini ko‘rdi — ko‘rish bo‘lsa — orzulag‘andan ortiq. Biroq buorzu-havas orqasidan kutilgan marg‘ilonliq balosidan o‘g‘lini qutqarish masalasi uningtilagicha bo‘lib chiqmadi-da, yana marg‘ilonliqning sihri o‘tkirlik qildi... Nikoh kuniOtabekning kiyimlarini juhud domladan o‘qutishlar, marg‘ilonliqdan sovitib toshkandlikkaisitishlar — barchasi ham hozir o‘z ajzlarini2 unga iqror qilar edilar. Keyingi «beshbosh»domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir asarinisezdirmadilar...85

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyO‘zbek oyim marg‘ilonliqning domlasini kuchlik ekanida shubha qilmasa ham, ammobir ishka juda hayron edi: juhudning qilg‘an jodusini — juhud, musulmon domlanikini —musulmon daf’ qila olur edi; nega bular asar qilmaydi sira? — Hozir O‘zbek oyim buningsirrini o‘ylab topolmas edi. Bu boshi berk ko‘chada ul uzoq qamalib qolmadi — buningsirrini daf’atan topdi, ham juda to‘g‘ri topdi: «Marg‘ilonliqning domlasi juhud ham emas,musulmon ham emas — hindi! Hindilarning ham hannosi3: bas, hannosining sihrini namusulmon domlasi qaytarsinu, na juhud. O‘shal hindining o‘zi qaytarmasa, o‘zga iloj yo‘q!»Nima qilmoq kerak? Toshkandda birarta hindi dom-lasi yo‘qki, ilojini qilib bersa... Endixotin boshi bilan marg‘ilong‘a murojaat qilsunmi?Boshqa tushkanni ko‘z ko‘rar, degan so‘z bor. O‘zbek oyim ham boshig‘a tushkan bukulfatni ko‘rishka majbur edi: «Shu galdan qoldirmay Otabekning yonig‘a Hasanaliniqo‘shib Marg‘ilong‘a yuboraman, Hasanali u yerdagi hindi domlag‘a uchrashib, Otabekustidagi sihr-jodularni yeshdirsin... Hindi har qancha olsa ham mayli, bisotdan u-buni sotibpul qilib beraman».Otabek onasining qarshisida boyag‘i sukutka ketkanicha jim o‘lturar edi. O‘zbek oyimhaligi kashfiyotdan qutilib bu to‘g‘rida so‘ngg‘i qarorini ham berib bo‘lg‘ach, Otabekka dedi:— O‘g‘lim... yangi uylangan oting bor. Manim oldimda o‘lturib nima qilasan? Bechorayolg‘iz o‘lturibdir.Otabek onasig‘a bir qarab oldi-da, javob bermadi.— Bor, bolam, bor. Yaxshi emas bu ishing... — O‘zbek oyim so‘zini bo‘lib darichayonig‘a kelib to‘xtag‘an Oybodoqqa qaradi.— Sutchoy tayyor bo‘ldi, suzib kiraymi?— Ikki kosani kelinlik uyga ber, men bilan Hasanalinikini shu yerga keltir.Oybodoq keta boshlag‘an edi, Otabek uni to‘xtatdi:— Manikini ham shu yerga olib kir, — dedi. Oybodoq O‘zbek oyimg‘a qaradi. O‘zbekoyim o‘g‘lig‘a xo‘mraydi. Otabek xo‘mrayishg‘a iltifot qilmay, Oybodoqqa «shundoq qil»ishorasini berdi.— Bo‘lmasa kelinnikini ham shu yerga berib, o‘zini chaqir. Hasanali uyida ichsin, —dedi O‘zbek oyim. Oybodoq ketkach, o‘g‘lidan so‘radi: — bu nima qiliq, bolam?— Qiliq emas.— Kelin bilan birga ichsang nima bo‘lar edi? Biravning bolasini munchalik xorlashyaxshi emas.— Bundan xorlag‘anliq chiqmaydir. O‘zini shu yerga chaqirdingiz — ish bitdi.O‘zbek oyim tag‘in nimadir aytmakchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi.— Kelinga aytdingmi?— Aytdim.Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. O‘zbek oyim kosasiga non tashlab ko‘zi eshikda,ya’ni kelinni kutar edi. Kelin eshikdan ko‘ringach, o‘g‘lig‘a «qarshi ol» degandek qilib qarabqo‘ydi. O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik Zaynabqayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavozi’ — odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxonyonig‘a keldi. Qayin ona tomonidan «o‘lturing» ruxsati berilganidan so‘ng, qisilib-qimtinibtovush chiqarmayg‘ina o‘lturdi. O‘zbek oyimning ko‘zi o‘g‘lida. O‘g‘li bo‘lsa choyga nonho‘llab yemoqda edi. Bir-ikki qayta xo‘mrayib-xo‘mrayib o‘g‘lig‘a qaradi-da, uning ko‘ziniuchrashdira olmag‘andan keyin, unga so‘z qotishg‘a majbur bo‘ldi:— Charlaring ham bo‘la qolmadiki, qayin otangni borib ko‘rsang. Yoki charlarsiz hamko‘ra qolasanmi?1Zaynab ko‘zini eriga tikib qoldi. Otabek salqing‘ina onasig‘a javob berdi:— Ko‘rsam bo‘ladir... — dedi va kulimsiragansumon Zaynabka qaradi. Zaynab hamkulgan bo‘ldi. Shu kichkinagina kulimsirash O‘zbek oyimni ancha tinchitdi. Ammomusohaba shuning bilan to‘xtalib, orag‘a yana boyag‘i jimjitlik kirdi. O‘g‘lining miridan sirini86

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyajratib o‘lturg‘uchi ona yana olazarak og‘rig‘ig‘a yo‘liqdi. Zaynabning ko‘zi tez-tez Otabekkatushar, u bo‘lsa xo‘r-xo‘r choyni ichar edi. Bu holdan O‘zbek oyim ich-etini yeb, yutkanluqmasining mazasini ham bilmas, qisqasi o‘lturish so‘zsiz, go‘yo tuzsiz va ma’nosiz edi. Buma’nosizlik tadbirini ko‘rish yana O‘zbek oyim ustida:— Kelin poshshog‘a tilla uzuk buyurdingmi?— Buyurdim. Erta-indin bitib qolar. — Otabek so‘zni cho‘zmoqqa yo‘l qo‘ymadi. Ammoonasi gapdan gap chiqarib, so‘zga so‘z ulamoqchi edi:— Tilla chochpopugingiz bor edimi?Zaynab eriga qaradi va iymanibgina javob berdi:— Yo‘q.— Yo‘q bo‘lsa olib beraman, — dedi Otabek. O‘zbek oyim anchagina jonlanib oldi.Tag‘in undan-mundan so‘z urintirmoqchi bo‘lg‘an edi, uncha muvaffaqiyatlik chiqmayboshladi. Sutchoydan so‘ng qumg‘onda choy keldi. Zaynab birinchi piyolaga quyib o‘rnidanturdi va qayin onasig‘a ikki qo‘llab uzatdi, ikkinchi piyolani to‘l-dirib o‘rnidan turmoqchibo‘lg‘an edi, uni Otabek to‘xtatdi.— Mundan keyin choy berishda o‘rningizdan turib o‘lturmang, — dedi. — O‘lturganyeringizdan bersangiz ham bo‘ladir.Lekin bu gap qayin onag‘a yoqmadi, e’tiroz qildi:— Nega undog‘ deysan, bola. O‘rindan turib choy berish odamzodning ziynatidir,kelinlarning bor-yo‘g‘i kelinligi ham shunda-ku!— Sizning uchun ham o‘lturib choy bersin, demayman; ammo bu takallufning mengakeragi yo‘q, — dedi va qo‘lidag‘i choyni tez-tez ichib bo‘shatdi. Fotiha o‘qub o‘rnidan turarekan: — Albatta, sizga o‘rnidan turib choy berishi lozim... — dedi va chiqdi. Bu gapniZaynab chinga hisoblag‘ani uchun boshqa narsa payqamag‘an, ammo O‘zbek oyim bo‘zaribqolib darav esiga hindining jodusi kelib tushkan edi.Shu o‘lturishdan bir soatcha keyin O‘zbek oyim uyni xolilatib Hasanalini o‘z oldig‘achaqirtirib kirdi. Hasanali bu chaqirtiriqdan bir narsa ham sezmagan, chunki,xo‘jabekasining ichki sirriga uncha oshno emas; charlar maslahatidir, deb o‘ylamoqda edi.O‘zbek oyim uyning eshigini beklab keldi-da, Hasanalining yaqin-rog‘ig‘a o‘lturdi va yarimtovush bilan muddaoni ocha boshladi.— Endi ish Toshkand domlalari bilan bitaturg‘anga o‘xshamaydi... O‘ylab qarasam,Marg‘ilonliqning domlasi hindi ekan. Shuning uchun noiloj sani oldimg‘a chaqirtirdim. Sanham odamsumon gapimga tushunib, bu to‘g‘rida aqling yetkancha zehningni yugirtirgin...O‘zingga ma’lumki, kundan-kunga marg‘ilonliqni unutish o‘rniga har soat unga esi boradir.Bu hollarning barchasi o‘sha hindining jodusidan bo‘lib, muakkillar1 Otabekning bo‘ynidansirtmoq solib Marg‘ilong‘a tortadirlar...Hasanali xo‘jabekasining ko‘bdan beri domlaxo‘ja bilan sargardon bo‘lib yurishini bilsada,ammo uning «hindi, sirtmoq solib tortish» kabi so‘zlariga tushunmadi. Bekasining fe’lixo‘yini yaxshi bilgani uchun, ya’ni uning qarg‘ashidan qo‘rqib tushunmaganligini bildirmadida,«qani gapning tegi qaerg‘a borar ekan», deb jim, quloq solg‘an bo‘lib o‘ltura bedi.Ammo O‘zbek oyim so‘zini haligi yerda to‘xtatib: «San shunga nima kengash berasan?»degan savolni berdi.— Men nima der edim... Siz nimani ma’qul ko‘rsangiz shuda, — dedi. Hasanaliningtushunmaslik orqasida bergan bu javobi O‘zbek oyimg‘a nihoyatda yotishib keldi:— Barakalla, Hasan. Ana shuning ilojini o‘zing qilasan.— Yaxshi...— Erta-indin charlar bo‘lib o‘tsa, albatta Otabek Marg‘ilong‘a yugiradir. Shu vaqtda sanham bir narsani bahona qilib birga Marg‘ilon borasan-da, qaerdan bo‘lsa ham o‘sha hindinitopasan va nazrini berib yaxshilab qaytartiriq qildirasan...— Kimni?87

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Kimni bo‘lar edi, Otabekni-da.— Nega?— Tushunmadingmi?— Tushunish bo‘lsa — tushundim... Shunchaki aniqlab olmoqchiman-da.— Marg‘ilonliq-ku Otabekni hindi domladan o‘ziga bog‘latib qo‘yibdir. Ana shuni sanham payqab yurgandirsan-ku?— Payqamag‘an bo‘lsam ham ammo maqsadingizga endi tushundim, — dedi kulibHasanali. — Niyatingiz Otabekni marg‘ilonliq kelindan sovitish.— Barakalla, — dedi O‘zbek oyim, — sovitishgina emas, uning changalidan Otabekniuzil-kesil qutqarish.Hasanali hayron bo‘ldi. Chunki xo‘jabekasining marg‘ilonliqqa munchalik adovati bordeb o‘ylamas edi.— Nega endi?— O‘g‘limni marg‘ilonliqlarning qo‘lig‘a berib qo‘y-mayman-da, axir. Burun Toshkanddaxotini bo‘lmag‘an bo‘lsa — endi bor, mundan keyin andi kelinga bizning muhtojligimizyo‘q...— Xayr, endi nima qilmoqchisiz?— Nima qilishim kundan ham ravshan, — dedi O‘zbek oyim va tamom qanoat vaishonch bilan boyag‘i maqsadni takrorladi: — o‘zingga aytkanimdek, Mar-g‘ilondag‘i hindidomlaning o‘zidan bir martaba qaytariq qildirsaq marg‘ilonliqning sir-jodulari botil1 bo‘lib,Otabek o‘z-o‘zidan andini taloq qilib yuboradir...— Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qaerdan bildingiz?O‘zbek oyim bu savol bilan o‘zining kashfidan bir oz shubhalandi-da, ishonchsizroqqilib:— O‘zim bildim, — dedi.— O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga?— O‘z aqlim bilan topdim.Hasanali o‘zini tutolmay kulib yubordi:— Lekin shunga qolg‘anda aqlingiz bir oz yanglishibdir...— Nega?— Negaki ikki o‘rtada sihirchi hindi ham yo‘q, sihir qildirg‘uchi marg‘ilonliq ham,Otabek ham sihirlangan emas.— Nega bo‘lmasa Otabek hadeb uylansa ham Mar-g‘ilonga oshiqaberadir?— Buning sababini hali ham bilmaysizmi?— Bilaman, sihir-jodu quvvati.— Joduni kim qildiradir?— Qayin otasi, qayin onasi, qolabersa xotini.— Yanglishasiz, oyi.— Nega yanglishaman?— Sihir-jodu qilishdan ularning maqsadi nima, deb bilasiz?— Kalvak o‘g‘limning aqlini o‘g‘irlab, pulini yemakchilar.— Pulini yemakchilar? — deb kuldi Hasanali. — Marg‘ilonlik qudalaringizning davlatioldida biznikini yo‘q, desa bo‘ladir. Undan keyin men yaxshi bilamanki, ular Otabekka uchpullik ham ro‘zg‘or qildirmaydirlar. Buni o‘zim yaxshi bilganimdek o‘g‘lingizning o‘zidan ham«ularning ro‘zg‘or qildirmag‘anlaridan juda siqilaman» degan so‘zini necha qayta eshitdim.Shuni ham yaxshi bilmoq kerakkim, o‘sha jodugor qudalaringiz yomon kishilarbo‘lg‘anlarida Otabekni Toshkanddan uylantirish siz o‘ylag‘ancha qulay ish bo‘lmas edi.O‘g‘lingizning Marg‘ilon borg‘andan so‘ng va’dasidan aynaganini albatta hojidan eshitkanbo‘lsangiz kerak...88

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyO‘zbek oyim yengilayozgan bo‘lsa ham, ayniqsa Hasanalidan til qisib qolg‘usi kelmasedi. Go‘yoki shuncha o‘tkan gaplarga qiymat bermagandek:— Men buning sirrini endi xo‘b bilib oldim, — deb qo‘ydi.Hasanali kuldi.— Bilsangiz ham yanglish onglabsiz, chunki buning sirri siz o‘ylag‘ancha emas.— Qandog‘?— O‘g‘lingizning har zamon Marg‘ilong‘a oshiqmog‘i... ayniqsa bu gal qayin ota, qayinonalaridan andisha qilibdir. Undan keyin...— Undan keyin?— Undan keyin katta keliningiz o‘g‘lingizning ko‘z ochib ko‘rgani.— Ko‘z ochib ko‘rgani? — dedi O‘zbek oyim va istehzolanib kuldi. — Zaynab o‘shamarg‘ilonliqcha bo‘lmapti, degin?— Men qayog‘dan bilay... Ehtimol o‘g‘lingizcha shundaydir...— O‘zing ularning ikkisini ham ko‘rgansan, indallo1 so‘zla: ulardan qaysi birisininghusni ortiq?Hasanali bu savol qarshisida nima deb aytishka bilmay qoldi...— Muhabbat degan narsa husnga qaramaydir.— Qaraydirmi, yo‘qmi, sandan uni so‘rayotqanim yo‘q. Qaysi birisi ko‘hlikrak debso‘rayman?Hasanali qiynaldi va gapni boshqag‘a chalg‘itish uchun:— Endi maslahat nima bo‘ldi? — deb so‘radi.— Oldin so‘zimga javob ber-chi, yer yutkur!— Savolingiz qiziq, nima deb javob berishga hayronman... To‘g‘risini aytaymi?— To‘g‘risini!— To‘g‘risini indallo so‘zlasam, — dedi va qiynalib to‘xtadi, — har bir gulning isi o‘zyo‘lig‘a.— To‘g‘risini deyman!— Anuv keliningizning o‘lsa o‘ligi ortiq...— Gapirma-gapirma, — dedi O‘zbek oyim, — boshda shu marg‘ilonliq balosiga o‘zingsababchi bo‘lg‘anmisan, hali ham o‘shaning tomonini olib so‘zlaysan! Sandek soqoli uzun,aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq!Hasanalining chalg‘itishi va hayron bo‘lishi O‘zbek oyimning tabi’atini yaxshi bilganiuchun edi. Ul o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydirgan qiziq bir tabi’atka molikedi.— O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi, — deb muqobalaqila boshlag‘an edi, O‘zbek oyim yana gurullab ketdi:— Bo‘ldi-bo‘ldi... tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin, — dedi.Hasanali xo‘jabekasining qarg‘ish va koyishi ostida kula-kula uydan chiqdi.Bu musohaba ko‘rinishda O‘zbek oyimg‘a uncha o‘zgarish bermagandek sezilsa ham,lekin ruhan uni ancha bo‘shashdirg‘an edi.* * *Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va charlar kutishning o‘n beshinchi kunlari edi.Otabek meh-monxonada toqchadag‘i kitoblar orasidan qandaydir bir kitobni axtarar ekan,Hasanali uning yonig‘a kirdi.— Panjshanba kun charlar emish, xabarini berib ketdi.Otabek kitoblardan birini sug‘urib oldi va varaqlar ekan, «charlari ham qursin», debqo‘ydi. Ko‘nglidan kechirdi: — «Bu kun dushanba bo‘lsa, tag‘in orada to‘rt kun bor».89

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Mana bu xat ham sizga emish, — dedi-da, Hasanali unga bir maktub uzatdi, —boya birav berib ketkan edi, — dedi va shoshib-pishib qazo bo‘layozg‘an asr namozinio‘qush uchun joynamoz yozdi. Otabek maktubning unvoniga ko‘z tashladi: «Toshkandda...mahallasida turg‘uchi Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lig‘a tegsin». Kim tomondan yozilg‘anligiunga ma’lum bo‘lib, qo‘lidag‘i kitobni toqchag‘a qo‘ydi va shosha-pisha xatni ochdi.Katta qog‘ozda tussizroq siyoh bilan yozilg‘an uzun bir xat. Uning ko‘zi yozuv ustidasuzdi. Suzgan sayin negadir uning tusida ulug‘ bir o‘zgarish, vujudida bir titroq voqi’ edi.Bu xat unga so‘yinch berar edimi, dahshatmi o‘zidan boshqag‘a majhul edi. Shu majhulo‘zgarishlarning so‘ng chekiga borib yetkandan keyin xatdan ko‘zini oldi va ixtiyorlikmi,ixtiyorsizmi, haytovur bor tovshicha «qo‘rqutmoqchi!» deb yubordi. Bu so‘z bilan Hasanaliham nari-beri namozini bitirdida, joynamozdan burilib qaradi:— Nima gap?— Hech gap yo‘q, — dedi Otabek va esankirash vaziyatida unga qaradi:— Qo‘rtqutmoqchi, dedingiz-ku, xat kimdan?— Xatmi? — dedi va shuning ila bir oz esini o‘ziga yig‘ib olg‘andek bo‘ldi, — xatkeliningizdan... Qo‘r-qutmoqchi bo‘lib ba’zi bir kinoyalarni yozibdir...Bu gapni aytkandan so‘ng xatni buklay berdi. Ha-sanali fotiha o‘qub Otabek yonig‘akeldi.— Kinoyalar yozishi kechikkaningiz uchundir, — dedi. Otabek tasdiq ishorasinibergandek bosh silkib qo‘ydi.— Ayniqsa shu gal kechikishingiz bechora kelinga og‘ir tushib kinoyalar yozishg‘amajbur bo‘lg‘an, — dedi Hasanali: — Anig‘i ham bechoraga juda og‘ir, «kundash— xotinzotining o‘lumi» deganlar. Endi, nima bo‘lg‘anda ham orangizda oz qoldi, charlarni o‘tkazajo‘naysiz-da. Otabek javob bermadi, chunki Hasanalining keyingi so‘zidan rizo bo‘lmag‘anedi.Hasanali uni tinchitish uchun: — Agar ko‘nglingiz tinchimasa, — dedi kulib, — siz hamkinoyalik bir xat yozib beringiz. Xat keltirguchi ertaga xabar olib o‘tishini bildirgan edi.Otabek bu so‘zdan bir oz jonlang‘andek bo‘ldi. Chunki uning ko‘ngliga bu kinoyalikmaktubni jo‘rttaga yozilg‘an bo‘lg‘anlig‘i kelib tushgan edi.— Bu gap to‘g‘rimi? — deb so‘radi.— To‘g‘ri. Ertaga erta bilan kelib, xat bo‘lsa olib ketmakchi edi.— Yaxshi, — deb kulimsiradi Otabek, — ertalab kelsa xat beraman.Hasanali mehmonxonadan chiqg‘ach, o‘zini to‘xtatib olg‘ani holda ikkinchi qayta xatniko‘zdan kechirdi:«Vafosizga. Men o‘zimning bu maktubimni ko‘z yoshlarim bilan yozaman. Negakihozirda manim yolg‘iz ko‘z yoshlarimgina emas, butun borlig‘im siyohdir. Men endiog‘izlardag‘i «vafo» so‘ziga ishonmayman. Chunki men o‘zimning vafosiga ishong‘anim biryigitdan ulug‘ vafosizlik ko‘rdim. Uyatimdan ko‘zlarimni ocholmayman. Negaki yeru ko‘klar,tog‘u toshlar va dunyodagi barcha narsalar manim aldang‘anim uchun kulib masxaraqilg‘andek qaraydirlar... Bu kunimdan, bu hasratimdan qutilish uchun o‘zimga ajalchaqiraman. Lekin ajal ham men sho‘rlikdan nafratlangandek, go‘yo ul ham mengavafosizlik qiladir.Begim, garchi achchig‘lansangiz ham aytishka majburman: sizda vijdon, insof, rahm,va’da, vafo, yaxshiliqni bilish, boring-chi, odamgarchilikdan hech gap yo‘q emish. Bil’akssiz: hiylakor bir tulki, og‘zi qon bir bo‘ri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit!Sizni hiylakor dedim: esingizda bormi, sodda otamni, go‘l onamni qandog‘lar qilibaldadingiz? Yodingizda bormi, sham’ yonida meni aldab aytkan so‘zlaringiz, berganva’dalaringiz, «manim orzum» deb qilg‘an xitoblaringiz, to‘kkan ko‘z yoshlaringiz?.. Bas, buhiylalar, bu makrlar sizdan boshqa kimda topilsin?90

O’tkan kunlarAbdulla QodiriySizni og‘zi qon bir bo‘ri dedim: chunki sizda rahm yo‘q. Siz o‘zingizning zaharliktishlaringiz bilan mazlumlar ko‘ksini, bayovlar bag‘rini chok etasiz; yangi ochilg‘an gullarni,endi bosh tortqan lolalarni vaqtsiz so‘ldirasiz, ochilib bitmay o‘ldirasiz!Sizni uyatsiz dedim: ilgarigi vahshatingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanliginibilaturib ham yana uyalmay-qizarmay vijdonsizlar amrini berasiz va uyatsizlig‘ingizni yanabir qat ortdirasiz!Men sizning ba’zi bir da’volaringizga hayron qolaman: otam Toshkandda ekan chog‘dabu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz... Go‘yo buning ila nomuslik bo‘lib ko‘rinmakchisizshekillik?!Onam ba’zi vaqtlarda:Yangi yor topqanda do‘stlar, eskidan kechmoq kerak,Eskini o‘lgan sanab, latta kafan bichmoq kerakbaytini o‘qub qo‘yar, men bo‘lsam ul vaqtlarda buning ma’nosiga tushunmas edim.Ammo... endi bu baytni kimga aytilganiga va uning ma’nolariga xo‘b tushunmakdaman.Tashlandiqliqning so‘ng o‘tinchi qilib sizdan shuni so‘rayman: uchunchi yor topqandaikkinchi bechoraga ham shunday uyatsizlik qilinmasa edi. Bu tilagim uchun ajablanmangiz,chunki, «pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol», deydirlar.Sizga yangi yor, menga uyatsizlikning qurboni bo‘lish muborak. Kumush emas,Tuproqbibi yozdim. 17-javzo, 1265-inchi yil Marg‘ilon».5. XIYONATQutidorning Toshkanddan yolg‘iz qaytib kelishi Kumushni ancha entikdirgan edi.Ammo Otabekka voqi’ bo‘lg‘an uzr masalasi bir qadar uni tinchitdi. Ishonar-ishonmasshubha va vasvasalardan bir oz aridi: «Ul meni unutmagan, va’dalari chin, so‘zlari to‘g‘ri...Ul ham meni suyar ekan...» deb burung‘i odati bilan gohi erining yo‘lig‘a chiqib kutmakkaham boshladi.Otasining kelishining sakkizinchi kuni edi. Ul bu kechasi ko‘rgan ba’zi bir tushlariniuning bu kun kelishiga yo‘ydi-da, ertalabdan turib sochlarini yeshdi. Sochlari orasidag‘ichigillarini diqqat bilan tarab, jom yonig‘a o‘lturdi. Uning nafis qora sochlari orqa-o‘ngigato‘zg‘ib ajib bir manzara berdilar. Sochini qatiqlab va sovunlab yuvgach, onasidan ikkitaqilib o‘rdirdi. Oftob oyimning: «Nega qirq kokil qilmaysan?» deb so‘rashig‘a: «Qizingiz endiqizlik davridan o‘tib, kelinlik davriga kirdi. Qizingizning mundan so‘ng kuyavingizdanboshqa sovchilari ham yo‘q», deb kuldi. Ammo bu ikki o‘rim soch qirq kokiliga qarag‘andajuda ham o‘ziga kelishib tushib, unga yana bir qayta ulug‘vorliq va oliyliq bag‘ishladilar.Sochini o‘rdirg‘andan keyin uyiga kirdi-da, kiyimlar taxlangan toqcha yonig‘a to‘xtadi.Ravoqliq toqchada uning o‘n besh chamaliq asl ko‘ynaklari uyulgan edi. Sariq rupoh atlasinikiyishka chog‘lab ko‘rgan bo‘lsada, biroq ko‘ynakni olg‘an yerida bu fikridan qaytdi.Qizilni... ko‘kni... olma gullini... qisqasi qaysi birisini kiyishka taraddudlandi. Ko‘ynaklarichida o‘ziga yarashmaydirg‘ani yo‘q: oq olma uchun bargi ham, guli ham bir... Uningo‘ziga sariq atlas xush kelsada, biroq hozir o‘z xohishini bir yoqqa qo‘yaturib Otabekko‘nglicha kiyinishka qaror berdi. Chunki Otabek ko‘pincha qora ko‘ynak kiyishka qistaredi. Sovsar guli qora atlas ko‘ynagini kiyib, boshig‘a zangor shohi ro‘ymolini soldi vamarvarid ko‘zlik kichkina oltun halqani qutidan olib qulog‘ig‘a taqdi. Shu soddaginayasanishdan so‘ng, ikkinchi toqchada tirog‘liq turg‘an ko‘zgi yonig‘a bordi. Ko‘zgi ichidanto‘zg‘ib, chuvalib ko‘ringan soch tolalarini to‘g‘rilab o‘zini kuzatdi. Ko‘zgi ichidan ko‘ringanmalak o‘z egasini ham kayflandirib sekingina iljayib qo‘ygan edi, narigi yoqdag‘i fitnaidavron ham sadafdek oq tishlarini yoqut kabi irinlari orasidan ko‘rsatkandek bo‘ldi. Buhusnga otaliq vazifasini o‘tag‘andek ko‘ringan latif burni yonidag‘i qora xolini tabiiylig‘ig‘a91

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyishonmag‘andek qashib ko‘rdi va ko‘zgi yonidan jo‘nadi. Jo‘nar ekan, «...chiroylik bo‘lsaham menikidek xoli yo‘qdir», deb ko‘nglidan kechirdi.Kechki olov vaqtida tashqari hovlisida u-buga ovora bo‘lib yurar edi. Bu kungi ko‘rgantushi uni ortiq ishontirgan, shuning uchun To‘ybekaning tashqari havlida qiladirg‘anyumishini ham o‘zi bajarmoqda, To‘ybekadan suv sepdirib o‘zi yer supurar ekan, quloqlariyo‘lak tomondan eshitiladirgan oyoq tovushlarida edi.Havlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlag‘ach, ayvonning oldig‘a o‘lturib tuzatindi,tuzatinar ekan yo‘lakdan yurib kelmakda bo‘lg‘an bir oyoq tovshini eshitib yuragi nimauchundir oshiqinib-shopirinib ketdi. Oyoq tovshi ichkariga yaqinlag‘an sayin ul o‘zida titroqaralash bir hol sezar edi. Nihoyat, yo‘lakdagi oyoq tovshi tugalib, Kumush kutmagan joydaparanjilik bir xotin kelib chiqdi. Kumush uzoq bir entikib qo‘ydi.Xotin Kumushka qarab kelar edi. Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzibilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘ibilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirqbesh yoshlar chamasida bir xotin edi. Kumushbibi o‘ziga tomon kelguchi bu dahshatlikxotinni umrida birinchi martaba ko‘rar edi. «Nima qilib yuribti bu och arvoh!» deb o‘yladi.Xotin o‘n adimlab uzoqdan yuziga sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgi tusi berdi. Dimog‘ibilan «qix» etib qo‘ydi.— Xi-xi-xi, aylanay sizdan, poshsha qiz! Mirzakarimboyning havlilari shumi? — debso‘radi. Kumush «shu» javobini bergandan so‘ng o‘zi bilan ko‘rishmakchi bo‘lg‘an bu xotinoldig‘a ikki adim yurib tilar-tilamas yelkasini tutdi. Uning to‘g‘ri mavzun1 qomatiga yerdanbichib oling‘an mudhish xotinning qo‘llari zo‘rg‘a yetdi-da, «esonmisiz, poshsha qiz» debso‘rashdi. Xotin paranjasi bilan ayvonning oldig‘a o‘lturib olg‘ach, «uff» deb chayqaldi va«ancha yo‘l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya?» deb shikoyatlandi.— Mirzakarimboyning havlilari aniq shumi?— Shu.— Siz kimlari bo‘lasiz boyning?— Men, qizlari.— Qix... sizga bersam ham bo‘lar ekan, — dedi xotin va yonchig‘idan bir xat chiqardi.— O‘g‘lim Toshkand bilan Marg‘ilon orasida qatnab oliq-sotiq qiladir. Bu gal Toshkanddanqaytishida birav unga shu xatni berib, Mirzakarimboyning havlilariga tez yetkuzib berasiz,deb iltimos qilibdir. Qix, xi-xi, aylanay sizdan poshsha qiz, qix... Maxtang‘uliq bo‘lmasin,o‘g‘lim ham o‘zimga o‘xshash biravning xizmati yo‘lida o‘lib qutiladir: bu kun tush vaqtidaToshkanddan keldi-da, onasi bilan so‘rashishni ham bilmay shu xatni qo‘limg‘a tutqizdi.«Jon ona, o‘zim yo‘lda juda urinib keldim, sanga adabsizlik bo‘lsa ham darravMirzakarimboynikini so‘rog‘lab shuni eltib ber, berguvchi tez berasiz deb o‘tingan edi»,dedi. Men ham ko‘ngilchangman, aylanay poshsha qiz, kasaldan yaqinda turganim uchunbir qadam bosishg‘a toqatim bo‘lmasa ham savobdan quruq qolmayin, deb surgala-surgalahavlingizni so‘rog‘lay-so‘rog‘lay topqunimcha o‘lib bo‘ldim... qix... — dedi. Kumush xatnixotinning qo‘lidan olib rahmat aytdi va xatning unvoniga1 ko‘z tashladi: «Marg‘ilonshahrida sokin2 Mirzakarim qutidor havlisig‘a».— Yanglishmabsiz, oyi.— Nega yanglishay aylanay sizdan, poshsha qiz. Ulug‘ dargohlaringizni ko‘chadagi harkim bilar ekan, — dedi xotin va yaltoqlanib o‘rnidan turdi. — Endi men ketaqolay,bolag‘inam yo‘ldan och kelib, bir qoshiq issiqqa zoriqib o‘lturgandir.— Ichkariga kiring, choy qaynatayliq.— Rahmat, poshsha qiz. Anchon icharmiz choy bo‘lsa... qix. Bir ko‘rgan bilish, ikkiko‘rgan tanish, deydirlar...Kumushbibi xotinni ortiqcha qistab o‘lturmadida, yo‘lakkacha kuzatib bordi. Xotinyo‘lakka burilar ekan qayrilib to‘xtadi:92

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bu dunyoda shunaqa hojat chiqarishlardan topqanmiz, agar Toshkandgami,Qo‘qong‘ami otan-gizning xat-patlari bo‘lsa o‘g‘lim bajonudil olib ketadi. Shu o‘rtalarg‘akelib qolsam xabar olib o‘taymi? — deb so‘radi. Kumushning «yo‘q» deyishka og‘zi bormay«maylingiz, og‘ir kelmasa» deb javob berdi. Xotin yo‘lakka burildi. Kumush ayvon tomong‘aqaytar ekan oshiqib xatni ochti. Xat kichikroq qog‘ozda o‘lchavlik so‘zlardan iborat edi.«Kumushbibi binti1 Mirzakarimboyga — zavji2 toshkandlik Otabek Yusufbek hojio‘g‘lidan. Otangiz Toshkandda ekan vaqtida men bu ishni ochmoqqa og‘irsing‘an, to‘g‘risiuyalg‘an edim. Ma’lumingiz Toshkanddan uylanganimdan so‘ng yolg‘iz boshimg‘a hamToshkanddan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irliq qila boshladi. Shuninguchun bu ikki xotinning birisidan kechishka to‘g‘ri kelib, nihoyat turmishim uchun yengil vaorzumga muvofiq bo‘lg‘an bir narsaga qaror berdim. Ul ham toshkandlik xotinim bilanginaqolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg‘an kuningizdan boshlab o‘zingizni mendan begonava nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo‘ladir. Manim bu taloq xatimni albatta shariatpeshvolari shar’iy hisoblab iddangiz3 bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalarkerak. Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.13-inchi javzo4, 1265-inchi yil, Toshkand»....Ul bu maktubni o‘zining so‘ng tomchi kuchi bilan o‘qub tamom qildi-da, jonso‘z5 birtovush ila «uyatsiz!» deb qichqirdi va yerga yiqilib o‘zidan ketdi... Yiqilishda qo‘lidanchiqg‘an qog‘oz parchasi shamol bilan uchib borib boshi yonig‘a tushdi. Yo‘lak panasidanmudhish bashara chiqib bir-ikki qayta unga kulib qarag‘ach, yo‘qoldi...Bozordan qaytqan qutidor yerda hushsiz yotqan qizi ustiga dahshat ichida yuguribkeldi. Chakkasini zax yerga berib yiqilg‘an va kesak kabi hissiz qizini jon holatdaquchog‘ig‘a oldi. «Qizim... Kumush... ko‘zingni och!» Ammo Kumushdan javob yo‘q edi.Dahshati yuz daraja ortqan holda Kumushni ko‘tarib olib ichkariga yurdi. Uyda Oftob oyimbilan To‘ybeka qiychuv qo‘pordilar. Ayvong‘a yotqizg‘an bo‘lsalar ham Kumushni o‘zigakeltirish chorasini bilmay, to‘g‘risi nima chora ko‘rishni eslari topmas edi. Barakat bersinki,esi yarim bo‘lsa ham To‘ybeka umrida birinchi ish qildi: sovuq suv keltirib Kumushningmanglay va ko‘ksiga sepkan edi, seskanib o‘ziga keldi. Hushdan ajralayozg‘an bechoralarbu holdan so‘ng bir oz jonlang‘andek bo‘ldilar. Kumushni sovuq ter bosib bir necha vaqtjim yotdi, shundan keyin ohistag‘ina o‘nglanib yotib olg‘ach, ko‘zini ochdi.— Nima bo‘ldi qizim, ko‘zingga bir narsa ko‘rin-dimi?Kumush ko‘zini yumdi-da, entikib qo‘ydi. Javob bermadi. Bu savol otasi tomonidanham berilgandan so‘ng:— Meni tashqaridan kim olib keldi? — deb so‘radi.— Men, qizim!— Yonimda hech narsa ko‘rmadingizmi?Qutidor bu savoldan boshqa gap tushundi:— Yo‘q, qizim, sen o‘zing yolg‘iz yotar eding.— Shundoq yo... — dedi. So‘zining so‘ngg‘ini aytalmadi.— Gapur, gapur, qizim.— Yonimda bir xat bor edi... meni bu holg‘a qo‘yg‘uchi shu xatdir, — dedi, bu so‘zninihoyatda kuchlanib aytdi.Vaqt xuftanga yaqinlashg‘an edi. Qizining haligi javobi bilan sabrsizlikka tushkanqutidor qo‘lig‘a sham’ olib tashqarig‘a chiqdi va yerdan xatni oldi. Qizini bunchalik falokatkasolg‘an xatni olg‘an yeridan qo‘zg‘almayoq o‘qub chiqdi. Xat haqiqatan jonso‘z edi.Qutidorning ham oz qoldikim, hushi boshidan uchsin... So‘ng chekda xo‘rlang‘an vafavqulodda chayqalg‘an yuragi bilan ixtiyorsiz «makkor, insofsiz!» dedi. Ko‘z o‘nglariqorong‘ulanib bir necha vaqt serraygancha qoldi. Yana «yaxshiliqni bilmagan haromzoda»deb qo‘ydi. Boya bu xatdan xabarsiz edi. Endi qizining oldig‘a kirib, uning betiga qarashunga juda ham og‘irlashqan, chunki bu foji’aning bosh omili deb o‘zini tanig‘an edi. Borib93

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyayvonning oldig‘a o‘lturdi va boshini qo‘llari orasig‘a oldi. Bu xo‘rlik, bu odatdan tashqariuyatsizlik bechora qutidorni juda ezgan; nima qilmoqg‘a, xo‘rlang‘an, tahqir etilgan qizinine yo‘sunda yupatishka, bu qora kunlarni qandog‘ qilib o‘tkazishka bilmas edi. Shu holdane vaqtg‘achadir qoldi. Erining kechikishidan xavfka tushib, Oftob oyim uning yonig‘achiqqanda ham ul boyag‘i holda edi.Eru xotin qizlarining yonig‘a kirdilar-da, uning oyoq tomonig‘a o‘tib sekin-sekino‘lturishdilar. Anchagina bir-bilariga qarashib qolg‘ach, Oftob oyim olg‘an taassurotiniichiga yutaberishka chidalmadi-da, yog‘murdek ko‘z yoshini to‘ka berdi. Qutidor hamxotinini kutib turgandek ko‘z yoshlari bilan soqolini yuvmakka oldi. Ko‘zi yumuq bo‘lsa hamularning hozirgi hollarini sezib yotg‘an Kumushningda qaynab chiqg‘an ko‘z yoshlari ikkichakkasidan yostiqg‘a oqib tusha boshladi. Shu choqda na uchundir toqchada yonibturg‘an sham’ ham lip-lip qildi-da, o‘chdi... Shuning ila bu havlini chin ma’nosi bilanqorong‘uliq bosdi.* * *Bu voqi’aning uchunchi kuni Kumushbibi yillab yotg‘uchi og‘riqlardek sarg‘ayib ozg‘an,endigina g‘unchadan chiqayozgan bu yosiman gulni xoin qo‘llarning zahri so‘litkan, fasodo‘chog‘ining uyatsiz mufsidlari1 husn bog‘ining bu yangi erkasini ishong‘an va ko‘z tikkanjihati ismidan tahqir qildirib umidsiz bir vujud yoki jonsiz bir haykal holig‘a qo‘yg‘an edilar.Uning ko‘zlarida doimiy bir ma’yusiyat, arimas bir huzn,2 har onda bir entikib chayqalishedi. Oftob oyim ham so‘ng chekda xo‘rlang‘an esa-da, lekin unga bu xo‘rliqdan burun u-bubilan qizini ovitish, uning ko‘nglini ochib bu sovuq, uyat gapni unutdirish, har holdako‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Kumushni birar kasalga chalinmaslig‘i yo‘lida tirishishmuhimroq edi. Va ikki gapning birida «Ortiq o‘ylama, qizim... Esingdan chiqar, endi xafabo‘lg‘aning bilan sira foydasi yo‘q», der edi. Kumush bo‘lsa hushsizlarcha onasining og‘zig‘aag‘rayar va har qachon ma’yus edi. Kumushning bu holi bechora onaning yuragini uzar,yuz xil vasvasalarga solar edi.— Kumush, — dedi Oftob oyim tushlik choydan ke-yin, — qaytag‘a tog‘angnikiga boribkelmaymizmi?— Nima qilamiz tog‘amnikida?— Nima qilar edik. O‘ynab kulamiz, qayg‘ularingni ko‘chaga tashlaymiz.Kumush onasining so‘ziga nima uchundir kuldi va «mayli» dedi.— Tur bo‘lmasa, yuz-qo‘lingni yuvib otlan, xudo o‘lim bersin uyatsiz eringga.Kumush muloyimg‘ina qilib onasig‘a qarab oldi. O‘rnidan turib To‘ybeka hozirlabbergan obdasta yonig‘a yuvinish uchun o‘lturdi.Ular tamoman yo‘lg‘a hozirlang‘an edilar, yo‘lak tomondan o‘tkan kun xat keltirganxotin ko‘rindi. Kumushning ko‘ziga bu xotin ofat kabi ko‘rinsa ham, ammo ikkinchi tarafdanul so‘yindi. Onasini kelguchi xotin bilan tanishdirib, kim bo‘lg‘anlig‘ini so‘zladi.— Xi-xi, aylanay boyvuchchalardan... Shundog‘ qizimnikiga o‘tkan edim, qix...alva’ddayn1, deb yo‘l ustidan burilib kirdim... deb puchuq xotin so‘zlanib kelar edi. Onabolaqo‘lg‘a olg‘an paranjini yerga qo‘yishg‘a majbur bo‘ldilar. Xotin Kumush bilanko‘rishkach, aching‘ansumon so‘radi: — Ha, aylanay, poshsha qiz, sizga nima bo‘ldi, judao‘zingizni oldirib qo‘yibsiz?Puchuqqa joy ko‘rsatib, Oftob oyim javob berdi:— Bir-ikki kundan beri tobi yo‘q.— Xudoy saqlasin, xudoy saqlasin, — dedi xotin, — qix... bevaqt kelib sizlarni yo‘ldanto‘xtatdimmi... xayr, xudo singlimni yomon ko‘zdan asrasin, — deb fotiha o‘qudi.— Xush kelibsiz, — dedi Oftob oyim...94

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Xushvaqt bo‘linglar, aylanay, qix... — dedi xotin va Kumushka qarab davom etdi, —anuv kungi so‘zingiz bilan yo‘ldan qayrilib kirgan edim. Ertaga o‘g‘lim Toshkandjo‘namoqchi, otangizning xat-patlari bo‘lsa... qix.Kumush javob berish o‘rniga onasig‘a qaradi. Qizining qarashidag‘i ma’noga tushunganOftob oyim «yuboraturg‘an xatimiz yo‘qdir», deb javob bedi. Bu so‘z bilan puchuq xoting‘ilt etib Kumushka qarab qo‘ydi. Kumush onasini unga xabarsiz ko‘rsatib javob berdi:— Otamning xatlari yo‘q, meniki bor, ozg‘ina kutishka vaqtingiz bo‘lsa, yozib beraredim.Puchuqning kelishidan maqsadi faqat shu yozib beriladirgan xatgina edi. Kumushningo‘tinchi unga moy kabi yoqib tushdi:— Yozib bering aylanay, poshsha qiz, boraturg‘an joyimdan kechiksam-da, savobi borku,qix... — dedi. Kumush xotindan minnatdor bo‘lib uyiga xat yozish uchun kirdi.* * *Yuqorida Otabek tomonidan oling‘an maktubning haqiqati mana shu yo‘sunxiyonatning natijasi edikim, biz endi xiyonat qahramonlari bilan o‘qug‘uchini tanishdiramiz.6. ISITMA ORASIDASaratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasiningkunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otiningtizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. Yigitninguzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprak va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘ansoqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘anbu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik,yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sibchiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘an birmaxluq edi. Burchakda yerdan ikki yarim gazlar yuksalikda kunbotishg‘a qaratib qurilg‘anikkita ko‘rimsiz bir betlik eshiklar yuzlariga yopiq holda edilar.Ma’lum yigit boshidag‘i qalpog‘ini qo‘lig‘a oldida, haligi eshiklarning o‘ngtomonidag‘isini ochib, oti bilan ichkariga yurdi. Eshik ortiqcha tor bo‘lg‘ani uchun otsiqilibkina o‘tdi-da, endi uzung‘ina usti ochiq yo‘lak boshlandi. Yo‘lakdan so‘ng havli edi.Havlining sharq va janub tomonlari buzilib-yorilib yotqan eski xaroba imoratlar bo‘lib, havliyuzi turlik axlatlar bilan bulg‘anch, go‘yo yillardan beri tozalanmag‘an, supurgiko‘rmagandek edi. Havlining o‘rta yerida pakanagina baliq tut o‘sib, ostig‘a kul va boshqaaxlatlar to‘plang‘an edi. Havlining kunbotar tomonida xarobaliqdan ozg‘ina berida bo‘lg‘an,boyag‘i yo‘lakka tiraltirib soling‘an ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida bir ayvon bo‘lib,shuning ila bu havlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. Bu xonadonning oshxonasibo‘lmag‘ani uchun bo‘lsa kerak haligi ayvonning bir burchagiga o‘choq qurulg‘an. Tutunlarbilan ayvon deganimiz qob-qora is, go‘yo ayvon bo‘lg‘anig‘a ond ichmakda. Buning ustigao‘choq boshidag‘i tovoq-qoshiqlar, tog‘ora va qozonlar tartibsiz ravishda iflos yotarlar,qozon tevaragida uymalashmakda bo‘lg‘an uch-to‘rtta tovuqlar mundagi ifloslikni yana birqat oshirmoqda edilar. Ayvonning narigi yonidag‘i daricha orqaliq uyga kirilur edi. Uyningyarmisi quruq yer — qora shibdan iborat bo‘lsada, ammo to‘rida chaqich bog‘labyiltiramakda bo‘lg‘an — kir, yulduz kabi ilma-teshuk jafokash oq kiyiz, ham taxmondag‘ieski sandiq ustiga yig‘ib qo‘yulg‘an bir to‘da paxtasi chiqg‘an uvadalar ko‘rpa-yostiq otinio‘z ustilariga olur edilar. Bitta toqchadag‘i cheti uchkan, qoni qochqan uch to‘rtta piyola vabir qora qumg‘onni, ikkinchi toqchadag‘i umrida yuvinib ko‘rmagan qora mis barkashni,bo‘sh qoziqlar ko‘ngli uchun osilg‘an bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu havlining95

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybutun jihoz-amloki ro‘zg‘orini1 yozib chiqilg‘an bo‘linur, burchakdagi toqchada qattig‘ nonmujib o‘lturg‘uchi sich-qonni ko‘rsatib o‘tilmasa, bu uyda boshqa jonliq zot ham ko‘rinmasedi. Qarshidag‘i bo‘g‘oti tushib o‘rtasi yemirilgan, devorlaridan baqa sallasi unib chiqg‘anxaroba binolarning o‘nda-so‘nda ko‘rilmada bo‘lg‘an eski naqshlaridan va sirlaridan buoilaning ilgarida davlatlik bir xonadon bo‘lg‘anlig‘i, ammo bu kunda ortiqcha faqirlikdayashag‘anlig‘i onglashilur edi.Yigit otini tut yog‘ochig‘a bog‘lab, uyga tomon yurgan ham edi, burchakdagi xarobauydan o‘zini tuzatib o‘qug‘uchining qutidor havlisida ko‘rgani pakana xotin go‘yo onalarning«ziyondosh albasti»laridek xunuk qiyofada yigitka qarab yugirib kela boshladi. Xotin yigitbilan eson-sog‘liq so‘rashqach, ikkisi uyga kirdilar. Yigit to‘nini yeshib uyning to‘riga irg‘itdi,boshidan qalpog‘ini olib qoziqqa ildi. Shundan so‘ng, ikkisi ham o‘lturishdilar.— Qalay, — deb so‘radi xotin, — ishing o‘ngidanmi?— Chakki emas.— O‘zi hozir shu yerda edi. Eblab kelsa shu edi, deb tashvishlanib o‘lturdi. San keluroldingdag‘ina chiqub ketkan edi.— Uyga ketdimi?— Bilmadim, kelib qolsa kerak. O‘zi ham qatnay-qatnay o‘layotibdir, kecha qayta kelibketdi,qix...— Nimadan tashvishlanadir?— Ishni aytkanimdek qilolmasa, hamma mehnat to‘rt pul, deydir.Yigit kulimsirab olg‘ach, so‘radi:— O‘zimizning ishlar qalay?Bu savoldan xotinning yuziga umidsizlik tusi kirdi:— Bilmadim, do‘stdanmi, dushmandanmi haytovur olding ochilmay turadir, sovchiliqqachiqmag‘an kunim yo‘q, qix... Yomon qo‘shnini yer yutsin; Marayim ku-dingchi1bo‘shashqandek bo‘lg‘an edi, uni ham qo‘shnilar o‘lgur aynatibdilar... Homidboy bo‘lsa bukun unashsalaring ertaga to‘yni boshlaymiz deydir, qix... — Bu so‘zdan yigitning ko‘zlariolayib allanechuk tuska kirdi.— Qaysi qo‘shni ekan, u?— Qurib ketsin, yomon qo‘shnilar, qix... Man sanga qaysi bir qo‘shnini tutib beray,hammasi ham aynatar emish.— San manga o‘sha... ni ko‘rsatib ber, tobini olib qo‘yay o‘sha onangni...Ikkisi shu mojaroda edilar. Yo‘lakdan kirishdayoq tutka bog‘lang‘an o‘zining otidanodamning kelganini bilgan Homid ayvondan aylanib kirishka sabri chidamay, darichadanoshib uyga kirdida, yigit bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. O‘lturar-o‘lturmas Homid undanso‘ray boshladi:— Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor?— Nima gaplar bo‘lsin. Toshkandda tinchlik. Bahona bilan Toshkandni ham ko‘riboldiq.— Eshigini topa oldingizmi?2— Topdim. Aytkaningizdek, uning eshigini Toshkandda har kim bilur ekan.— Bulmasa, xatni ham topshirg‘andirsiz?— Topshirdim.— Bali sher, xatni qo‘lingizdan kim oldi?— Bir chol.— Yuzi cho‘ziqroq, chakkasi siqiqroq choldir.— Xuddi o‘zi.— Xatini ham ololdingizmi? — dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‘zig‘a tikildi. Sodiqyuziga mag‘rur bir tus va ovozig‘a muzaffariyat ohangi berib «xatini ham oldim», javobiniaytdi. Bu javobdan so‘ng Homidning og‘zining tanobi juda ham qochqan va Sodiqning96

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyelkasiga qoqa boshlag‘an edi. Sodiq qo‘ynidag‘i xatni olur ekan, ishlatkan hiylasini hikoyaqildi:— Xatni cholg‘a berdim-da, ertaga Marg‘ilon ketaman, xat bersalaringiz bemalol,dedim. Chol bir oz o‘ylab olg‘andan keyin, hozirg‘a xatimiz yo‘q, sizga malol kelmasa ertabilan bir xabar olib ketmaysizmi, o‘zingiz hozirda qayerda turibsiz, deb so‘radi. Manog‘irsing‘ansumon o‘ylanib oldim va xo‘b, dedim, qo‘shxonam uzoq bo‘lsa ham bir xabarolib o‘tarman, dedim. Ishning o‘nglanishiga quvonib, bir kechani choyxonada kechirib,ertasiga va’da vaqtig‘a yana bordim, imon topkur otam xatni muzdek qilib tayyorlatibqo‘yg‘an ekan, Marg‘ilon qayerdasan, deb bir ot, bir qamchi jo‘nay soldim.Homid xatni olur ekan, Sodiqning yelkasiga qoqib «rahmat, rahmat», deb qo‘ydi va:«Biz ham sizning harakatingizda», degan so‘zni ham qo‘shib qo‘ydi. Xatni ochar ekan,Homidning yuzida quvonch aralash bir jiddiyat mushohada etilar edi.«Umidim yulduzi, orzum chechagi, hayotim tiragi Kumushimga!Kinoya va achchig‘lar bilan to‘liq bo‘lg‘an maktubingizni oldim. Xatni yozg‘anchog‘ingizda tamom bir o‘t ichida, g‘azab dengizida suzg‘anlig‘ingiz gavdalanib ko‘zo‘ngimdan o‘tdilar. O‘tdilargina emas, hatto menga shunchaliq ta’sir etdilarkim, go‘yomalikasining g‘azabiga uchrag‘an qul qay darajada es-hushidan ayrilsa, qilar ishidan, o‘ylaro‘yidan yanglishsa, maning-da hozirgi holim buning yuz daraja yuqorisig‘a yetdi. To‘g‘risizahar olud maktubingizga odamlarcha tushuna olmadim va tushunishka ham luzumko‘rmadim, chunki g‘azab ustida aytilgan so‘zlar aqlli kishilarcha loyiqi muhokama vamutolaa bo‘lolmas, gulxandan so‘ng alanga hisobini hech bir vaqtda olinmas. Lekinmaktubingizning bir o‘rniga nima ma’no berish uchun tamoman ojiz qoldim: «Ilgarigiso‘zingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanligini bilaturib ham yana uyalmay, qizarmayvijdonsizlar amrini berib qo‘yasiz-da, uyatsizlig‘ingizni yana bir qat oshirasiz...» va «OtamToshkanda ekan kezda bu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz», «go‘yo buning bilannomuslik, uyatchan bir yigit bo‘lib ko‘rinmakchisiz shekillik?!»Bu so‘zlaringiz bilan nima demakchi bo‘lasiz, taningiz sog‘mi? Durust, man otangizgabirga ketalmasligimni, charlarni uch-to‘rt kun kutib qolishimni bir necha vaqt aytalmayyurdim va nihoyat otangiz ketishka ruxsat so‘ray boshlag‘ach, otam orqaliq uzrimniaytirdim, bas, bunda qanday uyatsizlik bo‘lsin, gumonimcha isitmangiz qattig‘ ushlag‘anko‘rinadir va bu telbalarcha maktubingizni isitma orasida yozg‘on o‘xshaysiz...»Homid maktubning bu o‘rniga yetkanda ixtiyorsiz xaxolab yubordi-da, «voy ahmoq»deb qo‘ydi. Puchuq xotin bilan Sodiq kulib unga qarasalar ham ul iltifotsiz o‘qushida davometdi:«Maktubni isitma orasida yozg‘aningizg‘a tamoman qanoat qildim. Shuning uchun sizniayblashka haqqim yo‘q, ham siz ma’zursiz.1 Bu kinoya va zaharlik maktubni yozishg‘a siznimajbur etkan, meni hiylakor tulki, og‘zi qon bo‘ri, uyatsiz yigit... va tag‘in alla qanchamartabalarga mindirilishlarimning bosh omili albatta otangizdan ham eshitkan bo‘lsangizkerak, shu kungacha charlar balosi bilan tutqun bo‘lishim orzu-havas qayin otasining og‘ribyotish shumligidir. Nihoyat sizning achchig‘ xatingiz barakasida bu kun charlar xabari hamkelib qoldi. Siz maning bu xatimni o‘qub, gunohlarimni yarlaqab2 turg‘an kezlaringizda,albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak. Onangizning o‘quyturg‘an bayti maningsha’nimga tamoman teskari, chunki ota-ona orzusi hech bir vaqt yangi yorlik vazifasinio‘tay olmas va hamisha boshqalarning orzu-havasi bo‘lib qola berar. Siz o‘zingizni tuproqbilan tenglashdirmakchi bo‘lg‘ansiz, lekin man hozir Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibideb atamoq fik-riga tushdim...Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashqani holda zavjingiz Otabek. 26 javzo,1265-nchi yil. Toshkand».Maktubning bosh tomonini o‘qug‘anda Homidning yuzida ko‘rilgan shodlik o‘zgarishlarixatning oxiri bilan negadir yuvilg‘andek va shodliq o‘rnini chuqur bir mulohaza olg‘andek97

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybo‘ldi. Bir-ikki daqiqaliq fikrdan so‘ng Otabekning «Siz maning bu xatimni o‘qubgunohlarimni yarlaqab turg‘an kezlaringizda, albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsamkerak...» jumlasini ko‘zidan o‘tkazdi-da, Sodiqdan so‘radi:— Toshkanddan chiqg‘aningizga necha kun bo‘ldi?— Olti kun.Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tag‘in ham og‘irlashtirg‘andek sezilib ul boshiniquyiga engashtirdi va chuvoq soqolini tuzatib fikrda qoldi. Homiddagi keyingi o‘zgarishdanxabarsiz taxmondag‘i uvadalarni tuzatish bilan ovora bo‘lib yurgan puchuq xotin Homidningyonig‘a o‘lturib, xunuk bir iljayish orasida so‘radi:— Qalay, Homidboy, ishlar o‘ngdanmi? Poshshanisaga endi sovchiliqqaboraveramizmi?Homid umidsizcha boshini chayqadi va salmoqqina qilib javob berdi:— Ishimiz hali u darajaga yetkan emas, biz hozir faqat sovchining yo‘lidag‘i birinchig‘ovnig‘ina buzdiq.Homid puchuq xotin orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan o‘zining birinchi martabayuborg‘an xiyo-natnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib,Otabek ko‘kragiga ham qo‘l solib ko‘rmak va uning Kumushbibiga bo‘lg‘an munosabatinibilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliqToshkandga yuborg‘an, Sodiq esa o‘qug‘uchig‘a ma’lum maktubni Otabekka topshirib,Otabekning Kumushka yozg‘an maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homidtomonidan o‘qulib o‘tdi.Otabekning bu maktubi ortig‘i bilan o‘zining Kumushka bo‘lg‘an munosabatininghamon eski holida boqiylig‘ini e’lon qilar va o‘zining osonliq bilan raqibka berilmasliginiso‘zlar edi. Bu yo‘lda birinchi qadamini muvaffaqiyat bilan bosqan Homid keyingilarinibirinchidek ketishi uchun qayg‘ulanar edi. Bu kun-erta Otabek kelar-da, Kumush bilantopishar. Xiyonatnomaning o‘ziniki bo‘lmag‘anlig‘ini isbot etib, Homidning o‘ylag‘an ishiniyana keyinga siltar yoki butunlayga Homidning umidini uzar — mana bu ochiq, ko‘rinibturgan ehtimol emas, haqiqat oldida ul hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash bilan garangedi. Ul bu to‘g‘rida uzoq o‘ylab turmadi, bir narsaga qaror qo‘yg‘an kabi fikrdan ko‘ziniochdi va puchuq xoting‘a dedi:— Jannat opa, bir chilim beringiz-chi, — Jannat opa chilim solish uchun qo‘zg‘alg‘ach,Sodiqqa dedi: — Inim Sodiqboy, ishimiz juda xom hali.Sodiqning qizil ukki ko‘zlari o‘ynab javob berdi:— G‘am yemang, aka, xom bo‘lsa o‘bdan pishitarmiz, o‘lmasak.Sodiqning bu javobi Homidning ishonchini moyla-g‘andek bo‘ldi, to‘ppisini boshidanolib namatka tashlag‘ach, minnatdorlik ohangi bilan:— San bilan Jannat opam tirik bo‘lsalaringiz pishitarmiz, albatta! — dedi va Jannat opaqo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sarxonani sindiribyuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida chilimniSodiqqa uzatib, Jannat opag‘a dedi: — Opa, siz tag‘in bir martaba qutidorning uyiga xatolib boraturg‘an bo‘ldingiz...— Qix, jonim bilan aylanay. Sodiq olib kelgan xatnimi?Homid kuldi.— Yo‘q, opa, agar bu xatni olib borsangiz, shunchalik qilg‘an ishlarimiz birpul degangap bo‘ladir. Ilgarigi gal yozdirib berganimdek o‘z rejamizga muvofiqlab Otabek tilidanyana birini o‘martirib beraman.— Xi-xi-xi, aylanay, qix... Man bu ishlarni qayoqdan bilay, Homidjon.— Albatta bilmaysiz. Lekin mundan so‘ng yaxshi bilmog‘ingiz kerak, ozg‘ina yanglishibketsangiz ham hamma qilg‘anlarimiz shamolg‘a uchadir, undan so‘ng...— to‘satdan buo‘rinda Homidning esiga o‘zining bir xatosi kelib tushdi: birinchi gal Otabek tilidan yozg‘an98

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysoxta xatini uning qo‘l yozuvini mulohaza qilmasdan yuborg‘an va bu kungacha bu sirniqutidor, Kumushbibilar tomonidan sezilib qolishidan qo‘rqib kelmakda edi. Endi bu ikkinchisoxta xatni yozdirishda garchi hozir Otabekning qo‘lyozmasi o‘z qo‘lida bo‘lsa ham yanaqo‘rqunchi yo‘q emas edi. Endigi xatni nihoyatda ehtiyot bilan nusxaga qarab yozdirishniko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana qaysi to‘g‘ridadir uzoq o‘ylab olg‘ach, Sodiqqa dedi:— Inim Sodiqboy, sizga ham yana katta bir xizmat bor, basharti...— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman!Homid Sodiq bilan Jannat opag‘a qarab oldi va: — Shundoqmi? — debishonmag‘ansumon takror so‘radi, undan ijobiy javob olg‘ach, yonini kavlashdira berib: —Jannat opa, — dedi Sodiq horib qorni ochib kelgan ko‘rinadir, man ham ertadan beritomoq yegan emasman, biz Sodiq bilan so‘zlashib o‘ltursak-da, siz mana shu pulgaguzardan chiqib bir chorak1 et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz. — Jannat opa paranjisiniyopinib etka ketdi, so‘ngra Homid Sodiqdan takror so‘radi:— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman, deng-chi? — negadir HomidSodiqning takror-takror: «qochqon odam emasman, sinamasdan xizmatini aytabering»,deyishiga ishonmas edi. Nihoyat:— Basharti sizga buyuradirg‘an xizmatim bu kungacha qilg‘an ishlaringizdan tamomanboshqa va og‘ir bo‘lsa-chi», — dedi. Sodiq Homidning maqsadig‘a tushungandek bo‘ldi vao‘ylab turmay:— Odam o‘ldirishmi? — deb so‘radi. Homid Sodiqqa ishonmag‘ani holda bir daqiqachamasi qarab turdi, so‘ngra tevaragiga alang‘lab olg‘ach, hazil tariqasida:— Basharti odam o‘ldirish bo‘lsa-chi? — deb so‘radi.— Bu kungacha ikkitasini joylashdirdim, uchunchiga o‘tsa nima qiladi? — dedi Sodiq vamag‘rur kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan so‘ng Homid ustidagi yukni otqandek so‘lish olib qo‘yg‘anedi.— Man kishining xizmatini unutaturg‘an yigit emasman, — dedi Homid va davom qildi,— o‘g‘ul bola uchun o‘g‘ul bolalig‘im, yomon uchun yomonlig‘im bor, basharti shu xizmatnibajarib berishni bo‘yningga olsang, ond bilan aytamanki, davlatimning yarmisi sanikibo‘lsin!Sodiq o‘lturgan joydan qo‘lini Homidga uzatib «qaytmaysizmi?» deb so‘radi. Homidqo‘lini olib «so‘z ham bir, xudo ham bir» javobini berdi.Shu kunning ertasidan boshlab, Sodiq qutidorning eshik oldi tevaragida Otabeknikutmakchi, ul kelib yo‘lakka kirdi deguncha orqadan borib uning ishini saranjomlamoqchiedi. Sodiqning fikricha, bu ishni darbozadan tashqarida bajarish muvofiq bo‘lsa ham, nimauchundir Homid bunga ko‘nmay qutidorning uzun qorong‘i yo‘lagini qulay bilmish edi.Sodiqning «qay vaqtda kelar ekan?» savoliga:— Albatta, shaharning darbozasi ertalab ochilib, shom bilan yopiladir, gumonimchaertalab Qo‘qondan chiqsa, asr vaqtlarida Marg‘ilong‘a kiradir, — dedi va so‘z oxirida oradaso‘zlanib o‘tilgan shartni yana ta’kidladi.— Yaxshi o‘yla, Sodiq. Olam hodis qo‘lg‘a tushib qolsang, so‘roq kezida aybni faqat o‘zbo‘yningga olib, orag‘a meni qotishtirmaysan.— Xotirjam’ bo‘ling, Sodiq deganingiz bunday xumsalikni jallodning qo‘lida hamqilmas, azbaroyi xudo.— Undan so‘ng ikkinchi shart: bu sir faqat ikkimizning oramizdag‘ina qoladir, o‘zingham sezgan bo‘lsang kerakkim, Jannat opani etka ovora qilishim uni ham bu sirdantashqarida tutish uchun edi.— Ko‘nglingizni mendan juda to‘q tutabering, aka! Avg‘oni xanjaringizni beramandegan edingiz-a?— Sho‘rba pishguncha kelturaman, — dedi Homid va ketdi.99

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy7. QUVLANISHUchinchi kundan buyoqqa qutidorning eshigi tevaragidan Sodiq ayrilmas edi... hozirkechki soat yettilar bo‘lib qolg‘ani uchun bu kun ham uning kelmasligiga qaror bergan vaketishni chog‘lar edi, lekin uzoqdan kelguchi birar otliqni ko‘rsa balki shu bo‘lmasin, debyana kutib qolar edi. Ahvol bilish uchun bo‘lsa kerak, Homid ham otiga qiyshiq minib o‘tibketdi. Savol nazari bilan qarag‘an edi, Sodiq boshini chayqab javob berdi. Nihoyat qutidorham kundagi vaqtda bozordan qaytib uyiga kirdi. Vaqt shomg‘a yaqinlashib qolg‘anliqdanbitta-yarimta do‘konlar ham yopilib, o‘tkunchilar ham siyraksib qoldilar. Shunchakutkanning o‘n daqiqasi deb bo‘lsa kerak, ul hamon shu o‘rtada aylanib yurar edi.Poyafzal rastasining sharqqa qarab tortilg‘an ko‘chasi boshidan bir to‘da yigitlar mungaqarab kelar edilar. Boshda ul kelguchilarni tanimag‘an edi, yigitlar yaqinlashib kelgach,o‘zining o‘rtoqlari ekanini bilib o‘ngg‘aysizlana boshladi. O‘zini ulardan yashirish uchunqutidorning yo‘lagini jo‘blag‘an ham edi, yigitlardan bittasi: «Bu yerda Sodiq nima qilibyuribdir» deb yubordi, ikkinchi yigit «Sodiqboy, Sodiqboy!» bilan chaqirishg‘a tutinib,shuning ila Sodiq burilg‘an joyida to‘xtab qolishg‘a majbur bo‘ldi.— Nega bu yerda tegirmonchining ishsiz qolg‘an eshagidek junjayib o‘lturibsan, Sodiq?— dedi bir yigit. Boshqalar buning so‘ziga kulishdilar. Sodiq ham kulgiga ishtirok qilib,yigitlarning yaqinig‘a keldi.— Biravda ishim bor edi, shuni kutib o‘lturibman.— Sodiq dedi haligi yigit va Sodiqdan «ha» javobini olg‘ach, — burningmi Risolatxolamning rapidasi? — dedi. Yigitlar tag‘in ko‘chani ko‘tarib kulishib yubordilar.— Jur, bazmga!— Qanaqa bazmga?— Shamshodbekning bazmiga, hali Shamshodbekning to‘yidan xabaring yo‘qmi? Jur,Sodiq jiyanim, basharangmi, do‘lda qolg‘an tappimi?Sodiq ikkilanib javob berdi:— Man keyinroq boraman.— Eh xumsa, — dedi yigit va ariqdan sakrab So-diqning yonig‘a o‘tdi. AndijondagiQaymoqxon ham kelibti, bazmi jamshid desang-chi, jur! — Yigit Sodiqni sudray boshladi.Boshqalar ham uning orqasidan itara ketdilar. Sodiq o‘rtoqlarining jabri ostida ilojsizginaborsa ham, lekin ikkinchi tomondan kutkanini bu kun ham kelmasligiga qarori ham yo‘qemas edi. O‘n-o‘n besh otlamdan so‘ng o‘rtoqlarig‘a itartirib o‘lturmasdan o‘z ixtiyorichayuriy boshladi. Ko‘chaning janubiga qarab borar edilar. Oradag‘i g‘arbg‘a qarab tortilg‘anko‘chani ham bosib to‘g‘rig‘a o‘ta boshlag‘an edilar, uzoqdan ot yeldirib to‘g‘rig‘a kelguchiotliqni ko‘rgan Sodiq ko‘chaning o‘rtasida to‘xtadi. Haligi mushtumzo‘r yigit uni bir turtdida:— «Yur, yur, itbachcha, jinni-minni bo‘ldingmi?» deb sudray boshladi, boshqalar hamunga to‘rt tomondan chug‘urchiqdek yopishdilar. Shunday qilib «bechora» Sodiqni o‘zxolig‘a qo‘ymay ko‘chadan anchagina nariga surgab ketdilar. Ular bu ko‘chadan o‘ttuz-qirqadimlab uzoqlashg‘an ham edilar, haligi uzoqda ko‘rilgan otliq to‘riq yo‘rg‘asini qarsillatibkatta ko‘chaga chiqdi va yigitlar kelgan tomong‘a — shimolga burildi. Sodiq ketar ekan,otliqqa burilib qaradi. Hasanalidan xat olg‘ani borg‘anida otxonada ko‘rgan qora to‘riq otnitanig‘ani on qo‘ltug‘ig‘a kirib olg‘an ro‘dapodan qutilishg‘a tirishib boqdi, lekin uhdasidanchiqolmag‘ach, ko‘zini yirtqichlarcha chaxchaytirib «it emgan da’yus!» dedi qo‘ltug‘idag‘ijonlik kishanga...* * *Uyoq-buyoqdan shom azoni eshitila boshlag‘an edi. Ma’lum otliq qutidorningdarbozasida otini to‘xtatdida, o‘ng oyog‘ini uzangudan uzdi. Shu vaqtda shom namozidan100

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqolmas uchun shoshilishib qutidor ham yo‘lakdan chiqib keldi. Otini ko‘chaning o‘rtasidaqoldirib, qayin otasi bilan ko‘rishmak uchun yugirgan kuyavi oldida namozini ham unutkanqutidor dag‘-dag‘ titrab to‘xtag‘an edi. Ko‘rishmak uchun o‘ziga uzatilg‘an qo‘lni bo‘shhavoda qoldirib, darbozasi yonig‘a bordi. Bunday muomala oldida Otabekning qandayholda qolishi izohka uncha muhtoj bo‘lmasa kerak. Ul turgan joyida qoziqdek qoqilibqolg‘an edi. Qutidorning oldig‘a yurishnida bilmas, so‘zlashka ham tili kelmas edi.— Bu qanday harakat, ota?Qutidor titroq va hayajonli bir tovush bilan:— Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q, uyatsiz bilan so‘zlashishka ham toqatimyo‘q... Boringiz, maning eshigim yonida to‘xtamangiz! — dedi-da, o‘zini ichkariga oldi vadarbozani yopib shildir-shildir zanjirini bog‘lay boshladi...Otabek esini boshig‘a yig‘ib, mixlang‘an yeridan qo‘zg‘alg‘anda shom namozi o‘qulib bitkan,kishilar uylariga qayta boshlag‘anlar edi. Ul moshinavori kelib otig‘a mindi va «chuh» dedi,lekin ot qo‘zg‘almadi. Ikki-uch qamchidan so‘ng tolg‘a bog‘lang‘an tizgin shart etib uzilibketkach, boya yurib ketkan otini o‘tkunchilardan bittasining bog‘lab turg‘anini esladi.«Chuh» dedi. Ot ko‘chaning sharqig‘a qarab ketdi.Bu ketishda uning hushi o‘zida deb aytish qiyin, shuning uchun otning boshini qayoqqaqarab solg‘ani ham belgulik emas, ehtimolki unga hozir ot yursa bas bo‘lg‘ay. Otko‘chaning ayrilishig‘a yetib «endi qayoqqa yuramiz» degandek to‘xtag‘an edi, egasi yana«chuh» deb javob berdi. Ot shimolga qarab burildi. Bu ko‘cha bilan uzoq yurgach, oltinchifaslda o‘qug‘uchi bilan tanishdirilg‘an B... mahallasiga chiqib, ot yana qay tomonga yurishniso‘rab to‘xtadi.— Chuh.Ot ko‘chaning sharqig‘a yurib o‘qug‘uchig‘a ma’lum burchakdagi ikkita eshikdan hamyana shimolga burib, tor ko‘cha bo‘ylab uzoq ketdi. Vaqt xuftanga yaqinlashibqolg‘anliqdan qorong‘i o‘bdan tushkan edi. Ot o‘zining bu galgi to‘xtashida egasining chuhchuhigaham sirt berib turib oldi va Otabek ko‘zini ochib yo‘l qarashg‘a majbur bo‘ldi.Otning tor ko‘chaning nihoyatiga yetib yo‘lsizlikdan to‘xtalg‘anini onglag‘ach, o‘tkanishlardan o‘ziga hisob bera boshladi. Qayin otasi eshigida otini yo‘lga solg‘anini bir ozeslasa ham boshqasini bilmas edi. Har holda Marg‘ilonning chetrog‘idagi boshi berkko‘chada va katta bir darboza yonida turg‘anlig‘ini tushundi. Otning boshini burishni-da,burmasni-da bilmay bir oz o‘ylab to‘xtadi. Ul o‘ylab turg‘anda darboza ichkarisidan ikkikishining xayrlashib ajralishqanlari sezilar edi. Ichkaridagi oyoq tovushi darbozagayaqinlasha bergach, ul chiqg‘uchig‘a xalaqit bermas uchun otining boshini chetka burdi.Otabek to‘xtag‘an o‘rin to‘rt tomondag‘i imoratlar bilan o‘bdan qorong‘i, shuning uchundarbozadan chiqg‘uchining faqat boshidag‘i oq sallasidan o‘zgasi ko‘zga ilinmas edi.Chiqg‘uchi darboza yonida turg‘an otliqdan cho‘chibmi va yo o‘zichami so‘radi:— Kim otda turg‘an?— Man, — dedi Otabek va o‘zining mantiqsiz javobidan o‘ng‘aysizlanib tuzik javobberishka og‘zini jo‘blag‘an ham edi, chiqg‘uchi «siz kimsiz?» degan savol bilan uni to‘xtatibqo‘ydi.— Man... bir musofir g‘arib, — deb javob berdi-da, negadir tomishka intilgan ko‘zyoshisini kuch bilan to‘xtatib qoldi. — Marg‘ilong‘a shom vaqtida kirgan edim, ko‘zlaganjoyimni topolmay adashdim...— Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon, — aytkuchining so‘z ohangidan o‘rtoqliqbo‘yi kelib Otabekning dimog‘iga ursa ham:— Rahmat sizga, aka, — dedi, lekin uning bu so‘zi ham o‘rinsiz ketkan edi.— O‘zingiz adashdim, dedingiz-ku, tag‘in qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz?— Sizga og‘ir kelmasa...101

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Og‘irlig‘i yo‘q, yuringiz, — dedi va olding‘a tushib Otabekka yo‘l boshladi: — Manham sizga o‘xshagan bir g‘arib.Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-keyin so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘ig‘aqarab borar edilar. Anchagina yurgach, boshlovchi «otingizga ham joy bor», deb qo‘ydi.Otabek javob bermadi. Shu ko‘yi so‘zsizgina ko‘chaning burilishiga yetdilar-da, kishiOtabekni to‘xtashg‘a buyurdi, o‘zi shoshilib o‘qug‘uchig‘a ma’lum Jannat opa eshiginingchap tomonidag‘i ikkinchi eshikni ochish uchun qulfni timiskiladi. Eshikni ochishi bilan:— Otdan qo‘ningiz, mehmon, — dedi otni Otabek qo‘lidan olg‘ach, — siz xurjiningizniolib yo‘lakdan to‘g‘rig‘a kiraberingiz, — dedi. Otabek xurjinni ko‘tarib eshikka kirdi, ustiyopiq qop-qorong‘i yo‘lakdan o‘tib kattagina bir havliga chiqdi va xurjunni havliningo‘rtasig‘a eltib qo‘ydi. Kishi otni burchakdagi usti yopiq oxirg‘ami, sufagami bog‘lag‘ach,kelib xurjinini oldi.— Qani ayvong‘a, — deb yo‘l boshladi. Kishi Otabekni o‘tquzg‘ach, tokchadan sopollagan bilan qovuqni olib chaqmoq surtdi. Sham’ yoqildi. Bu kishi qirq yoshlar chamaliq,qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo,qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi. Ayvonning polos va asboblarida uncha boyliq ko‘rilmasaham puxta, ozoda, chirk yuqturilmag‘an yo‘sunda yig‘ishtirilg‘anlig‘idan egasining rind1tabi’atlik ekaniga shahodat bermakda edi. Ayvonning so‘l tomonida ko‘rilgan bir eshik ilauymi, hujrami, borlig‘i bilinar edi.Uy egasi Otabekni yaxshilab ko‘z ostidan o‘tquzg‘ach, so‘radi:— Qorningiz albatta ochdir, mehmon? — Otabekdan javob kutib turmay o‘zi hukumham berib qo‘ydi. — Yo‘l bilan albatta ochiqqansiz, savzi-piyoz va go‘shtlarim hammasitayyor, faqat o‘choqqa olov yoqsam, xolos, o‘zim ham hali xo‘rak qilg‘anim yo‘q, ko‘b emasozg‘ina, bir chimdimgina qilaman. — Otabekning uzriga quloq bermay oshg‘a urnashkaoldi. Otabek endi o‘tkan ishlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkuza boshlag‘an edi. Bu kungi besh daqiqaorasida bo‘lib o‘tkan voqi’ani hech bir yo‘sun bilan miyasiga sig‘dira olmas, chindan bo‘lg‘anish deb o‘ylashg‘a aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida hozirg‘ina aytilgan«Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q... Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» so‘ziningsadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar va nafsida sezilgan xo‘rlanish vahayajon buni tasdiqlar, bugina emas yuziga yopilg‘an darbozaning, shildir-shildir qilibbog‘langan zanjirning sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar edi. Bundan so‘ng Kumushningzaharlik muammo maktubi bir sidira ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. Maktubdagi tushunishi qiyinbo‘lg‘an nukta1 va ishoratlar yana bir qayta zahar sochib o‘tkandek bo‘ldilar. Lekinbularning barchasini yig‘ib ochiq-oydin bir natija chiqarish kuchidan ojiz, go‘yo isitmavaqtida bo‘laturg‘an tuturiqsiz, bog‘lanishsiz alji-bilji holatni kechirib, ishni bir-birisigabog‘lay bilmas edi. Ammo hozirgi daqiqada unga eng ochiq ta’sir etkan narsa: «Boringiz,eshigim yonida to‘xtamangiz!» jumlasi bo‘lib, to‘lqinlang‘an izzati nafsi hamisha «qora ohuko‘zlarni» ko‘rishka o‘rganmish yurak ko‘zini xo‘rlik pardasi bilan yashirishg‘a tirishar edi.Voqia’n tug‘ilib erkalikdagina o‘skan, hayotning dag‘al muomalasidan begona, faqat uningchuchuk so‘zlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xo‘rlik turmishdan birinchi zarba edi.Shuning uchun Kumushka bag‘ishlang‘an yurak tugunini yeshilg‘an holda ko‘rar, go‘yomarvarid tugilgan harir ro‘ymol o‘g‘irliqdan so‘ng oyoq ostlarida bo‘m-bo‘sh yotqandek vaegasi shu o‘g‘irlang‘an javohirotining alamini chekib turg‘andek edi.Uy egasi oshg‘a savzi bosib, Otabek yonig‘a keldi, ul boshqa hissiyot va fikrlarinivaqtinchag‘a unutib, o‘zini tetiklikka oldi. Uy egasi Otabek yonig‘a o‘lturar ekan, so‘radi:— Sizniki qayerda, mehmon?— Toshkanddan, mulla aka.— Ismingiz?Otabek manglayini qashib olg‘ach, javob berdi:— Shokirbek...102

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Marg‘ilong‘a birinchi kelishingizmi?— Birinchi kelishim...— Savdo vajhi bilan kelgandirsiz? — uy egasi Otabekning qiyofat va ust-boshidansavdogarga o‘xshat-qan edi.— Yo‘q... Man asli Qo‘qong‘a kelgan edim, ammo Marg‘ilonda otam tanishlaridanbittasida ozroq olasimiz bo‘lib, shu kishiga uchrashib ketayin, deb Marg‘ilong‘a o‘tkan edim,— Otabek o‘zining yolg‘onlashidan o‘ng‘aysizlanib bir oz to‘xtab oldi: — bu kishiningqayerda turishi manga ochiq ma’lum emas edi va Marg‘ilonda boshqa tanishimbo‘lmag‘anliqdan va vaqtning kechligidan adashib qoldim...Uy egasi kuldi:— Nasibdan qochib bo‘lmaydi, Shokirbek; bu kun kechasi menga mehmon bo‘lishingizbor ekan. Uchrashaturg‘an kishingizning oti nima?— Komilboy...Uy egasi o‘ylab turdi-da:— Bizning bu yaqinlarda bunday kishi yo‘q, ehtimol nariga dahadadir, — dedi va turiboshig‘a qarab ketdi. Otabek o‘zining qip-qizil yolg‘onlashidan vijdoni oldida qizarindi. Ammoul bir tomondan bunga majbur ham edi, chunki uning qutidor bilan qamalish va o‘lumgahukm etilish tarixi butun Marg‘ilong‘a mashhur bo‘lib, haqiqiy ismini yashirmay aytkanda,ehtimolki boshqa sirlarni ham ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Uy egasi qozon yonig‘a ketkach,ul ham o‘rnidan turib havlig‘a tushdi. Ayvonning narigi yoni bilan sharqqa qarabkirilaturgan bir yo‘lak orqaliq bir boqchag‘ami, maydongami chiqilishini bilib shu yoqqayurdi va kichikrak bir mevazorga chiqdi. Kechaning qorong‘ilig‘i ustiga mevalarning quyuqyaproqlari qo‘shilishib, bu maydon ayniqsa Ota-bekning hozirgi ko‘ngliga yaqinlashib kelaredi. Uning ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqi’a bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa,bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ilako‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘skan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. Ulshu qorong‘izor bilan qo‘shilishib ketkandek va qorong‘iliqning quchog‘iga kira borg‘andekmevazorning ichkarisiga yuriy bordi. Va nihoyat butoqlari bag‘rig‘a solinib tush-kan birdaraxtning ostig‘a o‘lturdi va bu o‘lturishda uzoq fursat qotib qolg‘andek harakatsiz edi. O‘nbesh daqiqalardan so‘ng ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborgach, o‘rnidanturdi. Boqchaning kunbotari bilan xarobazor imoratlarni yonlab yurdi.Otabek ayvong‘a qaytib kelganda, uy egasi oshni damlab bo‘lib ayvonda kutibo‘ltirmakda edi.— Otingizga ozroq johori berib qo‘ydim.— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, uy egasi nimadir so‘zlamakchi bo‘lsa hamo‘ngg‘aysizlang‘an sumol Otabekka tikilib-tikilib qo‘ymoqda edi.— Kasbim to‘qug‘uchiliq, Shokirbek, — dedi uy egasi. Otabek so‘zni tugalmaganliginibilib, uning og‘zig‘a qarab turar edi:— Doim zaxda o‘lturib ishlaganimdanmi yoki o‘zimning tabi’atimda zaiflik bormi, ishqilib nima bo‘lsa ham ko‘p vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman,— dedi va davom etdi,— goho ko‘krak ham og‘rib qo‘yadir. Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatkan edim, qoningiz oz,qimiz iching, xo‘rak oldidan maviz1 isti’mol qiling, deb kengash berdilar. Ularning kengashibo‘yun-cha uch-to‘rt kun qimiz va maviz iste’mol qilib boqqan edim, voqi’an bir munchafoydasi ham ma’lum bo‘ldi. Sizga buni so‘zlab shuni aytmakchimanki, osh oldidan bir-ikkipiyola maviz ichib yuborsam, albatta bunga sizning qarshilig‘ingiz bo‘lmas-a? — dedi vakuldi.— Qanday qarshilig‘im bo‘lsin, siz ma’zursiz.Uy egasi iljaygan holda hujraga kirib, o‘zining ta’biricha may emas, bir ko‘vachamavizni olib chiqdi, toqchadan piyola olg‘ach, kelib Otabekning yonig‘a o‘lturdi. Maviznipiyolaga chulduratib quyar ekan, mehmonga yer ostidan mo‘ralab kulimsirab qo‘ydi.103

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Sizning ham ichkaningiz bormi?— Yo‘q.To‘g‘risi ham Otabek ichkulukdan qattig‘ hazar qilar va bu kungacha mayni o‘zigadushman kabi ko‘rib kelar edi. Uy egasi quygan piyolasini simirib yuborg‘ach, sezdirmaslikqilib seskanib qo‘ydi va:— Aniq ichmaganmisiz? — deb yana so‘rag‘an edi, Otabek boshni chayqash bilankifoyalandi.— Qattig‘ uzr bo‘lmag‘anda ichmagan ham ma’qul,— dedi va ikkinchi piyolani to‘ldirarekan, davom qildi,— lekin bu narsa bir tomondan kishining salomatligiga foyda bersa,ikkinchi jihatdan tiriklikning qayg‘u va alamlarini-da unutdirib turar ekan. Boshimg‘ao‘lguncha unuta olmasliq qayg‘u-hasratlar tushdi, Shokirbek. Ayniqsa keyingi yillardao‘zimga hech bir qayerdan ovinchoq topolmay, nihoyat shu achchig‘ suv bilan ovinaturg‘anxolg‘a kelib qoldim, — dedi va uzoq tin olib to‘lg‘izg‘an piyolasini oldig‘a qo‘ydi. Ikkisi hambir necha vaqt sukutda qoldilar. Ul ikkinchi piyolani ichkach, Otabekni diqqat bilan kuzatibchiqdi.— Agar yanglishmasam, siz ham bir oz qayg‘uliroq ko‘rinasiz mehmon, bir piyolaniichib yubormaysizmi?— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, ammo o‘zida ta’rifi so‘zlanib o‘tilgan narsaga birehtiyoj seza boshlag‘an va o‘zini ham ma’zurlar qatorig‘a qo‘yayozgan edi. Uning bu holiniuy egasi sezdimi yoki sinab ko‘rmakchi bo‘ldimi, haytovur, uchunchi piyolani to‘ldiribOtabekka uzatdi:— Qo‘limni qaytarmang, mehmon. Ikkimiz ham ma’zur ko‘rinamiz.Otabek uzrini aytib, piyolani olmay turg‘an edi, ul ham piyolani uzatqancha kulibturaberdi.— Man mavizni tamom shar’iy qilib tayyorlayman, tunov kun mahallamizning oxunlariham halollig‘iga fatvo berib ketdilar.Otabek piyolani olishg‘a majbur bo‘ldi. Uy egasining aytkanidek maviz juda ham tiniq,yaxshi chiqg‘an ko‘kchoy kabi musaffo edi. Piyolaga uzoq qarab turmay ichib ham yubordi.Och qoring‘a tushkan o‘tkir may vijj etdirib me’dani qaynatdi-da, tomoq ostinilovullatmoqqa oldi. Otabekka birinchi piyolani ichirg‘andan so‘ng, uy egasi oshni suzishkaketdi.8. BAXT VA BAXTSIZLIKOshni suzib keltirgach, mehmonni oshg‘a taklif qilishdan burun yana toqchadagiko‘vachani olib bir piyolani to‘ldirdi va Otabekka uzatdi.— Iching buni ham, so‘ngra oshni yeymiz, — dedi. Bu gal uncha qistatishqa to‘g‘rikelmadi, birinchi piyola bilan uning ko‘z o‘nglari jimirlashmakka va o‘zida bir yengillik hisetmakka boshlag‘an va bu ikkinchi piyola go‘yo «meni ichsang tag‘in ham yengil tortasan»,der edi. Otabekning ikkinchi piyolasidan so‘ng oshg‘a o‘lturdilar. Bitta «don» hazmini hamtasavvur qilmag‘an uning me’dasi ketma-ket tushib turg‘an luqmalarni e’tirozsiz qabulqilmoqda edi. Bunday ishtihoni, ehtimolki, ul o‘z umrida birinchi martaba ko‘rgandir.Tomoq orasida uy egasining bergan savollariga yaxshi javob berganidek, o‘zi ham ba’ziso‘zlarni to‘qib yubormoqda, boyag‘i oz so‘zliliklar o‘rnini ezmalik bo‘lmasa ham mo‘’tadil birhol olg‘an edi.Oshdan so‘ng lagan va dasturxonni yig‘ishtirib olg‘uchi uy egasiga sarxush va qizarg‘anko‘zlari bilan uzoq qarab qo‘ydi. Bu qarash unga minnatdorliq va tashakkur qarashi edi.Uy egasi Otabekning yonig‘a ikkita yostiq olib qo‘ydi va bittani o‘z yonboshig‘a ham oldi.— Yonboshlangiz bek, — dedi, boshlab o‘zi yonboshladi. Otabek ham unga ergashdi.Ikkisining orasidag‘i sham’ yel bilan o‘ynashibg‘ina nur separ, ikkisi ham so‘z qo‘yishqandek104

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysham’ga ko‘z tikib qanday o‘yg‘adir berilgandek ko‘rinar edilar. Bir necha vaqtdan so‘ng uyegasi ko‘zini sham’dan oldi va yer ostidan Otabekni kuzatkach, so‘radi:— Uylanganmisiz, bek?Otabekning kayfi kuchlikmi edi yoki so‘zni onglamay qoldimi, haytovur shu onda javobberolmadi.— Uylanganman.So‘rag‘uchi bir oz to‘xtab olg‘ach, yana so‘radi:— Xotiningizga muhabbatingiz bormi?Otabek bu savol qarshisida garangsib qolg‘andek bo‘ldi, voqi’an orag‘a og‘ir savoltushkan edi, bilintirmaslik qilib uflab oldi.— Muhabbatim yo‘q.— Yaxshi ekan, — dedi uy egasi. Otabek uning bu so‘ziga tushuna olmay, «nega?»degandek qarab turar edi.— So‘zimga ajablandingiz shekillik?— Yo‘q, — dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko‘rinib turar edi.— Balki muhabbat baxtlik kishilar uchun yaxshidir, lekin o‘z tajribamcha, baxtsiz kishiuchun badbaxtlikdir. Masalan, siz agar chindan ham xotiningizg‘a muhabbatsiz bo‘lsangiz,o‘zingiz ham iqror qila olasiz: uyga kirsangiz xotiningiz bordek, ko‘chaga chiqsangizyo‘qdek, bas, sizga xotinning og‘irlik va yengilligi birdak. Shundoq emasmi?— Shundoq, — dedi Otabek, ammo muhabbat to‘g‘risida so‘zlangan bu so‘zlar uningkayflik ko‘zini ocha yozdilar.Uy egasi davom qildi:— Men bu so‘zlarni o‘z holimdan chog‘lab aytaman, ehtimolki men yanglisharman, —dedi va uzoq tin olg‘ach, so‘radi: — Siz uylanganda o‘zingiz yoqtirib uylandingizmi yokioradag‘ilarning yoqtirishlari bilanmi?Otabek so‘rag‘uchining qanday muddaosi borlig‘ig‘a tushunmay qoldi.— Onamning yoqtirishi bilan.— Barakalla, — dedi uy egasi va, — manimcha, hamma balo o‘zing ko‘rib, suyibuylanishda, — dedi va eshitkuchisi kutmagan joyda sukutka ketdi. Otabek bir ko‘ynaknio‘zidan burun yirtkan kishi to‘g‘risida go‘yo o‘z sarguzashtining eski tarixini mulohaza qilabosh-lag‘an, qarshisida o‘lturg‘uchini-da, qayin ota eshigidan quvlang‘an kishi deb bilganedi. Qayin otang sani ham quvladimi, deb aytmasa ham shunga yaqin bo‘lg‘an «suyganxotiningiz sizni tashlab ketdimi?» degan savolni berdi. Uy egasi boshini chayqadi:— Tashlab ketishka — ketdi, lekin o‘z ixtiyoricha emas, — dedi. Otabek bu so‘zdanso‘ng buning ham qayin otasi yoki qayin onasi tomonidan zulm ko‘rganiga ishong‘an edi.— Yomon odamning yuzi qursin, — deb qo‘ydi, bu so‘z uy egasiga tushunarlik bo‘lmadishekillik, Otabekka savol nazari bilan qarab oldi.— Ezmalik bo‘lsa ham boshimdan o‘tkanlarni so‘zlab beraymi, mehmon? — dedi.O‘z sarguzashti bilan farqsizg‘a o‘xshab ko‘ringan bu hikoyani eshitishka uning ishtiyoqiortqan edi:— Siz so‘zlamasangiz-da, men so‘zlatmoqchi bo‘lib turar edim.— Manim sarguzashtimda siz kutkan qiziqliq yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham so‘zlabberayin, — dedi va yostiqni ko‘kragiga qo‘yib olg‘ach, hikoyasini boshladi:— Men o‘zim asli qo‘qonliqman. Ota-onamdan yoshliqda yatim bo‘lib, tog‘amningqo‘lida o‘sdim. Yoshim 17—18 larga borg‘andan so‘ng o‘z kunim o‘zimga qolib, biro‘rtog‘imning kengashi bilan bundan yigirma yillar burun Marg‘ilong‘a kelib, bu kungiustakorimning otasig‘a to‘quvchiliq hunariga shogird tushdim. To‘rt yil chamasi qilg‘anxizmatimdan so‘ng haligi ustakorga xalfa bo‘lib ishlay boshladim. Boshqa yigitlardekortiqcha o‘rinsiz sarflarim bo‘lmag‘ani uchun oz zamon ichida uch-to‘rt tilla pullik hambo‘ldim. Ishimga ixlos bilan qarag‘anim uchun maning to‘qug‘an ishlarim o‘zgalarnikidan105

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqadrlik yurar va xalq orasida ham otim «usta Alim kichkina» bo‘lib shuhratlangan edi.Ma’lumki, bofandalar1 oldig‘a ko‘pincha xotin-qizlar kelib, yangi nusxa qidirib yuriydirlar.Maning to‘qug‘an ishlarim va chiqarg‘an nusxalarim hammaga maqbul, ayniqsa xotin-qizlaruchun mashhur bo‘lib, har doim to‘quv do‘konim yonidan xotin-qizlar ayrilmas edilar.Kunlardan bir kun hali kishidan qochar darajaga yetmagan o‘n uch-o‘n to‘rt yoshlarchamaliq do‘ndiqqina bir qiz kelib, men chiqarg‘an yangi nusxa shohidan so‘radi. Qizningso‘rag‘an nusxasi to‘qilib va sotilib ketkan edi. Shuning uchun «yo‘q» deb javob berdim.Qiz ko‘zini jovdiratib turib, «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» deb so‘radi. Men qizningyuziga qarab, «mumkin emas opa, bir kiyimlik shohi deb nusxa bo‘yash og‘ir», dedim. Qizso‘zni aylantirib mendan va’da olishg‘a tirishar edi. Men so‘z orasida yana unga qaraboldim. Yonimdag‘i xalfalardan bittasi qizg‘a o‘la2, «to‘qib bering, usta, opani xafaqilmang!» deb qo‘ydi. Uchunchi qarashda o‘zimda qizg‘a qarshi bir yaqinliq his etkan, ungauzoqqina qarab qolishg‘a majbur bo‘lg‘an edim. Garchi qiz aytkan nusxani tayyorlash og‘irbo‘lsa ham qandaydir bir kuch ta’sirida haligi qizg‘a va’da berib yuboribman. Ul chiqibketkach, qanday va’da berganimni o‘ylab ko‘rib, va’da kuni kelsa to‘quy olmadim derman,degan so‘zni ko‘nglimdan o‘tquzdim, lekin qizning gunohsiz o‘ynab turg‘an qora ko‘zlari,qizil olmadek taram-taram yuzlari hamon ko‘z o‘ngimda ko‘rinib turar edilar va «maninguchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zi quloq ostimda takror aytilgandek bo‘lar edilar.Bir necha kun shu yo‘sun ikkilanib yurg‘ach, nihoyat o‘zimga tushunilmagan bir savq3ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o‘ttuz kiyim bo‘laturg‘anipakni bo‘yash, tanda, arqoq, go‘la mashaq-qatlari ko‘zimga hech ko‘rinibdir. Va’damdanikki kun ilgariyoq shohini to‘qib, uning kelar yo‘lini poylar edim, ul kelmas edi. Nihoyatva’da kuni ham kelib o‘tdi, kel-madi. Sizga shuni ham aytib qo‘yayki, bir ko‘rgankishingizning tusini albatta uzoq fursat xotiringizda tutolmaysiz, lekin bu qiz to‘g‘risida mantamom boshqacha holatda bo‘ldim: shundoqki, uning qoshini, ko‘zini, tusini,qo‘g‘urchoqdek qaddini ko‘z o‘ngimda tuta-tuta tamom bir yillik bilishlardek bo‘libqolibman. Uning tovush ohanglari qulog‘im xotirasida u daraja yaxshi saqlanmag‘an bo‘lsada,ammo «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zini hozirg‘ina eshitkandek bo‘laredim.Va’da kunidan uch-to‘rt kun o‘tib ketkan bo‘lsa ham hanuz ul kelmas edi. Men uningko‘chasini so‘rab qolmag‘animdan xafa bo‘lar edim. Chunki, shohini o‘zim eltib berishkaham endi hozirlanib qolg‘an edim. Bu kutish kunlarimda na uchundir yonimdag‘i xalfashogirdlar bilan bo‘laturg‘an muomalalarim ham o‘zgara boshlag‘an, ya’ni so‘zlarim dag‘alva tundlikka aylangan, go‘yo buning ila Alining kekini Validan olar edim.Nihoyat va’daning beshinchi kuni qiz keldi. Qizni ko‘rish bilan men borliq-yo‘qliqholatda qolg‘an, bir necha zamon maning uchun so‘z topish ham qiyinlashqan edi. Qizshohini so‘ramay menga termulib turar edi. Uning minnatdorchiligini faqat shohi bilanolmoqchi bo‘lg‘anim uchun bu hol menga og‘ir keldi. «Nega va’daga kelmadingiz?» dedim.Qiz o‘ng‘aysizlanib, gunohkorlarcha ko‘zini yerga tikkani holda so‘radi:— Shohini sotib yubordingizmi?Yonimg‘a qo‘yib o‘lturg‘an shohini qizg‘a uzatdim. Ul shohining orqa-o‘ngini ag‘daribko‘rdi va: «Yaxshi to‘qibsiz», deb menga umidsizcha qarab qo‘ydi. Shohini menga beribqo‘lidagi mayda chaqalarni oldimg‘a to‘kdi.— Shohingiz qancha pullik?Men javob o‘rniga chaqalarni sanab chiqdim, bitta oltmish pullik tangasidan boshqasibir pullik, besh pullik zang bosqan chaqalar bo‘lib, ko‘p vaqtlardan beri yig‘ilib kelganligima’lum edi. Bergan puli shohining yarim bahosini qoplar-qoplamas bo‘lg‘anlig‘ini aytdim.— Tag‘in qancha kerak? — deb so‘radi.— Uch tanga, — dedim. Qizning o‘ychan yuzini yana qayg‘u bosdi. Men uning yuzidankatta husndor qizlarda ko‘riladigan bir ulug‘liq tomosha qilar edim va uning o‘z va’dasiga106

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykela olmag‘anlig‘i sirrini onglar edim. Bu yosh farishtani bu holda qoldirishg‘a ko‘nglimbo‘lmadi va dedim:— Qolg‘anini qachon olib kelasiz? — Bunga ham tez javob bermadi va javobsizlik bilanyana o‘z holini menga arz qilg‘andek bo‘ldi.— Pul topqanda keltirasizmi? — dedim-da, uning javobini kutmay qo‘liga shohinitutqazdim. Qiz menga ishonmay boshlag‘an edi:— Menga ishonasizmi?Men ishonch bildirib o‘lturmadim:— Uyingiz qayerda?— Ch... mahallasida.— Kimning qizisiz?— Sharif miltiqchining qiziman.— Otangiz qarib qolg‘anmi?— O‘lgan. Onam bor.— Akangiz yo‘qmi?— Yo‘q. Bitta kichkina o‘g‘ul ukam bor.— Ismingiz nima?— Saodat.Shundan so‘ng Saodatni shohi bilan jo‘natib yubordim. Saodat maning bu ishimgaishonmayg‘ina chiqib ketdi. Xalva shogirdlar: «Tuziksiz-ku usta», deb menga pichingotishdilar. Ammo men Saodat uchun har bir og‘irliqni ko‘targundek ko‘rinar edim...Uy egasi bo‘lg‘an usta Alim hikoyasini to‘xtatib, Otabekdan so‘radi:— Hikoyam uzayib ketdi shekillik, zerikdingizmi?Otabek uni ortiqcha bir e’tibor bilan eshitar edi, sarxushchasiga:— So‘zlay beringiz, — dedi.Usta Alim davom etdi:— Menga uch tanganing ahamiyati yo‘q edi. Ammo Saodat bilan bog‘lanib turishimuchun bu uch tanga ming tanganing ishini qilar edi. Oradan o‘n kunni o‘tkuzib, uch tangabahonasi bilan Saodatning uyiga bordim. Saodat xolasining uyiga ketkan ekan, onasig‘ao‘zimni tanitib, devor orqaliq anchagina so‘zlashdik: eri o‘lib erkaksiz qolg‘andan, ip yigiribovqat o‘tkarganidan va qizining kengashmasdan shohi buyurg‘anidan hasrat qilib ketdi;so‘zining oxirida yana bir hafta kutib turishimni iltimos qildi. Bir haftadan so‘ng aloqani uzibqo‘yish maning tinkamni quritaturg‘an bo‘lg‘ani uchun ishni boshqa rejada yurgizmakchibo‘lib aytdim: — O‘zingiz ip yigirib, kun ko‘rib turgan bo‘lsangiz, sizga uch tanga emas, uchpul berish ham og‘ir ekan, agarda sizga ma’qul bo‘lsa ko‘nglimga bir gap keladir,shundoqki, siz erkaksiz bo‘lg‘aningizdak, men ota-onasiz yolg‘iz yigitman.. Ko‘pincha kiryuvdirish va yirtiq-yamoq vajhlaridan qiynalaman. O‘sha sizdagi pul evaziga bir necha vaqtkir-pirimga qarab, yirtiq-yamog‘imni yamab bersangiz, qandoq bo‘lar ekan... Kampir buso‘zimni mamnuniyat bilan qabul qildi va ertasi kunga kirlarimni olib kelish uchun Saodatniyubormoqchi bo‘ldi. Shundoq qilib bu kun bog‘lanishni yaxshi asoska qurib qaytdim.Ertasiga Saodat kelib kirlarimni olib ketdi. Uch kundan so‘ng yuvilgan kirlarni keltirib,to‘quv do‘konimning yonida anchagina qarab o‘lturdi. Men uning kelishi uchun har haftapanjshanba kunini belguladim. Kundan-kun Saodatka qattig‘roq bog‘lana borg‘animnionglar edim, panjshanbani hayit singari qarshilar edim. Oradan uch-to‘rt hafta o‘tkandanso‘ng qo‘lig‘a «oyingga eltib ber» deb yigirma-o‘ttiz chaqa pul ham berdim. Saodat bilanaloqa qilg‘animning to‘rtinchi oyida ramazon hayiti keldi. Fitir ro‘za bahonasi bilan Saodatuchun sakkiz tepki xon atlas, onasi bilan ukasiga bo‘z ko‘ynak qilib, Saodatlarning uyigao‘zim chaqirib bordim. Saodat meni yo‘lakdan qarshiladi va gunohsizcha qo‘limdan tutibichkariga boshladi. Men: — Saodat, esingni yedingmi, onang mendan qochmaydimi?—dedim. Saodat tortishida davom etib:107

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qochmaydi, o‘zi menga ustakang kelsa qochmayman, degan.Men Saodatning yo‘lboshchilig‘i bilan ichkariga kirdim. Ayvonning oldida Saodatningonasi ip yigirib o‘lturar ekan, qizining qo‘lida begona yigitni ko‘rgach, hayron bo‘lib qolg‘anedi. Saodat meni havlining o‘rtasida qo‘yib onasining oldig‘a yugurdi va:— Ustakam-ku! — dedi. Onasi nari-berida dakanasini tuzatib o‘rnidan turdi. Salomalikdanso‘ng so‘rashdiq. Saodat tegimga ko‘rpacha yozdi, men qo‘ynimdag‘ini olib o‘rtagaqo‘ydim. Fotihadan so‘ng bir oz yotsirashib, uyalishib ochilisholmay qoldiq. So‘ngra kampirSaodatning manim to‘g‘rimda aytaturgan so‘zlaridan muqaddima qilib dedi:— Saodat sizni xudda o‘z akasidek yaxshi ko‘radir, tunov kun iroqi sobun olg‘il, debo‘ttuz pul bergan ekansiz. Sobunni olib kelgach, yotib uyqusi kelmadi, voy ustakamdanaylanay, voy ustakamning umrini xudo baxtimga uzun qilsin, deb butun tongni tong otdiribduo qilib chiqdi.Bu so‘zni kampir so‘zlar ekan, men o‘ng‘aysizlanib ketib yer ostidan Saodatka qarabqo‘ydim. Saodat qizarib-bo‘zarib chetka burilib olg‘an edi. Kampir davom etdi: — Munchalikbizning holimizg‘a qayish-g‘aningiz uchun besh vaqt namozning oldida men hamhaqqingizga duo qilishni unutmayman va hafta sayin qilib turg‘an marhamatingizni ko‘ribo‘ylayman: xudo bandasiga mehribon, holimizning rahmini yeb saxovatlik bu yigitni bizgauchratdi deb, ko‘nglingizdagi har na tilagingiz o‘ziga ayyondir. Siz yatimlarning rahminiyesangiz, sizning g‘amingizni o‘zi yesin. Kampir bir uflab olg‘ach, dedi: — Manglayimsho‘rlik ekan, bolam, Saodatning Qayumjon otliq bir akasi bor edi, yoshi yettiga chiqib,otasi rahmatlik endigina to‘y qilaman deb turg‘anda, qizamiq degan bir falakat kasal bilanog‘rib dunyodan o‘tdi, buning ustiga Saodatning otasi ham marhum bo‘lib bizlarni orayo‘lda qoldirib ketdi. Loaqal shu bola bo‘lg‘anda ham edi, biz bu yo‘sun og‘ir kunlargaqolmasmi edik, deb o‘ylayman, — ko‘z yoshisini artib so‘zini bitirdi. — Bandasining qo‘lidankelaturgani oh-vohdan nariga o‘ta olmas ekan, bolam!..Men ko‘ngil ko‘targan bo‘ldim:— Oldingizda yosh bo‘lsalar ham qizingiz va o‘g‘lingiz bor ekan, bu kun bo‘lmasaertaga axir siz ham yorug‘liq kunga chiqib qolarsiz, ona, — dedim va kelturgan narsamnikampirning oldig‘a surib: — Shu arzimag‘an narsani Saodat bilan ukasiga hayitlikka olibkelgan edim, bu aybim uchun albatta mendan koyimassiz, dedim.— Odamgarchilig‘ingizdan o‘rgulay, — dedi kampir va og‘zig‘a kelgan so‘zlar bilan duominnatdorchilik qila boshladi. Boyag‘i so‘zdan keyin uyalg‘anicha bizdan uzoqroqdao‘lturgan Saodat sekingina bizning yong‘a keldi va qog‘ozg‘a o‘ralg‘an kiyimlikni ochibatlasni oldi. «Bu mengami?» deb mendan so‘radi va javobimni kutib ham turmay yo‘llikbo‘zni oldi. «Bu Sayfiga», dedi. Uning orasidag‘i odimi bo‘zni ko‘rub: «Bu oyimga», dedi.Saodat bu narsalarni juda oddiy qilib ko‘rdi va soddacha haligi so‘zlarni aytib qo‘ydi. Go‘yobu narsalarni ilgaridan kutkan edi. Atlasni yaxshilab ko‘rib chiqg‘ach, yoqtirg‘andek bo‘ldi,bir menga va bir atlaska qarab turib nimadir aytmakchi bo‘lsa ham aytalmadi. Men nimademakchi bo‘lg‘anlig‘ini sezgan edim. Bu orada biz kampir bilan hasratlashib turg‘an edik,ul kelib so‘zni bo‘ldi:— Ustaka, — dedi, men qaradim. — Ro‘zamisiz?— Ro‘zaman.— Ro‘za bo‘lmasangiz choy qaynatar edim, — dedi. Onasi kuldi.— Choyni hayitda kelganimda qaynatib berarsan, — dedim.— Hayitda kelsangiz osh ham qilib berar edim, — dedi va onasig‘a qaradi.— Akangga har narsa qilsang ham arziydir, qizim,— dedi kampir va na uchundirko‘ziga yosh oldi, men ham arang ko‘z yoshimni to‘xtatib qoldim.— Bo‘lmasa bu kun iftor qilaqoling. — Saodatning bu so‘ziga onasi ham qo‘shilishdi.Men uzr aytdim. Lekin haqiqatda esa, Saodat bilan birga o‘lturib iftor qilishni ko‘ngil istayboshlag‘an edi. Uzoq so‘zlashib o‘lturdim, bu uydan chiqib ketkim kelmas, bir soat orasida108

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriytamoman ochilib-sochilib ketkan Saodatning bolalarcha qilig‘ini ko‘rib to‘ymas edim. Saodatgoh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyag‘i uyalib turishini bir yoqqa yig‘ishdiribqo‘yg‘an, onasi bilan meni kuldirib, anchagina ko‘tarilib qolg‘an latif ko‘kragi ustiga«senginadan aylaniy!» deb atlasni bosib quchoqlar edi. Men bo‘lsa go‘yo atlas emas,quchoqlang‘uchi o‘zim bo‘lg‘andek kayflanar edim.Men kampir bilan xayrlashib chiqa boshlag‘an edim, Saodat «Panjshanba kunboraymi», deb so‘radi. Men kampirning oldig‘a qaytib bordim-da, aytdim:—Saodatingizning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an ko‘rinadir, mundan so‘ng maktabdan bo‘shag‘anvaqtida Sayfini yuborsangiz qalay bo‘lar ekan va qo‘lim bo‘shag‘an kezlarda o‘zim hamkelib turarman, — dedim. Go‘yo kampir ham mendan shu so‘zni kutib turg‘an ekan,hamiyatimga va aqlimga tahsin o‘qudi va qizig‘a qaradi. «Ana, eshitdingmi ustakangningso‘zini, endi vaqt-bevaqt ko‘chaga ham chiqaberma!» dedi. Men chiqaturib Saodatkaqarag‘an edim, mendan o‘pkalagansumon ko‘rindi. Ammo maning bu so‘zim bekorgaemas, balki xalfa shogirdlardan ba’zilarining unga yomon ko‘z bilan qarag‘anlarinipayqag‘anim uchun edi.Shu yo‘sunda Saodatning onasi ham mendan qochmay qo‘yib, aloqamiz tag‘in hamqattig‘lashdi. Kutmagan bu muvaffaqiyatim bir necha kungacha ko‘zimdagi uyquni hamqochirib qo‘ydi. Uch-to‘rt kun go‘yo bu kun-erta Saodatka uylanaturg‘an kabi hovliqib hamyurdim.Uncha-muncha narsani ayamag‘anim uchun bo‘lsa kerak, tez zamonda go‘yo Saodatlaroilasining boshlig‘i holini olib qoldim. Jum’a kunlari masallig‘ni ko‘tarib Saodatlarnikigaborar, Saodatning qo‘lidan osh qildirib yeb qaytar edim. Saodat kundan-kunga o‘sib borar,shu nusbatda husniga husn qo‘shilar va men battar uning maftuni kesilar edim. Shu holdaoradan ikki yil chamasi fursat o‘tib ketib, Saodat ham o‘n olti yoshlarg‘a yetib qoldi. Endimaning oshiqona termulishlarim ma’nosini ongliy boshlag‘an, negadir «aka» debqilaturg‘an xitoblarnida tark etkan edi. Ikki yildan beri kampirning oldig‘a sovchi kirguzishnio‘ylab kelgan bo‘lsam-da, ammo nima uchundir Saodatdek qizg‘a uylanish baxtigaerishmakni o‘zimga tasavvur qilolmas edim. Bu to‘g‘rida bo‘lgan hamma umidimSaodatning onasidan edi, balki o‘zi so‘z ochar va yokim orag‘a kishi qo‘yar, deb kutar edi.Orag‘a boshlab o‘zim sovchi qo‘yishdan o‘ngg‘aysizlanar, to‘g‘risi o‘zimga tushunilmagan birxavf ostida bu jasoratdan mahrum edim.Bir kun odatimcha Saodatlar uyiga borg‘an edim. Osh-suvdan keyin kampir Saodatnio‘choqboshi yumishiga yuborib, menga qarab kuldi:— Saodatka bir yaxshi joydan kuyav chiqib qoldi. Kecha unashsak unashkundek hambo‘lg‘an edik, biroq sizning maslahatingizni olayin, deb sovchilarni qay-tardim, —demasinmi, ustimdan bir chelak sovuq suv quyg‘andek entikdim, qanday javob berishkatilim kelmay qoldi. Uzoq vaqt kesak kabi harakatsiz qolg‘ach, kuch orqasida tilimni bazo‘rshu so‘zga harakatlantirdim:— Joyi yaxshi bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish kerak...Kuyavning kimning o‘g‘li bo‘lg‘anlig‘ini va qanday kasb qilishini sharh qila boshlag‘anedi, sabrim tamom bitdi:— Undog‘ bo‘lsa, kecha sovchilarni bekor qaytaribsiz,— dedim. Kampir manim bukinoyamga tushunmag‘an edi:— Kuyavning tegi-taxti menga ma’qul bo‘lishka bo‘ldi-ya, faqat endi ish sizningkengashingizga qarab qoldi, siz Saodatka ota bo‘lmasangiz ham lekin otaliqdan yuqoriishlarni qilib kelasiz. Endilikda Saodatni uzatishda ham otalig‘ingizni ayamangiz, — dedi. Buso‘z bilan yana o‘lganning ustiga chiqib tepilgandek bo‘ldim.Chayon kabi menizaharlamakda bo‘lg‘an kampirning to‘g‘ri so‘zini eshitib turishka ortiq to‘zalmadim-da,ertagacha o‘ylab javob berishni aytib kampirning oldidan chiqdim.109

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyChiqg‘ach, oyog‘i kuygan tovuqdek to‘rt tomong‘a yugura boshladim. Epaqalik bir gapesimga kelmas edi. Nihoyat, aqlimni boshimg‘a yig‘ib, sirrimdan voqif bir oshnamg‘akengash soldim. Ul uzoq o‘ylab turmay, ertasi kunga tomonimdan sovchi bo‘lib kampirningoldig‘a bormoqchi bo‘ldi. Lekin butun tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmay, tikanga ag‘nag‘ankabi azoblanar edim va sustligim uchun o‘z-o‘zimni so‘kar edim...Usta Alim hikoyasini bu yerga yetkuzgach, sham’ning so‘xtasini miqroziladi va og‘zinipoylab turg‘uchi Otabekdan «zerikmadingizmi?» deb so‘rab olib, davom etdi:— Sovchini yuborib tinchiy olmadim, ishka qo‘lim bormas va bir joyda to‘xtabturolmas, u yerdan turib bu yerga o‘lturar, ming turlik xayol bilan dovdir sifatiga kirganedim. Yuborgan kishim tezda qayta bermagach, bir-ikki bora Saodatlar eshigi yonig‘a boribkeldim. Nihoyat, miyam shishib Saodatning uyi yaqinida bo‘lg‘an bir yong‘oqning soyasidao‘lturg‘an edim, sovchim chiqib qoldi-ku: yuragim orqamg‘a tortib ketdi. Va olding‘a tushibyuriy berdim, chunki sovchig‘a uchrashib haqiqatni onglash ham menga dushvor1 mushkulkelgan edi.— Shoshma-shoshma, ho, kuyav! — dedi sovchim. Hazilmand bo‘lg‘ani uchun ishningchappa ketkaniga ishong‘an, uning bu «kuyav» degan so‘zini kinoyaga yo‘yg‘an edim,ketaberdim. Ul orqamdan tez yurib yetdi:— Qani, to‘nni yesh! — dedi va to‘nimni o‘ziga torta boshladi.— Yuragim yorilishg‘a yetdi, hazillashma! — dedim.Haqiqatan so‘zi chin ekan, og‘zidan o‘pdim. Jiq to‘lg‘an ko‘z yoshimdan ham uyalibturmadim. Sov-chim yo‘l bo‘ylab kampir bilan bo‘lg‘an hikoyasini so‘zlab ketdi: Saodatka biryildan beri har kun deyarlik sovchilar qatnar, kampir hammasiga ham boshi bog‘liq, debjavob berib kelar ekan. Shuning barobarida maning og‘zimni poylar yoki kishi qo‘yishimnikutar ekan. Nihoyat, bir tarafini chin va bir tarafini so‘z olish muddaosi bilan kechagi so‘znimenga aytgan va shunga qarab ish qilmoqchi bo‘lg‘an. Uzun so‘zning qisqasi kampirningjavobi: bir qizim emas, yuz qizim bo‘lg‘anda ham usta Alimga nazir tortdim — bo‘libdir.Terimga sig‘mas edim; ikki yillik yurak dardim nihoyat hoziqini topqan edi. Bir nechakun uyalib kampirning oldig‘a bormay yurgan edim, o‘g‘li orqaliq yo‘qlatdi. Bordim. Lekinborishimdag‘i sezgularimni sizga bu til bilan tushuntirolmayman. Men borliq yo‘qliqeshikdan kirganimda, Saodat kir yoyar edi. Meni ko‘rgach, qizarinib ketdi va yoyilg‘an kirortig‘a yashirinar ekan, shahlo ko‘zlaridagi sezilar-sezilmas tabassumning farqig‘a bordim.Kampir bilan uyalishibkina to‘y to‘g‘rilarini so‘z-lashdik. Kampir ortiqcha takalluflarqilishg‘a yo‘l qo‘ymasa ham, ammo o‘zim Saodatning ko‘ngli o‘ksimasin uchun to‘yni kattaqilishg‘a tarafdor edim. Kampir bilan to‘y va nikoh kunlarini muqim qilg‘ach, men ketishkaturdim. Saodat kir yonida menga bir ko‘ringandan so‘ng, qaytib ko‘rinmagan edi. A, menbo‘lsam yana uni bir ko‘rmakchi va o‘ziga bir-ikki og‘iz so‘z aytmakchi edim. O‘choqboshidaqozon yuvar ekan, to‘g‘ri oldig‘a yurib bordim. Ul meni sezmadimi yoki sezsa hambilmaganga solindimi, haytovur orqasi o‘gurug‘liq engashkan holda ishka mashg‘ul edi. Biro‘rim bo‘lib tushkan uzun qo‘ng‘ur sochi uning harakati bilan qo‘ltug‘i ostida o‘ynoqlar edi.Anchagina orqasidan tamosho qilib turg‘ach:— Saodat, — dedim. Qaradi. O‘choqda yong‘an olov issig‘idanmi yoki uyatidanmiuning yuzi qip-qizil olma edi. Qo‘lidagi sochig‘i bilan oldimg‘a yaqin kelib to‘xtadi. —Eshitdingmi, — dedim. Yerga qaradi. Uni ortiqcha uyaltirmas uchun eshikka qarab yuriyboshladim-da: — Maylimi? — deb so‘radim. Javob o‘rniga:— Osh yemay ketasizmi? — dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli» javobiedi. Bir bugina emas, qirq yillik qadrdon xotin tomonidan eriga qilinaturg‘anmehribonchiliqning eng lazzatlisi edi. Chiqar ekanman, «Osh yemay ketasizmi?» so‘ziningkayfiga tamom mas bo‘lg‘an edim.110

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyUsta Alim shu so‘ngg‘i so‘zlarini aytib bitirar ekan, Otabekning qoshlari chimirilib, go‘yoo‘zining ham shu yo‘sun xotiralarining abadiy qaytib kelmaslik — yo‘qliqg‘a chiqqanlig‘iniyana bir karra onglar edi. Usta Alim davom etdi:— O‘n kun orasida hozirlikni bitirib to‘y qildiq. Nihoyat, Saodat meniki bo‘lib, saodatlikkunlarim boshlandi. Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim bir daraja sizga ma’lum bo‘lg‘anliqdanu kunlardagi mas’udiyatimni ham shu o‘lchavg‘a solib bila olasiz.Rafiqam Saodat chin sa’ida1 edi. Bu yil o‘zimga kutmagan darajada bir kuch vaistiqomat2 ortdirib, to‘y bilan tugalgan boylig‘imni qaytarg‘an edim. Turishka Saodatlar uyiortiq torliq qila boshlag‘anliqdan shu havlini (Jannat opa havlisig‘a ishora qilib) hozirg‘iqo‘shnimizdan sotib olishg‘a muvaffaq ham bo‘ldim. Qayin onam, qaynim va eru xotin shuhavlig‘a ko‘chib kelib tura boshladiq. Kundan-kunga Saodatka bo‘lg‘an muhabbatimoshqandek kasbim ham unumlik bo‘la boshlag‘an, uylanishimning ikkinchi yili haligiqo‘shnimizdan o‘zingiz ko‘rgan boqchani ham sotib olg‘an edim. Uylanishimning uchunchiyili Saodat yuklik bo‘ldi. Eru xotin birimiz ota va birimiz ona bo‘lmog‘imizni o‘ylab quvonaredik. Kechalari yotib uyqumiz kelmas edi. Nihoyat, Saodatning oy-kuni yaqinlashdi... —Usta Alim uzoq tin olishdan so‘ng davom etdi: — ... yaqinlashdi... lekin abadiy baxtsizlikkunlarim, manhus3 soatlarim ham yaqinlashdi... — dedi va so‘zdan to‘xtadi.— Davom qilingiz, — dedi Otabek, usta Alim bir uflab olg‘ach:— Saodat boladan qiynalib uch kungacha azoblandida, to‘rtinchi kuni o‘ldi, — dedi.Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, ko‘zlarini zo‘raytirib ochdi va o‘zini yostiqdan olibo‘lturg‘ach, so‘radi:— O‘ldi?!Usta Alim ko‘z yoshisini artib:— O‘ldi, — dedi va davom etdi: — dunyog‘a kelib ko‘rgan birdan-bir quvonchimdanayrilg‘an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichidaqarshilag‘an edim. Oylar bo‘yincha ko‘z yoshimni yomg‘ur kabi to‘kdim. Chunki mengabundan boshqa bir ovinchoq qolmag‘an edi. Ko‘z yoshlarimning tiyilmag‘anini ko‘rgan qayinonam Saodatning vafotining ikkinchi yili meni zo‘rlab uylantirdi. Lekin bu ikkinchi xotinmenga Saodat bo‘lolmadi. Haqiqatan saodatim ko‘milgan edi. Keyingi yillarda futurdan ketaboshlag‘an qayin onam qizidan yigirma oy so‘ng, o‘n bir yoshliq o‘g‘lini menga tashlabdunyodan o‘tdi. Qayin onamning vafotidan so‘ng, biylik1 o‘z qo‘lig‘a qolg‘an keyingi xotinimfahsh2 suratda ro‘zg‘orimni to‘zita bosh-ladi. O‘g‘riliqcha va to‘g‘riliqcha qimorboz akasigain’om qilishg‘a kirishdi. Kundan-kunga ishim keyin ketib, ishlaganim ro‘zg‘orga uchurvoqham bo‘lmay boshladi. Yomon xotinning shum qadami bilan uyimdan barakako‘tarilganligini va barcha barakalarimni rafiqam Saodat bilan birga ko‘milganligini onglab,keyingi xotinimni taloq qildim. Endi uchunchi yildirki, xotinsiz yashayman va uylanishniham o‘ylab ko‘rmayman. Chunki marhuma Saodat bilan kechirgan kunlarimning totlixotiralari menga abadiy lazzat bag‘ishlag‘anlaridek, ham achchig‘-achchig‘ yig‘latadirlar.Uylanishimga kengash berguchi o‘rtoqlarimg‘a: — Men endi dunyodan o‘tkan kishi, bu kunbo‘lmasa ertaga yor qabri ustida yong‘an sham’da o‘zini halok qilg‘uchi bir parvona, —deyman.Endigi o‘ylag‘anim faqat qaynimni uylantirish, so‘ngra... so‘ngra yuzni yoruq qilibSaodat quchog‘iga kirish... — dedi va darmonsizlang‘an kabi yostiqqa yonboshladi.Ustaning bu so‘ngg‘i so‘zi Otabekni ortiq asarlantirgan, ko‘z chuquri bir-ikki qayta yosh suvibilan to‘lib chiqg‘an edi.Ikkisi ham uzoq jim qoldilar. Otabek o‘z qayg‘usini butunlay deyarlik unutib qo‘yg‘an,qarshisidag‘i yerga singibkina yotqan mujassam ishqdan ko‘z uzolmay boshladi. Ustaningmoziysida emas, holida ulug‘ bir ma’no ko‘rar edi. Ammo uning istiqbolida bir bo‘shliqdano‘zga hech gap uchrata olmasa-da, yana ulug‘ bir ma’no ko‘rgandek bo‘lar edi. O‘zistiqbolini ham shu ustaniki qabilidan ko‘rmakchi bo‘lsa-da, buning uchun bir narsa111

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykamdek, yetishmag‘andek kelar, ikkinchi usta Alim bo‘lish uchun bir «o‘ldi» so‘ziginaoradan topolmas edi. Keyinroq bu «o‘ldi» so‘zini qo‘shqan bilan ham usta Alim bo‘lishqiyinlig‘ini onglay boshladi, chunki Otabek Kumush tomonidan so‘kilgan va tashlang‘an edi.Holbuki, Saodat so‘kmagan va tashlamag‘an, balki erining bir gunohi sababidan yoshumrini xazon qilg‘an va usta Alim qayin otasi tomonidan hayvoncha quvlanmag‘an... vaqayin ota tomonidan kuyav yo‘lig‘a tuzoq qo‘yilib, Saodatni chiqarib olish fikrigatushilmagan, ya’ni orag‘a shaytanat oralamag‘an... Bu so‘ngg‘i fikrni ul o‘ylamag‘an joydanilhom qabilidan to‘qib olg‘an edi, ya’ni o‘zining Toshkanddan uylanishiga qutidor tomonidanrizoliq berilishini, hatto uning to‘yni o‘z qo‘li bilan o‘tkazib kelishini ilgaridan hozirlanibkelingan tuzoq, deb tushungan edi. Muhokamasi shu yergacha kelib yetkach, usta Alimdarajasiga yetish uchun o‘zida hech bir munosabat ko‘rmadi... Usta Alim yozib bergano‘ringa kirib yotar ekan, o‘z-o‘ziga aytar edi: «Quvlanishg‘a, tahqir etilishka loyiq ko‘rilganOtabek usta Alim bo‘lishg‘a ham sazovor emas!» Ul uyqug‘a ketar ekan, yuragi bolalariniuchurib ketkan karrukning uyasidek bo‘m-bo‘sh edi.* * *Otabek ertagi namozga turg‘anda ko‘zi Shamshodbekning bazmidan azonda qaytibkelib, dong qotib uxlab yotqan Sayfiga tushdi. O‘n besh yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigito‘zining o‘tkur husni bilan Saodatdan xabar berar edi.Bir-ikki piyola choy ichkan bo‘ldi-da, usta Alim bilan xayrlashdi.9. UNUTOLMASA NIMA QILSIN?Bu gal Otabekning kutilmagan ravishda Marg‘ilon-dan tez qaytib kelishini O‘zbek oyimo‘zining juhud domladan qildirg‘an jodusining hind sihrini yengganligi, deb so‘yingan edi.Biroq Otabekning ko‘pisincha mehmonxonada yotib qolishi uni bu to‘g‘rida shubhagatushurib qo‘yg‘an va bunda qanday hikmat borlig‘ini bevosita bilib olish uchun birartaromchi domlag‘a borish fikriga tushkan edi. Yusufbek hojining bo‘lsa bunday maydaishlarni tekshirib yurish uchun fursati ham yo‘q, uning Normuhammad qushbegi yonidanbo‘shag‘an vaqti ponsad va beklarnikida kengash va ziyofatlar bilan tugalar edi. Uningdiqqatini jalb etkan narsa bo‘lsa, ul ham Otabekning tadbirsiz siyosat va ahmoq boshliqlarmavzu’idan olib qilaturg‘an shikoyat va hasratini keyingi kunlarda jim-jit bo‘lib ketkanligiedi. Bu kunlarda Otabekka eng yaqin turg‘an kishi Hasanali ota edi. Chunki Otabek bukeyingi kunlarini mehmonxonada o‘tkazganlikdan Hasanaliga ham uning yonig‘a kirishka vabir muncha so‘zlashib o‘lturishka to‘g‘ri kela boshlag‘an edi. Shuning uchun Otabekningqayg‘ulik hollari, uyqusiz mutolaada o‘tkan tunlari va umuman undagi o‘zgarishlar buto‘g‘rida Hasanalini o‘ylatsa-da, sababini so‘rashg‘a botirlig‘i yetmas va so‘rashni hamfoydasiz deb bilar edi. Chunki ul Otabekdagi bu hollarning sirrini bilgandek, muhabbatiorasig‘a cho‘b bo‘lib tushkan keyingi uylanishi alamidan deb qaror qo‘yg‘an edi.Otabekning orzuliq kelin oldig‘a kirmasligi vajhidan O‘zbek oyim achchig‘landi, nihoyatachchig‘ig‘a chiday olmag‘an bir kuni mehmonxonada Otabek yotar o‘rnini yozib turg‘anchoqda kirib keldi va yozilg‘an o‘rinni buzib yig‘ib tashladi va:— Mehmonxonada yotaberib nima qilasan, ichkariga kirib yot! — deb jekirdi. Lekino‘g‘li endi ilgarigi Otabek emas edi, onasining jekirug‘ig‘a quloq solmadi-da, qaytadano‘rinni yozib boshladi. O‘zbek oyimning g‘azabi tag‘in ham alanga oldi:— So‘zimni eshitasanmi, kar?!Otabek sovuqqina qilib javob berdi:— Kar emasman, lekin sizning bu taklifingiz oldida ham kar, ham ko‘rman. Bu to‘g‘ridasiz endi ortiqcha bosh og‘ritmang!112

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Insofsiz, adolatsiz!Otabek zaharxanda bilan so‘radi:— Men boshda sizga nima degan edim?— Nima degan eding?— Keliningiz mendan yaxshiliq ko‘rmas, demaganmi edim? Siz bilan otam bungako‘nmaganmi edingiz, siz buni inkor qilasizmi?— Ota-onamdan va’da olg‘anman, deb shunday xoting‘a jabr qilib yura berasanmi?— Keliningizga jabrni xohlamasangiz va o‘zingiz aytkan insofka qaytsangiz, eng osonbir yo‘l bor, — dedi va onasidan ma’lum «nima?» deb bilaturgan savolni kutib to‘xtadi.Ammo O‘zbek oyim so‘roq o‘rniga labini tishlab boshini ikki yelkasiga tebratdi. — Sizso‘rashni tilamasan-giz-da, men aytay: keliningizga jabrni xohlamasangiz mendan taloqqildiringiz va bir bechoraga bu yo‘sun azob berib yurmangiz! — dedi va bir oz to‘xtabdavom etdi. — Siz bilgan insofni men ham bilaman. Bir bechorani faqat sizning kayfingizuchun azob emas, chekkan xo‘rlig‘ini o‘ylab har kuni bir qat etdan tushaman... Agar o‘zkayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizkim, bir emas ikki jonni azobdan qutqarg‘anbo‘lasiz, onajon! — dedi.O‘zbek oyim o‘g‘lining bunchalik qat’iy ketishini kutmagan edi va bu yo‘sun qattig‘muomalani-da Otabekdan birinchi martaba ko‘rar edi. So‘z qaytarishg‘a o‘rin topolmadimiva yo janjalning ulg‘ayishidan qo‘rqdimi, haytovur uzoqqina istehzolanib qarab turg‘ach,«esingni yebsan, bolam», dedi-da, mehmonxonadan chiqdi.Otabek yolg‘iz mehmonxonada yotib kun kechirish bilangina qolmadi. Kechalariallaqayoqlarg‘a ketib, yo‘qolaturg‘an odatlar ham chiqardi va bir-ikki qayta ortiqcha mastbo‘lg‘an holda qaytib, Hasanalini tamom hayratda qoldirdi. Ul Otabekka nasihat qilishniham bilmas va bu sirni biravga aytish uchun ham hayron edi.Bir kun kechasi ul yangi odati bo‘yicha allaqayoqqa ketkan edi. Hasanalining ko‘ngli bukun ham bir ishka guvohlik bergandek bo‘lib, ichkarida yotkusi kelmadi, o‘rinnimehmonxonag‘a yozib, darbozani zanjirlab keldi. Agar bu kun ham ul o‘sha holda qaytsa,bir narsa demakchi, ya’ni qo‘lidan kelgan nasihatni qilmoqchi edi. Uxlamay kutib o‘lturdi.Ammo ul tungi soat o‘n bir bo‘lsa ham kelmas, o‘n ikkida ham daraksiz edi. Nihoyat, kutakutauyqusi tang qilg‘ach, o‘rniga cho‘zilib kipragini kipragiga ulab yotdi va uxlab ketganinio‘zi ham sezmay qoldi. Oradan noma’lum bir muddat o‘tib darbozaning so‘naqasiztaqillashidan cho‘chib uyg‘ondi va yo‘lakka yugurdi. Qorong‘uda zanjirni timiskilar ekan,«kim?» deb so‘radi va javobig‘a «mmmman» degan sarxush tovushni eshitdi. Bu tovushuning yuragini uyushdirib yuborg‘an va «bu kun ham shunaqa» degan so‘zni ko‘nglidano‘tquzg‘an edi. Zanjirni tushurib, darbozaning bir tabaqasini ochishi hamono shu tabaqag‘asuyalib turgan Otabek Hasanalining oyog‘i ostig‘a yiqilib tushdi. Hasanali bu kungi kayfningo‘tacha ketkanligini payqag‘an, yo‘lakni tutib ketgan ichkulik isidan o‘qchiyozg‘an edi.Otabekni suyab mehmonxonag‘a kelturar ekan, ikki ko‘zi ichkari havlining eshigida, chunkiYusufbek hojining tunlari tashqarig‘a chiqaturg‘an odatining shu vaqtg‘a to‘g‘ri kelibqolishidan yuragi taka-puka edi. Otabekni yeshintirar ekan, rizosiz bir ohangda dedi:— O‘g‘lim, sizga shu shaytoni ishning nima zarurati bor?Otabek mastlarcha kuldi:— Mmmenga zarurati bo‘lmasa kkkimga bor?!— Nima bo‘lg‘anda ham men bu ishingizdan rozi emasman, — dedi Hasanali vaqanday javob eshitishini kutib turdi. Otabek o‘rniga yotib olg‘ach, kuchlik qilib bir uflaboldi. Hasanali undan javob kutar ekan, bir ozdan so‘ng javob o‘rniga xurrak tovshinieshitdi... Otabekning kutilmaganda bu yanglig‘ yaramas ko‘chalarga kirib ketishiga hech birturlik ma’no beralmay boshi qotsa ham, ammo uning ko‘z o‘ngidan ignaga zo‘rlab taqilg‘anip nariga ketmas edi. Undan so‘ng, ikki oylardan beri Marg‘ilonni tilga olmasliqda uni bir ozshubhaga tushirib, «oralaridan birar sovuqchiliq o‘tdimi ekan», deb ham ko‘nglidan113

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriykechirdi. Otabek bilan birga choy ichish maqsadida ertalab Oybodoqning damlag‘anchoyig‘a bormay, Otabekning uyg‘onishini kutib yurdi. Otabek tushka yaqin uyg‘ong‘ach,Hasanali choy hozirladi. Dasturxon yozib o‘zini kutib o‘lturgan Hasanali yonig‘a qisinibqimtinibOtabek keldi. Tundagi holi esiga tushib bo‘lsa kerak, boshini yerdan ko‘taribHasanaliga qaramas va bir og‘iz bo‘lsin so‘z aytmas edi. Otabekning bu holi Hasanaliningnichka yuragiga qattig‘ ta’sir etkan va o‘ylab qo‘yg‘an nasihatlarni unutib, bekzodani buog‘ir holdan qutqazish fikrigagina tushkan edi.— Yoshlik — beboshlik, degan ekan mashoyixlar, — deb kulib qo‘ydi Hasanali va: —uy ichidan bitta-yarimtasi sezib qolmag‘ay deb juda xavotirda bo‘ldim... Haytovur hech kimpayqamapti, — dedi. Otabek tashakkur etkansumon Hasanaliga kulib qaradi va o‘zining buketishidan rizosizlik bildirgan kabi entikib tin oldi. Hasanali so‘zni urintirib Otabekni o‘zholig‘a qo‘ymas edi. Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxirig‘a shusavolni ham ulab yubordi:— Bu gal Marg‘ilong‘a kechikdingizmi?Biz yuqorida ham turtib o‘tkan edikkim, Otabek na Yusufbek hojig‘a, na O‘zbekoyimg‘a va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan, Marg‘ilonbilan uzil-kesil aloqasi uzilganligini churq etib so‘zlamagan, so‘ralmag‘an so‘zga javobberilmas qabilidan jim-jit alamini ichkulukdan olibg‘ina yurgan edi. Ikki oydan beri birinchimartaba Marg‘ilon to‘g‘risidan so‘ralg‘an savol ham faqat shu Hasanalining keyingi so‘zibo‘lib, sirni ochish o‘nqovida kelgandek edi. Lekin javob tamom haqiqatka mug‘oyir1 vakishini hayratka solarliq bo‘ldi:— Bu kun jo‘namoqchi bo‘lib turibman, — dedi.Hasanalining shubhasi bo‘shka chiqdi. Choydan so‘ng ul o‘zining so‘zini amaldako‘rsatib, otasidan ham ruxsat olib qo‘ydi va peshindan keyin yo‘lg‘a chiqish uchun hozirlikham ko‘ra boshladi. Uning sirrini bilguchi va «Endi Marg‘ilonda nima qilasan?» debso‘rag‘uchi orada bo‘lmag‘anidek, ul bu so‘roqni o‘z-o‘ziga ham berib qaramag‘an edi.Go‘yo burung‘idek Marg‘ilon yo‘lig‘a oshiqib hozirlanar edi...Yigirma kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan qaytib keldi. Bu borishdan birar ish chiqaraoldimi-yo‘qmi, bu to‘g‘rini biz kelasi fasllarning biridan o‘rganarmiz.Kelib Toshkandda bir hafta chamasi turdi, so‘ngra yonig‘a Hasanalini olib Oqmasjid2shahriga jo‘nadi. Ul ikki yildan beri to‘xtab qolg‘an savdogarchilik ishini qaytadanboshlamoqchi edi...10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR?G‘ayri mashru’3 taloq xati tekkaniga olti oylarcha fursat o‘tib ketkan edi. Kumushninggo‘zallik ta’rifini g‘oyibona eshitib, og‘zining suvi kelguchi xotinliq va xotinsiz orzumandlar«yotib qolg‘uncha, otib qol!» so‘ziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni turna-qatoryubora boshlag‘an edilar.Albatta, bunda shubha yo‘qdirkim, Kumushning erdan chiqg‘an xabarini Kumushningo‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqasovchilarning muqaddimasi, yoz boshida kelaturgan qaldirg‘ochlarning yo‘lboshchisi edi.Homidning sovchisi bir martaba kelish bilangina qanoatlanmadi, uch-to‘rt qaytalab kelibqutidorg‘a Homidning kuyav o‘g‘ul bo‘lish niyatida ekanligini arzu-niyoz qila boshladi.Natijada Homidboyning sovchisig‘a berilgan javob shu bo‘ldi: «Biz Homidboyni o‘zimizgakuyav o‘g‘ul qilishdan hech bir mone’lik ko‘rmaymiz. Ammo qizimiz mundan so‘ng erqilmasg‘a qattig‘ isror1 etadir. Shunga ko‘ra Homidboy bizni kechirsin». Boshqasovchilarg‘a ham javob shu edi. Qutidor bilan Oftob oyimning bu javoblari o‘zlaricha emas,balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi.114

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyBiroq Kumushbibining «Man endi er qilib bo‘ldim, mundan so‘ng erga ehtiyojim yo‘q»,degan qat’iy javobig‘a ular uzoq quloq solib turolmadilar, chunki uning bu isrorini«chidamasning so‘zi» deb onglar va tuzukrak joyi chiqg‘anda, erga berishka ham hisoblariyo‘q emas edi. Shunga ko‘ra, kelgan sovchilarning o‘zlariga yoqmag‘anig‘a gunohningbarini Kumushning bo‘yniga ag‘darib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukrak joyiniko‘zlar edilar.Kutilmagan yerga shaharning eng olding‘i a’yon va sarvatdorlaridan2 bo‘lgan Salimsharbatdor deganning Komilbek ismlik o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi.Ota-otaning kutkanlari shunday tegu taxtlik kuyav bo‘lg‘ani uchun birinchi martabasovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishka o‘ylashibjavob beraturgan bo‘ldilar. Eru xotin uzoq o‘ylashib turmay (chunki o‘ylashturg‘an joy emasedi) sovchining ikkinchi kelishida javob berishka qaror qo‘ydilar. Kumushning qarshitushmagi to‘g‘risida, albatta, ularning shubhalari yo‘q edi. Shuning bilan birga ota-onaningso‘zini yerda qoldiradi, deb ham o‘ylamas edilar.* * *Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilibtugalgan, yer yuzi o‘zining qishqi sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomonining o‘ralg‘anlig‘isoyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolg‘an bu gilos yog‘ochlari ham bu kun tungiqora sovuqqa chidalmay, yelning ozg‘ina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzibtashlamoqda edilar. Havo ochiq bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo uning o‘zi hambu kun uncha ta’siri yo‘q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da keskan edi.O‘rta eshikdan Kumushbibi ko‘rindi. Burung‘i to‘la-lig‘i ketib ozg‘inlang‘an va lekin buozg‘inliq uning husniga kamchilik bermay, bil’aks yuqorilatqanlar. Kamon qoshlari ortiqmavj urib o‘zini ko‘rsatkan, bir oz bota tushkan shahlo ko‘zlar tag‘in ham tim qoraliq, tag‘inham nurlilik kasb etkan edilar. Bu kungi sovuqqa qarshi kiyib olg‘an sovsar po‘stininingyoqalig‘i kishining hasadini ortdirib, nafis bag‘baqalarni o‘pib yotar edilar. Biroq unda birkamchilik bordek ko‘rinar edi: shahlo ko‘zlar burung‘idek o‘ynab turmas va so‘ng chekdagibir og‘irliq bilan harakatlanar edi. Bir tomondan qarag‘anda bu og‘irliq-da unga bir oliylik,ulug‘vorliq bag‘ishlag‘andek. Kelib ayvon muyishig‘a o‘lturdi-da, ko‘zlarini og‘irg‘inaharakatlandirib, ketma-ket chip-chip etib to‘kilmakda bo‘lg‘an hazonlarg‘a qaradi va har biryaproqni yuqoridan kuzatib yerga qo‘ya bordi. Ul yerga tushkan har bir yaproqda o‘ziningtarjumai holini o‘qur, o‘zini-da mavqi’idan ayrilib, hechka chiqib turg‘an shu xazonlardanayira bilmas edi. Ayira bilmadi-da, latif ko‘kragini to‘rt enlik ko‘tarib tin oldi va ko‘zlari jiqyoshg‘a to‘ldi. Yeng ichidan bir-birisiga o‘tquzilg‘an ikki qo‘lini barobar ko‘tarib ko‘z yoshiniartar ekan, ichkari havlidan Oftob oyim chiqib kelar edi. Ul yer ostidan qizig‘a ko‘z qirinitashlab mehmonxona eshigini ochishg‘a tutindi. Oftob oyimning orqasidan Oyshabibi hamko‘rindi, kelib Kumush yonida to‘xtab so‘radi:— Nima qilib tashqarida o‘lturibsan?— O‘zim, — dedi Kumush qoshlarini chimirib, chetka yuzini o‘girdi.— Mehmonxonaga kirsang, sen bilan ikki og‘iz maslahatimiz bor edi.— Nima maslahatingiz bor?— Oldin kir, bolam, — dedi kampir va Kumushning yelkasiga qoqib turg‘izdi. Ularichkaridagi sovchi xotinlarni yolg‘iz qoldirib, Kumushning so‘zini olish uchun tashqarig‘achiqg‘an edilar. Ammo Kumush bo‘lsa sov-chilarning oldidan rizosizlig‘ini onglatqandek birnamoyish bilan ketkan edi. Ul mehmonxonag‘a kirgandan so‘ng ham tersayib tokchalardannedir axtarg‘andek yurina boshladi.— Tokchada san qidirg‘an narsa yo‘q, kelib yonimizg‘a o‘ltur, — dedi Oftob oyim.115

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— O‘lturganimdan sizga bir pullik foyda yo‘q, sov-chingizga o‘zingiz bilgan javobniberavering!Oyshabibi qizig‘a ma’nolik qilib bir qarab oldi:— Bolam, axir ikki og‘iz gap eshit-chi oldin! — dedi.Kumush o‘ltura bermagach, Oftob oyim qizishdi.— Qizim, saning bu qarshilig‘ingdan muddaong nima?!— Siz bilan otamg‘a muddaomni necha qaytalab aytdim-ku: mundan so‘ng bu ishnixohlamayman.— Dunyodan toq o‘tasanmi?— Toq o‘tamanmi, yo‘qmi, buni tangri biladir.— Man saning hali ham o‘sha uyatsiz eringdan ko‘ngil uzolmag‘aningni bilaman.Saning bu xomtama’lig‘ing koni bolalig‘ingdir. San yaxshi bilki, mundan so‘ng otang uluyatsizga o‘z uyidan joy bermaganidek, uyatsizning o‘zi ham uzil-kesil sani tashlag‘andir.Agar so‘zimga ishonmasang mana buni o‘qub qara, dedi-da, Kumushka bir qog‘oz uzatdiva davom etdi. — Biz buni san unga xat yozg‘aningdan so‘ng javob o‘rnida olg‘an edik.Biroq o‘sha vaqtda bu uyatsizning birinchi taloq xatisi ham sanga yetib ortqanliqdanbunisini sandan yashirg‘an edik. Hamon-da saning umiding kesilmagani uchun bu xatniham ko‘rsatmakchi bo‘ldim! — dedi. Kumush qog‘ozni onasidan oldi:«Matluqam1 Kumushbibiga. Manim birinchi xatim bilan sizning menga qilaturg‘anerkaliklaringizga bir chek qo‘yilg‘an kabi edi. Lekin bunga tushunmabsizmi va yotushunishka tilamabsizmi, haytovur yana ham eski erkaliklaringizni tark etmabsiz.Xatingizni o‘qur va o‘zimni kulgidan to‘xtata olmas edim. Orzuga ayb yo‘q, deydirlar.Chekdan oshib qilg‘an hujumlaringiz eski qadrdonlig‘ingiz otig‘a kechiriladir. Endilikda sizgamendek vafosiz va hiylagar bo‘lmag‘an yangi er topilg‘ay edi, deb addoi Otabek Yusufbekhoji o‘g‘li, 26 javzo, 1265-nchi yil, Toshkand».Maktub uning yurak jarohatini qaytadan tirnab tashlag‘an edi. Ko‘z yoshini duv-duvto‘kib, xatni o‘z taxig‘a soldi va o‘zidan javob kutib turg‘an achasi bilan onasig‘a dedi:— Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman, shuning bilanbirga er ham qilmayman!— Nega? — deb so‘radi onasi.— Negami? — dedi Kumush va yig‘lag‘an ko‘yi javob berib boshladi: — Negaki meno‘zimning suygan va muhabbat qo‘yg‘an erimdan buncha uyatsizlik, bu yanglig‘ vafosizlikko‘rdim. Endi er degan shu bo‘libdimi? Mundan ko‘ra dunyodan toq o‘tkan yaxshiroq,yolg‘iz yurgan tinchroqdir. Shuning uchun qizingizg‘a er otidan so‘zlamang-da, yafroq kabititrayturg‘an yuragiga dahshat ham solmang!Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onaliq ko‘ngli erib ketkan, ichkarida javob kutibo‘lturg‘uchi sovchilarg‘a qanday bahona topib kirishni-da o‘ylab ulgurmag‘an edi:— Yig‘lama, — dedi. Kumushni mehmonxonada qoldirib onasi bilan chiqdi.* * *Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchunxotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib hamkeldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingniko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyimning er otini eshitkanda titrayboshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkandatamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z holiniikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a qimirlasaham muhlik1 yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora onaning og‘ir kunlariboshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz ochib so‘zlay116

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyolmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» bo‘lib qolg‘aneridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a yuraksina olmayazoblanar edi.Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kundeyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik bahonalarayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga kelayozgan edi. Birkun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni umrida eshitmaganso‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim.Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umidingni uz, men endi sanlarning dastingdanshahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!» dedi. Ertasi kun bechoraona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturibso‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa onasini bu holg‘a solg‘an sirdanvoqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul ham ko‘z yoshisi bilan yuziniyuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitkuncha bo‘zlashdilar.— Bu kunlardan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘libketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim.— Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiqedingiz, lekin sizning dunyodan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi menbo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar,munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq menmash’umani mahv1 etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holdako‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq buqizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qonyig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tomchisig‘aham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni tashvishlanmaybildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. Siz manimyuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni bildiraveringiz! — dedi va yuzigato‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz,rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsizqizining bu tilagini qabul etsa-etsun, bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchiko‘z yoshingizga arzimas, onajon, sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxtiqaro qizingiz rozidir, onajon!Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib quchoqladi,ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar...* * *Oftob oyimning qat’iy isroriga binoan qutidor ham qizining shartini qabul etkan.Qudalar ham kelasi kuzgacha kutishka rozi bo‘lg‘an edilar. Demak, kelasi kuzga qutidorSalim sharbatdor kabi bir kishiga qudalashib olg‘anidek, Kumushbibi ham Otabek o‘rnigaKomilbekni almashdirar edi.11. «NAVO» KUYIXalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalikta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalqmusulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar ham shari’atcha edi.O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir. Zoni bilan zoniyalar1 hampeshtoqdan tashlanadirlar, ichkulik ichkan uchun qirq darra uriladir. Rais afandimulozimlariga darra ko‘tartirib, namozsizlarni tekshiradir, farzi ayn bilmaganlarni urdiradir117

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyedi. Ish shunchalik nozik bo‘laturib ham o‘g‘rilar o‘z tirikliklari orqasidan qolmaydirlar. Eshaka bilan Tosh akaning uylari orqasidan teshilib mollari o‘g‘irlana beradir, peshtoqdanqopqa bo‘g‘ilib tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. Butun umridapeshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘b, ammo farzi aynning bosh tomonidan to‘rt-beshjumlani har kim qiynalmasdan sayriy olar edi. Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilanbo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklikqilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlartomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo1 kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalarham yo‘q emas edi.2Besh oylab Oq masjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloqbo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratibbo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kimbolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldideguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus hujrasiga olib kirar,boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘za-ning guli bilan mehmon qilar edi.Hozir ham ul shu bo‘zaxonada edi. Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchinichaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi:— Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi.— Bering, — dedi va: — mashshog‘ingizni ham kirgizing!Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘anxo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-qo‘lyurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rganiuchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxushqo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi:— Qanday kuyni chalay, bek aka?Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib javob berdi:— Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz!Mashshoq ajabsing‘an edi:— Dunyoda bunday kuylar borlig‘ini umrimda birinchi martaba eshitaman, bek aka!— Dunyoda bunday kuy yo‘q deb o‘ylaysizmi, siz eshitmagan bo‘lsangiz maningeshitkanim bor... Bilmasangiz, bilgan kuyingizni chalingiz!Mashshoq dutorini sozlar ekan, yana so‘radi:— Bu kuylar yangi chiqg‘anmi?— Yangi chiqg‘an.— Qayerda eshitdingiz?Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, mashshoqqa qaradi:— Bu kuylarni Farg‘onaning Marg‘ilonida eshitdim...— dedi.Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turg‘an mashshoq, Otabek kutmaganjoyda «Navo»dan boshlab yuborg‘an edi. Kuyning boshlanishi bilanoq uning vujudi zirr etibketkandek bo‘lib keyingi piyolasini bo‘shatdi va ixtiyorsiz ravishda dutorning mungliktovshig‘a berildi. Dutor tovshi qandaydir o‘zining bir hasratini so‘zlag‘andek, hikoyaqilg‘andek bo‘lib eshitilar edi. Yo‘q, bu hasratni ul o‘z tilidan so‘zlamas edi — Otabek tilidanso‘zlar edi... Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tkan kunlari birma-bir o‘tib boshladilar-da, nihoyat«anuv» xotiralari, «anuv» hangomalari ham ko‘rinish berib o‘tdilar... Yo‘q, o‘tmadilar...uning ko‘z o‘ngida kelib to‘xtadilarda, shu ko‘yi turaberdilar... Dutor bu ko‘rinishni uningko‘z o‘ngiga keltirib to‘xtatqach, bu foji’aga o‘zi ham chidab turolmag‘andek yig‘liyboshladi... Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni zirr etdirib va xastayuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi... Otabek ortiq chidab turolmadi-da, ro‘ymoli bilan ko‘ziniyashirib yig‘lamoqqa kirishdi... Ul ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi. Biroq hozirgiixtiyor o‘zida emas edi — hamma ixtiyor dutorning hazin «Navo»sida, toqatsiz yig‘isida118

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyedi... Dutorning nozik torlaridan, tilsimlik yuraklaridan chiqg‘an «Navo» kuyi o‘z nolasigatushunguchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. O‘z dardiga tushungan bu yigitkaborg‘an sayin dardini ochib so‘zlar, yig‘lab va ingrab so‘zlar edi... Eshitkuchi esa dunyosiniunutib yig‘lar, kuchini yig‘ishtirib yig‘lar va hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘laredi...Nihoyat «Navo» kuyi uning butun tanidagi suvlarini ko‘zi orqaliq to‘kdirdi-da, falakningteskari harakatidan shikoyat etib qo‘ydi va dunyoda yolg‘iz hasratkina bo‘lmag‘anliginibildirgandek o‘zining «savt» kuyini yer yuziga shodliq va so‘yinch yog‘dirib arz etaboshladi. «Navo»ning sihirlik «savt»i Otabekning ko‘z yoshlarini quritdi-da, bir yengillikbag‘ishladi. «Navo» bilan yuvilib ketkan uning umid gulzorida yangi chechaklar unibchiqdi...* * *Bu o‘lturishdan so‘ng ul bir oylab bo‘zaxonag‘a kelmay ketdi. Marg‘ilondan qaytibkelgach, yana eski odatida davom eta boshladi...* * *Otabekning o‘sha voqi’adan so‘ngg‘i Marg‘ilon qatnashlari faqat natijasiz quruqqina birqatnash edi. Bu qatnashning har birisida usta Alimnikiga tushar, ammo hanuz undano‘zining sirrini yashirib, Andijondan qaytib kelishini va yo borishini va yo‘l ustidan ko‘ribketish uchun kirganini aytib usta Alimni minnatdor qilar edi. Ul Marg‘ilonda ko‘b to‘xtamas,bir kun, uzoqqa tortilsa ikki-uch kun turib qaytar, ba’zi vaqtlarda yo‘l ustidan «Xo‘ja Ma’oz»mozorini ham tunab ketar edi. Uning o‘n kunlab yo‘l mashaqqatini o‘z ustiga olib,Marg‘ilonda qilaturg‘an ishi shu mashaqqatlar evaziga arzug‘uliq edimi, yo‘qmi, o‘qug‘uchibuni quyidan onglar:Marg‘ilondan natijasiz, tamoman bo‘shka qaytib Toshkand kelgach, Kumushniunutkandek bo‘lib uch-to‘rt kun u-bu bilan ovinib yurar, so‘ngra hafta, o‘n kundan so‘ngyana Marg‘ilon to‘g‘risida o‘ylab boshlar, o‘ylab o‘yining tegiga yeta olmag‘ach, o‘ziniqayoqqa urishini bilmay qolar, shundan so‘ng hamma alamini Chuqur qishloqqa havolaqilib, o‘n-o‘n besh kun bosim ichkanidan so‘ng ichkulukdan ham lazzatlanmay qolar vashuning yonida uning ko‘ngli bir narsaning bo‘yini olg‘andek sezinar, go‘yo Marg‘ilon borsabir gap bo‘laturg‘andek, bormay qolsa keyinchalikda o‘zi o‘kinaturg‘andek... Shundan so‘ngto‘satdan Marg‘ilon yo‘lig‘a tushib qolar, yo‘lda borar ekan, o‘zini to‘rt ko‘z bilan kutibturg‘andek sezilgan Marg‘ilong‘a har nimadir, bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi.Le-kin... lekin Marg‘ilon darbozasidan kirishi ila uning holi o‘zgarib boshlar, yuragi qinidanchiqar darajada o‘ynamoqqa olur, ayniqsa poyafzal rastasiga yaqinlashgach, uning buiztirobi shiddatlanur, poyafzal rastasining yaqini bilan bunchalik o‘zgarishda qolg‘an Otabekrastaning o‘zida qanday holg‘a tushmog‘ini tasavvurdan ojiz kelur va rasta ko‘rindideguncha otining boshini chapka burib yuborar va orqasidan kimningdir «...boringiz,eshigim yonida to‘xtamangiz... uyatsiz!» tovshi eshitilgandek bo‘lar edi... O‘z-o‘ziga«haqiqatan men uyatsiz», deb qo‘yar va shuning ila hamma kutilgan-kuzatilgan gaplar,besh kunlik yo‘l mashaqqatlari havog‘a ketar, hatto xayolda emas, haqiqatda o‘ylabqo‘yg‘an qayin otasi bilan xotinini shari’atka chaqirish fikri ham unutilar va yo‘qolur,«hiylagarning yuzini qozixonada ko‘raymi, o‘zi ham qursin, yuzi ham!» der edi-da, otinito‘g‘ri usta Alimnikiga qarab solar edi.Otabek usta Alimni juda yuqori darajaga qo‘yg‘a-nidek, uning majlisi bilan ham anchayengillashar, o‘n yillardin beri usta Alim yuragida saqlang‘an va qabrg‘a ham birga ketishikutilgan ishq tarixini qayta-qayta eshitkusi kelaberar, usta Alim ham o‘zining o‘lgan Saodati119

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyto‘g‘risidag‘i ipidan-ignasigacha bo‘lg‘an xotiralarini takror-takror hikoya qilib, hikoyasioxirida: «Peshonamga sig‘madi-da, o‘ldi», deb qo‘yar, bu so‘z Otabekning ham yuragigasovuq suv sepkan ta’sirini berib, ul ham ko‘nglidan: «Manim ham peshonamga sig‘madida,tiriklayin o‘ldi» degan so‘zni o‘tquzar edi. Shu holda ikki-uch kun usta Alimnikidaturg‘ach, eng so‘ngg‘i martaba Marg‘ilon bilan xayrlashkan kabi shaharning har birnarsasiga alvido nazari bilan boqar va boshi og‘qan tomong‘a ketkandek Marg‘ilonningo‘ng‘ay kelgan darbozasig‘a qarab yo‘l olur edi. Qo‘qonda bir-ikki kun, Kirovchida uch-to‘rtkun, Qurama, Telov va shuningdek, qishloqlarda ham bir necha kunlab qo‘na-qo‘nanihoyat, Toshkandga kelib yetar yana... yana...Otabekning Marg‘ilong‘a borib kelishi shu yo‘sunda edi. Uning sirri o‘zidan boshqahech kimga ma’lum bo‘lmag‘anliqdan, orada uning holig‘a kulguchi va undan hisob olg‘uchibirav ham yo‘q, faqat ul hamma hisobni o‘z yuragidan olib, o‘z yuragiga berar edi. Shuyo‘sun oromsizlik va besaranjomlik ichida uning oy-kunlari o‘tib turar edi.12. JONSO‘Z BIR XABAR VA QO‘RQUNCH BIR KECHAgar olg‘an hisobimiz to‘g‘ri chiqsa, bu gal uning Marg‘ilong‘a quruq qatnab yurishiningyettinchi qaytasi edi. 1267-inchi yilning kuzi — bu voqi’ag‘a o‘n sakkiz, o‘n to‘qquz oylaro‘tib ketkan edi.Ertalabki choydan so‘ng, usta Alim o‘zining qaynisi bilan oshxonasi yonig‘a yangiginaqurg‘an to‘quv do‘konlari yonida ipakka ohor berish ila ovora edi. Ammo ul bo‘lsa,do‘konxonaning ustuniga suyalgan ko‘yi qandaydir bir o‘y bilan mashg‘uldek ko‘rinar,ustaning Toshkand to‘g‘rilarida bergan savollariga «shundoq, ha, yo‘q, albatta» kabi qisqajavoblar bilan qarshi turar edi. Ul shu ko‘yi yarim soatlar chamasi so‘zsizlik so‘nggida,so‘zsizgina ko‘cha eshik tomong‘a chiqib keta boshladi, usta Alim ko‘zini ishidan uzibso‘radi:— Yo‘l bo‘lsin, Shokirbek?Otabek yo‘lak yonidan javob berdi:— Shaharni bir aylanib kelmakchiman.— Juda yaxshi, — dedi usta va: — ammo peshindan kechka qolmang, men oshnidamlab sizni kutib o‘lturaman, tuzikmi?— Tuzik, — dedi Otabek va yo‘lakdan o‘tib eshik oldig‘a — ko‘chaga chiqdi. Chiqishibilan narigi eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi. Sodiqiltifotsizgina unga qarab olg‘ach, shosha-shosha o‘ngdagi tor ko‘chaga yurib ketdi. AOtabek to‘g‘rig‘a, katta ko‘chaga qarab yurdi. Havo bulut edi.Oq bulutlar bo‘lg‘anliqdanquyoshning nuri uncha kesilmagan, quyosh to‘r ro‘ymol ichida o‘lturg‘an kelinlar kabi yeryuziga suzilib qarar edi. Bulutlarning ohistagina say-ridan sezilar-sezilmas hafif1 bir shamolyurib, yengilgina bir izg‘iriq ham yuzga kelib to‘qunar, bu izg‘iriq kishiga uncha rohatsizlikbermasa-da, lekin qayerdadir dog‘ qilinmoqda bo‘lg‘an zig‘ir moyining achchig‘ isinidimog‘qa kelturib urishidan kishiga bir behuzurlik hosil bo‘lar edi. Otabek yo‘lningayrilishig‘a borib to‘xtag‘an edi. Yuzidan ikkilanish holati sezilar edi. Bu holat ikki yo‘l ustidavoqi’ bo‘lg‘anliqdan onglanmog‘i yengil, chunki bir tomonda poyafzal rastasining yo‘li,ikkinchi yoqda to‘g‘ri ko‘cha edi. Uzoq to‘xtab turmay sobit va kuchlik adimlar bilanpoyafzal rastasiga yurdi. Garchi bu ko‘cha uning yuziga qizarib-oqarish va bo‘zaribsarg‘ayishtuslari berar edi, yana har holda ul sobitqadam edi, o‘sha voqi’adan so‘ng,onalar ta’biricha, «ilon chiqg‘an» bu ko‘chaga birinchi kirishi, birinchi jasorati edi.Ko‘chaning burilishida yana bir oz uning adimlari sekinlashsa ham, lekin oldinlashiniqo‘ymay boraverdi. Uzoqdan qutidorning tilsimlik darbozasi ko‘rinib turar edi... Darbozayonidag‘i mash’um tol daraxti ham nomuborak bir ishka guvohlik bergan kabi bo‘lar edi.Borliq kuchini asabiyat markaziga yig‘ib, tag‘in bir qayta darbozaga qarab oldi. Bu120

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqarashida butun o‘tkan kunlarini yana bir qayta xotirlag‘andek bo‘ldi va ihtizozot1 orasidauflab yubordi. Ko‘ringan gilos yog‘ochlarining ostida bir vaqtlarda kimdir birav uni kutibolar edi, endi-chi... Endi kimni kutar ekan?— degan savol miyasini shipirib ketdi... UlKumushni tamoman o‘z muhabbatida boqiy deb bilar va otasining zulmiga mahkum, debtushunar edi. Shuning uchun ko‘ringan gilos yog‘ochining kuz bilan sarg‘ayg‘an bargidekKumushning za’faron yuzini ko‘rdi, o‘zi uchun emas, uning qalbi parchalang‘andek bo‘ldi.Hozir ul kutilmagan bir jasoratka molik bo‘lg‘an kabi edi. Kiraymi, deb o‘yladi, bevosita o‘zibilan onglashaymi, deb jasoratlandi... Lekin... lekin darbozaning qarshisidag‘i mash’um tolyog‘ochi unga qarab kulgandek bo‘lar edi: «Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz, orsiz...»Ul darbozaga yaqinlashayozgan edi, nimadandir cho‘chib chetka burildi. Chunkidarbozadan chiqib qolg‘an ikki kishini ko‘rib, bularning birini qayin otasi bo‘lib chiqmog‘idanhurkkan edi. Haytovur chiqg‘uchilar begona odamlar bo‘lib, oldinga toba yuriy boshladilar.Boyag‘i «...orsiz» jumlasi bilan uning kirish fikri tamoman so‘ngan edi. Ammo «biravlar»to‘g‘risida nima bo‘lganda ham bir gap eshitmak havasi tug‘ilg‘an edi. Bu chiqg‘uchilargarchi qutidorning iti haqida bo‘lsa-da, bir ma’lumot beralar-ku, deb o‘yladi va ularga yetibolish uchun adimlarini kengaytirdi. Ulardan uch-to‘rt adim berida borar edi. Baxtka qarshiular churq etmaygina ketar edilar. Nihoyat, yuz adimcha borgandan so‘ng, ulardan so‘zeshitishka to‘g‘ri keldi; birisi ikkinchisiga dedi:— To‘y bilan nikohni bu kunga qilg‘animiz yaxshi bo‘ldi.— Nima, juvonga ham to‘y boshqa, nikoh boshqa bo‘larmidi? Bordi-keldi bitta juvonqizi bor-ku, munga to‘yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz deganiga hayronman.— Axir qutidor ham boobro‘ odam-da, — dedi birinchi kishi.Jonso‘z bu xabarni eshitkan Otabeknnig hushi boshidan uchkan kabi bo‘ldi-da, adimuzgan joyida mixlangandek qotib qoldi. Go‘yo ustidan bir chelak qaynag‘an suvniag‘darg‘an edilar-da, butun terisi oyog‘iga sidirilib tushkan edi... Besh daqiqalab yo‘l ustidaesankiragan, hushsizlangan ko‘yi qotib turg‘ach, moshinavori1 birdan yurib ketdi...«Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber», dedi va telbalarcha nimauchundir kulib qo‘ydi, o‘z-o‘ziga so‘zlanib Marg‘ilon ko‘chalarida tentaklarcha yuguraboshladi. Uning bu kungi holig‘a qarash yuraklarni yorg‘anidek tasvirga ham qalam kuchiojizdir...* * *Oyning o‘n beshlari bo‘lsa-da, havoning bulutlig‘i bilan oy ko‘rinmas, chin ma’nosi bilanqorong‘i kuzning qorong‘i bir tuni edi. Bir necha yuz yillardan beri yashab favquloddazo‘rayib ketkan «Xo‘ja Ma’oz» mozorining chakalagi bu qorong‘iliqqa bir manba’ kabi edi.Kuchlik bir yel turg‘an, qandaydir bir ishka hozirlang‘an kabi to‘rt tomong‘a yugurib yuraredi. Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotg‘an to‘nka yonida sochlari o‘sib soqolig‘aqo‘shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong‘iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanniyondirishg‘a tirishar, gulxan tavaragidan aylanib qo‘lidag‘i kasavi bilan to‘rt tomonidankovlar edi. Yel borg‘an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg‘a kirib ketdi, bittayarimtato‘kilmay qolg‘an yaproqlar shitir-shitir to‘kilishka oldilar, qarg‘a va zog‘chalar ayniuyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi na-moyish qilg‘andek g‘o-g‘u bilanchakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nusbatdamozor ichi ham yana bir qat qo‘rqunch holg‘a kirar edi, yel ketma-ket bo‘kurar, bungachiday olmag‘an shox-shabbalar qars-qurs sinar, keksa yog‘ochlar g‘iyq-g‘iyq etib yolborishtovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsanibukib-yanchib tashlamoqchi bo‘lg‘andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini yerni titratibyiqitdi, devonaning gulxanini ham to‘nka-po‘nkasi bilan ko‘tarib chakalakning ichiga otdi.Butun mozor ichini o‘t uchquni ila to‘ldirib, yana ko‘rinishka boshqacha bir tus berdi.121

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyMozorni bu holg‘a solg‘andan so‘ng go‘yo shuning uchun g‘ayratlangandek bir oz pasayatushdi, och qolg‘an sher kabi pishqirib bo‘kirishlari bosilg‘andek bo‘ldi. Yarim soat chamasijonsarakka uchrab uchib yurishka majbur bo‘lg‘an qarg‘alar yelning g‘azabi bosilg‘anini birbirlarigaxabar bergandek g‘o-g‘u bilan eski o‘rinlariga qo‘na boshladilar. Ko‘kni o‘rab olg‘anqora bulutlar ham to‘s-to‘ska bo‘linib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib yeryuziga mo‘ralab qo‘ydi. Gumbazning qarshisidag‘i ikki tup keksa chinorning iskelet kabiquruq shoxlarig‘a yel bilan allaqayoqlarg‘a uchub ketkan boyqushlar to‘pi ham kelib qo‘naboshladilar. Oy parchalang‘an qora bulutlar bilan bekinmachoq o‘ynag‘an kabi hali ko‘rinib,hali yashirinar edi. Ul yer yuziga kulib qarag‘anda mozorning chakalak qismiga aytarliko‘zgarish bera olmasa-da go‘riston qismidagi do‘mboq qabrlarni va ularning ustidagimarmar qabr toshlarini chuqur bir sukut ichida ekan, taqdim qilar edi. Boyqushlar uyasibo‘lg‘an ikki tup chinorning qarshisida gunbazga ro‘baro‘ qilib soling‘an ayvon-ziyoratxonabor, ammo oy tik ko‘tarilganlikdan ziyoratxona ichi qop-qorong‘i1 edi. Chinor shoxlaritasbeh kabi chizilg‘an boyqushlar bilan to‘lg‘an. Ular oy nuridan uncha xursand emaslar,chunki oy yer yuziga kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kaftlari ichiga oladirlarda, dumdumaloqbo‘lib siqilib ketadirlar. Oy bulutlar ostig‘a kirsa, ular rohatlang‘an kabi chig‘-chig‘-chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidaningranish kabi bir tovish ham eshitilgandek bo‘ladir.Masjid manorasidan ruhoniyyat yog‘dirib munglik azon tovshi eshitildi-da, uyququchog‘ida yotqan tabi’at uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab ketdi. «Ollohu akbar»ningso‘ngg‘i takrorida Otabek ziyoratxona ayvonidan tushdi-da, shildirab oqib turg‘an ariqyonida tahorat olishka o‘lturdi...13. KULIB QARAMAG‘AN BAXTEndi uning umidi ortig‘i bilan uzilg‘an esa-da, yuragining yonishi bosilurliq emas edi.Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari bilan tevarakka bejo-bejo nazartashlar edi. «Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi, qizini yangi kuyavga topshirib tinchlandi,kecha kechasi u...» der edi-da, mundan keyingi og‘ulik haqiqatini bir turlik ham o‘zigasingdira olmas va buni o‘ylamaslikka tirishib va o‘zini alaxsitmoqqa o‘la tevaragiga bejobejonazar tashlar edi.Endi Marg‘ilon qatnab yurishlarg‘a xotima berilgandek va Marg‘ilon ham undan «tag‘inmendan nima ilinjing bor?» deb so‘rag‘andek bo‘lar edi. Ul «Xo‘ja Ma’oz»dan chiqib to‘g‘riusta Alimnikiga qarab borar edi va u yerdan otini minib umrlikka Marg‘ilon bilanvidolashmoqchi edi esa-da, oshna bir kimsa uning ko‘z o‘ngiga ko‘ringandek va begonarahmsiz bir yigitning quchog‘idan qutilish uchun undan imdod1 so‘rag‘andek bo‘lar edi.Usta Alim eshigiga yetayozdi. Tom bir ma’yusiyat ichida boshini quyi solg‘an edi, o‘tibturg‘uchlarni payqamas, laxja cho‘g‘ kabi yonib turg‘an yurak o‘ti bilan sarxushdek edi.Qarshidag‘i Sodiqning eshigidan chiqg‘uchini ham payqamay qoldi va bir qarab olsa hamtanimag‘an edi. Otabek usta Alimnikiga kelib kirgach, Sodiqnikidan chiqg‘uchi Homid uningorqasidan qarab yo‘l ustida qotib qoldi...* * *Shokirbekning kecha ertalab chiqg‘anidan beri daraksiz ketishiga tashvishlanibo‘lturgan usta Alim uni yo‘lakda ko‘rishi bilanoq so‘radi:— Eyyy, barakalla sizga, Shokirbek, qayog‘larda qolib ketdingiz? Juda hamtashvishlandim-da o‘zim... Nega bir kunda bunchalik o‘zingizni oldirib qo‘ydingiz?Chindan ham ul o‘zini tanilmaslik darajada oldir-g‘an, o‘lat tekkan kishilardek ko‘zlariichiga cho‘kib ketkan edi. Kirtaygan ko‘ziga kuch bilan kulgi tusi berdi.122

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— «Xo‘ja Ma’oz»ga borg‘an edim...— Nima uchun?— Tunashka.Usta Alim taajjub ichida yana bir qat uni kuzatib chiqdi:— Tunadingiz?..Otabek ayvon peshonasiga o‘lturar ekan, ustani shubhada qoldirmas uchun dedi:— Ko‘bdan beri bir tunasam, degan xayolim bor edi.— Buzrukdan so‘rayturg‘an tilaklaringiz bor ekanda,— dedi usta Alim va kuldi. Bu vaqtikkisi ham yo‘lakda yurib kelgan oyoq tovishig‘a qaradilar. Qo‘pol qilib boshig‘a sallao‘ragan, ustag‘a o‘xshash rangsizgina bir yigit kirib kelar edi. Usta Alim kelg‘uchiningistiqboli uchun o‘rnidan turdi: «Eyy, usta Farfi, keling-keling, bormisiz!» dedi. Usta Farfisalom berib, usta Alim bilan ko‘rishdi. Otabek ko‘rishishga hozirlanmagan ham edi, ammokelguchining o‘zi qo‘l uzatdida, «salomatmisiz, mehmon» deb ko‘rishib oldi. Ayvong‘ao‘lturgach, fotiha o‘quldi. Usta Alim kelguchini xush omadi qilar ekan:— Siz ham kelar ekansiz-a, usta Farfi, — deb piching otib qo‘ydi. Sog‘u salomatlikso‘ralib bo‘ling‘andan so‘ng usta Farfi qarshidag‘i yangi qurilg‘an to‘quv do‘konlariga ishoratqilib dedi:— Ishlar katta-ku, usta. Do‘konlarni ham qurib yuboribsiz.— Do‘konni qurg‘animizg‘a endi o‘n besh kuncha bo‘lib qoldi. Fotiha o‘qishg‘akelarmisiz, deb kutdim, shu choqg‘acha daragingiz bo‘lmadi.— O‘zingizning boshingizdan o‘tkan, usta, — dedi biravning kafilini olg‘andan so‘ngishni tashlab chiqish qiyin, jum’aning sharofatlari bilan oshna-og‘aynilarnikiga borilmasaboshqa iloji yo‘q, axir o‘zingizning ham boshingizdan o‘tkan-ku.— Yo‘q-yo‘q, — deb kuldi usta Alim, — men sizga o‘xshab do‘konning ustida siratuxum bosqan emasman, simkorni1 ko‘zim qiymaydir desangiz, men ishonar edim.— Bu gapingiz to‘g‘ri, — dedi kulib usta Farfi, — jo‘jalari tushkir yildan-yilga ko‘payibboradirlar, qozonni suvga tashlag‘an kunimiz janjal.Usta Alim dasturxon yozish uchun hujrasiga kirganda usta Farfi Otabekka qaradi.— Sizniki qayerdan, mehmon?— Toshkanddan.— Juda yaxshi, qani yuqoriga chiqing, mehmon, — dedi. Otabek rahmat aytib joyidanqo‘zg‘almadi. Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olg‘ach, cho‘k-kalashini buzibchordana qurib oldi. Dasturxon yozilib, ertangi nonishta uchun damlab qo‘yilg‘an choyolinib kelindi. Usta Alim Shokirbekni yuqorig‘a chiqishg‘a qistasa ham ul kavshini yeshmayeskicha o‘ltura berdi. Un-dan-bundan so‘zlashib choy ichishka boshladilar. Usta Alim bilanusta Farfining so‘zlaridan ilgarida bir ustakornikida ishlaganliklari, mundan yigirma kunlarburun usta Alimning ustakor bilan nima uchundir urishkanligi va shundan so‘ng o‘z uyigado‘kon qurib o‘zicha ishlay boshlag‘anlig‘i onglashilar edi. Usta Farfi undan achchig‘lanishsababini so‘rasa ham ul qanoatlandirarlik javob bermas, faqat «yomon odam ekan,to‘ng‘iz» bilan kifoyalanar edi. Shu vaqt Otabek qo‘lidag‘i piyolasini bo‘shatdi-da, ustaAlimga dedi:— Endi menga ruxsat berasiz, usta. Men jo‘nayman.Usta Alim ajabsinib unga qaradi va:— Nega tag‘in ketmakchi bo‘lib qoldingiz? Uch-to‘rt kun turmoqchi emasmi edingiz? —deb so‘radi.— Marg‘ilondag‘i ishlarim bitib qoldi, o‘zim ham zerikib boshladim...— Bo‘lmasa choy tugalsin, shundan so‘ng sizga ruxsat,— dedi usta Alim va bir piyolachoy to‘ldirib berdi. Otabekning izn so‘rashi bilan bo‘linib qolg‘an savolini usta Farfi davometdirdi:— To‘g‘risini aytingiz-chi, usta, nima uchun ustakor bilan achig‘lashdingiz?123

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— U sizga aniq aytmadimi?— Aytmadi. So‘rasam, gapni boshqa tarafka chalg‘i-tadi.— Imonsiz, aytishka uyalg‘an, — dedi usta Alim va kimgadir nafratlanib qarag‘andekbujmayib qo‘ydi.— Haytovur siz bilan achchig‘lashqan sababini so‘ra-sam, gapni chetka buradi.Usta Alim qo‘lidag‘i piyolasini qult etib bo‘shatdi-da, ustakori bilan achchig‘lashishsababini so‘zlab berdi:— Men Homidning qaynim Sayfiga yomon ko‘z bilan qarab yurganini sal-pal sezibyurar edim... Urisha-turg‘on kunimizning ertalabida Sayfini ilgariroq ishka jo‘natdim-da,o‘zim nimagadir urinib kechroq qolib bordim. Darbozadan kirishim bilan ishxona ichidankimningdir yig‘lab-yolborg‘an tovshini eshitib ajabsindim va ishxona eshigini ochib kirsam,imonsiz Homid qaynimg‘a zo‘rliq qilib turg‘an ekan. Eshik ochilish bilan cho‘chib Sayfinibo‘shatdi-da, menga qaradi. Men achchig‘imdan nima deyishni bilmay qolg‘an edim.To‘ng‘uz ishxonadan chiqib boshlag‘an edi: «Sen bilan otangg‘a yigirma yillab xizmat qilib,nihoyat sendan ko‘rgan yaxshilig‘im shu bo‘ldimi?» dedim. Churq etmay chiqib ketdi.Nimagadir, siz, Karim va Ortiqboylar ham ishxonaga kelmagan ekansizlar. To‘ng‘uzvaqtdan foydalanib Sayfiga yopishqan ekan. Mana, oramizdan o‘tkani shul. Uningorqasidan men ham Sayfini olib chiqib keldim-da, ikkinchi uchrashmay uyga do‘kon qurishharakatiga tushdim, — dedi. Usta Farfi ham ustakorning bu qilig‘idan nafratlangan edi:— O‘bba padarla’nati, hali shunaqa ish qildi deng-chi? O‘zi odam emas, hali bu uninghunarlarining eng pachog‘i, — dedi va tovshini sekinlatib davom etdi: — badbaxt, aqllarishonmasliq darajada bo‘lgan har bir yomonliqlarni qilar ekanki, biz bilmas ekanmiz.Otabek usta Alimning hikoyasini iltifot bilan eshitkan edi. Shuning uchun undanso‘radi:— Bu qanday Homid, qora cho‘tir kishi emasmi? Men hali uni qo‘shningiz uyidanchiqg‘an holda ko‘rgan edim.Usta Alim ajabsinib Otabekka qaradi:— O‘sha-o‘sha, siz uni qayoqdan taniysiz?— Uning bilan allaqayerda so‘zlashkanim bor edi.Usta Farfi Otabekka kulgi aralash qarab olib dedi:— Bo‘lmasa, uning qo‘lansa so‘zlariga xo‘b zavqlan-g‘andirsiz.Otabek ma’nolik qilib iljaydi. Ularning so‘zi shu yerga yetkanda ro‘ymolda tugiglik birnarsa ko‘targani holda Sayfi kirib keldi, salomdan so‘ng usta Farfi bilan ko‘rishdi vaOtabekka qarab dedi:— Kecha sizni kuta-kuta oshlarimiz sovib qoldi, bek aka.— Men bu kungami, deb o‘ylabman, — dedi kulib Otabek.Sayfi hovliqib bir narsa deyishka hozirlanar edi:— Bu kun kechasi hammomning og‘ilida biravni o‘ldirib ketibdirlar, — dedi.— Kimni? — deb so‘radi usta Alim.— Kim ekanini bilmadim.Usta Farfi javob berdi:— Kelishimda qo‘rboshilar boshliq o‘lukni aravaga ortar ekanlar, o‘ldirilgan Salimsharbatdorning o‘g‘li bechora Komilbek.— Tavba, — deb qo‘ydi usta Alim va so‘radi: — o‘ldurg‘uchi ushlanganmi?— Ushlanish qayog‘da, o‘lukning o‘zini qidira-qidira zo‘rg‘a yarim kechada topqanlar, —dedi usta Farfi. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o‘lturar edi va fotiha o‘qub turishkahozirlanar edi.— Gumondor bormi? — dedi usta.— Gumondor-ku yo‘q, ammo bechoraning o‘lumi juda qiziq kunga to‘g‘ri kelishi ajib, —dedi usta Farfi va davom etdi: — Kecha Komilbekning Mirzakarim akaning qizi bilan124

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriynikohlari bo‘lmoqchi ekan. Bechora nikohdan ikki soat chamasi ilgariroq yonig‘a biro‘rtog‘ini olib hammomga borg‘an va bir onda hammom ichidan yo‘qolg‘an, hatto uningyonidag‘i kishi ham qayoqqa ketkanini sezmay qolg‘an. Qiznikida hamma tajammulni1tayyorlab, Komilbekning otasidan tortib nikoh qilaturg‘an qoziyu quzzotlarg‘acha kuyavnikutib o‘lturar ekanlar. Bir vaqtda haligi birgalashib hammomga tushkan yigit hovliqibqiznikiga kelgan, kuyav kutib o‘ltirganlar kuyavdan darak so‘rasalar, ul ulardan kuyavniso‘rag‘an va voqi’ani aytib, hammomda kiyimlarini ham qoldirib bir onda yo‘qolg‘aninixabar bergan. Shundan so‘ng nikoh-nikohda, osh-oshda qolib kuyavni qidirib ketkanlar.Nihoyat, yarim kechada hammomning tahoratxonasi yonidag‘i bir og‘ilning oxiridan qonig‘abelashib yotqani holda topqanlar. Bechora tahorat uchun og‘ilg‘a kirganda tovushchiqarmasliq yeriga xanjar urib, oxirg‘a tiqib ketkan ekanlar. Juda qiziq gap... Kimo‘ldirg‘an va nima uchun o‘ldirilgan hech kim bilmaydir,— dedi.Otabek tamom onglashilmag‘an bir holatda qolg‘an edi. Bu xabardan quvonishg‘a-dabilmas va xafalanishg‘a ham yo‘l topmas edi. Raqibning o‘ldirilishi uning tamom so‘nibbitkan umidini yana qaytarg‘andek bo‘lsa ham, nima uchundir ul bu ishdan o‘ziga tinchlikortdira olmag‘an, aksincha tinchsizlana boshlag‘an edi. Bu foji’adan ortiqcha asarlanganusta Alim «voy bechora-bechora», der edi.— Birarta dushmani borlig‘i ma’lumdir, axir? — deb so‘rab qo‘ydi.— Albatta bordir, — dedi usta Farfi va Otabekka qarab qo‘ydi. Bu qarashdan Otabekborliq-yo‘qliq holg‘a kirgan edi. Usta Farfi davom etdi: — Dunyoda qanday odam yo‘q, debo‘ylaysiz, kishining rizqig‘a tupurganlar, oxiratini o‘ylamag‘anlar hamma yoqda ham to‘libyotibdir, — dedi, yana Otabekka qarab oldi... Otabek yorilish darajasiga borib qaytdi...Usta Farfining bu keyingi qarashini usta Alim payqag‘an edi va usta Farfining bu to‘g‘ridabir narsa bilib-da, so‘zlashka Otabekdan mulohaza qilib to‘xtadimi, deb o‘ylag‘an edi:— So‘zlay beringiz Farfiboy, bu kishi o‘zimiznikidir,— dedi.— Nimani so‘zlay berayin?— Komilbekning dushmani to‘g‘risida bilganingizni.— Men sizga bir narsani bilaman, dedimmi? — dedi va kulib Otabekka qaradi: — buodamning o‘smoqchilashini qarang-a?Bu so‘z bilan Otabek bir oz yengillashdi.— Menga bir-ikki qayta qarab olg‘aningiz uchun bilsangiz ham so‘zlashka mendanyotsindingizmi, deb usta o‘yladilar shekilli, — dedi Otabek.— To‘g‘risini aytsam, siz bu to‘g‘rida bir narsa bilasiz, lekin so‘zlashka Shokirbekdancho‘chib turasiz, — dedi usta.— Quruq tuhmatni qo‘ying-chi, — dedi usta Farfi.— Quruq tuhmat emas, bilib tuhmat, — dedi usta va:— Shokirbek siz o‘ylagankishilardan emas, aslo tap tortmay so‘zlay bering, — dedi.— Astag‘firulloh, — deb kulib qo‘ydi usta Farfi va bir oz o‘ylab olg‘ach dedi: — Siz bilanmenga shu narsaning nima zarurati bor, usta!— Avvalo so‘zlamayturg‘an bo‘lg‘andan so‘ng puk berish1 kerak emas, tildanilingandan keyin bizga zarurati bo‘lmasa ham bilganni aytish kerak, — dedi usta Alim.Ayniqsa ustadan ko‘ra ham Otabek sabrsizlana boshlag‘an edi. Hozirgina o‘ylab turg‘anjo‘nash masalasi ham uning esidan chiqg‘an, chunki raqibining qotili kim ekanligini bilibolish hammadan ham unga qiziq va ahamiyatli edi.Usta Farfi endi aytmasa bo‘lmaslig‘ini ongladi, shuning uchun Sayfigaishonmag‘ansumon qaradi:— Jiyan, sen yoshsan hali, sening og‘zingga ishonch yo‘q, — dedi va: — bir ozdo‘koningga borib tur, achchig‘ing chiqsa ham.Usta Alim ham qaynisini turishka ishorat qildi va o‘radan savzi olib to‘g‘rashga buyurdi.Bola ketgach, usta Farfi ohistagina dedi:125

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Agar gumonim to‘g‘ri bo‘lsa, Komilbekning qotili Homiddir.Bu so‘z Otabekni ajabsintirg‘andek, usta Alimga ham g‘arib eshitilgan edi.— Homid deysizmi?! — deb so‘radi usta Alim.— Homid, — dedi, yana sekingina usta Alimdan so‘radi: — siz Umarbekni Homidg‘ayaqin do‘st ekanligini bilarsiz, albatta?— Bilaman, hamma vaqt yurish-turishi o‘shaning bilan edi.— Bali, — dedi usta Farfi, — O‘sha Umarbek bilan oralarig‘a yaqinda bir sovuqliqtushdi-da, mundan o‘n kuncha ilgari Homidning bir mudhish vahshati to‘g‘risidaUmarbekdan bir sir eshitdim. Homid Komilbekni o‘ldirganda ustida bo‘lmag‘an bo‘lsamham, ammo haligi eshitkan sirimnnig dalolatiga qarab albatta Komilbekning qotili Homiddegan fikrga tushdim... Siz mundan uch yilcha ilgari Marg‘ilon kelib Mirzakarim akaningqizig‘a uylangan Otabek ismlik toshkandlik bir yigitni haligi qayin ota bo‘lmish Mirzakarimaka bilan qamalib, osilishg‘a hukm qiling‘anlarida dor ostidan qutqarilish voqi’alarinixotirlaysizmi?.. Albatta yodingizda bo‘lsa kerak, hov, biz Sariboyning do‘konida choyichishib o‘lturg‘an edik-ku, yodingizga tushdimi?— Esimda bor, esimda bor, — dedi usta Alim va Otabekdan so‘radi, — balki siztanirsiz, Toshkandda mashhur bo‘lg‘an Yusufbek hoji deganning o‘g‘li.— Taniyman, — dedi Otabek va hikoyani buncha uzoqdan solg‘ani va o‘z ustida gapyurgizgani uchun tong ajab ichida usta Farfining og‘zig‘a qarab qotqan edi.Usta Farfi yarim-yarim tovishda davom etdi:— Ana shu yigitning olg‘an xotini juda ham nozanin bir qiz bo‘lib, bu qizg‘a bizningHomid ham xaridor ekan. Halig‘i Otabek qizg‘a uylanib qo‘yg‘ach, bizning Homid tikangaag‘nab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani ko‘tarish fikriga tushkan va bo‘lmag‘anchaqimchiliqlar bilan ularni dor ostig‘acha tortishg‘a muvaffaq bo‘lg‘an... (So‘z bu yergayetkanda, Otabek bilintirmaslik qilib bir entikib qo‘ydi). Usta Farfi davom etib dedi: —Ammo xudoning haqini nohaq qilmaslig‘i soyasida bir maktub sababi bilan kutmagan joydador ostidan najotka chiqg‘anlar. Bular oqlang‘ach, Homidning o‘zi qamalaturg‘on bo‘libammo qo‘rboshining yordami orqasida Qo‘qong‘a qochib qutilg‘an va ul yerda ham tinchyotmay O‘tabboy qushbegini poraxo‘rlikda ayblab, Musulmon cho‘loqqa ariza bergan, —dedi va so‘zini bu yerda to‘xtatib ustadan so‘radi: — O‘zingiz ham bilsan-giz kerak, Homidbir kecha yo‘qolib, uch oylab bedarak ketkan va uni qo‘rboshi yigitlari qidirib yurgan edilar.Usta Alim tasdiq ishorasini berib:— So‘zlay beringiz, — dedi. Ammo Otabek bu dahshatlik haqiqatni eshitmakda bo‘lg‘anquloqlarig‘a ishonmas va o‘zini kuch orqasida tutib turar edi.Usta Farfi tovshini sekinlatib davom etdi:— Homidning Musulmon cho‘loqqa bergan arizasidan so‘ng Otabek bilan O‘tabboyqushbegi Qo‘qong‘a chaqiriladirlar-da, so‘roqdan so‘ng yana oqliqqa chiqadirlar.Ammo Homid uch oylab Marg‘ilon kelalmay yurgach, nihoyat yana qo‘rboshiningyordami bilan kelishka ham muvaffaq bo‘ladir. Biroq Homid hanuz tinch yotolmaydir.Fursati kelishi bilan yana bir yomonliq qilmoqqa, qutidorning qizini o‘ziniki etishka o‘ylabyuradir. To‘ng‘izning baxtiga bu fursat ham to‘g‘ri kelib, yana yomonliqqa yuz qo‘yadir.Shundoqki, Otabekning Toshkanddan ham uylanganini bilib, uning tilidan bir taloq xatiyozdiradi-da, Mirzakarim akanikiga kirguzadir.Otabek o‘zini nechog‘liq bosib ushlab kelgan bo‘lsa ham, lekin endi ichidan qaynabtoshib ketkan hissiyo-tini bosolmadi — «vijdonsiz, to‘ng‘uz!» dedi-da, ixti-yorsiz o‘rnidanturib ketdi. Usta Alim ham o‘zini tinch tutolmadi, «Badbaxt, kofir!» deb qo‘ydi. Otabekningo‘zgarishidan usta Farfi shubhaga tushayozg‘an bo‘lsa-da, lekin usta Alimning ham ungaqo‘shilishi uni o‘ylatib turmadi, Otabek qaytib o‘rniga o‘lturg‘ach, ul davom etdi:— Bu soxta taloq xati to‘g‘risida Otabekning nima qilg‘anlig‘i Homidga ham ma’lumbo‘lmaydir. Lekin ish Homidning o‘ylag‘anicha natijalanib, bir necha vaqtdan so‘ng126

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyMirzakarim akaning qizini taloq qilinishi xabari chiqib qoladir. Oradan uch-to‘rt oynio‘tkazub, bizning Homid Mirzakarim akanikiga sovchi kirguzadir. Ammo Mirzakarim akauning sovchilarini quruq qaytaradir. Bir necha vaqtdan so‘ng, Homidning soxta taloq xatisibilan eridan chiqg‘an qiz Komilbekka beriladir va nima uchundir to‘ylari bir necha vaqtkakechikib qoladir-da, oradan birar yilni o‘tkazib, nihoyat, kecha ularning to‘y va nikoh kunlariekanki, Komilbekning hammomda o‘ldirilgan xabarini eshitib turibmiz. Mana menyuqoridag‘i sabablarga binoan Komilbekni o‘ldirguchi aniq Homid, deb o‘ylayman, — dedi.Usta Alim boshini chayqab:— Bundan shubha yo‘q, nax Homidning o‘zi, — dedi va o‘zicha: — Eh, essizmusulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik bo‘ladimi, o‘zingning bir emas ikkita xotiningbo‘laturib, tag‘in bir yigitning haloliga ko‘z olaytirish... Yana o‘zingning bo‘ying yetmasliginibilaturib ham, ikki orada bir gunohsizning qonini to‘kish — eh, shayton bolasi! — debqo‘ydi.— Bu bir it! — dedi usta Farfi, tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydir, boshqag‘a hamyedirmaydir, nax itning o‘zi!Otabek o‘z hayotidagi foji’alarning manba’i bo‘lg‘an bir habisni1 nihoyat birinchimartaba tanib turar edi. Bu palid dushmanga qarshi o‘zida qo‘zg‘alg‘an bitmas-tuganmasnafrat va g‘azab hissiyotini sirining fosh bo‘lishidan qo‘rqib ichiga yutishka majbur edi.Shundoq bo‘lsa ham ichda qaynag‘an hissiyot o‘z sharpasini uning yuziga ochiq tashlabturmoqda, ko‘zi o‘t kabi yonar va yuzi yuz xil tuska kirar edi.Anchagina oradan so‘z kesilib qolg‘andan so‘ng usta Farfi dedi:— Siz bilan men shu choqg‘acha Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsizyurganimizga hayron qolaman.— Hayron qolishg‘a o‘rin yo‘q, — dedi usta Alim, — siz-ku yaqinda kirib ishlayboshladingiz. Ammo men yigirma yillab shuning uyida qolib sira ham Homidning ichidagigatushuna olmas edim va hamisha ko‘zimga dimlangan qorong‘u o‘radek qo‘rqunch ko‘rinaredi, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘ach, bir narsa topqandek harakat yasadi.— Bu gaplarningbosh omili albatta Homid bo‘lsa ham, lekin bunda uning boshqa yordamchilari ham borko‘rinadir, yodingizda bormi, ko‘pincha chaxchayg‘an ko‘zlik bir yigit ishxonamizga uniso‘rab borar edi?— Bilaman, bu kunda ham Homid bilan sermuomala, oti Sodiq bo‘lib, sizningqo‘shningiz emasmi?— Otangga rahmat! Ana shu yigit bilan uning onasi bu ishda Homidning eng ishonchlikyordamchilari bo‘lsa kerakki, ul ikki yildan beri shu qo‘shnimnikiga hamisha qatnab qolg‘onedi. Sodiqlar o‘z ovqatlarini ham o‘tquzolmag‘an holda faqirlikda yashab yil sayin mengaoz-oz yerlaridan sotib tiriklik qilar edilar. Bir yilcha bo‘ldi, birdan suv olib qoldilar va Sodiquylanib ham qo‘ydi. Men haytovur bechora yo‘lini topib oldiyov deb yurar edim. Endibilsam, Sodiqni uylantirguchi ham shu Homid ekan, — dedi va Otabekdan so‘radi: — Sizhali Homidning qo‘shnimnikidan chiqib ketkanligini so‘zlab edingizmi? — Otabek tasdiqishorasini bergach, negadir bir entikib qo‘ydi. Haqiqatan usta Alimning bu keyingi so‘rog‘iuni entiktirarlik edi. O‘tkan kunlarini zahar bilan bulg‘ab kelgan bu mudhish dushmanigaqaysi yo‘sun bilan javob qaytarish yo‘llarini izlab turg‘an choqda bu savol berilib, Homidbilan boyag‘i uchrashishini unga xotirlatqan va endi ham kulib qaramag‘an baxtig‘a la’nato‘qutqan edi. Ul o‘zining hozirgi hayotini-da ulug‘ tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini va butahlikaning o‘tkandagilarga qarag‘anda tamoman boshqacha bir dahshatda bo‘lishini onglaredi.Usta Alim oshxonag‘a borib osh qilish harakatiga tushkan edi. Otabekning to‘satdanketish harakatiga tushib qolg‘anini ko‘rib:— Bek, shuncha o‘lturganning qatorida yana yarim soatka tahammul1 qilsangiz, oshniyeb yo‘lg‘a tushasiz. Mana men, savzini ham bosdim, — dedi.127

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabek qaytib o‘lturmadi va havlining o‘rtasidan turib uzr aytdi:— Rahmat, usta, men bu kun oshig‘ich yurib, ertalab jo‘nab ketgan yuklarning ketidanyetib olmasam bo‘l-maydir.— Oshni tashlab ketsangiz xafa bo‘laman, qirqqa chidagan qirq biriga ham chidayoladir.— O‘lturing-o‘lturing, mehmon, — dedi usta Farfi.— Oshg‘a savzi bosildi — pishdi!— Men ustaning oshini birinchi martaba yeb yot-qanim yo‘q, agar savdogarchilik omonbo‘lsa, har o‘n besh kunda bir kelib ustaning jonig‘a ham tegaman, — dedi Otabek vaboqchag‘a qarab yuriy berdi.Usta Alim oshg‘a savzi bosish bilan ovora edi:— Men sizni zo‘rlamayman, lekin yo‘l ustida qorningiz ochib qolsa, o‘zingizdano‘pkalang, — dedi.Otabek maydonda otini supirib egarlar ekan, maydonning g‘arbidagi xaroba uyningdevoridan bir bosh ko‘tarilib munga qarab turar edi. Mundan uning xabari bormidi, yo‘qmi,lekin ul bu tomong‘a qaramasdan otini egarlash bilan mashg‘ul edi. Ul egarlanib bo‘ling‘anotini havlig‘a qarab yetaklay boshlag‘anda, havliga qarab turg‘an bosh ham devordanquyig‘a tushib yo‘qoldi. Ul otini havlining o‘rtasig‘a qantarib qo‘yib ayvondag‘i xurjun vapo‘stunini olar ekan, usta Farfi bilan xayrlashdi. Otni Sayfi yetaklagani holda usta AlimOtabekni ko‘chaga uzatib chiqdi va uning qo‘ltug‘idan olib otka mindirar ekan, o‘pkalashohangida dedi:— Oshni tashlab ketkaningizni unutmang, bek.Otabek egarga o‘lturib olg‘ach so‘radi:— Xafa bo‘ldingizmi?— Nega xafa bo‘layin, ammo yo‘lda ochiqib qolishingiz uchun sizga achinayotibman.— Tayyor oshni tashlab ketib, yo‘lda ochliqdan qiynalishimni o‘zim ham tushunibturibman, usta, — dedi Otabek va, — biroq tuyakashlar bilan Andijonda bu kungauchrashish uchun va’dalashkan edim, ularga yetib olib yo‘l xarajatlar uchun bir oz aqchabermasam, ya’ni o‘z rohatimni ko‘zlab sizni oshingizni kutib qolsam, besh kishini ko‘ra-bilaturib och qo‘yg‘an bo‘laman.Usta Alim otning jilovidan qo‘lini olib so‘radi:— Andijon o‘tkan kezlaringizda yo‘l ustidan kirib turishka va’da berasizmi?— Bo‘lmasa-chi, — dedi Otabek, — shu o‘n besh kunning ichida sakkiz tepki atlasdanloaqal ikki ko‘ra yig‘ib qo‘yingiz, yodingizdan chiqarmangiz!— Yodimda bor, xotirjam’ bo‘lingiz!— Xayr, xo‘sh!— Yaxshi qol, Sayfi!Saman yo‘rg‘a yo‘lga tushdi, chovig‘a odatdan tashqari bir-ikki qayta kelib tushkanachchig‘ qamchi zarbi bilan bir onda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi. Otabekni uzoqlatib ustaAlim uyga kirgan ham edi, Jannat opaning eshigi ochildi-da, Sodiq ot yetaklagan holdachiqib keldi. Ul otqa minar ekan, eshik ichida ko‘ringan Homid — «tezroq!» — degan amrniberdi. Sodiq ham Otabek izicha otini haydab yubordi...Usta Alim Otabekni kuzatib kelib, ayvon peshonasiga o‘lturar ekan:— Tabi’ati juda qiziq yigit-da, — deb qo‘ydi.Usta Farfi so‘radi:— Bu yigit bilan qanday oshnalig‘ingiz bor?— Men sizga o‘zog‘i yili bir yigitning Homidning darbozasida adashib yurganligini vamen bilan birga havlig‘a kelib bir kun yotib ketkanligini so‘zlab edim shekillik?— Ha, ha, hali o‘sha yigit shumi?128

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Shu. Shundan beri har bir Marg‘ilon kelganida va Andijon o‘tkanida maning oldimg‘akirmasdan ketmaydir. O‘zi juda og‘ir va aqllik yigit, buning ustiga qiziq tabi’ati ham bor, —dedi.— Qizig‘i qanaqa, — deb so‘radi usta Farfi.— Juda qiziq, — dedi usta va kechagi voqi’ani so‘zlab chiqdi. — Kecha ertalab shaharnibir aylanib kelayin deb chiqib ketkan va tushlik oshka yetib kelish uchun va’da ham berganedi. Men va’da vaqtig‘a oshni damlab o‘lturibman-o‘lturibman, sira kelsa-chi! Nihoyat,sizdan sal ilgariroq kelib turg‘an edi. So‘rasam: «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab qoldim, deydir. Ko‘ziuyqusizliqdan bir qarich ichiga tushib ketibdir. Juda ham tabi’ati qiziq yigit.— Yaxshi yigit ekan, — deb qo‘ydi usta Farfi.Oshni yeb bo‘lg‘anlarida u yoq-bu yoqdan jum’a tovshi kela boshlag‘an edi. Shuninguchun choy ichib o‘lturishka to‘g‘ri kelmay usta Farfi usta Alimdan ilgariroq namozi jum’agaqo‘zg‘aldi va eshikdan chiqishi bilan o‘z uyidan kelayotqandek ko‘ringan Homidgauchrashdi.— Ha, usta Farfi, baxay? — dedi Homid.— Usta Alimnikiga kelgan edim.— Bo‘lmasa ziyofat quyuq ekan-da!— Quyuq! — dedi kulib usta Farfi, — usta Alim o‘z uyiga do‘kon qurg‘an ekan, gilalab1yurmasin deb fotihaga kelgan edim.— Shundoqmi! — deb qo‘ydi Homid. Birgalashib keta boshladilar.— Bo‘lmasa usta Alim o‘z uyiga do‘kon quribdir, deng-chi!— Do‘kon quribdir.— Arvoh piri bermasdan-a?— Qishda arvoh piri qilib bermoqchi! — dedi usta Farfi. Yana bir necha daqiqag‘aoradan so‘z kesilib qoldi.— Osh qilib bergandir?— Albatta.— Boshqa mehmon ham bor ekanmi? — deb so‘rab qo‘ydi Homid. Usta FarfiOtabekning Homid bilan uchrashg‘anini xotirlag‘an edi.— Toshkandlik bir savdogar mehmoni ham bor ekan,— dedi. Masjidga yaqinlashibqolg‘an edilar. Homid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib masjidgaburildi.14. RAQIB IZIDANO‘n olti-o‘n yetti kunlik oy oq bulut ichidan qo‘toslanib2 ko‘rinar edi. Hamma xuftannamoziga kirib ketkan, ko‘chalar suv quyg‘andek tinch edi. Ko‘chaning bu tinch paytidanfoydalang‘an kabi usta Alimning eshigi yonig‘a kelib to‘xtag‘an kimsaning kim ekanliginibilish uchun oy yoruqlig‘ig‘a qarshi tushkan bo‘g‘ot xalal berar edi. Bo‘g‘ot panasida vaeshik halqasida qadalib bir muncha vaqt nimanidir kutib turg‘an bu kishi nihoyat,avaylabgina eshikni ochib o‘zini yo‘lakka oldi. Tag‘in anchagina eshikning ichkarigi qismidaturg‘ach, ochishidag‘i ehtiyot bilan eshikni yopdi.Oy yoruqlig‘i uch burchak ravishda yo‘lakka tushib turar edi. Bu noma’lum kimsa oyoquchi bilan yurib keldi-da, mo‘ralab ayvong‘a qaradi. Ayvonning tokchasida sham’ yonib,Sayfi o‘rin yozish bilan ovora edi. Noma’lum kimsa yo‘lakning qorong‘i qismig‘a o‘zini olib,ko‘zini Sayfidan uzmay tura boshladi, Sayfi o‘rnini to‘shab bo‘lg‘andan so‘ng ayvonningpeshonasida yozilib yotqan dasturxon va laganni ko‘tarib hujraga kirdi. Yo‘lakdagi majhulkimarsa go‘yo shuni kutib turg‘andek oyog‘ uchini onda-sonda tashlab o‘zini maydon ichigaoldi...129

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyBargi to‘kilib quruq shoxlari bilan qolg‘an maydon ichi tumanlik oydin, majhul kishiyuzini oyding‘a berib, xaroba uy ostida qadalib turg‘anliqdan uning kim ekanligini tanishoson edi. Bu alamzada, zulmdiyda yuz eng so‘ngg‘i kurashka hozirlang‘an bir yigit edi...Otabek xaroba uy devori yonida so‘ng chekdagi bir e’tibor bilan ichkariga quloqsolmoqda edi. Ichkaridan o‘tin yorib o‘choqqa o‘t qalash harakatlari eshitilar, gohi xotinkishining tovshi ham kelib qo‘yar edi. Ul bir-ikki qayta ohista adimlar bilan xaroba uylarningu boshi bilan bu boshig‘a borib keldi, ya’ni ichkariga oshib tushmak uchun qulayroq o‘rinchog‘lar edi. Xaroba imoratlarning o‘rta bir yeridagi raxnadan oshib tushish qulayroqbo‘lg‘ani uchun shuning ostig‘a shumshayib o‘lturdi. O‘lturishi hamono qayoqdandir oyoqtovshi eshitkandek bo‘ldi-da, sekingina o‘lturgan joyig‘a yerga singgandek qilib yotib oldi.Oyoq tovshi to‘xtab narigi yoqdan usta Alimning tovshi keldi. Usta Alimning xuftandanqaytib kelganligini ongladi va uning maydonga kirish ehtimoli bo‘lg‘anliqdan shu ko‘yiyotaberdi.Vaqt juda sekin harakat qilar edi. Ul o‘zining har bir yurak tepishini sanag‘andeko‘tkuzar edi. Kuzning yoqimsiz shamoli o‘pkani qichitib, yo‘talni qistatar, ul chalqanchayotqan ko‘yi og‘zini o‘ramlab ko‘mak kutkan kabi ko‘kka ko‘zini tikkan edi.Oradan bir-bir yarim soatlar chamasi vaqt o‘tib ketdi. Tevarakdan «jannatqushlari»ning birinchi tovshi qichqirilib o‘tdi, shu kezda xaroba havli tomondan bir nechaoyoq tovushlari eshitildi-da, ul o‘rnidan turib quloq solishg‘a majbur bo‘ldi. Bir muncha vaqtonglashilmag‘an so‘zlashish tovushlari kelib turgach, darichaning g‘iyq etib ochilishidanso‘ng, bu tovushlar yana ham uzoqlashdilar. Otabek devorg‘a intildi va sekingina yuqorig‘ako‘tarildi. Buzuq uyning darichasi-dan narigi qatordag‘i ayvon va undagi o‘choqda yonibturg‘an o‘t ko‘rindi. Ammo ochiqqina bo‘lib uy ichidan kishilar tovshi kelar edi. Ulo‘marilmasliq etib devor ustiga mindi va osong‘ina xaroba uy ichiga o‘zini oldi. Chunki uytomi o‘pirilib ostig‘a bosqanliqdan uyning sahni juda ham yuza edi. Avaylab uch-to‘rt adimbosdi-da, uyning buzuq darichasi yonig‘a kelib to‘xtadi va mo‘ralabqina havli yuziga qaradi.Qarshidag‘i uyning har ikki darichasi ham yopiq, ammo tirqishlaridan sham’ yoruqlig‘iko‘rinar va boyag‘ig‘a qarag‘anda sekinroq bir tovushda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir so‘zlashisheshitilar edi. Oradan o‘n besh daqiqa chamasi fursat o‘tib tovushlar bir oz yuqorilashibkelmakka boshladi. Bu orada uydan qo‘lig‘a lagan ushlagan bir xotin chiqdi-da, qozondanlaganga bir narsani ko‘tara berdi. Otabek go‘yo shuni kutib turg‘andek uzoq bir tin oldi vao‘zini chetka burdi. Xotin lagan bilan uyga kirib ketkach, ichidan taqing‘an xanjarini qinidansug‘urib oldi-da, damini oyding‘a solib boqdi va xanjarining uchini yonboshidan orqasig‘ao‘tquzib ushladi, yana uyni kutib to‘xtadi. Xotin yana chiqg‘an va toboqlarg‘a sho‘rba suzaboshlag‘an edi. Uyga bir-ikki qatnab suzilgan sho‘rbalarni tashib bitirgan, uyning eshiginibekladi-da, kirib ketdi.Otabek havlining o‘rtasig‘a, tut yog‘ochining yonig‘a kelib to‘xtag‘an va janubda kishiyo‘qmi, deb alang‘lar edi. Ul bu to‘g‘rida bir qanoat hosil etkach, bitta-bitta bosib kishilikuyning yo‘lak tomonidag‘i darichasi yonig‘a yetdi va o‘zini so‘ng chekda ehtiyotlab darichaostig‘a o‘lturdi. O‘lturishi hamono dimog‘ig‘a ichkulik bilan sho‘rba isi kelib urdi.Uydagilarning so‘zlarinigina emas, hatto tomoq chaynashlarini ham eshitsa bo‘lar edi.Ichkaridan kimdir birav shap-shap etib chaynab der edi:— Endi menga berma, Sodiq, Mutal polvong‘a beraver!Otabek bu tovushning kimniki bo‘lg‘anlig‘ini bilgan edi.— Hadeb menga beraverasanlarmi, oralatib Jannat opamga ham berib qo‘y, xa-xa-xa!— Bizning kampirga bersang qaytarmasdan icha beradir!— Bersa ichaberaman, qix... o‘zim xotin bo‘lsam ham Mutal polvonlarning o‘niniqochiraman, qix...Bu so‘zdan so‘ng, uy ichini kuchlik bir kulgi tovshi qopladi. Kulgi bosilg‘ach, so‘zboshlandi:130

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Endi shuni ichasiz, Homid aka!— Yo‘q, Sodiqboy inim, men juda ham bo‘lib qoldim, o‘zi ham juda kuchlik chiqg‘anekan.— Ichmasangiz qo‘ymayman, nekin...— Mutal polvonga ber! Siz oling-chi shuni!— Aniq ichmaysizmi? Kumush opamning salomatligiga ham ichmaysizmi?Bu so‘zni eshitkan Otabek ixtiyorsiz o‘rnidan turib ketdi. Jannat opaning xi-xi-xi qilibkulgan tovshi eshitildi.— Orag‘a nozik bir ismni kelturib solmasang, xudo haqqi ichmas edim. Qani, bo‘lmasaber-chi, Kumush apangning salomatligi hammadan ham menga kerakdir.— Xa-xa-xa, nozik joydan ushladimmi?Otabek bu so‘zlarni eshitar ekan, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a o‘zini darichaga hujum qilishdan bosibqolg‘an edi. Orada bir muncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kimningdir ufff, deb yuborg‘anieshitildi.— Tag‘in nima bo‘ldi, Homid aka?— Bu kungi gap juda ham meni cho‘chitib qo‘ydi-da, Sodiqboy!— Maning gapimga nima uchun ishonmaysiz, axir! Yuz martaba sizga aytib yotibmanku,xumsani darbozadan chiqardim, tag‘in qanchag‘acha orqasidan borib to karvonlargaqo‘shilib ketkuncha kutdim, so‘ngra qaytib keldim, deb. Agar o‘sha ketishi bo‘lsa, bu kunxudda Qo‘qong‘a borib yetkan.— Ey, san bilmaysan, uka!— Nekin manga qolsa, shu ishdan hech bir qo‘rqaturg‘an gap yo‘q, usta bilantanishlig‘i bo‘lsa, uning uyiga mehmon bo‘lg‘andir, savdogarchilig‘i bo‘lsa Marg‘ilong‘akelgandir, axir ketib turg‘andag‘i so‘zini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz-ku!— Bu mulohazang tuzik-ku, biroq men bilan achchig‘lashqan bir kishinikida mehmonbo‘lishi boshni qotiradir, tag‘in sizlarning havlilaringiz yonida...— Agar sirringizdan usta Alimning xabari bo‘lsa, ul vaqtda qo‘rqsangiz ham arziydir.Ammo menga qolsa u xumpar (Otabekni aytadir) Marg‘ilonda xotini borlig‘ini ham unitibyuborg‘an, deb o‘ylayman.— Maning bu sirrimni sizdan boshqa hech kim bilmaydir. Umarbek bilan bir oz nariberibo‘lib qolg‘an edik, haytovur tag‘in orani ochib yubordiq.— Undoq bo‘lsa tag‘in nimadan qo‘rqasiz?— Men uning Toshkand ketishini ko‘z bo‘yash uchun bo‘lg‘an hiylami, deb qo‘rqaman.— Xayr, ketmagan ham bo‘lsun: ul holda o‘zingiz aytkandek qilib to‘ppa-to‘g‘ri ertagaSalim sharbatdorning oldig‘a boraman-da, o‘g‘lingni Mirzakarim akaning ilgarigi toshkandlikkuyavi o‘ldirdi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deyman. Ana undan so‘ng xumsaning holig‘amaymunlar yig‘lasin! Agar ul sirringizni bilgan bo‘lg‘anda ham allaqachon kelaturgan ishkatushunib olib, Marg‘ilondan dumini xoda qildi, desangiz-chi!— Qix... Sodiqning gapi jo‘yalik, — deb qo‘ydi Jannat opa.Otabek bu so‘z dahshatidan titrab ketkan edi. Sodiq davom etdi:— Endi ishning bo‘ladirg‘anini o‘ylash kerak, sizning qo‘rqoqlig‘ingizni ko‘rib, manaMutal polvon ham uxlab boshlabdir.— Uxlag‘anim yo‘q, hez, doringdan quy-chi!— Mutalboy o‘rtoq, — dedi Homid, — biz biravning yaxshilig‘ini unutaturg‘an kishiemasmiz. O‘rtog‘ingiz Sodiqboy men bilan birgalashib kamlik ko‘rmadi, avvali xudo,qolabersa men uni uylantirib qo‘ydim... Men birav bilan oshnachiliq qilsam, hatto, undanjonimni ham ayamay, ko‘nglini olmoqg‘a tirishaman.Sodiq:— Mutalboy sizni o‘bdan yaxshi biladir, Homid aka! Sizning qanday xizmatingizborlig‘ig‘a ham qong‘an... Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan.131

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyHomid:— Nima iltimosingiz bor, Mutalboy?Mutal (sarxush):— Bitta ya-ya-ya -rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarz-larim bor edi, Homid aka.Homid:— Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga haliaytib qo‘ydim: maning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-to‘rttanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering!Jannat opa:— Ilohi Homidboy murod-maqsadig‘a yetsin, qix. Oshna-og‘aynidan dunyo ayamaydir!Bir oz vaqt tanga tovshi eshitilib turg‘ach, Homidning ovozi keldi:— Mana, Mutal polvon, hozirga oz bo‘lsa ham shuni olib turarsiz, ammo xizmathaqingiz o‘z yo‘lig‘a bo‘-ladir.Sarxush:— R-rahmat, H-homid aka, siz j-jonni ayamasangiz, m-men ham yo‘lingizga boshimnitikdim, jamshidning arvoyi!Sodiq:— Bizning Mutalboy ham quruq yigit emas!Homid:— Dasturxonni yig‘ishtirib olingiz-chi, Jannat opa!Lagan-tovoqning bir-birisiga tekkan tovshi eshitilib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakkaoldi. O‘choq boshida bir-ikki daqiqa chamasi tovoq-qoshiq va oyoq tovshi eshitilib turg‘ach,Jannat opa havlig‘a tushib keldi va qo‘lidag‘i dasturxonni tut ostig‘a qoqib ketdi. Otabekqaytib kelib daricha ostig‘a o‘lturgan ham edi, Homidning shu so‘zini eshitib qoldi.— Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa!Sodiq:— Qo‘rqasiz-da, Homid aka, eshikni o‘zim zanjirlaganman.Homid:— San hali yoshsan, inim Sodiqboy, siz chiqabe-ringiz, Jannat opa!Otabek uchun vaqt ortiq tang va qo‘rqunch edi. Xaroba uyga boray desa, Jannatopaning ko‘rib qolishi aniq edi. Eshikni ochib chiqib ketay desa, o‘lturishning maqsadi haliochilmag‘an bo‘lib, butun mashaqqati shamolg‘a ketar edi. Joni halqumig‘a tiqilibtevaragiga alang‘ladi va yo‘lakdan nariroqda usta Alimning devorig‘a suyog‘liq turg‘anzanbilga ko‘zi tushdi. Zanbilning ostig‘a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammoo‘lturishning maqsadig‘a qonmay ketish undan ham xatarlik edi. Sir fosh bo‘la qolsa, uchdushmanga barobar hujum qilishni bo‘yniga olib qo‘ydi. Uy eshigi ochila boshlag‘andazanbilning ostig‘a kirib olg‘an edi. O‘zini nechog‘liq siqib g‘ujanak qilg‘an bo‘lsa ham, ammobir qarash bilan zanbil ostida kishi borlig‘ini bilish uncha qiyin emas edi. Zanbil ostidaxanjarini qisimlab, go‘yo sichqonni poylag‘an mushukdek hujumga hozirlanib yotar edi.Jannat opa yo‘lakka tomon yurib keldi-da, zanbil ostidag‘ini payqamay yo‘lakka burildi.Oydindan eshikning zanjirligi aniq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun eshik yonig‘a boribo‘lturmay yo‘lakning yarmidan qaytdi. Qaytishi hamono yuqoridan uchib o‘tkan bir-ikkimoshak qushning chev-chev-chev degan tovshini eshitib ko‘kka qaradi. Shimol-sharqig‘ato‘g‘ri otilib o‘qdek uchib borg‘an moshak qushlarg‘a qarag‘anicha yo‘lak-dan uy tomonig‘aqayrilib ketkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Jannat opa ayvong‘a chiqqanda, Otabek ustidagizanbil to‘rt enlik yuqorig‘a ko‘tarilib, tag‘in sekingina uni bosib tushkan edi. Jannat opaeshikni ochib, uyga kirganda, ul ohistagina zanbil ostidan chiqdi, uning yurak tepishi haliham shiddatlik edi. Daricha yonig‘a yurib keldi-da, hamon hujumga hozirlang‘andekichkariga quloq solib turdi. Jannat opaning «eshik zanjir» degan tovshini eshitkach, rohattin oldi va daricha yonig‘a cho‘nqaydi.132

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyHomid:— Bo‘lmasa, dushanba kuni kechasiga bo‘lsin!Sodiq:— Biz qaysi kunga desangiz ham hozirmiz!Mutal:— Menga qolsa, shu topta borsaq deyman!Homid:— Yaxshisi dushanba kun, undan nariga o‘tkani ham yaramag‘andek, berisi hamfoydasiz bo‘ladir, chunki bir-ikki kun bunga hozirlik ham kerak.Sodiq:— Tag‘in qanaqa hozirligi bor?Homid:— Olib chiqg‘andan so‘ng, uni Marg‘ilon ichida olib turib bo‘lmaydir: to rom qilg‘unchabirarta qishloqg‘a yuborishka to‘g‘ri keladir. Olib chiqishimiz dushanba kechasining qaysipaytiga to‘g‘ri kelishini ham hozirdan aytib bo‘lmaydir. Olib chiqg‘an zamon Marg‘ilondanchiqarilib yuborilmasa, kunduz kuni chiqarish tag‘in xavflik. Kechasi ma’lum, Marg‘ilondarbozalari yopiq bo‘ladir. Shuning uchun birarta darbozabonni qo‘lga olib qo‘ymog‘imiz,albatta, kerak...Sodiq:— Yaxshi maslahat, qutidornikiga qanaqa qilib tushamiz?Homid:— Masalaning bu yog‘ini ham o‘ylashimiz kerak ekan hali!Sodiq:— Eng yaxshisi darbozasidan kirish!Mutal:— Darbozasidan kirib bo‘lmasa, tomidan oshib tushamiz!Sodiq:— Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram!Mutal:— Kulishingni bejo qilma, hez Abdikarim! San hali dunyog‘a kelib nimani ko‘rding-ku,sanga kulish tushib qoldi! Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a? Bunaqanggiqochiriq ishlarni endi qilib turipti, deb o‘ylaysanmi? Eyxa-x-x, Mutal akang nimalarniqilmadi? Xa-xa-xa... Musulmonsan otangning arvoyi, Homid aka! Bir kuni Jonkeldiboyhasratini qilib Hotam to‘raning o‘g‘lini yaxshi ko‘rganligini, diydoriga to‘yolmay besarbo‘lg‘anini arz qilib qoldi-ku, yonimda Qalandar polvon bor edi, Jonkeldiga, bo‘lmasa o‘noqta1 ber bizga, biz Qalandar bilan birga do‘ndiqchangni muhayyo qilib beraylik, dedim.Jonkeldi o‘lib turg‘an ekan, quloq qoqmay xo‘b, dedi. Biz qalandar bilan tunni yarim qildiqda,Hotam to‘raning havlisiga keldik. Ishning ebini jo‘blab qarasaq juda kashal2, devor —tosh hamin!3 Oshib tushishning sira o‘nqovi yo‘q. Bu ishkalni ko‘rgan Qalandarning tarbuziqo‘ltug‘idan tushib «besh oqtani qaytarish uvol-ku?!» dedi. O‘zimning sal shunaqanggikayfim balandroq edi, xanjarchamni qinidan sug‘urib oldim-da, to‘g‘ri Hotam to‘raningdarbozasig‘a borib chaqira boshladim. Bu ishimdan jon-poni chiqib ketkan Qalandaryonimg‘a kelib turta boshladi: «Hoy, Mutal, sanga nima bo‘ldi?» Men Hotam to‘rani chaqiraberib «tovshingni chiqarma, xoting‘a o‘xshag‘an yigit», dedim. Qalandar yonimdaturolmadi, meni yolg‘uz qoldirib ura qochdi. Bir vaqtda haligi Hotam to‘ra darboza orqasig‘akelib «kim» dedi. Men tovshimga shoshilishqan tus berib «Men, men, oching tezroq!»dedim. Bechora go‘l to‘ra darbozani ochib yuborishi bormi, lip etib o‘zimni ichkariga oldimva Hotam to‘rani qo‘lidan ushlab havlig‘a boshladim. Bechora endi meni tanig‘an,avzog‘imning buzuqlig‘ini ham payqag‘an edi. Ke-kirdagiga xanjarimni tirab: «Joningdanumiding bormi, yo‘qmi, noinsof!» dedim. Juda tili shishib qolg‘an edi xumsaning — «bovv-133

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybovv» deb g‘o‘ldirab javob berardi... «Bir bechora o‘g‘lingni deb ko‘kragini zaxka beribyotsin-da, san tinchkina o‘g‘lingni olib yot!.. Qani o‘g‘ling, yotqan joyini ko‘rsat!» dedim.Hotam to‘ra dir-dir qaltirar edi, shu ko‘yi uni ayvong‘a o‘zim yetaklab bordim-da, o‘g‘liniko‘rsatdi. Bolani uyqu aralash turg‘uzib kiyintira boshlag‘an edim, bir tomondan ona-sidodlab qoldi-ku, xanjarimni olib unga yugirdim. «Tovshingni o‘chir, mochaxar... o‘g‘lingnio‘limg‘a olib borayotqanim yo‘q, nihoyati bir piyola choy ichadi-ku keladi!» dedim. Qisqasi,ilgari dahshat berib, keyinidan yaxshi gaplar bilan ularni ishontirib, bolani olib chiqdim vaJonkeldiga topshirib ketdim... Baxtimga o‘sha kuni bitta ham mirshab yo‘liqmadi. Ey-y,Sodiqcha, san hali nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding, buzoq bo‘g‘uzlag‘andek qilibbir-ikkitani so‘ygan bilan odam bo‘lding-qo‘ydingmi? Gap bilan bo‘lib zang‘ar kayf hamtarqab ketdi, qani, quy-chi bir-ikkini!Homid:— Sizga qoyilman, Mutal polvon, sizning shuna-qangi ishlaringizni bilib yurganimuchun bu yerga chaqirtirib keldim-da!Mutal:— Shuni bilgan bo‘lsangiz bas, bu ishni menga topshirib qo‘yabering!Homid:— Sodiq aytkandek darbozadan kirishni xohlamayman, chunki mirshablarning oyog‘usti.Mutal:— Bo‘lmasa havlining orqasidan tushamiz!Homid:— Orqasi havlidir?Jannat opa:— Qix, haligi oti qursin... Malikboyning maydoni-da!Homid:— Juda yaxshi ekan. Bo‘lmasa tomig‘a shoti yetarmikin?Jannat opa:— Qix, juda balan.Mutal:— Balan bo‘lsa, zarari yo‘q, osoni uyning tegidan teshamiz, qo‘yamiz!Homid:— Qiyin bo‘lmasmikin?Mutal:— Hammadan ham osoni teshish, mo‘ljalini yaxshi olsaq bas.Homid:— Bir-ikki soatda uni teshib bo‘larmidi?Mutal:— O‘zi maydonmi, axir?Jannat:— Maydon, qix.Mutal:— Yaqinida odam yo‘qmi?Jannat:— Yo‘q, qix.Mutal:— Bali, mo‘ljalni olib bersalaring, ertadan boshlab qazig‘anim bo‘lsin.Homid, Sodiq:— Bali, rahmat, polvon!134

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyMajlisning so‘zi shu yerga yetkanda Otabek o‘rnidan turib yo‘lakka keldi. Eshikzanjiriga qo‘lini olib borg‘ani holda o‘ylanib to‘xtadi va eshikni ochmay orqasig‘a qaytdi.Xaroba uy orqaliq usta Alimnikiga chiqib ayvon yonida to‘xtadi, ularning xurrak vapishillashlariga qanoat hosil etkach, oyog‘ uchi bilan yo‘lakka o‘tdi va eshikni ochib chiqdi...* * *O‘z og‘zidan eshitkanimizdek Sodiq uni, Homidning ta’limoticha Qo‘qon darbozasidanchiqarib to karvonlarga qo‘shilib olg‘uncha ta’qib etib borgan edi. Otabek bu ta’qibni judayaxshi sezganlikdan Sodiq yo‘lda qolg‘andan so‘ng ham yana bir bekat olding‘a borg‘an vaikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darbozasi orqaliq yana qaytib Marg‘ilong‘a kirganedi.Usta Farfining Homid va o‘zi to‘g‘rilaridag‘i mudhish hikoyasini eshitkach, Marg‘ilondaqolish va qayin otasining uyiga borib onglashish o‘rniga juda oshig‘ichliq bilan Marg‘ilondanjo‘nab ketkan bo‘lib ko‘rinishi albatta o‘rinsizga emas edi. Chunki Komilbek o‘ldirilgan birkunda Homidning ko‘z o‘ngida qolishi, bilaturib, o‘z-o‘ziga qabr qazish, qabrg‘ina emasnomusni barbod berish va qotilliq ismini olib xalq oldida sharmanda bo‘lish bo‘lur edi,nuchukkim, biz yuqorida Sodiq og‘zidan eshitkanimizdek Homid bu tuhmatdan hamqaytmas va o‘z tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ravishda isbot ham qila olur edi. Manaul shu mudhish, boshqa tushmog‘i aniq turg‘an halokatning daf’i uchun Marg‘ilondanoshig‘ich chiqib jo‘nag‘an edi. Orqasidan qiling‘an ta’qibni payqashi esa avvalo bu uning birmulohazasi bo‘lg‘an edi, ikkinchi, otini egarlar ekan, devordan o‘zig‘a qarag‘an bosh bilanbu mulohazasini chinga chiqishini bilgan edi. Uchunchi, ko‘chada usta Alim bilan xayrlasharekan, qo‘shnining yo‘lagida ko‘ringan kishi ko‘lagasi yana ta’qib etilishini ta’kidlagan edi.Marg‘ilondan ikkinchi bekatka qo‘nib, choyxonada bir-ikki choydish choy ichib uzoqo‘ylag‘an va Marg‘ilong‘a qaytish quruq tuhmatka qolish bilan farqsiz ekanligini yana bir qattushungan edi esa-da, Homidni maydonda muzaffar holda qoldirib ketishni hech bir turlikyuragiga sig‘dira olmag‘an, g‘ayri rasmiy yashirinib bo‘lsa ham Marg‘ilonda turishka va turibHomidning mundan so‘nggi rejalarini o‘rganishka va shunga qarab kurash boshlashg‘aqaror bergan, shom bilan asr oralarida Marg‘ilong‘a kirgan edi. Kelib birinchi kelishidatushkan saroyga joylashqan va joylashib tinchiy olmag‘an, ya’ni ta’qibini bu kundanoqboshlashg‘a qaror bergan. Homidning yomonliq korxonasi usta Alimning qo‘shnisinikidabo‘lg‘anlig‘i uchun hech bir taraddudsiz yo‘lni to‘g‘rilab Sodiqnikiga solg‘an ediki, bizmundan keyingi gaplarni yuqorida ko‘rib o‘tdik.Usta Alimning eshigini ochib chiqg‘ach, Sodiqning yo‘lagiga quloq solib g‘o‘ng‘irg‘o‘ng‘irkelgan tovushni eshitdi va sekin-sekin yo‘lg‘a tushdi.Dushman bilan betma-bet uchrashmoq kuni belgulanganlikdan o‘zining bu kungikutilmagan muvaffaqiyati to‘g‘risida hech bir taajjublanmas, faqat dushanba kun kechasibilan miyasi mashg‘ul edi. Dushanba kun kechasi bir emas, uch dushman bilan kurashto‘g‘risidag‘ina o‘ylar edi. Bu birga uch masalasi bir oz uning miyasini qotirg‘an; kishilaryollash, hukumatka bildirish, qutidorni xabardor qilib qo‘yish mulohazalarigacha kelibyetkan bo‘lsa ham, ammo izzati nafsi bu qo‘rqoqliqqa tamoman zid turar edi. Bora-bora bumulohazasini tamoman ko‘nglidan chiqarib tashladi; na kishilar yollayturg‘an, nahukumatka bildiraturgan va na qutidorni xabardor qilaturg‘an bo‘ldi. Chunki raqib bilandildorning uyi orqasida tanho olishmoq, yor oyog‘i ostida qonlik tuproqqa qorishmoq —uning uchun juda lazzatlik va shoirona tuyila boshlag‘an edi. Saroyga kirar ekan o‘zicha: —Shirin o‘lim, — deb qo‘ydi.Garchi kechagi tun «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab uyqudan qolg‘an edi, ammo uzoq vaqt bukungi gaplarni o‘ylab yotdi. Ul uxlab ketar ekan, o‘zini goh qong‘a belanib yotqan holda,goh Kumushni erkalab turg‘an holda ko‘rar edi.135

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy15. DUSHANBA KUN KECHASIBu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qoraquchog‘ig‘a olg‘an qorong‘i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so‘ng soatlari yetkanligishu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi. Otabek bu ikki holdan tabi’iy birisini bu soat o‘ziningko‘z o‘ngida ko‘rar va shunga hozirlanar edi esa-da, ammo Homidning xayoli faqat gulginaiskar, gul sayriga oshiqinar edi...Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko‘cha, tor ko‘cha boshida kichkinagina bireshikcha edi. Shom bilan xuftan o‘rtasida bu ko‘cha boshig‘a bir yigit kelib to‘xtadi-da,tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Ko‘chada hech kim qolmag‘an, yo‘l oyog‘i bosilg‘anedi esa-da, ul uzoqqina qarshisidag‘i darboza ichlarini, tom ustlarini, devor raxnalarinikuzatdi va qanoat hosil etib tor ko‘chaga ohista-ohista yo‘l oldi. Tor ko‘chaning yarmisig‘ayetkach, to‘satdan orqasig‘a qayrilib qaradi... Uning harakati bir narsadan shubhalanibemas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. Kichkina eshikcha yonig‘ayetkanda tag‘in haligidek orqasig‘a qarab qo‘ydi. Bir oz o‘ylab to‘xtag‘ach, eshikning o‘ngtomonidag‘i devorning buzuq yeridan sekingina ko‘tarilib maydong‘a mo‘raladi. Eshikningqulf va zanjiri bo‘lmay yuziga yopiq holda turg‘an bo‘lsa ham ul eshikka taqilmadi,mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig‘ina qorong‘i tushkan bo‘lsa hammaydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho‘b ham ajraturliq edi. Maydonni kishidanxoli bilgach, sekingina devordan o‘zini maydonga oldi.Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlariorqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. Maydongayozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo‘yaklar tortilg‘an va yer yomg‘ur bilan ivib, bo‘kiboyoq ko‘tarib bosishg‘a imkon bermas, har bir oyoq uzg‘anda uch chorak loy barobarko‘tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o‘tdi. Uning chap qo‘li tomonida biruyning orqa devori bir bo‘yra eni kesib tushirilgan bo‘lib qorayib ko‘rinar edi. Ul bu kesilgano‘rinni o‘tkan kun kechasi kelib ko‘rib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekinuning bu binog‘a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning o‘zuyi bo‘lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining shirin xotiralari saqlanar va shudaqiqada ham uning hayot tiragi bo‘lg‘an Kumushbibi o‘lturar edi. Otabek ko‘zini to‘ldiribbinog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog‘aqarab olg‘ach, qo‘ynig‘a qo‘l solib bir qog‘oz oldi, xayol ichida qog‘ozning taxlarini tuzikladida,qaytarib yana qo‘ynig‘a tiqdi. Shundan so‘ng binog‘a yana bir ko‘z tashlag‘ach,maydonning kunbotarig‘a yurib, o‘n besh adimlab haligi joydan yiroqlashdi. Tomshuvog‘ig‘a loy oling‘an zovur shekillik o‘rinni kechagi kelishida biqinish uchun belgulabketkan edi, kelib shunga tushdi-da, qo‘lini chakkasiga qo‘yib yoni bilan yotib oldi. Garchiosti kesilgan bino bilan Otabek tushib yotqan loyxona bir-birisiga ro‘baro‘ edi. Ammoimoratlarning ko‘lagasi va kechaning o‘tacha qorong‘ilig‘i orqasida loyxonada kishibo‘lg‘anlig‘ini payqash qiyin edi.* * *Tun yarim bo‘lib, olding‘i uxlag‘anlar endi bir uyquni olg‘an edilar. Maydon eshigiochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki ko‘laga maydonga kirdi. Buni payqag‘an Otabekxanjarini qinidan chiqarib qo‘lig‘a ushlag‘ach, yuz tuban yerga uzandi... Ikki ko‘lagaso‘zsizgina osti kesilgan bino yonig‘a kelib to‘xtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq vaikkinchisi Mutal edi. Tumshug‘ini yerga tirab yotqan mushukdek bo‘lib Otabek ularnikuzatar edi.To‘xtag‘ach, shivirlab Sodiq so‘radi:136

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Teshilayozg‘anmikin?— Ozg‘ina qolg‘andir, deb o‘ylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joyochilg‘an!Mutal tovshini baralla qo‘yib so‘zlar edi, shuning uchun Sodiq dedi:— Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi!Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi:— Hali shundan ham qo‘rqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yuborarman!— Jinnilig‘ingni qo‘y, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi?— Turasanmi, yo‘qmi — ixtiyor o‘zingda!Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi.— Teshani qattig‘ solma, — dedi Sodiq.— Menga o‘rgatma, o‘zim bilaman.Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qo‘rqdi shekillik, bir oz Mutalning ishiga qarabturg‘ach, dedi:— Bo‘lmasa, men eshik yonig‘a borib turay, teshildi deguncha hushtak ber.— Tuzik, hali Homid kuyaving qayog‘da qoldi?— Ko‘chaning boshida poylab o‘lturgandir. Hushtagingni eshitkach, uni hamchaqiraymi?— Chaqir, — dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi.Sodiq eshikdan chiqg‘an ham edi, Otabek sekingina boshini ko‘tardi-da, Mutal sarishuviy1 boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqarig‘a surish bilan ovoraedi... Shu vaqt uning qo‘ltug‘i ostidan uzatilg‘an qo‘l hiqildog‘idan ombir kabi siqib oldi...Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildog‘ini ajratish uchunbo‘lg‘an Mutalning birinchi harakati bo‘shka ketdi-da, chap biqinig‘a o‘tkir xanjar g‘achchabotirildi... Ammo ul hamon bo‘shalishg‘a kuchanar edi va kuchli qo‘l battarroq uni siqar edi.Uch daqiqalik kurashdan so‘ng Mutal bo‘shashdi, ilgarigi kuchanishlardan qoldi va bir-ikkidaf’a to‘lg‘anib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan ko‘zini uzmag‘ani holda Mutalnisudrab o‘zi biqing‘an loyxonag‘a olib bordi va qo‘rqibqina hiqildoqdan qo‘lini oldi. Mutalningboshi shilq etib loyxonag‘a tushdi-da, mangulik uyquga ketkanligi ma’lum bo‘ldi... Otabekbitta-bitta teshilgan bino yonig‘a kelib eshik tomong‘a hushtak berdi, javob hushtagieshitilgach, teshuk ichiga kirib o‘lturdi. Teshukning yuqorisidan bir oz tuynuk ochilganbo‘lg‘ani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkanedi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi:— Teshdingmi, Mutal?— Teshdim, beri kel.Sodiq kesma yonig‘a kelib engashdi. Engashishi hamono qo‘l hiqildoqqa to‘g‘ri kelganedi va xanjar qornig‘a botirilgan edi... Sodiq qo‘lidag‘i xanjarini bir-ikki qayta solib ko‘rsaham tegdirish uchun kesmaning tubanlig‘i xalal berdi, lekin o‘zi tetuk edi. Otabek sapchibkesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysiyeri achishkandek sezildi... So‘l qo‘li Sodiqning hiqil-dog‘ida, xanjarlik qo‘li Sodiqningxanjarlik qo‘lida edi... Bir oz kuchini yig‘ib olg‘ach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi.Sodiq xirillar, shunday bo‘lsa ham qo‘lidag‘i xanjarni bo‘shatmas edi. Eshik tomondanHomid ham ko‘rinib qoldi... Vaqt tang kelgan edi... Sodiqning ko‘kragini qochirib xanjarlikqo‘lini bo‘shatdi va Sodiqning ko‘kragiga soldi. Sodiqning xanjari bir-ikki qayta uningorqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq bo‘shashdi vaqo‘lidan xanjari tushdi.— Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidanOtabek. — Joning-ni ham unga qurbon qilding!Sodiq ingranib qo‘ydi.— Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid.137

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o‘ldirdik! — dedi shoshib Otabek.— Ah! — deb yurib keldi Homid.Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo‘lini ushlab oldi:— Mutal o‘ldi. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Enda siz bilan ikkimizgina qoldiq!Homid qo‘lini bo‘shatishka tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:— Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo‘lingizni bo‘shatamanhozir, ammo shungacha siz bilan ikki og‘iz so‘zim bor!Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishg‘a kuchanar edi.— Kuchanmangiz, Homidboy!— Mard yigit bo‘lsang, qo‘limni qo‘y!— Oshiqma, qo‘yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyog‘ ostida yotqan Sodiqko‘tarilib-ko‘tarilib o‘zini ot-moqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi.Homid tig‘izliq bilan surildi. Xanjarlik qo‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so‘z boshladi:— Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg‘asolg‘an, cheksiz joni-vorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to‘kdirgan, nihoyat, shudaqiqag‘a keltirib to‘xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergantaloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag‘uchi manim halol rafiqam bo‘lib, ikki yildanberi men ham uning ko‘yida1 sargardonman. Demak, siz bilan maning oramizda shu biravuchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonibkeldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig‘acha olib bordingiz, Musulmonqul qo‘lig‘atopshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg‘ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillabrafiqamdan ayirib turishka muvaffaq bo‘ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni hamo‘ldirdingiz. Nihoyat, o‘g‘riliq yo‘lig‘a tushib ikki yigitingizni manim qo‘limda halokqildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda siz haqlimi edingiz?— Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ulqo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shiretdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatibtek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib «haqliedim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig‘a kelibtushdi...Otabek kushxona o‘rnidan eshikka qarab qo‘zg‘alg‘an edi, Homiddan besh-olti qadamnarida yotqan Sodiqning «hmmm» degan tovshi eshitildi. Otabek ko‘ngli allanechuklanganiholda maydondan chiqdi...16. O‘ZNI TANITISHErtasi kun butun Marg‘ilon deyarlik Malikboyning maydonida voqi’ bo‘lg‘an ishka judahayron edi:— Mutal bilan Sodiq bo‘lsa shaharning tomteshar yigitlaridan, ular qutidornikigao‘g‘riliq uchun borg‘an bo‘lsalar borg‘andirlar... Lekin shaharning katta boylaridanhisoblang‘an Homidning ishi qiziq. Xayr, Homidning o‘g‘riliq hunari ham bor bo‘lsin, bularnikim o‘ldirgan? Qutidor bo‘lsa ertalab uyqudan turg‘ach, bu hangamani bilibdir, juda ajoyib!* * *Kuch choshkohga yetkanda Otabek saroy darbozasidan chiqdi. Ul o‘zining so‘l qo‘linidoka bilan o‘rab bog‘lag‘an va ko‘kragiga ko‘tarib ushlagan edi. Kecha Homid xanjarlikqo‘lini siltab tortqanda, xanjar uning bosh barmog‘i orasini suyakka yetkuncha shipiribketkan edi. Uning oyog‘ olishida ham bir oz oqsoqlanish sezilar edi.138

O’tkan kunlarAbdulla QodiriySaroydan ancha uzoqlashqan edi, qarshidan o‘ziga qarab kelguchi Rahmatni ko‘rdi vachor-nochor so‘rash-moqqa to‘g‘ri keldi:— Ha, mulla Rahmat, salomatmisiz?Rahmat oshiqibg‘ina uning bilan ko‘rishdi:— Qachon keldingiz, bek aka?— Kelganimga bir-ikki kun bo‘ldi... Nega xafa ko‘rinasiz, mulla Rahmat?Rahmat uflab oldi:— Eyyy, bek aka, bizning boshka tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin!Otabek ajabsinish tusi ko‘rsatib so‘radi:— Nima bo‘ldi, uy-ichingiz bilan salomatmisiz?— O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lg‘an edilar, bu kun yana boshimizg‘a o‘limtushaturg‘an bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavog‘lab ketibdirlar.Otabek ko‘zini olalantirg‘an bo‘ldi:— Qayerda, kimlar, yarasi qo‘rqunch emasmi?Rahmat voqi’ani qayerda bo‘lg‘anlig‘ini so‘zlab turmadi:— Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdir. Qornini tikdirmakchi bo‘lg‘an edim,jarroh bo‘lmaydir, dedi.—Chavog‘lag‘uchini aytmadimi?— Til bo‘lsa aytadi-da, — dedi Rahmat, — ul yiqi-lib yotqan joyda yana ikki yigitningo‘lugi bor ekan... Shulardan zarb olg‘anmi deb o‘ylayman.— Xudo shifo bersin! — dedi Otabek.Ajralishdilar.Otabek usta Alimning ko‘chasiga burilg‘ach, Sodiq eshigida uch-to‘rtta bel bog‘lag‘ankishilarni tobut yasash bilan mashg‘ul ko‘rib tinchsizlanib ketdi. Usta Alimning yo‘lagigakirar ekan, Jannat opa bilan yana bir xotinning yig‘i tovushlarini eshitdi...Janozaga tahorat olish uchun obdasta yonig‘a o‘lturgan usta Alim Toshkand jo‘nabketkan Shokirbekni oradan uch-to‘rt kun o‘tmay qaytib kelishiga ajabsingan edi:— Keling-keling, Shokirbek... Toshkand jo‘na-mag‘anmi edingiz?!Otabek ayvonning oldig‘a o‘lturar ekan, kuldi:— Toshkandga borib keldim...Usta Alim uning hazilini fahmladi-da, tahorat ola-ola qiziq voqi’adan so‘z ochdi:— Marg‘ilondan ketmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz ham eshitkandirsiz Shokirbek, siz bilanmenga tarjimai hollari ma’lum bo‘lg‘an Homid bilan Sodiqni va tag‘in Mutal degan yana biryigitni Mirzakarim akaning havlisi orqasida o‘ldirib ketibdirlar. Yomonlar o‘z jazalarinitopibdirlar.— Eshitdim, — dedi Otabek va tag‘in kulib qo‘ydi.Usta Alim uning bu kulgisiga e’tibor qilmag‘an edi, so‘zida davom etib so‘radi:— Siz bularni kim o‘ldirgan deb o‘ylaysiz?— Siz-chi? — dedi Otabek va tag‘in iljayib qo‘ydi.— Menga qolsa, — dedi usta Alim, — o‘ldirguchi albatta Mirzakarim akaning kuyaviOtabekdir... zap ish qilg‘an-da, men unga qoyilman. Men uning O‘tabboy qushbegigaqilg‘an muomalasini eshitib, yuragiga bali degan edim... zap yigit ekan-da!Otabek o‘ng‘aysizlanib ketdi. Usta Alim yuz-ko‘zini artib Otabekning qo‘lini olibko‘rishmakchi bo‘lg‘an edi, ko‘zi o‘ralg‘an dokaga tushdi:— Qo‘lingizga nima qildi, Shokirbek?— Pichaq kesib ketdi...— Yomon kesdimi?— Sal.Usta Alim Otabekning yonig‘a o‘lturdi va:— Nega Toshkand jo‘namadingiz, birarta mone’ chiqib qoldimi? — deb so‘radi.139

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Mone’ chiqib qoldi...— Qanday mone’? — dedi usta.— Mone’mi? — dedi Otabek va kulimsirab: — Men sizga bir katta gunoh qilib ketkanedim... Yo‘lda boraturib gunohimdan o‘kindim-da, sizga tavba qilg‘ali Qo‘qondan qaytdim...Agar siz gunohimni kechirsangiz, men shu daqiqada Toshkand jo‘nayman.Usta Alim ajablanib Otabekka qaradi:— Hazillashasiz...— Hazillashmayman, agar siz kechiraturgan bo‘lsangiz, gunohimni ham hozir iqrorqilaman.Usta Alim kulimsirab so‘radi:— Qani iqror qilingiz bo‘lmasa.— Ilgari kechirishka va’da berib qo‘yingiz.— Menga qolsa sizning hech gunohingiz yo‘q... Menga noma’lum gunohingiz bo‘lsakechirdim.— Rahmat, — dedi Otabek va so‘radi: — men kim?— Sizmi, siz Shokirbek!Otabek uyat aralash kulib qo‘yib dedi:— Ana usta, manim borliq gunohim sizning shu kungacha meni Shokirbek, debbilishingizdagina!— Bo‘lmasa, siz kim?— Gunohimni kechirgansiz-a?— Kechirganman.— Men siz bilgan Shokirbek emas, toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li va marg‘ilonliqMirzakarim akaning kuyavi — Otabek!Usta Alim bir oz o‘zini keyinga tashladi va ko‘ziga jiq yosh chiqardi.— Siz-a? — dedi. Kelib Otabekni quchoqladi... Bu favqulodda holg‘a tushuna olmayqolg‘an Sayfi ishini to‘xtatib do‘konxonadan qarab turar edi. Usta yig‘lag‘an holda Otabekniquchoqlab o‘pdi-da, ayvonga ko‘rpacha sola boshladi.— Nima qilmoqchi bo‘lasiz, usta? — deb Otabek so‘radi.— Men o‘zimning yangi mehmonimni ko‘rpachaga o‘tquzmoqchi bo‘laman, — dedikulib usta Alim.— Men sizning ko‘rpachangizga ko‘b o‘lturganman, endi menga ortiqchatakallufingizning hojati yo‘q.— To‘g‘ri so‘zlamaysiz, Otabek, bu kungacha manim ko‘rpachamda o‘lturib yurganShokirbek otliq bir yigit edi. Endi men o‘zimning yangi mehmonim bo‘lg‘an Otabeknisiylamoqchi bo‘laman... Qani, Otabek, ko‘rpachaga chiqingiz!Otabek ustaning latifasiga kuldi-da, ko‘rpachaga chiqib o‘lturdi. Bu vaqt Jannatopaning «shahid o‘lgan bolam» deb yig‘lag‘an tovushi eshitildi-da, Otabek gunohkor biryuz bilan usta Alimga qaradi. Ul esa Otabekning bu qarashidag‘i ma’noni sezgan edi:— Zap qilg‘ansiz, Otabek, — dedi usta, — yomonlarning jazosi shunday bo‘ladir...Yoningizda kishilaringiz bor edimi?— Yo‘q.Usta Alim Otabekka tushuna olmay qarab turg‘ach, so‘radi:— Uch dushmanga qarshi yolg‘iz o‘zingiz?— Yolg‘iz o‘zim! Xudo yomong‘a jazo beraturgan bo‘lsa, shundoq bo‘lar ekan.Usta Alim tamom ajabda qolg‘an edi:— Subhonolloh! Qanday yuragingiz bor ekan, Otabek! Qo‘lingizdan boshqa yeringizdajarohat yo‘qmi?— Yo‘q. Bo‘ksam ustiga bir oz xanjar uchi tegib o‘tkan bo‘lsa ham ahamiyatsiz.— Xudoga shukur, Otabek! Sizning bu ishingizdan qayin otangizning xabari bor edimi?140

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yo‘q edi. Bu ishni hozirg‘acha bir o‘zim va bir tangri bildi. Endi bu sirnibilguchilarning uchunchisi siz bo‘ldingiz!— Astag‘firulloh! — deb qo‘ydi usta Alim, — raqibingiz Homidni birinchi martaba ustaFarfi orqaliq tanig‘aningizmi?— Birinchi martaba tanishim, — dedi uflab olib Otabek, — bunga ham sizning bilanbo‘lg‘an oshnalig‘im ko‘mak berganlikdan sizga minnatdorlik qilishdan ojizdirman.— Sizning aqllar ishonmaslik qahramonlig‘ingizg‘a yuragim qinidan chiqish darajasigayetdi! Otabek, Homidning bu keyingi rejasini qayerdan bildingiz?Otabek kuldi.— Xudog‘a shukurlar bo‘lsunki, manim tortqan ohlarimni quriqqa yubormay, kutmaganyerdan sirni bildirdi. Men sizga hikoyamni boshidan so‘zlab beraymi va yo Homidningrejasini bilishimniginami?— Boshidan so‘zlangiz, Otabek! — dedi hovliqib usta Alim va ish to‘qish ila mashg‘ulSayfini savzi to‘g‘rashqa buyurdi.Usta Alimni hikoya tinglamak uchun hozirlang‘an ko‘rgach, Otabek dedi:— Tahoratning sababi yodingizdan ko‘tarildi shekillik!— Ko‘tarilgani yo‘q, Otabek, yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalikko‘rinadir... Qani, so‘zdan keling!Otabek o‘zining chin do‘stig‘a birinchi marta Marg‘i-lon kelishidan tortib hikoyasiniso‘zlab ketdi. Uning uch yil ichida boshidan o‘tkanlarini bir soatlik vaqtga cho‘zilib, Sayfioshni suzib kelganda yo‘lda uchrashqan Rahmat bilan hikoyasini tugatdi. Usta AlimOtabekning yelkasiga qoqib der erdi: — Sizda chin yurak bor, do‘stim. Bu yurakingiz bilanhech vaqt dard qolmaysiz, Otabek! Ammo mendan chin ismingizni yashirib kelganingizuchun sizni ayblay olmayman. Biroq jum’a kun kechasi Homid izidan manim havlimga kirib,menga o‘zingizni bildirmay ketkaningizga xafa bo‘laman, xudoy ko‘rsatmasin bir falokatyuz berganda nima bo‘lar edi?Oshdan so‘ng usta Alim shunday fotiha o‘qudi:— Dushmanlaringizning yo‘q bo‘lg‘anlari chin bo‘l-sin, suyganingiz bilan endi mas’udyashang!Otabek tashakkur etdi. Tag‘in bir oz choy ichib so‘z-lashqandan so‘ng, Otabekdaftaridan ikkita xat chiqarib dedi:— Sizga og‘ir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchi-man, usta!— Buyuringiz!Otabek qo‘lidag‘i xatlarni uzatib:— Men shu soatning ichida Toshkand jo‘nashg‘a majburman. Shuning uchun siz buxatlarni qayin otamnikiga o‘z qo‘lingiz bilan eltib berasiz.Usta uning bu gapiga tushunolmay qoldi:— Nega endi Toshkand jo‘naysiz, o‘zingiz...— O‘zimga mumkin emas, chunki... ikki tomong‘a ham o‘ngg‘aysiz. Men hozir ketishkamajburman, balki o‘zingiz ham onglarsiz.— Ongladim, — dedi usta va: — gap-so‘z bosilayozg‘ach, kelmakchimisiz?— Balki... — deb to‘xtadi Otabek, — xatlarning birisi qayin otamg‘a, ikkinchisi unga, —dedi.— Xo‘b.— Qayin otamg‘a yozg‘anim qisqa bo‘lg‘ani uchun siz unga mendan eshitkanlaringizniso‘zlab qondirarsiz. Qutidor bilan ishingizni tugatib qaytishingizda uning xatini berarsiz,tuzikmi?— Ma’qul.— Uchrashqaningiz to‘g‘risida menga ma’lumot yozsangiz, tag‘in minnatdor qilaredingiz...141

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bosh ustiga.Shundan so‘ng ikkisi quchoqlashib ko‘rishkach, vidolashdilar.Otabek eshikdan chiqg‘anda Sodiqni ko‘mib kelgan kishilar qur’on o‘qub tarqalmoqdaedilar.17. XAYRIXOH QOTILMirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘-roqqa olib ketilgan qutidor qaytibyo‘lakdan kirishi bilan ming xil tashvishda o‘lturg‘uchi Oftob oyim bilan Kumushka qaytibjon kirgan kabi bo‘ldi. Kumush otasining oldig‘a qanot yozg‘an kabi yugirib, uning soqolinisilar ekan, so‘radi:— Sizga zarar bermadilarmi, otajon?— Yo‘q, qizim.Oftob oyim erining bu so‘zini eshitishi bilan Xo‘ja Bahovaddin yo‘lig‘a o‘gurib qo‘yg‘anyetti tanga pulini To‘ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo‘natdi va shundan so‘ng eridanso‘radi:— Sizga ayb qo‘ya olmadilarmi?— Xudoyg‘a shukur, oqlandim, — dedi qutidor. — Chindan ham menda qanday aybbo‘lsunki, o‘zimiz ham bu hangamani uyqudan turib payqag‘an bo‘lsaq. Uyimiz ostiniyomonlar teshkan bo‘lsalar ham ammo kishi sig‘masliq bo‘lg‘anlig‘i meni oqliqqa chiqardi.Lekin kishi sig‘aturg‘an bo‘lib teshilganda ham meni ayblay olmas edilar, zeroki, uyimizostini teshkan muttahamlar albatta yaxshi niyat bilan teshmagan bo‘lib, molimiz va jonimizqasdida ekanliklari ma’lum edi. Basharti qotil men bo‘lib ko‘ringanimda ham molim vajonim qurug‘ida o‘g‘rilarni o‘ldirganligim uchun yana gunohkor bo‘lmas edim. Har holda bufoji’a bizga zararsiz bo‘lib o‘tdikim, buning uchun haq taologa qancha shukur qilsak hamozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achangkelmadimi?Oftob oyim javob berdi:— Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi?Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi:— Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqayoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimgakeladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyniteshayozg‘an vaqtlarida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoqlashqan bo‘lsalarkerak.Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi.— Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi.— Nega to‘g‘ri emas?— Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar bermasdan quruqqina ketmas edilar.— Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor.— Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dediOftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi.— Homid tiynati1 buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uningtopqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin.— Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarningjazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh,otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Menig‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdantuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman.Oftob oyim boshini chayqab:142

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Shuni ayt, qizim! — dedi.Qutidor:— Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizningtevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbeknihammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz orqasidabir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi...— Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizningmolimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan yaksonetdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon!— To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor.Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi:— Bu maqtullar1 kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilankelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an qotilva yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini2 bersin!— dedi.Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi.— Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixohbo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi.Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyimTo‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butunkun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilanovora bo‘ldi.* * *Shomdan so‘ng qutidor endigina mehmonlardan bo‘-shab ichkariga kirgan edi,mehmonxona yig‘ishtirib qolg‘an To‘ybeka qutidor yonig‘a kelib dedi:— Sizni bir kishi chaqiradir.— Qanaqa kishi, tanidingmi?— Tanimadim.Qutidor erinibgina tashqariga chiqdi-da, mehmon-xonada o‘lturg‘uchi tanishbo‘lmag‘an kishi bilan sovuqqina ko‘rishib so‘radi:— Xizmat?Usta Alim qutidorg‘a kulimsirab olg‘ach:— Ruxsatsiz mehmonxonangizga kirganim uchun kechirasiz, — dedi.— Aybi yo‘q, mulla, — dedi qutidor va qarshima-qarshi ulturishdilar.— Yomonlar suiqasdidan salomat qutilishingiz muborak bo‘lsin!— Tangriga qulluq bo‘lsin! — dedi qutidor. Mehmonxona qorong‘ilanib ketkani uchunhavli supirib turg‘uchi To‘ybekaga darichadan turib buyurdi: — Sham’ yoqib chiq, To‘ybeka!Sham’ chiqishini kutkandek usta Alim boshini quyi solib o‘lturar edi. Qutidor «nimayumishing bor menda» degandek qilib unga savol nazari bilan ko‘z tashlar va qur’ontinglovchi kishidek bo‘lib o‘lturg‘uchi majhul kishidan taajjublanar edi. Nihoyat, sham’ kelibtokchaga qo‘ndirilg‘ach, usta Alim muroqabadan1 boshini ko‘tarib qutidorg‘a qaradi:— Mendan taajjublandingiz, — dedi va qo‘ynidan maktublarni chiqarib bittasiniqutidorg‘a uzatdi, — mendan ham bu maktub ajibroqdir, — deb kuldi. Qutidor xatningunvoniga ko‘z yugirtirib chiqg‘ach, usta Alim aytkandek taajjub ichida xatni ochdi... O‘qubbitirgach, ul dahshat va taajjub ichida toshdek qotib qolg‘an edi... Agarda uning yonidausta Alim bo‘lmag‘anda edi, ehtimol ul qay va qatlarg‘acha serrayib qolar edi.— Jon va oilangiz dushmani bo‘lg‘an bir badbaxt endi o‘z qilmishining jazasini ko‘rdi,burodarim Otabek ularning totiqlarini xo‘b boblab berdi, — dedi usta Alim va davom etdi:143

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— shuning bilan sizning najib2 oilangiz dahshatlik foji’a davrlarini kechirib, endi ma’sudkunlar arafasiga yetdi. Xatni o‘qub sizning dahshatlanishingiz emas, quvonishingiz,dushmaningizni yuz tuban qilg‘ani uchun haq taolog‘a shukur aytishingiz kerakdir!Qutidor hushini boshig‘a yig‘ayozdi va uflab tin olg‘ach, hayajon ichida so‘radi:— Men bilan Otabekni qamatdirg‘an va dor ostlarig‘a yuborg‘an Homidmi?— Homid.— Taloq xati yozg‘uchi Otabek emasmi?— Hosho va kallo1, Otabek munday gapdan xabarsiz. Uning otidan taloq xati yozg‘uchiham shu badbaxt Homid.Mundan so‘ng qutidor turib ichkariga yugirdi, yarim yo‘ldanoq tanchada o‘lturg‘uchiOftob oyim bilan Kumushka qichqirdi:— Sir ochildi!Ikkisi ham sachrab qutidorg‘a qaradilar-da, birdan so‘radilar:— Nima, qanday sir?Qutidor tanchaga borib o‘lturmadi-da, ayvon peshonasidan turib, qo‘lidag‘i xatni yuqoritovush bilan o‘qub chiqdi:«Muhtaram qayin otamizg‘a!Siz bilan meni qorong‘i zindonlarg‘a tushirib, dor ostlarig‘acha tortkan, buning ilao‘zining vahshiyona tilagiga yeta olmag‘andan keyin manim tilimdan soxta taloq xati yozibdarvoza yonidan haydattirishka muvaffaq bo‘lg‘an va bir gunohsizni shahid etkan Homidismlik bir to‘ng‘uzni nihoyat, ikki yillik sargardonligim so‘nggida yordamchilari bilantuproqqa qorishdirishg‘a muvaffaq bo‘ldim... Sizning shonli havlingiz yonida voqi’ bo‘lg‘anbu kurash albatta sizni va uy-ichingiz ham yor-do‘stlaringizni anchagina tinchsizlikkaqo‘yg‘an bo‘lsa kerak. Na choraki, yomonlarni sizning havlingiz orqasida rafiqam qasdidabo‘lg‘anlari paytida uchratishg‘a to‘g‘ri keldi va men bu ishka majbur qoldim. Buning uchunalbatta meni kechirarsiz umididaman. Faqat sizning tinchsizlanishingiz va mardumningyuqori-quyi so‘zi bo‘lmasa sizga boshqa zarar bo‘lur, deb o‘ylay olmayman. Sizdan bu ulug‘gunohim uchun afu so‘rab, haydalg‘an o‘g‘lingiz Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li».Ammo qutidor «haydalg‘an» so‘zini tashlab o‘qudi. Maktub o‘qulib bitkanda Oftoboyim, ayniqsa, Kumush qutidorning boyag‘i holig‘a tushgan edilar. Kumushning budaqiqadag‘i holini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar edi,ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi... Hozirgi eng kuchlik hissiyotini hissiyotning a’lo ifodachisibo‘lg‘an yosh bilan to‘kar edi.Qutidor o‘z tomonidan ham izoh berib chiqdi:— Men bilan Otabekni qamatib dor ostig‘a yubor-g‘uchi, Otabek tilidan soxta taloq xatiyozib bir-birimizdan judo etkuchi, Komilbekni o‘ldirguchi, uyimiz orqasini teshib Kumushqasdida bo‘lg‘uchi — hammasi ham shu battol Homid ekan... Ammo badbaxtni ikki kishisibilan tuproqqa qorishdirib ketkuchi Otabek ekan!Oftob oyim titrag‘an tovush bilan:— Uyatsiz Homid, — dedi.Kumushbibi:— Bechora begim, — deb qo‘ydi.Uchchavi ham yurakni to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar.— O‘zi esonmikin? — deb so‘radi oxirda Kumush.— Xatig‘a qarag‘anda sog‘, — dedi qutidor.Oftob oyim so‘radi:— O‘zi qayerda emish, xatni sizga kim kelturdi?Bu savoldan qutidorning esiga mehmonxonada o‘l-turgan usta Alim tushkan edi.O‘rnidan irg‘ib turdi-da, xotinig‘a javob bermasdan tashqarisig‘a chiqdi. Ul usta Alimning144

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqarshisig‘a o‘lturganda, mehmonxonaning yuqori darichasi ostig‘a Oftob oyim bilanKumush xat keltirguchining so‘zini eshitish uchun kelib to‘xtag‘an edilar.Qutidor uzr aytdi:— Kelturgan xabaringiz ta’sirida sizni unutayozibman...— Men buni payqadim, — dedi usta Alim kulib,— shu yo‘sinda makkor Homidningiblisona dasisasi1 bir oilani tamom ishdan chiqarayozg‘ankim, bu to‘g‘rida ayniqsa sizgaso‘zlash ortiqchadir. Ammo arslon yuraklik Otabek ham badbaxtni shundog‘ yanchibtashladikim, bu juda oz kishilar qo‘lidan kelaturgan ishdir.— O‘g‘rilarni o‘ldirganda Otabekning yonida necha kishisi bo‘lgan? — deb so‘radiqutidor.Usta kuldi:— Otabekning tanho o‘zi! — dedi.— Uch kishiga tanho o‘zi? — qutidor ishonmag‘an edi.— Azamatning yolg‘iz o‘zi! — deb usta Alim ilgarigi so‘zini qaytaladi.— Astag‘firulloh... Nega menga bu to‘g‘rida xabar bermagan?— Sizga xabar berib o‘lturishni yigitlik otig‘a eb bilmay, hatto menga ham bir narsasezdirmagan. Men hali bu nuqsoni uchun ayblasam: «Men o‘zimning ashaddiy dushmanimbilan tanho kurashib yo jon bermakka va yo jon olmaqqa qaror bergan edim. Shuninguchun hech kimga ham bildirmadim», deydir.Qutidor bir tomondan dahshatka tushsa, ikkinchi jihatdan Otabekning dov yuragigahayron qolar edi.— O‘ziga jarohat olmag‘anmi? — deb so‘radi qutidor.— Bo‘ksasi bilan qo‘lidan yaralang‘an bo‘lsa ham zararsizdir.Usta Alim qutidorning ba’zi bir e’tirozlariga qarshi Otabekning qutidor tomonidanquvlang‘anidan tortib, shundan beri Marg‘ilong‘a yetti-sakkiz martaba kelib ketkanini, harbir kelishida o‘zining uyiga kelib tushkanini va qalin o‘rtoq bo‘lib olg‘anlarini, shundoqbo‘lsa ham Otabekning o‘zidan chin ismini yashirib yurg‘anini, jum’a kuni usta Farfidanbirinchi martaba o‘z raqibini tanishini, nihoyat bu kungina unga chin ismini ochqaniniso‘zlab chiqdi.— Taloq xati-ku soxta ekan, — dedi qutidor, — nega biznikiga bir kelgani bilan qaytibkelmadi ekan?— Chunki uning so‘ziga qaraganda, siz uni og‘irroq tariqa bilan darbozangiz yonidanjo‘natqan ekansiz, — deb izohladi usta. — Toshkanddan uylanishida sizning bilfe’l boshqo‘shishingizni faqat qizingizni undan chiqarib olish uchun qurilg‘an bir hiyla ekan, debo‘ylab, qaytib eshikingizga oyoq bosmag‘an, hatto xotinini qozig‘a chaqirish to‘g‘risida fikribo‘lsa ham, siz bilan uchrashishdan qochib bu fikridan ham qaytqan, ya’ni sizning qizingizbo‘lg‘ani uchun suygan xotinidan ham kechmakka qaror bergan.Qutidor hali ham Otabekning ruhiga tushuna olmag‘an edi:— Mendan o‘zi xafa bo‘lg‘an bo‘lsa, orag‘a kishi qo‘ysa ham bo‘lar edi.— Shundog‘ qilsa ham bo‘lar edi, — dedi kulib usta Alim, — men hali undan shundaydeb so‘rasam, «O‘zimga ishonmag‘an kishi kishi so‘ziga kirarmidi, deb o‘yladim», deydir.Kuyavingizning qiziq tabi’atini shundan ham yaxshi bilib olsangiz bo‘ladirkim, shuchoqqacha ota-onalari ham bu foji’adan xabarsiz ekanlar.— Qiziq yigit, — dedi qutidor, — mendan ham katta nodonliq o‘tkan.— Hammasi ham taqdirning ishi, amak, bu orada siz bilan manim hech bir ixtiyorimizyo‘q.— Albatta yo‘q, — dedi qutidor va so‘radi: — o‘zi siznikidami?— Bu kun peshinda Toshkand jo‘nab ketdi.Qutidor tushuna olmag‘an edi:— Nega-nega? — deb so‘radi.145

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Nega... sababini men ham yaxshi tushuna olmadim.— Qaytib keladirgan vaqtini aytkandir?— Bu to‘g‘rini so‘rag‘an edim, muhmalroq javob berdi,— dedi usta va yonini kovlabxatni oldi. — Bu xat karimangizga bo‘lsa kerak, endi menga ruxsat, — dedi va fotiha o‘qubo‘rnidan qo‘zg‘aldi.— Men sizga dasturxon yozdirishni ham unutqanman, qo‘zg‘almangiz!— Rahmat, amak, hozircha meni kechirib turasiz, ammo bapirja kattaroq ziyofatniunutmaysiz, — deb kuldi usta Alim. Qutidor uni ko‘chagacha kuzatib chiqdi.Kumushbibi daricha orqasidan hamma gapni eshitib olg‘an va hissiyotini yum-yumyig‘lab o‘tkargan edi.* * *Oftob oyim Kumush bilan boshlashib ichkariga kirar ekan, so‘radi:— Homidning yomonlig‘ini bizga ulashdirib yurgan puchuq xotinning shumligi o‘zboshig‘a yetib, o‘lganlarning bittasi o‘shaning o‘g‘li ekan, bildingmi?— O‘lganidan menga nima foyda, — dedi Kumush.Oftob oyim qizig‘a ajablangan edi.— Foydasini ko‘rib turibsan-ku, axir.— Foydasi Toshkandga ketib qolg‘animi?— Ketib qolg‘an bo‘lsa, tag‘in bir kun kelar.— Kelmaydi, — dedi o‘ksib Kumush, — uning hamma harakati dushmanidan o‘chiniolish uchun ekan.— Kim aytdi sanga?— Xat olib kelganning so‘zidan payqadim.Oftob oyim kuldi:— Ering sani tashlab ketmas, qo‘rqma qizim, — dedi,— saning boshingg‘a tikilgan bubalolarni o‘zining shirin jonidan kechib daf’ qilg‘an Otabek, seni sira ham unutmas, sangayozg‘an xatini otangdan olib o‘qub ko‘r-chi oldin.Kumushbibi yig‘idan qizarg‘an ko‘zini katta ochib so‘radi:— Menga xat yozg‘anmi?— Haligi kishi sanga atab dadangga bir xat berdi-ku, bilmadingmi?— Bilmadim, — dedi. Chunki ul usta Alimning «muhmal javob berdi» so‘zini eshitkach,tamoman o‘zini unutib, berilgan xatni payqamay qolg‘an edi.Ikki yildan beri suratini ko‘z o‘ngidan ketkuza olmag‘an, Otabekning yuzini ko‘ralmay,so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush uchun katta qiymatkamolik edi. Otasining yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilibtashlandi-da, go‘yo Otabek bilan uchrashaturg‘andek yuragi o‘ynamoqqa boshladi. Qutidorkelib tanchaga o‘lturg‘ach, o‘ziga «amonatni topshiring» degan kabi qarab turg‘anKumushka xatni uzatdi:— Sanga xat.Kumushbibi uyalib-netib turmadi va kimdan, deb ham so‘rab o‘lturmadi, darrovtokchada yonib turg‘an sham’ yonig‘a borib xatni ocha boshladi. Sham’ qarshisida qizarg‘anshahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jinggila kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora qoshlari uniallaqanday bir holga qo‘yg‘an edilar. Qoshi ustiga to‘zg‘ib tushkan sochlarini tuzatib xatnio‘qudi:«Oy yuzlik rafiqam, qunduz qoshlik ma’shuqam Kumush xonimga!Shayton ustasi bo‘lg‘an Homidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila mengaqarshi yonib ketkan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. Soxta taloqxatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol endi146

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an yurakimmudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan hasratlarini,faryodlarini ifodasidan adashar edi... Sizga ochib so‘zlay, go‘zal rafiqam: go‘yo manim bumaktubim sizning Komilbek uchun hasratlik yoshlar to‘kkan, o‘tlik ohlar tortqanchog‘ingizda erishar-da unutilg‘an, eskirgan bir yurakning arzini tinglay olmassiz va yonibturg‘an yurak o‘tingiz bilan kuydirarsiz...Ammo xatimni o‘qumasangiz-da va marhumingiz uchun tortqan ohingiz o‘tidakuydirsangiz-da, manim uchun farqsizdir. Nega deysizmi? Chunki siz manim shar’iyrafiqamsiz — yaxshiliq bilan-da va yomonliq bilan-da men buni isbot qilishg‘a hozirman!Uyingiz orqasida qilg‘an adabsizliklarim, xunxo‘rlik-larim uchun meni kechiringiz...Chunki men bu vahshiylikni ishlashda ixtiyorsiz edim: hayotingizning, nomusingizningsaqlanishi buni taqozo etar edi... Albatta men ishonamankim, siz manim bu yaxshilig‘imuchun minnatdorlik qilarsiz. Lekin men bu minnatdorlikka o‘zimni sazovor hisoblayolmayman.Men o‘shal kuni kechasi dushmanlardan birini o‘ldirdim-da, so‘ng darajada zaiflandim,ikkinchi dushmandan yengilishimni va ko‘yingizda jon berishimni aniq bilib rohatlanibketdim... Manim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi vako‘bdan beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman,so‘ng daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidanuyingizga ochilg‘an tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizni bo‘yingizni oldim, xafif tinolg‘andag‘i latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim... Shu vaqt subhonolloh... o‘zimdakutilmagan bir kuch sezgan edim, ikki emas, ikki yuz dushmanga muqobala1 etishkao‘zimda qudrat ko‘rgan edim... Men o‘zimga bag‘ishlang‘an kuch manba’ini juda yaxshionglar edim, mendagi bu o‘zgarish manba’i uy ichida uxlag‘uchi bir malak edi... Sizedingiz!»Kumushbibi xatning bu o‘rniga yetkanda qizarinib, bir oz o‘qushdan to‘xtab oldi vadavom etdi:«Shundan so‘ng ikkinchi dushmanni tuynukdan chiqmayoq ishini bitirdim. Bizningfoji’amizning asl omili bo‘lg‘an Homid esa go‘yo manim qo‘limda mushuk kabi o‘yinbo‘lg‘an, uni kulib turib, o‘ynab turib tilimlagan edim...Esingizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bag‘ishlag‘aningiz? Bukecha ham bu ikkinchi o‘limdan qutqarg‘uchi va ikkinchi martaba menga hayotbag‘ishlag‘uchi yana siz bo‘ldingiz! Shuning uchun minnatdorlik etkuchi siz emas, menbo‘lishg‘a tegishman!Sizdan emas, otangizdan bir o‘pkalashim bor: soxta taloq xatini manim o‘z qo‘limbo‘lib, bo‘lmag‘anini ajrata olmag‘an. Gumonimcha bu soxta xat sizga ham ko‘rsatilmagano‘xshaydir, chunki, ayniqsa, sizning ko‘z o‘ngingizdan bu haqiqat qutila olmas edi... Harholda taqdirning bunchalik o‘yinlari turg‘an bir zamonda biz nima ham qila olur edik? Buto‘g‘rida mendan ham o‘tkan joylari bordirkim, sizning birinchi martaba menga yozg‘anxatingiz ma’nosidan dahshatlik suratda o‘zimni tag‘ofilg‘a solg‘an va xat kelturguchinisurishtirmasdan javob xati berib yuborgan edim. Shuning ila sizni-da, o‘zimni-da Homidqo‘lida o‘yin bo‘lmog‘imizg‘a katta yo‘l ochqan edim.Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimdabirinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikonsupirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, ammoko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?!Zavjingiz Otabek».Kumushbibi xatni o‘qub tugatdi-da, yugirgilagancha uyiga kirib ketdi. Uning buharakatidan qutidor bilan Oftob oyim ajabsinishib bir-birlariga qarashg‘an edilar.Kumushbibi qo‘lida ikkinchi bir maktub ko‘targanicha uydan chiqdi-da, sham’ yonida ikki147

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyxatni bir-birisiga solishtirib ko‘rdi. Bu xat Homidning Otabek tilidan yozg‘an taloqnomasiedi. Bu ikki xat birinchi qarashdayoq ikki kishi tomonidan yozilg‘anliqlarini o‘z og‘izlaridanso‘zlab turar edilar.Kumushbibi ikki xatni qator ushlab otasig‘a ko‘r-satdi:— Bularga qarangiz, ota! Bizni nechog‘liq g‘aflat bosqan ekan, — dedi.Qutidor qizining maqsadig‘a tushunib ikki turli qo‘lni darrav payqab oldi:— Vijdonsiz, iblis, imonsiz, kofir, — deb qo‘ydi.Kumushbibi Otabekning xatini buklab cho‘nchagiga soldi-da, soxta xatni sham’ga tutibyondirar ekan, otasidan so‘radi.— Shu voqi’adan so‘ng kuyavingiz aniq kelganmi edi?— Kelgan edi, qizim.— Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu kelishdan xabardorqilmadingiz?— Men uning kelishini boshqa gapka yo‘yib, sizlarga bildirmagan edim...— Qizimizni taloq qilg‘an bir kishini Toshkand degan joydan eshikingizga kelishi sizgag‘arib1 tuyulmag‘anmi edi? — deb yana so‘radi Kumush.Qutidor uyalish va o‘kinish orasida:— Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, — deb qo‘ydi.Oftob oyim bilan qutidor Homidning iblisona ishlariga «tavba-tavba» deb muqobalaqilsalar ham, ammo Otabekning favqulodda yurakini so‘z orasida «baraka topkur, umringuzoq bo‘lg‘ur» bilan qarshi olar edilar. Kumushbibi esa butunlay boshqa qayg‘uda edi. Eruxotinning so‘zlari Otabekning Toshkandga ketib qolishi to‘g‘risig‘a kelib taqaldi-da, Oftoboyim Kumushdan so‘radi:— Senga kelishidan aytkanmi?Kumushbibi siltalash nazari bilan ularga qaradi va keskin ohangda javob berdi.— Aytmagan!Eru xotin ma’nolik qilib bir-birlariga qarashib olg‘ach, orada uzoqqina sukut boshlandi.Kumush quti-dorg‘a savol nazari bilan bir-ikki qayta qarab ham qo‘ydi.— Kelib qolsa yaxshi, — dedi nihoyat qutidor, — kelmasa, Toshkandga o‘zimiztushamiz-da, — deb xo-tinig‘a qaradi.Bu so‘z Oftob oyimg‘a yoqmag‘anliqdan yuzini chetka burdi. Ammo Kumush otasidanrozi qolib, onasig‘a qaradi.— Qizing har qaysi yerda bo‘lsa ham sog‘ bo‘lsin, — dedi xotinig‘a qutidor. — Erigatopshirib, sen bilan manim tinchkina duo qilib o‘lturganimiz ma’qul o‘x-shaydir.— Endi qizingizning bir kami kundash balosi edimi?— dedi sapchib Oftob oyim. Qutidorxotinig‘a kulib qaradi:— Eri yaxshi bo‘lsa, kundash balosi nima degan gap?— Eri ming yaxshi bo‘lsin, baribir kundash kundashligini qila beradir. Mashoyixlarbilmasdan «kundash» demaganlar.Qutidor qizig‘a qarab kuldi va xotinini yupatdi:— Hamma vaqtga emas, qo‘rqma.— Menga qolsa bir kunni ham ko‘b ko‘raman, kundash bilan kechirilgan kun — kunmi?— Kuyavingning shuncha qilg‘an jonbozlig‘ini unutdingmi?— Nega unutay, — dedi Oftob oyim. — Kelsin. Mana bosh usti, bolam bir emas ikki.Uldurki,1 qizimni kundash ustiga yuborishg‘a tish-tirnog‘im bilan qarshiman.— Besh-olti kunga ham-a?— Necha kunga?— Menga qolsa bitta-ikkita bolaliq bo‘lg‘uncha tursin, deyar edim. Sen bungako‘nmasang, bir-ikki oy turib kelsin, loaqal. Bir yigit qizingni deb ikki yillab sarsonbo‘lg‘anda qizingni ikki oylik kundash azobidan hayf ko‘rish juda uyat, axir!148

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyQutidor «bitta-ikkita bolaliq» so‘zini aytkanda Kumush qizarinib yerga qarag‘an edi.Oftob oyim erining keyingi so‘zi bilan anchagina bo‘shashdi:— Bir oydan ortiqqa men rozi emasman, shunda ham kuyavimning yaxshilig‘i uchun,— dedi.— Ana endi o‘zingga kelding, xotin.— O‘zimga kelsam-kelmasam shartim haligi, shunda ham o‘zim birga borib kelaman.— Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan tanishmog‘ing ham zarur.— Qachon yubormoqchi bo‘lasiz endi? — deb so‘radi Oftob oyim. Qutidor bir oz o‘ylabolg‘ach, Kumushka qarab javob berdi:— Otabek bilan ketma-ket chopishmog‘imiz ham uncha ma’qul ko‘rinmaydir. Undanso‘ng qish kuni arava safari ham qulay ish emas. Shuning uchun oradag‘i uch oy qishnio‘tkazib jo‘narmiz, — dedi. Kumushning uch oy muddatni eshitgach, juda ham hurpayibketkani uchun bo‘lsa kerak, — balki o‘zi ham birar oylarda kelib qolar, — degan so‘zni-daqo‘shib qo‘ydi.Ikkinchi bo‘limning so‘ngg‘iUchinchi bo‘lim1. MUSULMONQUL ISTIBDODIGA XOTIMAMusulmonqulning aholi ustiga bo‘lg‘an jabru zulmi haddan tashqari ketdi. Uningistibdodi o‘zga shahar-larga uncha sezilmasa ham, ammo markaz — Qo‘qon odamlarinijuda to‘ydirdi. Uning o‘z kayficha oyda emas, haftada solib turg‘an soliqlari fuqaroningterisini shilsa, arzimagan sabablar bilan qora chopon beklarini osdirib, kesdirib turishi xosni(xavosni) ham esankiratdi. Otig‘ag‘ina xon bo‘lib o‘lturg‘uchi Xudoyor ham osdirish,kesdirish va yorlaqash o‘z ixtiyorida bo‘lg‘an Musulmonqul maydondan olinmagan fursatdao‘zining qo‘g‘irchoq sifat yuraberishini tushundi. Ko‘bdan beri unga yuragida kek saqlabkelib, ammo ne tariqada najotka chiqishini bilmadi. Chunki ul suyanadirg‘an Qo‘qonbeklarini «mana» deganlari Musulmonqul va kishilari (qipchoqlar) tomonidan osilibkesilganlar, qolg‘anlari tovush chiqarishg‘a majolsiz edilar. Atrof shahar va qishloq beklariham aksar qipchoqlardan, ya’ni Musulmonqulning o‘z odamlaridan, ulardan bir ish kutishyana mumkin emas.Shahar xalqining har bir tabaqasi deyarlik Musul-monqul dakkisini yeb kelgan, magarulamo xalqi undan juda rozi, zeroki Musulmonqulning birinchi istinodgohi1 o‘ziningqipchoqlari bo‘lsa, ikkinchisi ulamolar edi. Ul ulamo orqaliq o‘z zulmini mashru’ bir tuskaqo‘yg‘an, o‘zi uchun zararlik unsurlarni yo‘qotishda shu ulamolardan «ululamirga bog‘iyliq»degan fatvoni olishni unutmag‘an edi. Ulamoning bu yanglig‘ istibdodni «bog‘iyliq» rangibilan bo‘yab berishi mukofoti uchun Qo‘qon va Andijon kabi shaharlarga ma’lummadrasalarni bino qilg‘an va bu madrasalarga xizmati bilan tanilg‘an ulamodan mudarrislarta’yinlag‘an edi. Ammo Musulmonqulg‘a yaqinlasha olmag‘an, ya’ni uning xizmat vamarhamatidan chetda qolg‘an «nimcha»1 ulamolar ham yo‘q emas edilar.Aztahidil Musulmonqulning otalig‘idan qutilishni va mustaqil ravishda hukmron bo‘lishniorzu etkan Xudoyor, nihoyat keyin qayin otasi bilan kurashda o‘ziga birinchi istinodgoh qilibshu keyingi sinf ulamoni oldi. Musulmonqul balosidan qutilg‘andan so‘ng Xudoyorningularga qiladirg‘an in’om va ehsonlari, beradirgan mansablarining naqddek va’dasibarakasida bu keyingi tabaqa — Qo‘qon mullalari harakatka keldilar.Musulmonqul tarafdori ulamolar uning siyosatini shari’atqa qancha mutobiq2 ko‘rsatibkelgan bo‘lsalar, bu keyingilar ham o‘shancha xilofi shar’iy ekanligini isbotka kirishdilar.Boshda bu harakat albatta «yeng ichida» bo‘ldi va bu harakatning boshidaXudoyorning o‘zi turdi. Birinchi galda yashirin ravishda Toshkand, Andijon, Marg‘ilon vao‘zga shaharlarning ishonchlik ulamo va beklariga Musulmonqul istibdodidan qutulishda149

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyko‘mak berish uchun murojaatnomalar yo‘llanildi. Bu murojaatnomalarda Musulmonqulningnomashru’ ishlari, Qo‘qon odamlariga qilg‘an jabru zulmlari sanalgan, keyingi vaqtlardaxonning o‘zi ham bu zulmlar qarshisida chidab tura olmasliq holg‘a kelganligi so‘zlanilg‘an,agarda boshqa shahar ulamo va ashrofidan ko‘mak bo‘lg‘an taqdirda bilfe’lMusulmonqulg‘a qarshi ko‘tarilishka hozir turilg‘anlig‘i aytilgan edi. Ikkinchi galda Qo‘qonsipohlarining qipchoqdan boshqa qismig‘a yashirin ravishda, umuman anovilarg‘a qarshitashviqot yurgizilib boshlang‘an edi.Andijon, Marg‘ilon, Namangan kabi shaharlardan «xon bu ishni maslahat ko‘rsalar, bizyordamga hozirmiz» degan quruq va’dalar kelib, ammo Toshkanddagi Yusufbek hojito‘dasidan amaliy choralarini ham ko‘rsatilib yozilg‘an javob maktubi oling‘an edi.Maktubda aytilar edi:«Siz Xo‘qand ulamoyi kiromlarining Musulmonqul xunxo‘rlig‘idan faryodga kelib vashari’ati mustafoni orag‘a vosita qilib yozg‘an maxfiy xatlarini oldiq. Biz Toshkand ulamo vaashrofidin domla Solihbek oxund, mulla Yusufbek hoji, sarkardalardin Qosim va Niyozqushbegilar, Karimqul va Muhammadrajab qo‘rboshi ham Qambar sharbatdorlar bir orag‘ao‘lturishib voqi’an Musulmonqulning zulm va taaddasi Xo‘qand fuqarosi va ayni zamondabo‘lak shahar va qishloq, kent aholisi ustiga ham bag‘oyat oshib borg‘anlig‘ini muzokara vamukolama1 qilishdiq. Biz faqirlari ham Musulmonqul harakati behudasini shari’atga xilof,yurt va el uchun muzir,2 xaloyiqning osoyish va umr guzaronlig‘i3 vajhiga xalaldir debbildik. Bul ma’niga ul tojdor amiralmo‘’minin muvofaqat4 ko‘rsatsalar ul beparhez5 g‘osibi6taxtu saltanatning haydalmog‘i behroqdir7 va yana Toshkand mardumlari bul to‘g‘ridahaqiqat tomonida sobit qadam bo‘lmoqqa til berishurmiz. Basharti siz kiromlar ul beparhezzolimning mingboshiliq vazifasidin tard8 etishka azdilu jon bel bog‘lag‘an bo‘lsalaringiz, bizfaqirlarning aqli qosirimizg‘a9 bir andisha keladir. Andog‘ki, Toshkand Xo‘qand hukumatidinyuz o‘girgan bo‘lib xudnafsiga10 mustaqillik e’lon qilsin. Bu taqdirda itoatdin boshto‘lg‘ag‘an Toshkand ustiga albatta Musulmonqul zolim qo‘shin tortar. Ushbu qo‘shinorasig‘a siz kiromlar o‘z odamlaringizni ko‘broq kirguzishka ko‘shish qilib va yana janobitojdor ham birga kelsinlar. Qo‘shin Toshkandga yetkan ba’dida bizlar tashqaridin va sizlarichkaridin bo‘lib Musulmonqulni oradin ko‘targaymiz. Bul maslahat faqirlarning aqliqosirlarimizg‘a ko‘b tafakkurlar ba’dida kelib, yana ra’yi savob o‘zlarida bo‘lg‘ay. Ammo bultaqdirda qon to‘kilmasdin muddao husulg‘a11 kelurmu deb o‘ylaymiz. Boz maxfiy qolmag‘aykim,Toshkand begi bo‘lg‘an zot borasida andisha lozim ermas, zero ul odamfuqaroning osoyishi yo‘lida jonbozliq qilg‘uchi kishidir. Bizlar limaslahatan12 nima desak, ulbo‘yin to‘lg‘amas. Inshoolloh, bu andishamiz kiromlarga ma’qul tushkan taqdirda janobitojdorning hamray’larini olmoq va imkoni bo‘lsa ul janobning ismi shariflaridin bizlargapisandnoma yozmoq marjudir.1 Toki bizlar ishonch birlan muddaog‘a shuru’2 qilayliq».Bu xat Xudoyorning qo‘lig‘a tekkandan keyin xatda ko‘rsatilgan tadbirni juda ma’qultopdi va tezlikda o‘z ismidan tashakkur va pisandnoma yo‘lladi. Ijobatni olg‘andan so‘ngyuqorida mazkur Toshkand ashroflari bir majlis qurib o‘lturishka Normuhammad qushbegi(Toshkand hokimi)ni ham chaqirdilar. Majlisda xondan va ulamodan oling‘anmurojaatnomani o‘qub Normuhammad qushbegiga eshitdirdilar. Majliska yig‘il-g‘anlardanYusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar qushbegining pir, deb inobat qilg‘an odamlaribo‘lg‘anlari uchun elning osoyishi va mamlakatning obodlig‘i nomiga bu taklifni, ya’niQo‘qong‘a qarshi isyon etkan bo‘lib turishni ul o‘z bo‘ynig‘a oldi. Bundan onglashiladirkim,Normuhammad qushbegi ham o‘zining valine’mati bo‘lg‘an Musulmonqulning tutkansiyosatini yurt manfaatiga xilof deb bilibdir.Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qo‘qondan bosh toblab o‘z oldig‘a mustaqilhukumat e’lon qilg‘an bo‘ldi va Yusufbek hojilarning o‘ylag‘an tadbirlari ayni kutkannatijalarni bera boshladi. Itoatdan bosh tortqan Toshkandga qarshi Musulmonqulning tepasochi tik turib, adab berish niyatida safar jabdug‘ini tuzdi. Toshkandga qarshi ayniqsa150

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyg‘azablangan bo‘lib ko‘rin-guchi Xudoyor ham bu safarning tadorikini barobar ko‘rishdi vaMusulmonqul bilan birlikda Toshkand ustiga chiqdilar. Yo‘l ustida ham Toshkand bilanyashirincha so‘z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar.Musulmonqul ilg‘ori3 Chirchiq bo‘yiga kelib yetkanda, qushbegi boshluq Toshkandyigitlari ham suvning berigi yuzida yov kutib turg‘an edilar. Tush chog‘ida ikki yov birbirlarig‘aqarshi kelishdilar. Qo‘qonliqlar dam bermayino Toshkand qo‘shuni miltiqlarg‘a o‘tberdi. Musulmonqul kutmagan joyda qo‘shunidan bir durkumi o‘z ustiga hujum boshlab vabir firqasi Toshkand yigitlari tomoniga qochib o‘tdi. Musulmonqulning o‘z yigitlari(qipchoqlar) sarosimalikda qolib, Musulmonqulning mudofaasini-da va qochishni-da bilmayqoldilar. O‘z ustiga chug‘irchiqdek yopirilib kelmakda bo‘lg‘an qo‘qonliq va toshkandliklargaqarshi o‘zida kuch yo‘qlig‘ini bilgan Musulmonqul bir ot va bir qamchi arang qo‘shundanchiqib qochdi va bir qancha yo‘lg‘acha quvlandi. Boshluq orqasidan qochmoqchi bo‘lg‘anqipchoq yigitlariga munodi1 nido qildi:— Qipchoq og‘aynilar! Bizning hamma adovatimiz Musulmonqulg‘a edi! Siz og‘aynilarilgari xon yonida qandog‘ xizmatda bo‘lg‘an bo‘lsalaringiz, endi ham o‘sha vazifadaqolaberasizlar va lekin Musulmonqulg‘a tarafdorlaringiz bo‘lsa, tinchlikcha qo‘shindan chiqibketsin!Qipchoq yigitlari ham bir yerga uyushib, o‘z taraflaridan munodi qo‘ydilar.— Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshlug‘imiz Xudoyorxondir!Shundan so‘ng qipchoq va o‘zbek birga aralashib ketdi, go‘yo hamma adovatMusulmonqul bilan birga ketkandek bo‘lib, ikki xalq bir-biri bilan ko‘rishdi. O‘n minglab xalqyangidan Xudoyorg‘a itoat izhor etib, chin xonlik bilan uni muborakbod qilishdilar.Toshkand xalqi izzat-ikrom ostida xonni va Qo‘qon sipohini shaharga tushurib, o‘rdada uchkun ziyofat berdilar. Ziyofat asno-sida ittifoqning foydalari, tarqoqliqning zararlariso‘zlanildi. Qushbegi va Yusufbek hojilarning taklifi bilan Musulmonqul o‘rniga O‘ttaboyqushbegi (Marg‘ilon hokimi) mingboshi belgulanib, to‘rtinchi kun Xudoyorxon qo‘shuni bilanQo‘qong‘a qaytdi.* * *Qish chiqar oldi. Musulmonqul voqi’asidan yigirma kunlar chamasi keyin edi.Muhammad Rajab qo‘rboshining uyidan ikki-uch qaytalab kishi kelabergandan keyin,Yusufbek hoji ilojsiz qolib borishg‘a majbur bo‘ldi.Yig‘inda Muhammadniyoz qushbegi, Qosim mingboshi, Qambar sharbatdor, Karimqulponsadlardan tortib Toshkandning yetuklik ashrof va a’yonidan o‘n beshlab odam bor edi.Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi. Ziyofat to‘kun edi. Yemak asnosidaNiyoz qushbegi so‘zlab yig‘inning maqsadi bilan ahli majlisni tanishdira bordi:— Og‘alar, inilar! Bilindiki, og‘aynilar bir tan, bir jon bo‘lsalar qipchoq kasofatidanqutilish uncha qiyin tushmas ekan. Mundan bir oy ilgari biz qanday holda edik?Musulmonqulning omonsiz qilichi og‘aynining bo‘g‘zida edi. Xudo hoji akamizning umriniuzun qilib, bola-chaqasining egaligini ko‘rsatsinki, avvalo uning aqllik tadbiri, undan keyinog‘aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan yengilginaqutildik. Ammo bu qutilishni chin qutilish deb bo‘lmaydi. Nega desalaringiz, oq it bo‘lmasa,qora it tovoq-qoshiqqa tegmakda. Hali biz sahroyi qipchoq elidan uzil-kesil qutilg‘animizyo‘q. Anovi Musulmonqul bo‘lmasa, boshqa Alimqulning1 bosh ko‘tarishi aniq, — dediqushbegi va dasturxondan cho‘qinib davom etdi. — Normuhammadning ra’yini deb,hamma ixtiyor o‘z qo‘limizda bo‘lgani holda, O‘tabboyni mingboshi belgulab yuborduq... Buham o‘zimizning eng katta xatolarimizdin. Men o‘sha kundan beri o‘z-o‘zimdan bo‘g‘ilibyuriyman: Musulmonqulning iti bo‘lmasa, o‘zimizdan mingboshi bo‘larliq odam quribqoluvdimi, deyman. Yo‘q, og‘alar, temirni qizig‘ida suqib qolish kerak! Qachong‘acha biz bu151

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysahroyi itlar bilan sanu manga borishib yuramiz? Yaxshisi shulki, bu bosh og‘rig‘larni birvarakay oradan ko‘tarib tinchishaylik. Biz shu yerdagi og‘aynilar bilan kengashib bir gapkato‘xtab qo‘ydiq. Ammo bu maslahatning hoji akamizga ham ma’qul tushmog‘ida shubhaqilmaymiz. Bu o‘yimizga xon ham bir narsa demasa kerak. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, O‘shva boshqa yerlarning og‘aynilari ham bu gapdan bosh to‘lg‘amaslar. Nega desangiz,qipchoq degan iflos barchani ham jonidan to‘ydirdi, — dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa birotimini tilining tegiga tashladi.Yusufbek hoji haligi gap so‘zlang‘anda qo‘lidag‘i piyolasini chayqatib og‘ir bir holatkechirgan va chuqur bir sukutka ketkan edi. Boshqalar bo‘lsa Niyoz qushbegining so‘zidankeyin bir ko‘zdan deyarlik hojining yuziga tikilgan edilar. Hoji miq etmay o‘ltura bergach,Qambar sharbatdor o‘zining xipcha tovshi bilan qushbegining gapini kuchlab tushdi:— So‘zingiz juda to‘g‘ri, qushbegi, — dedi, — siz aytkandek, bizga ikki yo‘l bor:qipchoqni qirib yo‘yish va yoki butunlay qipchoq qo‘lida qolib ketish.Yusufbek hoji ko‘tarilib Qambar sharbatdorga qaradi va majlisni yer ostidan kuzatibchiqib, yana jim qoldi.Karimqulponsad hojini turtmak maqsadida:— Kengashlik ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o‘ylashib javob bersinlar-chi, axir,— deb qo‘ydi.— Bilmadim... — dedi nihoyat hoji, — sizlarning muddaonglarga tushunmadimmi yokitushunsam ham o‘zimga yotishib kelmadimi, hayronman.Niyoz qushbegi boshini qashib oldi:— Nimasiga hayronsiz, hoji!— Maqsadlaringiz Qambarbekning aytkanidek qipchoqni kesishmi?Qushbegi ikkilanmay javob berdi:— Kesish!— Sizlarni, — deb istehzolanib kuldi hoji, — bu ishka nima va kim majbur qiladur?Qushbegi yoronlarig‘a qarab oldi:— Savolingiz qiziq, — dedi, — sababi bizlardan ham ko‘ra sizga ma’lum bo‘lsa kerakku.— Durust aytasiz, — dedi hoji boshidagi sallasini olib, — Musulmonqulni haydamoqqamajbur bo‘lg‘an edik — haydadiq. Barcha yomonliq o‘shaning boshi bilan birga ketkandekqipchoq og‘aynilar ila totuklashdik, qipchoqlarning eski adovatlari bitdi... Bas, bizga tag‘innima kerak?Hojining bu gapi majlisni bir-birisiga alanglatib qo‘ydi. Ammo qushbegi sirni boybermas uchun tirishkandek qilib kuldi:— Musulmonqul endi tinch yotar, deb o‘ylaysizmi?— Albatta, o‘ylamayman, lekin Musulmonqulni tinchimaydir deb ho‘lu quruq qipchoqqatig‘ tortish hech bir aqlg‘a sig‘adirg‘an gap emas. O‘zingiz qushbegi ayting-chi, biz bukungacha yomonliqni kimdan ko‘rdik? Qipchoq otlig‘ xalqdanmi yoki uning sanog‘liqbo‘lg‘an bir necha kishilaridanmi?— Nafsilamrni aytkanda, biz qipchoq deganning har birisidan ham dakki yeb kelamiz.— So‘ngizda yanglishliq bor, qushbegi! Agar siz naf-silamrga qarasangiz ikki xalqni birbirisigasovuq ko‘rsatib, adovat tuxumini sochib kelguchi bir nechagina odam bor... Mengaqolsa mamlakatni tinchitish uchun shular to‘g‘risida o‘ylash kerak. Nainki, to‘rttamuttahamni deb butun bir xalqqa hujum qilish!— Siz aytkandek, yomon to‘rttagina emas, hoji! Sahrodan kelgan har bir qipchoqbizning yelkamizga minmakchi. Bizning tovog‘imizga tumshug‘ini tiqmoq-chi— bungaqolganda ishni bir oz yengil o‘ylab turibsiz, hoji aka!Qosim mingboshi:152

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Hoji akamning hamma gaplari faqat rahmdillikdan aytiladir, — dedi, — ammoo‘ylash kerakki, qipchoq bu kungacha ozg‘ina og‘aynining qonini to‘kdimi? Anovi kunMarajabbek bilan hisoblashib ko‘rsak, Qo‘qonning o‘zidan ikki yilning ichida yetmish sakkizbek o‘ldirilibdir. Hali bu hisobka fuqarodan o‘ldirilgan bechoralar kirmaydir.— Men bu haqiqatlardan tonib turg‘anim yo‘q, mingboshi. Ammo biz senga sen, debjavob bermasak, bizniki aql va insof doirasidan chiqmasa deyman...Oradan birav hojining so‘zini bo‘ldi:— Aql, insof bilan ish qila-qila endi juda to‘ydik.Hoji sukut qildi, o‘zining shunchalik gaplarini havog‘a ketib turg‘anini, majlisning Niyozqushbegi ruhida borganlig‘ini yaxshi sezdi. Mundan boshqa Niyoz qushbegining bunday birfikrga kelishi uchun uni nima majbur qilg‘an — buni ham ochiq ongladi. Niyozqushbegining barcha kinasi O‘tabboyning mingboshi belgulangan kunidan boshlang‘anini,«men turg‘an yerda, qipchoq mingboshi bo‘lsinmi!» degan kek orasida bu fikr faqat uningtomonidan maydonga chiqarilg‘anlig‘i Yusufbek hojining mulohazasidan o‘tdi. Majlisningboshqa a’zolarig‘a bo‘lsa, ish yo‘g‘idan yumish chiqarishqa talabgor bekorchilar, deb qaradi.Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini olding‘a surg‘uchi bu cho‘talchi beklargaqarshi hojining sovuqqonliq saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emasdi.— Beklar, — dedi, — manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turibaytiladir. Men hech bir vaqt inkor qilaolmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish qilg‘uchipalid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki anovilardao‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor. O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan qipchoqbachcha Normuhammadning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z umrimdagiToshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham inkor qilaolmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish ko‘rguchiboshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qora choponlilarda bo‘lmay, balki uninguch-to‘rt ma’nisiz beklarida!.. Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodnikutib, darbozamiz tegida1 qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mashhar kabi bir kunda biz chinyovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiznima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishito‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti:— Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizgaikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Sizdunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovnihar zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artibo‘rnidan turdi. — Agarda dunyodan o‘tayozg‘an bir keksangizning maslahatiga quloqbersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni o‘ldig‘a chiqarib, bu shumishingizdan meni tashqarida hisoblangiz! — dedi va majlisning o‘lturing, to‘xtang so‘zigaquloq solmay, o‘lturishni tashlab chiqdi.Hoji darbozadan chiqmag‘an ham edi, Niyoz qushbegi xaxolab kulib yubordi:— Voy vahmang qurg‘ir, hoji! Bu kun ko‘knori ichkan ekan, shekillik! — dedi.Boshliqdan kulgiga ruxsat berilgach, boshqalar ham kulishib, orada ola-g‘ovirboshlandi.— Yo‘q, — dedi Qambar sharbatdor, — hoji akaning yoshi qaytib, ko‘ngli juda hambo‘shashib ketibdir!— Voy xo‘vari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovniko‘radir!— Xudda-xudda!Muhammad Rajab qo‘rboshi boshini chayqab Niyoz qushbegiga qaradi:153

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Men sizga aytib edim-a, qushbegi, — dedi, — hojini har narsaga ko‘ndirsangiz hambu gapka ko‘ndi-rolmassiz, deb.— Men uni kela bermay ovora qilg‘anidan ham payqag‘an edim.— Kecha bir oz xomsigan1 edi, — dedi Karimqul ponsad.— Ish buzildi-da, — deb qo‘ydi Muhammad Rajab qo‘rboshi.— Nega buziladir? — deb so‘radi qushbegi.— Sirrimiz ochildi, albatta hoji tinch yotmaydir.— Sirrimiz hali ochilg‘an emas, — dedi ishonch bilan qushbegi, — agar biz shuo‘lturgan og‘aynilar boyag‘i gapda sobit qolsaq, sirrimizni yana yashirib ketish mumkin.— Masalan? — deb so‘radi Qambar sharbatdor.— O‘sha so‘zimiz — so‘z, ittifoqimiz — ittifoqmi?Majlis tasdiq ishorasini berib:— Albatta-albatta! — deyishdi.— So‘z bitta bo‘ladirgan bo‘lsa, — dedi qushbegi, — hojining ishi juda oson, biz hozirso‘zni bir joyga yetkuzamiz-da, birimiz hojining oldig‘a borib, masla-hatingizni muvofiqko‘rdik, biz yanglishqan ekanmiz, deymiz. Albatta, hoji ishonadir-da, hech kimga so‘zlamayqo‘yadir. Biz bo‘lsak, yeng ichida hozirlik ko‘ra beramiz, ana xolos.— Ma’qul gap, to‘g‘ri maslahat!— Ma’qullikka ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo gap bu yerdaki, biz aniq ishka belbog‘laymizmi?— Bog‘laymiz, bog‘laymiz!— Barakalla, — dedi qushbegi, — ma’lum bo‘la-dirki, hammamiz ham yakdil ekanmiz,endi boshqa gapka o‘tsaq ham bo‘ladir.— Xonni ko‘ndirib bo‘larmikin? — deb so‘radi Qosim mingboshi.Qushbegi kuldi:— Xon ko‘ngan hisob, — dedi.Bu gap majliska uncha onglashilmadi shekillik, ajablanib bir-birlariga qarashdilar.— Izoh, qushbegi, izoh!Qushbegi izoh berdi:— Men xonni Toshkanddan jo‘natish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni birdaraja arz qilib o‘tkan edim, — dedi, — bu fikrim xonga juda ma’qul tushkan bo‘lsa kerak,so‘zimni e’tibor bilan tinglab turdi va javobida: «Yaxshi. O‘ylashib, tadbirlari bilan mengafikringizni yozing, men ham o‘ylab ko‘rarman», dedi. Menga qolsa bu to‘g‘rida bizdan xabarkutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat ishning o‘naqayini topib xondantasdiq etdirishgina qolgan.— Xon tayyor ekan bo‘lmasa, — dedi kulimsirab Qambar sharbatdor.— Tayyor ekan, tayyor ekan!Shundan keyin ishning o‘naqayi to‘g‘risida muzokara va mubohasa boshlandi. Har kimbir turlik fikr bayon qilib, uzoq bosh og‘ritdilar va natijada xonga quyidagi noma yozildi:«Tojdori musulmonon, xoqon ibni xoqon shahan-shohi navjuvon, toji sari xushbaxtonhuzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat1 adosidan so‘ngra biz faqirul-haqir sadoqatpeshaibenazir qullaridin arzi bandalik shuldurkim, navkarlari doimulavqot2 ul janobga qipchoqxaloyiqi beparxezidin birar osibi3 yetarmu deb harosidadirmiz.4 Va yana ul haromzodasahroyilarning ro‘yi zamindin5 taroshlamay6 turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari7ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar ostida bo‘lg‘andek taxmin qilinadir. Shul mulohaza vaandishalar ba’dida biz Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, durudaroz8tafakkur va tahayyurlar so‘ngg‘ida azbaroyi ul shahanshohning ko‘b zamonlarboshimiz soyabon bo‘lmoqlari umidida bar taqdir ul tojdorning xotiri otir daryomuqotirlariga1 pisand tushib ijobat og‘oz qilsalar, bir ma’nini xo‘b va sadoqat maqosidig‘amahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni solidin bolig‘ va yetmish154

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyoshidin quyi har bir erkak zotini bilotarahhum qatli om qullaricha sazovordir va illo ulmurtaddin badtar jobir va bexiradlardin11 janobi tojdorg‘a xarro‘z balki har soat xavfbordir. Ammo bul taqrirni o‘shal muayyan qatli om soati yetmag‘uncha har bir bexirat vabog‘iy bo‘lmog‘i yaqin majhul odamlardin po‘shida tutilmog‘i marjudir. Va lekin ul tojdor birsoati sa’idi muzaffarni muayyan aylab qalamravlaridagi barcha shahar va ko‘ylar, qishloqva kentlarning sadoqati zohir va qalbi tohir qullarig‘a maxfiy nomalar ko‘ndirib,sakbachchalarning qatli omig‘a amri oliylarini darig‘ tutmag‘aylar. Ammo Xo‘qandi firdavsmonandning o‘zida ul shaqovatpeshalar18 behad va behisob nufuska molik bo‘lg‘anlarivajhidin biz Toshkand navkarlarining i’onati19 beshakku shubha vojibdur. Siz shahanshohi,o‘shal soati muzaffarni ta’yin aylab, biz qullarig‘a xabar yuborsalar, bunda lozim bo‘lg‘anodamimizni qoldirib va yana har qayusimizg‘a tegishlik bir yuz, ikki yuz va besh yuzyigitimizni olib, xaloyiq ko‘zida go‘yo janobi tojdorning Musulmonqul falokatidin ozodliqg‘achiqib mustaqil sohibi toj bo‘lg‘anlarini muborakbod qilmoq uchun yurgan bo‘lib,i’onatlariga yetarmiz va darbozadin kirishimiz on faj’atan ul galai saklarga hujum boshlab,qatli omga qilich tortarmiz. Va yana maxfiy qolmag‘aykim, Toshkandning alhol beklikmansabida o‘lturg‘uchi qipchoq Normuhammad borasida qandog‘ farmon ber-g‘aylar, bulma’nida ham ishoratini darig‘ tutmasalar qullarini andishadan ozod qilg‘an bo‘lg‘aylar.Ushbu boloda1 mazkur mahzi samarayi sadoqat aqli qosirlarimiz xusuli natijasini bizqullarig‘a ushbu nomani qosidi qo‘lidin savob va xato, rad va ijobat, pisand va nopisandjavobini irso qilsalar va yana o‘z fikri bosavoblarini izofa qilib, qusur va xatolarimizni tanbehetsalar, biz navkari bejavhar6 va bosadoqati befarosatlarni dunyo-dunyo shodu xurramqilib, ul soyaboni marhamat va mehriboni boshafqatning xizmatlariga kamari xizmatni berkbog‘latqan bo‘lur edilar, huval-lohul-musta’in.Sadoqatingiz majlisiga jam’ bo‘lg‘uchi navkarlaringiz (imzolar)”.Bu noma ertasi kun xonga yuboriladirg‘an bo‘lib, bunga maxsus kishi belgulandi.Majlisning qo‘rqunchi Yusufbek hojidan bo‘lg‘an uchun unga soxta qarorni eshitdirmakto‘g‘risig‘a Muhammad Niyoz qushbegining o‘zi bevosita majlisdan chiqib ketdi. Shuning ilabu majlis tarqaldi.2. QORONG‘I KUNLAROtabek Marg‘ilondan qaytib kelgandan keyin o‘n kunlar o‘tkazib usta Alimdan bir xatolg‘an edi. Usta Alim xatida qutidorg‘a uchrashqanini hamma mayda-chuydalarigacha yozibkelib aytar edi: «Siz xiyonatni payqag‘uncha qayin otangizg‘a qandog‘ kina saqlab kelganbo‘lsangiz, ul ham sizga o‘shandog‘ kinalik ekan. Meni va oilamni tahqir etdi deb, buhaqoratni umr bo‘yi unuta olmasligini tushunib, o‘t ichida yurar ekan. Mendan haqiqatiholni onglab juda shoshib qoldi, hatto hushi boshidan uchdi. Ichkaridan aniq ma’lumotbera olmasam ham, ammo ularning ham qayin otangiz holig‘a tushkanlarini mulohazaqildim. Qayin otangiz sizning o‘tkan holingizning og‘irligini tasavvur qilolmag‘anidek,dushmanlaringizga bergan javobingizni taqdir etish uchun ham so‘z topolmas edi. Harholda orangizdag‘i kinaning dushmaningiz bilan birga supirilg‘aniga shubha yo‘q”.Maktubning yana bir o‘rnida: «Sizning qayerda bo‘lg‘anlig‘ingizni so‘rag‘an edi, menbilganimni aytdim. Kelarmikin degan edi, bunga ham o‘zingizning o‘shal muhmaljavobingizni berdim. Fikrimcha, qishda bo‘lmag‘anda ham, ko‘klamga chiqib o‘zlariToshkand tusharlar, deb o‘ylayman”.Xatning oxirida: «Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi. Haytovur bir og‘iz so‘zsiz to‘ng‘izqo‘pibdi. Men o‘lar chog‘ida ham sizga bir tuhmat to‘qirmi, deb qo‘rqqan edim. Qutidorg‘ahech bir jarima ortmabdirlar. Maqtul-larning egalari hech kimni tutib ko‘rsatolmag‘anlariuchun mahkamalar ham ishni tekshirmay qo‘ydilar. O‘ylashimcha, hech kim bilmagandaham, sirni o‘lgan Sodiqning onasi bilsa kerak edi. Ammo uning ham dami ichida,155

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyso‘rag‘anlarg‘a xudodan ko‘rdim, deb javob berar emish. Bul xotinning qo‘lidan har bir ishkeladir deb o‘ylab, o‘tkan kun qayin otangizg‘a aytdim: begona xotinni uyingizgayo‘latmasinlar va chetdan kelgan taomni yemasinlar deb. Har holda yomondan xazarlozimdir”, deb yozar edi.Bu xatdan keyin Marg‘ilondan tiq etkan xabar bo‘lmadi va oradan ikki oylab fursat o‘tibketdi. Shuning uchun Otabekning kunlari quyosh botib chiqg‘an sayin bironglashilmovchiliqg‘a, qorong‘uliqg‘a kira borib, har soat achchig‘ va yo chuchuklig‘inoma’lum bir hol kechirib boshladi. Ba’zi kezlarda ul umid quchog‘ida shoshib qolar edi vaikkinchi vaqtda yaramas — qora xayollar bilan entikar edi.Umidlangan kezlarda:— Oy tuynukdan tubanroqda, bu kun bo‘lmasa erta— chimmati qo‘lida, paranjisiustida, sarig‘mi, qorami atlas ko‘ynagi egnida darbozadan kirib kelgandek vao‘pkalangandek...Ikkinchi bir vaqtda kimningdir quyidagi gapini eshitar edi:— Ul o‘zining dushmanlarini o‘ldirish uchungina Marg‘ilong‘a qatnab yurg‘an ekan,hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi, qoldi. Tuzukroq joyi chiqsa berib qolayliq Kumushni...umri ham o‘tib boradir.Ana shu qora xayol uni chindan yonib turg‘an bir o‘t ichiga tashlar va shu choq o‘zinimuvoxazaga1 boshlar edi: «Men nega ikki yil sarson bo‘lib yurdim-da, bu sarsonlig‘ningnatijasiga borib chiqg‘anda shunday ahmoq-liqqa tushdim?” der va Marg‘ilon yo‘lini ko‘zlaredi. Ammo endi unga Marg‘ilon borish o‘naqayi sira kelmas: «Men nega keldim-da, endinega boraman va nima deb boraman? Qizingizni Toshkand olib tusharsiz deb ketkanedim... Siz olib tusha bermaganigizdan keyin o‘zim qaytib keldim deyaymi?” Otabek manashunday chuchmal azoblar ichida keyingi kunlarini kechira boshladi.Oy to‘lmasdan Marg‘ilon qatnab turg‘uchi o‘g‘lini endi uch oylab qo‘zg‘almay qolishiuchun O‘zbek oyim eskicha yana quvonib ketdi. «Keyingi qildirg‘an issig‘-sovug‘im kor qildishekillik, birato‘lasig‘a Marg‘ilonni tiliga olmayoq qo‘ydi. Endi xotinig‘a isib, mehmonxonadayotishni ham barham bersa... har nuchukda duodan qolmayliq”, deb Zaynabni domlanikigaqistar edi.Otabek keyingi vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qo‘yg‘ani uchun Hasanali ishsizqolg‘an, uzun kun uyda bekor zerikkanlikdan hojiga aytib bir muncha dastmoya bilanguzardan baqqolliq do‘kon ochgan edi. Otabek ko‘pincha mehmonxonasidagikutubxonadan uni-buni o‘qub o‘lturar, o‘qushdan zerikkan kezlarida Hasan-aliningdo‘koniga chiqar va guzardan ham zerikkandan keyin boshi og‘qan yoqlarg‘a, Salorbo‘ylarig‘acha ketar va gohi Chuqur qishloq tomonlarig‘a ham tushar edi. Ammo tushkanibilan burung‘icha ichmas, ikki-uch, ortib ketkanda to‘rt oyoq2 ila kifoyalanar, ko‘z o‘nglarioz-oz jimirlashkan, turlik xayollari bir muncha tarqalg‘an holda qaytar va lekin Hasanaliham uning bu kayfini juda siyrak seza olur edi.O‘tkan kun Chuqur qishloqqa tushkan edi. Asr vaqtlarida qaytib guzarga keldi-da,xayolat bilan Hasanali do‘koniga o‘lturdi. Otliq, yayov o‘tkinchilar to‘rt tomong‘a qatnabturardilar, uning bu kungi kayfi o‘tacharoq ketkan bo‘lsa kerak, ularni g‘ira-shira ko‘zgailgandek qaraydir.Hasanali bir-ikki uni kuzatkandan keyin so‘radi:— Marg‘ilong‘a nega ketmay yuribsiz?Bu savoldan uning kayfi tarqalg‘andek bo‘lib, ko‘zlari moshdek ochildi.— Havsala yo‘q...— Qayin otangiz ko‘nsa, ko‘chingizni olib kelsangiz ham ma’qul edi qatnabyurg‘andan...— Qaydam...156

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyIlgari shunday savol chog‘larida o‘zining yolg‘on javoblaridan juda xafalanar,Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-birin aytib bergusi va «manim uylanishimga sen sababbo‘lg‘an eding, endi uni mendan ajratdilar”, deb undan o‘z dardiga davo istagusi kelar edi.Hozir o‘zidan xafalik, o‘ng‘aysizliq sezmagan bo‘lsa ham boshig‘a «o‘zim borolmasam-da,Hasanalini yuborishim va kezini topib o‘tkan gaplarni otag‘a hikoya qilishim kerak edi”,degan fikr keldi. Bora-bora bu fikr uning boshig‘a jiddiy o‘rinlashib oldi, shu to‘g‘ridachinlab o‘ylab ketib kayfi ham tarqalayozdi. Do‘konni yopib, Hasanali bilan birga ketdi —yo‘lda, mehmonxonada birga o‘lturib osh yedi, dasturxon ustida uning o‘ylag‘ani faqat shubo‘lib qoldi. Biroq bu fikr qaror tusiga kirib keta olmadi, daqiqa sayin tarqalib borg‘ankayfidek turlik mone’larg‘a uchray boshladi:— Hali Marg‘ilonda ishlar qalayikin? Ular yana aynab qolmag‘anmikinlar? Marg‘ilondanbir narsa pay-qamay turib, kishini ovora qilishg‘a arzirmikin?..Bu kun quyosh ochiq havoda kezishi uchun jim-jim tovlanib, yer yuziga kulib qaradi.Ikki kundan beri quyosh betini qoplab, turlik yerlarga jon suvi sepish ila charchag‘an bahorbulutlari burchak-burchakka tarqalib borar edilar. Uyalaridan chiqish bilanoq chumchuqlarchirqillashib, musichalar kukulashdilar. Anovi ar-ar terakka uya qo‘yishg‘a o‘ylag‘an bir juftkarruklar ham vijir-vijir qilishib kengash ochdilar. Podachining tovshini eshitib, dalagaoshiqg‘an onasig‘a ergashib qashqa buzoq ham mag‘rab yubordi. Modasiga tegishkaniuchun tomdagi kaptar ham bo‘qog‘ini chiqarib raqibining tevaragida yag‘rin beraboshladi... Qisqasi bu kun uyg‘onishdanoq butun koinotning yaxshi tush ko‘rib turg‘anlig‘isezilar edi.Bahorning bu kungi sihirlik kuni Otabekni ham qitiqladi. Choyini naridan-beri tugatib,Hasanali ketidan guzarga chiqdi. Ul guzarga chiqg‘anda Hasanalining qo‘shnisi bo‘lg‘an Alierinibkina do‘kon taxtasini tushirmakda edi. Otabekni ko‘rish bilan do‘kon ochishnito‘xtatdi:— Bu kun bo‘shmisiz, bek aka?— Bo‘shman.— Bo‘sh bo‘lsangiz, Ming o‘rukka1 — qimizga borar edik, — dedi Ali. — To‘la qozoqbiyalarini yayloqqa solibdir.— Do‘koningiz-chi?Ali tushirgan taxtasini qaytadan joyig‘a qo‘yaberdi:— Dunyoning ishi bitar emishmi, bek aka. Xo‘b desangiz, do‘konni yopaman.Otabek yarqirab chiqib kelgan quyoshg‘a qaradi:— Yoping bo‘lmasa, — dedi.Otabek Hasanalining do‘koni vositasida Ali bilan yaqinda tanishqan edi. Ul ichi kirsiz,serkulki, ochiq-qina bir yigit bo‘lub, bek bilan go‘yo ko‘b yillardan beri bo‘lg‘an tanishlarchamuomala qilar edi.Bekga bu tasodif juda qulay keldi. Chunki uydan chiqishdanoq uning qasdi bu kunnidalada o‘tkizmak edi. Et oldilar-da, yayovlashib Ming o‘rukka ketdilar.«Ming o‘ruk» mavzi’i otidan ham ma’lum, bunda ming chog‘liq o‘ruk daraxti o‘sqanuchun bo‘lib, Shiblining suvidan boshlab to Salor arig‘ig‘acha qator-qator o‘ruklar edi.Salorning narigi yog‘i biydek qir, endigina ko‘m-ko‘k o‘t gilami unib chiqg‘an edi. Mingo‘rukning etagi bo‘lg‘an Salor bo‘yicha uch-to‘rtta qozoq o‘tovlari tikilgan edilar. Ikkisi Salorbo‘yig‘a yetib, To‘la qozoqning kelinchagiga etni sho‘rva qilish uchun berdilar.Ali o‘tovdan kiygiz olib, Salor bo‘yiga yozdi. Kelinchak yostiq, ko‘rpacha tashlab berdi,Otabek hordiq chiqarib yaslandi.Quyosh ozorsizg‘ina qizdirar edi. Yengilgina eskan shamol dimog‘qa turlik o‘lan islarinikelturib urar edi. Bir necha qaldirg‘och Salorning oqishi bo‘ylab uchar va uchkan ko‘yi«valfajri» o‘qur edilar2. Poyonsiz qirning yuqori-quyi o‘rinlari yakrang ko‘kat va ko‘z157

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyilg‘amaydirg‘an uzoqliqlari tumanlangansumon ko‘rinish berar edilar. Qushlar, qurtlarsayrashi tabiiy bir soz xizmatini o‘tab kishiga ifodasi qiyin bo‘lg‘an bir sezgi solar edilar.Otabek tabi’atning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib, bir oz yotqandankeyin «ul ham bo‘lsa edi”, deb o‘yladi va uzoq tin olib qo‘ydi.Bu kunning ko‘rkamligidan olg‘an taassurotini Ali ichiga sig‘dirolmadi:— Zap yaxshi kunmi! — dedi.Otabek ham shu go‘zallikni o‘ziga tatitmay turg‘an dardidan shikoyatlandi:— Shunday kunlarda kam-ko‘sting bo‘lmasa...— Sizning ham kam-ko‘stingiz bormi? — deb Ali kulimsiradi.— Yo‘q, deb o‘ylaysizmi?— Hammada bo‘lg‘anda ham, sizda yo‘q deb bilaman.— Masalan?— Masalanmi, — dedi kulib Ali, — sizning bilan otangizning obro‘si qushbegida hamyo‘q, davlat to‘g‘ri-sida bo‘lsa, ochiqarlik yerda emassiz... Ikkita to‘tidek xotiningiz bekakam uchun sochini tarab o‘lturadir... tag‘in qanaqa kamu ko‘st?Kishining baxtini yuzakigina ko‘rib hukm qilg‘uchi Ali unga qiziq ko‘rindi va kulib:— To‘g‘ri aytdingiz! — dedi.— Shukur qilish kerak, bek aka, — dedi Ali va o‘zining baxtsizligidan, topqaniniro‘zg‘ordan ortdirolmay, shu kungacha uylanalmay kelishidan hasrat qilib ketdi. Otabekuning hasratini diqqat bilan eshitdi, hayotning zarbasi har kimning o‘z darajasiga qarab valekin istisnosiz1 bo‘lg‘anlig‘ini tushundi.— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali, — deb uni yupatib qo‘ydi. Ikkisi ham birnecha vaqt jim qoldilar.— Marg‘ilonliq xotiningizdan bolangiz bordir?— Yo‘q...— Bo‘lsa ham turmadimi, uylanganingizga ancha yil bo‘lg‘an shekillik?— Turmadi.Ali Otabekning kami ko‘stini shu bolasizliqdan deb o‘ylag‘an edi:— Bolasizliq uchun xafa bo‘lish kerak emas, hali yoshsiz, bek aka!Otabek javob bermadi. Korsonda1 qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni2 ichkandan keyin,yamlanib ko‘kka qarab yotib oldi. Ali bor tovshini qo‘yib ashula qildi:Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor...— Qo‘shilishmaysizmi, bek aka?— O‘zingiz yaxshi aytasiz, to‘xtamang!Ali borliq ovozi ila hamma hunarini ishlatib, g‘azal tugalguncha ashulani aytib bordi.— Tuzikmi, bek aka?— Yaxshi ashulachi ekansiz!— Undog‘ bo‘lsa ustidan buni ichib yuboring, — dedi kulib, bir zarang qimiz uzatdi. Bekqimizni bir simirishda bo‘shatdi-da, entikib uzoq qirg‘a qaradi, uzoq qarab turdi-da,yuqoridag‘i baytni o‘qub og‘iz ichidan ming‘illadi.Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,Qay qaroqchi to‘sdi yorimning yo‘lin...— Qo‘qong‘a ketkan sipohlardan darak eshitdingizmi, bek aka?Otabekning xayoli bo‘linib, Aliga qaradi:— Eshitmadim.— Manim akam ham ketkan edi... Oy borib, omon kelishsunlar-da!— Akangiz yigitmidi?158

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yo‘q, mergan edi. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlarig‘a qiziqib, borma degangako‘nmadi. Urush ehtimoli yo‘q-mi, shunchaki fotiha uchun ketishkandirlar-a?— Kim bilsin, — dedi bek va bir oz o‘ylab qolg‘an-dan keyin, — bo‘lmas, — deb qo‘ydi.Korsondagi qimiz tugab, sho‘rva ham ichildi. Dasturxonni yig‘quvchi kelinchakka o‘g‘ultilab duo qiling‘andan keyin, qo‘lig‘a o‘ttuz chaqa surma puli berdilar va qirni aylanish,binafsha terish uchun turib ketdilar.3. QIPCHOQQA QIRG‘INKechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadano‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu holgatushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar edi.Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘radi:— Bular qanday gunohkorlar ekan?Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi:— Taqsir, qipchoqlar.— Gunohlari nima ekan?Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi:— O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q...— Gunohlari nima, axir?— Axir qipchoqlar-da, to‘ram.Otabek diqqatlandi:— Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman!Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi:— Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi.— Yo‘q!— Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku.Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, —manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi —rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek dahshatlanibyonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab turar edi.— Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi.— Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan hambor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni tozayamg‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, ishqilib,shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, to‘ram!Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttizqadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda...Endi Ali so‘ramay chidamadi:— Nauzanbilloh1, bu nima degan gap, bek aka?!— So‘ramang!— Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin?— Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta?— Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim...— Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘ano‘xshaydir!— Shu ham gapmi, xudoyo tavba!Adim sayin bir o‘lukka uchrar edilar. Ali sanab kelar edi, guzarga yetkanda sanoqyetmishdan ortdi. Hali bu birgina to‘g‘ri ko‘chaning hisobi bo‘lib, keng Tosh-kandning o‘zga159

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyko‘chalarini ham hisobga olg‘anda faji’ bir adad tashkil etishi ma’lum. Guzarning ichigakirganda qator chizilg‘an qirq chog‘liq o‘luklarni ko‘rdilar...Kun asrdan og‘ib shomga yaqin, shuning uchun guzardagi do‘konlardan ochug‘i uchto‘rtta,jumladan, Hasanali ham yarim ochiq do‘konni oldida o‘lturar edi.— Sog‘ keldingizmi, bek! Biz bu yerda yuz xil vasvasaga tushib tashvish tortdiq, —dedi Hasanali.Otabek boshqa xayolda edi. Hasanalining so‘zini go‘yo eshitmagandek so‘radi:— Bu kun dadam qayerda edi?— Sizdan keyin o‘rdaga ketkan edilar. Bir soatdan keyin shoshqannamo qaytibkeldilar-da, sizni so‘radilar, shundan so‘ng qayoqqa ketkanlarini bilolmadim.— Qachondan boshlab qipchoqni so‘ydilar?— Otangizni kelishi bilanoq, — dedi Hasanali va entikib foji’ani hikoya qildi. — Ey...bek, rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xudda qiyomat bo‘ldi! Bechoralar nima gunohqildilarkin? Uyida halol kasbini qilib o‘turg‘anlarg‘acha tutib so‘ydilar... Ey bechoralar,qanday gunohlari bor ekan?! Yigitlar tutib kelturib turadilar, jallod bosh kesib boradir. Bunogahoniy qazodan eslari chiqib ketkan bechoralar yig‘lashadilar... Ayniqsa bir bo‘yoqchi...xudda xum yonidan tutib kelganlar — qo‘li bo‘yoq... Ey xudo, men nima gunoh qildim, debyig‘laydir... Chidab bo‘lmadi, do‘konini yopib qochdim, ko‘plar ham qochdilar... tag‘in bir...— Bas, — dedi Otabek. Hasanali hikoyadan to‘xtadi, chunki bekning yuragi ezilib oqishdarajasiga yetib, Ali Ota bilan xayrlashmasdanoq qochqan edi...Uyga borib kechki oshni ham yemadi va otasig‘a ham uchrashmadi, go‘yo shuyirtqichlar dunyosidan yashi-ring‘andek oq kundayoq to‘shagiga yotib, ko‘rpasiga burkaniboldi. Uning bu holiga uy ichi tushunganlari uchun, nima qildi, deb so‘ramadilar va yonig‘aham kelmadilar...Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmonxonag‘a chiqdi.Otabek tersaygancha kelib choyg‘a o‘lturdi, otasiga salom bermadi. Chunki ul o‘z otasiniqipchoq qirg‘inining bosh omillaridan deb qaror qo‘yg‘an edi. Choy yarimlay yozdi. Oradanchurq etkan so‘z chiqmadi.Nihoyat, o‘g‘lig‘a yengillik berish niyatida hoji tilga keldi:— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim.— Sizlarga o‘xshab, — dedi istehzolanib, — quvonaymi?Hoji o‘g‘lining qandog‘ fikrda va nima uchun tersayganini bildi.— Yanglishasan, o‘g‘lim.— Rajabbeknikidagi majlisda, — dedi zaharxanda bilan, — bu yirtqichlarning rejachisikim edi?Hoji entikdi va:— Rajabbeknikida bo‘lg‘an majlisni sen bilasanmi?..— deb so‘radi.— Bilaman.— Bilsang, — dedi hoji, — manim ustimga mundog‘ tuhmat orttirishdan uyal, bola!— Rajabbeknikida bu kengash bo‘lmag‘anmidi?— Bo‘lg‘an edi.— Bo‘lg‘an bo‘lsa, tag‘in nega o‘zingizni quruqqa olasiz?Yusufbek hoji boladan kulgandek qilib iljaydi.— Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qo-lishmaydir, Otabek! — dedi. —Majlisdan xabaring bo‘l-g‘an bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini ham bilarsan?— Yo‘q.— Majlisda nimadan bahs qiling‘anini-chi?— Majlisda nima muzokarasi bo‘lg‘anini ham bilmayman va lekin o‘sha majlis faqatqipchoqlarga qatli om uchun yig‘ilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz a’zolarining160

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysizdan boshqasi nega yigit to‘plab, Qo‘qong‘a ketdilar va ular Qo‘qong‘a yetmaslaridanoqnega bu vahshat boshlandi?— Bu muhokamang to‘g‘ri. Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shibo‘ltirishing qisqalig‘ingdir,— dedi. Ko‘ziga yosh oldi. — O‘zing o‘ylab ko‘r o‘g‘lim, o‘z qo‘limizbilan o‘zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men buvahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qo‘shilishqanbo‘laman? Agarda manim yurt so‘ramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzumbo‘lsa, boshqalardan ham ko‘ra o‘z o‘g‘limg‘a — senga ma’lum bo‘lmasmidi? Nega har birnarsaga yetkan aqling shunga qolg‘anda oqsaydir. Nega yong‘an yurakimga yana sen hamzahar sochasan?!Titralib va to‘lqinlanib aytilgan bu so‘zlar Otabekni o‘kintirdi, o‘lganning ustiga chiqibtepish qabilidan bo‘lg‘an o‘z hujumining haqsiz ekaniga tushundi.Yusufbek hoji bitta-bitta yotig‘i bilan majlis haqida bayon qilib, o‘zining qarshitushkanini va ularga uqdira olmag‘andan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini so‘zlabkelib dedi:— Biror soatlar so‘ng orqamdan Niyoz qushbegi kelib mendan afu so‘radi va majlisningu fikrdan qaytqanini, o‘zlarining xatog‘a ketkanlarini aytdi. Men xursand bo‘lib, bu ishningzararini yana isbot qilib chiqdim. Niyoz men bilan xayrlashar chog‘ida: «Jon hoji aka, endigap shu yerda qolsin, bitta-yarimta eshitgudek bo‘lsa, biz yerga qararliq bo‘lmayliq,o‘lturishning katta iltimosi sizdan shul”, dedi. Men bu iblisona aldovga uchib, bu to‘g‘ridana senga va na Normuhammad qushbegiga og‘iz ochmadim va ularning Qo‘qong‘a fotihauchun qo‘zg‘alishlaridan hech bir shubhalanmadim... Eh, shaytonlar!Hoji bir oz to‘xtab davom etdi:— Kecha ertalab o‘rdaga borg‘an edim. Sahn yuzida uch-to‘rt yuz musallah1 yigitlarnibiravini kutkan holda ko‘rdim va iltifotsiz qushbegi mahkamasiga kirdim. Kirsam, Qo‘qong‘aketkan Qayum ponsad uch-to‘rtta yigiti bilan qushbegining qarshisida turibdir. Qushbegiqo‘lida bir qog‘oz ushlab, go‘yo es-hushidan ayrilgan kabi qotib o‘ltiribdir. Meni eshikdanko‘rib, so‘zsiz-nesiz qo‘lidag‘i qog‘ozni menga cho‘zdi va boshini tebratib qo‘ydi. Men birnarsaga ham tushunmagan holda borib qog‘ozni oldim... O‘qudim-o‘qudimda, manimhushim boshimdan uchib, qushbegi holiga tushdim. Bu qog‘oz xonning yorlig‘i edi vabunda taxminan shunday gaplar bor edi:«Biz Turkiston mamlakatining xoni o‘z qalamravimiz va saltanatimiz uchun qipchoqtoifasini muzir deb bildik. Bu yanglig‘ hukmimizni o‘z qalamravimizda bo‘lg‘an barchabeklarimizga, hokim va qo‘rboshi va dahboshilarimizga bildirib buyuramizkim, ushbufarmonimizni olg‘an on darhol o‘n besh yoshdan to yetmish yoshg‘acha bo‘lg‘an qipchoq erzotini qilichdan kechirgaylar va hech bir silai rahmni vosita qilmag‘aylar. Ushbu hukmimizniyeriga yetkuzishda sustlik qilg‘an mansabdor bizg‘a itoatdan bosh tortqan hisoblanib, engqattig‘ jazoimizg‘a mahkum qilinur. Bu hukmimizni ijro etkuchi Toshkand hokimiNormuhammad qushbegiga marhamati shohonamiz shuldurkim, garchi sizning qipchoqqavmig‘a mansubiyatingiz bo‘lsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutilmasliqxayrixohliqlar va xizmatlar ko‘rsatdingiz, binoan alayhi siz bu jazodan ma’fudirsiz2 vasadoqatingizda boqiy qolib amrimizni ijro etishingizda shubha qilmaymiz!»Qushbegiga qaradim, ul ham manim og‘zimg‘a qarab turar edi. «Buyruqni qachonoldingiz?» deb so‘radim. Ul javob o‘rniga Qayum ponsadga imladi.«— Men olib keldim», — dedi Qayum ponsad.«— Siz Qo‘qondan olib keldingizmi?» — deb so‘-radim. Chunki sen aytkandek besh-oltikunda Qo‘qong‘a borib-kelish sira aqlg‘a sig‘mas edi.«— Biz beklar bilan Qo‘qon yo‘lida edik, — dedi Qayum, — yo‘l ustida xondan ushbuyorliq kelib qoldi. Niyoz qushbegi menga yigit qo‘shib bu hukmnomani ijro qilishda yordambermak uchun jo‘natdi».161

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyBu so‘z menga hamma shaytanatni ochib berdi va o‘zimning iblislar tomonidanaldang‘animni bildim:«— Ertadan boshlab hukmni ijro qilsaq qalay bo‘larkan?» — deb qushbegiga qaradim.«— Men ham shuni o‘ylab turib edim...» — dedi qushbegi va Qayumga qaradi.Qayumning ustodlari ishni keyinga siltashimizni ilgaridan ko‘rib qo‘yg‘an ekanlar:«— Ertaga qo‘yib bo‘lmas!» — dedi Qayum.«— Nega?», — dedim.«— Negaki ertagacha qipchoqlar qochib bitadirlar».Men Qayumning so‘ziga quloq solmadim-da, qushbegidan ertaning kengashiniso‘rag‘an bo‘ldim. Bu holdan achchig‘lang‘an Qayum yonimg‘a kelib o‘lturdi.«— Ovora bo‘lmangiz, hoji aka», — dedi.Uning bu harakatidan achchig‘im qistadi:«— Sizning bilan manim bu ishka aralashmoqqa haqqimiz yo‘q!» — dedim.«— Sizniki bo‘lmasa to‘g‘ri, ammo meniki bor!» — dedi Qayum.«— Buyruq kimning otig‘a?» — dedim.«— Qushbegining!»«— Bas, siz bilan men faqat u yordam so‘rag‘andag‘ina ketman ko‘taramiz, boshqadaxlimiz yo‘q!» — dedim.Qayum zaharxanda bilan yonini kavlab ikkinchi bir buyruq chiqardi va menga berib:«O‘qungiz!” — dedi. O‘qudim.«— Bas, birinchi buyruqni siz olg‘an ekansiz, nega yana qushbegidan fotiha kutibo‘lturibsiz?!» — dedim o‘t ichida.«—Har narsa bo‘lg‘anda ham ulug‘imiz, deb siylab turg‘an edim...» — dedi Qayum.«— Egasini siylagan itiga suyak tashlar, qilmoqchi-siz-da, barakalla!» — dedim. «—Boringiz, ustodlaringizning vasiyatini bajaringiz!»«— Xafa bo‘lmangiz, hoji aka!» — dedi Qayum va qo‘limdan qog‘ozni olib qushbegidanso‘radi: «— Nima deysiz endi, bek?»«— Manim kengashimga kirsangiz, ertadan boshlayliq!» — dedi qushbegi,«— Sira iloj yo‘q, qushbegi! Chunki barcha shahar va kuylarga ham faqat shu — bukunga, deb buyurg‘an ekan!»— dedi Qayum.Qushbegi bilan men go‘yo tog‘ ostida bosiriq bo‘lg‘an edik. Boshimizg‘a hech bir gapkelmas edi. Qayum o‘rnidan turg‘an holda qushbegidan javob kutar edi. Qushbegi ko‘bfursat qotib o‘lturg‘andan keyin, Qayumga qo‘li bilan chiqishg‘a ishorat qilib: «—Bilganingizni qilaberingiz», — dedi. Qayum yonidag‘i yigitlari bilan mahkamadan chiqdi.Uning chiqishi bilan qushbegiga dedim:«— Endi nima qilamiz?»«— Nima qilar edik?»«— Axir qarab qolaberamizmi, vaqt tang! Qarshig‘a biz ham yigit chiqarayliq!»«— Qo‘yaberingiz, hoji!»«— Bechora gunohsizlar kesilabersinlarmi?!»«— Kesilabersinlar!» — dedi qushbegi. Men iztirob ichida unga tushunolmay qolg‘anedim. Ul yig‘i ichida tilga keldi:«— Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar!Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar!Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘lsa— meni ham ossinlar!Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!»Hozir inodning1 o‘rni emasligini harchand uqdir-moqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. Noiloj,yolg‘iz o‘zim chiqib qo‘limdan kelgancha qipchoqlarni qochirishga harakat qildim, tevarakkakishilar yo‘lladim. Ammo to‘rt yuz jallodning qarshisig‘a chiqg‘an bir kishining uhdasialbatta bir kishicha edi. Muttahamlar ko‘b bechoraning yostig‘ini quritishg‘a muvaffaq162

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybo‘ldilar, — dedi hoji.— Mana, Otabek, haqiqat shul, kishi tushunmasdan turib biravgatuhmat to‘qimaydir.Otabek o‘zining o‘rinsiz gapidan uyalg‘annamo yerga qaradi va bir muncha vaqt fikrgaketib o‘lturg‘andan so‘ng so‘radi:— Yirtqichlarning bu qirg‘indan qanday muddaolari hosil bo‘larkin?— Maqsadlari juda ochiq, — dedi hoji, — bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisiNormuhammad o‘rnig‘a minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi.Xon ersa Musulmonqulg‘a bo‘lg‘an adovatini qipchoqni qirib alamdan chiqmoqchi. Mengaqolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim. — dedi va bir oz to‘xtab davom etdi:— Men ko‘b umrimni shu yurtning tinchlig‘i va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib,o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan,yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast vashuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odambo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suvquyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimiznibulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘inikiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — bizko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddasgavdasi madfun1 Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlaryaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Boburkabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’unamo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘asazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayronqilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘anishonadir, o‘g‘lim!..4. OY ETAK BILAN YOPILMASChoy tugalgan edi. Otabek fotiha o‘qub, o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.— Turma!Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona buyrug‘ Otabekni qaytadan o‘lturib qolishgamajbur etdi va otasig‘a «nima xizmatingiz bor?” degandek qilib qaradi. Yusufbek hoji birso‘z demasdan sallasini olib tizzasiga qo‘ydi, bosh qashinishib yana sallasini kiydi.Dadasining salla olib bosh qashinishi keyinidan ko‘pincha o‘zini bir tergov ostida ko‘rar edi.Shuning uchun yana bir martaba dadasiga qarab qo‘ydi.Chini bilan ham hojining tusidagi boyag‘i hasrat va qayg‘u alomatlari yo‘qolib, ularningjoyini sharq otalig‘i vaziyati oldi.— Marg‘ilonda nima ishlar qilding?Kutilmagan bu savolga Otabek nima deb aytishini bilmay qoldi. Javob o‘rnig‘a xavflitomong‘a qaradi.— Sendan so‘rayapman, Otabek.— Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilg‘animni ham aytkandir...— Jo‘n odamlar qatorida odam o‘ldirib yurdim, degin? Otabekning yuzida kulimsirashbilindi.— Jo‘n odamlar qatorida emas, — dedi, — majburlar qatorida, zo‘rlanganlar qatorida...Hoji o‘g‘lining kinoyasiga tushunmadi:— Odam o‘ldirish uchun seni kim zo‘rlab majbur qildi?— Hali bilmaysizmi?— Bilmayman, — dedi hoji, — aytishlariga qarag‘anda seni hech kim majburqilmag‘an.163

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Meni zo‘rlag‘an va majbur qilg‘an edilar, dada, — dedi zaharxanda bilan. — Yo‘qsa,sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha’niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir.— Kim seni majbur qildi, axir?— Siz, onam!— Esing o‘zingdami, yigit?— O‘zimda, — dedi o‘g‘ul, — siz o‘zingizning orzu-havasingiz yo‘lida meni majburqildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jonivorliqni xohnoxohishlashka majbur qoldim.— Shundog‘mi, — dedi hoji o‘z gunohi o‘kuliga tushkan holda, — undog‘ bo‘lsa, biznikechir, o‘g‘lim.— Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo‘q, dada. Lekingunohsiz bo‘laturib, ham yana muvahaza ostig‘a tushkanim uchun o‘zimni mudofaaqilishga majburman...Hoji labini tishlab, boshini chayqadi.— Xom sut emgan bandamiz, — dedi, — xayr, bu aybniku bizning bo‘ynimizg‘aqo‘yasan, darhaqiqat qo‘-yishga haqqing ham bordir... Ammo oralaringg‘a yomonlaroralag‘an ekan, shuncha muddatdan beri nega meni xabardor qilmading? Yoki bunda hambirav seni indamaslikka majbur qildimi?— Hech kim majbur qilmadi, — dedi, — ammo meni shu vartaga tashlag‘ando‘stlarimdan... ko‘mak so‘rash ham ma’qul ko‘rinmadi...Hoji boshini quyi soldi. O‘g‘lining keyingi so‘zi unga juda ta’sir qilg‘an edi... Nimaqilsinki, Otabek to‘g‘ri gapni aytar edi...— Biz seni Toshkanddan o‘ylantirsak-da, — dedinihoyat hoji, — katta xotiningdan ajratish fikrida emas edik. Agar sen shu xayol bilanbizdan siringni yashirib kelgan bo‘lsang, katta ahmoqliq qilibsan, bolam.Otabek dadasining bu keyingi so‘ziga qarshi hech narsa demadi, go‘yo hamma alaminiyuqoridag‘i ikki jumla bilan chiqarib yuborgandek jimgina somi’lik1 darajasiga tushdi.Ammo natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi.Hoji davom etdi:— Kishining boshig‘a bir ish tushkanda, darrov biravdan kengash va yordam so‘raydir.Hatto ota-onasidan ham sir saqlag‘an bir yigitni o‘z o‘g‘lum bo‘lib chiqg‘ani menga qiziqko‘rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qub-o‘qub mazmuniga tushunolmayhayron bo‘laman. Oy sayin Marg‘ilon borib turar edi-ku, deb o‘ylayman. Xatni ikki-uchqayta o‘qib chiqg‘andan keyin, bilsam haqiqat shu emish... Mirzakarimning yozg‘anig‘aqarag‘anda bir muncha yanglishiq undan ham o‘tkan ko‘rinadir va lekin sening bolalig‘ingoldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig‘ing boshqalarning boshiga ko‘ringan... O‘zingayt, agar menga shu kasalingni bir og‘iz bildirsang, men qayin otangg‘a xat yozmasmiedim, Hasanalini yuborib haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam o‘ldirib yurishlargaqanday hojat qolar edi?Otabekning boshig‘a bu gaplarning bir harfi bo‘lsin o‘rnashmas va o‘zi kutkan natijagaborib yetish uchungina qiynalar edi.— Shunchalik ishlarni qilib, nega oxirda qayin otangg‘a yo‘liqmay kelding?— Shunga majbur edim.— Marg‘ilong‘a endi qachon borasan?Otabek o‘ylanib qoldi. Chunki bu «qachon borish» masalasini yaxshilab yeshmak kerakedi va uni yeshmak ham qiyin edi, uzoq o‘ylang‘andan keyin:— Ma’lum emas, — dedi.Garchi bekning yuragi hozir bo‘lsa ham Marg‘ilong‘a qarab uchishka tayyor edi. Biroquning yuragidan ham kuchlik bo‘lg‘an yana bir narsa bu «borish» masalasini chuvaltirib«ma’lum emas» bir holga qo‘yg‘an edi.164

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qayin otang kelin bolani olib shu hafta ichi yo‘lg‘a chiqmoqchi ekan, — dedi hoji, —tarixiga qarag‘anda xatning yozilg‘anig‘a o‘n kunlab bor, ehtimolki, erta-indin kelibqolsalar, to‘rdagi uyni bo‘shatdirib, polos yozish kerak edi...Ul bu gapni eshitar ekan borliq, yo‘qliq — ish qilib allaqandog‘ qiziq bir holat kechirdi.Issig‘ bir narsa badaniga tegib ketgandek hurkinib qo‘ydi va «nihoyat, endimi?” degandekqilib entikdi. Ko‘z o‘ngidan biravning surati o‘tib sarxushlandi va til bilan onglatib bo‘lmasliqbir sog‘inish chidamsizligi ichida bu ivir-jivir holatdan gangib ko‘z ochdi. Ko‘z ochdi, biroqo‘ziga «nima deysan?” deb qarab turg‘uchi otasig‘a muvofiq javob berishni bilmadi.Yusufbek hoji esa o‘g‘lining bu sustlikka o‘xshab ko‘ringan holini yomong‘a yo‘ydi. Marg‘ilondegan shahardagi katta o‘zini kichik olib qizi ila kelayotgan Mirzakarim akaga o‘g‘liningxo‘rliq keltirishidan cho‘chidi. Shunga binoan Otabekni epaqag‘a olish uchun unga kulkituyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi:— O‘g‘lim, — dedi, — siylag‘anni siylash kerak, endi senga qadrsizlang‘an bo‘lsalar,ammo bizning qoshimizda ularning qadr-qiymatlari yuqori, qutidor bo‘lsa ko‘z ochib ko‘rganqudamiz, xotining bo‘lsa bosh kelinimiz. Agar sen meni otam deydirgan bo‘lsang,shularning ko‘nglini olmoqqa tirish. Qayin otangdan meni quvladi, deb ko‘ngling olinmasin,chunki u bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushkan. Har holdahurmatlarini bajo keltir, Marg‘ilon degan shahardan sening yuzingni, deb keladirlar.Otasining bu so‘zlari go‘yo uning istiqboli uchun yaxshi ta’minotlar berar, go‘yomajburiyat ostida ota nasihatini quloqqa oladirg‘andek bo‘yin egib o‘lturar edi.— Agar ularning kelish kunlarini aniq bilsak, — dedi hoji, — sen yo‘ldan qarshilab kirareding.Otabek javob bermadi.— Har holda o‘ttasi kun mo‘ljal, sen chiqmasang ham Hasanali chiqsin yo‘lg‘a.— Mayli chiqsin, — dedi Otabek.5. MAKTUBHoji shundan keyin o‘g‘lidan bir daraja qanoatlandi va choyga fotiha o‘qub, o‘rnidanturar chog‘ida yonidan bir xat chiqarib uzatdi:— Xatning ichidan chiqdi. Kelindan — senga bo‘lsa kerak, — dedi.Otabek maktubni olib otasining ketishini kutib qoldi. Xat sakkiz buklanib, qizil ipakbilan bir-ikki yeridan chatilg‘an va Otabekka atalg‘an edi. Otasining uzoqlashishini kutarekan, yuragi yomonlag‘an otdek tipirchilar edi. Tikilgan ipaklarni so‘kdi va maktubni ochiboch ko‘zini ishka qo‘ydi:«Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan —sizga boshimdag‘i sochlarimning tuklaricha behad salom. — Mendan — haddu-hisobsizgunoh, sizdan — kechirish. O‘tkan ishga salavot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qorakunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ulkunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimnioxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman.Siz — qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz,ikki yil bo‘ldi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim:sizning barcha mashaqqatlaringiz — dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘aniniongladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘raredilar, to‘yar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondanto‘ydirg‘an bo‘lsa ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz... Qochsangiz qochib ko‘ringiz, ammomen bu kundan boshlab biravlarni quvishqa bel bog‘ladim: otam bilan onam rafoqatlarida1xizmatingizg‘a — cho‘riliqingizg‘a erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshimoldida qadru-qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski qadrdonliq165

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyhurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz... Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’udaqilarsiz. Ammo... suyganingiz — kenjangizning jerkishlaridan, qarg‘inishlaridan behadqo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladirg‘an mas’uddaqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va’da olingiz — meni og‘ritmasin, raqibam keldi debo‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlariniko‘rib yurish...Xatim oxirinda shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasamedi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam,uyog‘ini o‘zim bilar edim...Erta-indin ko‘zimga yo‘l ko‘rinur,Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur...3-inchi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi».Otabekning suyunchi ichiga sig‘masliq, o‘zini yo‘qo-tib qo‘yg‘an holda iljayar edi. Xatniikkinchi qayta o‘qub chiqib yana so‘yina boshlag‘an edi, kechagi manzaralar unga ko‘rinishbergandek bo‘ldilar. Ul seskandi, ko‘z o‘ngidan kechagi mazlum gavdalar birma-bir o‘tib, uloshig‘ich ravishda xatni bukladi va ulardan yashirg‘andek cho‘nchagiga tiqdi, irg‘ib o‘rnidanturib ketdi...Ko‘chani bir aylanib kelgandan so‘ng, boyag‘i manzaralardan bir oz qutilg‘andek bo‘libyana maktub esiga tushdi. Mehmonxonaning darichasiga qiya turg‘an holda xatni yanao‘qub chiqdi. Lekin bu gal ham xat boyag‘idek so‘yinch emas, kechagi mazlumlarga ta’ziyatutqandek og‘ir ma’no berdi: «Ammo... suyganingiz — jekirishlaridan, qarg‘inishlaridanbehad qo‘rqaman...» Boya nima uchun so‘yinganiga o‘z-o‘zidan hayron bo‘la boshladi.Chindan ham maktubning muncha ko‘chirilgan jumlasi, o‘ylab qarag‘anda, hech qandayquvonchg‘a yo‘l qo‘ymasliq darajada qora ma’nolik edi. Bu jumla kelasidagi onglashilibbitmagan, lekin bo‘lishi aniqg‘a o‘xshag‘an yaramas va tinchsiz bir hayotning go‘yomuqaddimasi edi...Otabek Kumush aytkandek kundash, ya’ni Zaynabdan uncha qo‘rqmasa ham, ammodardning eng davosizi bo‘lg‘an onasi to‘g‘risida yuragi titradi. Umrining eng qiymatlikkunlarini og‘ulag‘an, ikki yil bo‘yi davosiz dardga mubtalo qilg‘an, yaramas va ishonchsizyo‘llarda sanqishig‘a sabab bo‘lg‘an o‘z onasi emasmidi? Va raqiblarga, dushmanlarga yo‘lochib bergan shu onaning orzusi emasmidi?Butun shaharni alg‘oq-dalg‘oq qilib ko‘hliq qiz qidirg‘an, nihoyat chiroylilikda tanho,aqllilikda yakto topib, to‘ylar, tomoshalar, orzu va havaslar bilan o‘g‘lig‘a «xotin bubo‘libdir!» degan iftixor va mag‘ru-riyat ila taqdim qilg‘an suyukli kelini ustiga go‘yoo‘chakishkandek bo‘lib keladigan Marg‘ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi.Kumush kundashning jekirishidangina cho‘chig‘an bo‘lsa, Otabek bu cho‘chishnio‘zining ko‘lagasida qol-diraturg‘on onasi to‘g‘risida tamom aqlini yo‘qotib qo‘ydi.6. O‘ZBEK OYIM — OG‘MA,ZAYNABNING DARDIYusufbek hoji chala-dumbul tabiatlik xotinining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun o‘tkanvoqi’larni, ya’ni Otabek sirlarini unga ochmasliqqa qaror bergan bo‘lsa ham, ammomarg‘ilonliq kelin va qudalarning kelishlaridan xabar berishni lozim deb topdi. Chunkixotinining marg‘ilonliq kelinga bo‘lg‘an adovatini Otabekdan ham yaxshiroq bilar va uning«O‘g‘lingiz Marg‘ilondan uylanmadi, bir balodan uylandi!» deb qiladirg‘an shikoyatlarinihamma vaqt eshitar, doimo issig‘-sovuqchi domla, xo‘jalarnikida bosh og‘ritib yurishini hambilar edi. Shuning uchun o‘z tarafidan O‘zbek oyim tushkurni yaxshilab ebka olmoq, yuzqizaradirg‘an ishlarga qarshi choralarni ko‘rmak fikriga tushdi.166

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyCholu kampirning har bir o‘lturishlarida so‘z O‘zbek oyim tomonidan boshlandimi,albatta noqobil o‘g‘ul bilan marg‘ilonliq «andi» kelin ustida bo‘lar va uning uchun engahamiyatlik masala faqatgina shugina bo‘lib ko‘rinar edi.Boshqa kezlarda kampirning bu to‘g‘ridag‘i dod-hasratini kulgulik bilan va kamhavsalalilik bilan eshitsa ham, ammo bu gal O‘zbek oyimning o‘sha eski ashulasini ortiqchabir to‘zimsizlik orasida kutar edi. Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi donlikko‘zada, deganlaridek, bizning O‘zbek oyimizning ham dardi bo‘zada edi. So‘z urindi,so‘zdan — so‘z chiqdi, nihoyat hojining kutkanidek o‘g‘ul hasrati ham boshlandi:— Ahmoqingiz bir oz esini yig‘qan ko‘rinadir, — dedi O‘zbek oyim, — haytovur uchoydan beri Marg‘i-lonni esidan chiqarib qo‘ydi.Hoji kuldi:— Issiq-sovug‘ing kor qilg‘andir...— Bilmadim... Har nechuk suv quyg‘andek bo‘ldi, qoldi. Ilohim em tushkan bo‘lsin...— Ilohi em tushsin, — deb kuldi hoji.O‘zbek oyim erining istehzosiga tushunib qoldi va labi-labiga tegmay bobillay ketdi:— Nega kulasiz? — deb depsindi, — bu kungacha kulib-ku, o‘g‘lingizdan ajralayozdingiz. Endi nega siz ham... xudoyo tavba qildim...— Zo‘ri behuda miyon shikanad.— Ilohi tojikingiz qursin! — dedi O‘zbek oyim, — men to‘g‘risini aytsam, bu gaplarninghammasiga siz sabab bo‘lmoqdasiz, er. Yakkash kulish, yakkash kulgi! Undan ko‘ra o‘g‘ulqizo‘sdirishg‘a uquvim yo‘q, deb ayting!Hoji tag‘in kuldi:— Ha, uquvim yo‘q, oyimcha!— Kuling-e, kuling! Xudo o‘lim bersin kulguga! — dedi O‘zbek oyim va achchig‘i bilanyuzini chetka o‘girdi.— Menga qara, xotin, — dedi hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi. — O‘rinsizchiransang, beling sinadir, deydi tojiklar. Shunga o‘xshash o‘zing joysiz chiranganingdek,meni ham o‘z yoningg‘a tortmoqchi bo‘-lasan.— Bo‘lmasa manim barcha harakatlarim o‘rinsiz ekan-da?— O‘rinsiz.— Nega o‘rinsiz bo‘lar ekan?— Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonliq kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborishva bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi?— Albatta shundog‘!— Mana bu harakatingni o‘rinsiz chiranish, deydilar. Nega desang, bilfarz1 o‘g‘lingnioldingg‘a olsangda, undan so‘rasang «qaysi xotining bilan bo‘lishni xohlaysan?Xohlamag‘aningni qo‘y», deb. Ana shu vaqtda o‘g‘ling nima der edi? Nima deyishini o‘zingham yaxshi bilsang kerak, xotin!— Bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliq-ning domlasi kuchlik. O‘g‘limbechoraning boshini aylantirib, ko‘nglini xippa o‘ziga bog‘lag‘an.Yusufbek hoji o‘zini kulgidan yana to‘xtata olmadi:— Yaxshi, — dedi, — sen ham-ku uch yildan beri Toshkanddagi hammadomlaxo‘jalarning eshigiga birma-bir kirib-chiqding. Bas, sen ham nega o‘g‘lingningko‘nglini Zaynabka xippa qilib bog‘lay olmading?O‘zbek oyim erining bu savolidan hayron bo‘lib turmadi:— Marg‘ilonlikning domlasi sihirchi hindi edi. Men bo‘lsam, bu yerdan hindi domla topaolmadim.Hoji endi kulmadi. Chunki xotinining holiga achina boshlag‘an edi.— Bundog‘ aqlsiz ishlarni qo‘yayliq, xotin, — deb muloyimona so‘zlab ketdi, — bir ozaqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir. Modomiki, ikkimizning yolg‘iz167

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyishonchimiz shu o‘g‘limiz ekan va uning sog‘liq, shodlig‘i bizning tirikligimizning tiragi ekan,bas, bizga lozimi uning xursandlig‘i nima bilan bo‘lsa, shuni axtarishdir. Men yaxshibilamanki, sen bu ishlarni faqat o‘g‘lingni ayag‘aningdan qilasan va senda shundan boshqahech bir maqsad yo‘q, bu tarafdan qarag‘anda seni ham ayblab o‘lturish oson emas...Shuni yaxshi bilg‘ilkim, o‘g‘lingning oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab turishi seni xafa qilsa,meni ham sendan battar achchig‘imni qistatar, hatto ba’zi kezlarda so‘kib yuborishdarajalarigacha borib qaytar edim. Ammo sening jahlingni chiqarib kulishim bo‘lsa, faqat«o‘lganimdan kulaman, yuzimni yerga suraman» qabilidan bo‘lib, bunga sen tushunmaseding. Nihoyat sen aytkandek jonim hiqildog‘img‘a yetdi-da, o‘g‘lingni bu gal Marg‘i-long‘aborma, deb yo‘ldan qaytarib qolg‘uchi ham men— o‘zim bo‘ldim...O‘zbek oyim boshini tervatib so‘zni eshitib kelar edi. Bu keyingi so‘zni eshitkandankeyin boshini ko‘ksigacha yetkuzib, «barakalla, rahmat» degandek qilib qo‘ydi.Hoji davom etdi:— Manim bu to‘xtatib yubormay qo‘yg‘animdan xabarsizlig‘ing uchun bo‘lsa kerak,ko‘ngling dom-laxo‘janing duosiga ketib qoldi va men sening so‘zingdan kuldim. Chunkihaqiqatda buning sababchisi o‘zim edim...O‘zbek oyim eridan o‘pkaladi:— Nega axir meni xabardor qilmaysiz?— Bu to‘g‘rida menda ham ayb bor, — dedi hoji, — sen bilan o‘zimning muddaolarimizbir, deb o‘ylag‘anim uchun Otabekni koyib to‘xtatqanimdan so‘ng seng‘a kengasholmasdanoq qudalaringga bir xat yozg‘an va kelin bolani Toshkandga olib kelishlariniso‘rag‘an edim. Haytovur so‘zimni yerda qoldirmag‘an o‘xshaylar, bu kun qudadan bittajavob xati oldim. Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydir: «Shu choqqacha sizlargaayttirmasdanoq ziyoratlaringizga borishimiz kerak edi. Xatingizni o‘qub nihoyatda xijolatchekdik, ayniqsa kelin bolangiz bek oyimg‘a qaysi yuz bilan qarayman, deb yuzini yuldi.Bu adabsizligini borg‘andan so‘ng albatta yuziga solmaslar, deb ishonamiz», deydir...O‘zbek oyim eriga anqayg‘ancha qarab turar edi. Haqiqatan ham hojining ustalig‘iO‘zbek oyimdek dumbul tabi’atlik xotinlarni gangitarlik edi.Ul xotinining javobini kutib o‘tirmasdanoq, tom ustiga tom yopa bordi:— Qaysi uyni bo‘shatdirsaq ekan? — deb so‘radi va javob kutmasdan, — qudalaringninima bilan kutishni bo‘lsa o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlag‘aningda ham kelmaydirgankishilar, — dedi.O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki o‘zi aytgan sihirchi hindining duosi asar qildimi,har nuchuk uch yillik adovatlar va kina-kuduratlar barchasi ham allaqayoqg‘a qarab uchibketdilar va ularning o‘rnini «ikki kelinlik bo‘lish» masalasi kelib oldi. Uzoq-yaqin xotinlarning«Hoy, O‘zbek oyimning marg‘ilonliq kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining bolasi emish.Yuringlar, bir ko‘raylik», degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu chog‘qacha Zaynabkayalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng bir qo‘sha kelinni o‘ziningoyog‘lari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi.— Har nima bo‘lganda ham tegi nozik,— dedi oyim,— izzati uchun shu uyimiznibo‘shatib beramizmi?— O‘zing bilasan.— Biz to‘rdagi uyga ko‘chib o‘tsak ham bo‘ladir. Axir tegi nozik..Uch yillik kina va adovat o‘rnida nihoyatda oliy marhamat va mehribonchilik kelibo‘lturgan edi. Uch yillik emas, uch daqiqalik o‘zgarishdan O‘zbek oyimning yuzi qizarmas vaqizarishni ham bilmas, hatto o‘g‘ul-qiz o‘sdirishni bilmaguchi Yusufbek hojidan allaqanchayuqorilarda yurar edi. Yusufbek hoji esa xotinidagi bu kulgulik o‘zgarish uchun ajablanmadiva kulmadi, chunki bu kulki tabi’atka molik bo‘lgan xotin bilan endi o‘ttuz besh yillab birgayashar edi.O‘zbek oyimni shu holga keltirgandan keyin undan so‘rab qo‘ydi:168

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Zaynabka ham bu xabarni yotig‘i bilan aytib qo‘yamizmi?— Siz bilan men bir ishni muvofiq ko‘rganimizdan keyin Zaynabka chikora1, — dediO‘zbek oyim. Mundan uch daqiqa ilgari saodati uchun tirishilgan orzuliq Zaynabning oqibatiham shu bo‘lib qolg‘an edi.— Gap unda emas, — dedi hoji, — umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlikishi qiyin, kosa kosaga tekkanda g‘idi-g‘idi gaplar ko‘paysa, bizga emas, o‘g‘lingga hamtatimay qoladir.— Chaqir deysizmi?— Chaqir.O‘zbek oyim Zaynab bilan Otabekning kutilmagan ravishda ochilib so‘zlashibo‘lturganlari ustidan chiqdi.— O‘g‘ul-qizning kengashimi?Otabek kulimsirab Zaynabka qaradi, Zaynab esa tuzatinib o‘rnidan turdi va qayinonasiga joy ko‘rsatib:— Shunaqag‘a o‘xshaydir, oyi. O‘g‘ul-qizning kengashi xudda shu kunga yig‘ilib qolg‘anekan, — dedi va kulimsirab eriga qaradi.O‘zbek oyim o‘lturmadi va uni-buni surishtirib, o‘ylab turmadi:— Ikkalasiga bir pardan ko‘ylaklik ol! Birini past, birini baland qilma, bu xotiningbo‘lg‘anda ul ham ko‘z ochib ko‘rganing... Zaynab, sen men bilan jurchi, hoji otangchaqiryaptilar, — dedi.Tomdan tarasha tushkandek qilib so‘zlangan yuqo-ridag‘i gaplarga boshda ularningikkavi ham tushunmadi. Ammo bir ozdan so‘ng Otabek aytilgan telva-teskari so‘zlarningma’nosini onglab oldi, onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafka og‘ishqanini va o‘ziningkuchlik bir dushmandan qutilayozganini bilib Zaynabni nima uchun chaqirilg‘anini hampayqadi. Zaynab esa bir nar-sa tushunmagan holda qayin onasi bilan chiqdi.Qayin ona, kelin qarshisig‘a kelib o‘lturishkandan keyin, hoji Zaynabka qarab oldi.— Bolam, Zaynab, — dedi, — biz Marg‘ilondagi opang ko‘chini olib kelmakchi bo‘ldiq...Sen shunga nima deysan?Zaynab yalt etib qayin onasig‘a qaradi, chunki O‘zbek oyimning boyagi gapi endi ungaonglashilg‘an edi. Do‘stni dushman yonida ko‘rib bilinar-bilinmas qilib entikdi.— Men nima der edim...— Gap nima deyish va nima demasingda emas, oyim!— dedi hoji, — gap shundaki, ulkelgan chog‘da egachi-singildek bo‘lib keta olasanmi, deb so‘ramoqchiman.— Bo‘lib ketarmiz...— Egachi-singil bo‘lib ketarsiz-a? — deb takror so‘radi qayin ota.— Bilmadim...— Nega tag‘in bilmay qolding?Zaynab bir muncha vaqt o‘ylanib qoldi.— Qars ikki qo‘ldan chiqadir, — dedi Zaynab, — men yaxshi bo‘lg‘anim bilan opamyomon bo‘lsa, hozirgi bergan va’damdan nima foyda bo‘lsin.— Juda to‘g‘ri gapirding, bolam, sendan olg‘an va’dani undan ham olamiz.Zaynab sukut qildi.— Zaynab siz o‘ylag‘an kelinlardan emas, — dedi O‘zbek oyim, — xudog‘a shukur, aqlhushiboshida.— Boshqa gaplarni ko‘nglingga kelturma, qizim. Marg‘ilonliq kelin bilan sening bizgahech bir farqlaring yo‘q, ikkavlaring ham bolamizning qo‘shog‘i — bolamizsiz!Zaynab boshini irg‘atib qo‘ydi. Yusufbek hojining duosidan so‘ng, Zaynab Otabekningoldig‘a kirdi.169

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabek Zaynabning yuzidagi ma’yuslikni birinchi ko‘rishdayoq sezdi. Bir oz jimginaqarshima-qarshi o‘lturishdilar, ikkisiga ham so‘z aytish o‘ng‘aysiz va al-lanarsa mone’dekedi.— Nega chaqirg‘an ekanlar? — deb nihoyat Otabek so‘rab yubordi.— Bilib turib so‘raysizmi? — dedi Zaynab kuchlanib kulgan holda.— Nimani bilib turib?— Marg‘ilondan keladirgan kishingizni.Otabek qiyin holatda qoldi va og‘zig‘a shu gap keldi:— Munda manim ixtiyorim yo‘q... hamma ishni otam qilayotibdir.— Otangiz qilsalar ham sizning ko‘nglingizdagicha.— Nima ko‘nglimdagicha?— Suyganingiz bilan birato‘lasiga qo‘shilib olish, albatta, sizning ko‘nglingizdagicha...— Men uni suyamanmi?..— Albatta suyasiz...Otabek o‘zini tinch ushlagan holda:— Yanglishasiz! — dedi.— Hech yanglishmayman,— dedi Zaynab,— siz uylanishdayoq uni suyub olg‘ansiz,meni bo‘lsa... men: ota-onangizning orzularicha, — dedi va ko‘ziga jiq yosh oldi.Otabek og‘ir holga tushdi, bu to‘g‘ri so‘z uni tamom esankiratdi va bu haqiqatka qarshiborish, ya’ni yolg‘onlash yana og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham yolg‘onlamay chorasi bo‘lmadi:— Boshda... suyub uylanganim siz aytkancha to‘g‘ri, ammo hozir undog‘ emas, —dedi.— Ishonmayman.— Nega ishonmaysiz, ishoning...Zaynab bir oz unga qarab turg‘andan keyin:— Ishonmag‘animnnig sababi bor, — dedi.Otabek tinchsizlandi:— Sababini... so‘zlang...— Menga uylanganingizga qancha bo‘ldi?— Ikki...— Shu ikki yildan menga bo‘lg‘an aloqangiz bir zar-ra ham o‘zgargan emas, — dediZaynab, — meni xotin o‘rnida ko‘rmaysiz!— Bekor gap...— Bekor gap emas, jonim, — dedi Zaynab qizishqan holda. — Marg‘ilondanqaytkandan keyingi kunlaringizni mehmonxonada kechirib kelishingizdan albatta tonaolmassiz. Shu ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an edi, deb manim to‘g‘rimda o‘ylabqaramas-lig‘ingizning sababi ham o‘zingizga...Zaynab so‘zini bitira olmadi, chetka qarab ko‘z yoshisini to‘kdi. Otabek go‘yo tog‘ostida qolg‘an edi.— Siz tamom boshqacha tushunibsiz...— Bo‘lmasa, bu gaplarning sababi nima?— Sababi juda ochiq, — dedi Otabek. Lekin nimani sabab qilib ko‘rsatishni o‘zi hambilmas edi.— Aytingiz axir?— O‘zingiz ham bilarsiz, deb o‘ylayman.— Men hech narsa bilmayman.— Bilasiz!— Xudo haqqi bilmayman.— Bilmasangiz... — dedi bek, — bilmaganingiz yaxshi. Sizga o‘z og‘zim bilan iqrorqilishg‘a uyalaman...170

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi?— Uyalmayinmi?— Uyalmang.— Uyalmasam... mizojim zaif...Zaynab ishonar-ishonmas unga qaradi.— To‘g‘ri so‘zlamadingiz...— Ishonmasangiz o‘zingiz biling, lekin haqiqat gap shu, sizdan uzoqda yurishimningsababi ham shunda.— Ishong‘animda ham bu hol tashqarida yotib yurishingiz uchun katta sabab bo‘laolmaydir. Chunki men faqat shuning uchun sizdan o‘pkalamayman, — dedi va ko‘zinito‘ldirib Otabekka qaradi. — Menga sizning mizojingiz kerak emas... O‘zingiz!.. — dedi vayig‘lab yolborg‘an holda Otabekning quchog‘ig‘a o‘zini tashladi. Otabek Zaynabning shuqadar yurak dardi borlig‘ini birinchi martaba bilar edi. Bechora Zaynab jonsiz haykalni o‘pibquchoqlar va yolborar edi.7. QUDALARNI KUTIB OLISHKechagi kirgan savdogarlardan qudalarning bu kun aniq kirish xabarlarini bilgan edilar.Nariroqdan kuzatib kirish uchun Hasanali yo‘l ustiga ketkan, Yusufbek hojining o‘zi ishboshida turib, Oybodoqqa tashqari havlini tozalatar edi. Ichkarida bo‘lsa, O‘zbek oyimqo‘shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyig‘a qo‘ydirg‘an, havliyuzini ham yog‘ tushsa yalag‘undek holga kelturgan edi. Ammo o‘z uyini bo‘shatdirib, gilamsolib qo‘yg‘anig‘a endi uch kunlab bor, qudalarning ziyofati uchun kerak bo‘lg‘an hammanarsalarni ham hozirlatqan, ular kelib tushdi deguncha, bo‘g‘izlatish uchun, deb bir g‘o‘nonqo‘yni og‘ilning ustuniga qantattirib qo‘yg‘an edi. Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘anxon atlaslarga ko‘ngli to‘lmay «har nuchukda tegi nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasningyonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz», deb marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an,bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini vaikkita ro‘ymolga ham qoniqmay, o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasiniqo‘shqan edi.Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajaribyurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish uchundasturxon yasatar edi.O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi-da, o‘ziZaynabning oldig‘a keldi:— Dasturxoning bitdimi, bolam? — deb so‘radi.— Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir.— Kam bo‘lsa, darrav ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zingqara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi, — dedi va darichadan ko‘tarilibdasturxonlarni kuzatdi, — dasturxoning tuzik, varaqini esingdan chiqarma, — dedi va o‘rtayo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. — Beri keling.Yusufbek hoji boshida oq to‘ppisi va egnida oq olacha to‘ni bilan ustidan belinibog‘lag‘an edi. O‘zbek oyim yonig‘a sekin-sekin yurib keldi:— Nima gap?— Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi?Hoji parvosizg‘ina qilib qarag‘an bo‘ldi:— O‘zingga yoqsa bo‘pti, — dedi.— Qassob aytkanmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmayliq.— Qassob tayyor, hozir bo‘g‘izlatsaq bo‘lmaydimi?171

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin. Ha, aytkandek, qudangiznikigayuborg‘an kishingiz keldimi?Asal uchun shoshib borg‘an Zaynab to‘xtab qayin otasining og‘zig‘a qaradi.— Borib keldi, — dedi hoji, — Alimbek dalasiga ketkan ekan, xotin qudalarkelishmakchi bo‘lishibdir.Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yonig‘a yurib keldi va sekin so‘radi:— Zaynab xafa emasmi?— Nimaga xafa bo‘lar edi.— Axir, so‘rayman-da.— Tuppa-tuzik, — dedi O‘zbek oyim, — tashqarin-gizdan Oybodoq qutilayozdimi?— Qutilib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rtta kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak.— Xo‘b.Hoji uyon-buyong‘a alang‘lab olg‘andan keyin so‘radi:— O‘g‘ling qayog‘da, ko‘rinmaydimi?— Tashqarida edi-ku.— Boya shuyoqqa kirgandek bo‘lg‘an edi.— Guzar-puzarga chiqg‘andir, — dedi O‘zbek oyim.Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji meh-monxonaga chiqib ketdi. O‘zbekoyimning amricha Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashg‘a o‘lturdilar.Kun tushdan og‘qanda hamma saranjom oling‘an edi. O‘zbek oyim to‘yga boradirg‘anxotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ynak, boshida oq shohi dakana, ko‘zidasurma edi. O‘zbek oyimning: «Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat»,deb aytkani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasang‘an, kecha erga tekkanyangi kelinlar suratiga kirgan edi.Zaynabning onasi — Mohira oyim, opasi — Xush-ro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar hamkelishdilar. O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilaridan Karima otin, Sharofat chevar vaMahinabonular ham yasanib-tusanib chiqdilar. O‘n chog‘liq xotin bo‘lishib sovutmachoqdasturxonga1 o‘lturishdilar. O‘zbek oyim majliska— marg‘ilonliq qudaning odamgarchiliknibilishidan, Ota-bekni Toshkanddan uylantirishga qarshi lom-mim demay, qaytag‘a o‘zikuyavi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketkanidan, marg‘ilondag‘i obro‘sidan va davlatidanbahs qilib aytar edi:— Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi shu bizning kelinimiz. Otabekni o‘zbolasidan ham yaxshi ko‘rib, «O‘g‘lim bo‘lsa shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin hammadavlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin», der ekan.Mohira oyim allanuchkalangani holatda javob berar edi:— Ha, aylanay quda, qars ikki qo‘ldan chiqadir, de-ganlar... Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikkionani ham emar ekan...Quyoshning qizdirishidan changi chiqib ketkan havlig‘a suv sepib turgan Oybodoqtashqaridag‘i guldir-guldirni eshitdi va chopib mehmonlar o‘lturg‘an uyning darichasiyonig‘a keldi: «Kelishkanga o‘xshaydirlar», dedi. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini yarimyo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar. Zaynab bo‘zarg‘anholatda uyiga yugurib ketdi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar havli yuzasiga tushdilar. Mohiraoyim qizi Xushro‘yning qulog‘ig‘a nimadir shivirlab kulib qo‘ydi. O‘zbek oyim o‘rta eshikkaborib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugirib kirib qoldi.— So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila!O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib besh-o‘n pul olib berdi. Bola orqasidan Xasanaliko‘rindi:— Qani oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! —dedi va yo‘lakka qarab: — To‘xtang, to‘xtang, ilgari men so‘yinchimni undirib olay.172

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyYo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. HasanaliO‘zbek oyim bilan tanishdirdi:— Bu kishi qudachangiz — Oftob oyim bo‘ladirlar.O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoq-lasha ketdilar. O‘zbek oyimdankeyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi along-jalong‘ keldi.Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning ikki ko‘ziyo‘lakda, Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimg‘a qarab nima uchundir ko‘zini qisibqo‘yar edi. Xotinlar bilan ko‘rishib chetda turgan Oftob oyim qudasi yonig‘a keldi: «Uyalibturg‘andir» deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomong‘a:— Hoy, posha kelin! — dedi, — bizlar kutib qoldiq-a, uyalmang bolam! Hasanaliningko‘rmanasi bo‘lsa tayyor!Hasanali yo‘lakka qarab imladi. Qip-qizarg‘an holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida,qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘ymol boshida edi.Shahlo ko‘zlari kulimsirashka yaqin holda uyatlik edilar.Hasanali tanitdi:— Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim bo‘ladirlar.Kumush salom berdi va qo‘lidag‘i paranjisini yerga tashladi, yugirib kelib o‘zini O‘zbekoyimning quchog‘ig‘a oldi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olg‘an, yuzidanshap-shap o‘pib aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi... Kutib turganxotinlar, Mohira oyim, Xushro‘y va Hanifalar Kumushni ko‘rgan on bir-birlariga qarashiblablarini tishlashdilar...Qayin ona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilanbir-bir ko‘ri-shib chiqdi. O‘zbek oyim har bir xotinni kim bo‘lganini unga tanitib bordi. Engkeyin orqadan Zaynab ko‘rindi. Chunki ul uydan endi chiqib kelgan edi. O‘zbek oyim kulibKumushka qaradi.— Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu?Kumush hayron bo‘lib qolmadi... Ipaklar ichiga g‘arq bo‘lg‘an Zaynabka qarab olib,unga tomon adim tashladi:— Zaynab opam! — dedi. Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushka yaqinlashibkeldi... Ikki kundash «esonmisiz, omonmisiz, eson-omon yuribsizmi...» so‘z-lari bilanozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qo‘ltiq ostig‘a qo‘l yuborishdilar. Ular ko‘rishibturg‘anda yo‘lakdan Yusufbek hoji ko‘rinib, qochadirg‘an xotinlar o‘zlarini chetka oldilar.Hoji ularning oldig‘a — yuzaga chiqg‘ach,Oftob oyim salom berib ro‘ymoli bilan tomog‘ostlarini o‘rab oldi. Hoji qudachasi bilan so‘rashib:— Barakalla, singlim! Haytovur charchamay kelding-larmi, men sizlarni ovora qildimov,— deb uzr aytib kulgan va uyalib borg‘an qudachasig‘a yengillik bergan bo‘ldi.— Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! — dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab.Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib bo‘yinegdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig‘a tegizibolg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi:— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘anekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni shunchaliksiylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Olloh taoloyoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo1...Hamma duog‘a yuz siypashdilar. So‘ngra Yusufbek hoji Kumush bilan Zaynabkaqaradi:— Men sizlarning ko‘rishib turg‘anlaringizni ko‘rib juda quvondim, — dedi. — Mundanso‘ng ham shu yo‘sunda bir-birlaringizga egachi-singildek bo‘lmoq-laringizni tilayman, —dedi va O‘zbek oyimg‘a:— Qani, mehmonlarni ichkariga olinglar, — deb o‘zi tashqarig‘a burildi.173

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy8. ZIMNAN ADOVATShundan keyin O‘zbek oyim olding‘a tushib, qudasi bilan Kumushni uyga boshladi.Ularning ketidan bosh-qa mehmonlar yurdilar. O‘zbek oyim yo‘l ustidan Oybo-doqqa:— Tezroq choyingga qara, bechoralarning aravada ichagi uzulg‘andir,— dedi va Oftoboyim bilan Kumushka,— men sizlardan juda xafaman,— deb qo‘ydi.Oftob oyim Kumushka qaranib javob berdi:— Aytsangiz, aytmasangiz biz juda uyatlik bo‘lg‘an-miz.Uyning dahliziga kirdilar. O‘zbek oyim ularni to‘rga taklif qildi:— Qani, yuqorig‘a! — dedi.Oftob oyim to‘rga harakat qilsa ham, Kumush boshqa mehmonlardan uyalib to‘xtadi,O‘zbek oyim uni qistab tushdi:— Iymanma, Kumush otin, bu kun-erta bizga yangi kelinsan, uchunchi kundanboshlab sen mug‘ombirning boshingda tegirmon yurgizishni o‘zim yaxshi bilaman! — dedi.Oftob oyim va keyindagilar kulishdilar. — Yana hali sen manim sobunimga kir yuvibko‘rganing yo‘q! — deb qo‘ydi. Bu gal Kumush ham kulimsirab oldi. To‘rga Oftob oyim vaMohira qudachalar o‘lturdilar. Oftob oyimning so‘liga Kumush, Kumushning yonig‘aXushro‘y, Mohira oyimning o‘ngiga Hanifa, undan keyin Karima otin, Sharofat chevar vaMahinabonular qator chizilishdilar. Eng oyog‘da O‘zbek oyimning o‘zi o‘lturdi. Karima otinqo‘l ochib duo qilg‘andan keyin, O‘zbek oyim «Xush kelibsiz» qildi. Mundan so‘nghammaning ko‘zi ittifoq qilg‘andek Kumushka tushdi. Kumush uyalib yerga qaradi. Birnecha vaqt jim qolishib Mohira oyim Oftob oyimdan so‘radi:— Marg‘ilondan yetib kelguncha ham juda bir yerga yetkandirsizlar?— Uncha charchag‘animiz yo‘q, — dedi Oftob oyim,— o‘zi Marg‘ilondanToshkandgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamayliq, deb sekin-sekin o‘n ikkikunda keldik.— Yo‘l loydir? — deb so‘radi Mahinabonu.— Loy emas, — dedi Oftob oyim, — yo‘l juda yaxshi ekan — ikki yoqda ko‘m-ko‘kmaysa, qirlarda lolalar, yo‘lning juda ham tomosha vaqti ekan.So‘z navbati O‘zbek oyimg‘a keldi:— Kelmaganlaringizda Otabekni endi sira ham yubormasliqqa qaror qo‘yg‘an edim, —dedi, — booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi,endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim.Kumush Otabek ismini eshitkach, sekingina ko‘tari-lib qo‘ydi. Oftob oyim Hasanalidanhamma sirni o‘rganib olg‘an, shuning uchun O‘zbek oyimning dovdirashiga tushundi:— Yuzimizga solmasangiz ham juda uyatlik bo‘l-g‘anmiz, — dedi.Zaynab dasturxon ko‘tarib kirdi va mehmonlarga «Xush kelibsiz» aytkandan so‘ngdasturxonni yozdi. Dahlizdan — Oybodoq qo‘lidan yasalg‘an barkashlarni olar ekan, bir-ikkiqayta yer ostidan Kumushka ko‘z yubordi va Kumushning ko‘zi ham uning keyingiqarashida to‘qnashib oldi. Barkashlar qo‘yilib bo‘ldi. Oybodoq to‘rt choydish choyni mistekligi bilan kirguzib berdi. Zaynab choydishlar yoniga mehmonlarga choy quyish uchuno‘ltirdi. O‘zbek oyim chiqib borg‘an Oybodoqni to‘xtatib so‘radi:— Qassob kelganmikin?— Boya kelgan edi. Oyimlardin fotiha olib bersangiz, qo‘yni chiqarib berar edim.O‘zbek oyim qudachasig‘a qaradi:— Fotiha berasizmi, quda!Oftob oyim Mohira oyimg‘a qaradi.— Fotiha beringiz, oyi!174

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qo‘y sizga atalg‘an, — dedi Mohira oyim. — Fotiha berish sizning haqqingiz, bizbo‘lsaq fotihani ko‘b berganmiz...O‘zbek oyim ham «siz bering» degandek qilib Oftob oyimg‘a imladi. Oftob oyimuyalinqirab fotiha berdi. Oybodoq chiqg‘andan keyin dasturxonga qaradilar va «olingoling»bilan bir-birlarini qistasha boshladilar. Boyag‘idek ko‘bchilikning ko‘zi Kumushda edi.Ayniqsa O‘zbek oyim suqlanib unga qarar va tomoqqa qistar edi:— Ol bolam, ol! Men tomoqdan uyalaturg‘an kishini yomon ko‘raman. Yoki eshikdankirishingdanoq sansiray boshlag‘anim uchun xafa bo‘ldingmi?— Xafa bo‘lish emas, so‘yindim, — dedi Kumush va dasturxondan cho‘qindi.Oftob oyim:— Sansirashingiz uch yildan beri Kumushni bolam, deb yurganingizni bizga ochiqonglatdi. Ayniqsa men buning uchun sizdan minnatdorman.Karima otin:— Kishi o‘z bolasini sansiraydir, begonani ham sansirasin-chi.Zaynab:— Meni ham chimildiqdan chiqishim bilanoq sansiragan edilar...O‘zbek oyim:— Men yaqin ko‘rgan kishimni sizsiray olmayman.— deb maxtang‘an sumol bo‘lib oldi,— hoy Kumush, ol, jilla qurisa anuv varaqidan bir-ikkita ye, yuraging uzilg‘andir.Kumush uzr aytdi:— Charchadim shekillik, — dedi, — ishtihom bo‘g‘il-g‘ang‘a o‘xshaydir...O‘zbek oyim kuldi:— Ishtihong bo‘g‘ilg‘an bo‘lsa charchag‘aningniki emas eringni sog‘inganingniki, —dedi. Birdan hamma kulib yubordilar. Zaynab ham kulguga ishtirok qildi... Ammo Kumushyuzini chetka o‘girgan edi. Ehtimolki, qayin onasining zakovatiga ichidan tahsin o‘qur edi.O‘zbek oyim Oftob va Mohira qudalarni dastur-xong‘a qistadi:— Oling quda, siz yoshlarni qo‘yabering, bularni yigit asrasa, siz bilan meni tomoqasraydir.Yana kulgi boshlandi. Oftob oyim o‘zini tutolmay kular edi. Kumush ham ochiq kulib,kulgi orasida Zay-nabka qarab oldi — Zaynab ham kular edi...Kulgi bosilib tushkandan keyin, Zaynabning yangasi Kumushdan so‘radi:— Begingiz bilan ko‘rishmaganingizga qancha bo‘l-di?Kumush dahshatlanib onasig‘a qaradi. Oftob oyim javob berdi:— Uch oy shekillik.Xushro‘y o‘zining zolim ko‘zini o‘ynatdi:— Ha, bo‘lmasa xolam aytkanlaridek ishtihongiz bo‘g‘ilg‘ani o‘shaniki.— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deyishdi xotinlar.— Men o‘zim bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — jo‘rttaga Otabekni uch oy to‘xtatibqo‘ydim-ku, axir!Kumushning ko‘nglidan kechdi: «Aniq bilasiz, jo‘rt-taga to‘xtatdingiz!»Oftob oyim kulib javob berdi:— Jilla uniki bo‘lmasa kerak. Manim ham ishtihom bo‘g‘ilg‘andek...O‘zbek oyimning esiga Otabek tushkan edi.— Hoy, aytkandek, Otabekni ko‘rdingizmi? — deb Oftob oyimdan so‘radi:— Yo‘q.O‘zbek oyim Zaynabka qaradi:— Tashqaridamikin?— Yo‘q emishlar... — dedi Zaynab.O‘zbek oyim ajablandi:175

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Boya otang ham so‘rag‘an edilar... — dedi, — qayoqqa ketkan ekan, aqlsiz...Ertalab senga hech narsa demabmidi?Kumush Zaynabning og‘ziga tikildi, Zaynab ham unga qarab oldi:— Ertalab mendan ust to‘nlarini so‘rag‘an edilar,— dedi, — men to‘nni berib qayoqqaborishlarini so‘rag‘animda, bir joyda ishim bor, degan edilar...Zaynab zimnan Kumushni chaqib oldi. Kumush loy kabi bo‘shashib, Oftob oyim hamog‘ir tortdi. Zaynabning qarindoshlari kulgan sumol bir-birlariga qarashib oldilar. O‘zbekoyim oradan o‘tkan sirni payqadi: «Birarta zarur ishi chiqg‘andir», dedi. Shu vaqtdarichadan Hasanali ko‘rindi, qo‘lida bir mesh qimiz ko‘targan edi, darichadan turibmehmonlarni «Xush kelibsiz» qildi»1 va qimizni uzatib Oftob oyimg‘a qarab kuldi:— Qimizni kuyavingiz sizga kirgizdi.Oftob oyimning hushi o‘ziga kelib, Kumushning yuziga qon yugirdi. Anovilar bo‘lsa,endi bularning holiga tushib bo‘zrayishdilar.Qimiz bilan yengillashkan O‘zbek oyim Hasanalidan so‘radi:— Qachon keldi?— Hozir.— Qayoqqa yo‘qolg‘an ekan, ahmoq?Hasanali izoh berdi:— Kecha hoji unga ish buyurg‘an ekanlar. Bilmadim, kecha nima bilan ovora bo‘libxizmatni unutkan va bu kun ertalab esiga tushib mehmonlar kelguncha borib kelarman,deb shunga ketkan ekan. Boradirg‘an joyi uzog‘roqda bo‘lib, kechikkan va yo‘ldan kelaturibbu gunohiga ikki mesh qimiz olg‘an... Hali qimizni menga berib: «Kirib ayting, juda uyatlikbo‘ldim kechirsinlar», deydir, — dedi va kuldi.Karima otin:— Kechirilmaydir, qimiz o‘zi nima degan gap, — dedi.Oftob oyim mehmonlarga qarab chiqg‘andan keyin Hasanaliga kulib javob berdi.— O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik.— Balli-balli! — dedi Hasanali, — men kechirganingizni chiqib aytaman.— Chiqib ayting, — dedi Oftob oyim.— Siz-chi? — deb so‘radi Hasanali Kumushdan.Kumush baqadek qotib o‘lturgan Zaynabka qaradi va uyalinqirab javob berdi:— Men ham kechirdim...— Sizning ikki boshdan kechirishingizni o‘zim ham bilar edim, — dedi Hasanali.Bo‘g‘oz-qisir uy ichini kulgi bosdi.Kulgidan so‘ng O‘zbek oyim:— Nega o‘zi kirmadi? — deb so‘radi.— Qayin otasi bilan so‘zlashib o‘lturibdir...Hasanali ketkandan keyin O‘zbek oyim Oybodoqqa, qimizni mis tog‘orag‘a bo‘shatishkabuyurdi. Qo‘y so‘yilib tayyor bo‘lg‘an edi. O‘zbek oyim qudachasining ra’yini so‘radi:— Nima buyurasiz?— Mendan so‘rab o‘lturmang, mehmonlar nimani xohlasalar biz ham o‘shanga yormiz.O‘zbek oyim tomoq buyurish uchun havliga tushdi. Zaynab mis tog‘orog‘a ag‘darilg‘anqimizni cho‘michlab kosalarga quyib mehmonlarga tutdi.9. HOJI ETAK SILKKANTo‘rda qutidor, uning yonida mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asiPirnazar jallod1 va Sotiboldi otalig‘ yana bir keksa o‘lturar edilar. Pirnazar jallodning yonidaOtabek va Sotiboldi akaning qatorida Yusufbek hoji edilar. Oyog‘da Hasanali meshdanqimiz quyar edi.176

O’tkan kunlarAbdulla QodiriySo‘z to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tkan qipchoq qirg‘ini ustida ketib, Yusufbek hoji bu to‘g‘ridaso‘zlar edi.— Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimnitanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlabkelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yoyosh bola kabi aldandim... Ululamir bo‘lg‘an kishi ham shu manfaatparastlarning xarobfikrlariga quloq berib, bizdek odamlardan bu to‘g‘rida bir og‘iz kengash so‘rashni unutdi.Holbuki, Musulmonqul balosidan uni najotka chiqarg‘uchilarning bittasi biz edik. Natijadaersa so‘zi — so‘z, kengashi — kengash bo‘lg‘anlar shu uch-to‘rtta kalla buzarlar bo‘lib,bizga o‘xshag‘anlarning darajamiz yosh boladek aldanish ekan...Yunus Muhammad oxund uning so‘zini bo‘ldi:— Ey hoji, — dedi, — hamma fasod ululamirda, agar ululamir durust odam bo‘lsa,uch-to‘rtta muttahamning yomonlig‘i hech qayerg‘a bormas va buncha gunohsizbechoraning qoni o‘rinsiz to‘kilmas edi. Janobi payg‘ambari xudo hadisi shariflaridaaytadirlarkim, «Bismillahir-rohmanir-rohim qola an-nabiyu alay-hissalom: Izo vasada alamruilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata, ya’ni ul sarvari koinot marhamat qilurlarkim, agarbir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning qiyomatiniyaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l». Bas, bizning korlarimiz ham ko‘b fursatlardan berinoahl odamlarning qo‘lig‘a qolib va har zamon ul nobakorlar bizlarning boshimizg‘a anvo’ikulfatlarni soladirlar. Ilohi kori badlari o‘z boshlari birlan daf’ bo‘lg‘ay.— Saddaqta yo rasulilloh1, — dedi hoji va hadisni takrorladi: — «Izo vasada al-amruilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata» — voy bo‘lsin biz badbaxtlarning holiga,— dedi. Bir ozma’yuslanib to‘xtadi va domla tarafidan bo‘lingan so‘zini shu gaplar bilan tamomladi:— Shu kungacha bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchi bo‘lib umrimning nihoyatiga yetibqoldim, — dedi. Soqolini tutamladi. — Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shumanfaatparastlar ta’sirida qoraydi. Yoshim oltmish beshka yetib bir vaqt bo‘lsin ibodatimnijanobi haqqa bevosita yo‘naltirg‘animni va ko‘ngil ko‘zim ochilib qilg‘an sajdamni xotirlayolmayman. Bu aldanishim ersa, haq tarafidan bir tanbeh, bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchibo‘lg‘anim uchun bir kinoyadir. Endi mundan keyingi besh kunlik umrim dunyomojarolaridan etak silkib to‘sha’i oxirat tadorikini qilmog‘im uchun g‘animat ko‘rinadir.Bu so‘z majliska bir ma’yusiyat berdi. Ko‘b vaqt hammalari sukutda qoldilar. Hojininggapi ayniqsa Pirnazar akaga ta’sir qilg‘an edi. Ul o‘z hunari ruhida mulohazasini so‘zladi:— Yomonlarni bitta-bitta, terib-terib bosh kesmasdan elni tinchitish qiyin, — dedi.Bu so‘zdan keyin majlis ahli hojining og‘zig‘a qaradilar. Hoji kulib qo‘ydi, bir ozdankeyin:— To‘g‘ri aytdingiz, jallod, — dedi, — bu taqdirda yoningizda o‘lturg‘an bizning o‘g‘ulniham ko‘makingizga chaqira olasiz...Hamma kulib yubordi. Qutidor yer ostidan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabekdadasining kinoyasiga tushunib qip-qizil lavlagidek bo‘ldi. Yaxshiki qutidor va Hasanalidanboshqa hech kim bu kinoyaga tushunmas edi.Pirnazar aka jiddiycha Otabekka qaradi.— Otabek menga o‘xshag‘an jallodkina emas, amiri lashkar bo‘la oladir. Siz fotihabersangiz va Otabek amr bersa men xudo haqqi yomonning boshini olishdan qaytsam, —dedi.— Bizning kattadan-kichigimizning, — dedi hoji,— topqan-tutqanimiz faqat bosholish... Biz o‘ylaymizki, go‘yo bosh olish bilan olam tinchiydir va biz o‘z xohlag‘animizni qilaolamiz. Tuzik, jallod aytkanidek, yomonning boshini olmoqqa men ham qarshi emasman valekin buning nozik shartlari bor: avvalo manfaati shaxsiyasidan kechib, faqat el baxti uchunbosh tikkanlar jamoasi kerak va bu jamoaning o‘z maslaki yo‘lida kuzatkan ma’lum birnishonasi bo‘lmog‘i zarur. Ana shundan keyin haligi nishonaga qarab intilishda oyog‘ ostig‘a177

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyelashkan cho‘p-xaslarni supira borish lozim. Mana shundagina to‘kilgan qonlar o‘rinlik vamashru’, berilgan boshlar chin qurbon hisoblanadirlar. Yo‘qsa, sizning bosh olishingiz hamanovilarning qirg‘inidan farqlik bo‘lolmas, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘andan keyinafsuslandi, — shu yoshg‘a yetib bu xalq orasida haligi jamoani uch-to‘rt nafardan ortiquchratolmadim, afsus.Yana bir muncha gaplar o‘tkandan keyin hammalari masjidga chiqib peshinni o‘qubkirish uchun qo‘zg‘al-dilar. Otabek ham ko‘bchilik bilan birga qo‘zg‘alg‘an edi, Hasanali unito‘xtatdi:— Siz to‘xtangiz, Otabek, — dedi. Kishilar havli yuziga tushkandan keyin, — ichkarigabir kirib chiq-masangiz ayb bo‘ladir... Boyag‘i ishingizni bo‘lsa zo‘rg‘a yolg‘on-yashiq bilanularning ko‘nglidan chiqardim.Otabek nihoyatda bo‘shashqan holda qaytib o‘rniga o‘lturdi:— Mayli, bo‘lmasa... — dedi.10. HASANALINING HIYLASIKishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albattabuni biz qattig‘ qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshi-mizg‘a yo‘lbars chiqsa,biz qattig‘ qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lum kutadir, inson uchun dunyoda o‘lumdan qo‘rqunchnarsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘ishundakim, bizni dunyo baxti kutkanda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lumkutkandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz (o‘rganizmamiz) birinchidagi holatnikechiradir?Otabek ham hozir shu keyingi holatka tushkan edi. Erta bilandan boshlang‘an bu holatHasanalining ke-yingi so‘zi bilan tamom bir dahshat kasb etdi va hushsizlarcha o‘lturibqoldi.Hasanali kirgandan so‘ng qilinadirg‘an muomalani ta’lim berdi:— Onangiz bilan Zaynab anovi mojarolaringizdan xabarsizdirlar, buni qayin onangizbilan kelinga ham uqdirib qo‘yg‘anman. Ular bilan so‘rashib, so‘zlashqa-ningizda, go‘yo uchoydan berigina ko‘rishmaganlardek bo‘lingiz.Otabek bo‘zarib entikdi:— Ul-ku oson... — dedi.— Qiyini qaysi?— Shu choqg‘acha tushunmadingizmi?Hasanali Otabekning yuziga uzoq tikilib qoldi...— Yigit emasmisiz, ey barakalla.— Yigitlik bilan yurakni to‘xtatish...Hasanali ham o‘ylab qoldi. Darhaqiqat, Otabekning hozirgi holi nozik edi. Hasanali birnecha qayta bosh qashinib va soqol tutamlab o‘ylandi. Nihoyat, o‘zicha kulindi:— To‘xtang bo‘lmasa,— dedi,— men bir ish qilayki...— Nima ish qilmoqchisiz?— Siz hozir so‘ramang, ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topishtiring.Otabek kuchlanib kuldi:— Nima, axir? — deb yana so‘radi.— So‘ramang, — dedi Hasanali, — siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni o‘quybering.Hasanali shu so‘zni aytib mehmonxonadan chiqdi. Otabek Hasanali tarafidan tashir1etilgandek, turib tahorat oldi va mehmonxonaga kirib «tarobih» boshladi... Oradan yarimsoat chamasi vaqt o‘tkan edi, Hasanali ichkaridan chiqib keldi.Otabek esa hanuz ruku’da2, sujudda3 edi.178

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— O‘qub bo‘lmadingizmi? — deb so‘radi darichadan.Otabek yonig‘a salom bermasdan unga qaradi. Bu holga Hasanalining kulgusi qistabkelsa ham, o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatti:— Qani, men bilan yuring.— Qayoqqa yuraman.— Ichkariga.— Tag‘inmi?Hasanali kuldi:— Endi kirsangiz bir martaba bo‘ladir, — dedi. — Siz... hozir o‘rta yo‘lakdan sekinginamanim uyimga kirasiz... Xotinlar namoz o‘qub yotibdirlar, sizni hech kim ko‘rmaydir. Sizkirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan so‘ng oldingizg‘akelinning yolg‘iz o‘zini kirguzaman... tuzikmi?— Tuzik...— Qani, turing tezroq!Otabek turdi. Uchrashishka hali anchagina vaqt bor, shuning uchun uning yuragi tinchsumol edi. O‘rta yo‘lakka kirdilar. Oldinda borg‘an Hasanali to‘xtadi va uyning eshiginiko‘rsatib «o‘ting!» dedi. Otabek uning aytkanicha qilib o‘zini uyga oldi. Hasanali Otabekniuyga kirguzgandan so‘ng kelib eshikni qiyaroq ravishda yopdi va darichani narigi uydanqarag‘anda kishi ko‘rinmaslik qilib qiyg‘och ochdi. Shundan keyin ul o‘zicha nimagadirkulimsirab xotinlar oldiga ketdi.Otabek kirguzilgan Hasanalining uyi Oybodoq ona tarafidan tozag‘ina yig‘ishtirilib, o‘rtahollik kishilarning uyidek asbob, jihozlar bilan ziynatlangan edi. Devorlar ganchlangan,shiplar sirlangan, oyog‘ osti alvon gullik kiyiz bilan to‘shalgan va taxmong‘a kirpo‘shko‘rpalar osilg‘an edi. Otabek kafshini dahlizga yeshdi-da, uy bo‘yicha bir-ikki qayta yurindiva entikib nafas oldi. Shu vaqt taxmong‘a osilg‘an kirpo‘sh o‘z-o‘zidan qimirlag‘andek bo‘ldi.Bu qimirlashni Otabek payqamadi. Haligi qimirlag‘an kirpo‘sh birdan ochilib ketib Otabekcho‘chidi... Birav taxmondan unga qarab kulimsirar edi. Otabek titrar edi... Bir ozdan so‘ngikkisi ham o‘zlarini bir muncha to‘xtatdilar-da, bir-birlariga tomon yurishib keldilar vaso‘zsizg‘ina quchoqlashdilar... Otabek sunbul islik sochlardan ruh olar, Kumush go‘yo uningbag‘rig‘a singib ketkan edi. Bu hol bir daqiqa chamasi davom etkandan keyin bir ozajralishqan ko‘yi uyning oyog‘ig‘a yurib bordilar va tiza-batiza o‘lturdilar... Birisi ham so‘zlayolmas, faqat termulishar edilar. Necha daqiqag‘acha shu holatda bo‘ldilar. Nihoyat,Kumush kulgi aralash ko‘ziga yosh oldi.— Siz... qochqoqsiz, — dedi.— Siz...— Men?— Siz quvloqsiz.— Ajab qilaman, — dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina uribqo‘ydi.— Bu yoqqa ham...— U yoqqa Zaynab ursin.— Zaynabning... urishka haqqi yo‘q.Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rilmagan bir shodliq o‘ynadi:— To‘g‘ri aytasizmi?— To‘g‘ri aytaman!— Mana bo‘lmasa, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini ham silagandek qilibqo‘ydi. Yana kulimsirashib, termulishib qoldilar...— Biravning g‘amida kuyib qaridim, — dedi Kumush.— Bekor aytasiz... Meni aytsangiz to‘g‘ri.— Siznimi? — dedi Kumush. — Siz endi qirchillabsiz!1179

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— To‘g‘ri gapirmadingiz.— To‘g‘ri gapirdim.— Ammo siz...— Men?— Keyin aytaman...Kumush o‘pkaladi:— Ayting hozir, — dedi va jodu ko‘zini allaqanday holatka qo‘ydi. Otabek javob o‘rnidaKumushning yuzidan o‘pdi... Kumush o‘zini qutqazib o‘rnidan turdi.— Yaxshi qoling endi.Otabek tushunolmay unga qaradi:— Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz?— Marg‘ilong‘a...— Bu kun kech bo‘lib qoldi, ertaga ketarsiz.Kumush kulib Otabekning yuziga urdi:— Bizning ovloqda ko‘rishkanimizni, — dedi, — oyim va Hasanali otamdan boshqahech kim bilmaydir, ayniqsa Zaynabingiz bilsa yaxshi emas.— Bilsa nima qiladir?— Hech narsa qilmaydir... Yaxshi emas-da,— dedi,— bir ozdan keyin chiqib oyim bilanso‘rashing, kirmaganingiz uchun qayin onalaringiz so‘yinishib o‘layotiptilar.Kumush yana bir kulib qarag‘andan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zinibosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomong‘a oshiqibqina edi. O‘zi yolg‘izqolg‘andan so‘ng nimaga bo‘lsa iljaydi va Hasanaliga ilgarigidan ham quyuqroq o‘zidamuhabbat sezdi. Shu daqiqadan boshlab kechiradirgan mas’ud kunlarini tasavvurdan ojizva Zaynab to‘g‘risida o‘ylab ham qaramas, boshqa gap esiga-da kelmas edi. OradanKumushning uyga kirib olishi fursat o‘tkandan keyin, uydan chiqdi va parvosizchamehmonlar o‘lturgan uyga bordi. Uning kelishini o‘z uyidan ko‘rgan Zaynab yugirganchaOtabek orqasidan mehmonlar oldig‘a kirdi. Uydagilar Otabek-ni ko‘rish ila o‘rinlaridanturganlar, faqat O‘zbek oyim «hap» etkancha o‘lturar edi. Otabek Oftob oyim bilanko‘rishdi... Oftob oyim uni quchoqlab yuzidan o‘pdi va ko‘ziga yosh oldi... So‘ngra kichkinaqayin onasi bilan, Zaynabning opasi va boshqalar bilan so‘rashib chiqdi va kulimsiraganholda Kumushka «esonmisiz...» deb qo‘ydi. Kumush ham «shukur» deb kulindi. So‘rashishtamom bo‘lg‘andan keyin o‘lturishdilar. Otabek onasining yonig‘a, Zaynab uning yonig‘ao‘lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig‘ig‘a g‘ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko‘zyubordi.Fotiha o‘qulib kuyav qayin onag‘a uzr aytdi:— Avvalo sizlar kelguncha qaytarman, deb ertalab bir gunoh qildim. Undan keyinmehmonxonadan qo‘zg‘alolmay ikkinchi uyatka qoldim...Oftob oyim:— Bolamiznikini aybi yo‘q.O‘zbek oyim:— Qimiz kirguzib qayin onangning og‘zini ho‘l-lamag‘aningda nax balog‘a qolib eding,bolam.Kulishdilar. Karima otin:— Kumushoy bo‘lsa, sen erimni yashirg‘ansan, deb Zaynabning engka-tengkasinichiqardi.Yana kulgu bir-biriga elashdi. Zaynabning boyag‘i ishiga Kumushning g‘ashi kelganiniaytilmasa, hozir ul ham juda ochilg‘an, kular va yer ostidan Otabekka ko‘z qirini tashlar,Zaynab bo‘lsa Kumushni ta’qib etar edi. Majliska bir oz jimjitlik kirgandan so‘ng Otabekham o‘z tomonidan bir kulgu to‘qumoqchi bo‘lib, Zaynab bilan Kumushka qarab oldi:— Men bir ishka hayronman, — dedi.180

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Nimaga? — deb so‘radi Mohira oyim.— Nega Zaynab semizu Kumush ozg‘in?!O‘zbek oyim javoblandi:— Buning hikmatini mendan so‘ra, bolam, — dedi,— Kumushing o‘zingga o‘xshashserfikr ko‘rinadir, Zaynab bo‘lsa menga o‘xshash quvnoq.Otabekni o‘ziga o‘xshatqani uchun Kumush qayin onasidan rozi bo‘ldi. Ammo Zaynabo‘zini Otabekdan chetka qoqqani uchun O‘zbek oyimga g‘ijindi.O‘zbek oyimning bu fikriga Karima otin qarshi tushdi:— Yanglishdingiz, oyi, — dedi, — bundagi farqni Yusuf-Zulayho qissalarini o‘qug‘ankishi biladir... Uch oy degan fursat ozg‘ina vaqt emas, Kumush xonimning ozg‘anisog‘inishniki!Karima otin qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarayozdi. Ya’ni Otabek bilan KumushniYusuf-Zulayxoga o‘xshatib, Zaynab va qarindoshlarini o‘t ichiga tashlag‘an edi.— O‘zbek oyimniki to‘g‘ri, — dedi Mohira oyim, — Zaynab quvnoq, Kumushnisa manimko‘zimga ham serfikrga o‘xshab ko‘rinadirlar...— To‘g‘ri-to‘g‘ri, — dedi Xushro‘y.Kumush bilan Oftob oyim oradan kechkan sirga tushunib jim o‘lturar edilar. Kumushyer ostidan Otabekka rizosizcha ko‘z tashladi.— To‘xtanglar-chi, — dedi Otabek, hamma unga qaradilar, — hech qaysilaringiz hamtopolmadingiz.— Topolmag‘an bo‘lsaq o‘zingiz ayting! — dedi Sharofat chevar.— O‘zlaringiz topolmag‘andan keyin men aytib nima qilay?— Men topdim, xax shayton! — dedi Karima otin, — qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oqgulning ham o‘z oldig‘a isi bor, demakchi!Hamma birdan kulishib:— Xudda-xudda! — deyishdilar.Otabek kulib o‘rnidan turdi va «topolmadingiz, topolmadingiz» degancha uydan chiqdi.Kumush bilan Oftob oyimning ko‘nggillari birdek bo‘lsa ham bu kashfdan keyin Zaynabbilan Mohira oyim ancha yengillashdilar. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuqberildi.11. KUMUSHNING SO‘Z O‘YUNIShomga yaqin mehmonlar tarqalishdilar. Mehmon-xonada hoji, qutidor, Hasanali vaOtabek qolg‘an edilar.Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak1olar edi.— Men sizlardan juda xafa bo‘lg‘an edim. Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘atashlash darajasiga yetgan edim. Nahotki uch yil bo‘lsayu — bir yo‘li o‘z bilgularingizchakelmasalaringiz. O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa... Axirmanim ham o‘zimga yarasha obro‘m bor. Toshkandda kimsan, Yusufbek hoji deganingko‘chiman2. Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar... Qushbegininguy ichlari bo‘lsa, bir ishni manim kengashimsiz qilmaydirlar... Shuncha obro‘ ko‘rgan birkishi kelib-kelib nahotki o‘z qudasidan va kelinidan munchalik obro‘sizlik ko‘rsa...Shahardagi kattadan kichik ertayu kech quloq-miyamni yeydirki, hoy, marg‘ilonliq keliningizkeldilarmi, nega shundog‘ keliningiz bo‘laturib Marg‘ilong‘a tashlab qo‘yibsiz? Men bo‘lsamhech so‘z topolmag‘animdan aytaman: — Kelinimning onasi kasal emish... Ikkinchi vaqtda:— Kelinim bechora munglug‘1... deyman. Endi ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulningto‘qidek kelinim bor ekan... Men bu adabsizga tag‘in o‘zim o‘lturgan uyimni bo‘shatibberibman-a, — der edi.181

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyO‘zbek oyimning dali-g‘ulilig‘idan Oftob oyim va Kumush unga juda o‘zlashib olg‘anlar,uning so‘ziga goh kulib, goh uzr aytar edilar. Hozir uyda Otabek bo‘lmag‘ani uchunmi,nimadan bo‘lsa ham har nuchuk Zaynab o‘z uyida kuymalanishib yotar va mehmonlarniO‘zbek oyimning tanho o‘ziga tashlag‘an edi.Tokchalarga sham’lar yoqilib, vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘andan so‘ng uyga Otabekkirdi. Ul kirgandan keyin Oftob oyim bilan O‘zbek oyim ular oldida o‘ltirishni eb bilmadilarda,sirlashish uchun boshqa uyga chiqib ketdilar. Ularning chiqib ketishini kutib turg‘andek,qo‘lig‘a bir choydish choy ko‘targani holda Zaynab kirdi va Otabekdan choy ichib, ichmasiniso‘radi. Otabek ichmayman, deb javob bergan edi, Kumush orag‘a tushdi.— Men ichaman, o‘zingiz ham o‘lturing.Zaynab uncha qistatmadi, o‘lturib Kumushka choy quyib bera boshladi. Kumush uniso‘zga solib so‘radi:— Manim balo-qazodek yetib kelishim uchun xafa bo‘lgandirsiz?Zaynab Otabekka qarab oldi:— Nega xafa bo‘lay, — dedi, — siz kelmaganingizda ham o‘zlari borar edilar...— Bormas edilar! — dedi Kumush, — men bilan urishib kelgan edilar...Otabek Kumushka yer ostidan kulib qaradi, Kumush ham kulib javob berdi.— Shu kishi birav bilan urishadirlarmi? — dedi Zaynab, — ikki yildan beri menga birog‘iz qattig‘ so‘z aytkanlarini bilmayman...— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Kumush, — bu kishi emas, men urishkan edim... Bu kishidasira gunoh yo‘q va arazimizga bir to‘ng‘uz sababchi bo‘lg‘an edi.— Kim balo ekan ul? — dedi Zaynab.— Bizning shaharning eng yaramasi, — dedi Kumush va Otabekdan so‘radi, — sizeshitdingizmi, yaqinda o‘shani bir bek o‘ldiribdir?Otabek kulimsiradi:— Eshitdim...— O‘sha bekning haqiga eshitkan kunimdan beri duo qilib kelaman...Zaynab so‘radi:— Sizlarda qanday dushmanlig‘i bor ekan?Otabek «endi nima deysan» degandek qilib Kumushka qaradi. Kumush bo‘lsa parvosizjavob berdi:— O‘sha to‘ng‘iz uylanmakchi bo‘lib manim bir o‘rtog‘img‘a sovchi qo‘yib yurar edi...Men ersa o‘rtog‘imni unga tegishdan aynatkan edim. Aynatishim halig‘i to‘ng‘uzningqulog‘ig‘a yetib meni bu kishiga chaqibdir. Bu kishi bo‘lsa, nega biravni o‘rtasig‘a tushasan,deb mendan xafa bo‘ldilar...«Bu kishi» Kumushning yolg‘on uyushdirishidan kuldi, Zaynab ersa erini oqlab tushdi:— Ayb sizda ekan, — dedi, — siz ham nega biravning o‘rtasig‘a tushasiz?— Ayb mendalikka menda, — dedi Kumush va Otabekka qaradi. — Nafsilamrgaqarag‘anda ayb bizning oramizg‘a cho‘p bo‘lib tushkan xolamning qizi Zaynabda, shundog‘emasmi? — deb so‘radi.Otabek sachrab Kumushka yuz o‘girdi:— Bu o‘rtag‘a Zaynabni nimaga kelturib tiqasiz, endi?Kumush kuldi va eski holini buzmadi:— Siz hovliqmang, bek, — dedi, — tunovi kun xolamnikiga borg‘an edim, xolam qiziZaynabdan shikoyat qilib hamma gapni Homid cho‘chqaning qulog‘ig‘a yetkizguchi o‘z qiziZaynab gumbaz bo‘lg‘anini birma-bir aytib berdi, bildingizmi?Otabek zo‘rg‘a-zo‘rg‘a xaxolashdan o‘zini tutib qol-di:— Nima bo‘lg‘anda ham ayb sizda, nega boshda o‘zingiz bu ishka aralashdingiz, axir?— dedi.Zaynab:182

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— O‘zingizning aralashishingiz chakki-da, — deb qo‘ydi.Kumush jiddiy tus oldi:— Siz aytkandek Zaynab gumbazda ham ayb yo‘q, menga qolsa hamma gunoh bekotam bilan xon oyimda,— dedi. — Orzu-havaslik joyni qidirmasdan qizlarini bir kishigaberib qo‘ya qolsalar — albatta bu savdolar yo‘q edi... Nahotki ikki yildan beri nechabechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkand qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozg‘inayo‘lmi, axir?Otabek xaxolab yubordi:— Hamon aybni o‘z bo‘yningizga olmaysiz, astag‘-firulloh...Zaynab Kumushdan:— Bek otangiz bilan xon oyingiz kim?— Haligi men aytkan o‘rtog‘imning ota-onalari... Orzu-havas qidirib bechora qizlariniqaritib qo‘ydilar.— Nega siz tayyor kuyavdan o‘rtog‘ingizni aynatdingiz?— Davlati bo‘lsa ham o‘zi teri namoyish edi... Kishi davlat uchun erga tekkandan yergateksin...— Albatta, — dedi Zaynab.Otabek Kumushning so‘z o‘yuniga ajablanar va xoy shayton, degandek unga qarar edi.Kumush yana tinchiy olmadi:— Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor, — dedi.Otabek jo‘rttaga so‘radi:— Qanday daxli bo‘lsin. Sizga qolsa, butun shahar daxldor ekan-da?— Shoshmang jonim, — dedi Kumush, — nega o‘ylamay-netmay eshigiga bosh uribkelgan bir yigitni quvlab soladir?— Astag‘firulloh... uning quvlanishig‘a ham Homid sabab bo‘lg‘an. Homidningyomonlig‘ig‘a ersa siz sabab bo‘lg‘ansiz...Zaynab nimadir so‘ramoqchi bo‘lg‘an edi, Kumush unga yo‘l bermadi.— U ham emas, bu ham emas, — dedi, — hammasi xudoning taqdiri.Otabek:— Ana endi to‘g‘ri aytdingiz.Kumush:— Ikki o‘rtada dum qidirib quloqdan ham ajralg‘an puchuq oyimning holi hamxudoning taqdiri!Otabek kuldi. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmag‘an, shunga ko‘ra Kumushdanizohlar olmoqchi edi. Kumush unga izohlar uyushdirishni xohlamag‘anliqdan so‘zni chetkachalg‘itib yubordi:— Necha yoshqa kirdingiz, Zaynab opa?— O‘n to‘qquzg‘a shekillik.— Hali siz bola ekansiz, — dedi Kumush.— Siz nechaga kirdingiz?— Meni so‘ramang, men endi qarib qoldim...Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi:— Hali yoshqa o‘xshaysiz-ku.— Necha yoshqa kirgan deb o‘ylaysiz?Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamaliq g‘ubortegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. Zaynabka qolsa ehtimolkiKumush o‘zidan ham yosh chiqar edi.— Men qayoqdan bilay...— Yigirmaga kirdim.— Mendan bir yosh katta ekansiz.183

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Sizdan albatta kattaman, — dedi Kumush.Kumushning «albatta kattaman» degan so‘zini Otabek ichidan tasdiqladi, uninghusndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanini o‘yladi.Orag‘a bir necha daqiqaliq so‘zsizlik kirdi. Otabek yer ostidan Kumushka nigoh tashlar,Zaynab gilamning popugini chirmab nimaningdir xayolini surar, Kumush bo‘lsa hech kimgaham qaramay mudrag‘an sumol o‘lturar edi. Kumushni bu holda ko‘rib Otabekning yuragiachidi...— Yo‘lda charchag‘an ko‘rinasiz, Kumush.Zaynab gilamdan ko‘zini oldi, Kumush mudrashdan cho‘chidi...— Qaydam...— Biz ketaylik, siz tinchib uxlang, — dedi Otabek.— Mayli... Xuftanni ham o‘quy olmaydirg‘an o‘xshayman.— Zarari yo‘q, — dedi, — yolg‘iz qo‘rqmaysizmi... Yoningizda Zaynab yotsinmi?— Zaynabnisa siz bilan yotsin... Men yolg‘izliqg‘a o‘rganganman...— Onangizni chaqirib beraylik bo‘lmasa.— Rahmat.— Yolg‘iz yotib qolgangizni ayniqsa oyim eshitsa...— Siz bilan Zaynabnisa yolg‘iz yotib qolg‘animni aytmasangiz, hech kim bilmaydir...O‘rin o‘shami?Zaynab nimagadir juda ham quvonib ketdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Kumushnio‘rin yozishg‘a qo‘ymay o‘zi par to‘shakni olib yerga soldi. Kumush mudrag‘an ko‘yiZaynabka tashakkur aytib to‘rdagi burchakka o‘lturib oldi. Otabek berigi burchakdan turibuni qo‘li bilan yanar va kulimsirab xo‘mrayar edi. Kumush mudrag‘an ko‘yi, suzilgan ko‘yiiljayib javob berar edi...O‘rnini solib bitirgandan keyin, Zaynab qanoatlanib uydan chiqmoqchi bo‘lg‘an edi, uniKumush to‘xtatdi:— Zaynabnisa, — dedi, Zaynab qaradi, — bu kishini tashqarig‘a chiqib yotishg‘aqo‘ymang, tuzikmi?— Nimaga?— Nimagaki, dadamning ko‘ngliga gap keladir.— Xo‘b, — dedi Zaynab va eshitdingmi degandek qilib eriga qarab olg‘andan keyinuydan chiqdi. Uning keticha Kumush Otabekka qattig‘ qilib aytdi:— Qani, siz ham uyingizga!..Zaynab juda ishong‘an holda o‘z uyiga borib yetdi.— Chindan aytib yotibman, eshitasizmi?Otabek o‘zini g‘aflatka solib Kumushning yonig‘a bordi:— Siz...— Men?— Siz quvsiz...— Men quv emasman, — dedi kulib Kumush, — men hali urushig‘liq holdaman,yarashqanim yo‘q.— Boya nimalarni so‘zladingiz, sir ochiladimi, deb jonim bo‘g‘zimg‘a keldi.— Nega sir ochilsin? — dedi, — men siz bilan o‘tkan ishlar haqida so‘zlashmoqchibo‘lib turar edim — o‘zi jo‘rttaga kirib keldi. Men ham so‘zimni to‘xtatmay jo‘rttaga boshqayo‘lda aytib chiqdim. Nima, bir narsa payqadimi?— Payqamadi-ku... Shundog‘ bo‘lsa ham men juda qo‘rqdim.— Hali shu yuragingiz bilan uch kishini o‘ldirdingizmi, men ishonmayman, — dediKumush va Otabekning xanjar tekkan qo‘lining chizig‘ig‘a ko‘zi tushdi. — Pichoq yomonkesipti... Chumchuq so‘ydingizmi? Qani chiqing, men yotaman.— Yota beringiz.184

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Sizning oldingizda yeshinaymi?— Uyalsangiz men yuzimni o‘girib turay, — dedi va yuzini chetka burdi.— Qaramang bo‘lmasa, — dedi Kumush yeshinar ekan, — «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘aniyo‘q» degan so‘zni besh-olti qayta takrorladi va o‘ringa kirib olg‘andan keyin ham«bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» deb kular edi.Otabek nihoyatsiz «bo‘lg‘ani yo‘q» dan zerikib qaradi:— Aldamchi.— Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq.— Aniq qo‘rqmaysizmi yolg‘iz?— Nega qo‘rqay, ikki yil yolg‘iz yotib, endi juda o‘rgandim... Ehtimol siz yolg‘izliqdanqo‘rqarsiz.— Kinoyangiz...— Bu kinoya emas, to‘g‘ri so‘zim, — dedi Kumush,— men bu holda yolg‘iz hamemasman...— Bu nima degan so‘zingiz tag‘in?— Ya’ni hamrohim bor, deganim — mendan qo‘rqmang, deganim...Otabek yana tushunmadi...— Hamrohingiz...— Hamrohimmi? — dedi Kumush, — hamrohim biravning xayoli, biravning fikri. Bas,bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh uyqudan ham shirin.Otabek «hamroh»ga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o‘pdi:— Lekin men bu so‘zingizga ishonmayman.— Nega ishonmaysiz?— Negaki, siz anovi... kechasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz...Kumush Otabekning yelkasiga qo‘lini tashladi:— O‘shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag‘anim to‘g‘ri, — dedi, — chunki biravlardanbutunlay umidim kesilgan, hamrohim menga hamisha umidsizlikgina berar, dahshatimniginaortdirar edi. Ammo o‘sha kunlarda uyqu menga juda shirin bir narsa bo‘libqolg‘an, men uyqudag‘ina biravlarni ko‘rar va kunduzlari ham uyqu qidirar edim. Endibo‘lsa yana yo‘ldoshim xayol... Tag‘in nima deysiz?— Hech narsa demayman... Lekin siz ikki yil burung‘i Kumush emassiz.Kumush ko‘rpaga burkanib oldi:— Chiqing... uyqum keldi.Otabek zo‘rg‘agina o‘rnidan turdi... Ul uzog‘lash-qandan keyin Kumush sekinginayuzidan ko‘rpani oldi va mudroq ko‘zlari bilan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabekhavlidag‘i oyog‘ tovshini eshitib, tokchadag‘i sham’lardan uchtasini o‘chirg‘an edi,darichadan Zaynab ko‘rindi: «Hali ham shu yerda ekansiz, men sizni tashqarig‘achiqg‘ansiz, deb o‘ylabman...» dedi. Otabek javob bermay qolg‘an sham’larni o‘chirdi.Zaynabning «hali ham shu yerda...» so‘zi bilan Kumushning ko‘zi uyqudan ochilib ketkanedi... Otabek eshikni yopib chiqdi.12. KUNDASH — KUNDASHDIRKumush qayin otasi bilan qayin onasiga uch-to‘rt kunning ichidayoq o‘zini ko‘rsatibqo‘ydi, shirin va aqllik muomalalari bilan ularni o‘ziga maftun qildi. Yusufbek hoji «bu odamfarzandi emas — farishta» der, orada Zaynab bo‘lmasa «farishta», deb atamoqqa hamhozir edi. O‘zbek oyim bo‘lsa eski kina va adovatlarni qaytib kelmas dunyosiga jo‘natdi.Tevarakdan marg‘ilonliq, kelinni ko‘rish uchun kelguchi xotinlarg‘a muomalani yana hamyuqoriroqdan turib qila boshladi. Har bir «keliningiz ajabmi?» deb Kumushka suqlang‘uchixotinlarg‘a, «Manim chin kelinim Marg‘ilonda edi-da!» der edi. Goho O‘zbek oyimning o‘zi185

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyham Kumushning husniga va muomalasiga ajablana boshlar, hojini ovlog‘roqda uchratibqolsa, «alhazar, o‘g‘lingizdan — uylangan xotinini qarang», deb qo‘yar, hoji bo‘lsa, «o‘zingbilgan sihrchi hindi sening ham boshingni aylantiribdir...» deb iljayganda, O‘zbek oyim«rost, bu kelinning husnidan ham boshqa yana tag‘in bir alohida xosiyati borg‘ao‘xshaydir!» deb kular edi. Kumush o‘zini ko‘rgan kelguchi xotinlardan ko‘proq olqish olsa(albatta oshkora emas), xotinlarning jo‘nashi bilanoq darrov O‘zbek oyim Oybodoqdanisiriq tutatdirib avval Kumushka, undan keyin ko‘ngli qolmasin, deb Zaynabka soldirar, agarOtabek ko‘rinib qolsa, uni ham quruq qoldirmas edi.Egasini siylag‘an itiga suyak tashlar, qabilidan qizlari tufayli qutidor va Oftob oyimlarham juda yaxshi izzat ko‘rar edilar. Qutidor kelganidan beri bir soat ham uyda bekorqolmay, har kun Yusufbek hojining muxlislaridan birining uyida mehmon va hojiningsuhbatidan mamnun edi. Oftob oyimni bo‘lsa O‘zbek oyim o‘tqizg‘ali joy topmas, quda so‘zio‘rniga — singlim deb xitob qilar, oshni ham uning ra’yini so‘ramasdan buyurmas edi.Kelganlarining o‘n beshinchi kunigacha shaharning kazo va kazo xotinlarini qabul qilibo‘tkardilar. Ya’ni Oftob oyim Toshkandning yuz boshi oyimidan tortib, ponsadboshi,qo‘rboshi to o‘rda oyimlarig‘acha tanishib oldi va ularning har birlaridan kutilmagandarajada izzat, hurmat ko‘rdi. Bu oyimlarning har birlaridan — «albatta biznikiga mehmonbo‘lmasdan ketmaysiz, egachi1 degan takliflar ham hisobsiz edi. O‘zbek oyimning lozimtopishicha, bu takliflardan faqat o‘n chog‘lug‘i ijobat etiladirgan bo‘lib va birinchi martabaNormuhammad qushbegining xotini Sorabek oyimnikiga, ya’ni o‘rdaga borilmoqchi edi.O‘n oltinchi kun mehmon oyog‘i tovsillanib, O‘zbek oyim Sorabek oyimga o‘zlariningborishlaridan xabar yubordi va Hasanaliga aravani qo‘shmoqqa buyurdi. O‘rda oyimlariningturmushlarini ko‘rmagani uchun Kumushning ham ular bilan birga borg‘usi keldi va ertalabchoy ustida Zaynab tilga kelturib, «Zaynabingiz ham boradimi» deb so‘rag‘anida, O‘zbekoyim: «Zaynab bir martaba borish bo‘lsa borg‘an», deb javob berdi.— Men-chi?— Sen ham bormaysan.Kumushning ma’yuslanib qilg‘an sukutidan keyin, O‘zbek oyim mundog‘ izoh beribchiqdi:— Sen Toshkanddagi Yusufbek hojining kelini bo‘lasan, bolam! Chorlamag‘an joygaborish uchun sening kafshing ko‘chada qolg‘an emas, — dedi.Otabek qayoqqadir ot minib ketgan edi. Yusufbek hoji bilan qutidor Solihbekoxundning Ko‘kaldosh hujrasiga mehmon bo‘lib ketganlar. Faqat bu kun uydaqoladirg‘anlar — Kumush, Zaynab va Oybodoq edilar.O‘zbek oyim yo‘lakkacha kuzatib chiqg‘an Kumush bilan Zaynabka qarab aravayonidan kuldi:— Ikki kundash uyni xoli topib tag‘in yulishmanglar! Oybodoq, sen kundashlardanxabarsiz qolma!Oftob oyim aravaga minar ekan:— Xudoy saqlasin, oyi! Shukur, ikkalasining ham aql-hushi boshida! — dedi.— Bular kundash emas — egachi-singil-ku! — dedi otning jilovidan ushlab Hasanali.— Meni tashlab ketkaningiz alamini Zaynabdan olmasam kimdan olay, — dedi kulibKumush va darbozaning halqasi bilan o‘ynar ekan: — a, yulishamizmi?— deb Zaynabdanso‘radi. Zaynab javob bermadi.O‘zbek oyim Oybodoqqa ba’zi ta’limotlarni bergandan keyin kelinlariga:— Tushda issig‘siz qolmanglar! — dedi. Arava qo‘zg‘aldi.Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga qaytib kirdilar. Kundashining so‘zsiz,nesiz o‘z uyiga kirib ketkani uchun o‘ylanib, bir oz havli yuzida to‘xtadi, so‘ngra bu ham o‘zuyiga burildi.186

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKundan-kunga Zaynabning susayib, o‘ziga begonalashib borg‘anini ul yaxshi onglaredi. Bu kun bo‘lsa o‘ynab aytkan so‘zi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasiniqotirdi. Ko‘nglida bir xiralik bilan borib daricha yonig‘a o‘ltirdi. Zaynabning hasadiniqo‘zg‘atmas uchun Otabek bilan muomalada qilg‘an ehtiyotlari zarracha foydabermaganiga hayron, endi qaysi yo‘sunda mirosani sozlash yo‘llarini o‘ylar edi. O‘n beshkun ichidayoq buncha keskinlashkan Zaynabning ichki adovatining bir oyda qaysidarajalarga borib yetishini o‘ylar va mirosa bu holda ketgan taqdirda bu uyda uzoq qolaolmasini fahmlar edi. Lekin bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynabqo‘lig‘a topshirib qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas, ya’ni Kumushda ham bir qizg‘anchiqlikhissi uyg‘ong‘an... Fikri shu yerga yetkanda qaysi kunidir Otabekning Zaynabkaboshqacharoq qilib kulib qarag‘ani va Zaynabning shu vaqtdag‘i oydek jozibalik to‘la yuziko‘ringandek bo‘ldi... Bu ko‘rinishdan so‘ng ul sakrab o‘rnidan turdi-da, tokchadag‘i oynanioldi va o‘ziga qaradi...Ma’lumki, kishi oynaga boqqanda nechog‘liq aybsiz bo‘lsa ham o‘zini bir kamchiligiorqaliq ko‘radir. Shunga o‘xshash bir qarashda Kumush ham o‘z-o‘zidan rozi qolmadi.Shahlo ko‘zlar, o‘siq jinggila kipraklar, qunduz qosh va qora xollar va boshqa latofatlaro‘ziga pisand bo‘lmadilar... O‘zini Zaynabka qarag‘anda siqiq, yosh, bolasifat ko‘rdi...Oynani tokchag‘a qo‘yib Zaynabka chinlab hasadlangan holda kelib boyag‘i o‘rniga o‘lturdi.Anchagina o‘ylab o‘lturg‘andan keyin ko‘ngliga «u meni suysa bo‘ldi-da», degan gapkeldi... O‘zining bu hukmiga rozi bo‘lmadi, go‘yo o‘zining suyilishi bir necha oyliqqag‘inao‘xshar, Zaynabning to‘lg‘an oydek yuzi bu suyilishka shu besh-o‘n kunning ichidayoqxotima beraturg‘andek ko‘rinar edi. Shu ko‘rinish orasida Zaynabni yana o‘z ko‘zidanyaxshilab o‘tkarmakka va uning husn kuchini sinamoqqa qaror berib o‘rnidan turdi...Kumush kirganda Zaynab daricha yonida to‘ppi tikib o‘lturar edi.— Oyim aytkandek, — dedi kulib Kumush, — siz bilan yulishqali keldim.Zaynab to‘ppisini qo‘yib o‘rnidan turdi:— Men ham oldingizg‘a chiqaymi, deb turg‘an edim...Kumush istehzo bilan kuldi:— To‘ppi tikib o‘lturibsiz-ku, manim oldimg‘a chiqarmidingiz, barakalla sizga, — dedi.Zaynab bir sabab ko‘rsatalmay o‘ngg‘aysiz holda qoldi. Darhaqiqat, uning bu ishi ochiqdanochiqbolalarcha ketgan edi. Kumush uni o‘ngg‘aysiz holdan chiqarish uchun tikilganto‘ppini yerdan olib ko‘rgan bo‘ldi.— Chokni yaxshi tikar ekansiz, kimga?— Biravga atag‘anim yo‘q, axir bittasi kiyar... O‘lturing.Ikki kundash qarshima-qarshi o‘ltirishdilar. Kumush unga tikilib-tikilib qarar edi...Zaynab boyag‘i o‘ng-g‘aysizliqdan hali chiqib yetmagan, qizarinqirab yerga boqqan edi. Birikkidaqiqani so‘zsiz kechirdilar.— Chiqmag‘animni ham ko‘nglingizga olibsiz-da, — dedi nihoyat Zaynab.— Nega ko‘nglimga olay, men yosh bolamanmi, — dedi,— kelganimga o‘n besh kunbo‘lmasdan o‘zingizni chetka tortib boshladingiz... Men siz bilan egachi-singil bo‘larmiz, debo‘ylag‘an edim...— Hali nima bo‘libmiz... Arzimagan gapni ham ko‘nglingizga olabersangiz...— Bu arzimagan gapmi? — dedi Kumush, — uyda hech kim yo‘qlig‘ini bilaturibo‘zingizni chetka tortasiz... Bu esa yuzingni ko‘rishga toqatim yo‘q deganingiz bo‘ladir.— Qo‘ying-chi... O‘zingiz har bir narsani ham ko‘ng-lingizga olaberar ekansiz... menunaqa emasman...Boshlanishda anchayin hazilga o‘xshab ko‘ringan bu kinaxonliq kutilmagan joyda birtus olib ketdi. Kumush o‘n besh kunlardan beri yig‘ilib kelgan achchig‘ini bir varakay to‘kibsoldi:— Men ko‘nglimga olsam arziydirganini bilib olaman, — dedi.187

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Oldingizg‘a chiqmag‘anim yuzingizni ko‘rmaslik uchun bo‘lg‘anini siz qayoqdanbildingiz, manim ichimga kirib chiqmag‘andirsiz-ku, axir?Zaynab ham ancha qizishib oldi. Kumush undan ham oshib tushdi:— Bilish uchun ichingizga kirib chiqishim shart emas... Ba’zi ishlaringiz ichingizdaginimenga ochiq so‘zlaydir.— Qaysi ishlarim?— So‘ramang...— Bilmagan bo‘lsam bildirib qo‘ying, axir.— Aytsam yana achchig‘ingiz qistaydir...— To‘g‘ri gap bo‘lsa achchig‘im sira qistamaydir...Yaqinroqda yumish qilib yurgan Oybodoq eshitmasin uchun sekinroq tovushda:— Qistamasa aytay, — dedi Kumush, — eringiz manim oldimg‘a kirsa, nega ishingizbo‘lsa-bo‘lmasa kirib o‘ltirib olasiz-da, yolg‘iz qolg‘animda kirmaysiz?— Shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim o‘zim ham— dedi Zaynab,— kirishimni hamko‘nglingizga olg‘an bo‘lsangiz, endi mundan so‘ng kirmaganim bo‘lsin.— Qani, to‘g‘ri gapka achchig‘ingizning qistamag‘ani?— Axir, eringiz bilan yolg‘iz o‘ltirg‘aningizda mundan so‘ng kirmayin deyapman-ku.— Egrilikka olmang, Zaynab, — dedi Kumush, — men bu gapni yonimda erimbo‘lg‘anda kirma, deb aytmadim, balki boyag‘i so‘zimning isboti uchun aytdim...Bu o‘rinda ikkisi ham jim bo‘ldilar. Oybodoq darichaga kelgan edi:— Tushlik osh vaqti bo‘ldimi, nima tomoq qilsamikin?Kumush Zaynabka qaradi:— Nima tomoq buyuramiz?— Sizdan so‘rayapti...— Zaynabnisa yaxshi ko‘rgan tomoqni qilingiz, — dedi Kumush.— Lag‘mon qilaymi? — deb Oybodoq Zaynabka qaradi.— Tomoqqa ishtihom yo‘q, o‘zingiz bilganingizcha qilabering.Oybodoq ketdi. Uning keti bilan Zaynab «tavba» deb qo‘ydi.— Tavba demang, Zaynab... Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa hamazbaroyi meni yolg‘iz tashlab qo‘yg‘aningizdan aytdim... men sizning uyingizga butunumrga kelgan emasman... Atigi uch-to‘rt kun qayin ota, qayin onalarimni ko‘rib ketishuchungina kelganman. Shunchalikka bir-biravimizdan chetlashib, ming‘ayishib yurishimizkishiga og‘ir kelar ekan.Kumushning «uch-to‘rt kuni...» bilan Zaynab yorishib ketgandek bo‘ldi:— Voy o‘lay, Kumush opa, — dedi Zaynab bo‘shashqan ohangda, — chindan hamko‘nglingizga olibsiz deyman. Ko‘nglimda tariqdek yomonlig‘im bo‘lsa, ertagacha yetmayin.«Ketish» so‘zini eshitib ond ichib boshlag‘an Zay-nabka Kumush ichdan kulib qo‘ydi va«endi o‘lsam ham ketmay, sen qarab tur!» deb yandi.Shundan keyin oradan gap-so‘z to‘xtag‘andek bo‘ldi. Kumush tizzasini quchoqlabnimanidir xayolida, Zaynab bo‘lsa qatimini uzun tortib to‘ppisini tikar edi. Anchagina shuholatda qatim tortqandan so‘ng Zaynab sekingina qarshisidag‘i g‘ayri rasmiy yovg‘ayovlarcha qaradi. Uzoqqina qarab turg‘andan keyin o‘ziga ham sezdirmaslik qilib entikdi,yana uch-to‘rt qatim tortti...— Siz munchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘lar edi...Kumush bir oz javobsiz qoldi va surilib devorga suyaldi:— Nimadan ham qo‘rqmasam bo‘lar edi?— Axir... jek ko‘rmasangiz1 ham... deyman-da...— Men kimni jek ko‘ribman?— Bilarsiz axir, kimni...— Uyat, Zaynab!188

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Sizniki ham uyat!Yana ikki kundash hujumga hozirlanishqan xo‘rozlardek bir-birlarining ustlarigahurpayishdilar.— Nimam uyat? — deb so‘radi Kumush.— Men erim bilan o‘lturganda ustimga kirma, de-yishingiz albatta uyat.— Avvalo men bu so‘zni sizning haligi qilig‘ingizg‘a qarshi aytdim. Agar siz buni chingahisoblag‘an bo‘lsangiz, men ham sizdan chinda so‘rayin: siz eringiz bilan o‘lturganda menustingizga kirdimmi?Zaynab bu savolning javobiga qolg‘anda bir oz tutiliqdi. Chunki, Otabek Zaynab yonidabo‘lg‘anda Kumushning kirganini xotirlay olmadi.— Siz kirsangiz albatta ko‘kragingizdan itarmas edim, — dedi Zaynab. — O‘zingiz jekko‘rganingiz uchun meni ham o‘zingizdek fahmlab kirmaysiz.— Kishini bo‘g‘asiz, Zaynab! Gapka temirchilik yaxshi emas!— Gapka temirchilikdan xudoy saqlasin, ota-bobom temirchi o‘tkan emas.— Kim sizga — otang temirchi deyapti?— Axir so‘zingizning sirasi shunga keladi-da...— Tavba, — deb kuldi Kumush, — jek ko‘rasan, deb bir aytasiz, o‘zingdek fahmlaysan,deb uzib ulaysiz, sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi, deb tag‘in nina tiqasiz... Mana shuni gapkatemirchi, deb aytadilar.— Rost-da axir, siz qo‘rqmasangiz ham...— So‘zlay bering.— Axir...Zaynab o‘zining xatosini ongli va gapuralmay g‘o‘ldiradi. Kumush esa buni sezibZaynabning o‘z og‘zidan iqror etdirish ko‘yiga tushdi.— Men tushundim, — dedi, — sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi ering seni yaxshi ko‘radi,demakchisiz.Zaynab ishini to‘xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qarab qoldi... Bu xatosini o‘nglashuchun esiga hech gap kelmas edi:— Axir... menga o‘xshash sizni ham ishondirib qo‘yg‘andirlar.— Sizni nimaga ishondirg‘anlar?— Axir... Men sensiz turolmayman, deb sizga ham aytkandirlar...— Hech.— Sizga aytmagan bo‘lsalar... menga yuz qaytalab aytadirlar... U kishini sizga hamshunaqalar, deb o‘ylabman...O‘zi aslo ishonmag‘an shuncha yolg‘on gaplarni boyag‘i dovdirash holatida ilhomravishda to‘qib yubordi. Uning bu dovdir gaplari g‘alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an Kumushnidovdiratti, boyag‘i oyna yonida tug‘ilgan shubhasi chinga chiqg‘andek bo‘ldi va muhokamaxususiyatini yo‘qotdi. Zaynab to‘g‘ri aytadi, deb o‘yladi, agar uni yaxshi ko‘rmagandaToshkandga kelishimni kutib o‘lturarmidi?..Zaynab bu yolg‘onlash natijasidan qo‘rqib, o‘ngu ters ishiga yopishdi. Kumush moddiyhayotidan ayrilg‘an jonivordek bo‘shashdi. Oybodoq ona tarafidan ikki kundash o‘rtasig‘aqo‘yilgan tushlik bir necha vaqt sovib yotdi. Zaynabning qo‘rqa-pisa «oling, opa»sidanso‘ng ikki taraf ham lagandan chimchigan bo‘lishdilar-da, birin-sirin qo‘lni dasturxonchetiga artishdilar...Shundan birar soat keyin Otabek qaytib Zaynab tomondan qarshi olindi. Ust to‘niniyeshib Zaynabka bergandan so‘ng, qaysi uyga kirish to‘g‘risida havli yuzasida bir oztaradudlanib qoldi. Tevaragida g‘ildirlab yurgan Zaynabning uyiga kiraberish uchunKumushning mulohazasini qilar, Kumushning oldig‘a kirmak uchun Zaynabni o‘ylar edi.Kumush uyda ko‘rinmadi, shunga ko‘ra «uxlag‘andir», deb o‘ylab Zaynab bilan kirdi.Zaynab oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lg‘an holda erini to‘rt qavat ko‘rpacha ustiga o‘tquzib,189

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyoniga uchta par yostiqni uydi. Erining mahsisini artishka ko‘maklashib, yelpib qo‘ymoquchun izn so‘radi. Otabek uzr aytib bunchalik mehribonchiliq ma’nosidan cho‘chib qo‘ydi.Otda kelgan bo‘lsa ham kunning issig‘lig‘idan bir piyola choyga muhtoj edi. Choy so‘ziog‘zidan chiqmasdanoq Zaynab o‘choq boshig‘a yugurib ketdi. Uning keti bilanKumushning uyiga qaradi. Eshik va darichalar ochiq bo‘lsalar ham uyda birav ko‘rinmadi.Kumush kelgandan beri Otabek kun sayin o‘zini siqiqroq bir doiraga kirib borg‘anlig‘inisezar edi. Adimini sanab bosish, bir cho‘qib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotlargata’limotsizoq o‘rganib qolg‘an, buning ustiga bir xil o‘ngg‘aysizlig‘i ham yo‘q emas edi...Uning o‘tkan kunlari, ya’ni Kumushka Marg‘ilonda qiladirg‘an muomala va aloqasi Zaynabkaqorong‘i, shu qorong‘iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o‘zi tilagancha. Ammoendi o‘sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib qarasa, Zaynabkaham shundog‘ qilmoqqa, unga qandog‘ muomala qilsa, bunga ham shundog‘ qilishg‘amajbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi... Birinchisini tavsif qilib ko‘rsatishnuchukkim, biz shu o‘ringacha ko‘b qog‘ozlarni qoralab kelamiz, o‘qug‘uchini hamzeriktirmay orqamizdan ergashdirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlaridasamimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchibo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz, topgan bilano‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi «majburiyati»sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham yana biz bir daraja o‘ztomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz:Din adolatka buyuradir va ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang, majburiyatning engkuchligi ham nozigi — mundan bir necha hafta ilgari Zaynab avval martaba yurak dardiniko‘z yoshlari ichida ochib berdi. Hammadan ham mana shu keyingisi Otabekni siqibtashlag‘an edi. Bu dard ayniqsa Otabekka uch yildan beri sinashta, ul bu dardningachchig‘-chuchugini uch yil bo‘yi totib kelar va shuning uchun ham boyag‘i og‘irliqni o‘zustiga olmoqqa majbur edi...Zaynab unga ikki piyola choyni ichirgandan so‘ng so‘radi:— Sizni kech qaytarsiz, deb osh qoldirmag‘an edik, sovug‘roq bo‘lsa ham ozroq olibqo‘yg‘an edim... yesangiz?Otabek ochiqib kelgan edi, «mayli, bering», dedi. Boyagi gap bilan yeyilmaganlag‘mon Otabekning oldig‘a keldi. Ustidagi qiymasi bilan laganning buzilma-g‘anini ko‘ribOtabek so‘radi:— O‘zlaring yemadinglarmi?— Yedik. Kumush opa ham shu yerda edilar... Lag‘monni uncha xushlamas ekanlar,shekillik, yaxshi yemadilar... U kishi yemaganlaridan keyin men ham yeb o‘lturg‘aliiymandim...— Yemagan bo‘lsangiz, siz ham olishing, — dedi bek.Zaynab eridan iymanmay birgalashdi.Xo‘rak orasi Otabek Zaynabdan so‘rab, Kumushning uxlab yotqanini bildi. Tomoqdankeyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. Ko‘zi uyqug‘a borg‘ach, faqat shuni kutibo‘lturgan Zaynab qo‘lida yelpug‘ichi bilan yostiq yoniga keldi. Eri juda uxlab ketkandanso‘ng yelpiy boshladi... Yelpir ekan, Zaynabning ko‘zi Kumushning uyida edi...Zaynab o‘zining bu tasodufiy muvaffaqiyatini kundash nazaridan o‘tkuzib olmoqchi vaboyag‘i da’vosini bir daraja amalda ham ko‘rsatmakchi edi.Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi va natijada ma’lum ko‘rukni odatdantashqari bir muvaffaqiyat ichida kundash nazaridan o‘tkazdi: nima yumish bilandir uydanchiqg‘an Kumush Otabekning yostig‘i yonida qo‘lig‘a yelpug‘ich ushlagan Zaynabka ko‘zqirini tashlab o‘tdi.Birar soatdan keyin Otabek uyg‘ondi. Zaynab ham kundash yuragini un qilg‘uchi yeltegirmonini to‘xtat-moqqa majbur bo‘ldi.190

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyOtabek uyga kirganda yostiq betini tartibsiz soch o‘rimlari bilan chulg‘atib Kumushuxlar edi. Otabek bir necha daqiqa uning uyquliq holatiga termulib qoldi va unga rohatsizlikbermas uchun sekingina orqasig‘a qayt-di. Uy eshigidan chiqar chog‘ida yana bir qaraboldi... Endi uyquliq ko‘z ochilg‘an edi.— Tinch uxlay bering, men ketaman.Kumush ko‘z yumish o‘rniga yostiqdan boshini uzdi va yerga tushkan ro‘ymolini o‘rab,o‘lturdi. Uning ko‘zi uyqudan qolg‘an kishilarning ko‘zidek qizarg‘an edi. Otabek qaytibkirdi.— Nega qo‘zg‘aldingiz, uxlang, — dedi. Kumush javob bermadi, qovog‘i solig‘ edi. —Ko‘zingiz qizarib ketipti, uxlay olmadingizmi?— Tobim yo‘q...— Xudoy saqlasin, — dedi bek va Kumush yonig‘a o‘ltirdi, — qayeringiz og‘riydir?— Bilmayman, — dedi. Ko‘zi tokchadag‘i allanarsalarda edi.Otabek bu ters javobni hazil fahmlab kuldi va Kumushning manglayig‘a qo‘lini tegizdi:— Nega bilmaysiz?— Qo‘lingizni oling.— Nega olay?— Mendan hazar lozim...— Sizdan hazar qilmayman...Kumushning ko‘zida bir turlik g‘iltillash bor edi:— Zaynabdan-chi? — deb so‘radi.Otabek daf’atan javob beralmay havli tomong‘a qarab qo‘ydi:— Buni... mendan ham siz yaxshi bilasiz.Otabekning alang‘lab javob berishi Zaynabning boyag‘i da’vosini chinga chiqarg‘andekbo‘lib, Kumush juda ham to‘nini teskari kiydi va yuzini chetka burdi:— Yalhaqlikni1 qo‘ying.Otabek bu holga tushunolmay, Kumushning ko‘ziga jiq to‘lg‘an yosh yana uni shoshiribqo‘ydi. Shundog‘ ham bo‘lsa kulimsirab:— Uyqudan so‘l yoningiz bilan turibsiz, — dedi.— Chunki manim o‘ng yonim bilan turg‘uzadigan kishim yo‘q...— Adovat shuning uchunmi hali? — dedi bek va kulib yubordi.Kumush ko‘z yoshisini artdi:— Ha, shuning uchun.— Shuning uchun bo‘lsa arzimaydi...Kumush ko‘tarilib ketdi:— Ikki yuzlamalig‘ingiz va til tegida til saqlag‘a-ningiz ham arzimaydimi?— Tushunmay yotibman...— Albatta tushunmaysiz va tushunishni ham tilamaysiz.Ul Kumushdan munday ters gaplarni umrida birinchi martaba eshitar edi. Bir ondanecha xil ehtimollarni o‘ylab chiqdi:— Zaynab sizga bir narsa dedimi?— Dedi, «Sensiz turolmayman» deb aytkan so‘zla-ringizni ham dedi.Unga nima bo‘lsa ham ikki kundash o‘rtasidan ancha gaplar o‘tkani bir daraja ma’lumbo‘lib, Zaynabning yolg‘on-yashiq gaplar bilan Kumush yuragiga o‘t yoqqanini payqadi.Ammo boyag‘i yarim jiddiy vaziyatini buzmay so‘radi.— Zaynabning so‘ziga siz ishondingiz?— Ishonmaydirg‘an gapmi?— Yaxshi, men unga shunday deb aytkan ham bo‘layin, lekin shunda ham sizningxafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa sizdan bu gap...Kumush indamadi. Otabek uning orqa sochidan tutib sekingina yerga bosdi:191

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qani gapuring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi.— Ha o‘tdi, — dedi Kumush va chetka qarab kulimsiradi.— O‘n besh kun bo‘lmasdan?— Mendan boshqa xotin bo‘lsa Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq arazlashar edi...— Xudo xayringizni bersin...— Kesatmang.— Kesatmasam gapuring.Kumushning raqobat o‘ti bir oz o‘cha tushkan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodanyaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingiso‘zi va so‘nggi yelpitish foji’alari ham hasrat qolipig‘a birma-bir kirib chiqdi. Hasrattugalgandan so‘ng Otabekning yuzidagi boyag‘i yarim jiddiylik ketib, uning o‘rninio‘ychanliq oldi. Ul shu holatda anchagina so‘zsiz qoldi va oxirda o‘zini natija kutibo‘lturg‘uchi Kumushka qarab kulib qo‘ydi.— Nega kulasiz?— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydir.Kumushning qoshlari chimirildi:— Zaynabingizning bu qilig‘iga men chidalmayman.— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafka qo‘yib turayliq, — dedi Otabek, —ammo hammadan ilgari sizdan so‘rayman: menga ishonchingiz bormi?— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush va kulimsirab bir oz o‘ylanib oldi, — Zaynabninghaligidek gaplari kishini shubhaga solar ekan...— Ammo sizni shubhadan chiqaraturg‘an hujjatlaringiz albatta yo‘q emas edi.Kumush uyalg‘annamo yuzini chetka burdi, Otabek tovshini sekinlatib davom etdi:— O‘tkan kun sizdan «Toshkandda qolasizmi, yo‘q-mi?» deb so‘rag‘anim ham faqatshunga o‘xshash gaplar bilan siz xafalanmang, deb aytilgan edi. Agarda siz siqilar ekansiz,hali ham Toshkandda qolmasligingiz menga ma’qul ko‘rinadir. Chunki men sizni shuningsingari o‘rinsiz ozor chekishingizni xohlamayman.— Siz quvlamasangiz, men Marg‘ilong‘a bormayman.Otabek kuldi.— Agar siz shunga o‘xshash arzimagan gaplar uchun manim ustimga hujumqilabersangiz, albatta quvlayman.Kumush bir xil o‘pkalangan boqishda:— Sizga ishonsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.— Yuragingizdan so‘rang.— Yuragim... Yuragim ishonma, deydi.— Bo‘lmasa bu yurak so‘zi emas.— Albatta yurak so‘zi.— Yuragingizning ishonma, deyishka birar vaji bordir?— Bor.— Bo‘lsa ayting.— Yuragim: quvlanishg‘a kim sazovor, deb sizdan so‘raydi... Siz o‘z yuragingizdan olibjavob bering.Otabek maqsadga tushundi, daf’atan javob berishka hayron bo‘lib qoldi. Darhaqiqat,Kumush eng nozik joydan ushlag‘an edi.Kumush Otabekdan javob kutib o‘lturmay yana dedi:— Boshqalar yuragini sinab ko‘rishka qudratim yetmasa ham manim yuragim ikkinarsani o‘z ichiga sig‘dira olmaydir...— Sening yuraging ikki narsani o‘z ichiga sig‘di-radir, demakchisiz.— Demakchi emasman, — dedi Kumush, — chunki hech vaqt bo‘ladirg‘an gap emas...192

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKumush hamon yuqorida aytilgan bir ma’nonigina ifoda qilmoqchi bo‘lar edi. AmmoOtabek Kumushning to‘sindan o‘zgarib ketkan xarakter qat’iyatiga va bir kundayoq,bunchalik masofani o‘tkan keskinlikka juda taajjubda, qarshisidag‘ining suratida emas,siyratida1 qiziq bir o‘zgarish ko‘rar edi.— Maqsadingizga yaxshi tushunaman, — dedi oxirda,— har jihatdan qaralg‘anda hamsiz bu to‘g‘rida haqlisiz. Ammo o‘shang‘acha... balki buni o‘zingiz his etarsiz, debo‘ylayman...Kumush indamay qo‘ydi. Ehtimolki, ul keyingi masala to‘g‘risida erining fikrini bilibqo‘ymoqchi edi...13. ESON BO‘LSAQ KO‘RISHARMIZToshkandga kelishning yigirmanchi kunidan qutidor Marg‘ilong‘a qaytish fikriga tushdi.Hoji va Otabeklar yana bir necha hafta qolishg‘a qistasalar ham, bo‘lmay uzr aytdi: «Uyyolg‘iz, faqat To‘ybeka bilan Oysha ona; hollari nima kechti, nima qo‘ydi ma’lum emas.Boshqa tarafdan o‘zimning savdo ishlarim ham o‘lda-jo‘lda, shunchalik mehmon bo‘ldiq.Bas, qilg‘an izzat va ikrom-laringiz uchun rahmat», dedi. Hojining: «Endi kelin bolaniyubormaymiz-da», deb kulishiga — «Manim bolam emas — sizniki, u yer ham bu yer hamo‘zining uyi, janobingiz nimani muvofiq ko‘rsalar, menga ham ma’quli o‘sha», dedi. Hojibirmuncha gap aylantirib, «O‘rtadan anovi gaplar o‘tmagan bo‘lsa edi, albatta bu yerdaolib qolmas, zeroki, sizning bag‘ringizni bo‘sh qo‘yish insofdan bo‘lmas edi. Agar sizga og‘irtushmasa yurtdagi gap-so‘z bosilg‘uncha birar yil Toshkandda tur-sin, so‘ngra Marg‘ilonborsin, derdim», dedi. Qutidorg‘a ham bu mulohaza juda ma’qul tushib «bu mulohazalaribeandoza to‘g‘ri, albatta munda birar yil turishi lozim va lobid!» deb javob berdi.Kumushning Toshkandda qolishig‘a otasi shunday yovosh qaradi, bu to‘g‘rida Oftoboyimning fikr va rizolig‘i bilan hisoblashish emas, hatto uni ko‘ngliga ham kelturib ko‘rmadi.Holbuki Marg‘ilondan chiqishda Oftob oyimning «Kumushni Toshkandda qoldirmaysiz!»deb qo‘yg‘an birinchi shartiga qayta-qayta qo‘l qo‘yg‘uchi shu qutidor edi. So‘znicho‘zmoqqa hojat yo‘q: erlarimizning Oftob oyimlarg‘a qarashi hamisha shundan boshqaemas.Qaytish xabari Oftob oyim qulog‘ig‘a yetishkandan keyin uning avvalg‘i uchrashishi qizibilan edi. Chunki eriga qarag‘anda ham ko‘broq ixtiyorni qizida bo‘lg‘anini yaxshi bilar edi.Shu xabarni Hasanalidan eshitishi ila to‘g‘ri Kumushning yonig‘a kirdi:— Kumush, — dedi kulimsirab, — qaytar emishmiz, dadang aytibtilar.Kumush qo‘lida nimadir tikib o‘lturg‘an edi. Ko‘zini ishdan olmadi:— Qaytsalaringiz, xayr-xo‘sh.Bechora ona qizining louboli1 bu gapidan bo‘shashib ketdi va ne zaylda o‘lturibolg‘anini bilmadi:— Nima deysan?Kumush iljayib onasig‘a qarab qo‘ydi, yana ishini tika berdi:— Ketsalaringiz xayr-xo‘sh.— Sen-chi?— Men qolaman.Oftob oyim tushunolmay qizig‘a bir necha vaqt tikilib turdi. Kumush unga qaramaynina sanchar edi.— Hazilingni qo‘y.— Hazilim emas — chinim.— Uyat emasmi?Kumush kuldi:— Nega uyat bo‘lsin?193

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Qo‘y-chi!— Qolsam o‘z erimniki, — dedi Kumush, — begona emaski uyat bo‘lsa...Oftob oyim o‘t ichida qolg‘andek toblandi:— Birav qol, demasa ham qolaberasanmi?Kumush ishini yonig‘a qo‘yib endi onasig‘a qaradi:— Avvalo bu yerda qolishimg‘a sizdan boshqa hech bir qarshi kishi yo‘q. Zaynabsizning yoningizg‘a o‘tsa ham, biroq uning xohishini menga ahamiyati yo‘q.— Esing o‘zingdami, bola?— O‘zimda, — dedi kulib, — man sizning qizingiz Kumush... Hozir Toshkandda o‘zerimnikida o‘lturibman...— Erim, deb tuqqan onangdan kechasanmi, yuzsiz?— Yo‘q, kechmayman, faqat bir necha vaqt sog‘i-nibqina yuraman.Oftob oyim qizining bu gapini eshitib yig‘lab yubordi:— Onangning o‘sha sog‘inishqa toqati yo‘q, — dedi,— man sani kundashlik uygaishonmayman...— Kundashim bitta bo‘lsa, do‘stlarim sakkizta.Oftob oyim ko‘z yoshisini artdi:— Kundash bilan hazil o‘ynama, qizim.Kumush go‘yo Zaynab ustiga hujum yasayturg‘andek hurpaydi:— Ul kundash bo‘lg‘anda men kundash emasmi?— Ming qilg‘anda ham, — dedi onasi, — sen chin kundash bo‘lolmaysan.— Nimaga?— Nimagaki ering sen tarafda, chin kundashlik va chin dushmanlik Zaynab tarafda.Kumush kulimsirab onasining qulog‘ig‘a shivirladi:— Bu to‘g‘rida xotirjam’ bo‘ling.— Nima uchun xotirjam’ bo‘lay?— Agar Zaynab manga kundashlik qilabersa, kuyavingiz uning javobini bermakchi...Shuning uchun ham manim bu yerda qolishim ma’qul.— Javobini bersa, qaytib kelishlik qochmas...— Man ketsam, — dedi Kumush, — hech qachon Zaynabka javob bermaydir.— Nega bermaydir?— Shuning uchunki qudachangiz kelinsiz qolaman deb orag‘a tushadir, ammo men shuyerda bo‘lsam, albatta tiliga kaltak keladir.Oftob oyim hamon oyog‘ uzatmadi, qizig‘a yalinib ko‘rdi:— Yosh joning bor, qizim, — dedi, — biravga yomonliq sog‘inma, man bilan birga ket,nima qilishsa o‘zluk-o‘zi qilishsin... Zaynab ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an.— Siz tushunmay yotibsiz, — dedi Kumush va eshikdan oyog‘ tovshini sezib gapni shuyerda to‘xtatdi. O‘zbek oyim so‘zlanib kirdi:— Nega muncha shoshmoq, yov quvladimi, aqalli bir oy bo‘lsin... Marg‘ilon deganyurtdan ot-otlab, tuya qo‘mlab1 kel emish-da bir oyg‘ina turmay ket emish! — Oftob oyimbilan Kumush uning hurmatiga o‘rinlaridan turdilar. O‘zbek oyim o‘ltura-o‘ltura so‘radi. —Hali eshitdinglarmi?Eshitdik, — dedi Oftob oyim biz ham shuning mojarosida edik.— Axir shu ham gapmi, xudda allakimlarga o‘xshab.Oftob oyim uzr aytdi:— Uyimiz yolg‘iz, shunchalik sizlarni ozor chekdirdik... Begona kishinikida ham yigirmakun turayliq-chi... Xudda o‘z uyimizdek yayrab-yashnadiq, sharofatlaringiz soyasida ko‘bkishilar bilan tanishdiq, izzat-ikromlaringiz ta’rifidan ojizmiz... Endi navbat sizlarning hambizning shaharlarga borishlaringizg‘a keldi.194

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Bekor gap, — dedi O‘zbek oyim, — hali qudalarimizni muddaodagidek siylayolg‘animiz yo‘q, shu holda jo‘natsaq bizning sha’nimizga yaxshi emas... Men qudamningoldig‘a chiqaman, bizga nomus keltirmakchi bo‘lsa ertaga jo‘naybersin.Oftob oyim takror uzr aytdi:— Bizni uyaltirmoqchi bo‘lsangiz mayli, chiqing, agar xursandligimizga qarasangiz,qo‘ying. Kumushingiz ham; shuncha turg‘animiz bas, endi Zaynabni olib oyimning o‘zlaribiznikiga borsinlar, deydi...Ketish orasig‘a Kumush ham kelturilib siqilg‘ach O‘zbek oyimning haligiodamgarchiliklari keyingi navbatka qoldi.— Hali Kumush ham ketmakchimi?Kumush kulimsirab onasig‘a qaradi. Oftob oyim uzr aytdi:— Shukur, sizning oldingizda Zaynabnisa bor. Manim bo‘lsa qanot-quyrug‘im shuKumush. Ayniqsa, Kumushingizga javob bermasangiz bo‘lmas, oyi.O‘zbek oyim Kumushka xo‘mrayib oldi:— Yo‘q-yo‘q Oftobbonu, — dedi, — sizlarga javob bersam-da, Kumushka yo‘q.— Shu galcha javob berasiz, men sizdan so‘rayman.— So‘zingiz yerda qoladir, buv Oftob, bir oz andisha ham lozim, — dedi va Kumushkayuzini o‘girdi, — uyat emasmi, kelin? Kecha kelding surilib, bu kun ketkin burilib.— Menda ixtiyor yo‘q, oyijon, — dedi Kumush, — sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringizmenga baribir.O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizoliq bildirib «barakalla» deb qo‘ydi. Oftob oyimqizig‘a o‘qrayinqirab yer tegidan qaradi:— Albatta Kumush nima ham desin? — dedi, Kumushning ham haligidek qololmaslig‘afaqat meni ko‘zi qiymag‘ani uchun... bo‘lmasa albatta ketmas edi.O‘zbek oyim bir gapdan toymay: «Ketish uyat, Otabek, uch yil qatnag‘anda qizingiz biryilgina Toshkandda tursa nima qipti...» kabi so‘zlarni o‘zgarishsiz bir maqomda aytilibturg‘andan keyin Oftob oyim boshqa yo‘l tutmoqchi bo‘lib, Kumushni uydan chiqib turishkabuyurdi. Kumush chiqg‘andan so‘ng:— Qizini menga qoldirishg‘a ayadi demang, oyi, — deb qo‘ydi, — munda boshqamulohazalar ham yo‘q emas...— Ayting.— Aytsam shuki, — dedi bechora ona, — Kumushingizning fe’li xo‘yi o‘zimga ma’lum:erka o‘skan, lavzi tez, kundashlikka chidaydirgan siyoqi yo‘q, har kun Zaynabingiz bilang‘idi-bidi qilaberib sizni qiynab qo‘yarmikin deyman... Bir kuni kelganda onasi qurg‘ur birog‘iz aytmagan edi, deb mendan ranjirmikinsiz deyman... Tana buzoqning turqi tuqg‘anig‘atamg‘a deganlaridek, albatta menga ravshan... arazchi desangiz ham shu, ichi qoraliqdesangiz ham shunda...Shuncha to‘qumadan O‘zbek oyimning yuzida hech bir o‘zgarish sezilmadi:— Albatta unaqa gap har kimda ham bo‘ladi, — dedi,— shukur, men bilan hoji otangiztirik bo‘lsaq, undog‘ gaplarga yo‘l qo‘ymaymiz. Zaynab bo‘lsa xudoning yaratkan maxluqi;urish va araz degan gapni bilmaydir.— Zaynabingizning fe’li albatta sizga ma’lum ekan, ammo men Kumushni sizga yaxshi,deb aytalmayman.— O‘z bolasini yomonlag‘uchini, — dedi kulib O‘zbek oyim, — men o‘z umrimdabirinchi martaba ko‘rdim... Undan ko‘ra bolamni senga ishonmayman, deb ayting.— Nega ishonmayin, faqat qozonimdag‘ini sizg‘a suzib qo‘ydim...— Nima bo‘lg‘anda ham Kumushka javob yo‘q.— Xo‘b qolsin, — dedi Oftob oyim, joni kuyib asabiylashkan edi, — Kumushdan har nayomonliq ko‘rsangiz mendan o‘pka qilmang.— Qizingizg‘a yomonliqni o‘zingiz o‘rgatib ketmasangiz sizdan o‘pkam yo‘q.195

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyIkki quda havli yuzasiga tushkanda Kumush sahn bo‘ylab yurinib turar edi. UlarZaynabning uyiga to‘g‘ri kirdilar. Zaynab ularni qarshilab o‘tqazdi va achinish ohangidaOftob oyimg‘a dedi:— Qaytar emishsizlar, deb eshitdim. Birar oy ham turmas ekansizlar-da.— Ancha turdik aylanay, buv Zaynab, — dedi Oftob oyim, — endi navbat sizlarningborishlaringizg‘a qoldi.Uchunchi so‘zni O‘zbek oyim oldi:— Shuncha aytdim — bo‘lmadi, yov quvlaptimi bilmadim. Oppoq oyingga qolsa,Kumush opangni ham birg‘a olib ketmakchi.Zaynab bir turluk holga tushdi. Kuchlangandek qilib:— Ular nega ketsinlar! — dedi.Oftob oyim qudasig‘a qarab qo‘ydi:— Ketmasa bo‘lmaydir, buv Zaynab. Bir chekkasi sizning es-hushingiz joyida, manimKumush opangizdan boshqa hech kimim yo‘q, qolsa-ku mayli, biroq meni Kumushsiz o‘ldi,deng. Shunga qolg‘anda qayin onangiz bir oz tushunmay turiptilar.Zaynab yer ostidan qayin onasig‘a ko‘z yubordi. O‘zbek oyim hanuz tirtishib yotqanqudasig‘a qarshi qizishdi:— Qo‘ying-chi, — dedi, — besh-olti kun qizsiz turg‘an kishi bir narsa bo‘ptimi?!— Siz tushunmayapsiz oyi... hali tag‘in dadasi biladilar.— Men senga aytay, Zaynab, — dedi O‘zbek oyim va endi qudasining gapiga quloqsolmay qo‘ydi, — oppoq oyingning hamma mulohazasi sendanga o‘xshaydi. Zaynabsiqilmasmikin, ikki o‘rtag‘a sovuqchiliq oralamasmikin, deb qo‘rqadi. Men: Zaynab sizo‘ylag‘an kelinlardan emas, tegu taxtlik, aslzoda, Kumushni siylamag‘anda ham biznisiylaydi, — desam ham unamaydi...— Meni xudo uriptimi, — dedi Zaynab.Oftob oyim qudasining keyingi gapidan ancha siqildi. Go‘yo o‘zi Kumushni qoldirishg‘atarafdor bo‘lsa ham, faqat Zaynabning kundashlik qilishidan qo‘rqib turg‘andek ko‘rsatilganedi.— Yanglishyapsiz, oyi.— Yanglishsam, yanglishmasam Kumush bu uydan siljimaydir.Oftob oyim bo‘g‘ilib, foydasiz tortishib o‘lturishni tark qildi. Endi bu to‘g‘rida erigamurojaat qilmoqchi edi...Marg‘ilong‘acha aravani Hasanali minadirgan bo‘ldi. Chunki Marg‘ilondan arava minibkelguchi yollanilg‘an kishi bo‘lib, Toshkandga kelishning ertasi kuni hisobini olg‘an edi.Qudalarning qaytishi chinga aylangandan keyin, yo‘l taraddudi boshlandi. O‘zbek oyimbo‘g‘irsoq qovirtirish, talqon tuydirish, to‘qoch yopdirish bilan mashg‘ul bo‘ldi.Oftob oyim eridan ham qo‘lini yuvib qo‘ltug‘ig‘a urgan edi. «Hoji afandi birar yil tursin,deb aytdi. Endi bir yilni o‘zimizcha ko‘rmasak bo‘lmas. Ikki oyog‘imizni bir etukka tiqishimizuyatka o‘xshaydir» deyishi va so‘zga quloq ham solmay — «mehmonxonada hoji bor, senbilan yo‘lakda ezilishib o‘lturolmayman, nomus!» deb burilib ketishi bechorani juda hamesankiratib tashladi. Oxirda Otabekka ham murojaat qilib ko‘rdi. Undan ham asli maqsadnihosil qilolmay, faqat ularnikidan jo‘yalikroq uzr eshitdi. Otabek qayin onasining fikrigaqisman qo‘shilib «Nima bo‘lsa ham besh-o‘n kun og‘irliqni manim uchun o‘z ustingizgaolasiz. Agar men sizning talabingizni ma’qul qiladirg‘an bo‘lsam, ayniqsa qizingizningko‘ngliga shubha keladir... Sizga aytkulugi yo‘q, bu to‘g‘rig‘a manim aralashmog‘im yaxshibo‘lmas. Kundash adovati borasidagi fikrlaringiz to‘g‘ri va lekin ish u darajalarga yetmas,deb o‘ylayman... Juda bo‘lmaganda Kumushning o‘zini oldingizg‘a jo‘natarman, xotirjambo‘ling!» dedi.Oftob oyim shu yo‘sun har tarafdan ham umidsizlanib, mengravsib qoldi. Kumushniko‘rgan sayin allanuchka yuragi achir, judoliq kunlarini aslo tasavvur qilolmas edi. Kumush196

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriybo‘lsa, onasining hozirgi holiga aching‘andek, unga yaqinlashmay, chetlab yurar va ikkinchitarafdan Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq-dudog‘ig‘a istehzolanib tomoshaqilar edi.Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning Oysha kampirga atab tikdirgan sarupolari hambitdi. Bu kun mehmonlarning eng so‘nggi kechalari edi. O‘zbek oyim yarim kechalargachaqudachasi bilan so‘zlashib o‘lturdi.So‘ngra Oftob oyim bilan Kumushni yolg‘iz qoldirib o‘z uyiga yotqali chiqdi. Ona-bolabu kechani birga kechirmakchi edilar. Oftob oyim qudasining ketidan qizig‘a hayfsinib1qo‘ydi.— Onangni firoq o‘tida yondirishdan uyalmading, qizim.— Nega yonar ekansiz...— Nega yonmayin axir, dunyog‘a kelib sendan boshqa ovinchog‘im bo‘lmasa... Agarqo‘limdan kelsa achib va yonib turg‘an yuragimni senga ochib ko‘rsatar edim... Koshki edibir shaharginada bo‘lsang.Kumush onasining yuragidagi o‘tni hozir sinamasdan ham his etkan, chunki yigirma yilo‘z quchog‘ida o‘sdirg‘an onadan ajralish uning o‘ziga ham og‘ir tuyulib boshlag‘an edi.— Besh-olti oy... hech narsa bo‘lmas, oyi. Eson bo‘lsaq tag‘in ko‘risharmiz.Oftob oyim ko‘z yoshisini duv to‘kib yubordi. Nachog‘lik o‘zini qattig‘ ushlagan Kumushham sirrini yashirolmadi... Ona-bola bir necha vaqt yig‘i ichida bo‘-g‘ildilar.— Qolishg‘a-qolding, — dedi oxirda ona, — ammo qayin ota va qayin onalaringg‘axizmat qil, yaxshiliqni qo‘lingdan berma, ayniqsa, kundashingga yomonliq sog‘inma,yaxshiliqdir, yomonliqdir har nimaiki o‘zlari qilsinlar, zinhor sen aralashma.— Manim nima ishim bor...— Albatta ishing bo‘lmas... Shundog‘ bo‘lsa ham men kechagi so‘zingdan cho‘chibqoldim. Kunda-shingning ko‘rinishi bayovg‘a o‘xshasa ham, ammo o‘zi pismiq ekan...Bunday odamdan albatta hazar kerak. Agar oralaringg‘a savuqchiliq tushadirg‘an bo‘lsa,sen o‘chakishib yurma, yaxshisi qayin otangg‘a uzringni aytib, bu uydan ketish harakatiniqil. Men bu to‘g‘rida ering bilan ham so‘zlashib qo‘ydim, tuzikmi?— Tuzik.— Xudoyg‘a shukr, qo‘lingda xating bor, o‘lg‘anning ustiga chiqib tepkandek xatxabarsizqo‘yma. Har bir o‘n besh kunda xat yozib eringga ber.— Albatta, siz ham unutmang.Bir oz jim qoldilar... Oftob oyim entikib og‘ir nafas oldi va ma’yusona Kumushkaqaradi. Kumush o‘rinsizcha onasig‘a qarab iljaydi. Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyimachchig‘landi:— Manim holim senga kulgimi, qizim?— Yo‘q, — deb yana kulimsiradi Kumush, — bir-ikki kundan beri siz aytadirgan...— Nima men aytadirgan?— Axir... — deb qizarindi Kumush, — ko‘nglim aynar edi, deb aytar edingiz-ku...Oftob oyimning ham yuzida bir kulimsirash ko‘rishdi:— To‘g‘rimi?— Bilmadim... — dedi, yerga qarab qizardi, — o‘tkan kundan beri ko‘nglimaynagandek bo‘ladi... Ayniqsa palov isidan ko‘nglim ketadi... Achchig‘ narsalar yegimkeladi...— Muborak bo‘lsin, — dedi Oftob oyim, kuldi. Kumush ijirg‘anib o‘zicha allanarsaso‘zlandi. Oftob oyim engashib Kumushning qulog‘ig‘a shivirladi, — bu sirni eringdanboshqa hech kimga bildirma, qayin onang ham yengil xotin, ayniqsa kundashing sezako‘rmasin.197

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKumush ma’qul ishorasini berdi. Ona-bola bir o‘rin yozib yotdilar. Ko‘b vaqtkacha Oftoboyimning ivir-shiviri nabira to‘g‘risida bo‘lib qoldi. Ko‘ziga uyqu kelmay «shuni ham ko‘rarkun bo‘larmikin?» deb edi.Sahar paytida turib choy ichdilar. Subh namozini o‘qub, arava qo‘shildi. Aravagachiqadirg‘an mayda-chuyda tashilib bitdi. Ot jilovida Hasanali, arava yonida qutidor va hojiso‘zlashib turar edilar. Otabek arava orqasig‘a narvoncha chiqarib qo‘ydi. Xotin-xalajhamma yo‘lakka yig‘ilib, Oftob oyim birin-birin kuzatkuchi xotinlar bilan ko‘rishib chiqdi.Eng so‘ng Kumushni bag‘rig‘a bosib yig‘lab yubordi. Kumush ham o‘zini tutib turolmadi.Boshqalar ham yig‘idan nasibasiz qolmadilar.— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, qazom yetib ko‘ralmay o‘lsam, mandan rozi bo‘l!— Siz ham, oyi!..Qutidor ham ko‘chadan yo‘lakka kirib qizining manglayidan o‘pdi:— Ko‘rishkuncha, qizim.— Xayr, otajon.Yo‘lakka Yusufbek hoji yuzlanib umumiy duog‘a qo‘l ko‘tarildi. Duodan so‘ng Otabekto‘riq yo‘rg‘ani chiqarib qutidorg‘a tutdi. Oftob oyim yana bir qayta qizi bilanquchog‘lashg‘ach, Otabekning ko‘magi bilan yig‘lag‘an ko‘yi narvonchadan aravaga mindiva soyabon orqaliq olding‘a o‘tdi. Qutidor Yusufbek hoji bilan salomlashibquchoqlashg‘andan keyin Otabekning qo‘ltig‘lashi bilan otqa mindi. Otabek ham aravaga,Oftob oyim yonig‘a chiqib o‘lturgach, umumiy «Ollohu akbar!» dan so‘ng Hasanali otniyo‘lg‘a soldi.Kumush darboza yonig‘a chiqg‘an edi:— Xayr onajon! Manim uchun buvimni quchog‘lab qo‘ying. O‘rtoqlarimg‘a salomayting!— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, yaxshi qoling, quda!— Yaxshi boring, buv Oftob!— Yaxshi qoling, buv Zaynab!— Yaxshi boring, opoq oyi!Arava ko‘chadan burilg‘uncha «yaxshi qoling, yaxshi boring, salom ayting» so‘zlaritakrorlanib turdi. Arava katta ko‘chadan burilib, ko‘zdan yo‘qolg‘ach, eng keyinda qolibyig‘lag‘an ko‘yi Kumush ichkariga kirdi. Otabek bir necha bekatkacha mehmonlarni kuzatibborib, so‘ngra qaytmoqchi edi.14. XUSHRO‘YBIBI VA ZAYNABXushro‘ybibi Zaynabning egachisidir. Mohirabonu-dan ikki o‘g‘ul va ikki qiz dunyog‘akelib, to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi Xushro‘y (yoshlig‘ida Xushro‘y o‘rniga Xushra deredilar), uchunchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi. Zaynab egachisiXushro‘ydan yetti yosh chamasi kichik edi. Garchi bu ikki egachi-singil bir qorindan talashibtushkan bo‘lsalar ham, sajiya — xarakterda tanib bo‘lmasliq darajada bir-birlaridan farqlikedilar. Sajiyadagina emas, surat va siymo vajida ham katta o‘zgaliklari bor edi.Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, go‘shtdor vaoq tanlik edi. Xush-ro‘yning harakati yengil va lavzi tez edi. Zaynab loppos va o‘nta so‘zgaarang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqaalang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini hamishabir nuqtadan uzmas edi. Xushro‘yga bolaliq chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni «shaddod»deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay qo‘ymas, agarbirarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a kiyib olar edi.Shuning uchun Xushro‘yning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga yoqmagan gapka og‘izochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilur edi.198

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyZaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan «pismiq» deb ism olg‘an, onasi bo‘lsaachchig‘i chiqg‘anda «ming‘aymas o‘lgur» deb uni qarg‘ar edi. Ayniqsa quyida zikrqiladirg‘an holimiz bu ikki opa-singilning xarakteridagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchunyetadir:Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig‘a kiyimlik oldiraredi. Oldirg‘an kiyimlik Xushro‘yg‘a yoqmasa darrav yaramag‘anini aytib almashdiribberishka dadasini majbur etar va ko‘nglidag‘ini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab bo‘lsao‘ziga kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafakunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so‘zlashmay qo‘yar edi. Mohira oyimqizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab «Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, tag‘in nima jin urdiseni?» deb so‘rag‘anida, Zaynab qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham javob bermas edi.Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig‘i bilan almashar va yig‘i orasimaqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi. Birar joyga mehmondorchiliq uchunboradirg‘an bo‘lsalar, Xushro‘y hammadan ilgari e’lon etar edi: «Men ham boraman!»Albatta uni qoldirib ketish uchun endi hech kimda had yo‘q. Ikkinchi vaqt: «Menbormayman!» Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasiHanifa bir joyga otlanadirg‘an bo‘lsalar, «boraman, bormayman» demas, ular hamyig‘lamag‘an bolag‘a sut berilmas qabilidan indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar.Kechqurun qaytib kelsalar bir burchakda Zaynab yig‘lab o‘lturipti:— Nega yig‘laysan?— Nega meni birga olib ketmadingiz...Zaynabning shu fe’li balog‘atka yetib, erga tekkandan keyin ham o‘zgarmadi.Otabekning Zaynabka bo‘lg‘an munosabatini o‘qu-g‘uchig‘a albatta so‘zlagulugi yo‘q.Eri unga oylab, yillab qaramay qo‘yg‘anida ham ul ih deb tovush chiqarmadi. Otabekningbu holiga qarshi chiqg‘uchi va Zaynabni yo‘l-yo‘ruqqa solg‘uchi yana faqat O‘zbek oyimediki, buning sababi ham izzatlik o‘qug‘uchimizg‘a bir daraja ma’lum bo‘lsa kerak. Sut bilankirgan jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘shal vaqtlardag‘i tashviqotlari hamuning tarafidan faqat «kelinlik» majburiyati ostida qabul qilinar, masalan, qayin ona —«falonchi domlag‘a borib mundog‘ qil, Zaynab», deb buyurmag‘uncha o‘rnidan qo‘zg‘almasva shuning bilan birga erining tashlab qo‘yishi to‘g‘risida onasi, egachisi va boshqayaqinlarig‘a churq etib og‘iz ochmas edi. Zaynabning bu holiga hukman — «erining qarashva qaramaslig‘i uning uchun farqsiz edi» deb aytish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydir. Chunkikundashining Toshkandga kelish xabarini eshitkan Zaynabni biz yuqorida Otabekquchog‘ig‘a tashlang‘an holda ko‘rib edik. Xulosa, Zaynabning bolaliq vaqti bilan hozirgiholini chaqishdirib qarasaq ko‘ramiz; yosh Zaynab bir oy ilgari tikilib qo‘yilgan kiyimningo‘ziga yoqmag‘anini faqat arafa kuni aytib, yig‘laydir, bu kungi Zaynab o‘ziningmuhabbatini eriga faqat kundashi kelib yetar oldida e’lon qiladir.Biz yuqorida yosh Xushro‘y bilan o‘qug‘uchini bir darajada tanishdirgan edik. Endiuning oila hayoti bilan ham tanishdirishka majburmiz:Xushro‘yning erga tegishi ham o‘ziga o‘xshash fav-qulodda bo‘lg‘an edi. Masalanaksariyat qizlarimiz ota-ona kimni muvofiq ko‘rsa, shunga tegishka majburdirlar. LekinXushro‘yniki mundog‘ bo‘lmadi. Xushro‘y o‘n sakkiz yoshka yetkandan keyin unga sovchilarkela boshlaydirlar.1 Tabiiy Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning ra’yini olmasdanturib bir ish qilmoqdan qo‘rqadirlar. Olim ponsadboshig‘a ma’qul bo‘lg‘an necha yigitlar,Mohira oyimg‘a yoqg‘an qancha tegu taxtlik xonadonlar Xushro‘y tomonidan rad qilinaboradir. «Falonchining o‘g‘limi?» deb so‘raydir Xushro‘y va onasidan javob kutmay: «xudoyko‘tarsin erni. O‘shanga tekkanimdan ko‘ra, qaro yerga tekkanim yaxshi!» deydir. Birnecha vaqt shu yo‘sun Xushro‘yning ra’yiga qarab er-xotin zerikadirlarda, o‘zlaricha birjoyga qudalashmoqchi bo‘ladirlar. Ularning andishasini bilgan Xushro‘y boshda bungaqarshi bir narsa demaydir. Ammo uzil-kesil fotiha o‘qub, qudalashish uchun uylariga kelgan199

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriysovchi va quda xotinlarning oldilarig‘a kelib betlariga aytadir: «Hali men ersirab qolg‘animyo‘q, fotiha o‘qub tashvish chekmay uylaringga jo‘nay beringlar». Mohira oyim buyuzsizlikdan yer yorilsa yerga kirgundek bo‘ladir. Sovchilar ersa mundog‘ uyatsiz qizdanalhazar o‘qushib jo‘naydirlar. Albatta ota-onaning bunga qarshi choralari qarg‘ish varanjishdan nariga o‘tolmaydir. Og‘asi Azimbekning Xushro‘y ustiga ko‘targan mushti ham«nega meni urasiz, men falonlik qildimmi?» degan haqlik so‘z bilan darmonsizlanadir.Shu voqi’adan so‘ng sovchilar oyoqi uziladir. Xush-ro‘y uchun hech kim og‘iz solmayqo‘yadir. Chunki boyag‘i sovchilar bu favqulodda muomalani ko‘ringan biravga doston qilibo‘quydirlar. Mohira oyim ta’naga til ochadir: «Endi dunyodan ersiz o‘tasan, qizim!»Lekin Xushro‘y hanuz pinagini buzmaydir: «Er qurib ketkan emasdir, xohlasamertagayoq erga tega olaman», deydir.O‘rtadan bir necha vaqt o‘tib Azimbekning o‘rtoqla-ridan bo‘lgan Nusratbek otlig‘ birbeknikidan xotin ustiga sovchilar keladir. Mohira oyim eridan fikr so‘rash o‘rnig‘a qizig‘a arzqiladir va Xushro‘y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va og‘asijuda so‘yinishadirlar. Zero Nusratbek beklar ichida obro‘likroq kishining o‘g‘li va hozirgitutib turg‘an ishi ham ancha dong‘lik bo‘ladir. Shuning uchun uning xotinliq bo‘lishkamchiligi ham e’tiborg‘a olinmaydir. Fotihaning ikkinchi haftasi to‘y-nikohlari bo‘lib,Xushro‘yning Nusratbek bilan chodirda qilg‘an birinchi muomalasidan til biriktirib ergatekkani xotinlarg‘a ma’lum bo‘ladir.Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashigakesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundashustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi yonig‘akirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a olibkundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek bo‘lsako‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. Bechorakatta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita go‘daklariyuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘ykundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulibolishdan ham tortinmaydir.Tamom jonidan to‘ygan bechora kundash uchunchi oyg‘a chidab borolmay eridantaloq so‘raydir. Noiloj Nusratbek ham unga javob berishka majbur bo‘ladir. Alamzadabechora ikki go‘dakni eriga tashlab ketmakchi bo‘lg‘anida Xushro‘ydan ochiqchasig‘a shugapni eshitadir: «Itdan bo‘lg‘an qurbonliqqa yaramas! Bolalaringdan umidingni uzganbo‘lsang, itbachchalaringni bu uyda qoldir!» Xushro‘yning og‘zidan chiqg‘an bu tahdidbechora onaning yuragini uyushdiradir. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu ishdan hamtoymaslig‘ini aniq bilib, yig‘lay-yig‘lay bolalarini o‘zi bilan birga olib ketadir.Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolg‘an bir oilani ildizi bilan yulqib tashlabtinchiydir. Mundan boshqa Nusratbek kabi bir odamni ham o‘z ishoratiga qaratadir.Endi yetti-sakkiz yil bor, ul o‘z kayficha yashab ke-ladir. Har narsadan ham mamnun,biroq... Shuncha muddatdan beri ona bo‘lolmag‘anidan xafa, hamma qayg‘u hasrati anashu tug‘masliqda. Mundan ikki yilcha burun eri Nusratbek: «Olti yildan beri tug‘maysan,ko‘r-satmagan tovuping qolmadi. Endi nima qilamiz?» deb kulgan edi, Xushro‘y eriningmaqsadi nima ekanini payqab: «Bolasiz kishi dunyoda turolmaydirg‘an bo‘lsa, bir ozzaharni boshlab sizga beraman, undan keyin o‘zim yeyman!» dedi. Shundan keyinNusratbek mundog‘ gapni ikkinchi gapirmay qo‘ydi. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu so‘zinihazil deb bo‘lmas edi.15. ESINI KIRGIZDI200

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy«Kundashlik uyda kunda janjal» deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o‘ylamasdan vabilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo‘lmag‘anda ham haftada, o‘n kunda birto‘polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo‘lmas. Nega desangiz, bizning ba’zibir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog‘orayangilanganini har qaysimiz bilamiz, bas, endi kundashlik oilalarimizga kelganda-chi,albatta yuqoridag‘i — «kundashlik uyda kunda janjal» maqolini to‘g‘rig‘a, chingachiqarmasdan chora yo‘q.Men — yozg‘uchi, «O‘tkan kunlar» hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalabeshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men shu«O‘tkan kunlar»ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab o‘tishkamajbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? Arzimagan gapustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? O‘qug‘uchiningqimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiqko‘rdim. Meni kechirsinlar.Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-urug‘larinikiga yurib chigilini yeshar edi.Uch-to‘rt oyning ichida ikki martaba egachisi Xushro‘ynikida ham mehmon bo‘lib ketdi.Ammo hozirgisi uchunchi martaba kelishi edi.— Nuchuk xudo yarlaqadi! — deb Xushro‘y singlisini qarshiladi. Sunbula1 oyiningmo‘’tadil havosiga qaramasdan Zaynab marjon-marjon terlagan edi.— Nega muncha o‘zingni oldirib qo‘yding, Zaynab! Uyingdan tinchmisan, ering esonomonyuriptimi?— Qurib ketsin, — dedi Zaynab va ko‘ziga yosh oldi. Xushro‘y achinish o‘rniga kuldi.— Kel, ayvong‘a chiq, — dedi, — oyimnikida eding-mi?— Yo‘q.— Uyingdan keldingmi?— Ha.Xushro‘y singlisini o‘tqazib cho‘risiga choy buyurdi. Fotihadan keyin «pochcham eson,omonmilar?» deb so‘rag‘uchi singlisiga:— Pochchang o‘lsin! — dedi achchig‘lanib Xushro‘y,— Najmiddinbek deganningdalasiga ketkan edi. To‘rt kundan beri dovu daraksiz, o‘ldimi, qoldimi — bilmayman.Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimasliq holga tushkan edi. Ilgarigi to‘lalig‘iningyarmisini yo‘qotqanidek tusiga qarimsiqlik kirgan, ko‘z harakatida ham bir besaranjomliqzohir va bularning ustiga har qachon unda ko‘rilgan «og‘irliq» o‘rniga asabiylikka yaqin birvaziyat o‘lturg‘andek edi. Zaynab egachisining haligi gapiga rizosizliq bildirdi:— Noshukur ekansiz, opa, — dedi, — pochchamdan nolishingiz yaxshi emas, sizningham boshingizg‘a manim kunimni solsa nima qilar edingiz?— Men ham Zaynab bo‘lsam, albatta solar edi, — deb kuldi Xushro‘y, — menga qolsahar kim o‘z nafsiga yaxshiliq yoki yomonliqni o‘zi hozirlaydir...— Tavba deng, opa.— Men shu choqg‘acha, — dedi Xushro‘y, — bandasiga bosh egishni va bandasi oldidatavba qilishni or bildim va orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim...— Katta gapirmang.— Katta gapirsam va gapirmasam, — dedi Xushro‘y,— manim fe’lim har kimga ma’lumva hammadan ham senga ochiq... Qo‘ychi bu gaplarni, o‘zing tinchmisan?— Tinchligim qursin...— Aytsang, aytmasang, — dedi opasi, — albatta tinchliging qurig‘an.— Quritg‘an qurisin...— Sening tinchlig‘ingni hech kim quritg‘an emas, Zaynab! Hamma jabrni o‘zingo‘zinggaqilayapsan!201

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Hamisha shu gapni aytib qolg‘ansiz,— deb o‘pkaladi Zaynab,— dunyoda kim o‘zigajabrni xohlaydir?— Sen va senga o‘xshag‘anlar.— Xudo urar...— Aytsang, aytmasang xudo urib qo‘yipti.— Shunday kunlarga men qolay dedimmi?— Degansan!Zaynab opasining istehzolik yuziga qaradi va uning nima demakchi bo‘lg‘anig‘atushunolmadi:— Degan bo‘lsam ayting...— Sen manim qanday qilib erga tekkanimni bilasanmi?— Bilaman...— Bilsang bilganingcha tur, — dedi Xushro‘y, — endi kelaylik sening erga tegishingga:albatta tona olmassan, sening er qilishda tariqcha ixtiyoring va rizolig‘ing yo‘q edi,ehtimolki ixtiyor nima, orzu nima o‘zing ham payqamas eding. Balki ixtiyor va orzularingham bo‘lg‘andir — biroq uni hech kim maydonda ko‘rmas edi. Shuning uchun tizginingoying bilan dadangning qo‘lida, boshqacha aytkanda ularning tuyaga ortqan yuki, kimgasotsa, qayerg‘a jo‘natsa ixtiyorsiz eding... Yodingda bormi, nikoh kunim men kulib,chaqchaqlab aravaga mindim, sen bo‘lsang, uydan yig‘lab chiqding va eringnikiga yig‘labbording... Yaxshi, ering senga yoqdi, ammo ering faqat senga yoqqan bilan ish bitmasliginiyana xotiringga keltirmading. Ering seni tashlab qo‘ydi, sen churq etmading, istiqbolingto‘g‘risida o‘ylamading... Faqat g‘alvir suvdan ko‘tarilgandan so‘nggina, sen o‘zingni hartarafka tashlay boshlading... Lekin endi bir ming toblansang ham natija o‘zingningfe’lingcha— bitta: sening uchun har kun bir o‘lim yoki o‘sha uydan boshingni olib chiqish.Xushro‘yning rahmsiz muhokamasidan oqg‘an bu haqiqatlar Zaynabni yig‘latdi.— Men shunday bo‘lar, deb o‘ylamag‘an edim...— Sen o‘ylashni bilarmiding? — deb kuldi Xushro‘y.— Birav o‘lay desa, siz kulasiz!— Men yig‘lashni bilmayman! Kishilar yig‘lag‘anda, manim kulgim qistaydir.— Manim o‘rnimda bo‘lsangiz, siz ham yig‘idan bosh ko‘tarmas edingiz...— Sening yeringda bo‘lsam bilasanmi nima qilar edim, Zaynab, — dedi Xushro‘y, —dunyosini ost-ust qilar edim, bir tomchi yoshimni yuz tomchi zahar bilan qo‘shib tashlaredim.Zaynab keyingi gap bilan egachisining yuziga ko‘ta-rilib qaradi va Xushro‘yning yuzidazolimona bir istehzo ko‘rdi.— Yaxshi, — dedi Zaynab bir xil siniq tovushda, — hamma do‘stlaringiz sizga dushmanbo‘lsin, uch yildan beri sizning so‘zingizni aytib yoningizda kelgan qayin onangiz hamdushmaningiz yonig‘a o‘tsin: hatto sizni tuqg‘an ota-onangiz ham «sabr qil, bolam!» debquruq so‘z aytib o‘ltursinlar... Bas, shu holatda siz yig‘lamay nima qilar edingiz?Xushro‘y pinagini buzmay yana kuldi:— Dushman o‘zi nima degan so‘z? — dedi, — men senga boya ham aytdim: kishiningdunyoda do‘sti yo‘q, magar nafsiga o‘zi do‘st; kishining dunyoda dushmani yo‘q, magarnafsiga o‘zi dushman! Masalan sen o‘zing: otangg‘a, onangg‘a do‘stim, deb ishonding,ammo ulardan nima yaxshiliq ko‘rding? Bu kun ularning «sabr qil, bolam!» deb bergankengashlari sening yarangga malham bo‘larmi? Albatta, bo‘lmas. Boshdayoq ering sengaqaramay qo‘ydi. Ammo sen qayin onangning va’dasiga va tag‘in allanarsalariga ishonding...O‘zing o‘yla, bolani ona tug‘adir, lekin unga muhabbatni ham ona tug‘ib beradimi? Albattabu mumkin emas. Sen bechora shunga ham ishonding. Endi gap nima? Otang senga sabryediradir, qayin onang bo‘lsa kundashing duosida... sen bo‘lsang yig‘i quchog‘ida...202

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Sizdan o‘zimni chaqdirg‘ali kelgan emasman! — dedi yig‘lag‘an ko‘yi Zaynab, — o‘zuyimda ham tegmay chaqadirg‘an gazandalarim bor... Siz ham manim kuygan jonimga o‘tyoqmang-da, agar qo‘lingizdan kelsa, bu o‘rtang‘an singlingizni tinchiting.— Sen hech tinchiy olmaysan...— Har narsaga aqlingiz yetadi... Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina boshog‘ritsangiz-chi... Ustimga shu balo kelgandan beri eshigingizga necha qayta kelib quruqqaytdim, endigina siz ham...Xushro‘y bir oz Zaynabning yuziga qarab turg‘andan keyin:— Manim kengashimga yurasanmi? — deb so‘radi.— Jo‘yalik bo‘lsa nega yurmay.— Yursang, — dedi Xushro‘y, — chiq eringdan.Zaynab o‘krab yubordi:— O‘zim ham shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim...Xushro‘y:— Negaki sening dardingning davosi, menga qolsa faqat shu.— Qanday qilib chiqay, axir...— Erdan chiqg‘anlar qanday qilsa, sen ham shunday qilasan!Zaynab javob bermadi. Cho‘ri xotin o‘rtag‘a dasturxon yozib choy keltirdi, Xushro‘yxizmatchini o‘choqboshi yumishlariga buyurib choyni o‘zi quydi.— Dasturxonga qara, Zaynab!— Ishtihom bo‘g‘ildi...— Manim aytkanimni qilsang ishtihong ham ochiladir.— Erim... erimni ko‘zim qanday qiysin.— Javob so‘rasang, — dedi kulib Xushro‘y, — seni taloq qilish uchun eringning ko‘ziqiyadimi?— Bilmayman...— Albatta yaxshi bilasan, qiyadi! Ammo sen ahmoq-san, ko‘rpangga qarab oyoquzatishni, qars ikki qo‘ldan chiqishini bilmaysan!— Etagingni qoqib ketaber, deysizmi?— Chunki shundan boshqa chorang yo‘q!— Sen hasratda o‘l, kundashing yayrab-yashnasin, shumi maqsadingiz?— Hozir hasratda emasmisan, kundashing yayramaydimi?— Tuzik, — dedi Zaynab, — lekin har qadamda uning huzurini buzaman, bir cho‘qitibo‘n qarataman.Xushro‘y kuldi:— Bundan nima chiqadi?— Ishqilib kelgindini tinchitmayman.— Sen tinchitmasang, — dedi Xushro‘y, — boshqalar seni tinchitar...— U nima deganingiz?— Ya’ni rohatini buzaversang, ering seni qo‘yar?..Zaynab bu haqiqat oldida o‘ylanib qoldi. Xushro‘y o‘zining vahshiy ko‘zlari bilansinglisiga qarab kulimsirar edi. Bu kulimsirash orasi «qo‘lingdan nima keladi?» degandekbo‘lar edi. Zaynabning tusi shu choqg‘acha ko‘rilmagan ravishda o‘zgarib ketdi. Negadirtinmay oqib turg‘an ko‘z yoshisi ham quridi va tovshida ham hanuz eshitilmagan keskinbir ohang bor edi:— Esimni kiritdingiz, opa, — dedi, — rahmat sizga.— Rahmatingni menga aytma, — dedi Xushro‘y, — ishonsang yuragingga aytarsan...16. OY-KUNI YAQIN EDI203

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyKumushning oy-kuni yaqin edi. Nabiralik bo‘la-dirg‘an O‘zbek oyimning ishi boshidanoshqan, Kumushning oyi tug‘masdanoq ul beshik yasatish bilan mashg‘ul edi. Doyachakim, aqiqaga nechta qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir, nechta erkak, nechtaxotin aytiladir va kimlar? Mana shuningdek masalalar bilan O‘zbek oyimning miyasi judashishkan edi. Kumushda ko‘rilgan ba’zi nishonalarga binoan nabirasining o‘g‘ul bo‘lishidashubha qilmas — «o‘g‘ul tug‘asan, Kumush, men ham Otabekni senga o‘xshash yengilko‘targan edim», der edi. Kumushni xizmatdan bo‘shatilib ba’zi o‘choq-boshi yumishlariniZaynab idorasiga topshirilg‘anig‘a endi bir oylab bor.O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa, chunkiKumushni ko‘rgan sayin usta Alim foji’asini xotirlar edi. Yusufbek hoji ma’lum aldanishdanso‘ng yurt ishidan qo‘l yuvg‘an, ko‘b vaqtini mehmonxonada «Qur’on» va «Daloyil»1 o‘qubkechirar, kundash orasi buzilib, o‘rtadan so‘z chiqg‘anini goho eshitsa, ikkala kelinni o‘zoldig‘a chaqirtirib, ularni qator o‘tqazar edi. Avvalo Kumushdan o‘pka qilib: «Oyim, harnima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan-kichikka shafqat lozim, mundog‘ yaxshi emas!»va Zaynabka qarab: «Bolam Zaynab otin! Sizdan hali yoshlik g‘ururi ketmagan, lekinmanim bolam bo‘lg‘an-lig‘ingizni siz ham unutmang!» der va shuning singari yumshoqgaplardan keyin ikkisini duo qilib bir-birisiga salom berdirar — «ana, shundog‘ bo‘lsin, opoqqizlarim!» deb ketishka ruxsat berar edi. Ular ketkandan keyin albatta O‘zbek oyim eriyonig‘a kirar, hoji bo‘lsa xotinig‘a sizsirab: «Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabkajabr qilg‘an ko‘rinasiz, ayniqsa Zaynabning ko‘ngliga qarashingiz kerak, Otabekka hamnasihatingiz lozim!» der edi. O‘zbek oyim shunday kezlarda Kumushning yonini olib«Zaynabni xudoy ko‘tarsin, ayb o‘zida...» deya boshlasa, hoji uning og‘zini arang to‘xtatur:«Sekin-sekin, uyat! Qayin ona deganning adl turishi lozim. Zaynab siz bilan manim orzuhavasimiz emasmidi?»Ammo nabira masalasidagi O‘zbek oyimning ba’zi bir quyushqondan tashqariharakatlarini ham bosquchi yana hoji edi: «Zaynab bor, Zaynabni unutdingizmi. O‘zkeliningiz Zaynabni!»Mundan o‘n besh kuncha ilgari Kumush onasig‘a bir xat yozg‘an edikim, ahamiyatigako‘ra biz bu o‘rinda ko‘chiramiz:«Onajon, kuyavingizning yozg‘anlaridan tashqari men sizga shu bilan oltinchi xatyozdim. Ammo sizdan uchta va dadamdan ikkita xat oldim. Ayniqsa dadamning keyingixatidagi qora xabar bilan dori dunyo1 ko‘zimga toraydi. O‘lim haq, ammo bechora buvimjon berar ekan, yonida turib duosini olib qolmag‘anim uchun ko‘b hasrat chekdim. Ayniqsamusofirchiligim yomon asar qildi. Ko‘z yoshlarim bilan yuzimni yuvdim. Bu kun beshinchikundan beri rahmatlik buvim arvohig‘a atab qur’on boshladim, xatim qilib bag‘ishlayman.Xudo g‘ariqi rahmat qilsin, sizga sabr bersin. Endi musofir qizingizning baxtiga siz o‘lmang,omin.Ba’da ma’lum bo‘lsinki, alhamdulilloh kuyavingiz va qudalaringiz salomatdirlar vaularning soyalarida men qizingiz ham o‘ynab-kulib yuribman. Sizni va otamni judasog‘indim, agarda og‘ir oyoq bo‘lmasam edi, qish bo‘lishig‘a qaramasdan Marg‘ilong‘ajo‘nar edim. Qudangiz — qayin onamning so‘ziga qarag‘anda, kelasi oyg‘a ko‘zim yoriremish. Qudangiz meni na yerga va na ko‘kka ishonadir, o‘n besh kundan beri qo‘limnisovuq suvga ham urdirmay qo‘ydi. O‘zi go‘yoki to‘yga hozir-lang‘andek beshik yasab, sarpatikib yuriydir... Manim bo‘lsa nima uchundir yuragimda bir qo‘rquv bor... O‘tkan xatlarimdakundashim bilan mirosamiz kelishmay turganini kulguluk tarzida yozg‘an edim. Nafsilamrdaersa, oramiz juda buzilg‘an, men ham o‘shal vaqtlarda chin kundashlik to‘nini kiygan edim.Zaynabning bitmas xusumati esa g‘olibo1 manim ikki qatlig‘im oshkor bo‘lg‘an kundanboshlandi. Sizning boshingizdan kundashlik savdosi o‘tmagan bo‘lsa ham tushunsangizkerak: biz ikav agar qo‘yib bersalar go‘yo bir-birimizni yeb-ichmakchi edik... U kunlardagiholimdan o‘zimga endi hisob berishka ham uyalaman... Yaxshiki, bizning mojarolardan204

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyqayin otam juda siyrak xabardor bo‘ldi. Shundog‘ ham bo‘lsa bu janjallar goho uningqulog‘ig‘a yetib qolar va biz ikki yov uning oldig‘a chaqirilib nasihatini eshitar va lekin yanayomonlig‘imizdan qolmas edik. Siz ranjisangiz ham aytay: qayin otamni o‘z dadamdan hamyaxshi ko‘raman. Bu yaxshi ko‘rishim kuyavingizning dadasi bo‘lg‘ani uchun emas, balkiuning nur ichiga cho‘milg‘andek bo‘lib ko‘ringan siymosini, oyim deb xitob qilg‘andagimuloyim, beozor va muassir2 so‘zini yaxshi ko‘raman. Ul nasihat uchun og‘iz ochsavujudim erib ketkandek va bir turluk uxlab huzurlang‘andek. Qisqasi, Zaynab bilanjanjallashishning o‘zi bir huzur va janjaldan bo‘shalg‘ach, qayin otamning qarshisig‘ao‘lturib nasihat eshitish undan ham yaxshi huzur... Siz manim telba so‘zlarimdanachchig‘lanmang. Agar bu gapimning to‘g‘rilig‘ini bilmakchi bo‘lsangiz, Toshkandkelingizda, qayin otamning nasihatini o‘z qulog‘ingiz bilan eshiting-da, undan keyinso‘zimga qiymat bering.Shu yo‘sun Zaynab bilan uyatsizcha ko‘b olishdiq, bu it-mushuklikdan biz zerikmasakda,kuyavingizning jonidan to‘ydirayozdiq. Mundan bir muncha ilgari ul biz ikkikundashning yuzimizga: «Agar shu holda davom etabersalaring ikavlaringga ham barobarjavob berib qutilaman!» dedi. Uning bu tahdidi ikkimizga emas, balki bittamizgagina xosedi. Men bu tahdiddan albatta qo‘rqmadim, ammo «Zaynab tushunib qolmasa yaxshi edi»,deb qo‘rqdim. Darvoqi’ natija men qo‘rqqancha bo‘ldi. Zaynab bu tahdiddan so‘ngonasining uyiga arazlagannamo ketib qoldi. Ulardan ham yaxshig‘ina dakki yegan bo‘lsakerak, bir necha kundan so‘ng yovoshqina bo‘lib qaytib keldi. Endi shu voqi’aga ikki oychamasi vaqt o‘tdi va lekin oramizdan janjal chiqmadi. Men jo‘rttaga ba’zi gaplarniteskarilikka olib ko‘rsam ham ul churq etmaydir. Uning bu holi ersa manim uchun yaxshiemas, ul yana ko‘b vaqt bizning oramizda tikan bo‘lmoqchi...Kelasi oydan juda yuragim uyushadir... Kechalari ko‘kka qarab kelasi oy shu kunlardayorug‘ dunyoda bormanmi, yo‘qmanmi deyman... Oysha buvim marhum bo‘lmag‘anda shuoy ichi o‘zingiz Toshkandga yetib kelar edingiz. Aza hamma vaqt topiladi desangiz,qizingizning ko‘ngli uchun hali ham kelganingiz yaxshi. Dadamga manim arzimni aytsangiz,albatta qaytarmas. Mendan dadamga behad salom. Kelasi oydan qo‘rqaman...Ko‘rishalmasak mendan rozi bo‘ling, dadam va boshqa yoru do‘slar ham. Kumush yozdim.Toshkand, 1269-inchi yil 1-qavs1 oyida».Kumush o‘z xatida yozg‘anidek, darhaqiqat, Zaynab shu keyingi kunlarda yovoshkatortqan, o‘n og‘izg‘a bir og‘iz so‘z qaytarmas, tinchkina, muloyimgina, ya’ni mundan bir yilburung‘icha edi. Qayin ona tarafidan «Opangning ko‘zi yorir vaqti yetdi, o‘choqboshiishlaringni endi o‘z qo‘lingg‘a ol!» deb qiling‘an taklifni mamnuniyat bilan qabul etib, hattoOybodoq onani ham o‘choqboshi yumishidan xalos eta yozg‘an, unga faqat havli supurish,uy yig‘ish va shunga o‘xshash mayda ishlarnigina qoldirg‘an edi. Zaynabdagi bu o‘zgarishfaqat haligi taraf bilangina qolmay, eri to‘g‘risida ham shundog‘ edi. Otabek o‘z yonig‘akirsa — kirdingmi demas va kirmasa — kirmading demas edi. Erining ba’zi bir samimiyatiqorong‘uroq muomalalariga qarshi Zaynab ham muhmalrak qilib kulib qo‘yar edi.* * *Oy tug‘ib, mo‘ljal yaqin yetdi. Marg‘ilondan ham Oftob oyimning yo‘lg‘a chiqish xabarikeldi. Lekin Kumushda ma’lum og‘riq boshlang‘an edi. Og‘riqning birinchi kuni Kumushhech kimga sezdirmay yurdi. Ammo ikkinchi kun buni boshlab Otabek, undan keyin O‘zbekoyim sezdi. Otabek ma’lum xavf ostida bu sirdan kishiga og‘iz ochish uchun o‘zida majoltopmasa ham, O‘zbek oyim darrav Hasanalini mundan olti oy ilgari belgulanib qo‘yilg‘andoya xoting‘a yugurtirdi.Doya kelgandan so‘ng ichkari havli erkak zotidan tozalandi. Kumushni o‘qtin-o‘qtinog‘riq ushlamakda, doya xotin va O‘zbek oyim unga o‘zlari bilgan udimlar bilan205

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyyordamlashmoqda edilar. Kechka tomon dard juda kuchayib ketdi, o‘qtin-o‘qtin dambadamgaalishindi.Tashqarida Otabek yo‘q edi. Hasanali darboza bilan mehmonxona orasida qo‘liniqo‘lig‘aishqab yurinib turar va qayta-qayta axtaxonag‘a kirib to‘riq yo‘rg‘aning u yer, buyerini supirar edi. Hoji bo‘lsa xursand va xafaligi noma’lum bir qiyofatda «Daloyil» o‘quredi, har besh daqiqada ichkari tomong‘a quloq solib to‘xtar, goho darichadan Hasanalinichaqirib «tinchlikmi» deb so‘rar edi.Ular masjiddan shomni o‘qub kirgach, ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi. Undanna Hasanali va na hoji og‘iz ochib hol so‘ramadilar. Taom ustida Otabekning yo‘qlig‘i hamhis etilmadi. So‘zlashmasdang‘ina lagandan bir muncha cho‘qig‘an bo‘ldilar-da, qo‘lartishdilar.— Xuftan aytildimi? — deb so‘radi hoji.— Eshitmadim... Chiqa bersak ham bo‘lar, — dedi Hasanali. Shu vaqt ichkaridanxotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining ham quloqlari tikkaydi vaqo‘rqa-pisa bir-birlariga qarashdilar. Qiy-chuv orasidan zaif yig‘i tovshi ham kelib qo‘ydi...Ikkisi bir muncha kulimsirab oldilar, lekin shundog‘ bo‘lsa ham yana churq etib og‘izochmadilar. Oradan ko‘b fursat o‘tmadi, ichkaridan Oybodoq yugurib chiqdi va darichadanturib «so‘yinchi!» dedi. Hoji yonchig‘ini kavlay berib «alhamdulilloh» deb qo‘ydi. Hasanaliham iljayib yonchiq kavlashka tutindi va:— O‘g‘ulmi, holva?1 — deb so‘radi xotinidan.— O‘g‘ul!— Barakalla.Hoji kulimsirab qo‘lidag‘i uch-to‘rtta oq tanga bilan bitta tillani Oybodoqqa uzatdi —«Tangalarni o‘zing ol, tillani doyachaga ber!» dedi. Hasanali so‘yinchisini topshirg‘andanso‘ng duog‘a qo‘l ochdi: «Olloh taolo umri bilan bergan bo‘lsin». Shundan keyin xotirjam’bo‘lg‘an holda xuftanga ketdilar.Otabek mehmonxonaga yaqinlashishi bilan chaqaloq yig‘isini eshitib ixtiyorsiz ichkarihavlig‘a tomon burildi va yo‘lakda onasig‘a yo‘liqdi. Qorong‘u bo‘lsa ham O‘zbek oyimningtusidagi shodliq belgulari ochiq ko‘rinib turar edi:— O‘g‘ul muborak bo‘lsun, bolam!— O‘zi tetikmi?— Tetik!— Oldig‘a kiraymi?— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — chillalik uyga kechasi ko‘chadan kelib kirish yaxshiemas... Ichkari kirsang to‘g‘ri Zaynabning oldig‘a bor. Dadang shundami?— O‘zi?..— O‘zi yaxshi, xotirjam bo‘l, — dedi O‘zbek oyim, orqasig‘a qaytdi. Otabek ketigaburilib tashqari yo‘lak-dan kirguchi dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va o‘ylanib to‘xtadi.Ayniqsa hozirgi paytda dadasi bilan to‘qnashish uning uchun bir oz o‘ngg‘aysizroq tuyulganedi. Shu yo‘sun bir muncha vaqt yo‘lakda turib, so‘ngra ichkariga tomon yurdi. Zaynabninguyiga o‘tar ekan, bir necha qayta Kumush yotqan uy tarafka qarab oldi.— O‘g‘ul muborak bo‘lsin!Zaynab erini shu so‘z bilan kulib qarshiladi, Otabek ham kulimsirab «qutlug‘ bo‘lsin!»deb qo‘ydi. O‘lturgandan keyin Zaynab o‘zicha kulindi:— Haligi... — dedi. «Haligi» dan keyin aytadirgan jumlasini unutib qo‘ydimi yoki o‘ylabqoldimi, nima bo‘lsa ham aytalmadi. Otabek uning og‘zini kulimsiragan holda bir oz kutib«xo‘sh, haligi...?» deb so‘radi.— Haligi...— Uyog‘i?— Oti qursin... ha, aytkandek, oshingizni yeysizmi?206

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Yeyman.— Sovib qolmag‘an bo‘lsa — shu.Otabek ertadan beri hech narsa yemab edi.— Qandog‘ bo‘lsa ham, — dedi.Hozir Zaynabning chehrasi ochiqroq ko‘rinsa ham, ammo bu ochiq chehraningzamirida uni jiddiyroq mashg‘ul qilg‘an yana bir gap bordek, ya’ni ko‘rinishdan shoshqanliqva yo shuning singari bir hol uning shu ochiq chehrasi ostig‘a yashiring‘andek edi.Zaynabning o‘n besh daqiqaliq muomalasida Otabek yuqorig‘i kabi «esdan chiqarish»holatiga bir necha qayta uchradi va oxirda so‘ramoqqa majbur bo‘ldi:— Nega holingiz parishon?Zaynab kuldi:— Nega parishon bo‘lsin.— Manim ko‘zimga parishon ko‘rinasiz.— To‘g‘ri, — dedi Zaynab, — qo‘rqdim...— Nimadan qo‘rqdingiz?— Tug‘ishdan...— Qiynaldimi?— Qiynalish ham gapmi, — dedi Zaynab, — o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaganingiz uchunishonmaysiz.— Oyim mundog‘ demagan edi-ku?— Sizdan yashirg‘anlar.Otabekning yuragi juda uyushib ketdi. Hatto kundashini parishoni xotir qilg‘an bu gapOtabekka qandog‘ ta’sir qilishi ko‘b tafsilga muhtoj emas. Bu to‘g‘rida Zaynabka yana savoltashlab tafsilot olishdan qo‘rqdi, ham uzoq o‘lturolmadi. Choyini naridan-beri ichib, o‘runinito‘shatib yotdi. Zaynab sham’ni o‘chirdi. Hali yotmoqqa vaqt erta edi — Zaynab Kumushlikuyga — xotinlar oldig‘a chiqib ketdi.Otabek uxlash uchun yotqan bo‘lsa ham haligi gap uni ko‘z yumdirmay qo‘ydi, o‘ng,so‘l, chalqancha yotib boqar edi. Lekin Zaynabning «qiynalish ham gapmi?» jumlasi qulog‘iostidan ketmas edi... Kumushning uyidan keti uzilmay kelib turg‘an xotinlarning g‘o‘ng‘irg‘o‘ng‘iriham uning uyqusig‘a xalal berar va ora-chora go‘dakning yig‘lag‘an tovshi hameshitilar edi. Bu ma’sum tovushqa qarshi unda bir xil yaqinliq — otaliq hissi qo‘zg‘alg‘andekbo‘lsa ham, ammo boshqa qora xayollar ichida tez yo‘qolur edi. Shu yo‘sun ivir-jivir,achchig‘ va chuchuk holat ichida uxlab ketdi. Bir-ikki kun miyonasidagi kechinmalar turlikrang bilan uning uyquliq dimog‘ida akslana boshladilar... Cho‘chib uyg‘ondi... YonidaKumush... Zaynab yo‘q edi. Uyquliq ko‘zi bilan narigi uyga quloq soldi, hanuz boyag‘itovushni eshitdi va o‘ng yonini bosib ko‘rpaga burkandi, mundan keyin tinch uxlab ketdi...Tush ko‘rar edi: «Chamanda gullar ochilg‘an emish... Bu gulshan uning o‘zinikiemish... Ul rango-rang chechaklardan ko‘zini ololmas emish. Tevarakka kelgan yovdan xavfbor emish... Xanjarini ushlab yovg‘a qarshi chiqg‘an emish... Yov qochqan emish... Yovorasida onasi ham bor, otasi ham ko‘rinar emish... Qaytib chamanga kirsa bir sigir gulnibosib, yanchib o‘tlab yurg‘an emish... Bu holdan o‘zini unutkan va qo‘lidag‘i xanjari bilansigirga yugirgan emish... Sigir emas — sariq sochlik albasti emish... Darmonsizlang‘an vaxanjari qo‘lidan tushkan emish... Dunyoni qorong‘uliq bosqan emish...» Cho‘chib uyg‘ondiva o‘z yonida uxlab yotqan Zaynabni ko‘rdi. Haligi bosinqirashdan yuragi gup-gup urar vavujudini ter bosqan edi. Sekingina o‘ng yonig‘a ag‘darilib havli tomong‘a qarab yotdi. Uningag‘darilishi bilan Zaynabning ko‘zi ohistag‘ina ochilib yana yopildi.Vaqt saharga yaqin, tevarakdagi xo‘rozlar ketma-ket qichqirar edilar. Yaqin oradag‘iobjuvoz poyko‘pining zarbi yerni silkitib-silkitib to‘lqin berar edi. Narigi uyda yonib yotqansham’ nuri daricha tirqishidan milt-milt ko‘zga ilinur, ammo ship etkan tovush eshitilmasedi. Ul qaytib uxlayolmadi. Kumushning kechagi qiynalishi to‘g‘risida xayollanib ketdi. Subh207

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyazoni aytilib, sekin-sekin tong yorib bordi, mahalla masjididan ham azon tovshi kelgach, ultahorat olmoq uchun qo‘zg‘aldi.Kumushning yonig‘a kirish qulay bo‘lsin, deb nonishtani Zaynabning uyida qildi. O‘zbekoyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. Choydan keyin doyacha Kumush yonidanbir oz vaqtg‘a chiqib turdi. To‘rga Kumush yotqizilg‘an, uning oyog‘ tomonida O‘zbek oyimchaqaloqni ko‘tarib o‘lturgan edi. Otabek kirganda o‘zining siniqg‘an yuzi, ichkarigabotinqirag‘an ko‘zi bilan Kumush iljayib unga qaradi. Otabek tutilinqirab, «muborakbo‘lsin!» dedi. Kumush javob o‘rniga uyalib yuzini ko‘rpaga yashirdi. O‘zbek oyim:— Berganga qulliq bo‘lsin, o‘ltur, — dedi.Otabek Kumushning bosh tomonig‘a o‘lturdi. O‘zbek oyim fotiha o‘qudi. So‘ngrachaqaloqni Otabekka yaqinlashdirib, — toychog‘imning ko‘rmanasini chiqar, dadasi. —Otabek qizarib bolag‘a qaradi, Kumush yuzini yana ko‘rpaga yashirib oldi.— O‘zingiz tuzikmisiz?— Shukur...— Qiynalibsiz, deb eshitdim...— Tug‘moq hazilmi senga, — dedi O‘zbek oyim.Kumush Otabekni o‘ziga imladi va qulog‘ig‘a shivirladi: «sizning gunohingizga...»— Xo‘rak qildingizmi?O‘zbek oyim:— Kechadan beri ichiga issig‘ kirgani yo‘q. Zaynabka aytay sutlik atala qilib bersin, —dedi.— Albatta! — dedi Otabek va onasig‘a bir tilla so‘yinchi bergandan so‘ng xotirjam’likbilan uydan chiqdi.Tushlikdan keyin Otabek mehmonxonada kitob mutolaa qilur, dahlizda Hasanaliuzilgan ot asboblarini ulab tikar, Hoji masjidgami, boshqag‘ami ketkan edi. Shu vaqtichkaridan Oybodoq chiqib Otabek yonig‘a keldi:— Bek, siz uyga kirib chiqar emishsiz, — dedi.Otabek kitobni belguluk qilib yopdi:— Tinchlikmi?— Tinchlik... darrav kiring-chi!Otabek Oybodoq bilan ketma-ket ichkariga kirdi. Zaynab rangi o‘chkan holdaKumushning uyidan chiqib kelar edi.— Nima gap? — deb undan so‘radi Otabek.— Bilmadim, — dedi, — opam ko‘ngillari aynab qusyaptilar...Otabek eshik yonig‘a kelgandan so‘ng uydan bir necha xotin paranji yopinib chiqdilarda,ul uyga kirdi. O‘zbek oyim jom ushlag‘an, Kumush jomga o‘qchib qusar edi.— Nima bo‘ldi?Kumush javob beralmadi.— Bilmadim... boyatdan beri to‘xtovsiz qusyapti, — dedi O‘zbek oyim. Qusibcharchag‘an Kumush holsizlanib boshini yostiqqa tashladi. O‘qchib yoshlang‘an ko‘zlaribilan eriga qarab oldi.— Yoqmaydirg‘an xo‘rak bergansiz.— Yoqmaydirg‘an hech narsa yegani yo‘q, — dedi onasi,— o‘sha ataladan boshqaxo‘rak qilmadi. Undan ham yarim kosagina ichdi. Qolg‘ani ana tokchada...O‘zbek oyimning gapi tugamasdan Kumush yana jomga intildi. Otabek uning boshinitutdi.— Tabib aytdiraymi?— Aytdir. Manim ham ko‘nglimga shu kelib turgan edi.Otabek Kumushning qusug‘i bitkuncha turdi-da, so‘ngra yugurib tashqarig‘a chiqdi.Hasanali hanuz boyag‘i ishda edi.208

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Ota, siz yugurib tabibga boring-chi!Hasanali ishini tashladi:— Nima gap?— Keliningiz boyadan beri qusar emish.Hasanali tabibga yugurdi. Otabek qaytib uyga kirdi. Chaqaloqni Zaynab ko‘targan,Kumush hamon qus-moqda... Kumush holsizlanib o‘zini yostiqqa oldi. Qovoq ostlariko‘kargan, yonig‘a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi.— Tuzikmisiz?— Ko‘nglim.Otabekning hamma badani titrab ketdi, shundog‘ bo‘lsa ham o‘zini qattig‘ ushladi:— Qatiq ichirib ko‘rdingizmi? — dedi onasig‘a.— Yo‘q.— Qatiq buyuring!Oybodoq qatiq keltirguncha Kumush yana jomga intildi. Bir-ikki o‘qchib qusqandankeyin, Otabekning qo‘lidag‘i suv bilan og‘zini chaydi va piyoladagi qatiqdan bir-ikki ho‘plab,o‘zini yostiqqa tashladi. Harorati kuchlik, yurak urishi favqulodda tez edi. Otabek uningmanglayini qo‘li bilan bosib ushlagan edi, bir oz tinchigandek bo‘ldi. O‘zbek oyimburchakda bola ko‘tarib o‘lturgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishkabuyurdi. Otabekni manglayida turg‘an qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini almashdirishg‘amajbur bo‘ldi. Manglayida sovuqliq his etib Kumush ko‘zini ochdi.— Ko‘nglingiz bosildimi?Kumush javob o‘rnida yostiqdan qo‘zg‘aldi. Jom yo‘q edi. Otabek shoshib tokchadag‘ixitoyi norin tovoqni oldi. Kumush qusdi. Bu gal qusuq boyag‘i qatiq aralash ko‘kimtil vasarg‘imtil narsalar edi. Og‘zini chayg‘andan keyin Otabek qatiqni taklif qilg‘an edi, ichmadiva o‘zini yostiqqa otdi...Tabib keldi xabarini eshitib, Otabek jonlang‘andek bo‘ldi. Uy eshigiga jom ko‘taribkelgan Zaynab keyiniga qaytdi. O‘zbek oyim ham chaqaloqni ko‘tarib uydan chiqdi. Otabektabibning hurmatiga turishni unutib Kumushning manglayini bosqancha o‘lturar edi. TabibOtabekdan voqi’ani so‘rab bilgandan so‘ng Kumushning tomirini ko‘rib labini tishlab qoldiva tovoqdag‘i qusuqni hidlab qaradi:— Bu kun nima xo‘rak qilg‘an ekan?— Atala.— O‘sha taomdan bir oz qolg‘ani bormikin?— Bor! — dedi Otabek va boya onasi ko‘rsatkan joydan kosani olib tabib qo‘lig‘aberdi.Tabib kosadan barmog‘ig‘a bir oz elashdirib yaladi va darrav tuflab tashladi.— Zahar ichibti!Otabek sapchib ketdi, tusi qo‘rqunch holga kirgan edi...— Bekor gap!Tabib Otabekning hozirgi holatidan dahshatka keldi...— Men hozir daf’i uchun doru yuboraman, — dedi va qo‘zg‘aldi. Otabek ham uningbilan birgalashib o‘rnidan turdi:— Zaharni kim beradi?Nima deyishka ham hayron tabib:— Man... man... o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi... Man darrav doru yuboray, darrav ichiring,tuzikmi? — dedi.— Bildim, bildim! — dedi bechora Otabek. — Zay-nab, Zaynab, Zaynab... Jalab!Yuboring, yuboring, darrav yuboring!Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini ochibmanglayini bosdi va o‘pdi... Kumush ko‘zini ochib kuch bilan so‘l qo‘lini erining yelkasigatashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi.209

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriy— Zaynabni chaqir, Zaynabni!O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi:— Zaynab! Zaynab!Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yibyerdagi atalani oldi:— Ich muni, ich jalab!Zaynab orqag‘a tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilanbelandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko‘rindi.— Ket jalab, ket! Taloqsan, taloq!«Taloq» so‘zini eshitkan Kumushning ko‘zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hojivoqi’ani tabibdan eshitkan, shuning uchun hozirgi fojia’ sahnasidan ajablanib turmadi.— Chiq, Zaynab, chiq! — dedi ul ham, — la’nat sendek xoting‘a!Zaynab chetlanib uydan chiqdi... Hoji Kumushning boshig‘a kelib o‘lturdi. Otabek vaonasi oyog‘ ustida edilar, Kumushning ko‘zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon edi. Hojio‘z qo‘li bilan sochlarni tuzatib Kumushning ko‘kimtil tovlang‘an yuzini ko‘rdi va manglayinibosdi...— Oyim... Oyim!.. — dedi hoji. Kumush ko‘zini ochib besaranjom unga nazar tashladiva tanib... qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.— Qo‘zg‘almang, oyim... qo‘zg‘almang!Kumushning ko‘z yoshisi chakkasidan oqib tushdi... Hoji ham o‘zini to‘xtatolmay,Kumushning yoshini artib, boshini siladi:— Xudo shifo berar, bolam!Kumush jomga qo‘zg‘aldi, Otabek kelib qo‘ltiqladi, hoji ham uning boshini tutdi... Bugal qusuq qong‘a aylangan edi, burnidan ham bir necha tomchi qon oqdi... Qusubyotg‘ach, ko‘zi yarqillab ochilib ketdi va tevaragiga betoqat qarandi:— Oyi... dada... — so‘ngra, — begim, — deb ingrandi... Erining yuzini yuziga qo‘ydi,uyalg‘ansumon ko‘zini yumdi...* * *Ertasi kun dafn marosimi bo‘ldi. Janozag‘a Toshkandning har bir mahallasidan deyarlikkishilar ishtirok qildi. Faqat maqtulaning eng yaqinlarig‘ina bu tantanaga yetib kelalmadilar.Bechora ona, bechora ota!..Uchunchi kun ular ham kelib yetdilar... Ularning hozirgi holini tasvir etish mumkinmi?!Yettinchi kun xatmi qur’on qilinib xalqg‘a osh berildi va shu munosabat bilanchaqaloqqa «Yodgorbek» deb ism qo‘yildi.Kumushning yaqinlarig‘ina emas, balki foji’adan xabardor bo‘lg‘an shaharning kattakichigiZaynabka beriladirgan jazoni erta-kech kutmakda edilar. Biroq foji’aning o‘ninchikunlarida Zaynabning jinni bo‘lib, ochiq ko‘yi ko‘chada yurgan xabari va og‘asi tomonidanushlanib kishanga soling‘an mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblartarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko‘tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozibko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o‘zi ham Zaynab uchun kichkina jazohisoblanmas edi.Foji’aning yigirmanchi kunida yana xatmi qur’on qilinib, butun yurtka osh berilgandanso‘ng, bechora bolu paridan1 ayrilg‘anlar Marg‘ilong‘a qaytish harakatiga tushdilar.Yodgorbek ham Oftob oyimning quchog‘ida ketmakchi, uning olib ketilishiga qarshi hechkim yo‘q edi.Eng keyingi vido’lashish kuni yetdi. Otabek, qutidor va Oftob oyim (...) qabristoniningikki tup qurig‘an chinor yog‘ochi orasig‘a turg‘uzilg‘an yangi xishtin sag‘ana qarshisida210

O’tkan kunlarAbdulla Qodiriyto‘xtadilar. Sag‘ananing o‘ng boshidag‘i toshdan o‘yib yasalg‘an lavha ko‘zga chaqilib turaredi:La ilaha illa-ollohu Muhammadu-rasul-ullohHazihil markadul munavvaratu lil mazlumatilmashhudati al-mag‘furati.Kumushbibi binti Mirzakarim Marg‘inoniy, tarixi tavalludi 1248.Vafoti 1269-yil hijriy, jumod-ul-avval.Bu lavha bir dilporadan husn sanamiga yodgordir.Bunda madfun kundash balosining namoyon bir qurbonidir.Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.Hayotim lolazoridin ayurding,Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.Bechora ona chidalmadi, qabrni quchog‘lab uvvos tortdi. Otabek ham qabr yonig‘a tizcho‘kib, ko‘z yoshisi bilan tuproqni loy qila berdi... Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhanio‘qub chiqgandan keyin ul ham piq-piq yig‘lab yubordi. Yarim soat chamasi shul holdaqoldilar.Qur’on o‘qushg‘a hech kimda majol yo‘q edi.Qarshidag‘i binoga Yusufbek hoji tarafidan qo‘yilg‘an qori bularning holiga tushundi.Sekin-sekin qorixonadan chiqib keldi va narida o‘lturib qur’on o‘qudi. Oftob oyimning nolasibosilsa ham, lekin ko‘z yoshisi tiyilmadi. Bir ulgina emas, anovlar ham shu holda edilar.Fotiha tortilg‘andan so‘ng qutidor va Oftob oyim qorig‘a pul berdilar. Qori ketkandan keyinhar qaysilari o‘zlarini bosib alohida-alohida qur’on o‘qub bag‘ishladilar, so‘ngra ohistaohistayo‘l olib qabr bilan vido’lashdilar. Go‘yo Kumush «mendan rozi bo‘ling!..» debonasig‘a xitob qilar, Oftob oyim orqasig‘a qaray-qaray yig‘lab kelar edi...Otabek ularni uyga qo‘yib, qabr yonig‘a keldi va tuni bilan shunda qoldi. Erta bilanHasanali aravani qo‘shib tayyorlag‘an, mayda-chuyda aravaga tashilar edi. Eng keyindaOftob oyim Kumushning kiyimlari bilan Yodgorbekni ko‘tarib chiqdi, keyinroq Yusufbek hojibilan qutidor ko‘rindilar. Qutidor vidolashib aravaga chiqg‘anda ko‘cha tarafdan Otabekkela berdi, kelib otning jilovini ushladi va ot ustiga mingan Hasanaliga — «tushing otdan!»dedi. Hasanali otdan tushdi. Otabek irg‘ib otqa mindi va qutidordan so‘radi:— Otni haydaymi?Qutidor bilan hoji tushunisholmay bir-birlariga qarashdilar. Yo‘lakda turgan O‘zbekoyim darbozadan mo‘ralab qo‘ydi. Qutidor indamagani uchun Otabek o‘zicha otni haydabyubordi.— Xayr!— Xo‘sh!Marg‘ilong‘a jo‘naydirg‘an Hasanali gangib ko‘cha-ning o‘rtasidan hojig‘a qaradi. Hojiyo‘lakdagi oyimg‘a yer ostidan ko‘z qirini tashladi... Otabek ortig‘a qaramasdan aravanihaydar edi...17. XOTIMABir yildan so‘ng Otabek usta Alim bilan birga Toshkand keldi. Hoji va O‘zbek oyim og‘izochib undan ranjiy olmadilar. Ul mehmonlar kabi edi. Na otasi va na onasi bilan ochilibso‘zlashmadi. Usta Alim bilan bir hafta chamasi Toshkandda turib eng so‘ngg‘i kech yolg‘izko‘yi Kumush qabri yonida bo‘ldi. Kecha oydin, qabriston tib-tinch, uzog‘roqdan qur’ontovshi eshitilar edi. Ikki tub chinor butoqlarida qo‘nib o‘lturgan uch-to‘rtta boyqushlar, qabryonig‘a tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatka somi’ kabi edilar.211

O’tkan kunlarAbdulla QodiriyQur’on oyatlari qabriston ichiga og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yonig‘a tiz cho‘kkan yigitningko‘z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo‘shilishib oqar edi. Birar soatdan keyin tilovatto‘xtaldi. Otabek holsizlanib oyog‘ uzra turdi va orqasidag‘i yarim yalang‘och ko‘laganiko‘rib bir necha qadam qabr tomong‘a tislandi... Ko‘laga yaling‘an sumol unga yaqin yuribkeldi...— Kim bu?— Men Kumush!..Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.— Ket mundan!— Men Kumush! — dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki dunyodag‘ieng yaqin kishisi unga «ket!» amrini bergan edi. Zaynab orqasig‘a qaray-qaray Otabekdanuzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yonig‘a tiz cho‘kdi...Ertasi kun O‘zbek oyim yig‘lay-yig‘lay Yodgorbek uchun tikdirgan kiyimlarini o‘g‘lig‘atopshirdi. Otabek usta Alim bilan birga Marg‘ilong‘a jo‘nadi. Bundan so‘ng OtabekToshkandga qaytib kelmadi, bir necha qayta O‘zbek oyimning o‘zi Marg‘ilon borib keldi.1277-nchi yilning kuz kezlarida bo‘lsa kerak, Yusuf-bek hoji Qanoatshodan1 bir xatoldi. Qanoatsho Avliyo otadan yozar edi.«O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shunda edi. Olmaota ustidagi o‘rusbilan to‘qunish-mamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushibshahid bo‘ldi. Men o‘z qo‘lim bilan ikkisini dafn etdim...»Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib yurtka osh berdi, O‘zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochdi.B i t d iYOZG‘UCHIDANKeyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim:Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib,undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridanbo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigima’lum emas, deydilar.212

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!